logo

Qadimgi_Xorazmda_tovar_pul_munosabatlarining_vujudga_kelishi_

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

116.806640625 KB
Mavzu: Qadimgi Xorazmda tovar-pul munosabatlarining vujudga kelishi.
Reja:
1. Qadimgi Xorazm
2. Tovar-pul munosabatlarining vujudga kelishi.
3. Xorazm davlatchiligi tarixi
Xulosa.
4. Xorazmshohlar   davrida   va   Xiva   xonligi   davrida   o’zining   haqiqiy   qiymatiga   ega
bo’lgan   oltin,   kumush   va   mis   pullar   muomalada   ishlatilgan.   Bu   pullarning   qaysi
davrlarda; qaysi podsho, xonlar davrida zarb qilingani, qaysi davlatlar bilan savdo-
iqtisodiy   munosabatlar   qilinganligini   bilish   juda   qiziqarli   bo’lib   o’tmish   haqida
juda   aniq   fikrlashga   yordam   beradi.
Xorazmda   zarb   qilingan   va   muomalada   ishlatib   kelingan,   o’zining   haqiqiy
qiymatiga ega bo’lgan pullar eramizdan oldingi II asrlardanoq ma’lum bo’lib Xiva
xonligining   Rossiya   tomonidan   bosib   olingungacha   to’liq   ishlatib   kelindi.   Xiva xonligida   muomalada   ishlatiladigan   pul   3   xil   atalar   edi:
1-«tilla»,—oltin   pul   bo’lib,   ikki   xil   shaklda   va   og’irlik   miqdorida   bo’lar   edi.
Birinchisi—«kichik   tilla»,—deb   atalar   va   o’sha   davr   pul   miqdorida   1   so’m   80
tiyinga   teng   deb   belgilanar   edi,   ikkinchisi   —«katta   tilla»,—deb   atalib   o’sha   davr
pul miqdorida 3 so’m 60 tiyinga teng deb belgilangan edi;
2-«tanga»,—kumushdan   ishlanar   va   «bir   tanga»   o’sha   davr   pul   birligida   30   pul
birligi   yoki   20   tiyinga   teng   deb   belgilanar   edi.   Yigirma   tiyinlikni   hozirgi   davrda
ham «bir tanga»,—deb atalishi shundan qolgan;
3-«pul»,—misdan   ishlanar   edi.   U   pulga   va   tiyinga   bo’linardi.   Kumushdan
ishlangan   «tanga»,   «oq   tanga»   deb,   misdan   ishlangan   pul   «qora   tanga»   deb   ham yuritilar edi. «Qora tanga» o’zining qiymati jihatidan «oq tangani» 66 foiziga teng
edi.
Shuningdek,   xonlikda   «shoyi»,   «abbas   shoyi»,   «yarim   shoyi»   deb   nomlanadigan
pul birliklari ham ishlatilgan. Ularning qiymati 10 tiyindan 40 tiyingacha o’zgarib
turgan.
(Xiva shahar Lermontov ko’cha № 114, 117-uylarda yashovchi  Quryoz Sarrof va
Bolta Sarroflarning estaliklari).
Xiva   xonligida   zarb   qilingan   pullarda,   tangalarda   va   tillalarda   odam   rasmi
tasvirlanmas, balki arab imlosida, qaysi xonlik tomonidan va nechanchi yilda zarb
qilingani yozilar edi.
Xiva oltinlari  va  pullari   mahalliy va  chet   eldan  keltirilgan  oltinlarga  bo’linar  edi.
Xiva oltinlari o’zining yaltiroqligi, mustahkamligi, umuman sifati jihatidan ajralib
turardi.
Muomalada   ko’p   ishlatiladigan   kumush   pullar   metallari   Quyi   Novgoroddan   olib
kelingan.   Xiva   xonligida   zarb   qilingan   oltin,   kumush,   mis   pullar   va   ularning
qoliplari   dunyoning   ko’pgina   mamlakatlari   muzeylarida,   shuningdek,   Moskva   va
Sankt-Peterburg   muzeylarida   saqlanmoqda.   Ayniqsa   Xiva   xonligi   1873   yilda
Rossiya   tomonidan   bosib   olingach,   uni   qimmatbaho   buyumlarini,   birinchi
navbatda   oltin,   kumush   pullarini   talash   Rossiya   jug’rafiya   jamiyati   vakili
sharqshunos   olim   P.I.   Lerx   va   A.L.   Kun   singari   kishilar   rahbarligida   «ilmiy»
jihatdan   tashkil   qilindi.   Veselovskiy   yordamida   Peterburgdagi   ermitajda   tashkil
qilingan numizmatika va boshqa fondlar Urta Osiyodan, jumladan Xiva xonligidan
borgan oltin, kumush, mis, atlas va boshqa pullar hisobiga boyidi. Jumladan, faqat
1883   yili   Ermitajga   jo’natilgan   buyumlar   ichida   1168   qadimiy   oltin-kumush
tangalar   bo’lib,   bular   Urta   Osiyoning,   jumladan   Xivadagi   30   dan   ortiq   yirik
hukmdor sulolalarning pullari edi.
Xiva   xoni   Muhammadrahimxon   II   taxtni   tashlab   qochib   ketgach,   «rus
mutaxassislari» xonlikdagi barcha qimmatbaho buyumlarni tashib keta boshladilar. «O’ljalar ichida tanga zarb qilinadigan qoliplar, oltin va kumushdan ishlangan, 25
xon   muhri,   200   dan   ortiq   qadimiy   tangalar»   bor   edi.   («Fan   va   turmush»   jurnali,
1991 yil, 9-son).
Bularning hammasi Xiva xonligi davrida zarb qilingan pullarning namunalaridir.
Rossiya hukumati Xiva xonligini bosib olishi bilanoq pul sistemasini  Rossiya pul
sestemasiga o’tkazishni taklif qildi. Lekin bu taklif amalga oshmadi.
Xiva   xonligida   muomalada   ko’pincha   kumushdan   bo’lgan   «tanga»   pullar   ko’p
ishlatilgan.   Qumush   pullarning   oltin   va   misga   nisbatan   qulayligi   buni   taqozo
qilgan.   Hatto   XIX   asr   oxirlarigacha   har   yili   bir   million   so’mlik   kumush   tanga
pullar xivalik mahalliy ustalar tomonidan zarb qilingan.
XIX   asr   ohirlarida   dunyo   davlatlarida   kumush   qazib   chiqarishning   ko’payib
ketganligi uning qiymatini tushurib qo’ydi. Bu davrda Xiva xonligida ham kumush
pul   birligi   qiymati   ikki   baravar   tushgan   edi.   Yoki   bir   «tanga»   pul   miqdori   20
tiyindan 12 tiyin qiymatga tushib qoldi.
Rossiya   Xiva   xonligini   bosib   olgandan   keyin   ham   Rossiyada   Ekaterina   II
podsholigi   davridan   buyon   pul   sifatida   muomalaga   kirgizilgan   qog’oz   pullar,
kumush   tangalar   Xiva   xonligi   hududida   uzoq   vaqtgacha   qo’llanilmasdan   kelindi.
Rossiyaning pullari Xiva xonligida juda kam miqdorda qo’llanilishi bilan birga o’z
kursidan juda kam baholanar edi. Uz «tilla» va «tangalariga» o’rgangan xivaliklar
rus qog’oz pullarini ishlatishni yoqtirmas edilar.
Rossiya qog’oz va metall pullarining Xiva xonligidagi mahalliy xalq va amaldorlar
tomonidan   qo’llanilmasligi,   pisand   qilinmasligi   chor   amaldorlarini   g’azabini
keltirar edi.
Rus   hokimlari   mahalliy   xalqqa   o’z   qog’oz   pullarini   majburlab   kirita   boshladilar.
Ular   dastlab   oltin,   kumush   va   mis   pullarni   rus   qog’oz   pullariga   va   rus   qog’oz
pullarini   oltin,   kumush   va   mis   pullariga   almashtirib   beradigan   va   katta   foyda
orttiradigan sudxo’r kishilarni vujudga keltirdilar. Buni Xiva xonligida «sarroflar»
deb ataydilar. «Bizning ota-bobolarimiz va o’zimiz ham yoshligimizdan shu kasb bilan shug’ullanganimiz sababli hozirgacha «sarrof» deb atashadi,—deydi Quryoz
sarrof va Bolta sarroflar.
