Shaxs taraqqiyotining harakatlantiruvchi kuchlari
Shaxs taraqqiyotining harakatlantiruvchi kuchlari Reja: 1. Organizmning o’sishi 2. Ijtimoiy muhit. 3. Ta’lim va tarbiya 4. Odamning o’z faoliyati
Ma’lumki, har bir odamning ongi tug’ilish paytidan boshlab, butun umr bo’yi o’sib boradi. Odam ongining yoshga qarab o’zgarish sababi nimada, degan savol tug’ilishi tabiiy. Turmushdagi kuzatishlar va biologlar, jamiyatshunoslar, psixologlar va pedagoglarning ko’pgina ilmiy tadqiqotlari bu savolga quyidagicha javob qaytarishimizga asos beradi: har bir kishi, ongining yoshga qarab taraqqiy etishi shu kishi organizmining o’sishiga, ijtimoiy muhit ta’siriga, ta’lim va tarbiyaga, shuningdek, odamning o’z faoliyatiga bog’liq. Organizmning o’sishi Bola organizmi o’sib, kamolga yetib boradi. Organizmning ayrim a’zolari o’sadi va takomil etadi, shu a’zolarning sifati o’zgaradi. Nerv sistemasi taraqqiy etib va chiniqib boradi. Masalan, bola bir yoshga to’lguncha bosh miyasining og’irligi ikki marta oshadi, to’rt-besh yoshlarga borganda bosh miya og’irligi uch marta oshadi. Miyaning o’sishi 20 yoshgacha, ba’zan undan keyin ham davom etadi. Bola shartsiz reflekslar bilan tug’iladi, ammo hayotining birinchi oyidayoq, shartsiz reflekslar asosida, tashqi ta’sirlar tufayli shartli reflekslar ham vujudga kela boshlaydi. Bola bir yoshga to’lib, ikkinchi yoshga qadam qo’yganda bosh miya po’stining faqat odamga xos bo’lgan yuksak funksiyasi tarkib topadi, I.P.Pavlov bu funksiyani ikkinchi signal sistemasi deb atagan edi. Yuqorida aytganimizdek, I.P.Pav lov ta’limotiga ko’ra, ikkinchi signal sistemasining mexanizmlari tafakkur hamda og’zaki va yozma nutqning nerv-fiziologik negizi hisoblanadi. Takomil etuvchi nerv sistemasi, jumladan, bosh miya - taraqqiy etayotgan odam psixikasining moddiy substrati (asosi)dir. Ammo organizm o’sishining o’zi xali odam shaxsini, undagi psixik hayot mazmuni va formalarini belgilab bermaydi. Bola tayyor bilim va mahorat, tasavvur va qobiliyat, tayyor havas va xarakter bilan tug’ilmaydi.
Organizmning o’sishiga bog’liq bo’lgan psixik hayot imkoniyatlari xaqiqatan yuzaga chiqishi uchun bola anchayin o’sish bilangina qolmay, ijtimoiy muhitda, odamlar orasida yashashi va kamolga yetishi kerak. Bolalarni go’dakligida yovvoyi hayvonlar (maymunlar, bo’rilar) o’g’irlab ketishi, bu bolalarning tirik qolib, odamlarga aralashmasdan o’sish hodisalari anchagina ma’lum. Ammo, bunday bolalarda odamga xos bo’lgan psixik qobiliyatlar ularning yoshiga yarasha taraqqiy etgan emas. Bu faktlar shuni ko’rsatadiki, organizmning inson jamiyatidan tashqarida o’sishining o’zi shaxsning psixik taraqqiyotini ta’minlay olmaydi. Organizm o’sishi bilan, jumladan, nerv sistemasi o’sishi bilan psixik hayot mazmuni va formalarining taraqqiysi uchun imkoniyat vujudga keladi, xolos. Bu imkoniyatlarning yuzaga chiqish boisi shuki, odam ijtimoiy muhitda yashaydi va kamol topadi. Odam biologik zot sifatida emas, balki ijtimoiy zot sifatida kamolga yetadi. Ijtimoiy muhit. Umuman odam ongi ijtimoiy tarixiy hayot sharoitida vu judga kelib, kamolga yetgani kabi, har bir odam ongi ham faqat muayyan ijtimoiy muhitda kamol topadi. Bola tug’ilgan paytidanoq, muayyan ijtimoiy hayot sharoitida tarkib topgan ijtimoiy munosabatlar sharoitida, ijtimoiy ong formalari qaror topgan bir sharoitda bo’ladi, bola mehnat sharoitining ta’sirida bo’ladi, tevarak-atrofdagi kishilar bilan so’zlashib, aloqa qilib turadi. Go’dak bolaning o’zi mehnat qilmaydi albatta. Ammo u mehnat sharoitida yashaydi va o’sadi. Bolaning atrofida ij timoiy ishlab chiqarish ma h suli bo’lgan narsalar turadi; u mehnat samaralaridan foydalanadi; katta yoshli kishilar bola uchun mehnat qiladilar, so’ngra bola voyaga yetib, mehnatning biron turiga kirishadi, mehnatga biron munosabatda bo’ladi. Xuddi shuningdek, bola tug’ilgan kuniyo q tilga kirmaydi. Ammo boshqa kishilar bolaning oldida unga murojaat qilib so’zlaydilar. Bola so’zlashuvchilar orasida o’sadi, so’ngra bola ma’lum yoshga yetgach tilga kirib, so’zlashadigan bo’lib qoladi.
