logo

Ta’limning milliy modeli shakllanishi, rivojlanishi va sohadakgi o’rni.

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

26.060546875 KB
Mavzu:Ta’limning milliy modeli shakllanishi, rivojlanishi va sohadakgi o’rni.
Reja
Kirish
1.Ta’limning milliy modeli maqsad va vazifalari
2. Ta’limning milliy modeli shakllanishi
3.«Talim to’g’risida»gi Qonun/
Foydalanilgan adabiyotlar. Kirish
Kadrlar   tayyorlash   tizimining   demokratik   o’zgarishlar   va   bozor   islohotlari
talablariga   muvofiq   emasligi,   o’quv   jarayonining   moddiy-texnika   va   axborot
bazasi  yetarli  emasligi,  yuqori  malakali  pedagog kadrlarning yetishmasligi,  sifatli
o’quv-uslubiy   va   ilmiy   adabiyot   hamda   didaktik   materiallarning   kamligi,   ta'lim
tizimi, fan va ishlab chiqarish o’rtasida puxta o’zaro hamkorlik va o’zaro foydali
integratsiyaning   yo’qligi   kadrlar   tayyorlashning   mavjud   tizimidagi   jiddiy
kamchiliklar   sirasiga   kiradi.   Ta'lim   -tarbiya   va   o’quv   jarayonlarining   tarkibini,
bosqichlarini   bir-biri   bilan   uzviy   bog'lash,   ya'ni   uzluksiz   ta'lim-tarbiya   tizimini
tashkil   qilish   muammolari   hal   qilingan   emas.   Amaldagi   ta'lim   tizimi   zamonaviy,
taraqqiy   topgan   demokratik   davlatlar   talablariga   javob   bera   olmayotir.
Mutaxassislar   tayyorlash,   ta'lim-tarbiya   tizimi   jamiyatda   bo’layotgan   islohot,
yangilanish jarayonlari talablari bilan bog'lanmagan. Maktabgacha ta'lim va tarbiya
ahvoli   qoniqarsizligicha   qolmoqda.   Bog'cha   yoshidagi   bolalarning   25   foizigina
maktabgacha  tarbiya muassasalariga  qamrab  olingan, xolos.  Maktabgacha   bolalar
muassasalaridan   va   oiladan   maktabga   kelgan   bolalarning   tayyorgarlik   darajasi
o’rtasida   sezilarli   tafovut   mavjud.   Maktablarda   va   boshqa   o’quv   yurtlarida   ta'lim
jarayonining   o’zidagi   va   o’qitish   uslubiyatidagi   har   xil   kamchiliklar   oqibatida
bilim   berishda   yuzaga   kelgan   nodemokratik   hamda   jamiyat   uchun   zararli   muhit
shunga olib keldiki o’quvchilarda mustaqil fikrlash rivojlanmay qolayapti, oqilona
hayotiy   yechimlar   qabul   qilish   uchun   yetarli   tayyorgarlik   yo’q.   9-11   sinflarni
tamomlagan   yoshlar   mustaqil   hayotda   o’z   o’rnini   aniqlay   olmaydi.   Ularda
o’zlariga   ishonch   shakllangan   emas.   O’rta   maktab   bitiruvchilarining   10   foizigina
oliy o’quv yurtlariga o’qishga kirmoqda, xolos.
Majburiy to’qqiz yillik ta'limga asoslangan o’n bir yillik umumiy o’rta ta'lim
ilmiy   asoslanmagandir,   u   o’quvchilarda   kasbga   yo’naltirish   va   ta'limning   amaliy
yo’nalganligi   yetarli   darajada   bo’lishi   hamda   mustaqil   fikr   yuritish,   mehnat
faoliyati   ko’nikmalari   shakllanishini   ta'minlamayapti.   Har   yili   tayanch
maktablarning   100   ming   nafarga   yaqin   bitiruvchisi   ishlab   chiqarish   sohasida hamda   kasb-hunar   ta'limini   davom   ettirish   uchun   talab   etilmay   qoldirilmoqda.
Ta'lim   tizimidagi   mavjud   umumta'lim   va   kasb-hunar   dasturlari   o’rtasida   uzviylik
va   vorislikning   yo’qligi   sababli   tayanch   va   o’rta   maktab   bitiruvchilarida   kasbga
yo’naltirilganlik va mehnat faoliyati ko’nikmalari shakllanmay qolayapti. Natijada
yigit va qizlar o’z qobiliyatlari, istaklari, ijodiy va mehnat moyilliklariga monand
hayot   yo’lini   belgilab   olishda   jiddiy   qiyinchiliklar   sezmoqdalar.   o’quv   jarayoni
bilim   darajasi   o’rtacha   bo’lgan   o’quvchilarga   mo’ljallangan   bo’lib,   ta'limning
iqtidorli   yoshlar   bilan   yakka   tartibdagi   o’quv   dasturlari   bo’yicha   ishlash   kabi
mexanizmlaridan   yaxshi   foydalanilmayapti.   O’quv   dasturlari   mafkuraviy
sarqitlardan   to’liq   xoli   bo’lganicha   yo’q,   ularda   ta'lim   va   kadrlar   tayyorlash
tizimini   jamiyatda   amalga   oshirilayotgan   yangilanish,   rivojlangan   demokratik
huquqiy davlat qurilishi jarayonlariga moslash:
Kadrlar   tayyorlash   tizimi   muassasalarini   yuqori   malakali   mutaxassislar   bilan
ta'minlash, pedagogik faoliyatning nufuzi va ijtimoiy maqomini ko’tarish; kadrlar
tayyorlash   tizimi   va   mazmunini   mamlakatning   ijtimoiy   va   iqtisodiy   taraqqiyoti
istiqbollaridan, jamiyat ehtiyojlaridan, fan, madaniyat, texnika va texnologiyaning
zamonaviy   yutuqlaridan   kelib   chiqqan   holda   qayta   qurish;   ta'lim   oluvchilarni
ma'naviy   ahloqiy   tarbiyalashning   va   ma'rifiy   ishlarning   samarali   shakllari   hamda
uslublarini   ishlab   chiqish   va   joriy   etish;   ta'lim   va   kadrlar   tayyorlash,   ta'lim
muassasalarini   attestatsiyadan   o’tkazish   va   akrreditasiya   qilish   sifatiga   baho
berishning   xolis   tizimini   joriy   qilish;   yangi   ijtimoiy-iqtisodiy   sharoitlarda
ta'limning   talab   qilinadigan   darajasi   va   sifatini,   kadrlar   tayyorlash   tizimining
amalda faoliyat ko’rsatishi va barqaror rivojlanishining kafolatlarini, ustuvorligini
ta'minlovchi normativ, moddiy-texnika va axborot bazasini
yaratish;   ta'lim,   fan   va   ishlab   chiqarish   samarali   integratsiyalashuvini   ta'minlash,
tayyorlanayotgan   kadrlarning   miqdori   va   sifatiga   nisbatan   davlatning   talablarini,
shuningdek   nodavlat   tuzilmalari,   korxonalar   va   tashkilotlarning   buyurtmalarini
shakllantirishning   mexanizmlarini   ishlab   chiqish;   uzluksiz   ta'lim   va   kadrlar
tayyorlash   tizimiga   byudjetdan   tashqari   mablag'lar,   shu   jumladan   chet   el investisiyalari jalb etishning real mexanizmlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy
etish;   kadrlar   tayyorlash   sohasida   o’zaro   manfaatli   xalqaro   hamkorlikni
rivojlantirish.
