logo

Sovet tarixiy-madaniy-merosga munosobat

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

28.51171875 KB
Sovet  tarixiy-madaniy-merosga munosobat
Reja:
1. Tarixiy-madaniy yodgorliklarning ahvoli. 
2. Dinga bo’lgan munosabat. 
3. Madaniy-ma’rifiy muassasalarning holati. 
4. Mafkuraviy vaziyat. XX-asrning   20–30-yillarida   madaniy-ma’rifiy   soha   ham   o‘ziga   xos
murakkablik   va   qiyinchilik   bilan   kechdi.   20-yillar   boshlariga   kelib
O`zbekiston   hududida   madaniy   qurilishning   eng   dolzarb   vazifalaridan
sanalgan   sovet   ta’lim   tizimini   shakllantirish   ishlari   faol   boshlab   yuborildi.
Sovetlar   O`zbekistonda   yangi   ta’lim   tizimini   yaratishga   yo‘l   tutar   ekan,
bundan   ko‘zlagan   asosiy   maqsadlari   o‘lkada   xalq   ta’limi   bo‘g‘inlarini
ravnaq   to’tirish,   yal’isiga   xalq   savodxonligiga   erishish,   ilm-ma’rifat
chashmalaridan hammani to‘la bahramand etish emas, balki eng avvalo, yurt
farzandlari   ongiga,   shuuriga   kommunistik   g‘oyalar   va   ideallarni   chuqur
singdirish   va   shu   yo‘l   bilan   o‘zlariga   quloq   qoqmay   xizmat   qiladigan
“mo‘min-qobil”   avlodni   tarbiyalab   voyaga   yetkazish   edi.   Sovetlar   avval
boshda o‘lkadagi murakkab vaziyatni, mahalliy xalq kayfiyati va ruhiyatini,
uning  o‘ziga   xos   milliy   an’analari,   islomiy  qadriyatlarini   bir   qadar   hisobga
olib, bu yerda eski va jadid usulidagi maktablar yoki madrasalarning ham bir
vaqtning   o‘zida   faoliyat   yuritishiga   monelik   ko‘rsatmadi.   Lekin   sovet
arboblari   va   mafkurachilari   o‘lka   hayotiga   moslashib,   biroz   tomir   yozib
olgach, 20-yillar o‘rtalaridan e’tiboran o‘zbek xalqi madaniy hayotining ko‘‘
zamonlar uzviy tarkibiy qismi bo‘lib kelgan eski maktab va madrasa ta’lim-
tarbiya tizimini barham to’tirdi. Uning ko‘‘ sonli ziyoli vakillari, mullalariyu
mudarrislari   faoliyati   to‘xtatib   qo‘yildi.   Ularning   taqdir-qismati   hayotning
og‘ir sinovlariga duchor etildi.
1920-yil   17-sentabrda   Turkiston   ASSR   hukumati   o‘lkada   8   yoshdan   40
yoshgacha   bo‘lgan   kishilarni   o‘qitish   va   savodxon   qilish   to‘g‘risida   dekret
qabul   qildi.   Res’ublikaning   turli   hududlarida   son-sanoqsiz   savodsizlikni
tugatish   kurslari   tashkil   etilib   faoliyat   ko‘rsatdi.   Ularga   turli   yoshdagi
kishilar,   erkaklar   va   ayollar   jalb   qilinib,   o‘z   savodlarini   chiqardilar.
Jumladan,   1928–1932-yillarda   O`zbekistonda   jami   700   ming   nafar   kishi
savodsizlik kurslarini tugatgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 1933 –1937-yillarda 1,4
mln. kishini tashkil qildi Respublikada boshlang‘ich ta’lim tizimining joriy etilishi, keyinroq 7
yillik   ta’limga   o‘tilishi   ham   xalq   ta’limi   sohasidagi   muhim   o‘zgarishlardan
biri   bo‘ldi.   Maktab   qurilishi,   uning   malakali   o‘qituvchi   kadrlar   bilan
ta’minlanishi,   o‘quvchilar   soni   yil   sayin   o‘sib   bordi.   Agar   1924/25   o‘quv
yilida   O`zbekistonda   160   ta   sovet   ti’idagi   maktablar   tashkil   etilib,   ularda
17209   nafar   o‘quvchi   ta’lim   olgan   bo‘lsa,   1941-yilga   kelib   bunday
maktablar soni  5504 taga va ularda ta’lim olayotgan o‘quvchilar soni esa 1
mln.   315   ming   nafarga   yetgan.   1928/29   o‘quv   yilida   res’ublikamizda
o‘qituvchilar soni 5,5 ming kishiga teng bo‘lgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 1941-
yilda 42 ming kishini tashkil etdi.
Sovet hukumati ta’lim tizimini, yangi avlod tarbiyasini to‘liq ravishda
o‘z   izmiga   bo‘ysundirish   maqsadida   arab   alfavitiga   asoslangan   eski   o‘zbek
yozuvini ham tubdan isloh qilishga kirishdi. Shu maqsadda 1929-yilda arab
imlosi   asosidagi   o‘zbek   yozuvi   tugatilib,   undan   lotin   grafikasiga   o‘tildi.
Bundan  ko‘‘   vaqt  o‘tar-o‘tmasdan,   1940-yilga  kelib sovetlarning  birdan-bir
yagona   orzusi   bo‘lgan   kirillitsa   –   rus   alfaviti   negiziga   qurilgan   yozuvga
o‘tildi.   Birgina   o‘zbek   yozuvini   o‘zgartirish   borasida   qo‘llanilgan   bunday
xatti-harakatlar   res’ublika   xalq   ta’limining   keyingi   taqdiri,   istiqboli   uchun
salbiy oqibatlarni  keltirib chiqardi. Eng achinarlisi, buning natijasida necha
asrlar   davomida   xalq   dahosi,   buyuk   bobokalonlarimiz   aql-zakovati
tomonidan   yaratilgan   bebaho   ma’naviy   manbalar,   asarlar,   risolalarni
o‘rganish   mushkul   muammoga   aylanib   qoldi.   Negaki,   ular   arab   yozuvida
bitilgan edi.