«Sarroflar»   katta   pulga   egalik   qilib,   pul   muomalasidagi   qiyinchiliklardan
foydalanib,   Xiva   va   Rossiya   savdogarlariga   katta   ta’sir   ko’rsatar   edilar.   Xiva
sarroflarining hatti-harakati savdogarlarga yoqmas edi va ular rus podshosiga Xiva
tangalarini,   tillarini   butunlay   yig’ib   olib   uning   o’rniga   rus   qog’oz   pullarini
tarqatishni taklif qilgan edilar.
Hatto   1893   yilda   Rossiya   moliya   vazirligining   tashabbusi   bilan   rus
savdogarlarining   iltimosi   Peterburgda   muhokama   qilindi   va   Xiva   xoniga   tanga
pullarni faqat rus podshosining ruxsati bilan zarb qilish majburiyati yuklatildi.
Rossiyaning qog’oz pullarini Xivaning tilla, tanga va mis pullari o’rniga birdaniga
tiqishtirishga   rus   podshosi   jazm   qila   olmadi.   Xalqning   noroziligini   to’g’dirishi
mumkin deb qo’rqdi.
Rossiya   pullarining   asta-sekinlik   bilan   bo’lsa   ham   Xiva   xonligiga   kirib   kelishini
moliya vaziri yaxshi bilar edi.
XX   asrning   birinchi   o’n   yilligida   hatto   rus   qog’oz   pullari   Xiva   xonligida
muomalada ishlatilayotgan tanga pullarga nisbatan ikki baravar ko’payib ketdi.
Xiva   xoni   Muhammadrahimxon   II   o’z   umrining   oxirlarida   Xiva   xonligida
muomala   uchun   yshlatilayotgan   pul   miqdorini   etishmayotganligi,   shuningdek,
musulmon   va   sharq   davlatlari   podsholari   nomidan   pul   bosib   chiqarib   turilmasa
xalq   unga   itoat   qilmasligini   tushuntirib,   iltimos   qilib   zo’rg’a   tanga   pul   bosib
chiqarish imkoniyatiga ega bo’lib qolgan edi. (T.G. To’xtametov, Rossiya  i  Xiva
va kontse XIX-nachale XX veka, Moskva, 1969, 52-53-betlar).
Muhammadrahimxon II vafotidan keyin Xivada tanga pul bosib chiqarish deyarli
to’xtatildi   va   rus   podshosi   pullari   muomalada   ishlatiladigan   bo’ldi.   1914   yildan
boshlab   Rossiya,   shu   jumladan   rus   savdogarlari   Xivada   zarb   qilingan   tangalarni
olmasdan va ishlatmasdan qo’ydi. (Sadiqov A. S. Ekonomicheskie svyazi Xivo’ s Rossiey,   Toshkent,   1965,   132-bet).   Mavjud   bo’lgan   tilla   va   kumush   pullar   xalq
qo’lida muomalada ishlatib kelindi.
Asfandiyorxon xonlikka o’tirgach, rus podshosi va amaldorlari Xiva xonligida bir
qancha   islohotlar   o’tkazish,   jumladan   Xivada   muomalada   bo’lgan   va
yuritilayotgan   barcha   tanga   va   pullarni   yig’ib   olib   butunlay   rus   pul   sistemasiga
o’tkazishni   ham   taklif   qilgan   edilar.   Chor   amaldorlarining   bu   taklifi   ham   boshqa
islohotlari singari bajarilmadi.
1918-1920  yillarda  Xiva  xonligida  ikki  xonlik  davri   bo’ldi.  Bu  davrda Xiva  honi
bo’lgan   Saidabdullaxon   «qo’g’irchoq   xon»   edi,   aslida   hokimiyatni   Junaidxon
boshqarar   edi.   Butun   harbiy,   siyosiy   kuch   uning   qo’lida   bo’lib,   o’z   hokimligini
xalqqa   ma’lum   qilish   uchun   Junaidxon   pul   ham   bostirib   chiqardi.   Uning   puli
atlasga   ishlangan   bo’lib,   «turma   qog’oz»   nomi   bilan   yuritilgan.   Qeyinchalik
Junaidxon nomi bilan qog’oz pullar ham bosib chiqarila boshlandi.
1920   yil   2   fevralda   Xiva   xalq   inqilobi   g’alaba   qozongach   Xiva   vaqtli   inqilobiy
komitetining   1920   yil   11   aprelda   bo’lgan   majlis   qaroriga   asosan   Xivaning   pul
birligi   kursi   belgilandi.   Ushbu   qarorga   asosan   Xivaning   qog’oz   pul   birligi   kursi
Rus   podsholari   davridan   ishlatib   kelinayotgan   1   so’m   «krenka»   puli   4   so’mlik
Xorazmning   umumsovet   puliga   va   1   sum   «turkiston   boni»   puli   Xorazmning   5
so’mlik   umumsovet   puliga   teng   deb   belgilandi.   (Uzbekiston   Markaziy   Davlat
arxivi, R-71-fond, 1-ro’yxat, 1-delo, 5-varaq).
Xorazmda   Sovet   hokimiyati   o’rnatilgan   dastlabki   yillarda   muomala   uchun   zarur
bo’lgan pul miqdori og’ir ahvolga tushdi. Fo’karolar urushi, bosmachilik xarakati,
Rossiya   va   Turkiston   bilan   aloqalar   qilishning   yomonlashuvi   esa   bu   jarayonni
keskinlashtirdi. Xivadagi mavjud pul bosib chiqarish mashinalari va ustalari ishlari
to’xtatilib qo’yilgan edi.
Xorazmda   Xalq   Sovet   respublikasining   va   unda   moliya   nozirligining   tashkil
qilinishi   muomala   uchun   zarurp   bo’lgan   pul   birliklarini   izga   tushirishga   imkon
berdi.   Jumladan,   Rossiya   markaziy   ijroiya   komiteti   bilan   shartnomalar   qilindi   va ana   shu   asosda   Xorazm   respublikasini   muomala   uchun   zarur   bo’lgan   pul   bilan
ta’minlash   maqsadida   pul   bosib   chiqarish   asbob   uskanalarini   va   mutaxassislarini
yordamga   chaqirish   va   pul   bosib   chiqarishni   yo’lga   qo’yish   ishlari   amalga
oshirildi.
1920 yil   aprel   oyidan  boshlab  Xivada yangi  pul  birligi  bosib  chiqarila boshlandi.
Uning old tomonida qishloq xo’jalik ishchi va dehqonlarining ittifoqini bildiruvchi
o’rok,   jo’xori   poyasi,   bel   tasviri,   gerb   tarzida   tasvirlangan   edi.   (Xiva   muzey
zapovednigi eksponatlari).
Xorazmda   bosib   chiqarilayotgan   pullar   qog’ozning   kamligi,   uskunalar   va
mutaxassislariing   etishmasligi   sababli   etarli   mikdorda   pul   bosib,   chikarishga
imkon bo’lmadi. Ana shu sababdi Xorazmda boshqa pullar xam ko’plab ishlatildi.
Jumlalan. 1921 yil 1 yanvardan boshlab RSFSRning 1919 yilda bosib chikarilgan
pul   birligi   ishlatila   boshlandi.   Bu   o’z   kiymatiga   ko’ra   shu   davrda   yurib   turgan
Rossiya   «kronka»   guli   (eng   kimmatli)ga   teng  va   turkbon   nominaliga  nisbatan   10
baravar   kimmatli   eli.   (M.K.   Mamadjanov.   Sotsialno-ekonomicheskie
preobrazovaniya   i   razvitie   ekonomiki   Xorezmskoy   Narodnoy   Sovetskoy
respubliki, Toshkent, 1974, 63-bet).
Xorazm   XSRda   1920-1921   yillarda   muomala   uchun   zarur   bo’lgan   pullar   moliya
ishlari   yomon   ahvolda   ekanligini   Xorazm   Xalq   Sovet   respublikasi   nozirlar
Sovetining raisi Menglixo’ja Ibniyaminov 1921 yil 21 mayda Xalq vakillarining II
Butunxorazm   qurultoyida   so’zlagan   ma’ruzasida   Xorazmda   pul   chiqarish   qiyin
bo’layotgani   pul   chiqarish   miqdorini   oshirib   yuborish   pulni   qadrsizlanishiga   olib
kelishini,   shuning   uchun   davlatga   to’lanadigan   soliqlarni   pul   bilan   emas,   balki
natural   asosda   tovarlar   bilan   to’lash   lozimligini,   bu   pulni   qadrsizlanishini   oldini
olishini   to’g’ri   ko’rsatgan   edi.   (Istoriya   Xorezmskoy   Narodnoy   Sovetskoy
respubliki (Sbornik dokumentov), Tashkent, 1976, 95-bet).