Dasturni   ro'yobga   chiqarish   bosqichlari   Milliy   dasturning   maqsad   va
vazifalari   bosqichma-bosqich   ro'yobga   chiqariladi.   Birinchi   bosqich   (1997-2001
yillar)   mavjud   kadrlar   tayyorlash   tizimining   ijobiy   salohiyatini   saqlab   qolish
asosida   ushbu   tizimni   isloh   qilish   va   rivojlantirish   uchun   huquqiy,   kadrlar
jihatidan,   ilmiy-uslubiy,   moliyaviy-moddiy   shartsharoitlar   yaratish.Ushbu
bosqichda quyidagilarni amalga oshirish zarur:
"Ta'lim   to'g'risida"gi   qonunga   muvofiqta'lim   tizimi   mazmunini   tarkibiy
qayta qurish va tubdan yangilash;
Pedagog   va   ilmiy-pedagog   kadrlar   tayyorlash   hamda   ularning   malakasini
oshirishni zamon talablariga javob beradigan darajada tashkil etish;
Ta'lim   oluvchilarning   yuksak   tayyorgarlilik   darajasi,   malakasi,   madaniy   va
ma'naviy-ahloqiy   saviyasining   sifatiga   nisbatan   qo'yiladigan   zarur   talablarni
belgilab beruvchi davlat ta'lim standartlarini yaratish va joriy etish;
O'quv-uslubiy   majmualarning   hamda   ta'lim   jarayoni   didaktik   va   axborot
ta'minotining yangi avlodini ishlab chiqish va joriy etish;
O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi uchun zarur moddiy-texnika, o'quv-uslubiy
va kadrlar bazasini tayyorlash;
Ta'lim va kadrlar tayyorlashga byudjetdan tashqari mablag'lar jalb etishning
mexanizmlarini   takomillashtirish,   davlat   ta'lim   muassasalari   bilan   bir   qatorda
nodavlat   ta'lim   muassasalarini   rivojlantirishni   ham   nazarda   tutgan   holda   ta'lim
xizmati o'rsatish sohasida raqobatga asoslangan muhitni vujudga keltirish;
Ta'lim   muassasalari   faoliyatiga   baho   berishning   reyting   tizimini,   kadrlar
tayyorlash   sifati   va   ularga   bo'lgan   ehtiyojning   monitoringini   olib   borish   tizimini
ishlab chiqish va joriy etish; Xalqaro   aloqalarni   kengaytirish   va   kuchaytirish,   kadrlar   tayyorlashda
xalqaro   donorlik   tashkilotlari   va   fondlari   faoliyatiga   tegishli   sharoitlar   yaratish,
shuningdek   respublika   ta'lim   sohasiga   chet   el   investisiyalarini   jalb   etish   bo'yicha
real chora-tadbirlar ishlab chiqish va ularni amalga oshirish;
Kadrlar tayyorlash milliy dasturini ro'yobga chiqarishning monitoringini olib
borish.   Ushbu   bosqichda   bolalarni   olti-etti   yoshdan   maktabga   qabul   qilish,
ularning jismoniy va aqliy jihatdan rivojlanganligini e'tiborga olgan holda amalga
oshiriladi.   Taqozo   etilayotgan   o'quvchi   o'rinlari   zarur   moddiy-texnika   shart-
sharoitlari va pedagog kadrlar bilan ta'minlangan holda izchil tayyorlanadi.
Birinchi bosqich bajarilishining monitoringi asosida Milliy dasturni ro'yobga
chiqarish yo'nalishlariga niqliklar kiritiladi.
Ikkinchi bosqich (2001-2005 yillar) Milliy dasturni to'liq ro'yobga chiqarish,
mehnat bozorining rivojlanishi va real ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarni hisobga olgan
holda unga aniqliklar  kiritish.Majburiy umumiy o'rta va o'rta maxsus,  kasb-hunar
ta'limiga,   shuningdek   o'quvchilarning   qobiliyatlari   va   imkoniyatlariga   qarab,
tabaqalashtirilgan   ta'limga   o'tish   to'liq   amalga   oshiriladi.Ta'lim   muassasalarini
maxsus   tayyorlangan   malakali   pedagog   kadrlar   bilan   to'ldirish   ta'minlanadi,
ularning   faoliyatida   raqobatga   asoslangan   muhit   vujudga   keltiriladi.Ta'lim
muassasalarining   moddiy-texnika   va   axborot   bazasini   mustahkamlash   davom
ettiriladi, o'quvtarbiya jarayoni yuqori sifatli o'quv adabiyotlari va ilg'or pedagogik
texnologiyalar   bilan   ta'mi   nlanadi.   Uzluksiz   ta'lim   tizimini   axborotlashtirish
amalga   shiriladi.Ta'lim   xizmat   ko'rsatish   bozorini   shakllantirish   mexanizmlari
to'liqishga solinadi.
