logo

TANQIDIY VA KREATIV TAFAKKURNING MOHIYATI, ILMIY-NAZARIY TAVSIFI

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

51.1826171875 KB
TANQIDIY VA KREATIV TAFAKKURNING MOHIYATI, ILMIY-
NAZARIY TAVSIFI
REJA :
1. Tafakkur, tanqidiy va kreativ tafakkurning mohiyati . 
2. Tanqidiy  va kreativ tafakkurning  xususiyatlari. 
3. Tanqidiy  va kreativ tafakkurning   funksiyalari . 
4. O`quvchilarda  tanqidiy tafakkurni shakllantirishning  bosqichlari . 1. Tafakkur, tanqidiy va kreativ tafakkurning mohiyati .
Tafakkur inson aqliy faoliyatining yuksak shaklidir. Tafakkur orqali biz sezgi
a'zolarimiz bilan bevosita aks ettirib bo’lmaydigan narsa va hodisalarni ongimizda
aks ettiramiz. Umuman olganda tashqi muhitdagi narsa va hodisalar o’rtasida ko’z
bilan   ko’rib,   quloq   bilan   eshitib   bo’lmaydigan   ichki   munosabatlar   hamda
qonuniyatlar mavjud. Ana shu ichki bog’lanish hamda qonuniyatlarni biz tafakkur
orqali   bilib   olamiz.   Demak,   tafakkur   deb   narsa   va   hodisalar   o’rtasidagi   eng
muhim bog’lanishlar va munosabatlarning ongimizda aks ettirilishiga aytiladi.
Aynan tafakur orqali biz moddiy olamdagi narsa va hodisalarning mohiyatini
bilish   imkoniga   ega   bo’lamiz.   Shu   bois   dunyoni   bilishda   bevosita   sezish,   idrok,
tasavvur va bevosita tafakkur muhim rol o’ynaydi. 
Tafakkur tushunchasining mazmun mohiyati psixologiya darsliklarida olimlar
tomonidan   turlicha   talqin   qilinadi.   Jumladan,   umumiy   psixologiya   darsliklarida
tafakkurga   berilgan   ta'riflar   turlicha   bo’lib   uning   ikkita   yoki   uchta   muhim
xususiyati  ta'kidlab o’tiladi, xolos. Jumladan, P.I.Ivanovning darsligida "Tafakkur
insonning   shunday   aqliy   faoliyatidirki,   bu   faoliyat   voqelikni   eng   aniq,   to’liq,
chuqur   va   umumlashtirib   aks   ettirishga   (bilishga),   insonni   yana   ham   oqilona
amaliy   faoliyat   bilan   shug’ullanishiga   imkon   beradi"   deb   ta'riflanadi.   Ushbu
ta'rifda   tafakkurning   to’la,   aniq   va   umumlashtirilgan   holda   aks   ettirishi   ta'kidlab
o’tiladi,   xolos,   lekin   uning   xarakterli   xususiyatlari   bevosita   so’z   yordami   bilan
ifodalanishi muallifning diqqat markazidan chetda qolgan.
M.V.Gamezo   tomonidan "Tafakkur voqelikning umumlashgan holda va so’z
hamda   o’tmish   tajriba   vositalarida   aks   ettirilishi"   ekanligi   bayon   qiladi.   U
tafakkurning umumlashgan so’z vositasida va vositali atrof- muhit hodisalarini aks
ettira olishni ta'kidlaydi.
A.V.Petrovskiy   tahriri   ostidagi   darslikda   tafakkurga   quyidagicha   ta'rif
keltiriladi: "Tafakkur - ijtimoiy sababiy, nutq bilan chambarchas bog’liq muhim bir
yangilik qidirish va ochishdan iborat psixik jarayondir, boshqacha qilib aytganda,
tafakkur   voqelikni   analiz   va   sintez   qilish,   uni   bevosita   va   umumlashtirib   aks
ettirish jarayonidir". Tafakkur operasiyalari
Tafakkur   jarayoni   insonning   bilishga   bo’lgan   ehtiyojlari,   tevarak-atrofdagi
olam va turmush to’g’risidagi o’z bilimlarini kengaytirishga va chuqurlashtirishga
intilish sababli vujudga keladi. Fikr qiluvchi kishining tafakkuri-obyektni anglashi,
bilishi   tafakkur   jarayonining   xarakterli   xususiyatidir.   Odam   o’zi   idrok   qilayotgan
narsalar to’g’risida fikr qiladi. Shuning uchun tushunchalar narsalarning butun bir
sinfi,   turkumi   to’g’risida   fikr   qiladi,   ya'ni   bular   tafakkurning   obyekti   bo’ladi.   Bir
narsaga tayanmagan quruqdan quruq tafakkur bo’lishi mumkin emas.
Analiz,   sintez,   taqqoslash,   abstraksiyalash   va   umumlashtirish,   tasniflash   va
