logo

SAMARQANDDA QOG’OZ TAYYORLASH SAN’ATI

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

37.8349609375 KB
 MAVZU.  SAMARQANDDA QOG’OZ TAYYORLASH SAN’ATI
REJA :
1.Samarqand qog’ozining tarixi
2.  Samarqand qog’ozining tayyorlash san’ati . Insoniyatning   eng   buyuk   kashfiyotlaridan   biri   -   Buyuk   ipak   yo‘li   asrlar
davomida   tasavvurga   sig‘mas   darajada   insoniyat   tamadduniga   keskin   burilish
yasadi,   mislsiz   kashfiyotlarga   sababchi   bo‘ldi.   U   nafaqat   uzoq   manzillar   va
elatlarni   bir-biriga   yaqinlashtirdi,   balki   turli   g‘oya   va   madaniyatlar   o‘chog‘i   va
chorrahasiga aylandi. Tarix zarvaraqlarida o‘chmas iz qoldirdi.
Ushbu   savdo   yo‘llarida   Xitoy   chinni   va   shoyisi   hamda   hind   ziravorlari
qanchalik   shuhrat   qozongan   bo‘lsa,   moziyning   yaqin   ming   yilligiga   qadar
Samarqand   qog‘ozi   ham   Buyuk   ipak   yo‘lida   eng   ko‘p   xarid   qilinadigan   noyob
tovarga aylandi.
751   yilning   iyul   oyida   Jambul   shahri   yaqinida   joylashgan   Talas   daryosi
bo‘yida (hozirgi Qirg‘iziston) Xitoy jangchilari O‘rta Osiyoga bostirib kirdi.  
O‘sha   davrdagi   Samarqand   hokimi   Abu   Muslim   bosqinchilarga   qarshi   o‘z
qo‘shnini yo‘llab, dushmanni yer bilan yakson qildi va Samarqandga 20 mingdan
ortiq   xitoylik   askarlarni   asir   sifatida   olib   keldi.   O‘z   hayotlarini   saqlash   niyatida
hunarmandlikdan   xabardor   xitoylik   asir   jangchilar   mahalliy   hunarmandlarga
qog‘oz ishlab chiqarish sir-sinoatlarini o‘rgatdilar.
Shu vaqtdan boshlab Samarqandda qog‘oz ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.  IX
asrga   kelib,   ushbu   tarmoq   shahar   hunarmandchiligining   eng   muhim   jabhalaridan
biriga   aylandi.   Asta-sekinlik   bilan   Samarqand   qog‘ozi   butun   sharq   va   g‘arb
bozorlarini   ham   egalladi.   Ushbu   mahsulotning   turli   xil   navlari   VIII   asrdan   XIX
asrga   qadar   nafaqat   O‘rta   Osiyo   va   Yaqin   Sharqda,   balki   Yevropaning   ko‘pgina
davlatlariga dong‘i ketdi. Sharq olamida Samarqand qog‘ozlari Misr qog‘ozi kabi
keng omma tomonidan foydalanila boshlandi. Bunga ayniqsa IX-X asrlarga kelib,
ko‘pgina   fors   va   arab   tilidagi   asarlar   va   qadimiy   qo‘lyozmalar   aynan   Samarqand
qog‘oziga yozilishi yaqqol misol bo‘la oladi.
Ming yildan ortiq vaqt mobaynida o‘z faoliyatini san’at darajasiga yetkazgan
samarqandlik   hunarmand-qog‘ozgarlar   dunyoda   eng   yupqa,   silliq   hamda   siyohni
ko‘p   shimmaydigan,   o‘ta   chidamli   noyob   qog‘oz   turlarini   ishlab   chiqarish
texnologiyasini   yaratishdi.   Jumladan   oq   rangli   «Samarqand   sulton   qog‘ozi»
o‘zining   yupqaligi,   silliqligi   va   yumshoqligi   bilan   boshqa   qog‘oz   navlaridan alohida ajralib tursa, «Samarqand shoyi qog‘ozi» sifat jihatdan undan qolishmasa-
da, rangi och sariq - novvot rangda bo‘ladi. «Mir Ibragimi» qog‘oz turi yuzida oq
rangdagi dumaloq shaklli suv tomchi izlari bilan qoplangan bo‘ladi. «Nimkanop»
turi   esa   ipak   qoldiqlari   hamda   po‘stloq   tolalari   bilan   qorishtirib   tayyorlangani
uchun,   u   dolchin   rangda   bo‘ladi.   Ushbu   qog‘oz   turlarini   yaratishda   xomashyo
sifatida paxta, ipak va tut daraxti po‘stlog‘idan keng foydalaniladi.
Asrlar   davomida   shaharning   Siyob   anhori   bo‘yida   ikki   mingga   yaqin   suv
tegirmonlari ishlab turgan va ularning 400 dan ortig‘ida qog‘oz ishlab chiqarilishi
yo‘lga qo‘yilgan.
Shaharga   tashrif   buyurgan   barcha   olimu   fuzalolar,   tarixchilar   va   sayohatchi
mehmonlar   bu   qog‘ozning   sifati   va   chidamliligidan   hayratga   tushishgan.   Bunga
isbot   sifatida   turli   asrlarda   yashab   ijod   etgan   ba’zi   tarixchi   va   yozuvchilarning
Samarqand qog‘oziga bergan ta’riflarini, yozma manbalardagi ma’lumotlarni qayd
etib o‘tishni lozim deb topdik.
Arab   tarixchisi   Al-Maqdisiyning   (X   asr)   ma’lumotlariga   ko‘ra,   Xorazmda
ishlab   chiqarilgan   kamonlar,   Shoshning   sopol   idishlari   hamda   Samarqand
qog‘ozlari   Buyuk   Ipak   yo‘lida   ayirboshlanadigan   mollar   ichida   eng   mashhuri   va
bebahosi bo‘lgan.