Uchinchi   bosqich   (2005   va   undan   keyingi   yillar)   to'plangan   tajribani   tahlil
etish   va   umumlashtirish   asosida,   mamlakatni   ijtimoiy-iqtisodiy   rivojlantirish
istiqbollariga   muvofiqkadrlar   tayyorlash   tizimini   takomillashtirish   va   yanada
rivojlantirish. Ta'lim   muassasalarining   resurs,   kadrlar   va   axborot   bazalari   yanada
mustahkamlanadi,   o'quv-tarbiya   jarayoni   yangi   o'quv-uslubiy   majmualar,   ilg'or
pedagogik   texnologiyalar   bilan   to'liqta'minlanadi.Milliy   (elita)   oliy   ta'lim
muassasalarini   qaror   toptirish   va   rivojlantirish   amalga   oshiriladi.   Kasb-hunar
ta'limi   muassasalarining   mustaqil   faoliyat   yuritishi   va   o'zini   o'zi   boshqarishi
shakllari   mustahkamlanadi.Ta'lim   jarayonini   axborotlashtirish,   uzluksiz   ta'lim
tizimi jahon axborot tarmog'iga ulanadigan kompyuter
axborot tarmog'i bilan to'liq qamrab olinadi.
Kadrlar tayyorlashning milliy modeli
Kadrlar tayyorlash milliy modelining asosiy tarkibiy qismlari quyidagilardan
iboratdir:   shaxs   -   kadrlar   tayyorlash   tizimining   bosh   sub'ekti   va   ob'ekti,   ta'lim
sohasidagi   xizmatlarning   iste'molchisi   va   ularni   amalga   oshiruvchi;   davlat   va
jamiyat   -   ta'lim   va   kadrlar   tayyorlash   tizimining   faoliyatini   tartibga   solish   va
nazorat   qilishni   amalga   oshiruvchi   kadrlar   tayyorlash   va   ularni   qabul   qilib
olishning kafillari; uzluksiz ta'lim malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning
asosi   bo’lib,   ta'limning   barcha   turlarini,   davlat   ta'lim   standartlarini,   kadrlar
tayyorlash   tizimi   tuzilmasi   va  uning   faoliyat   ko’rsatish   muhitini   o’z   ichiga   oladi;
fan   yuqori   malakali   mutaxassislar   tayyorlovchi   va   ulardan   foydalanuvchi,   ilg'or
pedagogik   va   axborot   texnologiyalarini   ishlab   chiquvchi;   ishlab   chiqarish
kadrlarga  bo’lgan  ehtiyojni, shuningdek  ularning  tayyorgarlik sifati   va saviyasiga
nisbatan qo’yiladigan talablarni belgilovchi asosiy buyurtmachi, kadrlar tayyorlash
tizimini   moliya   va   moddiy-texnika   jihatidan   ta'minlash   jarayonining
qatnashchisi.Davlat  va jamiyat  uzluksiz  ta'lim  va kadrlar tayyorlash  tizimi barcha
uchun   ochiqbo’lishini   va   hayot   o’zgarishlariga   moslashuvchanligini   ta'minlaydi.
O'zbekiston   Respublikasi   tomonidan   inson   huquqlari,   ta'lim,   bola   huquqi
sohasidagi   shartnomalar   va   konvensiyalarning   bajarilishi,   kadrlar   tayyorlash
sohasida jahon ilg'or tajribasini hisobga olish uzluksiz ta'lim va kadrlar tayyorlash
tizimining barcha jihatlariga daxldor bo’lib, uning rivojlanishi omillaridan biridir. O’zbekiston   Respublikasi   Oliy   majlisi   9   sessiyasi   (1997   yil   29   avgust)da
ta'lim-tarbiya   tizimini   tubdan   isloh   qilish   va   uni   yangi   zamon   talabi   darajasiga
ko’tarishni nazarda tutuvchi muhim davlat hujjatlari «Ta'lim to’g’risida»gi Qonun
va   Kadrlar   tayyorlash   milliy   dasturi   qabul   qilindi.   Shu   munosabat   bilan
yurtboshimiz   «Barkamol   avlod-   O’zbekiston   taraqqiyotining   poydevori»
mavzusida   nutq   so’zlab,   ta'lim-tarbiya   tizimida   islohatlar   o’tkazish   zarurati   va
omillarini asoslab berdilar.
“Ta'lim   to’g’risidagi”   ushbu   qonun   5   bo’lim,   34   moddadan   iborat   bo’lib,
uning maqsadi fuqarolarga ta'lim, tarbiya berish, kasb-hunar o’rgatishning huquqiy
asoslarini   belgilash   hamda   har   kimning   bilim   olish   mumkinligi   kabi
konstitutsiyaviy huquqini ta'minlashdan iboratdir.
1-bo’lim «Umumiy qoidalar» deb nomlanadi. Unda ta'lim sog’asidagi davlat
siyosatining asosiy printsiplari, bilim olish, pedagogik faoliyat bilan shug’ullanish
xuquqlari,   ta'lim   muassasasining   xuquqiy   maqomi,   DTS,   ta'lim   berish   tili   kabi
masalalar o’z ifodasini topgan.
2- bo’limda ta'lim tizimi va turlari mohiyati yoritilgan. Masalan, 9 -moddada
ta'lim   tizimining   mohiyati   ifodalangan.   Qonunga   ko’ra   ta'lim   tizimimiz
quyidagilarni   o’z   ichiga   oladi:   Davlat   ta'lim   standartlariga   muvofiq   ta'lim
dasturlarini   amalga   oshiruvchi   davlat   va   nodavlat   ta'lim   muassasalarini;   ta'lim
tizimini rivojlanishini ta'minlash uchun zarur bo’lgan tadqiqot ishlarini bajaruvchi
ilmiy-pedagogik   muassasalarni;   ta'lim   sog’asidagi   davlat   boshqaruv   organlari,
shuningdek ularga qarashli korxona, muassasa va tashkilotlarni.
Qonunning   3-   bo’limida   ta'lim   jarayoni   qatnashchilarini   ijtimoiy   himoya
kilish, 4-bo’limida ta'lim tizimini boshqarish masalalari yoritilgan, 5- bo’limda esa
Yakuniy qoidalar ifodalab berilgan.
«Kadrlar   tayyorlash   milliy   dasturi»ning   maqsadi   –   ta’lim   sohasini   tubdan
isloh   qilish,   uni   o’tmishdan   qolgan   mafkuraviy   qarash   va   sarqitlardan   to’la   xalos
etish,   rivojlangan   demokratik   davlatlar   darajasida,   yuksak   ma’naviy   va   axloqiy talablarga   javob   beruvchi   yuqori   malakali   kadrlar   tayyorlash   Milliy   tizimini
yaratishdan iboratdir.
