Qadimgi_Yunoniston,_xo’jaligi,_aholisi,_diniy_e’tiqodlari,_haykaltaroshligini


























Mavzu: Qadimgi Yunoniston, xo’jaligi, aholisi, diniy e’tiqodlari, haykaltaroshligini o’rganishda tangalarni o’rni. Reja: 1. Qadimgi Yunoniston . 2. Xo’jaligi, aholisi. 3. Diniy e’tiqodlari. Xulosa.
YUNONISTON, Qadimgi Yunoniston — Bolqon ya.o.ning jan., Egey dengizidagi orollar, Frakiya sohillari, Kichik Osiyoning g arbidagiʻ dengiz sohilida joylashgan qadimiy yunon davlatlari hududining umumiy nomi. Tarixi. Arxeologik ma lumotlarga ko ra, Yu. hududida odamlar paleolit ʼ ʻ davridan yashab kelmoqda. Xalkidika ya.o.dan neandertal odamining bosh suyagi chiqqan. Neolit davrida Yu. aholisi dehqonchilik, chorvachilik bilan shug ullanib, o troq hayot kechirgan. Yu.ning jez davri madaniyati shartli ʻ ʻ ravishda Kritmiken madaniyati yoki Egey madaniyati deb atalgan. Miloddan avvalgi 3-ming yilliqda Yu. etnik tarkibi rangbarang(pelasglar, leleglar va boshqalar) bo lgan; ularni protoyunon qabilalari — axeylar, ioniyaliklar siqib ʻ chiqarib o z tarkiblariga singdirib yuborganlar. Miloddan avvalgi taxminan 20— ʻ 17-asrlarda Krit o.da axeylarning ilk davlatlari (Knos, Fest, AgiaTriada, Mikena, Tirinf, Pilos va boshqalar) barpo etilgan. Miloddan avvalgi taxminan 1260 yil Mikena, Tirinf, va boshqalar davlatlar Troyani bosib olib, uni vayron etishgan (qarang Troya urushi ). Doriy qabilalarining kirib kelishi (miloddan avvalgi taxminan 1200 yil) oqibatida davlatlar parchalanib, urug chilik munosabatlari ʻ jonlangan. Miloddan avvalgi 9-asrga kelib Shim. Yu.da — eoliylar, O rta Yu. va ʻ Peloponnesda — doriylar, Attika va orollarda — ioniyaliklar istiqomat qilgan: 8 —6-asrlarda yunonlar O rta dengiz, Marmar va Qora dengiz sohillarini ʻ kolonizatsiya qilganlar. Bu davrda Yu.da polislar (shahar davlatlar) shakllangan. Dehqonlar va hunarmandlarning urug zodagonlari bilan kurashi natijasiga qarab ʻ polisdagi davlat hokimiyati yo demokratik (Afinada) yoxud oligarxik (Sparta, Krit o.da) tarzda bo lgan. Iqtisodiy jihatdan taraqqiy etgan polislarda (Korinf, ʻ Afina va boshqalar) qulchilik keng tarqalgan; Sparta, Argos va boshqalarda urug chilik tuzumi qoldiqlari saqlanib qolgan. Miloddan avvalgi 6-asrda polislar ʻ Sparta boshchiligida Peloponnes ittifoqiga va Fiva rahbarligi ostida Beotiya ittifoqiga birlashganlar. 5— 4-asrlar polislarning eng ravnaq topgan davri sanaladi. U yunonfors urushlarida (500—449) yunonlarning g alabasi natijasida ʻ Afinaning yuksalishi va Delos ittifoqining (Afina boshchiligida) barpo etilishi bilan bog liq bo lgan. ʻ ʻ
Perikl hukmronligi davri (443— 429) Afina kuchqudratining eng kuchaygan, siyosiy tuzumning eng demokratlashgan va madaniyatning ravnaq topgan davri hisoblanadi. Afina Yu.ning asosiy iqtisodiy va madaniy markaziga aylanadi, u dengizda hukmronlikni o z qo liga olgan. Afina bilan Sparta o rtasida Yu.daʻ ʻ ʻ gegemon bo lish, savdo yo llariga egalik qilish uchun kurash Peloponnes urushi ʻ ʻ (431—404)ga olib kelgan, u Afinaning mag lubiyati bilan tugagan. Spartaning ʻ yunon davlatlari ichki ishlariga aralashuvi miloddan avvalgi 395—387 yillardagi Korinf urushini keltirib chiqargan. 