Bu   sohaning   jilovi   to‘liq   holda   Markaz   mutasaddilari   qo‘liga   o‘tdi.
Endilikda   milliy   res’ublikalardagi   ta’lim   jarayoni   Moskvadan   tayyorlab
yuboriladigan   dasturlar,   darsliklaru   o‘quv   qo‘llanmalari   asosida   olib
boriladigan   bo‘ldi.   Bu   esa   xalq   ta’limining   milliy   mazmuni,   xarakteriga
salbiy   ta’sir   ko‘rsatib   bordi.   Shuningdek,   30-yillarga   kelib   res’ublikaning
maktab   ta’limiga   mafkuraviy   tazyiq   o‘tkazish,   muallimlar   tarkibini “tozalash”,   ular   safidan   “nobo’,   yot   unsurlar”ni   qidirib   to’ishga   urinish
hollari   atayin   kuchaytirildi.   Masalan,   VK’(b)   MQ   O`rta   Osiyo   byurosining
1933-yil   27-martda   qabul   qilgan   o‘qituvchilar   safini   tozalash   to‘g‘risidagi
qarori   aynan   shu   yovuz   maqsadga   qaratilgan   edi.   Bu   qarorga   asoslanib   ish
yuritgan   sovet   “bilag‘onlari”   bu   davrda   ko‘‘lab   bilimli,   ma’rifatli,   sof
vijdonli   milliy   ziyolilarimizni   ishdan   bo‘shatdi,   qatag‘on   qildi.   Ular
tomonidan   tayyorlanib   nashr   etilgan   milliy   ruhdagi   ko‘‘lab   o‘quv
adabiyotlari   ham   ayni   shu   yillarda   taqiqlab   qo‘yildi.   Yana   shuni   aytish
joizki,   shu   davrda   ommaviy   tarzda   “sovet   ta’limi”ni   olib,   turli   maktab   va
savodsizlik   kurslarini   bitirib,   zo‘rg‘a   savodini   chiqarib   endigina   hayotga
qadam   qo‘yganlar   “ishonchli   shaxslar”   sifatida   to’ilib,   mafkuraviy   saralash
asosida   o‘z   vazifalaridan   chetlatilgan   tajribali,   bilimdon,   ‘rofessional
ziyolilar o‘rnini egallab borganlar.
Xullas,   sovetlar   O`zbekistonda   o‘z   ta’lim   siyosatini   yuritar   ekanlar,
bunda birinchi navbatda uning sinfiy mohiyatiga e’tibor berdilar. Binobarin,
ular rahnamoligida shakllantirilib, rivojlantirib borilgan xalq ta`lim tizimi va
uning   barcha   bo‘g‘inu   yo‘nalishlari   ham   shu   ruh   va   mazmun   bilan
sug‘orilgan edi
Sovetlarning   xalq   ta`limi   sohasida   yuritgan   siyosatining   muhim
yo‘nalishlaridan   biri,   bu   oliy   va   o‘rta   maxsus   ta’lim   tizimini   shakllantirish
hamda   rivojlantirish   edi.   Har   qanday   tuzumda   bo‘lgani   singari,   sovet
hokimiyati   ham   yangi   tuzum   g‘oyalari   va   ideallari   ruhida   tarbiyalangan,
unga   sadoqat   bilan   xizmat   qiladigan   ko‘‘lab   yuqori   malakali,   o‘qimishli,
ziyoli kadrlarga o‘tkir ehtiyoj sezardi.
Sovet hokimiyati O`zbekistondek chekka o‘lkada oliy ta’limni tashkil
etish,   unga   mahalliy   yoshlarni   jalb   qilish   orqali   yerli   xalq   ishonchini
qozonishga, u bilan yaqindan aloqa bog‘lashga umid qilar edi. Markaz amri
bilan   1920-yil   sentabrida   Toshkentda   tashkil   etilgan   Turkiston   Davlat
universiteti   shu   maqsadga   yo‘naltirilgan   edi.   Keyinchalik   O`rta   Osiyo universiteti   maqomini   olgan   bu   oliygoh   o‘lkada   oliy   ta’limni   rivojlantirish,
yuqori   mutaxassis   kadrlar   tayyorlash   o‘chog‘i   bo‘ldi.   Keyinroq   30-yillar
boshlariga   kelib   bu   bosh   oliy   o‘quv   yurti   negizida   res’ublikamizda   juda
ko‘‘lab turli xil yo‘nalishlardagi institutlar tashkil etildi va faoliyat ko‘rsata
boshladi.   O`rta   Osiyo   ‘olitexnika   (hozirgi   Texnika   universiteti),
Moliyaiqtisod,   To‘qimachilik   Tibbiyot,   Qishloq   xo‘jalik   institutlari,
Samarqand   Davlat   universiteti   va   boshqalar   shular   jumlasidandir.
Shuningdek,   bu   davrda   yuqori   malakali   ‘edagogik   kadrlarga   talab   muttasil
o‘sib   borganligidan   Buxoro,   Samarqand,   Toshkent,   Nukus,   Xiva,   Urganch,
Farg‘ona   va   Namangan   singari   shaharlarda   ‘edagogika   va   o‘qituvchilar
tayyorlash institutlari tashkil etildi. 1932-yilga kelib res’ublikadagi jami oliy
o‘quv yurtlari soni 31 taga yetdi. Ularda ta’lim olayotgan talabalar soni 12,2
ming nafarni tashkil etardi. 1941-yilga kelganda oliy o‘quv yurtlari talabalari
soni 18 mingtaga yetdi.