«Kadrlar   tayyorlash   milliy   dasturi»da   ilgari   surilgan   maqsadning   to’laqonli
ro’yobga   chiqarish   bir   qator   vazifalarning   ijobiy   hal   qilinishiini   nazarda   tutadi.
Dasturda bu boradagi vazifalarning quyidagilardan iboratligi ko’rsatiladi:
«Ta’lim   to’g’risida»gi   O’zbekiston   Respublikasi   Qonuniga   muvofiq   ta’lim
tizimini   isloh   qilish,   davlat   va   nodavlat   ta’lim   muassasalari   hamda   ta’lim   va
kadrlar tayyorlash sohasida, raqobat muhitini shakllantirish negizida ta’lim tizimini
yagona   o’quv,   ilmiy-ishlab   chiqarish   majmui   sifatida   izchil   rivojlantirishni
ta’minlash;
ta’lim   va   kadrlar   tayyorlash   tizimini   jamiyatda   amalga   oshirayotgan   demokratik
huquqiy davlat qurilishi jarayonlariga moslashtirish;
kadrlar   tayyorlash   tizimi   muassasalarini   yuqori   malakali   mutaxassislar   bilan
ta’minlash, pedagogik faoliyatining nufuzi va ijtimoiy maqomini ko’tarish;
kadrlar   tayyorlash   tizimi   va   mazmunini   mamlakatning   ijtimoiy   va   iqtisodiy
taraqqiyoti   istiqbollaridan,   jamiyat   ehtiyojlaridan,   fan,   madaniyat,   texnika   va
texnologiyaning zamonaviy yutuqlaridan kelib chiqqan holda qayta qurish;
ta’lim   oluvchilarni   ma’naviy   axloqiy   tarbiyalashning   va   ma’rifiy   ishlarning
samarali shakllari hamda uslublarini ishlab chiqish va joriy etish;
ta’lim   va   kadrlar   tayyorlash,   ta’lim   muassasalarini   attestatsiyadan   o’tkazish   va
akkreditatsiya qilish sifatiga baho berishning xolis tizimini joriy qilish;
yangi   ijtimoiy-iqtisodiy   sharoitlarda   ta’limning   talab   qilinadigan   darajasi   va
sifatini,   kadrlar   tayyorlash   tizimining   amalda   faoliyat   ko’rsatishi   va   barqaror
rivojlanishining kafolatlarini, ustuvorligini ta’minlovchi normativ, moddiy-texnika
va axborot bazasini yaratish;
ta’lim,   fan,   ishlab   chiqarish   samarali   integratsiyalashuvini   ta’minlash,
tayyorlanayotgan   kadrlarning   miqdori   va   sifatiga   nisbatan   davlatning   talablarini, shuningdek,   nodavlat   tuzilmalari,   korxonalar   va   tashkilotlarning   buyurtmalarini
shakllantirishning mexanizmlarini ishlab chiqish;
uzluksiz ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimiga byudjetdan tashqari mablag’lar, shu
jumladan, chet el investitsiyalari jalb etishning real mexanizmlarini ishlab chiqish
va amaliyotga joriy etish;
kadrlar tayyorlash sohasida o’zaro manfaatli xalqaro hamkorlikni rivojlantirish.
-o‘rta maxsus, kasb-hunar ta‘limi;
-oliy ta‘lim; 
-oliy o‘quv yurtidan keyingi ta‘lim;
-kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash;
-maktabdan tashqari ta‘lim.
Ozbekiston Respublikasida  talim tizimining bunday turlarining har bir bosqichida
katta  ishlar   amalga   oshirilmoqda.  Bunday   ishlarni   tarixan   qisqa   davr   uchun   misli
korilmagan rivojlanish sifatida baholash mumkin. 
Bunday   shiddatli   rivojlanish   bugungi   kun   uchun   yetarlidek   korinadi.   Lekin   ,   har
qanday   yangilik   boshqa   yangilikning   kirib   kelishiga   turtki   boladi.
Respublikamizda   kasb   –   hunar   kollejlari   va   akademik   litseylar   tizimini
shakllanganligi   ,   ularning   kadrlar   yetishtirib   berishdagi   orni   beqiyos,   hatto   chet
ellarda tan olindi. 
Bundan tashqari talim tizimida uzviylik va uzluksizlik masalalarini yuqori darajada
ko‘rib   chiqilishi   yo‘lga   qo‘yilgan   bo‘lib,   tarkibiy   qismlarining   funksiyalari   aniq
belgilangan   va   o‘z   oldiga   qo‘yilgan   vazifalarni   tizimli   bajarilishini   ta‘minlashni
talab   etmoqda.   Odatda,   davlat   talablarni   bajarilishini   statistik   tizim   orqali
baholanib boriladi. Bunday statistik qarash va baholash o‘zining qator ustunliklari
bilan   ajralib   tursada,   dinamik   tizimlarda   ro‘y   berishi   mumkin   bo‘lgan   ba‘zi
holatlarga e‘tibor bilan qarash imkonini beramaydi. Shu   bilan   birga,uzluksiz   ta‘lim   kasb-hunar   kollejlarida   amaliy   ko‘nikma   va
bilimlarni   berishda,   oliy   ta‘limning   sifati   ta‘minlanayotganini   inobatga   oladigan
bo‘lsak,   aynan   ushbu   kollejlarda   malakali   mutaxasislarni   tayyorlash   mumkin.   Bu
jarayonga   oliy   ta‘lim   muassasalari   mutaxasislik   fanlari   o‘qituvchilarini   jalb   etish
bilan   ikki   ta‘lim   turi   o‘rtasidagi   integratsiyani   jadallashtirish   mumkin.   Shu   bilan
birga,oliy   talimning   zamonaviy   xalqaro   standartlarga   javob   beradigan   ikki
bosqichli   tizimi   -   bakalavr   va   magistratura   yaratilishi   talim   tizimida   yuksak
malakali   kadrlar   yaratish   imkoniyatini   berdi.   Shu   bilan   birga   amaldagi   oliy
malakali   ilmiy   va   ilmiy   –pedagog   kadrlar   tayyorlash   va   attestatsiyadan   otkazish
tizimining  kadrlar   tayyorlash  milliy  dasturi   doirasida  amalga  oshirilayotgan  talim
tizimidagi   ozgarishlarning   mantiqiy   davomi   sifatida   tubdan   isloh   qilishning
obektiv zarurati bugungi kunda yaqqol namoyon bolmoqda. 