Xorazmda 1920 yil may oyidan 1921 yil may oyigacha 489 million 549 ming so’m
Xorazm   puli   bosib   chiqarilgan   va   Rossiyadan   225   million   so’m   qog’oz   pul
olingan, Junaidxon davrida bosib chiqarilgan 3 million so’m pul ham muomalada bo’lib,   jami   Xorazmda   717   milliondan   ortiqroq   pul   mavjud   edi.   Bu   Xorazmda
mavjud   1million   aholining   har   biriga   o’rtacha   717   so’mdan   to’g’ri   kelishini
ko’rsatadi.
Respublikada   1921   yilda   yig’iladigan   barcha   daromadlar   xarajatlarni   1G’40
qismini qoplaydigan bo’lib qolgan edi. Xarajatlarni xammasi bosib chiqariladigan
pul   bilan   qoplanaveradigan   bo’lsa   pul   o’ta   qadrsizlanar   edi.   1921   yilla   muomala
uchun   zarur   bo’lgan   9,5   milliard   so’m   o’rniga   50   millard   so’m   pul   bosib
chiqarishga to’g’ri kelar edi.
1922 yil va 1923 yilning boshlarida ham pul muomalasi jarayonlari tartibli yo’lga
qo’yildi   deb   bo’lmaydi.   Davlat   korxonalari   smetasiz   keragicha   pul   olar   edilar.
Soliqlar,   bozor   tushumlari   ham   yaxshi   yo’lga   qo’yilmaganligi   sababli   pul
muomalasini tartibga solib bo’lmadi. Xorazm pul birligining kiymati tusha bordi.
Xorazm   Xalk   Sovet   respublikasi   moliya   noziri   M.   Divanovning   1923   yil   mart
oyida   hukumatga   bergan   hisobiga   va   arxiv   hujjatlariga   nazar   solsak   ko’ramizki
Xorazmda   1921   yil   iyunidan   1922   yil   iyunigacha   ya’ni   bir   yil   mobaynida
qog’ozdan,   misdan,   atlasdan   158   milliard   854   million   so’mlik   pul   bosib
chiqarilgan, kirim 23 milliard so’mni, chiqim esa 168 milliard 869 million so’mni
tashkil qilgan shuningdek, davlat fondiga qimmatbaho toshlar, oltinlar, kumushlar,
qimmatbaxo   buyumlar   va   boshqa   44   milliard   so’mlik   narsalar   yig’ib   olingan.
(Istoriya   Xorezmskoy   Narodnoy   Sovetskoy   respubliki,   (Sbornik   dokumentov),
Toshkent 1976, 199-bet).
Xorazm   Xalq   Sovet   respublikasi   tuzilgandan   keyin   uch   yarim   yil   davomida   100
milliard so’mlik Xorazm  puli  bosib chiqarildi. Bu pullar  Xorazm  respublikasidan
tashqariga chiqarilmadi va o’z qimmati tushib ketganligi tezda sezilib qoldi.
Bu   davrda   1   milliard   100   million   RSFSR   pullari   ham   Xorazmda   ishlatila
boshlandi.   Bu   pulning   qadrsizlanishini   yanada   oshirdi.   (M.K.   Mamadjanov.
Sotsialno-ekanomicheskie   preobrazovaniya   i   razvitie   ekonomiki   Xorezmskoy
Narodnoy Sovetskoy respubliki, Tashkent, 1974, 63-bet). Xorazm Xalq Sovet respublikasida muomala uchun zarur bo’lgan pulning tartibga
solinmaganligi,   pul   birliklarining   respublika   tomonidan   mustaqil   boshqarish
imkoniyati bo’lmagani  uchun chetdan qadrsiz qog’oz va boshqa pullar  oqimining
beto’xtov   kirib   turishi   Xorazmda   chiqarilgan   pullarning   chetda   qadrsizlanishi   va
ishlatilmasligi   respublika   iqtisodiy   qiyinchiligining   bosh   sabablaridan   biri   bo’ldi,
xalq   turmushini   og’ir   ahvolga   olib   keldi   va   respublikaning   pul   mustaqilligidan
mahrum bo’lishiga sabab bo’ldi.
1923 yil   31 mayda  va  9 iyulda  Xorazm   Xalq  Sovet  respublikasi  Markaziy  Ijroya
komiteti   prezidiumida   respublika   pul   birligi   kursi   ko’rib   chiqildi   va   bu   majlisda
uzoq munozara va muhokamalardan keyin Xorazm pul birligini RSFSR pul birligi
kursiga   aylantirishga   qaror   qilindi.   Unda   10   so’mlik   Xorazm   pulining   1   so’mlik
Rossiya   puli   birligi   bilan   qiymati   teng   deb   qabul   qilindi.   Pul   birliklarini
almashtirish   muddati   1923   yil   10   iyuldan   10   avgustgacha   bir   oy   qilib   belgilandi.
Ushbu   qarorda   bozorlarda   mahalliy   pul   o’rniga   Rossiya   pul   birliklarini
almashtirishda   suistemolchilikka   yo’l   qo’yilmaslik   uchun   Xorazm   pulini   saqlab
qolish   lozimligi   haqida   tushuntirish   ishlari   olib   borgan   kishilarni   qattiq   jazolash
ko’rsatilgan edi.
Pullarni   almashtirish   Xiva,   Urganch,   Xonqa,   Hozorasp,   Shovot,   Gurlan,
Toshxovuz,   Ilonli,   Xo’jayli,   Mang’it,   Qo’ngrad   simgari   shaharlardagi   va   rayon
markazlaridagi 18 kassada amalga oshirildi.
Belgilangan   bir   oy   muddatda   almashtirilmasdan   qolgan   Xorazm   pul   birliklari
muomalada   o’z   qiymatini   yo’qotgan   deb   xisoblanadi.   (O’zbekiston   Markaziy
Davlat arxivi, R-71-fond, 1-ro’yxat, 113-delo, 83-varaq).
1924 yil 14 fevralda muomala uchun zarur bo’lgan pullar bosib bo’lingach SSSR
pul   birliklarini   bosib   chiqarish   to’xtatildi.   Ularning   o’rnini   qoplash   uchun   1924
yilda kaznacheyskiy biletlar, kumush va mis pullar bosib chiqarildi.
1924 yil iyun oyiga kelganda SSSRning barcha hududlarida, shuningdek Xorazm
SSRda   ham   pul   birliklarini   almashtirish   amalga   oshirilib   bo’lindi.   Qadrsizlangan pullarning deyarli hammasi yig’ib olindi. Muomalada bo’lgan Xorazmning qog’oz
pullari 91 milliard 600 million so’m miqdorida edi. (M.K. Mamadjanov. Sotsialno
ekonomicheskie   preobrazovaniya   i   razvitie   ekonomiki   Xorezmskoy   Narodnoy
Sovetskoy respubliki, Toshkent, 1974. 119-121-betlar).
1922-1924   yillar   davomida   amalga   oshirilgan   pul   islohoti   Xorazmda   Sovet
hokimiyati yillarida amalga oshirilgan birinchi pul islohoti edi.
Oltin,   kumush,   mis   pullar   bundan   keyin   ham   aholining   qo’lida   ishlatilib   kelindi.
Bu pullarni aholining ko’llaridan yig’ib olishda 20-yillarning oxiri va 30-yillarning
boshlarida   savdobop   va   aholi   uchun   kamyop   tovorlarning   faqat   oltin   va   kumish
pullariga   sotish   siyosatining   yuritilishi   bo’ldi.   Natijada   aholi   qo’lidagi   oltin   va
kumush pullarning asosiy qismi markaz tomonidan o’zlashtirildi.
Ikkinchi pul islohoti 1947 yilda va uchinchisi esa 1961 yilda amalga oshirildi. Bu
islohot   ham   muomaladagi   10   so’mlik   pullar   1   so’m   qiymatiga   ega   deb   qabul
qilindi va yangi pul belgilariga o’tildi.
Qadimgi   Xorazm   davlati.   O‘rta   Osiyodagi   yana   bir   yirik   davlat   uyushmasi-
Qadimgi   Xorazm   davlati   hisoblanadi.   “Katta   Xorazm”   va   “Qadimgi   Xorazm”
masalasi bo‘yicha o‘zbekistonlik va xorijlik ko‘plab olimlar turli-tuman tadqiqotlar
olib   borgan   bo‘lsalarda   bu   masalalar   hamon   tadqiqotchilarning   bahs-
munozaralariga   sabab   bo‘lib   kelmoqda.   Avesto   va   yunon-rim   tarixchilari
ma’lumotlari   bu   munozaralarning   asosini   tashkil   etadi.   Undan   tashqari,   o‘tgan
asrning   50-60   -   yillaridan   boshlab   bugunga   qadar   olib   borilgan   arxeolgik
tadqiqotlar   natijalari   ham   Xorazm   davlatchiligi   tarixi   bo‘yicha   boy   materiallar
berdi.
