SUG‘ORISH TURLARI VA NOO‘SUV DAVRIDAGI SUG‘ORISHLAR
MAVZU: SUG‘ORISH TURLARI VA NOO‘SUV DAVRIDAGI SUG‘ORISHLAR REJA: 1. Sug‘orish turlari. 2. Noo‘suv davridagi sug‘orishlar.
1. Sug‘orish turlari . Sug‘orish – bu suvning oqim shaklini tuproq namligi shakliga aylantirish texnologik jarayoni bo‘lib, tuproq tabiiy manbalar hisobiga etarlicha namiqmaydigan sharoitlarda qishloq xo‘jaligi ekinlaridan yuqori va barqaror hosil olish maqsadda qo‘llaniladi. Sug‘orish tuproqning suv, oziq, havo, issiqlik, tuz rejimlarini va unda kechadigan mikrobiologik jarayonlarni boshqarishga imkon byeradi. Hozirgi vaqtda agromeliorativ va tashkiliy-xo‘jalik sharoitlardan kelib chiqqan holda quyidagi sug‘orish turlari qo‘llaniladi: namiqtiruvchi, namiqtiruvchi-sho‘r yuvish va maxsus sug‘orishlar . Namiqtiruvchi sug‘orishlar tuproqda va atmosfyeraning yerga yaqin qatlamida o‘simliklarni o‘sib rivojlanishi uchun tuproqning qulay suv rejimini ta’min-lash maqsadida qo‘llaniladi. Namiqtiruvchi-sho‘r yuvish sug‘orishlar esa sho‘rlangan yerlarda qulay tuz rejimini ta’minlashda qo‘llaniladi. Maxsus sug‘orish larga nam to‘plash maqsadida, shudgordan oldin va ekishdan oldin sug‘orishlar, urug‘ suvi byerish, o‘g‘itlash, sovuq urishiga qarshi va provakatsion sug‘orishlar kiradi. Sug‘orish turlari har xil bo‘lishiga qaramay, ular tuproq, o‘simlik va atrof muhitga kompleks ta’sir etadi. Sug‘oriladigan dehqonchilik amaliyotida muntazam va nomuntazam sug‘orishlar qo‘llaniladi. O‘zbekistonda deyarli barcha ekinlar muntazam sug‘orish sharoitida etishtiriladi. Bunda nam to‘plash maqsadda sug‘orishlardan tashqari ekinlar o‘suv davrida o‘simlikning suv iste’mol qilish dinamikasi xususiyatlarini hisobga olgan holda doimiy ravishda sug‘orib turiladi. Nomuntazam sug‘orishlar suv resurslari bilan kam ta’minlangan hududlarda qishloq xo‘jaligi ekinlarini bir yoki ko‘pi bilan ikki marotaba sug‘orish bo‘lib, u ko‘pincha respublikaning tog‘li va tog‘ oldi rayonlarida don va em-xashak ekinlarini etishtirishda qo‘llaniladi. Unga nam to‘plash maqsadida va liman sug‘orishlarni ham misol qilib ko‘rsatish mumkin. Bunday sug‘orishlar mavsumda 1,5–2 m. li tuproq qatlamini namiqtirish uchun 1 marotaba o‘tkaziladi. Kuz va
yerta bahorda tuproqda etarlicha nam zaxirasi to‘plash kuzgi va bahorgi donli ekinlar, ko‘p yillik o‘tlar, bog‘ va tokzorlardan yuqori hosil olish garovidir. O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘izston va Kavkaz ortining tog‘li va tog‘ oldi mintaqalarida etishtirilayotgan ekinlardan ayrimlarigina sug‘orib turiladi. Bunday sug‘orish tanlab sug‘orish deyiladi. YOg‘in kam tushadigan, lekin tuproqlari unumdor bo‘lgan vodiylarda esa sug‘orishga talabchan g‘o‘za, sabzavot, sholi va boshqa ekinlar etishtiriladi. Bu hududda parvarish qilinayotgan ekinlarning barchasi sug‘orish o‘tkazishni talab etadi va shu sababdan bunday yerlardagi sug‘orishlar yalpi (yoppasiga) sug‘orishlar deb yuritiladi. 