Samarqand   qog‘ozi   haqida   temuriyzoda   hoqon,   Hindistonda   boburiylar
sulolasiga   asos   solgan   Zahiriddin   Muhammad   Bobur   o‘zining   «Boburnoma»
asarida   shunday   deydi:   «Olamda   yaxshi   qog‘oz   Samarqanddin   chiqadi,   Juvozi
qog‘ozlar suyi tomon Konigildin keladur, Konigil Siyob yoqosidadurkim, bu suvni
Obi rahmat ham der edilar».
Fors   tarixchisi   Abu   Mansur   Saalibining   (X   asr)   ta’kidlashicha,   Samarqand
qog‘ozi sifat jihatidan Misrning pergamentidan yer bilan osmoncha farq qilgan.
Sharqning   mashhur   fors   kalligrafi   Sultonali   Mashhadiy   (XV   -   XVI   asrlar)
faqatgina   Samarqand   qog‘ozida   ijod   qilishni   tavsiya   etgan:   «Samarqand   qog‘ozi
juda ham yaxshi! Agarda sen oqil inson bo‘lsang, uni rad etma: unga yozilgan xat
juda ravon va go‘zal chiqadi…». O‘rta   Osiyoga   tashrif   buyurgan   vengriyalik   buyuk   sharqshunos   va   tilshunos
olim   sayohatchi   A.   Vemberi   1863   yilda   Samarqandga   tashrif   buyurganida,
Samarqand qog‘ozi haqida o‘z asarlaridan birida shunday deb yozadi: «Buxoro va
Samarqandda ishlab chiqariladigan ushbu qog‘oz butun Turkiston va unga qo‘shni
mamlakatlarda ulkan shuhrat qozongan».
XX  asr  boshida   O‘zbekistonda  yashagan  va  tarixiy  obidalarni   topish   yo‘lida
qazilma ishlarini olib borgan arxeolog V.Vyatkinning ta’kidlashicha: «Samarqand
dunyoning   turli   davlatlariga   ko‘p   miqdorda   yetkazib   beradigan   noyob   qog‘ozi
bilan mashhurdir».
Amir   Temur   hukmronligi   davrida   (XIV-XV   asrlar)   qog‘oz   ishlab   chiqarish
hunarmandchilikning   eng   muhim   tarmoqlaridan   biri   bo‘lgan.   XVIII   asrning
boshiga qadar Samarqand va uning atrofida 42 ga yaqin qog‘ozgar kosiblar faoliyat
ko‘rsatishgan va keyinchalik mamlakatning boshqa hududlari - Qo‘qon, Buxoro va
Toshkent   viloyatlarida   ham   ushbu   hunarmandchilik   turi   keng   tarqalgan.
Temuriylar  hukmronligi   qulagach,  mahalliy hukmdorlararo  jangu jadallar   va turli
bosqinchilarining   tinimsiz   hujumlari   natijasida   yurt   iqtisodiy   inqirozga   yuz   tutdi,
ko‘pgina   hunarmandlik   turlari   Samarqandda   yo‘qolib,   aksariyat   hunarmandlar
tinch   vohalarga,   jumladan   Qo‘qon   shahriga   (Qog‘ozgar   va   Chorku   qishloqlari)
ko‘chib   ketishdi.   Shundan   so‘ng   Qo‘qon   shahri   asosiy   qog‘oz   ishlab   chiqarish
markazlaridan biriga aylandi va bu an’ana 1930 yilgacha davom etdi.
1995   yilda   Buxoro   viloyatining   Kogon   shahrida   o‘tkazilgan   «Tarixiy
yodgorliklarni   saqlash»   mavzusi   bo‘yicha   YuNESKOning   xalqaro
konferentsiyasida   asosiy   e’tibor   yo‘qolib   borayotgan   qadimiy   xalq
hunarmandchiligi amaliy san’atini rivojlanishiga qaratildi. Tadbirda turli viloyat va
shaharlardan   ishtirok   etgan   usta   hunarmandlar   qatorida   samarqandlik   Zarif
Muxtorov   ham   olamga   dong   taratgan   va   asrlar   davomida   yo‘qolib   ketgan
Samarqand   qog‘ozini   ishlab   chiqarishni   qayta   yo‘lga   qo‘yish   loyihasi   bilan
qatnashdi.
Tarixiy   qo‘lyozma   va   kutubxonalardagi   qadimiy   manbalardan   uzoq
izlanishlar   olib   borganidan   so‘ng,   turli   rivojlangan   mamlakatlarda   qog‘oz   ishlab chiqarish  korxonalarining faoliyati  bilan  yaqindan  tanishib  chiqqan hunarmandlar
sulolasining   davomchisi   Zarif   Muxtorov   bu   amaliy   san’at   turini   o‘z   xonadonida
qayta tiklash harakatiga tushdi.
1995   yildan   2002   yilga   qadar   o‘tkazilgan   sinov-tajribalardan   so‘ng   Zarif
Muxtorov   Samarqand   qog‘ozi   yaratilishi   sir-sinoatlarini   to‘la   o‘zlashtirib,
«Konigil»   qishlog‘ining   Siyob   anhori   oqib   o‘tadigan   eng   so‘lim   go‘shasida
hukumatimiz, YuNESKO va Yaponiyaning «JEIKA» xalqaro agentligi ko‘magida
«Konigil-Meros»   qog‘oz   ishlab   chiqarish   hunarmandchilik   markaziga   asos   soldi.
Hozirgi   kunga   qadar   mazkur   markazda   O‘rta   Osiyo   hududlarida   keng   tarqalgan,
mevasi iste’molga yaroqli bo‘lgan, aholi orasida «balx tuti» deb ataladigan tut navi
po‘stlog‘idan turli xildagi Samarqand qog‘ozlari ishlab chiqarilmoqda.