Ayni   payitda   mahalliy   aholi   yoshlari   orasidan   maxsus   tanlab   olinib,
‘artiya, sovet va xo‘jalik organlarida ishlash, sotsialistik qurilish jabhalarida
aktiv faoliyat ko‘rsatishga da’vat etilgan rahbariy kadrlar tayyorlashga ham
alohida   e’tibor   qaratildi.   Negaki,   hukmron   ‘artiyaning   “oltin   fondi”
hisoblangan   bunday   kadrlarni   ko‘‘lab   tarbiyalab   voyaga   yetkazish
O`zbekistonda   sovetlar   siyosatini   to‘laqonli   o‘tkazishda   muhim   kafolat
bo‘lib   xizmat   qilardi.   Shu   maqsadlarni   ko‘zda   tutib   1923-yilda   Turkiston
kommunistik   universiteti   ochildi.   Unda   o‘lkaning   bo‘lg‘usi   sovet   kadrlari
“markscha-lenincha”   ta’limot   negizlarini   qunt   bilan   egallab   bordilar.
Moskvadagi Sharq mehnatkashlari kommunistik universitetida 1923-yida 77
nafar   turkistonlik  yoshlar   ta’lim   oldi.  Ulardan o‘zbeklar  34,  turkmanlar   24,
qozoq-qirg‘izlar 29 kishini tashkil etardi.
O`zbekistonning   bu   davrdagi   ta’lim   tizimida   o‘rta   maxsus   ta’lim   o‘quv
yurtlari   faoliyati   ham   alohida   o‘rin   egallaydi.   Res’ublikaning   ijtimoiy-
iqtisodiy   va   madaniy   taraqqiyoti   ko‘‘   jihatdan   maxsus   bilim,   tajriba   va ko‘nikmaga   ega   bo‘lgan   kadrlarga   bog‘liq   edi.   Shu   boisdan   ham   o‘lkada
hunar-texnika   bilim   yurtlari,   texnikumlar   tashkil   qilish   va   faoliyatini
jonlantirib   borishga   e’tibor   berildi.   20-yillarda   res’ublikada   6   ta   qishloq
xo‘jalik   texnikumi,   1   ta   tibbiyot   texnikumi,   16   ta   hunar-texnika   maktabi
tashkil   qilindi.   Shuningdek,   shu   vaqtda   5   ta   ‘edagogika   texnikumi,   2   ta
‘edagogika bilim yurti, bitta xotin-qizlar bilim yurti mavjud bo‘lb, ular orqali
ko‘‘lab bilimli, malakali ‘edagog kadrlar tayyorlandi. XX-asrning 40-yillari
boshlariga   kelib   O`zbekistonda   maxsus   bilim   yurtlari   soni   92   taga   yetgan
bo‘lib, ularda 12,6 ming nafar yoshlar ta’lim olmoqda edi.
Shu   bilan   birga   oliy   va   o‘rta   maxsus   ta’lim   tizimi   oldida   ham   hali
ko‘‘lab jiddiy muammolar  ko‘ndalang bo‘lib turardi. Oliy ta’lim  tizimidagi
o‘qitish jarayoni asosan rus tilida olib borilardi. Maxsus o‘quv qo‘llanmalari,
darsliklar,   boshqa   o‘quv-uslubiy   jihozlar   milliylik,   yurtning   o‘ziga   xoslik
jihatlaridan   nihoyatda   uzoq   bo‘lib,   ular   asosan   Markazdan   tayyorlab
yuborilardi.   Mahalliy   ‘rofessor-o‘qituvchilar   tarkibi   nihoyatda   kam
bo‘lganligi   bois   ko‘‘chilik   fanlar   va   ‘redmetlarning   o‘qitilishi   asosan
yevro’alik   olimlar   tasarrufida   edi.   Buning   ustiga   30-yillarda   avjiga   mingan
stalincha   qatag‘onlik   shamshiri   ko‘‘roq   milliy   kadrlar   boshida   sindiki,
bundan   res’ublika   ta’lim   tizimining   barcha   bo‘g‘inlari   katta   ziyon-zahmat
chekdi, ancha mahrumliklarga duchor bo‘ldi.
O`zbekistonning   sovetlar   hukmronligi   davri   ilm-fani   ahvoli,   uning
o‘sishi,   o‘zgarishi   ko‘‘lab   murakkab,   ziddiyatli   jarayonlar   silsilasida
kechgan   bo‘lsada,   biroq   bu   hol   bir   qator   o‘z   xususiyatlari   va   asosli
omillariga   egadir.   Sovetlarning   madaniy   qurilishi   doirasida   bo‘lsa   ham
res’ublikaning   ilmiy   salohiyati   o‘sish   va   rivojlanishda   davom   etdi.   Markaz
zo‘ravonlarining   milliy   kadrlar,   ziyolilar   faoliyati   doirasini   har   qanday
cheklash, bo‘g‘ishga urinishiga qaramay, yurtning ko‘‘lab iqtidorli, zakovatli
yoshlari   o‘zlarini   ilm-fan   mashaqqatiga   bag‘ishlab,   asta-sekin   uning
cho‘qqilariga   ko‘tarilib   bordilar.   Rus   tilini   mukammal   egallash   qiyinchiligi ham ularga hech bir to‘siq bo‘lolmadi. 30-yillarga kelib o‘zbek fanining turli
yo‘nalishlarida   o‘z   yuksak   salohiyatini   namoyon   qila   olgan,   o‘z   ilmiy
maktabiga asos solgan Qori Niyoziy, Abdurahmon Sa’diy, Abdulla Avloniy,
Ibrohim   Mo‘minov,   Yahyo   G`ulomov,   Toshmuhammad   Sarimsoqov,   Xalil
Rahmatullin,   Habib   Abdullayev,   Sobir   Yunusov   singari   yurt   allomalari
yetishib   chiqdi.   Ayni   zamonda   res’ublikada   ko‘‘lab   ilmiy-tadqiqot
institutlari,   markazlari   tashkil   etilib,   fanning   muhim   dolzarb   muammolari
ustida   samarali   izlanishlar   olib   bordilar.   Bular   jumlasiga   Butunittifoq
‘axtachilik ilmiy-tadqiqot instituti, Madaniy qurilish, Sanoat-iqtisod, Sanoat
qurilishi,   Huquq-tadqiqot,   Gidrometeorologiya   institutlari,   Geliotexnika
laboratoriyasi,   Astronomiya   observatoriyasi,   uning   qoshidagi   Quyosh
xizmati bo‘limi va boshqalarni nisbat  berish mumkin. Mazkur institutlar va
ilmiy markazlarga jalb etilgan res’ublika ilmiy kuchlari, fan fidoyilari Ittifoq
va   res’ublika   ahamiyatiga   molik   qanchalab   hayotiy   muammolar,
masalalarning   yechimini   to’ishda   jiddiy   tadqiqotlar   olib   bordilar.   Ayniqsa
‘axtachilik,   uning   hosildorligini   oshirish,   tez’ishar,   sifatli   navlar   yaratish
sohasida   muhim   yangiliklar   qilindi.   Geolog   olimlar   sa’y-harakatlari   bilan
yangi konlar, turli xil ma’dan to’ilmalari kashf qilindi. 1927-yilda Farg‘ona
vodiysida   Sho‘rsuv   neft   koni   ochildi.   Sement   ishlab   chiqarish   uchun   xom
ashyo   qidi   rib   to’ildi.   Natijada   Quvasoy   sement   zavodi   qurildi.   Qator   mis,
oltin,   kumush,   qalay,   marmar   konlari   to’ildi   va   ishga   tushirildi.   Biroq
ularning   huzurini   Markaz   ko‘rdi.   Negaki,   bu   davrga   kelib   ularning   inon-
ixtiyori to‘la Ittifoq hukumati tasarrufiga olingan edi.