  Yetuk qadrlarni tayyorlashda oliy ta‘lim tizimining o‘rni beqiyos ahamiyatga ega
ekanligi   uzluksiz   ta‘limning   bu   bo‘g‘iniga   qaratilayotgan   e‘tibordan   ham   bilib
olishimiz   mumkin.   Buni   quyidagi   amalga   oshirilayotgan   chora-tadbirlar
miqiyosida ham ko‘rishimiz mumkin:
2011-2012 O‘quv yilidan boshlab barcha oliy ta‘lim muassasalari  bitiruvchilariga
qat‘iy talab qo‘yildi:
-birinchidan, ular zamonaviy kompyuter va axborot texnologiyalarini; 
-ikkinchidan,   xorijiy   tillar   ,   ayniqsa,   ingliz   tilini   mukammal   bilishi   kerak.   Bu
jihatdan   o‘quv   dasturlari   har   bir   ta‘lim   yo‘nalishining   o‘ziga   hosligidan   kelib
chiqqan holda qayta ko‘rib chiqilib takomillashtirilmoqda.
Ma‘lumki   xorijiy   tilni   bilish   allaqachon   davr   talabiga   aylanib   ulgurdi.
Prezidentimizning 2012yil  10-dekabrdagi  Chet  tillarini o‘rganish tizimini  yanada‖
takommilashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida  gi Qarori chet tillarini o‘rganishning	
‖
kompleks   tizimini   ya‘ni   uyg‘un   kamol   topgan   yuksak   ma‘rifatli,   zamonaviy
tomonidan   yuksak   fikrlaydigan   yosh   avlodni   shakillantirish   ,   O‘zbekistonning jahon   ahamiyatiga   integratsiyalashuviga   yo‘naltirilgan   tizimni   yanada
kuchaytirishni nazarda tutdi.
Oliy   ta‘lim   muassasalarining   moddiy   texnik   bazasini   modernizatsiya   qilish   va
mutaxasislar   tayyorlash   sifatini   tubdan   yaxshilash   bo‘yicha   2011-2016-   yillarga
mo‘ljallangan   dasturni   amalga   oshirish   uchun   277   mlrd   so‘mdan   ortiq   mablag‘
yo‘naltirish   ko‘zda   tutilganligi   diqqatga   O‘zbekiston   Respublikasi   ta‘lim   tizimida
olib   borilayotgan   keng   ko‘lamli   islohotlar   dunyoning   barcha   davlatlari
baholanmoqda.   Ko‘plab   xorijiy   davlatning   nufuzli   shaxslari   bizning   ta‘lim
tizimimiz to‘g‘risida ijobiy fikrlarni bildirishmoqda.
Xususan,   Dortmund   texnika   universiteti   professori   Gabriele   Mentges
ta`kidlaganidek,   Mamlakatingizda   iqtidorli   o‘qtuvchi   va   talabalarni   davlat
tomonidan   keng   miqiyosda   qo‘llab   quvvatlash   tizimi   samarali   yo‘lga   qo‘yilgan.
Imtiyozli   stipendiyalar   va   mukofotlar   joriy   etilgan,   ko‘rik   tanlovlarni   muntazam
o‘tkazish yaxshi an‘anaga aylangan.‖
Ayni   chog‘da   o‘zbekistonlik   yoshlar   xalqaro   olimpiyadalar,   san‘at   va   madaniyat
ko‘rgazmalarida   hamisha   yuqori   saviyada   qatnashib   kelmoqdalar.   Ularning
hammasi   mamlakat   raxbarining   ta‘lim-tarbiya   sohasiga   qaratayotgan   yuksak
e‘tibori,   bu   borada   amalga   oshirilayotgan   izchil   islohatlar   va   kompleks   chora
tadbirlar   samarasidir .Shunday   iliq   fikrlarni   Rene   Tollemer,   Xalqaro   tibbiyot	
‖
akademiyasi ekspermizasi a‘zosi, Tuluza universiteti professori (Fransiya) , Lyuza
Serdeyra,   universiteti   prorektori   (Portugaliya)   ,   Dayen   Adachi,   Vashington
universiteti   vitse-   prezidenti   yordamchisi   (AQSh).   Ushbu   iliq   fikrlarning
bildirilishi   bizning   ta‘lim   tizimimiz   Jahon   Hamjamiyati   tomonidan   tan
olinganligini   isbotlaydi.   Bundan   ko‘rinib   turibdiki   yurtimizda   buyuk
ajdodlarimizga   munosib   izdosh   bo‘lish   uchun   yoshlarimizga   barcha   shart-
sharoitlar   yaratib   berilmoqda.         Buning   uchun   ,   davlat   boshqaruvi   tomonidan   ,
zaruriy   ta‘lim   yo‘nalishlarini   va   ular   bo‘yicha   bilim   oladigan   mutaxasislarga
bo‘lgan   ehtiyojni   belgilash   yangi   o‘quv-uslubiy   asoslarni   yaratish   hamda   boshqa
tashkiliy ishlarni amalga oshirish lozim.      Shunday qilib ,  Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi  asosida mamlakatimiz ta‘lim‖ ‖
tizimining   imkoniyatlaridan   foydalanish   ,   uzluksiz   ta‘limni   yanada
takomillashtirish   asosida   malakali   mutaxassislarni   tayyorlash   bugungi   kunning
dolzarb masalalaridan biridir
2.2 Ta’limning inson rivojlanishiga ta’sir
Inson   rivojlanishining   asosiy   maqsadi   odamlarning   farovonligini   ta‘minlash,
sog‘lom va bunyodkorlik hayotidan yetarlicha bahra olish imkoniyatini beradigan
siyosiy,iqtisodiy,   ijtimoiy,   madaniy   hamda   ekologik   muhitni   yaratishdan
iborat.Inson   rivojlanishi   konsepstiyasida   ta‘lim   asosiy   tarkibiy   qismlardan   biri
hisoblanadi. Insoniyat sivilizatsiyasi davomida ta‘lim va ilm-fanni yuqori darajada
rivojlantirish   ijtimoiy,   texnik   hamda   iqtisodiy   taraqqiyotning   muhim   dvigatellari
hisoblangan.Statistik   ma‘lumotlar   kambag‘allik   muayyan   darajada   ta‘lim
darajasiga   ham   bog‘liq   ekanini   tasdiqlaydi.   Bu   bir   tomondan,   kam   rivojlangan
mamlakatlarning   o‘z   ta‘lim   sohasini   rivojlantirish   va   qo‘llab-quvvatlashi   uchun
moliyaviy resurslarining cheklanganligi
  bilan   izohlanadi.   Ikkinchi   tomondan,   mamlakatning   yuqori   darajali   ish
unumdorligini va pirovardida iqtisodiy rivojlanishning yuqori darajasini ta‘minlash
imkoniyati ham aynan
 ta‘lim darajasiga bog‘liqdir.Aholisi ancha savodli mamlakat ishlab chiqarishni
rivojlantirish, ish o‘rinlarini tashkil etish borasida nisbatan kengroq imkoniyatlarga
ega   bo‘ladi.   Bunday   mamlakatlarda   odatda   ishsizlik   va   ishga   layoqatli   aholining
ish izlabboshqa davlatlarga borish darajasi past.O‘qimishli odamning ma‘lumotsiz
odamga qaraganda ish topishi osonroq. Barcha mamlakatlarda ishsizlik darajasi har
doim ma‘lumoti past yoki yo‘q aholi orasida yuqoridir.