2. Nomavsumiy davrdagi sug‘orish turlari. SHudgordan oldin sug‘orish. O‘zbekistonning tekislik mintaqalaridagi sizot suvlari chuqur joylashgan yerlarda ekinlarni o‘suv davrida sug‘orishlar tugallanib, hosil yig‘ib olingandan so‘ng yog‘inning deyarli tushmasligi oqibatida tuproqning ustki qatlamida, ayniqsa, bug‘doy, yozda haydab buziladigan bedapoya va boshqa ko‘p yillik o‘tlardan bo‘shagan dalalar tuprog‘ida nam miqdori keskin kamayib ketadi. Bu hol yerga asosiy ishlov byerishni qiyinlashtiradi: yer belgilangan chuqurlikda haydalmaydi, palaxsa kesaklar ko‘chib, mayin shudgorlashga yerishilmaydi. Paxta va boshqa ekinlar hosildorligi kuzgi shudgorni qay darajada o‘tkazilganligiga bog‘liq. Yerni sifatli haydash uchun tuproq namligi CHDNS (cheklangan dala nam sig‘imi) ga nisbatan 70–75 foizdan kam bo‘lmasligi (TNS ga nisbatan 40–60 foiz) lozim. Buning uchun yoz oylarida shudgorlashdan 7–10 kun, kuzgi shudgorlashdan 10–12 kun oldin eski muvaqqat sug‘orish tarmoqlari, yo‘lak va cheklar orqali sug‘orish o‘tkaziladi. Sug‘orish me’yorlari haydov qatlamini namiqtirish hisobidan belgilanadi: engil tuproqlarda 700–800, o‘rtacha 900–1000 va og‘ir tuproqlarda 1000–1200 m 3 /ga suv byeriladi. Paxtazorlarda tuproq etilishi bilan g‘o‘zapoya maydalanadi, o‘qariqlar tekislanib, yerni haydashga kirishladi. Bedapoyalarda yerning ustki qismi 5–6 sm chuqurlikda ag‘dargichi olingan plug bilan asosiy haydashdan 5–7 kun
oldin haydaladi. Bunda bedaning ildizi kesilib, unuvchanligi yo‘qoladi. Begona o‘tlar ko‘p tarqalgan yerlarda ang‘iz shudgordan oldin lushchilьnik bilan 10–12 sm chuqurlikda yumshatiladi. Kuzgi ekinlarni ekishdan 15–20 kun oldin haydash samarali ekanligi bois ang‘izni sug‘orish muddati muvofiqlashtirilishi lozim. SHo‘r yuvish Markaziy Osiyoda tuproqlar sho‘rlanishiga qarshi qo‘llaniladigan muhim agromeliorativ tadbir – bu sho‘r yuvishdir. SHo‘r yuvishda tuproqning hisobiy qatlamidagi tuzlar chuqur qatlamlarga yuvib tushiriladi va zovurlar orqali sizot suvlar bilan birgalikda chiqarib yuboriladi. Ekinlardan mo‘l hosil olish uchun u yoki bu darajada sho‘rlangan barcha tuproqlar ekinni ekkunga qadar tuzlardan yuvilgan bo‘lishi lozim. B.V.Fyodorov tuproqni sho‘rsizlantirishda qo‘llaniluvchi profilaktik sug‘orish va sho‘r yuvishlarni ajratib ko‘rsatdi. Profilaktik sug‘orish hozircha sho‘rlanmagan, lekin uni oldini olish maqsadida maxsus sug‘orish o‘tkazilmasa sho‘rlanib qoladigan yerlarda qo‘llaniladi. U har yili kuzda tuproqning CHDNS dan bir muncha yuqori me’yorda o‘tkaziladi. SHo‘r yuvish samaradorligi tuproq- gidrogeologik (sizot suvlarining joylashgan chuqurligi va ularning oqib ketish sharoiti; tuproqning suv fizik xossalari va tuproq qatlamlarining tuzilishi; tuproqning tuz tarkibi va sho‘rlanish darajasi) agrotexnik, meteorologik (atmosfyera yog‘inlari, havo harorati va bug‘lanish miqdori, shamol faoliyati jadalligi) va boshqa omillarga bog‘liq. SHo‘r yuvish sifatini oshirishda quyidagi agrotexnik tadbirlar – tuproqni sho‘r yuvishga tayyorlash sifati, sho‘r yuvish muddati va usullari, sho‘r yuvish me’yorlarining ahamiyati kattadir. YAxshi tekislangan va shudgor qilingan yerlarda sho‘r yuvish samaradorligi yuqori bo‘ladi. Haydov osti qatlamlari zichlangan tuproqlarni chuqur yumshatish suvni sho‘r yuvish qobiliyatini oshirishni ta’minlaydi. SHo‘r yuvishni juda kech muddatlarda o‘tkazish (fevralь va mart oylarida) bu tadbirning ahamiyatini pasaytirib yuboradi. O‘zbekistonning ko‘pchilik hududlarida sho‘r yuvishni sizot suvlarning sathi eng chuqurda va bug‘lanish eng kam bo‘lgan kuz va yerta qish oylarida amalga
oshirish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatlarida sho‘r yuvish 1–10 dekabrь va qo‘shimcha ravishda fevralь oxiridan 1–10 aprelgacha, Mirzacho‘l va Farg‘ona viloyatlarida 25–31 dekabrgacha, Buxoro, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida 15–20 yanvargacha o‘tkazish yaxshi natijalar byeradi. Kech qish va yerta bahor oylarida o‘tkazilgan sho‘r yuvish ekish davrida tuproq namligini etarlicha bo‘lishini ta’minlaydi. Tuproq sharoitlariga bog‘liq holda sho‘r yuvish turli usullarda olib boriladi: kuchsiz sho‘rlangan engil mexanik tarkibli tuproqlar eski egatlar orqali yoki yo‘laklab bostirib yuvilishi mumkin; kuchli va o‘rtacha sho‘rlangan og‘ir tuproqlar chek olib bostirib yuvilishi shart (1.23- rasm). CHek olib bostirib yuvish oqova chiqarmasdan, chekdan chekka suv tashlash yoki qisman oqova chiqarish yo‘li bilan o‘tkaziladi. Dalaning tekisligi, nishobligi va suv o‘tkazuvchanligiga bog‘liq ravishda cheklar turli kattaliklarda olinadi: engil, yaxshi suv o‘tkazuvchan tuproqlarda 0,05–0,08 ga, o‘rtacha – 0,10–0,15 va og‘ir tuproqlarda 0,20–0,25 ga. ni tashkil etadi. SHo‘r yuvishda cheklar 15–20 sm chuqurlikda suv bilan bostiriladi (u 1500–2000 m 3 /ga. ni tashkil etadi). Umumiy sho‘r yuvish me’yori katta bo‘lganda sho‘r yuvish bir necha bosqichda olib boriladi. Zovurlashtirilgan sharoit uchun sho‘r yuvishning umumiy me’yori A.E.Nyerozin (1957) taklif etgan quyidagi ifoda yordamida hisoblanadi: M = ( P – m ) + S / k + n – A , bu yerda M – sho‘r yuvishning umumiy me’yori, m 3 /ga; P – tup-roq hisobiy qatlamining chegaraviy dala nam sig‘imi, m 3 /ga; m – sho‘r yuvish arafasida shu qatlamdagi suv zaxirasi, m 3 /ga; ( P – m ) – tuproqning chegaraviy dala nam sig‘imigacha namlash uchun zarur bo‘lgan suv miqdori, m 3 /ga; S – tuproqning hisobiy qatlamidan yuvilishi lozim bo‘lgan xlor miqdori, m 3 /ga; K suvning sho‘r yuvish qobiliyatini ko‘rsatuvchi koeffitsient, kg/m 3 ; n sho‘r yuvishdan ekin ekishgacha bo‘lgan davrda suvning bug‘lanishi, m 3 /ga; A – shu davrda tushadigan