1940-yil   9-yanvarda   O`zbekiston   XKS   (hukumati)   huzuridagi   Fan
qo‘mitasi   negizida   SSSR   FAning   O`zbekiston   filiali   ta’sis   etildi.   O`sha
kezlarda   uning   tarkibida   75   ta   ilmiy-tadqiqot   institutlari   va   muassasalari
mavjud   edi.   Ular   3024   nafar   ilmiy   xodimlarni   o‘z   safiga   birlashtirgan   edi.
Bularning 109 nafari fan doktorlari, 510 nafari fan nomzodlari edilar. XX-asr   20-yillari   ikkinchi   yarmida   “Hujum”   nomi   bilan   boshlangan
harakat   o‘z   mohiyati   bilan   o‘zbek   xotin-qizlarini   tutqunlikdan,   ‘aranji
zulmatidan ozod qilishga qaratilgan edi. Turkiston sharoitida o‘ziga xos o‘ta
murakkab   xususiyatlarga   ega   bo‘lgan   bu   ijtimoiy-siyosiy   masala   hukmron
‘artiya   tomonidan   hech   bir   o‘ylanmasdan,   mahalliy   shart-sharoitlarni,
xalqning   an’anaviy   udumlari,   urf-odatlarini   e’tiborga   olmasdan   kutilmagan
bir holda amalga oshirildiki, bu esa o‘lka hayotida ko‘‘lab noxush holatlarni
keltirib chiqardi.
Malumki,   Turkiston   xotin-qizlari   hayoti   asrlar   davomida   musulmonchilik
qonun-qoidalari va an’analari asosida kechgan va o‘ziga xos xususiyatlarga
ega bo‘lgan. Jumladan ular aksariyat  hollarda mehnatga tortilmasdan,  balki
uy-ro‘zg‘or   ishlarida   band   bo‘lishgan   va   farzand   tarbiyasi   bilan
shug‘ullanishgan.   Sovet   hukumati   esa   o‘zbek   xotin-qizlarining   bunday
turmush   tarziga   diniy   “xurofot”   sifatida   qarardi.   Shu   bilan   birgalikda
ayollarning erkaklar bilan teng huquqliligi, ularning tor oila muhitidan ozod
bo‘lib, keng ijtimoiy-siyosiy hayotga tortilishi g‘oyasi ilgari surildi.
Shu narsa haqiqatki, jamiyat rivojlanib borar  ekan, odamlarning ongi
ham   o‘zgarishda   davom   etadi.   O`zbek   ayollarini   ‘aranjidan   ozod   qilish
muhim vazifalardan biri hisoblanardi. Jadidlar rahbarlari F.Xo‘jayev, Fitrat,
Cho‘l’on, Avloniylar ham bu masalani hal etishni o‘z oldilariga maqsad qilib
qo‘ygan edilar. Bu yerda ga’ faqat ‘aranji tashlash ustida emas, balki xotin-
qizlar uchun maxsus klublar, artellar, do‘konlar, savodxonlik kurslari ochish
haqida borardi. Bu xildagi tadbirlarning ko‘‘lab o‘tkazilishi natijasida xotin-
qizlar   ijtimoiy-foydali   mehnatga,   jamoatchilik   ishlariga   tortila   boshlagandi.
Ammo,   ming   afsuski,   bu   dastlabki   yutuqlar,   xususan,   ayollarning   jamoat
joylariga ‘aranjida kelishlari mustabid tuzumni aslo qoniqtirmasdi.
Shuning   uchun   ham   VK’(b)   MQ   O`rta   Osiyo   byurosining   1926-yil
sentabridagi   maxsus   qarori   asosida   bu   harakatni   sun’iy   ravishda
tezlashtirishga   kirishildi,   oqibatda   bu   majburiy   harakat   “Hujum”   nomini oldi.   Xolisona   aytganda,   uni   o‘zbek   xotin-qizlari   xursandchilik   bilan   kutib
oldilar. Chunki ochiq yurish, yorug‘ olamni ko‘rish, ilm olish, erkaklar bilan
teng   huquqli   bo‘lish   ularning   ham   asriy   orzusi   edi.   Biroq   bu   harakat
yuqorida ta’kidlanganidek, nihoyatda shoshma-shosharlik, ma’muriyatchilik
yo‘li   bilan   o‘tkazildi.   Bu   tadbirlarga   hatto   erkak   kommunistlar   ham   tayyor
emas   edilar.   Shunga   qaramay   “Hujum”   harakati   dastlab   ancha   yutuqlarga
erishib bordi. 1927-yil boshlariga kelib 100 ming ayol ‘aranji tashladi, ming-
minglab   ayollar   korxonalarga,   qishloq,   tuman   kengashlariga,   sud   tizimiga
ishga   jalb   qilindi.   Ular   orasidan   ko‘‘lab   traktorchilar,   brigadirlar,   kolxoz
raislari,   klub   va   kutubxona   mudirlari   yetishib   chiqdi.   1927–1928-yillarda
“Hujum   harakati   yanada   keng   quloch   yozdi.   Xotin-qizlarni   savodsizlikni
tugatish kurslariga jalb etish, ularning farzandlari uchun yasli va bog‘chalar
ochish tadbirlari ko‘‘aydi.