O’ sayotgan bola tilni bilib oladi, tilning yordami bilan esa avvalgi nasllarning t o’ plagan moddiy va ma’naviy tajribasini bilib oladi, ayni va qt da o’zining psixik kuchlarini ham kamolga yetkazadi. Odam kamolga yetadigan muhit qandaydir o’zgarmas bir narsa emas. Har bir odamning, h a r bir bolaning ongi o’zgaruvchi muhit ta’sirida kamol topadi. Sinfiy jamiyatda bu muhit sinfiy bo’ladi. Shu sababli, konkret muhitga qarab, o’ sayotgan odam ongi ham har xil tarkib topadi va kamolga yetadi. Hamma sharoitda bola bolaligicha, yigit-yigitligicha qoladi, albatta. Ammo ijtimoiy hayot, turmush va madaniyat sharoitiga qarab, tarbiyaga qarab, o’smirlar va yigit-qizlarning hususiyatlari tarkib topadi. Ta’lim va tarbiya Tevarak-atrofdagi ijtimoiy muhit odamning o’sayotgan ongiga, asosan, uyushgan tartibda ta’sir etadi. Ijtimoiy formasiya qancha yuqori bo’lsa, ijtimoiy muhitning o’smir avlod ongiga uyushgan tartibdagi ta’siri shuncha katta bo’ladi. Inson jamiyati bolalar ongiga asosan tarbiya va ta’lim yo’li bilan uyushgan ta’sir ko’rsatadi. Bola tevarak-atrofdagi kishilar bilan xilma-xil o’zaro munosabatlarga kirishar ekan, go’dakligidanoq bilim, mahorat va malaka orttira boshlaydi. U avval oila sharoitida yoki maktabgacha tarbiya muassasasida, so’ngra maktabda o’qiydi, ta’lim oladi. Tevarak-atrofdagi muhit (tabiat va jamiyat), mehnat va til odam shaxsini kamolga yetkazadigan sharoit bo’lish bilan birga, bola o’sgan sayin maktabda o’rganadi, shuningdek tarbiya vositasi sifatida foydalaniladi. Ta’lim va tarbiya odamni kamolga yetkazadigan asosiy yetakchi faktordir. Buning sababi shular: 1. Organizm o’sishining o’zi va muhitning stixiyali ta’siri berolmaydigan narsani odam ta’lim va tarbiya jarayonida oladi. Masalan, bola ona tilini tevarak- atrofdagi muhitning «stixiyali» ta’sirida ham bilib olishi mumkin. Ammo, o’qish- yozishni faqat mahsus ta’lim olish yo’li bilan o’rganishi mumkin.
Odam qo’l-oyog’ining xilma-xil harakatlari organizmning o’sishi bilan birga va shu organizm yashaydigan sharoitga qarab takomil etadi. Ammo, mahsus mehnat va texnik ko’nikma hamda malakalarini odam faqat o’qib-o’rganish yo’li bilan egallab oladi. 2. Odamning noqulay organik takomil natijasi bo’lgan nuqson ham ta’lim va tarbiya yo’li bilan zarur tomonga qarab o’zgartiriladi. Masalan, ba’zi bolalarning ayrim nuqsonlar bilan - ko’r, kar (kar-soqov, ko’r-kar-soqov) bo’lib tug’ilishi ma’lum. Ammo, mahsus tashkil etilgan ta’lim va tarbiya yordami bilan bunday bolalar aqli to’la-to’kis o’sadi. Bunga ko’r-kar-soqov Olga Skoroxodova yorqin misol bo’la oladi. Olga o’qib, oliy ma’lumot oldi, bir qancha ilmiy asarlar va she’r to’plamlari yozdi. 3. Muhitning stixiyali salbiy ta’sir etish natijasi bo’lgan kamchiliklar ham ta’lim va tarbiya yo’li bilan zarur tomonga o’zgartiriladi. Masalan, 9-10 yashar bolalarda ba’zan muhit ta’siri bilan ba’zi yomon odat va mayllar - ta maki chekish, karta o’ynash, so’kinish va shunga o’xshash yaramas odatlar paydo bo’lishi mumkin. Mahsus pedagogik usullar bilan ta’sir etib, bu yaramas odat va mayllarni bartaraf qilish va o’rniga boshqa yaxshi odatlarni singdirish mumkin. 4. Ta’lim va tarbiya shaxs taraqqiyotida progressiv ahamiyatga egadir. Muhitnnng stixiyali ta’siri odamning taraqqiyotini shu muhit darajasiga yetkaza oladi. Ta’lim va tarbiyada shu progressiv jamiyat darajasidan tashqariga chiqadigan maqsadlar (ideyalar) qo’yiladi. Masalan, pedagogik sistemamizda kelajak kishilarini, yanada mukammal kamol topgan shaxsni yetishtirishni maqsad qilib qo’yamiz. Bunday maqsad yosh avlodda psixikaning kamolga yetish hususiyatlarini ham belgilab beradi, yoshlarda xaqiqiy, maqsadga intilish, yashash va ishlashga intilishning taraqqiy etishini ta’minlaydi. Shunday maqsad qo’yilar ekan, tarbiya va ta’lim shaxs taraqqiyotida yoshda progressiv ahamiyatga ega bo’ladi. 5. Ta’lim jarayonida bolalar o’z aqlini ilm bilan boyitib, bir qancha mahorat va malaka olib, shu bilan birga o’zlari ham kamol topadilar.