Albatta, har bir hunarning o‘ziga yarasha mashaqqatlari va quvonchli damlari
bor.  Samarqand  qog‘ozini   ishlab  chiqarish   jarayonida  balxtut  novdalari  bir   necha
kun   suvda   ivitib   qo‘yiladi.   Undan   keyin   po‘sti   shilinib,   po‘stloq   ustidagi   qo‘pol
jigarrang   qismi   pichoq   bilan   ajratiladi.   Tozalangan   sarg‘ish   rangli   po‘stloqlar
qozonda   5-6   soat   qaynatiladi   va   shundan   so‘ng   ular   yog‘ochdan   yasalgan
o‘g‘irlarda 7-8 soat davomida mayin tolalarga aylangunicha maxsus to‘sinlar orqali
tuyib maydalanadi.
Keyingi   bosqichda   mayin   tolasimon   po‘stloqlar   katta   idishga   solinib,   Siyob
suvida   aralashtiriladi   va   to‘rtburchak   shakldagi   suzg‘ichlardan   o‘tkaziladi.   Ho‘l
qog‘ozlar   8-10   soat   davomida   taxtakachga   bostirib   qo‘yiladi,   so‘ngra   ular   birma-
bir   silliq   joyga   yopishtiriladi.   Yakunlov   jarayonida   har   bir   qog‘oz   silliq   marmar
tosh   ustiga   qo‘yiladi   va   chig‘anoq   yoki   aqiq   toshi   bilan   silliqlanadi.   Shu   tarzda
Samarqand qog‘ozi tayyor bo‘ladi.
Mashaqqatli   qo‘l   mehnatini   talab   qiladigan   bunday   qog‘oz   ishlab   chiqarish
fan-texnika rivojlangan hozirgi davrida kerakmi, degan savol o‘z-o‘zidan tug‘ilishi
tabiiy. Lekin bundan ming yillar avval, Buyuk ipak yo‘li bo‘ylab dong‘i ketgan va
dunyoning   turli   mamlakatlariga   karvonlar   orqali   yetkazib   turilgan   Samarqand
qog‘ozi   bugungi   kundagi   fan-texnika   taraqqiyotiga   o‘z   hissasini   qo‘shgan,   uning
rivojlanishi   uchun   keng   imkoniyatlar   yaratgan,   desak   xato   qilmagan   bo‘lamiz. Samarqand   qog‘ozidan   noyob   mahsulot   sifatida   bugungi   kunda   nafaqat
o‘zbekistonlik   miniatyurachi   rassom   va   kalligraflar   uchun   qo‘l   kelmoqda,   balki
undan mamlakatimizdagi  va hatto Yaponiyadagi  qadimiy yozma bitiklar  va nodir
asarlarni qayta ta’mirlashda keng foydalanilmoqda.
Hozirgi   kunda   «Konigil-Meros»   hunarmandchilik   dargohida   Zarif   Muxtorov
boshchiligida   mahallada   istiqomat   qiluvchi   yoshlar   faoliyat   ko‘rsatib   kelmoqda.
Shaharning bir chetida joylashgan bu hunarmandlik markazi milliy qadriyatlarimiz
e’zozi   sifatida   qadimiy   Samarqand   qog‘ozlarini   ishlab   chiqarishni   yo‘lga   qo‘yib,
ajdodlarimizning bundan ming yillar ilgari ham o‘z hunar va san’atlarini dunyoga
ko‘z-ko‘z qilganliklarini isbotladilar. Bu esa maqtovga arzigulik sa’yi-harakatlardir
va   Samarqandga   keladigan   har   bir   chet   ellik   mehmonlarda   katta   qiziqish
uyg‘otmoqda.
19-MAVZU.  ROSSIYA IMPERIYASI DAVRIDA SAMARQANDDA
MADANIY HAYOT
Reja:
1. Samarqandning Rossiya imperiyasi tomonidan istilo qilinishi
2. Samarqand viloyati ma’muriy boshqaruvdagi o’zgarishlar
3. XIX   asrning   ikkinchi   yarmi   XX   asr   boshlarida   Samarqandda   ijtimoiy-
iqtisodiy hayot
1868   yilda   Samarqandning   Rossiya   imperiyasi   tomonidan   zabt   etilishi
nafaqat O‘rta Osiyo hududida, balki islom olami va Yevropada katta shov-shuvga
sabab   bo‘ldi.   Buxoro   xonligi   aholisining   Samarqand   shahrini   ozod   qilish   uchun
olib   borgan   keskin   kurashlari   mag‘lubiyatga   uchragach,   xonlikning   Rossiya
imperiyasi bosib olgan yerlarida Zarafshon okrugi tuziladi.
1886   yilda   «Turkiston   o‘lkasini   boshqarish   haqidagi   Nizom»ning   qabul
qilinishi   munosabati   bilan   Zarafshon   okrugi   Samarqand   viloyatiga   aylan tirib,
uning   tarkibiga   Kattaqo‘rg‘on,   Jizzax,   Samarqand   va   Xo‘jand   uezdlari   kiritiladi,
Samarqand shahri esa   viloyat markazi etib belgilanadi.
Samarqand   viloyat   va   uezddining   ma’muriy   markazi   sifatida   belgilan gach,
shaharga   ko‘plab   rus   amaldorlari,   harbiylar   ko‘chib   keladilar   va   1871   yilda   ular
uchun   shaharning   yangi   qismi   barpo   etiladi.   Shu   maqsadda   ajratilgan   hududda
mahalliy   aholi   yerlari   majburan   sotib   olinadi   va   ma’muriy   binolar   qurishga
kirishiladi.   Yangi   qismni   qurishda   mahalliy   aholi   vakillariga   arzimas   ish   haqi
to‘lanib,   majburan   ishlatiladi   va   qisqa   fursatda   Yangi   shaharcha   barpo   etiladi.
Harbiy   kazarmalar   bilan   o‘rab   olingan   bu   shaharcha   tez   orada   Samarqand
viloyatining   harbiy-ma’muriy   markaziga   aylanadi.   Samarqandning   Yangi   shahar qismida aholi yil sayin ko‘payib boradi. 