  Ta‘lim   aholining   salomatlik   darajasi   va   uning   kutilayotgan   umr   ko‘rish
davomiyligi, ya‘ni inson rivojlanishining yana bir muhim ko‘rsatkichi bilan bevosita bog‘liqdir.
O‘qimishli   aholi   o‘z   sog‘lig‘ini   asrab-avaylaydi,   profilaktika   choralarini   yaxshi
qo‘llaydi,   asosan   sog‘lom   turmush   tarziga   rioya   qilib   hayot   kechiradi,   kasallikni
o‘z vaqtida aniqlaydi, o‘ziga birinchi yordam ko‘rsatadi, malakali tibbiy yordamga
murojaat   qila   oladi.   Inson   rivojlanishining   asosiy   parametrlari   —   ta‘lim
ko‘rsatkichlari   va   aholi   jon   boshiga   yalpi   ichki   mahsulot   ulushini   ifoda   etuvchi
ko‘rsatkichlar   hajmi   taqqoslansa,   yuqorida   aytilgan   gaplar   o‘z   tasdig‘ini   topadi.
Ayrim   mamlakatlar   darajasida   ta‘lim   ko‘rsatkichining   ahamiyati   yalpi   ichki
mahsulot yuqori ko‘rsatkichiga har doim ham mos kelmasa, mamlakatlar aholi jon
boshiga   daromad   miqdori   bo‘yicha   jamlansa,   bunday   muvofiqlik   o‘z-o‘zidan
oydinlashadi. Ta‘lim darajasi ko‘rsatkichining oshishiga qarabyalpi ichki mahsulot
ko‘rsatkichi ham o‘sadi.
Ta‘limning insonning ma‘naviy va aqliy ehtiyojlarini qondirish, qobiliyatini
shakllantirishga   ta‘sirini   aniqlashda   uning   muhim   jihatlarini   bir-biri   bilan   bog‘liq
holdadavlat,   jamiyat   va   shaxs   nuqtai   nazaridan   ko‘rib   chiqish   mezoni   qabul
qilingan.
Shaxs darajasida — bu shaxsning o‘z iste‘dodini to‘liq namoyon etish, tabiat in‘om
etgan aqliy qobiliyatini rivojlantirish imkoniyatidir. Ayni paytda bu insonga ishda
o‘zini   namoyon   etish   imkonini   beradigan   umumiy   va   kasbiy   bilimni   egallashdir.
O‘qimishli kishining ma‘naviy olami nisbatan boy, hayoti faqat moddiy farovonlik
bilan cheklanib qolmaydi. Ta‘lim insonga o‘zining ma‘naviy ehtiyojlarini amalga
oshirish,   hayotini   to‘laqonli   va   mukammal   qilish   imkonini   beradi.   Davlat
darajasida — davlat mamlakat aqliy salohiyatini rivojlantirishdan manfaatdor
bo‘lishi darkor. ―Iqtisod fanlari ni keng joriy etishda zarur bilimga ega bo‘lish‖
mamlakat   iqtisodiyotini   rivojlantirish   va   uning   milliy   boyligini   to‘plashning
muhim
tarkibiy qismiga aylanadi. Aholining ma‘naviy boyligi mamlakatda huquqiy madaniyatni, shuningdek, xalqning ozod, demokratik, huquqiy davlatda yashash va
mehnat   qilish,   o‘z   huquq   va   erkinliklarini   anglash,ulardan   shaxs,   davlat   hamda
jamiyat manfaati yo‘lida foydalanish qobiliyatini uzviy hamda oson shakllantiradi.
Maktablar   oldiga   qo‘yilayotgan   talablardan   biri   –   yuqori   malakali,   sohasining
bilimdoni   bo‘lgan   o‘qituvchi-pedagoglar   bazasini   shakllantirish   bilan   birgalikda,
maktabda chet tilini xam o‘qitishdir. Bu kabi ixtisoslashgan maktablarning tashkil
etilayotgani   yoshlarni   vatanparvarlik   ruhida   tarbiyalashga   xizmat   qilishi   alohida
ta’kidlandi.
Yig‘ilishda   hududlar   imkoniyati   va   salohiyatini   o‘rgangan   holda   8-9   sinf
o‘quvchilarini   kasbga   yo‘naltirish   masalasi   ham   ko‘rib   chiqildi.   Bu   ta’limning
keyingi bosqichida o‘quvchilarning hunar  egallashida  yangi  imkoniyatlar eshigini
ochadi.   Endilikda   umumta’lim   maktablari   bitiruvchilarini   elikka   yaqin   kasbga
o‘rgatish   yo‘lga   qo‘yiladi.   Buning   uchun   kasb-hunar   kollejlari   va   umumta’lim
maktablari   negizida   zamonaviy   jihozlangan   o‘quv   ishlab   chiqarish   markazlari
tashkil   etilishi   rejalashtirilgan.   Shuningdek,   ba’zi   kasb-hunar   kollejlari   tegishli
vazirlik va idoralarga korxona va tashkilotlarga biriktiriladi.