4-asrda Fiva vaqtinchalik yuksalgan. Levktra jangida (miloddan avvalgi 371 yil) fivaliklar Sparta qo shinini tormor ʻ keltirishgan. 4-asr o rtasida Yu.ning shim.da Makedoniya yuksalgan. Uning ʻ podshohi Filip II Xeroneya jangida (338) yunon shaharlari koalitsiyasi ustidan g alaba qozonib Yu.ni tobe etgan. Aleksandr (Iskandar) saltanati parchalangach, ʻ ellinizm davrida (3—2-asrlar) Yu.da hukmron bo lish uchun kurashayotgan ʻ harbiylashgan tipdagi davlatlar va ittifoqlar ko p bo lgan (Makedoniya, Axey ʻ ʻ ittifoqi, Etoliya ittifoqi). Miloddan avvalgi 197 yil Kinoskefal jangida Rim qo shinlari Makedoniya ustidan g alaba qozongach, Rim Yu.dagi oligarxiyani ʻ ʻ quvvatlab, mamlakatning ichki ishlariga aralasha boshlaydi. Miloddan avvalgi 148 yil Makedoniya, Illiriya va Epir Rim provinsiyasiga aylantirilganlar. 146 yildan (Axey ittifoqi rimliklar tomonidan tormor etilgandan so ng) Yu.Rimga ʻ tobe bo lgan (miloddan avvalgi 27 yildan uning hududida Rimning Axaya ʻ provinsiyasi barpo etilgan), faqat nomiga Afinagina erkin shahar deb hisoblangan. Milodiy 4-asrdan Yu.Vizantiyaning asosiy tarkibiy qismini tashkil etgan. Falsafasi. Antik falsafa falsafa tarixida muhim o rin tutadi. U avvalo, falsafa ʻ tushunchasining fanga kirib kelishiga sababchi bo ldi, hozirgi kungacha bo lgan ʻ ʻ barcha falsafaga hal qiluvchi ta sir ko rsatdi. Yuz yil davom etgan tayyorgarlik ʼ ʻ davridan so ng yunon falsafasining mumtoz davri boshlandi. Uning gullab ʻ yashnashi miloddan avvalgi 7—6-asrlarga to g ri keldi, ta siri esa ming yil ʻ ʻ ʼ mobaynida sezilib turdi. Vizantiya va islom mamlakatlarida yunon falsafasining hukmron ta siri keyingi ming yillikda saqlanib qoldi; keyinchalik, Renessans va ʼ
gumanizm davrlarida, Yevropada yunon falsafasining uyg onishi yuz berdi, buʻ esa Renessans davri platonizmi va aristotelizmidan boshlab Yevropa falsafiy tafakkurining butun taraqqiyotigacha bo lgan davrdagi ijodiy yangilanishlarga ʻ olib kedsi. Yunon falsafasi miloddan avvalgi 6—5-asrlarda butun Yu.dagi yunon polislari falsafasining davomchisi bo lgan mumtoz yunon ellinistik falsafasi (miloddan ʻ avvalgi 4-asr) va ellinistikRim falsafasiga, ya ni miloddan avvalgi 3-asrdan ʼ milodiy 6-asrgacha davom etgan Rim imperiyasiga tarqagan ellinistik falsafaga bo linadi. Ellinistik falsafa Sokratgacha bo lgan falsafa (miloddan avvalgi 6—5- ʻ ʻ asrlar) va mumtoz (klassik) falsafaga (Sokrat, Platon, Aristotel — miloddan ʼ avvalgi 4-asr) ajraladi. Sokratgacha falsafa, o z navbatida, kosmologik ʻ (gilozoistik) falsafaga (miloddan avvalgi 6—5-asrlar) va antropologik falsafaga (miloddan avvalgi 5—4-asrlar) bo linadi. ʻ Yunon falsafasi ilkkosmologik— Sokratgacha falsafa davri, ruhoniylar bilan birga siyosiy yo nalishdagi mutafakkirlar va yetti donishmand tomonidan ʻ tayyorlangan olimlar davri bilan boshlanadi. Ulardan biri miletlik Fales bo lib, ʻ Aristotel uni birinchi faylasuf deb hisoblagan; u birinchi kosmolog , torroq