Rus   aholisi   uchun   uy-joylar,   ma’muriy   binolar,   kasalxona,   xiyobon,
kutubxona,   ta’lim   maskanlari,   hammom,   kitob   do‘koni,   ibodatxonalar,   69   ta   turli
do‘konlar,   bank,   harbiylar   uyi,   transport   kontoralari,   muzey   va   boshqa   madaniy
muassasa   hamda   maishiy   xizmat   idoralari   tashkil   etiladi,   ko‘chalarni
ko‘kalamzorlashtirish,   yoritish,   tosh   yo‘llar   yotqizish   va   obodonlashtirish   uchun
katta   mablag‘lar   sarflanadi.   Ammo   Eski   shaharda   esa   faqatgina   mahalliy   aholini
nazorat   qilish   va   itoatda   saqlab   turishga,   ya’ni   politsiya   va   mirshablik   uchun
mablag‘   sarflanadi,   shahar   obodonchiligi,   tibbiyot,   sanitariya   holati,   qurilish   va
madaniy   hayotga   mutlaqo   e’tibor   qilinmaydi.   Ma’muriyat   Samarqandning   Eski
shahar   qismidan   to‘planadigan   soliqlardan   tushgan   daromadni   shaharning   yangi
qismining   qurilishiga   va   obodonchiligiga   sarflaydi.   Natijada   asrlar   davomida
dunyoga mashhur bo‘lib kelgan shaharda sanitar holat, uy-joy   qurilishlari, madaniy
obidalar,   jamoat   joylari,   ko‘chalar   davr   talablaridan   orqada   qolib,   ruslar
yashaydigan Yangi shahar qismi obodlashib, hududi esa kengayib boradi.   Shunga
qaramay, asrlar davomida rivojlanib kelgan an’anaviy savdo markazlari –   bozorlar,
xunarmandchilik   ustaxonalari,   masjidlar   hamda   aholining   asosiy   qismi
shaharning   eski   qismida   joylashganligi   bois,   Eski   shahar   bu   davrda   ham
ijtimoiyiqtisodiy   va   madaniy   hayotda   o‘z   ahamiyatini   yo‘qotmadi.   V.Masals -
kiyning 1913 yilda   keltirgan ma’lumotlarning ko‘rsatishicha, Samarqand ning Eski
shahar   qismida   28   ta   karvonsaroy,   1169   ta   do‘kon,   6185   ta   xususiy   uylar,   4   ta
bozor,   14   ta   madrasa,   91   ta   maktab,   105   ta   masjid   bor   edi.   Shahar   bozorlariga
yaqin   atrofdagi   qishloq   va   shaharlardan   ko‘plab   xaridorlar   kelgan,   chunki
Samarqand shahri Toshkent va   Farg‘ona hududlariga mahsulot tarqatadigan o‘ziga
xos   savdo   ombori   bo‘lib,   nafaqat   viloyatdagi,   balki   Turkistondagi   yirik   savdo-
sanoat markazlaridan biri edi.  
1888 yilda Krasnovodskdan Samarqandgacha bo‘lgan Kaspiy orti temir yo‘li,
1898   yilda   esa   Samarqand-Andijon   temir   yo‘llarining   qurilishi   shaharni   Rossiya
imperiyasining   janubiy   qismlari   hamda   o‘lkadagi   yirik   shaharlar   bilan   yaqindan
bog‘ladi,   ayni   paytda   Samarqandga   rus   sanoatchilari   va   sarmoyadorlarining   faol
kirib   kelishiga   hamda   viloyatda   ye tishtirilgan   qishloq   xo‘jalik   mahsulotlari   va
boshqa   xom   ashyoni   Rossiyaga   olib   ketishga   katta   imkoniyat   yuzaga   keldi.
Samarqand shahri va uezdida viloyatdan metropoliyaga mahsulot   olib ketish bilan
shug‘ullanuvchi   o‘nlab   savdo-sanoat   firmalarining   bo‘limlari   va   do‘konlari
faoliyat ko‘rsata boshladi. 
Samarqand   shahrida   ularning   117   ta   do‘koni   bo‘lib,   ular   shahardan   asosan
paxta,   ipak,   guruch,   chorva   mahsulotlari,   ho‘l   meva,   vino,   charmteri,   qishloq
xo‘jaligi mahsulotlarini Rossiya shaharlariga, rus manufakturasi   mahsulot larini esa
viloyat   aholisiga   yetkazish   bilan   shug‘ullanganlar.   Samarqand   Turkistondagi   eng
yirik   vinochilik   markazi   bo‘lib,   uning   atrofi   va   ichkari sida   bogdorchilik   va
uzumchilik   keng   rivojlangan   edi.   Kas piy   orti   temir   yo‘li   qurilgach,   Samarqand
viloyatida   rus   sarmoyadorlarining   kirib   kelishi   faollashadi   va   shaharda   sanoat
korxonalari   ko‘payadi.   Bu   korxonalar   asosan   xomashyoni   qayta   ishlashga
ixtisoslashgan   bo‘lib,   ular   choy   qadoqlash,   paxta   tozalash,   yog‘-moy,   ko‘nchilik,
vinochilik korxonalaridan iborat edi.  Shahar   aholisining   ichki   ehtiyojlarini   qondirishda   mahalliy   hunar mandchilik
mahsulotlari   muhim   o‘rin   tutsa-da,   o‘lkada   zavodfabrika   mahsulotlarini   ko‘payib
borishi bilan mahalliy kosibchilik ustaxonalari kamaya boshlaydi. Agar 1888 yilda
shaharda   1300   dan   ortiq   turli   usta xonalardan   tashqari   1969   ta   mayda
hunarmandchilik   ishlab   chiqarish   korxo nasi   faoliyat   ko‘rsatdi.   1907   yilga   kelib
ularning soni 963 taga tushib qoldi. 
Ustaxonalarning   ma’lum   qismi   birlashib   yiriklashgan   bo‘lsa,   ma’lum   qismi
zavod-fabrika   mahsulotlari   bilan   raqobat   qila   olmay,   yopiladi.
