SALMONELLYOZ VA PULLOROZ-TIF
Mavzu: SALMONELLYOZ VA PULLOROZ-TIF Reja: 1. Salmonellyoz, kasallikka ta’rif? 2. Pulloroz-tif, kasallikga ta’rif? 3. Klinik belgilari. 4. Patogenezi, tashhisi, davolash va oldini olish va unga qarshi kurashish tadbirlari.
Parrandalar salmonellyozi qishloq xo’jalik va yovvoyi parrandalarning yuqumli kasalligi bo’lib, yosh organizmda oshqozon ichak, nafas olish tizimi a’zolarining zararlanishi va septisemiya bilan, voyaga yetganparrandalarda esa tuxum yetishtiruvchi a’zolarning kasallanishi, klinik belgisiz yoki surunkali kechish bilan xarakterlanadi. Bundan tashqari, kasallik qo’zg’atuvchisi – salmonellalar odamlarda oziq ovqat orqali zaharlanishni keltirib chiqaradi. Salmonellyoz qo’zg’atuvchilari go’shtda issiqlikka chidamli endo va ekzotoksin ishlab chiqaradi. Salmonellyoz qo’zg’atuvchilari tashqi muhitning fizik va kimyoviy ta’sirlarga nisbatan chidamli: parranda axlatida va ozuqada 100 kungacha, tuproqda 400 kungacha o’z faolligini saqlaydi. Salmonellalarga 15 – 20 kunlik suvda yuruvchi parrandalar, jo’jalar, kurka bolalari, kabutar va bedanalar juda sezgir ularda kasallik og’irroq o’tadi. Kasallikka barcha tur uy va yovvoyi parrandalar, kemiruvchilar va odam sezgir. Kasallik qo’zg’atuvchi manba, asosan, o’zining axlati bilan katta miqdorda qo’zg’atuvchi ajratadigan kasal parrandalar, kasallikdan tuzalgan parrandalar, hayvonlar, odam, salmonella tashuvchi kemiruvchilar, o’lgan hayvonlardan va qo’zg’atuvchi bilan ifloslangan g’alla donlaridan qilingan ozuqalar hisoblanadi. Kasallik qo’zg’atuvchi manba va bir vaqtning o’zida qo’zg’atuvchini olib o’tuvchi omil yovvoyi qushlar, sichqon, kalamush, chivin, un qurti, ektoparazitlar, shu jumladan kanalar, hashoratlar hisoblanadi. Sichqonning 1 dona fekalida 105 ga yaqin S.enteritidis bakteriyalar topilgani ma’lum (V.A.Bakulin 2006). Salmonellyoz qo’zg’atuvchisining bir parrandadan ikkinchi parrandaga alimentar (og’iz) va aerogen (havo orqali) o’tishidan tashqari transvorial yo’l (tuxum orqali) bilan zararlanishi muhim ahamiyatga egadir. Qo’zg’atuvchi tuxum sarig’ida bo’lib, embrion rivojlanishining barcha bosqichlarida tuxumdagi jo’jani o’ldiradi. Salmonellalarning parrandalarda salmonellyoz chaqiradigan bir qancha serologik turlari mavjud: S.enteritidis – jo’jalarda, yosh kurka va g’oz bolalarida; S.typhmurium – g’oz, o’rdak va kabutarlarda; S.ifantis, S.anatum, S.london, S.haifa – tovuq, kurka va sesarkalarda kasallik qo’zg’atadi. Ulardan faqat
S.enteritidis – odamlarda juda og’ir kechadigan oziq – ovqat toksikoinfeksiyasini keltirib chiqaradi. Nosog’lom parrandachilik xo’jaliklarida 100 % gacha parrandalarning zararlanishi va 10-15 % 1-10 kunlik jo’jalarning nobud bo’lishi bilan kechadi. Salmonellyozga turg’un joylik ya’ni bir joyda, aynan bir xo’jalikda vaqti- vaqti bilan kasallik chiqib turish holati xosdir. Ayniqsa zich joylashtirilgan katta parrandachilik fabrikalarida ko’p uchraydi. Parrandalarni to’yimli oziqalar bilan boqmaslik, o’z vaqtida oziqlantirmaslik, tig’iz asrash va juda issiqda saqlash kasallik namoyon bo’lishiga olib keluvchi omillardan hisoblanadi. Kasallikning yashirin davri alimentar zararlanishda 5-7 kun, aerogen yo’l bilan qo’zg’atuvchi organizmiga kirganda esa 24-36 soatni tashkil etadi. Tovuq jo’jalarida 2-4, o’rdak bolalarida 3-7 kunni tashkil etadi. 