Biroq   shu   bilan   birgalikda   bu   harakat   ko‘‘gina   salbiy   oqibatlarning
yuz   berishiga   ham   sabab   bo‘ldi.   Bu   jarayonni   o‘tkazishda   yo‘l   qo‘yilgan
jiddiy xato va kamchiliklar, xalqning asriy  udumlari, o‘zbek ayollariga xos
sharqona   odob,   axloq   tamoyillarining   buzilishi,   bu   nozik   sohada
odamlarning   or-nomusini   mensimaslik   hollari   ko‘‘lab   fojeali   voqealarni
keltirib chiqardi. Joylarda xotin-qizlarni o‘ldirish hollari ko‘‘lab ro‘y berdi.
1927–1928-yillarda   2,5   mingdan   ortiq   faol   ayollar   yovuz   kuchlar   qurboni
bo‘ldi. Bu borada qo‘llanilgan zo‘rlash, majburlash yo‘li va usullari o‘zining
salbiy natijalarini bermasdan qolmadi. Natijada, hatto 10–15 yashar qizlarni
ham erga berib yuborish hollari ro‘y berdi.
Eng   achinarlisi   shuki,   “Hujum”   harakatida   faol   ishtirok   etib,   unda
tashabbuskor   bo‘lgan   ilg‘or   xotin-qizlar   keyinchalik   stalincha   qatag‘onlik
qurboni   bo‘ldilar.   Bunga   o‘zbek   xotin-qizlari   ozodligi   kurashining   otashin
namoyondalari   –   Tojixon   Shodiyeva,   Sobira   Xoldorova,   Xosiyat
Tillaxonova,   Maryam   Sultonmurodova,   Xayriniso   Majidxonova singarilarning fojeali va tahlikali kechgan nochor qismatlari to‘la misol bo‘la
oladi.
XX-asrning   20–30-yillarida   hukmron   kommunistik   ‘artiyaning
madaniy   qurilish   siyosati   asosan   “shaklan   milliy,   mazmunan   sotsialistik
madaniyat”ni   shakllantirishga   qaratildi.   Zero,   “lenincha   madaniy   inqilob
g‘oyasi”ning   bosh   maqsadi   ham   ko‘‘   millatli   sovetlar   mamlakatida   yagona
sotsialistik madaniyatni tarkib to’tirish va uning “samaralari”dan SSSRning
barcha xalqlari va millatlarini bahramand etish edi.
Shu bois bu yillarda o‘zbek xalqining olis asrlarga borib qadaluvchi moddiy
va   ma’naviy   madaniyati   durdonalari,   osori-atiqalariga,   masjidu   madrasalar,
gumbazu  maqbaralar   ko‘rinishidagi  noyob  me’moriy  obidalariga  zo‘r  berib
hujum   uyushtirildi.   Odamlar   ongiga   kommunistik   g‘oyalarni   singdirishdan
iborat   maqsadga   erishishda   joylarda   “Xudosizlar   jamiyatlari”   tuzilib,   ular
orqali   diniy   e’tiqod   va   tasavvurlarga   qarshi,   uning   ‘okdoman   ‘eshvolariga
qarshi hujumkor ateistik kurash, tashviqot  va targ‘ibot avj oldirildi. Buning
oqibatida   yurtning   ilg‘or   ziyolilari   bo‘lgan   qancha-qanchalab   ruhoniylar,
eshonu   mullalar,   ulamoyu   fuzalolar   ayovsiz   ta’qibu   quvg‘inlarga   duchor
etildi   yoki   qirg‘in   qilindi.   Ularning   ko‘‘lari   jonlarini   xovuchlab,   oila,   bola-
chaqasi bilan ne azobu uqubatlarni boshidan kechirib, uzoq xorijiy yurtlarga
bosh olib ketishga majbur bo‘ldilar.
O`zbek   xalqining   ko‘‘lab   yurt’arvar   ziyolilari   fidoyilik   namunalarini
ko‘rsatib,   barcha   qiyinchiliklarga   bardosh   berib   re’ublikaning   madaniy
hayotida   faol   qatnashdilar.   Ularning   sa’y-harakatlari   bilan   teatrlar,   klublar,
kutubxonalar va boshqa madaniy-ma’rifiy muassasalar bunyod etilib faoliyat
ko‘rsata   boshladi.   1929-yilda   o‘zbek   musiqali   teatriga   asos   solindi.   1933-
yilga   kelib   Hamza   nomli   akademik   drama   teatri   ish   boshladi.   Har   qanday
mafkuraviy   tazyiqlarga   qaramasdan   milliy   ruh   ustuvor   bo‘lib   qolaverdi.
Xalqimiz   orasidan   uning   asriy   dil-armoni,   orzu-istaklarini   kuylagan   Hoji
Abdulaziz   Abdurasulov,   Ota   G`iyos   Abdug‘aniyev,   Domla   Halim   Ibodov, Mulla   To‘ychi   Toshmuhammedov,   Madrahim   Sheroziy,   Shorahim
Shoumarov,   Abror   Hidoyatov,   Soraxonim,   Tamaraxonim,   Lutfixonim,
Mukarramaxonim   singari   nomdor   san’atkorlar   yetishib   chiqdi   va   dovruq
qozondi.   1936-yilda   Toshkent   Davlat   konservatoriyasining   ochilishi
xalqimizning   madaniy   hayotida   katta   voqea   bo‘ldi.   O`zbek   musiqa
madaniyatining   zabardast   vakillari   –   Yunus   Rajabiy,   Muxtor   Ashrafiy,
Mutal   Burhonov,   Tolibjon   Sodiqov,   To‘xtasin   Jalilov   singari   san’atkorlar
ijodi xalq dilidan chuqur joy oldi.