Hunarmandchilikning   ayrim   turlari,   masalan   igna   tayyorlash   umuman   tugatilib,
o‘rniga   yangi   hunarlar,   masalan   choy   qadoqlash   hunari   yuzaga
keladi.   Bu   davrda   Samarqand  o‘lkada   choy  savdosi   bo‘yicha  asosiy   o‘rinda   turar
edi.   Imperiya   hukumatining   Turkistonda   ma’naviy   sohada   olib   borgan
mustamlakachilik   siyosatiga   qaramay,   XX   asr   boshida   qo‘shni   mamlakatlar   va
musulmon   olamida   keng   tarqalgan   ijtimoiy   va   madaniy   o‘zgarishlar   Samarqand
shahrini ham chetlab o‘tmadi. Bu davrda   Samarqandda Hoji Muin, Mahmu dxo‘ja
Behbudiy,   Siddiqiy   Ajziy,   Abduqodir   Shakuriy,   Rahma tullo   Ismatullaev   kabi
ma’rifatparvar ziyolilar yashab, faoliyat ko‘rsatdilar.  
Turkistonda   jadidchilik   harakatining   yetuk   namoyandalardan   biri   bo‘lgan
Mahmudxo‘ja   Behbudiy   musulmon   davlatlari   va   Rossiya   shaharlarini   kezib,   o‘z
mamlakatida   ta’lim   tizimi   va   moddiy-madaniy   turmushning   zamon   talablaridan
ortda   qolayotganlini   anglab   yetadi.   U   Rahmatullo   Ismatullaev,   Abduqodir
Shakuriy tomonidan tashkil etila boshlangan yangi usul   mak tab lari uchun «Risolai
asbobi   savod»,   «Risolai   jugrofiyai   Rusiya»,   «Risolai   jug‘rofiyai   umroniy»,
«Kitobat-ul-atfol», «Amaliyoti islom», «Tarixi islom» kabi darslik va   qo‘llanmalar
yaratadi,   1913   yilda   mahalliy   teatrga   asos   solib,   ilk   o‘zbek   dramasi   «Padarkush»
asarini yozadi va sahnalashtiradi.
1913-1914   yillarda   Behbudiy   «Samarqand»   nomli   mahalliy   gazeta   nashrini
yo‘lga   qo‘yadi.   Rus,   o‘zbek   va   tojik   tillarida   chop   etilgan   mazkur   gazeta
sahifalarida   xalq   taraqqiyotga   va   ma’rifatga   da’vat   etiladi,   mavjud   holat   keskin
tanqid   ostiga   olinadi.   Hukumat   gazetaning   45   ta   soni   chiqqach,   yopib   qo‘yadi.
Mahmudxo‘ja   Behbudiy   tez   orada   mahalliy   tildagi   ilk   jarida
-   «Oyna»   jurnalini   nashr   qila   boshlaydi .   «Oyna»   jurnali   qisqa   fursatda   nafaqat
Turkistonda,   balki   Kavkaz,   Tatariston,   Turkiya,   Afg‘oniston,   Eron   va
Hindistongacha tarqaladi.   Bundan tashqari ,  Mahmudxo‘ja Behbudiy o‘z hisobidan
xususiy   bosmaxona   va   kutubxona   -   «Nashriyoti   Behbudiya»   va   «Kutub xonai
Behbudiya»ni   tashkil   etadi.   U   o‘z   bosmaxonasida   jadid   adabiyoti   namunalaridan
tashqari Turkiston xaritasini ishlab chiqib, chop etadi,   kutubxonaga esa musulmon
davlatlari va qo‘shni mamlakatlardan kitob olib kelishga harakat   qiladi.  
Bu   davrda   xukumatning   Turkistondagi   ta’lim   tizimini   imkon   qadar
siqishtirish   siyosatini   olib   borishiga   qaramay,   fan   va   adabiyot   sohasidagi
izlanishlar butkul to‘xtab   qolmadi. Chunonchi bu davrda Samarqandda geog rafiya,
astronomiya, kartografiya va tabiiy   fanlar bo‘yicha chuqur bilimlarga ega bo‘lgan
Hoji   Yusuf   tomonidan   ilk   globus   ihtiro   qilinadi.   Moskva,   Istanbul,   Suriya   va
Yevropa   shaharlarida   10   yil   davomida   otasi   bilan   sayohatda   bo‘lib   qaytgan,
nazariy   va   amaliy   bilimlarga   ega   bo‘lgan   Hoji   Yusuf   yaratgan   globus   o‘z zamondoshlari tomonidan yuqori baholanadi.
Shahardagi ilg‘or fikrli ziyolilar mustabid tuzum sharoitidagi mavjud ahvolni
tanqid   qilish, xalqni ma’rifat va taraqqiyotga da’vat etish bilan cheqlanib qolmay,
Samarqand   shahrining   kelajagi,   uning   obod   bo‘lishi   haqida   orzu   qilganlar   hamda
buning   uchun   nimalar   qilish   kerakligi   haqida   o‘z   mulohazalarini   bayon   etganlar.
Chunonchi, o‘sha davrda yashab, ijod   qil gan, arab, fors, rus tillari va adabiyotini,
musiqa   va   texnikani   hamda   tikuvchilik   va   to‘quvchilikni   yaxshi   bilgan,   o‘z
hisobidan   yangi   usul   maktabi   tashkil   qilgan   ma’rifatparvar   Siddiqiy   Ajziy   o‘z
she’rlarida   ana   shunday   g‘oyalarni   ilgari   surgan.   O‘zining   «Mir’oti   ibrat»   nomli
she’riy asarida Siddiqiy Ajziy Samarqandni obod va ozod kelajagini   tasavvur qilib,
shaharda   katta   va   ko‘plab   imoratlar,   ko‘plab   tramvay   va   avtomobillar,   «oynai-
bark»,   ya’ni   televidenie   hamda   telefonlar,   hattoki   so‘zlashganda   oynada   aksi
ko‘rinadigan   telefonlar, har yerda elektr qandillar bo‘lishini bashorat qiladi. 