Avvalo   so‘ngi   yillardagi   ibtidoiy   davr   yodgorliklarining   qiyosiy   tadqiqotlaridan
(X.Matyakubov)   xulosa   chiqaradigan   bo‘lsak,   Xorazm   mil.avv  IV-III   m.y.  dayoq
O‘rta   Sharqning   qadimgi   sivilizatsiyalar   olami   bilan   uzoq   Shimolni   bevosita
bog‘lovchi xalqa rolini o‘tay boshlagan. Bronza davri Suvyorgan va Tozabog‘yob
madaniyatlari qadimgi Xorazm yerlarini o‘zlashtirib bir-biri bilan qizg‘in aloqada bo‘lgan,   Shimol   va   Janubdan   ta’sir   qabul   qilib,     yangi   taraqqiyot   bosqichiga
ko‘tarilgan qabilalar madaniyati edi. 
Ularning   urug‘   jamoalari   yarim   yerto‘la   uy   -joylarda   istiqomat   qilib   motiga
dehqonchiligi va chorvachilik bilan shug‘ullanib, ibtidoiy ishlab chiqarish xo‘jaligi
sari   ilk qadam tashlaganlar. Ammo, ularning moddiy xo‘jalik taraqqiyoti darajasi
O‘rta   Osiyoning   janubiy   mintaqalari   (Baqtriya,   Marg‘iyona)   dagi   qabilalarga
nisbatan ancha orqada edi.
Amirobod  madaniyati  (mil.avv IX-VIII  asrlar)  davrida Amudaryo  quyi  havzasida
yashovchi   aholi   hali   davlatchilikdan   bexabar   bo‘lib,irrigatsiya   xususiyati   ibtidoiy
urug‘-qabilachilik   an’analarini     saqlab   qolgan   aholi   jamiyatiga   xos   edi.   O‘rta
Osiyoning   Janubiy   mintaqalariga   qaraganda   Xorazm   vohasi   aholisi   uzoq   vaqt
beqaror   suv   oqimi   sharoitida,   noqo‘lay   tabiat   injiqliklari   girdobida   qolib   kelgan.
Qadimgi   yozma   manbalar   ma’lumotlari   va   mavjud   arxeologik   yodgorliklarning
qiyosiy tahliliga ko‘ra, Xorazmda davlatchilik ildizlarining paydo bo‘lishigan asos
bo‘lgan  ilk shaharsozlik   madaniyati  sohiblari-Xorazmiylar   ko‘chib kelgach  tarkib
topdi va rivojlandi.
“Xorazm”   atamasining   kelib   chiqishi   haqida   ko‘plab   fikrlar   mavjud.   Olimlarning
katta   guruhi   “Xorazm”   atamasining   ikkinchi   komponenti   –zmi,   -   zamni   hind-
yevropa   tillariga   mansub   –   zemo   –   yer,   o‘lka,   mamlakat   ma’nosini   beradi   degan
xulosaga kelganlar. So‘zning birinchi komponentiga kelganda olimlar  fikrlaridagi
yakdillik   yo‘qoladi   va   u   turlicha   –   “Ozuqaga   boy   mamlakat”,   “Unumdor   yer”
(YE.Byurnuf,   E.Zaxau,   U.Geyger,   U.Tomashek),   “Go‘zal   mamlakat”   (F.Yusti),
“Unumsiz,   yomon   yer”   (F.Shpigel),   “Pastlik   yer”   (P.Lerx,   N.Veselovskiy,
X.Klipert),   “Quyoshli   yoki   Sharqiy   o‘lka”   (S.Tolstov,   P.Savelyev,
F.Sulaymonova), “Sharqiy zamin”, “Kunchiqar mamalakat” (I.Mo‘minov) tarzida
talqin etiladi.
Yana   bir   guruh   olimlar   “Xorazm”   atamasi   uch   leksima   asosida   (Uvarizami,   u   –
“yaxshi”+   vara   –   “qal’a”,”qo‘rg‘on”+zimi-“yer”)   paydo   bo‘lgan   deb   hisoblab,
mazkur   tarixiy   atamaning   ma’nosini   “yaxshi   qo‘rali   yer”,   “Ajoyib   qal’ali   o‘lka” yoki   “Mustahkam   qo‘rg‘onli   diyor”(Bogolyubov,   A.Muhammadjonov)   tarjima
qiladilar.   So‘ngi   tadqiqodlarda   “Xorazm”   atamasining   o‘zagi   qadimgi   turkiy
asoslarga   ega   bo‘lishi   mumkin   degan   fikrlar   ilgari   surilib   (“Xuar”   (“Suvar”)   –
“suv”(“xu”)   –   suv,   “Ar”-yer,   odam,   “m”-   birinchi   shaxs   qo‘shimchasi)   va   u
“Suv(daryo)   odamlari”   yoki   “suv   egalari”   (M.Zakiyev,   Sh.Kamoliddin,
O‘.Nosirov) deb tarjima qilingan.
Olimlarning   ta’kidlashicha,   Avestoda   tilga   olingan   Aryoshayona   yoki   Aryanam
Vaychax   shu   manbada   eslatilgan   Kavi   Vishtaspning   podsholigi   bo‘lib,   milloddan
avvalgi   IX-VIII   asrlarda   Drang‘iyona,   Satagadiya,   Ariya,   Marg‘yona   va
Amudaryoning   o‘rta   oqimidagi   viloyatlarni   birlashtirgan.   G‘arb   tadqoqtchilari
V.Xenning   va   I.Gershevichlar   Avestodagi   Kavi   Vishtapsning   davlati   Marv   va
Xirot   atrofida   joylashgan   “Katta   Xorazm”   deb   hisoblaydilar.   “Katta   Xorazm”
muammosi   Gerodot   ma’lumotlaridan   boshlangan.   U   “Tarix”   asarining   uchinchi
kitobida   quyidagicha   ma’lumot   beradi:   “Osiyoda   bir   vodiy   bor.   Uning   barcha
tomoni tog‘ bilan o‘ralgan, tog‘ni esa beshta dara kesib turadi. Bir vaqtlar bu vodiy
xorasmiylarga tegishli bo‘lib, xorasmiylar, parfiyaliklar, saranglar va tamaneylarga
chegaradosh   yerlarda   joylashgan.   Vodiyni   o‘rab   turgan   tog‘dan   Akes   nomli   yirik
daryo boshlanadi”. 
Gerodotdan sal oldinroq yashab o‘tgan Gekatey parfiyaliklarning sharqiy tomonida
joylashgan “Xorasmiya”ni,  “bir  qismi  tekisliklarda, bir  qismi  tog‘larda yashovchi
xorazmliklarni” eslatib o‘tadi. Tadqiqotchi V.A.Livshits ham bu “Katta Xorazm”ni
Marv   va   Hirotning   to‘rtta   rayoniga   joylashtiradi.   Agar   “Katta   Xorazm”   davlati
Marv   va   Hirot   atroflarida   joylashgan   taxmin   rost   bo‘lsa,   A.S.Sagdullayevning
fikricha,   bu   davlat   forslar   podshosi   Kir   II   tamonidan   bo‘ysundirilganidan   so‘ng
xorasmiylar Quyi Amudaryoning Xorazm hududlariga ko‘chib borganlar deb faraz
qilinadi.   Ushbu   nazariyaga   ko‘ra,   miloddan   avvalgi   VI   asr   qadimgi   forslar
xorasmiylarni janubdan quyi Amudaryo yerlariga siqib chiqargan.
S.P.Tolstov   va   Y.G‘ulomovlar   bu   nazariyaga   qarshi   bo‘lib,   xorazmliklar   O‘rta
Osiyoning   janubidan   ko‘chib   kelmaganlar   balki,   Xorazm   davlati   Quyi Amudaryoda qadimgi zamonlardayoq vujudga kelgan deb xulosa qilganlar. Ammo
bu   davlatning   chegaralari   hozirgi   Xorazm   viloyati   hududlaridan   ancha   keng
bo‘lgan.