1937-yilda   Moskvada   o‘tkazilgan   birinchi   o‘zbek   san’ati   va   adabiyoti   o‘n
kunligi   xalqimiz   madaniyatining   yorqin   ko‘rigi   bo‘ldi.   Unda   “Gulsara”,
“Layli va Majnun” o’eralari, “Farhod va Shirin” musiqali dramasi va boshqa
sahna asarlari katta mahorat bilan namoyish etildi. 30-yillarda O`zbekistonda
kino   san’ati   shakllanib   bordi.   Uning   yorqin   ifodasi   sifatida   shu   davrda
yaratilib   ekranlarga   chiqarilgan   “Asal”,   “Qasam”,   “Ravot   qashqirlari”,
“Azamat” singari filmlarni tilga olib o‘tish joizdir. Ularni yaratishda Komil
Yormatov, Sulaymon Xo‘jayev, Yo‘ldosh A’zamov, Rahim ‘irmuhammedov
singari ajoyib o‘zbek kino ustalarining xizmatlari benazirdir.
O`zbekistonda   madaniy   qurilish   jarayonining   chuqurlashib   borishiga
mamlakatda   avj   olgan   totalitar   tuzum   zo‘ravonligi   va   bedodligi   jiddiy
to‘sqinlik   tug‘dirdi.   Bunday   keskin,   nosog‘lom   muhitda   madaniyat
muassasalarining   faoliyati   cheklanib,   bu  soha   xodimlarining  ijodkorligi   har
tomonlama qiyin-qistov va siquvga olindi. Bu esa res’ublika madaniy hayoti
maromining normal kechishiga, shubhasiz, salbiy ta’sir ko‘rsatdi.
Bu davrda o‘zbek adabiyoti ham jiddiy hayotiy sinovlar jarayonini boshdan
kechirdi. 
O`zining   boy   tarixiy   an’analariga   ega   bo‘lgan   bu   adabiyot   xalq
ruhining   ko‘zgusi   sifatida   uning   ma’naviy   hayotini   tashkil   qilishda,   zamon
muammolarini   idrok   etish   hamda   hal   etishda   o‘z   hissasini   qo‘shib   bordi. Sovetlar   insonlarning   ongi,   shuuriga   ta’sir   etish,   ularni   ma’nan   va   ruhan
tarbiyalashda adabiyot va san’atning o‘rni va roli beqiyosligini hisobga olib,
uni yangi sotsialistik qurilish xizmatiga faol jalb etishga intildilar. Ularning
nazdida   adabiyot   kuchli   mafkuraviy   qurol   sifatida   yangi   tuzumni
mustahkamlashga   xizmat   qilishi   lozim   edi.   VK’(b)   MQ   ning   1925-yil   18-
iyunda   qabul   qilgan   “‘artiyaning   adabiyot   sohasidagi   siyosati   to‘g‘risida”
nomli   qarorida   shu   ruh,   shu   g‘oya   aks   ettirilgan   edi.   Bu   hujjat   o‘zbek
adabiyoti va uning namoyondalari uchun ham qo‘llanma hisoblanardi. Unda
ochiqdan-ochiq   sovet   mafkurasiga   zid   adabiyot   “burjua   mafkurasi
xizmatkori”,   deb   e’lon   qilingandi.   Bu   albatta,   har   bir   ijodkor   zimmasiga
mashaqqatli vazifa yuklardi. Negaki, har bir shoir yoki adib sovet mafkurasi
talablaridan   biroz   bo‘lsada   chetlashsa,   o‘z   xalqining   boy   tarixiy   o‘tmishi
yoki   ulug‘   ajdodlari   hayotidan   asar   yozguday   bo‘lsa,   uning   og‘ir   jazoga
ro‘baro‘   kelishi   hech   ga’   emas   edi.   Biroq   har   qanday   tazyiqu   ta’qiblarga
qaramay   o‘zbek   adabiyoti   bu   yillarda   muhim   yutuqlarga   erishib,   jiddiy
o‘zgarishlar   yo‘lidan   ilgarilab   bordi.   Bu   o‘rinda   Abdulla   Qodiriyning
“O`tgan   kunlar”,   “Mehrobdan   chayon”,   Cho‘l’onning   “Kecha   va   kunduz”,
Sadriddin   Ayniyning   “Odina”,   “Sudxo‘rning   o‘limi”,   Fitratning
“Abulfayzxon”,   Oybekning   “Qutlug‘   qon”,   G`afur   G`ulomning   “Ko‘kan”,
“Yodgor”   va   shu   singari   o‘z   davri   uchun   muhim   voqea   bo‘lgan   badiiy
g‘oyasi yuksak asarlarni alohida qayd etmoq  lozim bo‘ladi. Adabiyotlar:
1. Axmedov M.Q «O'rta Osiyo me'morchilik tarixi» T. 1995. 
2.   Бердимуродов А Гури Амир макбараси  C -1996  .
3 .   Ғаффоров Ш.С., Юнусов М.А.,Саидов М.М.,Шарипов С.И. Ўзбекистон 
архитектура  ёдгорликлари тарихи.Самарқанд.2008.
4.   Бердимуродов А Гури Амир макбараси C-1996   й.  
1. Kattayev  К . Go'ri Amir maqbarasi. Meros gazetasi, 1992-yil fevral
2. Kattayev K. Nefrit toshi qayta tiklandi. Zarafshon gazetasi, maxsus son 1996-
yil 25-oktabr
3. Katteyev K. Go'ri Amir maqbarasi qabr toshlari. Samarqand gazetasi, 1992-
yil 5-son
4. Клавихо   Руи   Гонзалес.   Дневник   путишествие   в   Самарканд   по   двору
Тимура (1403-1406). М.,1970.