O‘zining «Xotima» nomli   she’riy asarida esa u til, qonun, ilm-fan va davlatsiz
millatning   istiqboli   yo‘qligini   alohida   ta’kidlaydi.   Samarqand   shahri   Turkistonda
kechgan siyosiy jarayonlarning qizg‘in o‘choqlaridan biri   edi. Shahardagi mahalliy
aholi   orasida   mustamlakachilik   tuzumiga,   hukumatning   adolatsizlik   siyosatiga
qarshi   tez-tez   norozilik   chiqishlari   bo‘lib   turgan.   Mahalliy   ulamolar   Rossiyadan
o‘lkani taftish kilish uchun yuborilgan senator Palenga bir necha   marotaba yozma
murojaat qilib, shahardagi boshqaruv tizimi va ijtimoiy hayotda o‘z diniy vamilliy
manfaatlarini, an’analarni tiklashni, adolatsizliklarga chek qo‘yishni so‘raganlar. 
Shahar   aholisi   nomidan   tuzilgan   53   banddan   iborat   petitsiyada   nafaqat
ijtimoiy,   diniy   va   milliy   manfaatlar,   balki   siyosiy   huquqlar   ham   talab   qilingan
bo‘lib,   musulmonlarning   Rossiya   Davlat   Dumasida   va   boshqaruv   tizimida   rus
aholisi bilan teng   huquqqa ega bo‘lishi lozimligi talab qilingan edi.
Samarqand   shahri,   uezdi   va   viloyati   aholisi   1916   yilda   butun   Turkistonni
qamrab olgan,   Rossiya imperatorining mahalliy aholini front orti ishlariga safarbar
qilish   haqidagi   farmoniga   qarshi   ko‘tarilgan
umumxalq   qo‘zgolonida   faol   ishtirok   etib,   hukumatga   qarshi   o‘z   noroziligini
keskin   namoyon   etgan.   Samarqandning   ruslar   yashaydigan   yangi   qismi   ham
imperiya   hukumatiga   qarshi   muxolifatda   bo‘lgan   siyosiy   kuchlar   markaziga
aylangan   edi.   Bu   yerda   rus-sotsial   demokratlari   hukumatning   adolatsiz   siyosatini
keskin   tanqid   ostiga   olgan   rus   matbuoti   «Samarkand»   gaze ta si   nashr   etila
boshlaydi.   Gazeta   sahifalarida   hukumatning   adolatsiz   siyosatini   keskin   tanqid
ostiga olinishi ma’muriyat tomonidan tazyiqqa uchrab, to‘xtatib qo‘yiladi. Ammo
ma’muriyatning   tazyiqlariga   qaramay,   gazeta   turli   nomlarda   -   «Russkiy
Samarkand»,   «Zarafshan», «Nov ы y Samarkand» kabi nom lar bilan yana qaytadan
tiklanadi.
O‘rta   Osiyo   tarixida   muhim   o‘rin   tutgan   Samarqandning   tarixi   va   madaniy
merosiga   katta   qiziqish   bilan   qaragan   rus   sharqshunoslari   –   V.V.Bartold,
N.I.Veselovskiy,   V.L.Vyatkin   kabi   olimlar   bu   davrda   qarovsiz   qolgan   shahar
tarixi,   uning   moddiy   yodgorliklarini   o‘rganishga   katta   e’tibor   qaratib,   qator
tadqiqotlar   olib   bordilar.   Zero,   bir   necha   ming   yillik   tarixga   ega   bo‘lgan   ko‘hna
Samarqanddagi boy madaniy merosning ta’rifi hatto Yevropa mamlakatlariga ham
yetib   borgan   bo‘lib,   jahon   madaniyati   tarixida   katta   o‘rin   tutar   edi.   Ammo ma’muriyatning   madaniy   merosga   e’tborsizligi   tufayli   ko‘pgina   yodgorliklar   bu
davrda   qarovsiz   ahvolga
tushib   qoldi.   Bu   davrda   shahar   hayotiga   kirib   kelgan   yangiliklar   –   ilk
bosmaxonalar,   teatr,   matbuot,   kommunikatsiya,   temir   yo‘llar   hamda   sanoat
korxonalari,   bank-kredit   tizimi,   savdo-sanoat   firmalari   va   boshqalar   Samarqand
hayotiga   zamonaviy   shaharsozlik   madaniyati   va   iqtisodiymoliyaviy
munosabatlarning   yangicha   shakllarini   olib   keldi,   ammo   ulardan   asosan   rus
aholisi,   amaldorlari,   sarmoyadorlari,   harbiylari   va   ularning   oilalari   bahramand
bo‘ldilar. Bu yangiliklar mahalliy aholining o‘z salohiyatini to‘liq namoyon etish,
rivojlantirishga   emas,   balki   eng   avvalo   metropoliya   manfaatlarini   ta’minlash
hamda   mustahkamlashga,   o‘lkaning   iqtisodiy   salohiyatini   imkon   qadar
o‘zlashtirishga   xizmat   qildi.   Lekin   matbuot,   teatr,   nashriyotlar,   ta’lim   tizimi
taraqqiyoti   masalalari,   hamda   qo‘shni   mamlakatlarda   sodir   bo‘layotgan
o‘zgarishlar   jamiyatning   eng   ilg‘or   vakillarining   islohotlar   zarurligini   anglashida,
taraqqiyot   g‘oyalarini   targ‘ib   etishda   muhim   ahamiyat   kasb   etdi   va   bunda
jamiyatning fidoiy, ilg‘or fikrli vakillari bo‘lgan ziyolilarning roli katta bo‘ldi .

MAVZU. SAMARQANDDA QOG’OZ TAYYORLASH SAN’ATI REJA : 1.Samarqand qog’ozining tarixi 2. Samarqand qog’ozining tayyorlash san’ati .