O‘rta Osiyoning tarixiy geografiyasi bilan shug‘ullanuvchi olim I.N.Xlopin “Katta
Xorazm”ning   yirik   siyosiy   birlashma   sifatida   Ahamoniylardan   oldingi   davrda
mavjud bo‘lganligi va Akesning Tajan-Xerirud daryosi bilan bir ekanligi haqidagi
fikrlarni   asossiz   deb   hisoblaydi.   Olimning   ta’kidlashicha,   “Ahamoniylardan
oldingi   davrda   O‘rta   Osiyo   hududida   xalqlarning   xorazmiylar   boshchiligida   hech
qanday   ilk   davlat   birlashmalari   yo‘q   edi”.   Shu   bilan   birga   u   Ahamoniylardan
oldingi   davrda   O‘rta   Osiyoning   janubida,   “bir   necha   uncha   katta   bo‘lmagan
markazlar” mavjud bo‘lgan bo‘lishi mumkinligini e’tirof etadi. O‘rta   Osiyo   janubidagi   dexqonchilik   madaniyati   va   ilk   shaharlar   bo‘yicha
mutaxassis   hisoblangan   A.A.Asqarov   so‘nggi   yillarda   Qadimgi   Xorazm
masalalariga o‘z e’tiborini qaratdi. Olimning e’tirof etishicha, Xorazm vohasining
qadimgi   davri   o‘ziga   xos   xususiyatlarga   ega.   Bu   hududiy   kenglik   Amudaryoning
quyi   havzasi   hisoblanib,   O‘rta   Osiyoning   bu   yirik   daryosi   bir   necha   yuz   yillar
davomida   yuqori   oqimlardan   quyiga   unumdor   loyqa   oqizib   kelib,   janubiy   Orol
bo‘ylarida   sug‘orma   dehqonchilik   madaniyatining   rivojlanishi   uchun   zamin
yaratgan.   Ammo,   bu   zamin   eng   qadimgi   davrlarda   ajdodlarimiz   tomonidan
o‘zlashtirilib,   sug‘orma   dehqonchilik   madaniyatining   Marg‘iyona   va   Baqtriya
singari makoni bo‘la olmadi. 
Arxeologik   manbalarning   ma’lumot   berishicha,   ilk   temir   davriga   kelib   Xorazm
hududlarida paydo bo‘lgan Amirobod madaniyati davrida janubiy Xorazm aholisi
Amudaryo quyi havzasining o‘zanlari bo‘ylab barpo etilgan keng va sayoz kanallar
yordamida   ziroatchilikka   qo‘lay   joylarda   dehqonchilik   qila   boshlaydilar   hamda
o‘troq   hayot   asta-sekin   ularning   turmush   tarziga   aylana   boshlaydi.   Ammo,
Amudaryoning   quyi   havzalari,   uning   to‘qayzor   va   qamishzor   keng   maydonlari,
serunum   yaylovlari   chorvachilik   xo‘jaligining   taraqqiy   etishi   uchun   juda   qo‘lay
edi.   Shuning   uchun   ham   qadimgi   Xorazmda   Quyi   Sirdaryo   sak-chorvadorlarning
Quyisoy madaniyati keng rivojlangan.
Yunon   geografi   Strabon   xorazmiylarning   ajdodlari   massagetlarga   borib   taqalishi
haqida   ma’lumotlar   beradi.   S.P.Tolstovning   fikricha,   Xorazm   tarixining
massagetlargacha   bo‘lgan   davrida   bu   zaminda   Suvyorgan   va   Tozabog‘yob
madaniyatlari   aralashuvidan   tarkib   topgan   Qovunchi   (Qaundi)   qabilalari   yashar
edilar.   Ular   milloddan   avvalgi   II   ming   yillikning   so‘nggi   choragida     qadimgi
Xorazmning   massaget   nomi   ostida   yuritilgan   ko‘chmanchi   qabilalarining   asosini
tashkil etgan.
Arxeologik   ma’lumotlar,   yozma   manbalar   va   ularni   etnogeografik   tahlillaridan
xulosa   chiqargan   A.A.Asqarov,   xorazmiylarning   dastlabki   vatani   Baqtriyadan
junubda,   hozirgi   Hirot   vodiysida   bo‘lganligini   e’tirof   etadi.   Olimning ta’kidlashicha,   Ahamoniy   podsholari   tazyiq   o‘tkazish   orqali   sharqiy   Eron
qabilalaridan   yiliga   katta   boj   olish   maqsadida   Hilmend   tog‘   daralaridan   oqib
chiqadigan   soylarga   to‘g‘onlar   qurdirib,   suv   yo‘llarini   qadimgi   Hilmend,   hozirgi
Hirot   vodiysiga-xorazimiylar   yurtiga   burib   yuborganlar.   Natijada,   vodiyda   ko‘l
hosil   bo‘lib,   xorasmiylar   noilojlikdan   vatanlarini   tark   etib,   Amudaryoning   quyi
havzalariga   ko‘chishga   majbur   bo‘lganlar.   A.Asqarovning   xulosalariga   ko‘ra,
Amudaryoning quyi havzalarida uzoq asrlar davomida Amu suvlari oqizib kelgan
loyqa   yotqiziqlari   tufayli   hosil   bo‘lgan   dehqonchilikka   qo‘lay,   tekis   va   unumdor
yerlar   hamda   havza   irmoqlari   suvlaridan   dehqonchilikda   foydalanishning
qo‘layligi,  ziroatchilikda  boy  tajribaga  ega  bo‘lgan  xorasmiy  qabilalarining  yangi
joyga moslashishini tezlashtirgan.
Qadimgi   Xorazm   xo‘jalik   tartibining   tuzilishi   janubiy   hududlardagi   sug‘orish
tizimini   eslatsa-da,   o‘lchamlari   jihatdan   ancha   kichik.   M.A.Itinaning   fikricha,   bu
davrda   urug‘doshlarning   qishloqlari   bo‘lishi   mumkin   bo‘lgan   manzilgohlarning
maydonlari   kengayganligi   ko‘zatiladi.   Bu   manzilgohlarda   katta   oilalar   yashagan
bo‘lib, ular bir vaqtning o‘zida xo‘jalik vazifalari, jumladan, sug‘orish tarmoqlarini
saqlash va rivojlantirish bilan shug‘ullanganlar.
So‘nggi bronza davrida ham qadimgi Xorazm xo‘jaligining muhim tarmoqlaridan
biri   chorvachilik   xo‘jaligi   edi.   Bu   davrga   oid   makonlardan   juda   ko‘plab   turli
hayvonlarning   suyak   qoldiqlari   topib   o‘rganilgan.   Chorvachilik   xo‘jaligida   ot
asosiy   o‘rinda   bo‘lib   ulardan   yuk   tashish   va   safarga   chiqishda   foydalanilgan.
Ayrim   manzilgohlardan   ot   anjomlarining   topilishi   shu   jarayondan   dalolat   beradi.
Bu   o‘rinda   ta’kidlash   joizki,   olimlar   orasida   massaget   qabilalari   totemlarida   ot
kulti markaziy o‘rinda turishi haqidagi fikrlar ham bor. 
O‘troq dehqonchilik qabilalarining chorvachiligi uy chorvachiligi xususiyatiga ega
edi. Tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, mil. avv. I ming yillikning boshlariga kelib Orol
bo‘yidagi   xo‘jaligi   asosini   dehqonchilik   va   chorvachilik   tashkil   etgan   qabilalar
o‘rtasida   farqlar   shakllana   boshlaydi.   Mil.   avv.   VII-VI   asrlarga   kelib   esa,   ular
madaniyati o‘rtasidagi farqlanish yaqqol ko‘zga tashlanadi.  Fikrimizcha,   aynan   mana   shu   davrdan   boshlab,   Sharqiy   Orol   bo‘yida   yarim
ko‘chmanchi   chorvador   xo‘jalik   madaniy   shakli   ustunlik   qilgan   bo‘lsa,
Amudaryoning   janubiy   o‘zanlarida   esa   yuqori   darajadagi   sun’iy   sug‘orishga
asoslangan o‘troq dehqonchilik xo‘jaliklarining ahamiyati ortib boradi.            
Mil. avv. I ming yillikning ikkinchi choragiga kelib Orol bo‘yida hunarmandchilik
ajralib   chiqishining   dastlabki   belgilari   ko‘zatiladi.   Ortiqcha   mahsulotning
ko‘payishi esa mulkiy va ijtimoiy tabaqalanish uchun imkoniyatlar yaratadi.