5. Маньковская   Л.   Ю.   Архитектурные   памятники   Кашкадарьи.   Т.,
«Узбекистан», 1979.
6. Маньковская   Л.   Ю.   Неизвестные   памятники   Х X —Х I Х   вв.   в
Кашкадарьинской   области.   «Строительство   и   архитектура
Узбекистана», 1969,№ П.

Sovet tarixiy-madaniy-merosga munosobat Reja: 1. Tarixiy-madaniy yodgorliklarning ahvoli. 2. Dinga bo’lgan munosabat. 3. Madaniy-ma’rifiy muassasalarning holati. 4. Mafkuraviy vaziyat.

XX-asrning 20–30-yillarida madaniy-ma’rifiy soha ham o‘ziga xos murakkablik va qiyinchilik bilan kechdi. 20-yillar boshlariga kelib O`zbekiston hududida madaniy qurilishning eng dolzarb vazifalaridan sanalgan sovet ta’lim tizimini shakllantirish ishlari faol boshlab yuborildi. Sovetlar O`zbekistonda yangi ta’lim tizimini yaratishga yo‘l tutar ekan, bundan ko‘zlagan asosiy maqsadlari o‘lkada xalq ta’limi bo‘g‘inlarini ravnaq to’tirish, yal’isiga xalq savodxonligiga erishish, ilm-ma’rifat chashmalaridan hammani to‘la bahramand etish emas, balki eng avvalo, yurt farzandlari ongiga, shuuriga kommunistik g‘oyalar va ideallarni chuqur singdirish va shu yo‘l bilan o‘zlariga quloq qoqmay xizmat qiladigan “mo‘min-qobil” avlodni tarbiyalab voyaga yetkazish edi. Sovetlar avval boshda o‘lkadagi murakkab vaziyatni, mahalliy xalq kayfiyati va ruhiyatini, uning o‘ziga xos milliy an’analari, islomiy qadriyatlarini bir qadar hisobga olib, bu yerda eski va jadid usulidagi maktablar yoki madrasalarning ham bir vaqtning o‘zida faoliyat yuritishiga monelik ko‘rsatmadi. Lekin sovet arboblari va mafkurachilari o‘lka hayotiga moslashib, biroz tomir yozib olgach, 20-yillar o‘rtalaridan e’tiboran o‘zbek xalqi madaniy hayotining ko‘‘ zamonlar uzviy tarkibiy qismi bo‘lib kelgan eski maktab va madrasa ta’lim- tarbiya tizimini barham to’tirdi. Uning ko‘‘ sonli ziyoli vakillari, mullalariyu mudarrislari faoliyati to‘xtatib qo‘yildi. Ularning taqdir-qismati hayotning og‘ir sinovlariga duchor etildi. 1920-yil 17-sentabrda Turkiston ASSR hukumati o‘lkada 8 yoshdan 40 yoshgacha bo‘lgan kishilarni o‘qitish va savodxon qilish to‘g‘risida dekret qabul qildi. Res’ublikaning turli hududlarida son-sanoqsiz savodsizlikni tugatish kurslari tashkil etilib faoliyat ko‘rsatdi. Ularga turli yoshdagi kishilar, erkaklar va ayollar jalb qilinib, o‘z savodlarini chiqardilar. Jumladan, 1928–1932-yillarda O`zbekistonda jami 700 ming nafar kishi savodsizlik kurslarini tugatgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 1933 –1937-yillarda 1,4 mln. kishini tashkil qildi

Respublikada boshlang‘ich ta’lim tizimining joriy etilishi, keyinroq 7 yillik ta’limga o‘tilishi ham xalq ta’limi sohasidagi muhim o‘zgarishlardan biri bo‘ldi. Maktab qurilishi, uning malakali o‘qituvchi kadrlar bilan ta’minlanishi, o‘quvchilar soni yil sayin o‘sib bordi. Agar 1924/25 o‘quv yilida O`zbekistonda 160 ta sovet ti’idagi maktablar tashkil etilib, ularda 17209 nafar o‘quvchi ta’lim olgan bo‘lsa, 1941-yilga kelib bunday maktablar soni 5504 taga va ularda ta’lim olayotgan o‘quvchilar soni esa 1 mln. 315 ming nafarga yetgan. 1928/29 o‘quv yilida res’ublikamizda o‘qituvchilar soni 5,5 ming kishiga teng bo‘lgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 1941- yilda 42 ming kishini tashkil etdi. Sovet hukumati ta’lim tizimini, yangi avlod tarbiyasini to‘liq ravishda o‘z izmiga bo‘ysundirish maqsadida arab alfavitiga asoslangan eski o‘zbek yozuvini ham tubdan isloh qilishga kirishdi. Shu maqsadda 1929-yilda arab imlosi asosidagi o‘zbek yozuvi tugatilib, undan lotin grafikasiga o‘tildi. Bundan ko‘‘ vaqt o‘tar-o‘tmasdan, 1940-yilga kelib sovetlarning birdan-bir yagona orzusi bo‘lgan kirillitsa – rus alfaviti negiziga qurilgan yozuvga o‘tildi. Birgina o‘zbek yozuvini o‘zgartirish borasida qo‘llanilgan bunday xatti-harakatlar res’ublika xalq ta’limining keyingi taqdiri, istiqboli uchun salbiy oqibatlarni keltirib chiqardi. Eng achinarlisi, buning natijasida necha asrlar davomida xalq dahosi, buyuk bobokalonlarimiz aql-zakovati tomonidan yaratilgan bebaho ma’naviy manbalar, asarlar, risolalarni o‘rganish mushkul muammoga aylanib qoldi. Negaki, ular arab yozuvida bitilgan edi. Bu sohaning jilovi to‘liq holda Markaz mutasaddilari qo‘liga o‘tdi. Endilikda milliy res’ublikalardagi ta’lim jarayoni Moskvadan tayyorlab yuboriladigan dasturlar, darsliklaru o‘quv qo‘llanmalari asosida olib boriladigan bo‘ldi. Bu esa xalq ta’limining milliy mazmuni, xarakteriga salbiy ta’sir ko‘rsatib bordi. Shuningdek, 30-yillarga kelib res’ublikaning maktab ta’limiga mafkuraviy tazyiq o‘tkazish, muallimlar tarkibini