O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   2017   yil   14   martdagi   “O‘rta   maxsus,
kasb-hunar   ta’limi   muassasalari   faoliyatini   yanada   takomillashtirish   chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bu borada muhim omil bo‘lmoqda.
Bu   kadrlar   tayyorlashda   mazkur   muassasalarning   ulushini   oshirish   va
kafolatlangan ish o‘rinlarini yaratish imkonini beradi.
Prezidentimiz   soha   rahbarlariga   bu  borada   joylarga   chiqib   qaysi   hududga  qanday
soha bo‘yicha mutaxassislar zarurligini o‘rganib chiqish vazifasini topshirdi.
Yig‘ilishda   ta’lim   muassasalari   bo‘yicha   amalga   oshirilishi   lozim   bo‘lgan   chora-
tadbirlar   muhokama   qilindi.   Oliy   ta’lim   muassasalarida   o‘quv   jarayonlarini
takomillashtirish,   yoshlarga   zamonaviy   talablar   asosida   ta’lim   berish   bugungi
kunning   asosiy   masalalaridan   biridir.   Bu   borada   oliy   ta’lim   muassasalariga bo‘ladigan   test   sinovlarining   ochiq   va   oshkoraligini   ta’minlash   muhim   ahamiyat
kasb etadi. Foydalanilgan adabiyotlar
1.   Barkamol avlod orzusi, T., 2000.
2.Узбекистон Республикаси “Кадр тайёрлаш миллий дастури” // Баркамол
авлод.-Узбекистон тараккиётининг пойдевори.-Т.: “Шарк” нашриёт-
матбаа концерни,1997.-Б.31-61
3. Каримов И.А. “Юксак маънавият енгилмас куч”. –Т.: маънавият,2008-
176 б.

Mavzu:Ta’limning milliy modeli shakllanishi, rivojlanishi va sohadakgi o’rni. Reja Kirish 1.Ta’limning milliy modeli maqsad va vazifalari 2. Ta’limning milliy modeli shakllanishi 3.«Talim to’g’risida»gi Qonun/ Foydalanilgan adabiyotlar.

Kirish Kadrlar tayyorlash tizimining demokratik o’zgarishlar va bozor islohotlari talablariga muvofiq emasligi, o’quv jarayonining moddiy-texnika va axborot bazasi yetarli emasligi, yuqori malakali pedagog kadrlarning yetishmasligi, sifatli o’quv-uslubiy va ilmiy adabiyot hamda didaktik materiallarning kamligi, ta'lim tizimi, fan va ishlab chiqarish o’rtasida puxta o’zaro hamkorlik va o’zaro foydali integratsiyaning yo’qligi kadrlar tayyorlashning mavjud tizimidagi jiddiy kamchiliklar sirasiga kiradi. Ta'lim -tarbiya va o’quv jarayonlarining tarkibini, bosqichlarini bir-biri bilan uzviy bog'lash, ya'ni uzluksiz ta'lim-tarbiya tizimini tashkil qilish muammolari hal qilingan emas. Amaldagi ta'lim tizimi zamonaviy, taraqqiy topgan demokratik davlatlar talablariga javob bera olmayotir. Mutaxassislar tayyorlash, ta'lim-tarbiya tizimi jamiyatda bo’layotgan islohot, yangilanish jarayonlari talablari bilan bog'lanmagan. Maktabgacha ta'lim va tarbiya ahvoli qoniqarsizligicha qolmoqda. Bog'cha yoshidagi bolalarning 25 foizigina maktabgacha tarbiya muassasalariga qamrab olingan, xolos. Maktabgacha bolalar muassasalaridan va oiladan maktabga kelgan bolalarning tayyorgarlik darajasi o’rtasida sezilarli tafovut mavjud. Maktablarda va boshqa o’quv yurtlarida ta'lim jarayonining o’zidagi va o’qitish uslubiyatidagi har xil kamchiliklar oqibatida bilim berishda yuzaga kelgan nodemokratik hamda jamiyat uchun zararli muhit shunga olib keldiki o’quvchilarda mustaqil fikrlash rivojlanmay qolayapti, oqilona hayotiy yechimlar qabul qilish uchun yetarli tayyorgarlik yo’q. 9-11 sinflarni tamomlagan yoshlar mustaqil hayotda o’z o’rnini aniqlay olmaydi. Ularda o’zlariga ishonch shakllangan emas. O’rta maktab bitiruvchilarining 10 foizigina oliy o’quv yurtlariga o’qishga kirmoqda, xolos. Majburiy to’qqiz yillik ta'limga asoslangan o’n bir yillik umumiy o’rta ta'lim ilmiy asoslanmagandir, u o’quvchilarda kasbga yo’naltirish va ta'limning amaliy yo’nalganligi yetarli darajada bo’lishi hamda mustaqil fikr yuritish, mehnat faoliyati ko’nikmalari shakllanishini ta'minlamayapti. Har yili tayanch maktablarning 100 ming nafarga yaqin bitiruvchisi ishlab chiqarish sohasida

hamda kasb-hunar ta'limini davom ettirish uchun talab etilmay qoldirilmoqda. Ta'lim tizimidagi mavjud umumta'lim va kasb-hunar dasturlari o’rtasida uzviylik va vorislikning yo’qligi sababli tayanch va o’rta maktab bitiruvchilarida kasbga yo’naltirilganlik va mehnat faoliyati ko’nikmalari shakllanmay qolayapti. Natijada yigit va qizlar o’z qobiliyatlari, istaklari, ijodiy va mehnat moyilliklariga monand hayot yo’lini belgilab olishda jiddiy qiyinchiliklar sezmoqdalar. o’quv jarayoni bilim darajasi o’rtacha bo’lgan o’quvchilarga mo’ljallangan bo’lib, ta'limning iqtidorli yoshlar bilan yakka tartibdagi o’quv dasturlari bo’yicha ishlash kabi mexanizmlaridan yaxshi foydalanilmayapti. O’quv dasturlari mafkuraviy sarqitlardan to’liq xoli bo’lganicha yo’q, ularda ta'lim va kadrlar tayyorlash tizimini jamiyatda amalga oshirilayotgan yangilanish, rivojlangan demokratik huquqiy davlat qurilishi jarayonlariga moslash: Kadrlar tayyorlash tizimi muassasalarini yuqori malakali mutaxassislar bilan ta'minlash, pedagogik faoliyatning nufuzi va ijtimoiy maqomini ko’tarish; kadrlar tayyorlash tizimi va mazmunini mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyoti istiqbollaridan, jamiyat