Mil. avv. I ming yillikning o‘rtalariga kelib qadimgi Xorazm hududlarida sug‘orma
dehqonchilikning   taraqqiy   etishi   va   ishlab   chiqaruvchi   kuchlarning   rivojlanishi
natijasida   ibtidoiy   jamoa   munosabatlari   o‘rniga   davlatchilik   tizimi   shakllana
boshlaydi.   Ushbu   tizimning   shakllanishida   qadimgi   shaharlarning   ahamiyati
nihoyatda   katta   bo‘ldi.   Tadqiqotlar   natijalariga   ko‘ra,   qadimgi   Xorazm
shaharlarining   rejaviy   uslublari   –   ichki   va   tashqi   tuzilishi,   himoya   inshootlari,
tabiiy joylashuvi nuqtai nazaridan ko‘p hollarda bir-biri bilan o‘xshashlik topadi. 
Tadqiqotchilar   tomonidan   e’tirof   etilgan   Xorazmning   eng   qadimgi   shahar-
qal’alaridan   biri   bo‘lgan   Ko‘zaliqirning   quyi   madaniy   qatlamlarini   S.P.Tolstov
mil.avv    VII-VI    asrlar   bilan,  V.  Masson   esa  mil. avv.  V-IV  asrlar  boshlari   bilan
belgilagan   edi.So‘ngi   tadqiqotlarda   esa   Ko‘zaliqirda   hayot   butun  mil.avvVI   va   V
asrning birinchi yarmida mavjud bulgan degan xulosalar ustunlik qilmoqda.
Ko‘zaliqir   ko‘hna   shahri   ilgari   tahmin   qilinganidek,   “Katta   xorazm”   davlatining
poytaxti   emas,   balki,   yangi   tadqiqotlarga   ko‘ra,   mil   avv   VI   asrda   Chirmanyob
dehqonchilik   markazini   hosil   qilgan   kichik   vohaning   bosh   shahri   sifatida   ushbu
hududlarning   siyosiy-ma’muriy   va   diniy   markazi   vazifasini   o‘tagan.   Fanda
Xorazm   sivilizatsiyasi   va   shaharsozlik   madaniyati   aynan   Ko‘zaliqirdan
boshlangan, degan xulosa ustunlik qilar edi. Ammo, so‘nggi yillardagi tadqiqotlar
vohaning   boshlanish   qismida   joylashgan   Xazorasp   shahri   ham   Ko‘zaliqirga
zamondosh   yodgorlik   deb   hisoblashgan   asos   bo‘lmoqda.   Xususan,   Xazorasp
yaqinida   mil.   avv   VI   asrga   oid   sopol   ishlab   chiqarish   markazi   Xumbo‘ztepaning
mavjudligi ko‘hna shaharning qadimiyligidan dalolat beradi. Ko‘zaliqir   qadimgi   Xorazmdagi   dastlabki   tuzilishi   ancha   aniq   bo‘lgan,   himoya
devorlari   bilan   o‘rab   olinib   diniy-topinish   xususiyatiga   ega   bo‘lgan   me’moriy
yodgorlikni   o‘zida  aks  ettiradi. Uning  atroflaridagi  keng  maydon, aftidan  keyingi
qurilishlarga   mo‘ljallangan   bo‘lishi   mumkin.   Ta’kidlash   joizki,   mil.   avv.   VI-V
asrlarga   kelib   O‘rta   Osiyo   shaharsozlik   madaniyatida   ibodatxonalar   qurilishi
muhim   bo‘lib,   asosiy   omillardan   biri   hisoblanadi.   Ko‘zaliqir   O‘rta   Osiyoning
boshqa   shaharlari   kabi   vohaning   mustahkamlangan   harbiy-siyosiy   va   ma’muriy
markazi hisoblanib, rivojlangan sug‘orma dehqonchilik bilan ta’minlangan edi.
Ko‘zaliqir   haqida   yanada   batafsilroq   to‘xtaladigan   bo‘lsak,   ushbu   yodgorlikda
o‘tgan   asrning   o‘rtalaridan   boshlab   S.P.Tolstov   rahbarligidagi   Xorazm
ekspeditsiyasi   ko‘plab  tadqiqot   ishlari  olib borgan.  Orolbo‘yi  vohasidagi  qadimgi
Chirmanyob   kanalining   birining   yaqinida   joylashgan   ushbu   yodgorlik   topilmalari
mil.   avv.   VII   asrdan   V-IV   asrlargacha   sanalangan.   Qadimgi   Xorazm
tadqiqotchilari   «ko‘hna   shahar»   va   «qal’a»   deb   ta’riflagan   ushbu   yodgorlikdagi
turar joylar asosan paxsa va xom g‘ishtdan qad ko‘targan. Tadqiqotlar natijalariga
ko‘ra, qal’a ikkita qurilish davrini boshdan o‘tkazgan. Mil. avv. VI-V asrlarga oid
pastki   qatlamlardagi   g‘ishtlarning   o‘lchamlari   mil.   avv.   V-IV   asrlarga   oid   yuqori
qatlam g‘ishtlaridan farqlanadi. Undan tashqari  sopollarning xususiyati  va bronza
o‘q uchlarining yasalishida ham ayrim farqlarni ko‘zatish mumkin.
Ko‘zaliqirning   markazidan   yirik   bino   qoldiqlari   ochilgan   bo‘lib,   bu   yerda   yarim
metrga   yaqin   madaniy   qatlam   saqlangan.     Har   ikkala   qurilish   davrida   mavjud
bo‘lgan   ushbu   bino   285   kv.metrni   egallaydi.   Qat’iy   rejaviy   tuzilish   va   binoning
qat’iy   maydoni   butun   majmuaga   salobat   baxsh   etgan.   Markaziy   binoning   shimol
tomonidan   uchta   minoraning   qoldig‘i   qazib   o‘rganilgan.   Tadqiqotchilarning
fikricha, ular diniy marosimlar bilan bog‘liq inshootlardir.
Ko‘zaliqir   tadqiqotchilar   tomonidan   Ahamoniylargacha   bo‘lgan   davr   bilan
sanalanishiga   qaraganda   Orolbo‘yi   hududlarida   paydo   bo‘lgan   birinchi   shahar
bo‘lishi   mumkin.   O‘rta   Osiyo   o‘troq   aholi   vohalarining   Ahamoniylar   davlati
tarkibiga   kiritilishi   bilan   hududlarning   ichki   siyosati   satrapliklar   markazlarida jamlangan   edi.   Satrapliklar   markazlari   mustamlakachilik   va   boshqaruvning   asosi
bo‘lib,   bu   o‘rinda   urbanistik   markazlarning   mudofaasi   alohida   ahamiyatga   ega
bo‘lib   boradi.   Eskilari   ta’mirlanib,   yangilari   shakllanayotgan   ushbu   mil.   avv.   VI-
IV   asrlarga   oid   shaharlar   mudofaasiga   alohida   e’tibor   qaratiladi.   Tadqiqotlar
tahliliga ko‘ra, Ko‘zaliqir ham aynan shu toifaga kiruvchi ko‘hna shaharlardan biri
edi.   Boshqacha   qilib   aytganda,   mil.   avv.   I   ming   yillikning   o‘rtalaridagi
shaharlarning   shakllanishida   siyosiy-harbiy   omil   asosiy   hisoblangan.   Butun
qadimgi   dunyoda   bo‘lganidek,   Xorazmda   ham   shaharlar   iqtisodiy,   siyosiy   va
diniy-mafkuraviy markazlar hisoblangan. O‘z vaqtida S.P.Tolstov ta’kidlaganidek,
agar   Xorazmning   eng   qadimgi   shaharlari   markazlarida   jamoat-diniy   inshootlar
joylashgan   bo‘lsa,   milodning   boshlariga   kelib   shaharlarning   markaziy   qismini
qal’a egallaydi.
Qizilqum   cho‘llarining   ichkarisida,   Jonidaryo   qadimgi   irmog‘ining   o‘rta   oqimida
Chirikrabot ko‘hna shahri xarobalari joylashgan. Yodgorlik 1946 yilda S.P.Tolstov
tomonidan   ochilib,   1948-49   yillarda   unda   tadqiqot   ishlari   olib   borilgan.   1957-58
yillardagi Y.A.Rapoport va S.A.Trudnovskayalarning tadqiqotlari tufayli yodgorlik
haqidagi tasavvurlarning ilmiy asoslash imkoniyatlari yanada kengaydi.
Qizilqumdagi yarim ko‘chmanchi apasiak qabilalar ittifoqining poytaxt shahri deb
taxmin  etilgan   Chirikrabot   ko‘hna   shahri   balandligi   15   metrli   tepa  ustida   bunyod
etilgan.   Ko‘hna   shahar   hududidan   turli   davrlarda   barpo   etilgan   himoya
inshootlarining   izlari   aniqlangan.   Tarhiy   tuzilishi   tuxumsimon   –   (oval)   bo‘lgan
ko‘hna   shahar   ikki   qator   himoya   devorlari   bilan   o‘rab   olingan   (42,6   gektar).