“tozalash”, ular safidan “nobo’, yot unsurlar”ni qidirib to’ishga urinish hollari atayin kuchaytirildi. Masalan, VK’(b) MQ O`rta Osiyo byurosining 1933-yil 27-martda qabul qilgan o‘qituvchilar safini tozalash to‘g‘risidagi qarori aynan shu yovuz maqsadga qaratilgan edi. Bu qarorga asoslanib ish yuritgan sovet “bilag‘onlari” bu davrda ko‘‘lab bilimli, ma’rifatli, sof vijdonli milliy ziyolilarimizni ishdan bo‘shatdi, qatag‘on qildi. Ular tomonidan tayyorlanib nashr etilgan milliy ruhdagi ko‘‘lab o‘quv adabiyotlari ham ayni shu yillarda taqiqlab qo‘yildi. Yana shuni aytish joizki, shu davrda ommaviy tarzda “sovet ta’limi”ni olib, turli maktab va savodsizlik kurslarini bitirib, zo‘rg‘a savodini chiqarib endigina hayotga qadam qo‘yganlar “ishonchli shaxslar” sifatida to’ilib, mafkuraviy saralash asosida o‘z vazifalaridan chetlatilgan tajribali, bilimdon, ‘rofessional ziyolilar o‘rnini egallab borganlar. Xullas, sovetlar O`zbekistonda o‘z ta’lim siyosatini yuritar ekanlar, bunda birinchi navbatda uning sinfiy mohiyatiga e’tibor berdilar. Binobarin, ular rahnamoligida shakllantirilib, rivojlantirib borilgan xalq ta`lim tizimi va uning barcha bo‘g‘inu yo‘nalishlari ham shu ruh va mazmun bilan sug‘orilgan edi Sovetlarning xalq ta`limi sohasida yuritgan siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biri, bu oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimini shakllantirish hamda rivojlantirish edi. Har qanday tuzumda bo‘lgani singari, sovet hokimiyati ham yangi tuzum g‘oyalari va ideallari ruhida tarbiyalangan, unga sadoqat bilan xizmat qiladigan ko‘‘lab yuqori malakali, o‘qimishli, ziyoli kadrlarga o‘tkir ehtiyoj sezardi. Sovet hokimiyati O`zbekistondek chekka o‘lkada oliy ta’limni tashkil etish, unga mahalliy yoshlarni jalb qilish orqali yerli xalq ishonchini qozonishga, u bilan yaqindan aloqa bog‘lashga umid qilar edi. Markaz amri bilan 1920-yil sentabrida Toshkentda tashkil etilgan Turkiston Davlat universiteti shu maqsadga yo‘naltirilgan edi. Keyinchalik O`rta Osiyo

universiteti maqomini olgan bu oliygoh o‘lkada oliy ta’limni rivojlantirish, yuqori mutaxassis kadrlar tayyorlash o‘chog‘i bo‘ldi. Keyinroq 30-yillar boshlariga kelib bu bosh oliy o‘quv yurti negizida res’ublikamizda juda ko‘‘lab turli xil yo‘nalishlardagi institutlar tashkil etildi va faoliyat ko‘rsata boshladi. O`rta Osiyo ‘olitexnika (hozirgi Texnika universiteti), Moliyaiqtisod, To‘qimachilik Tibbiyot, Qishloq xo‘jalik institutlari, Samarqand Davlat universiteti va boshqalar shular jumlasidandir. Shuningdek, bu davrda yuqori malakali ‘edagogik kadrlarga talab muttasil o‘sib borganligidan Buxoro, Samarqand, Toshkent, Nukus, Xiva, Urganch, Farg‘ona va Namangan singari shaharlarda ‘edagogika va o‘qituvchilar tayyorlash institutlari tashkil etildi. 1932-yilga kelib res’ublikadagi jami oliy o‘quv yurtlari soni 31 taga yetdi. Ularda ta’lim olayotgan talabalar soni 12,2 ming nafarni tashkil etardi. 1941-yilga kelganda oliy o‘quv yurtlari talabalari soni 18 mingtaga yetdi. Ayni payitda mahalliy aholi yoshlari orasidan maxsus tanlab olinib, ‘artiya, sovet va xo‘jalik organlarida ishlash, sotsialistik qurilish jabhalarida aktiv faoliyat ko‘rsatishga da’vat etilgan rahbariy kadrlar tayyorlashga ham alohida e’tibor qaratildi. Negaki, hukmron ‘artiyaning “oltin fondi” hisoblangan bunday kadrlarni ko‘‘lab tarbiyalab voyaga yetkazish O`zbekistonda sovetlar siyosatini to‘laqonli o‘tkazishda muhim kafolat bo‘lib xizmat qilardi. Shu maqsadlarni ko‘zda tutib 1923-yilda Turkiston kommunistik universiteti ochildi. Unda o‘lkaning bo‘lg‘usi sovet kadrlari “markscha-lenincha” ta’limot negizlarini qunt bilan egallab bordilar. Moskvadagi Sharq mehnatkashlari kommunistik universitetida 1923-yida 77 nafar turkistonlik yoshlar ta’lim oldi. Ulardan o‘zbeklar 34, turkmanlar 24, qozoq-qirg‘izlar 29 kishini tashkil etardi. O`zbekistonning bu davrdagi ta’lim tizimida o‘rta maxsus ta’lim o‘quv yurtlari faoliyati ham alohida o‘rin egallaydi. Res’ublikaning ijtimoiy- iqtisodiy va madaniy taraqqiyoti ko‘‘ jihatdan maxsus bilim, tajriba va