30 kunlikdan katta jo’jalarda yashirin davr yuqorida aytilgan muddatlardan 2-3 barobar ko’p vaqtni egallaydi. 1-10 kunlik yoshdagi jo’jalarda kasallikning o’tkir kechishi ko’proq namoyon bo’ladi. Kasal jo’jalarning ishtahasi pasayadi, ayrim vaqtlarda umuman yo’qoladi, ularda lohaslik, uyquchanlik, ko’zlari yarim ochiq yoki yopiq holda bo’lib, serozli konyunktivit, burun bo’shlig’idan ekssudat ajralishi, xirillash, nafas olishi qiyinlashishi, jig’ildonda atoniya kuzatiladi va uning qanotlari pastga tushgan holda turadi. Parrandalarda asosiy kasallikka xos belgi – ommaviy ich ketishidir. Kasallikning boshida parandaning axlati suyuq, bo’rga o’xshash oqimtir bo’ladi. Ko’pincha kasal jo’janing kloakasi, to’g’ri ichagi axlat bilan bekilib qoladi va uning o’lishiga olib keladi. Kasallik yarim o’tkir kechganda ham ushbu belgilar kuzatiladi, ammo ular aniq namoyon bo’lmaydi. O’lim kamroq kuzatiladi leki ular salmonellyoz qo’zg’atuvchisini tashuvchi bo’lib xizmat qiladi hamda o’sish va rivojlanishdan ortda qoladi. Yosh o’rdak bolalarida kasallik yarim o’tkir kechganda 7-24 kun davom etadi, asosiy patologik jarayon ichaklarda kechadi va ular o’sil va rivojlanishda o’z tengqurlaridan orqada qoladi. Ularning oyoq va qanot bo’g’inlarida yallig’lanish, asbiy belgilar va ko’z qovoqlarining yopishishi kuzatiladi.
Odatda, 50 kunlik yoshdan katta, voyaga yetgan parrandalarda salmonellyoz surunkali va abortiv kechadi. Kasallik surukali kechganda tovuq va kurkalar inida uzoq o’tirib qoladi, toji va sirg’asi oqimtir bo’lib, tuxum berish keskin kamayadi. Ko’pincha parrandalarda tuxumdon follikulasining yorilishi tufayli peritonit (sersis) dan nobud bo’ladi. Kasallikka tashxis – klinik belgilar, patologoanatomik o’zgarishlar, epizootologik ma’lumotlar va albatta laboratoriya: serologik, bakteriologik tekshirishlar natijasida qo’yiladi. Laboratoriyada tekshirirish uchun 5-10 bosh yaqinda o’lgan jo’ja, inkubatorda o’lgan jo’ja yoki tovuq embrioni yuboriladi.ularning qonidan, o’t, talog’i, bosh miyasidan hamda tuxumdon follikulasidan namunalar olinib oddiy va differensial ozuqa mhuitlariga ekiladi. Kasallikka gumon qilingan parranda qoni va pulloroz eritrositar antigeni bilan qon tomchi bilvosita gemagglyutinasiya reaksiyasi yordamida tekshiriladi va retrospektiv tashxis qo’yiladi (B.F.Bessarobov va boshq, 2007). Xo’jalikda parrandalarning salmonellyoziga qarshi kurash juda qiyin, chunki salmonellalar davolash uchun qo’llaniladigan antibiotiklarga va kimyoterapevtik preparatlarga tez moslashuvchanlik bo’lganligi tufayli ushbu dorilarga chidamli salmonellalar avlodi paydo bo’ladi. Shuning