Ko‘hna shahar markazida (12,4 gektar) qal’a joylashgan. Ko‘hna shahar enliligi 40
metr, chuqurligi 4,5 metr bo‘lgan xandaq bilan o‘rab olinganligi mudofaa ishlariga
alohida   e’tibor   berilganligidan   dalolat   beradi.   Chirikrabotdan   bir   nechta   mozor-
qo‘rg‘onlar ochib tadqiq etilgan bo‘lib ulardagi topilmalar mil. avv. V-IV asrlarga
oiddir.
Xorazmdagi   arxaik   davr   madaniyatining   kelib   chiqishi   va   ashyolarining   yoshini
aniqlash   maqsadida   tadqiqotchi   B.I.Vaynberg   maxsus   tadqiqotlar   olib   borib   bu hududlardagi   dastlabki   to‘rtburchak   shakldagi   xom   g‘ishtlarning   tarqalishi   va
sopollar   ko‘rinishidagi   o‘zgarishlar   O‘zboy   irmog‘i   va   Kaspiy   orqali   to‘g‘ridan
to‘g‘ri Eron bilan aloqalar tufayli yuz bergan bo‘lib, mil. avv. IV asrning ikkinchi
choragi   yoki   o‘rtalaridan   Eron   moddiy   madaniyatining   ba’zi   ko‘rinishlari
yoyilishiga olib keldi degan xulosa chiqaradi. 
Fanda   ma’lum   bo‘lgan   “Katta   Xorazm”   masalasi   bugungi   kunda   o‘z   yechimini
topgan   deb   bo‘lmaydi.   Avvalo,   o‘tgan   asrning   boshlarida   mavjud   yozma
manbalarning qisqa ma’lumotlariga tayangan I.Markvart tomonidan ushbu masala
ko‘tarilgan   edi.   U   Avestodagi   “Aryanam   Vayjo”ni   Xorazm   deb   hisoblab,
Ahamoniylarga   qadar   Shimoliy   –Sharqiy   Eron   qabilalarining   xorasmiylar
boshchiligidagi   katta   davlat   birlashmasi   “Katta   Xorazm”,   degan   taxminni   ilgari
surgan edi. Mazkur g‘oya V.Bartold, V.Tarnlar tomonidan qabul qilinib, S.Tolstov,
V.Xenning, F.Altxaym va I.Gershevichlar tomonidan rivojlantirildi.
S.Tolstov   Amudaryoning   quyi   havzalari   “Katta   Xorazm”   tarkibiga   kirganligi
haqidagi   konsepsiyani   ilgari   surib,   Xorazmda   mil.avv   VIII-VII   asrlarda   dastlab
qabilalarning harbiy konfederatsiyasi  paydo bo‘lib, undan davlat uyushmasi  o‘sib
chiqdi   degan   fikrga   kelgan   bo‘lsa,   V.Masson   bu   fikrga   qarshi   chiqib,   arxeologik
materiallar   tahlili   Xorazmda   Ahamoniylarga   qadar   markazlashgan   davlat   tashkil
topganligini tasdiqlamaydi, degan fikrga keldi. 
Arxeologik   tadqiqotlar   natijalariga   tayangan   V.T.Vorobyeva,   o‘tgan   asrning   70-
yillarida   “Katta   Xorazm”ning   janubiy   chegarasi   Amudaryoning   o‘rta   havzalari
(Qo‘shqal’a,   Odoytepa   atroflari)dan   o‘tgan   va   uning   shimoliy   chegaralari
Amudaryoning quyi havzalarini qamrab olganligi hamda qadimgi Xorazm davlati
“Katta Xorazm” davlat  konfederatsiyasining tarkibiga kirganligi  haqidagi  g‘oyani
ilgari surdi. B.Vaynberg va S.Baratovlar ham V.Vorobyeva g‘oyalariga yaqin fikr
bildirganlar.
R.Fray “Katta Xorazm” davlatining hududi Marv – Hirot   atroflarini qamrab olib,
Ahamoniylar   bosqinidan   so‘ng   bu   hudud   aholisi   Oks   (Amudaryo)ning   shimoliga
ko‘chganligi   haqida   fikr   bildirgan   bo‘lsa,   I.Xlopin   va   I.Pyankovlar   Xorazmdagi ahamoniylargacha   bo‘lgan   davlatchilikni   inkor   etadilar.   A.Asqarov   esa,
xorasmiylarning Tajan (gerirud) va Xilmend daryolari havzalaridan shimolga, quyi
Amudaryo   havzalariga   ko‘chishi   mil.avv   VI   asrda   ro‘y   bergan   bo‘lib,   “Katta
Xorazm”   davlati   konfederatsiyasining     shimoliy   chegarasi   Amudaryoning   o‘rta
chegarasigacha   bo‘lgan   hududlarni   o‘z   ichiga   olganligi   haqidagi   fikrlarni   ilgari
suradi. 
Yuqorida   eslatib   o‘tganimizdek,   ahamoniylargacha   mavjud   bo‘lgan   Xorazm
davlatining poytaxti masalasi fanda aniq yechimini topmagan. X.Matyakubovning
fikricha,   qadimgi   Xorazm   davlatining   poytaxtini   aniqlash   borasidagi   izlanishlar
o‘tgan asrning 80-yillarida o‘z samarasini bera boshladi va Aqchaxonqal’a qadimgi
Xorazm   davlatining   poytaxti   bo‘lishi   mumkinligi   haqidagi   ilk   fikrlar   aytildi.
Tadqiqotlarga ko‘ra, umumiy maydoni 50 dan ziyod bo‘lgan Aqchaxonqal’a ichki
va   tashqi   qal’adan   iborat   to‘g‘ri   to‘rtburchak   shaklga   ega.   Ular   alohida   himoya
devorlari   bilan   o‘rab   olingan.   So‘ngi   tadqiqotlarga   ko‘ra,   ushbu   ko‘hna   shaharda
saroy   marosimlari   va   diniy   e’tiqodlar   bilan   bog‘liq   devoriy   rasmlarning   qayd
etilishi,   ular   orasida   shohona   kiyimda   boshiga   toj   kiygan   hukmdor   suratining
mavjudligi,   shoh   boshiga   ilohiy   qush   (Humo)   qunib   turganligi   Aqchaxonqal’a
qadimgi   Xorazm   davlatining   poytaxt   shahri   ekanligining   ramziy   belgisi   sifatida
e’tirof etildi.
Fikrimizcha,   Xorazm   qadimgi   shahar   madaniyati   va   davlatchiligining
shakllanishida   butun   O‘rta   Osiyo   hududlarida   bo‘lgani   kabi   tashqi   ta’sir   va
madaniy   aloqalarni   inkor   etmagan   holda,   bu   hududlarda   o‘troq   dehqonchilikka
o‘tish,   sug‘orish   tartibining   shakllanishi,   o‘troq   aholi   xo‘jaliklarining   taraqqiy
etishi   keyingi   davrlardagi   davlatchilik   an’analari   shakllanishi   uchun   asos
bo‘lganligini   ta’kidlash   maqsadga   muvofiqdir.   Shuningdek,   butun   O‘rta   Osiyo
mintaqasida   bo‘lgani   kabi   qadimgi   Xorazm   shahar   madaniyati   va   davlatchiligi
asoslari   hisoblangan   ilg‘or   xo‘jalik   tizimi   yuritish,   sug‘orish   tarmoqlarini   saqlash
va rivojlantirish, hunarmandchilik va savdo-sotiq kabilar – o‘zaro tarixiy-madaniy
aloqalar   bilan   bog‘liq   edi.   Bu   jarayonlar   ayniqsa,   mil.avv.VI-V   asrlarda   ancha taraqqiy etgan bo‘lib, bu holat Xorazm davlatchiligining o‘ziga hos xususiyatlarida
ham namoyon bo‘ladi. Xulosa   qilib   aytadigan   bo‘lsak,   mil.avv.   V-IV   asrlarda   Xorazm   va   unga   qo‘shni
bo‘lgan   hududlarni   urbanizatsiya   jarayonlari   qamrab   olgan   edi.   Natijada   bu
hududlarda   tarixiy-madaniy   dehqonchilik   vohalari   paydo   bo‘ladi   va   ular   ilk
davlatchilikning   asosi   edi.   Mil.avv.   VI   asrdan   boshlab   esa   hozirgi   Xorazm
vohasida   davlatchilik   shakllanib   u     qadimgi   Sharq   sivilizatsiyasi   markazlaridan
birga aylanib bordi. Adabiyotlar:  
1. Azamat Ziyo O‘zbek davlatchiligi tarixi: (Eng qadimgi davrdan Rossiya 
bosqiniga qadar). T., 2000.