Insoniyatning eng buyuk kashfiyotlaridan biri - Buyuk ipak yo‘li asrlar davomida tasavvurga sig‘mas darajada insoniyat tamadduniga keskin burilish yasadi, mislsiz kashfiyotlarga sababchi bo‘ldi. U nafaqat uzoq manzillar va elatlarni bir-biriga yaqinlashtirdi, balki turli g‘oya va madaniyatlar o‘chog‘i va chorrahasiga aylandi. Tarix zarvaraqlarida o‘chmas iz qoldirdi. Ushbu savdo yo‘llarida Xitoy chinni va shoyisi hamda hind ziravorlari qanchalik shuhrat qozongan bo‘lsa, moziyning yaqin ming yilligiga qadar Samarqand qog‘ozi ham Buyuk ipak yo‘lida eng ko‘p xarid qilinadigan noyob tovarga aylandi. 751 yilning iyul oyida Jambul shahri yaqinida joylashgan Talas daryosi bo‘yida (hozirgi Qirg‘iziston) Xitoy jangchilari O‘rta Osiyoga bostirib kirdi. O‘sha davrdagi Samarqand hokimi Abu Muslim bosqinchilarga qarshi o‘z qo‘shnini yo‘llab, dushmanni yer bilan yakson qildi va Samarqandga 20 mingdan ortiq xitoylik askarlarni asir sifatida olib keldi. O‘z hayotlarini saqlash niyatida hunarmandlikdan xabardor xitoylik asir jangchilar mahalliy hunarmandlarga qog‘oz ishlab chiqarish sir-sinoatlarini o‘rgatdilar. Shu vaqtdan boshlab Samarqandda qog‘oz ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. IX asrga kelib, ushbu tarmoq shahar hunarmandchiligining eng muhim jabhalaridan biriga aylandi. Asta-sekinlik bilan Samarqand qog‘ozi butun sharq va g‘arb bozorlarini ham egalladi. Ushbu mahsulotning turli xil navlari VIII asrdan XIX asrga qadar nafaqat O‘rta Osiyo va Yaqin Sharqda, balki Yevropaning ko‘pgina davlatlariga dong‘i ketdi. Sharq olamida Samarqand qog‘ozlari Misr qog‘ozi kabi keng omma tomonidan foydalanila boshlandi. Bunga ayniqsa IX-X asrlarga kelib, ko‘pgina fors va arab tilidagi asarlar va qadimiy qo‘lyozmalar aynan Samarqand qog‘oziga yozilishi yaqqol misol bo‘la oladi. Ming yildan ortiq vaqt mobaynida o‘z faoliyatini san’at darajasiga yetkazgan samarqandlik hunarmand-qog‘ozgarlar dunyoda eng yupqa, silliq hamda siyohni ko‘p shimmaydigan, o‘ta chidamli noyob qog‘oz turlarini ishlab chiqarish texnologiyasini yaratishdi. Jumladan oq rangli «Samarqand sulton qog‘ozi» o‘zining yupqaligi, silliqligi va yumshoqligi bilan boshqa qog‘oz navlaridan

alohida ajralib tursa, «Samarqand shoyi qog‘ozi» sifat jihatdan undan qolishmasa- da, rangi och sariq - novvot rangda bo‘ladi. «Mir Ibragimi» qog‘oz turi yuzida oq rangdagi dumaloq shaklli suv tomchi izlari bilan qoplangan bo‘ladi. «Nimkanop» turi esa ipak qoldiqlari hamda po‘stloq tolalari bilan qorishtirib tayyorlangani uchun, u dolchin rangda bo‘ladi. Ushbu qog‘oz turlarini yaratishda xomashyo sifatida paxta, ipak va tut daraxti po‘stlog‘idan keng foydalaniladi. Asrlar davomida shaharning Siyob anhori bo‘yida ikki mingga yaqin suv tegirmonlari ishlab turgan va ularning 400 dan ortig‘ida qog‘oz ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yilgan. Shaharga tashrif buyurgan barcha olimu fuzalolar, tarixchilar va sayohatchi mehmonlar bu qog‘ozning sifati va chidamliligidan hayratga tushishgan. Bunga isbot sifatida turli asrlarda yashab ijod etgan ba’zi tarixchi va yozuvchilarning Samarqand qog‘oziga bergan ta’riflarini, yozma manbalardagi ma’lumotlarni qayd etib o‘tishni lozim deb topdik. Arab tarixchisi Al-Maqdisiyning (X asr) ma’lumotlariga ko‘ra, Xorazmda ishlab chiqarilgan kamonlar, Shoshning sopol idishlari hamda Samarqand qog‘ozlari Buyuk Ipak yo‘lida ayirboshlanadigan mollar ichida eng mashhuri va bebahosi bo‘lgan. Samarqand qog‘ozi haqida temuriyzoda hoqon, Hindistonda boburiylar sulolasiga asos solgan Zahiriddin Muhammad Bobur o‘zining «Boburnoma» asarida shunday deydi: «Olamda yaxshi qog‘oz Samarqanddin chiqadi, Juvozi qog‘ozlar suyi tomon Konigildin keladur, Konigil Siyob yoqosidadurkim, bu suvni Obi rahmat ham der edilar». Fors tarixchisi Abu Mansur Saalibining (X asr) ta’kidlashicha, Samarqand qog‘ozi sifat jihatidan Misrning pergamentidan yer bilan osmoncha farq qilgan. Sharqning mashhur fors kalligrafi Sultonali Mashhadiy (XV - XVI asrlar) faqatgina Samarqand qog‘ozida ijod qilishni tavsiya etgan: «Samarqand qog‘ozi juda ham yaxshi! Agarda sen oqil inson bo‘lsang, uni rad etma: unga yozilgan xat juda ravon va go‘zal chiqadi…».