ma noda ioniya naturfalsafasi maktabining vakili, bu maktabga Anaksimandr, ʼ Anaksimen, Ferekid, Diogen va boshqalar ham mansub edi. Undan so ng Eleya ʻ maktabi vujudga kelib borliq falsafasi bilan shug ullandi (miloddan avvalgi 580 ʻ —430), bu maktabga Ksenofan, Parmenid, Eleyalik Zenon, Meliss mansub edilar; ayni vaqtda bu maktab bilan birga Pifagor maktabi ham mavjud edi. Bu maktab vakillari uyg unlik, o lchov, son masalalari bo yicha tadqiqot olib ʻ ʻ ʻ bordilar. Bu maktabga Fillolay (miloddan avvalgi 5-asr oxiri) krotonlik Alkmeon (taxminan miloddan avvalgi 520), musiqa nazariyotchisi, faylasuf va matematik Arxit Tarentskiy (taxminan miloddan avvalgi 400—365) va uning tarafdori haykaltarosh Katta Poliklet (miloddan avvalgi 5-asr oxiri), Heraklit, keyin Empedokl va Anaksagor mansub edi. Hamma narsani qamrab oluvchi qomusiy tafakkur egasi Demokrit, uning mashhur o tmishdoshi Levkipp hamda ʻ
Demokrit maktabi vakillari Sokratgacha kosmologiyaning oxirida turadilar. Shu bilan birga so nggi davrda antropologik sofistikada rivojlanish yuz berdiʻ (taxminan miloddan avvalgi 475—375), uning vakillari, asosan, Protagor, Gorgiy, Gippiy, Prodik bo lgan. Yunon falsafasining eng mashhur 3 vakili — ʻ Sokrat, Platon, Aristotel tufayli Afina taxminan 1000 yil yunon falsafasining markazi bo ldi. ʻ Tarixda birinchi marta Sokrat tomonidan insonni falsafiy anglash masalasi qo yildi. Platon falsafani tugallangan dunyoqarash — siyosiy va mantiqiyetnik ʻ sistema sifatida yaratdi; Aristotel esa falsafaga haqiqiy mavjudlikni tadqiqiynazariy o rganuvchi fan sifatida qaradi. Bu 3 mashhur yunon ʻ mutafakkirining har biri o sha vaqtdan buyon o zicha alohida va turli shakllarda ʻ ʻ 2 ming yildan buyon jahon falsafasining rivojlanishiga ta sir ko rsatib keladi. ʼ ʻ Yunon falsafasining ellinistikrim davri bir-biri bilan parallel ravishda mavjud bo lgan muhim falsafiy maktablarning paydo bo lishi bilan boshlanadi ʻ ʻ (miloddan avvalgi 4-asr); faqat neoplatonizm keyinroq — 500 yildan so ng ʻ vujudga keldi. Sokrat ta sirida butun bir maktablar guruhi tashkil topadi: ʼ sokratchilar (asosiy vakili Ksenofont), megar maktabi (unga Evbulid va imkoniyat tushunchasining birinchi nazariyotchisi Diodor Kronos (miloddan avvalgi 307 yilv.e.) mansub bo lgan), siniklar (Antisfen, Diogen), birmuncha ʻ keyinroq jamiyatni diniy qayta o zgartiruvchi pruzalik Dion Xrizost; pirovardida ʻ kirena maktabi (Aristipp va Evgemer). Bu maktablar unchalik uzoq yashamadi. Platon tarafdorlari Platon akademiyasi nomi ostidagi falsafiy maktabga birlashdilar (qad. Akademiya — miloddan avvalgi 348—270, o rta Akademiya ʻ — miloddan avvalgi 315—215, yangi Akademiya — miloddan avvalgi 160 — milodiy 529; o rta Akademiyaning vakillari — Arkesilay va Karnead; yangi ʻ Akademiyaning vakillari — Sitseron va Mark Terensiy Varron (miloddan avvalgi 116 — miloddan avvalgi 28); Akademiyadan keyin ("yangi"sidan farq qilgan holda) platonizm vujudga keldi. Unga boshqa faylasuflar bilan birga Plutarx (taxminan 45—120) va Frasill (Platon sharhlovchisi) kirgan.