2. Axmadjonov  Rossiya imperiyasi Markaziy Osiyoda. T., 2003
3. Ismoilova J. Farg‘ona vodiysida milliy ozodlik kurashlari. T., 2003.
4. Istoriya Uzbekistana. – T.: Fan, 2012.
5. Sagdullayev A.S. Qadimgi O‘rta Osiyo tarixi. T., 2004.
6. Sagdullayev va boshqalar. O‘zbekiston tarixi: davlat va jamiyat taraqqiyoti. T., 
2000.
7. Tarix shohidligi va saboqlari: chorizm va sovet mustamlakachiligi davrida 
O‘zbekiston milliy boyliklarining o‘zlashtirilishi. \ Loyiha rahbari, mas’ul 
muharrir: D.A.Alimova. – T.: Sharq, 2001.  
8. Murtazayeva R.H. O‘zbekistonda millatlararo munosabatlar va bag‘rikenglik. –
Toshkent: Universtitet, 2007. 
9. O‘zbekiston Milliy Ensiklopediyasi. 13-jildlik. T.: O‘zME, 2000-2006. 
10. O‘zbekiston tarixi. T.: Universitet, 1997.

Mavzu: Qadimgi Xorazmda tovar-pul munosabatlarining vujudga kelishi. Reja: 1. Qadimgi Xorazm 2. Tovar-pul munosabatlarining vujudga kelishi. 3. Xorazm davlatchiligi tarixi Xulosa. 4.

Xorazmshohlar davrida va Xiva xonligi davrida o’zining haqiqiy qiymatiga ega bo’lgan oltin, kumush va mis pullar muomalada ishlatilgan. Bu pullarning qaysi davrlarda; qaysi podsho, xonlar davrida zarb qilingani, qaysi davlatlar bilan savdo- iqtisodiy munosabatlar qilinganligini bilish juda qiziqarli bo’lib o’tmish haqida juda aniq fikrlashga yordam beradi. Xorazmda zarb qilingan va muomalada ishlatib kelingan, o’zining haqiqiy qiymatiga ega bo’lgan pullar eramizdan oldingi II asrlardanoq ma’lum bo’lib Xiva xonligining Rossiya tomonidan bosib olingungacha to’liq ishlatib kelindi. Xiva

xonligida muomalada ishlatiladigan pul 3 xil atalar edi: 1-«tilla»,—oltin pul bo’lib, ikki xil shaklda va og’irlik miqdorida bo’lar edi. Birinchisi—«kichik tilla»,—deb atalar va o’sha davr pul miqdorida 1 so’m 80 tiyinga teng deb belgilanar edi, ikkinchisi —«katta tilla»,—deb atalib o’sha davr pul miqdorida 3 so’m 60 tiyinga teng deb belgilangan edi; 2-«tanga»,—kumushdan ishlanar va «bir tanga» o’sha davr pul birligida 30 pul birligi yoki 20 tiyinga teng deb belgilanar edi. Yigirma tiyinlikni hozirgi davrda ham «bir tanga»,—deb atalishi shundan qolgan; 3-«pul»,—misdan ishlanar edi. U pulga va tiyinga bo’linardi. Kumushdan ishlangan «tanga», «oq tanga» deb, misdan ishlangan pul «qora tanga» deb ham

yuritilar edi. «Qora tanga» o’zining qiymati jihatidan «oq tangani» 66 foiziga teng edi. Shuningdek, xonlikda «shoyi», «abbas shoyi», «yarim shoyi» deb nomlanadigan pul birliklari ham ishlatilgan. Ularning qiymati 10 tiyindan 40 tiyingacha o’zgarib turgan. (Xiva shahar Lermontov ko’cha № 114, 117-uylarda yashovchi Quryoz Sarrof va Bolta Sarroflarning estaliklari). Xiva xonligida zarb qilingan pullarda, tangalarda va tillalarda odam rasmi tasvirlanmas, balki arab imlosida, qaysi xonlik tomonidan va nechanchi yilda zarb qilingani yozilar edi. Xiva oltinlari va pullari mahalliy va chet eldan keltirilgan oltinlarga bo’linar edi. Xiva oltinlari o’zining yaltiroqligi, mustahkamligi, umuman sifati jihatidan ajralib turardi. Muomalada ko’p ishlatiladigan kumush pullar metallari Quyi Novgoroddan olib kelingan. Xiva xonligida zarb qilingan oltin, kumush, mis pullar va ularning qoliplari dunyoning ko’pgina mamlakatlari muzeylarida, shuningdek, Moskva va Sankt-Peterburg muzeylarida saqlanmoqda. Ayniqsa Xiva xonligi 1873 yilda Rossiya tomonidan bosib olingach, uni qimmatbaho buyumlarini, birinchi navbatda oltin, kumush pullarini talash Rossiya jug’rafiya jamiyati vakili sharqshunos olim P.I. Lerx va A.L. Kun singari kishilar rahbarligida «ilmiy» jihatdan tashkil qilindi. Veselovskiy yordamida Peterburgdagi ermitajda tashkil qilingan numizmatika va boshqa fondlar Urta Osiyodan, jumladan Xiva xonligidan borgan oltin, kumush, mis, atlas va boshqa pullar hisobiga boyidi. Jumladan, faqat 1883 yili Ermitajga jo’natilgan buyumlar ichida 1168 qadimiy oltin-kumush tangalar bo’lib, bular Urta Osiyoning, jumladan Xivadagi 30 dan ortiq yirik hukmdor sulolalarning pullari edi. Xiva xoni Muhammadrahimxon II taxtni tashlab qochib ketgach, «rus mutaxassislari» xonlikdagi barcha qimmatbaho buyumlarni tashib keta boshladilar.

«O’ljalar ichida tanga zarb qilinadigan qoliplar, oltin va kumushdan ishlangan, 25 xon muhri, 200 dan ortiq qadimiy tangalar» bor edi. («Fan va turmush» jurnali, 1991 yil, 9-son). Bularning hammasi Xiva xonligi davrida zarb qilingan pullarning namunalaridir. Rossiya hukumati Xiva xonligini bosib olishi bilanoq pul sistemasini Rossiya pul sestemasiga o’tkazishni taklif qildi. Lekin bu taklif amalga oshmadi. Xiva xonligida muomalada ko’pincha kumushdan bo’lgan «tanga» pullar ko’p ishlatilgan. Qumush pullarning oltin va misga nisbatan qulayligi buni taqozo qilgan. Hatto XIX asr oxirlarigacha har yili bir million so’mlik kumush tanga pullar xivalik mahalliy ustalar tomonidan zarb qilingan. XIX asr ohirlarida dunyo davlatlarida kumush qazib chiqarishning ko’payib ketganligi uning qiymatini tushurib qo’ydi. Bu davrda Xiva xonligida ham kumush pul birligi qiymati ikki baravar tushgan edi. Yoki bir «tanga» pul miqdori 20 tiyindan 12 tiyin qiymatga tushib qoldi. Rossiya Xiva xonligini bosib olgandan keyin ham Rossiyada Ekaterina II podsholigi davridan buyon pul sifatida muomalaga kirgizilgan qog’oz pullar, kumush tangalar Xiva xonligi hududida uzoq vaqtgacha qo’llanilmasdan kelindi. Rossiyaning pullari Xiva xonligida juda kam miqdorda qo’llanilishi bilan birga o’z kursidan juda kam baholanar edi. Uz «tilla» va «tangalariga» o’rgangan xivaliklar rus qog’oz pullarini ishlatishni yoqtirmas edilar. Rossiya qog’oz va metall pullarining Xiva xonligidagi mahalliy xalq va amaldorlar tomonidan qo’llanilmasligi, pisand qilinmasligi chor amaldorlarini g’azabini keltirar edi. Rus hokimlari mahalliy xalqqa o’z qog’oz pullarini majburlab kirita boshladilar. Ular dastlab oltin, kumush va mis pullarni rus qog’oz pullariga va rus qog’oz pullarini oltin, kumush va mis pullariga almashtirib beradigan va katta foyda orttiradigan sudxo’r kishilarni vujudga keltirdilar. Buni Xiva xonligida «sarroflar» deb ataydilar. «Bizning ota-bobolarimiz va o’zimiz ham yoshligimizdan shu kasb