O‘rta Osiyoga tashrif buyurgan vengriyalik buyuk sharqshunos va tilshunos olim sayohatchi A. Vemberi 1863 yilda Samarqandga tashrif buyurganida, Samarqand qog‘ozi haqida o‘z asarlaridan birida shunday deb yozadi: «Buxoro va Samarqandda ishlab chiqariladigan ushbu qog‘oz butun Turkiston va unga qo‘shni mamlakatlarda ulkan shuhrat qozongan». XX asr boshida O‘zbekistonda yashagan va tarixiy obidalarni topish yo‘lida qazilma ishlarini olib borgan arxeolog V.Vyatkinning ta’kidlashicha: «Samarqand dunyoning turli davlatlariga ko‘p miqdorda yetkazib beradigan noyob qog‘ozi bilan mashhurdir». Amir Temur hukmronligi davrida (XIV-XV asrlar) qog‘oz ishlab chiqarish hunarmandchilikning eng muhim tarmoqlaridan biri bo‘lgan. XVIII asrning boshiga qadar Samarqand va uning atrofida 42 ga yaqin qog‘ozgar kosiblar faoliyat ko‘rsatishgan va keyinchalik mamlakatning boshqa hududlari - Qo‘qon, Buxoro va Toshkent viloyatlarida ham ushbu hunarmandchilik turi keng tarqalgan. Temuriylar hukmronligi qulagach, mahalliy hukmdorlararo jangu jadallar va turli bosqinchilarining tinimsiz hujumlari natijasida yurt iqtisodiy inqirozga yuz tutdi, ko‘pgina hunarmandlik turlari Samarqandda yo‘qolib, aksariyat hunarmandlar tinch vohalarga, jumladan Qo‘qon shahriga (Qog‘ozgar va Chorku qishloqlari) ko‘chib ketishdi. Shundan so‘ng Qo‘qon shahri asosiy qog‘oz ishlab chiqarish markazlaridan biriga aylandi va bu an’ana 1930 yilgacha davom etdi. 1995 yilda Buxoro viloyatining Kogon shahrida o‘tkazilgan «Tarixiy yodgorliklarni saqlash» mavzusi bo‘yicha YuNESKOning xalqaro konferentsiyasida asosiy e’tibor yo‘qolib borayotgan qadimiy xalq hunarmandchiligi amaliy san’atini rivojlanishiga qaratildi. Tadbirda turli viloyat va shaharlardan ishtirok etgan usta hunarmandlar qatorida samarqandlik Zarif Muxtorov ham olamga dong taratgan va asrlar davomida yo‘qolib ketgan Samarqand qog‘ozini ishlab chiqarishni qayta yo‘lga qo‘yish loyihasi bilan qatnashdi. Tarixiy qo‘lyozma va kutubxonalardagi qadimiy manbalardan uzoq izlanishlar olib borganidan so‘ng, turli rivojlangan mamlakatlarda qog‘oz ishlab

chiqarish korxonalarining faoliyati bilan yaqindan tanishib chiqqan hunarmandlar sulolasining davomchisi Zarif Muxtorov bu amaliy san’at turini o‘z xonadonida qayta tiklash harakatiga tushdi. 1995 yildan 2002 yilga qadar o‘tkazilgan sinov-tajribalardan so‘ng Zarif Muxtorov Samarqand qog‘ozi yaratilishi sir-sinoatlarini to‘la o‘zlashtirib, «Konigil» qishlog‘ining Siyob anhori oqib o‘tadigan eng so‘lim go‘shasida hukumatimiz, YuNESKO va Yaponiyaning «JEIKA» xalqaro agentligi ko‘magida «Konigil-Meros» qog‘oz ishlab chiqarish hunarmandchilik markaziga asos soldi. Hozirgi kunga qadar mazkur markazda O‘rta Osiyo hududlarida keng tarqalgan, mevasi iste’molga yaroqli bo‘lgan, aholi orasida «balx tuti» deb ataladigan tut navi po‘stlog‘idan turli xildagi Samarqand qog‘ozlari ishlab chiqarilmoqda. Albatta, har bir hunarning o‘ziga yarasha mashaqqatlari va quvonchli damlari bor. Samarqand qog‘ozini ishlab chiqarish jarayonida balxtut novdalari bir necha kun suvda ivitib qo‘yiladi. Undan keyin po‘sti shilinib, po‘stloq ustidagi qo‘pol jigarrang qismi pichoq bilan ajratiladi. Tozalangan sarg‘ish rangli po‘stloqlar qozonda 5-6 soat qaynatiladi va shundan so‘ng ular yog‘ochdan yasalgan o‘g‘irlarda 7-8 soat davomida mayin tolalarga aylangunicha maxsus to‘sinlar orqali tuyib maydalanadi. Keyingi bosqichda mayin tolasimon po‘stloqlar katta idishga solinib, Siyob suvida aralashtiriladi va to‘rtburchak shakldagi suzg‘ichlardan o‘tkaziladi. Ho‘l qog‘ozlar 8-10 soat davomida taxtakachga bostirib qo‘yiladi, so‘ngra ular birma- bir silliq joyga yopishtiriladi. Yakunlov jarayonida har bir qog‘oz silliq marmar tosh ustiga qo‘yiladi va chig‘anoq yoki aqiq toshi bilan silliqlanadi. Shu tarzda Samarqand qog‘ozi tayyor bo‘ladi. Mashaqqatli qo‘l mehnatini talab qiladigan bunday qog‘oz ishlab chiqarish fan-texnika rivojlangan hozirgi davrida kerakmi, degan savol o‘z-o‘zidan tug‘ilishi tabiiy. Lekin bundan ming yillar avval, Buyuk ipak yo‘li bo‘ylab dong‘i ketgan va dunyoning turli mamlakatlariga karvonlar orqali yetkazib turilgan Samarqand qog‘ozi bugungi kundagi fan-texnika taraqqiyotiga o‘z hissasini qo‘shgan, uning rivojlanishi uchun keng imkoniyatlar yaratgan, desak xato qilmagan bo‘lamiz.