uchun odatda, kasallik xo’jalikda aniqlangan zahotiyoq shu fermada ajratilgan qo’zg’atuvchi shtammining antibiotik va kimyoterapevtik preparatlarga sezgirligini aniqlash talab etiladi. Kasallikni davolash uchun jo’jalarning oshqozon va ichaklaridan tez so’riladigan gentamisin, monomisin, norfloks-200, nitoks-200, yemovit WS, amuril, lekomisin hamda ilinon kabi dori moddalari suv yoki oziqa bilan: 1000 bosh o’rdak bolalariga 3-5 g, g’oz va kurka bolalariga 4-6 g tarkibida 10 % li enrofloksasin bo’lgan preparatlar10 mg/kg dozada yaxshi samara beradi, lekin uni boshqa antibiotiklar bilan ishlatmasdan berish kerak bo’ladi. Keyingi 3-4 kun davomida furanli preparatlardan berish mumkin. V.A.Bakulin (2006) ma’lumoticha, salmonellalar polimiksin M, abaktan, enroksidlarga 97 % gacha sezgirligi to’g’risida yozishgan. A.Sh.Alimardonov va N.V.Semenovalar (2012)
O’zbekiston sharoitida ajratilgan salmonellalarning kolmik Ye, enrofloks, kvinokol, baytril, renrovet, vilfloks, siproks kabi preparatlariga juda sezgirligi haqida ma’lumot berishgan. Aytilgan preparatlarni birini yoki ikkitasini oldinma keyin voyaga yetgan parrandalarning tirik vazniga 45-50 mg/kg dozada berish mumkin. Ularda salmonella tashuvchanlikni yo’qotish yoki kamaytirish maqsadida 8-10 kunlik muolaja belgilanishi mumkin, ammo preparatlarni iste’mol qilgani bilan ular 35 kungacha salmonella tashuvchi bo’lib qoladi. Barcha yuqorida aytilgan preparatlar suv va oziqa bilan berilganda ham parranda ichagidagi me’yoriy mikroorganizmlar turi va nisbatini o’zgartirib yuboradi. Antibiotiklarga chidamli salmonella shtammlari paydo bo’lishiga va tarqalishiga imkon yaratadi. Shuning uchun parrandalarga antibiotiklar berilgandan so’ng darhol ularga ichaklardagi foydali mikroorganizmlar tarkibini tiklash uchun har xil robiotiklar (bifidumbakterin, bifinorm, narine, lakto- va asidofil bakteriyalar) yuborish talab etiladi. Yosh parrandalarda salmonellyoz tez-tez septik jarayon bilan kechgani uchun ular hayotining birinchi besh kunida oshqozon ichak tizimi orqali tez so’riladigan preparatlarni bersa bo’ladi. Parrandalarni salmonellyozdan maxsus profilaktika qilish uchun bir qancha variantda salmonelyozga qarshi vaksinalar mavjud. O’rdak va g’ozlarni emlash uchun tirik virulent shtammdan tayyorlangan vaksinadan foydalaniladi. Tovuqlarning salmonellyoziga qarshi tirik va faolsizlantirilgan vaksinalar mavjud. Go’sht yo’nalishli broyler jo’jalarni, ona tovuqlar podasini va tuxum tug’adigan tovuqlarniushbu kasallikdan maxsus profilaktika qilishda S.Enteritidis shtammining 4-fago turidan tayyorlangan tirik vaksina ishlatiladi. Suvga qo’shib ichirish yo’li bilan. Pulloroz - Pullorosis - yuqumli yuqori kontagioz kasallik bo’lib, tovuq va kurkalar, kamroq holatda boshqa tovuq otryadiga mansub parrandalar kasallanadi. Ko’pgina mamlakatlarda parrandalarning pulloroz va tif kasalliklari alohida kasalliklar hisoblanib, pullorozni S. pullorum va tifni S. gallinarum qo’zg’atadi