ehtiyojlaridan, fan, madaniyat, texnika va texnologiyaning zamonaviy yutuqlaridan kelib chiqqan holda qayta qurish; ta'lim oluvchilarni ma'naviy ahloqiy tarbiyalashning va ma'rifiy ishlarning samarali shakllari hamda uslublarini ishlab chiqish va joriy etish; ta'lim va kadrlar tayyorlash, ta'lim muassasalarini attestatsiyadan o’tkazish va akrreditasiya qilish sifatiga baho berishning xolis tizimini joriy qilish; yangi ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarda ta'limning talab qilinadigan darajasi va sifatini, kadrlar tayyorlash tizimining amalda faoliyat ko’rsatishi va barqaror rivojlanishining kafolatlarini, ustuvorligini ta'minlovchi normativ, moddiy-texnika va axborot bazasini yaratish; ta'lim, fan va ishlab chiqarish samarali integratsiyalashuvini ta'minlash, tayyorlanayotgan kadrlarning miqdori va sifatiga nisbatan davlatning talablarini, shuningdek nodavlat tuzilmalari, korxonalar va tashkilotlarning buyurtmalarini shakllantirishning mexanizmlarini ishlab chiqish; uzluksiz ta'lim va kadrlar tayyorlash tizimiga byudjetdan tashqari mablag'lar, shu jumladan chet el

investisiyalari jalb etishning real mexanizmlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish; kadrlar tayyorlash sohasida o’zaro manfaatli xalqaro hamkorlikni rivojlantirish. Dasturni ro'yobga chiqarish bosqichlari Milliy dasturning maqsad va vazifalari bosqichma-bosqich ro'yobga chiqariladi. Birinchi bosqich (1997-2001 yillar) mavjud kadrlar tayyorlash tizimining ijobiy salohiyatini saqlab qolish asosida ushbu tizimni isloh qilish va rivojlantirish uchun huquqiy, kadrlar jihatidan, ilmiy-uslubiy, moliyaviy-moddiy shartsharoitlar yaratish.Ushbu bosqichda quyidagilarni amalga oshirish zarur: "Ta'lim to'g'risida"gi qonunga muvofiqta'lim tizimi mazmunini tarkibiy qayta qurish va tubdan yangilash; Pedagog va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash hamda ularning malakasini oshirishni zamon talablariga javob beradigan darajada tashkil etish; Ta'lim oluvchilarning yuksak tayyorgarlilik darajasi, malakasi, madaniy va ma'naviy-ahloqiy saviyasining sifatiga nisbatan qo'yiladigan zarur talablarni belgilab beruvchi davlat ta'lim standartlarini yaratish va joriy etish; O'quv-uslubiy majmualarning hamda ta'lim jarayoni didaktik va axborot ta'minotining yangi avlodini ishlab chiqish va joriy etish; O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi uchun zarur moddiy-texnika, o'quv-uslubiy va kadrlar bazasini tayyorlash; Ta'lim va kadrlar tayyorlashga byudjetdan tashqari mablag'lar jalb etishning mexanizmlarini takomillashtirish, davlat ta'lim muassasalari bilan bir qatorda nodavlat ta'lim muassasalarini rivojlantirishni ham nazarda tutgan holda ta'lim xizmati o'rsatish sohasida raqobatga asoslangan muhitni vujudga keltirish; Ta'lim muassasalari faoliyatiga baho berishning reyting tizimini, kadrlar tayyorlash sifati va ularga bo'lgan ehtiyojning monitoringini olib borish tizimini ishlab chiqish va joriy etish;

Xalqaro aloqalarni kengaytirish va kuchaytirish, kadrlar tayyorlashda xalqaro donorlik tashkilotlari va fondlari faoliyatiga tegishli sharoitlar yaratish, shuningdek respublika ta'lim sohasiga chet el investisiyalarini jalb etish bo'yicha real chora-tadbirlar ishlab chiqish va ularni amalga oshirish; Kadrlar tayyorlash milliy dasturini ro'yobga chiqarishning monitoringini olib borish. Ushbu bosqichda bolalarni olti-etti yoshdan maktabga qabul qilish, ularning jismoniy va aqliy jihatdan rivojlanganligini e'tiborga olgan holda amalga oshiriladi. Taqozo etilayotgan o'quvchi o'rinlari zarur moddiy-texnika shart- sharoitlari va pedagog kadrlar bilan ta'minlangan holda izchil tayyorlanadi. Birinchi bosqich bajarilishining monitoringi asosida Milliy dasturni ro'yobga chiqarish yo'nalishlariga niqliklar kiritiladi. Ikkinchi bosqich (2001-2005 yillar) Milliy dasturni to'liq ro'yobga chiqarish, mehnat bozorining rivojlanishi va real ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarni hisobga olgan holda unga aniqliklar kiritish.Majburiy umumiy o'rta va o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limiga, shuningdek o'quvchilarning qobiliyatlari va imkoniyatlariga qarab, tabaqalashtirilgan ta'limga o'tish to'liq amalga oshiriladi.Ta'lim muassasalarini maxsus tayyorlangan malakali pedagog kadrlar bilan to'ldirish ta'minlanadi, ularning faoliyatida raqobatga asoslangan muhit vujudga keltiriladi.Ta'lim muassasalarining moddiy-texnika va axborot bazasini mustahkamlash davom ettiriladi, o'quvtarbiya jarayoni yuqori sifatli o'quv adabiyotlari va ilg'or pedagogik texnologiyalar bilan ta'mi nlanadi. Uzluksiz ta'lim tizimini axborotlashtirish amalga shiriladi.Ta'lim xizmat ko'rsatish bozorini shakllantirish mexanizmlari to'liqishga solinadi. Uchinchi bosqich (2005 va undan keyingi yillar) to'plangan tajribani tahlil etish va umumlashtirish asosida, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish istiqbollariga muvofiqkadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish va yanada rivojlantirish.