PRIMATLARNING TO‘DA DAVRIDAGI HAYOTI
PRIMATLARNING TO‘DA DAVRIDAGI HAYOTI Reja 1. Dastlabki odamlar jamoasi (to‘da) 2. Ibtidoiy to‘daning taraqqiy etishida ovchilikning roli. 3. Ibtidoiy jamoachilikning rivojlanishi va jinsiy munosabatlar. 4. Ibtidoiy dunyoqarash va nutqning shakllanishi va rivojlanishi. 5. G‘oyaviy tasavvurlarning manbalari.
Insoniyat hayvonot olamidan ajralib chiqib antropogenez jarayonini bosib o‘tdi. Bu, shubhasiz juda katta davrni o‘z ichiga olgan jarayon edi. O‘z - o‘zidan savol tug‘iladiki, mazkur davr ichida odamlar kollektivi qanday edi? Ma’lumki, e ng qadimgi odamlarning ajdodlari-qazilma maymunlar, avstrolopiteklar poda yoki gala bo‘lib yashaganlar. Ikkinchi tomondan, odamning shuning bilan birga qurollar ishlashning faqat kollektiv ichidagina paydo bo‘lganini e’tirof qilish zarur. Kishi organizmining, xususan qo‘lning tarqqiy qilshi natijasida, mehnat natijasida tabiat ustidan boshlangan xukmronlik ilgariga qarab bosilgan xar bir qadam borgan sayin odamning bilim darajasini kengayotirib bordi. Mehnatning rivojlanishi zaruriyati orqasida, jamiyat a’zolarining yanada yaqinroq jipslashuvicha yordam berdi, chunki shuning orqasidan bir-birlarga yordam qilish, birgalashib ishlash tez-tez uchraydigan xodisa bo‘lib qoldi. Birgalashib ishlashning foydasini anglash esa jamiyatning har bir a’zosi uchun ravshan bo‘lib qoldi. Dastlabki odamlar kollektivi shunday guruh ediki, undagi a’loqa birgalikda ovqat topish va tashqi xavfdan birgalikda saqlanishga asoslangan edi. Lekin inson o‘z hayotining u ilk davrida turmush vositalari bilan juda kam ta’minlangan edi. Tirikchilik vositalarini qo‘lga kiritish ijodiy xarakterga ega edi. Xam odamlar orasida ongli ravishda uyushgan mustaxkam va doimiy guruhlar yo‘q va bo‘lishi mumkin emas edi . Odamlar kollektivi turli joylardagi mahalliy shart-sharoitga va turmush kechirish imkoniyati, mavsum va boshqa sabablarga bog‘liq holda katta yoki kichik bo‘lgan, uning tartibi doimo o‘zgarib borgan, ularning tarqalib ketishi va yana qaytadan qo‘shilishi mumkin edi. Demak shunday ekan, kishilikning bu kollektivni nima deb atamoq kerak. Biz ularni qanday atamaylik baribir o‘sha davrning odami «haqiqiy» odam edi, odamlar kollektivi hali odamlarning bir-biri bilan aloqa qilishining ilk tabiy shaklidan iborat bo‘lgan «haqiqiy» odamlar kollektivi edi. O‘sha darvdagi kishilik ijtimoiy ahvolining yana bir xususiyati shundan iboratki, bu davrda kishilari guruhi o‘rtasida doimiy aloqa bo‘lmagan. Ular bir-birlaridan ajralgan xolda yashagan bo‘lishlari mumkin. Demak,
kishilikning boshlang‘ich ijtimoiy ahvolidagi bu xususiyatlar ishlab chiqarish kuchlarining juda past darajada ekanligidan darak beradi. Lekin dastlabki kishilik guruhlarining o‘zaro munosabatlari to‘g‘risida aniq bir fikr aytish qiyin albatta. Ehtimol har bir kollektiv yoki guruhlarning o‘z yo‘lboshchisi, yetakchisi bo‘lgandir. Mazkur gruppaning yetakchisi erkak bo‘lganmi, yoki ayolmi, bu bizga ma’lum emas. Bu shak-shudhasiz uydurma bo‘lib, ular yuqori tabaqaga mnsub kishilar manfaatini ximiya qil i shga qaratilgandir. Ishlab chiqarish kuchlari o‘sa bordi. Kuchlarning rivojlana borishi natijasida ijtimoiy hayotda ham katta o‘zgarishlar sodir bo‘laboshladi. Bu o‘zgarishlar ibtidoiy jamoa tuzumi davridagi ishlabchiqarish kuchlarining rivojlanishida xususan mehnat qurollarining takomilashuvida ko‘zga tashlanadi. Qadimgi paleolit davrida qurollarning xili juda oz bo‘lib, ular juda ham sodda ishlangan edi. Lekin qadimgi paleolitning oxiri va so‘ngi tosh asrning boshlariga kelganda manzara butunlay o‘zgarib, toshdan tarashlag‘ich, qirg‘ich teshgich va nayza uchlari, yer kavlag‘ich qurollari vujudga keldi. Undan tashqari suyakdan va yog‘ochdan bigiz, igna, so‘yil, nayza uchlari va boshqa murakkabroq, asboblar uchun moslamalar yasashga erishildi. Baliq ovlashning rivojlanishi munosabati bilan teskari tipli garnun kashf qilinishi ham ana shu davri mansubdir. Mehnat va oz qurollarning mukammalashuvi oqibatida ovchilik xo‘jaligi va termachilik ham rivojlana bordi. Bu xol jamiyatda chuqur o‘zgarishlar sodir bo‘lishiga sabab bo‘ldi. Tirikchilik xayot-mamot uchun bo‘lgan kurash, xo‘jalikni uluksiz taminlay oladigan doimiy va birlashgan ishlab chiqarish uyushmasini zarur ekanligini taqazo etdi va uni vujudga keltirdi. Bunday birlashgan uyushmani ibtidoiy kishilarning tasodifiy, yig‘indisi vujudga keltira olmas edi. Bu birlashma negizida tabiy qon-qrindoshlik yotar, bu eng dastlabki urug‘ yoki urug‘chilik jamoasi edi. Ibtidoiy poda davrida ham odamlar gala-gala, guruh- guruh bo‘lib yashaganlar. Lekin u guruxlarning soni 20-30 kishidan oshmas, ular ancha beqaror va mustaxkam emas edi.
Nutqning shakllanishi va rivojlanishi masalasini o‘rganishda Avstraliya tillarini misol qilib keltirish mumkin. Avstraliya tillari «shimoliy» va «janubiy» guruhlarga bo‘linib, janub qabilalari tillari bir —biriga yaqinligi bilan ajralib turadi. Janub tillaridagi yaqinlik faqat lug‘ati bilan emas, grammatik jahatdan ham kuzatiladi. «Shimoliy» tillarni shartli ravishdagina guru h deb atash mumkin holos. Ularda, s o‘ zlar oxiridagi unli harflarni h isobga olmaganda, o‘ zga ya q inlikning o‘ zi topilmaydi. Avstraliya tillari ni ng fonetika s i sodda b o‘ lib, unda tomo q or q ali yoki h ushtaksimon ovoz chi q aradigan s o‘ zlar uchramaydi. Grammatika j ih atidan avstraliya tillari agglyutinativ tipga oiddir. Ular o‘ z xususiyatlari bilan turkiy yoki bosh q a oltoy tillarini, yana ham k o‘ proq Janubiy H indistondagi dravid tillari t u zilishiga o‘ xshaydi. Bunga yor q in misol tari q asida ara n da qabilalari tilini k o‘ rsatish mumkin. Oddiy tovushli (ovozli) nutqqa qo‘shimcha avstraliyaliklarning nisbatan marakkab imo-ishoralari, qo‘l harakatlari bo‘lib, ular gunglarning o‘zaro «gurungini» eslatadi. Imo-ishoralar, qo‘l harakatlari, so‘zlashish uchun masofa uzoq bo‘lganida yoki o‘zaro tillari yaqin bo‘lmagan turli qabilalar vaqillari uchrashganida ishlatiladi. Ba’zida ma’lum muddatga gaplashishning ta’qiqlanishi bevalar yoki bag‘ishlov (initsiatsiya) marosimini o‘tayotgan o‘smirlarda ham imo- ishoralar «tili» qo‘llaniladi. Xususan, Karl Shtrelov aranda qabilalari kishilarida 450 dan ortiq imo —ishoralar va harakatlar mavjudligini aniqlagan. Masalan, qo‘lning to‘rt barmog‘i kaftga qo‘yilib bosh barmoqning ikkinchi barmoqqa yopishgan holda, aylanma harakatlari «suv» ma’nosini bergan va h.k.o.lar. Avstraliya tillari jahon xalqlari tillarida o‘ziga xos alohida o‘rin tutadi va ularning birortasi bilan yaqinlikka ega emas. Avstraliya va Tasmaniya tillari umumiy tushunchalarga boy bo‘lmasada, lekin aniq narsalar, buyumlarning eng mayda xususiyatlarini ham izohlab berishga qodir. Avstraliya tillarida sano q ni bildiruvchi s o‘ z va tushunchalar ham kam uchraydi. Avstraliya tub aholi si 200 dan orti q tillarda gaplashib, ular maxsus 20 ta til guru h ida ega filaga birlashtirilgan. Ulardan
yirigi pama — nyunga, aholining 2/3 qismining tillarini o‘zida mujassamlashtirgan.