tizimga solish  aqliy operasiyalarning asosiy turlaridir. 
Analiz   - shunday bir tafakkur operasiyasidirki uning yordami bilan biz narsa
va   hodisalarni   fikran   yoki   amaliy   jihatdan   xususiyatlarini   tahlil   qilamiz.   Analiz
jarayonida   butunning   uning   qismlariga   va   elementlariga   bo’lgan   munosabati
aniqlanadi.   Tahlil   obyektlari   amalda   ajratib   bo’lmaydigan   elementlarga   yoki
belgilarga   bo’lishda   ifodalanishi   mumkin.   Allomalarimizning   ta'kidlashicha,
maymunning   yong’oqni   chaqishining   o’ziyoq   boshlang’ich,   oddiy   analizdir.
O’quvchi   va   o`quvchi   yoshlar   turmushda   va   va   dars   jarayonida   analiz   yordami
bilan   ko’pgina   ishlarni   amalga   oshiradilar,   topshiriqlar,   misol   va   masalalarni
yechadilar.   Demak,   tabiat   va   jamiyatdagi   bilim   va   tajribalarni   inson   tomonidan
o’zlashtirib   olish   analizdan   boshlanadi.   Masalan,   buni   quyidagi   sxemada   ko’rish
mumkin. Muammoli vaziyatlarni yechish usullari 
Dars   jarayoni   vaqtida   tafakkurning   analiz   qilish   faoliyati   katta   o’rin   tutadi.
Chunonchi,   savodga   o’rgatish   nutqni   tahlil   qilishdan,   gapni   so’zlarga,   so’zlarni
bo’g’inlarga, bo’g’inlarni tovushlarga ajratishdan boshlanadi. Matematik masalani
yechish tahlil qilishdan, dastlab bir qancha ma'lum sonlarni topishdan boshlanadi.
Agarda inson oldiga avtomashina motorining tuzilishini bilish vazifasi qo’yilsa, u
holda bu topshiriqni hal qilish u motorni ayrim qismlarga ajratib, har bir qismni o’z
navbatida alohida olib tekshirish lozim bo’ladi va hokazo.
Sintez   -   shunday   bir   tafakkur   operasiyasidirki,   biz   narsa   va   hodisalarning
analizda   bo’lingan,   ajratilgan   ayrim   qismlarini,   bo’laklarini   sintez   yordami   bilan fikran   va   amaliy   ravishda   birlashtirib,   butun   holiga   keltiramiz.   Sintez
elementlarning,   narsa   va   hodisalarning   qismlari   va   bo’laklarini   bir   butun   qilib
qo’shishdan   iborat   aqliy   faoliyat   ekanligi   ta'rifdan   ko’rinib   turibdi.   Analiz   aqliy
bo’lgani kabi sintez ham amaliy xarakter kasb etadi. Masalan, birinchi sinf bolasi
o’z   harf   xaltasidagi   keltirilgan   harflardan   foydalanib,   bo’g’in,   bo’g’inlardan   so’z,
so’zlardan gap, gaplardan qisqa axborot, undan esa hikoya tuzadi. 
Analiz va sintez o’zaro bevosita  mustahkam  bog’langan yagona jarayonning
ikki  tomonidir.  Agar  narsa  va  hodisalar   analiz qilinmagan  bo’lsa,   uni   sintez  qilib
bo’lmaydi, har qanday analiz predmetlarni narsalarni bir butun holda bilish asosida
amalga oshirilishi lozim.
Taqqoslash   -   shunday   bir   tafakkur   operasiyasidirki,   bu   operasiya   vositasi
bilan   obyektiv   dunyodagi   narsa   va   hodisalarning   bir-biriga   o’xshashligi   va   bir-
biridan farqi aniqlanadi.
XIX-XX asrlarda yashagan olim K.D.Ushinskiy taqqoslash jarayoni borasida
quyidagilarni ta'kidlagan: "Agar siz tabiatni bir narsasini ravshan tushunib olishni
istasangiz,   uning   o’ziga   juda   o’xshash   bo’lgan   narsalardan   tafovutini   topingiz   va
uning o’zida juda uzoq bo’lgan narsalar bilan o’xshashligini topingiz. Ana shunda
siz shu narsaning eng muhim belgilarini payqab olasiz, demak shu narsani tushunib
olasiz". 
Narsa   va   hodisalar   o’rtasidagi   o’xshashlik   yoki   farqni,   teng   yoki
tengsizliklarni,   ayniyat   yoki   ziddiyatlarni   aniqlashdan   iborat   bo’lgan   fikr   yuritish
operasiyasi, bilishning dastlabki va zarur vositasi bo’lib hisoblanadi. Ajdodlarimiz
taqqoslashning   ta'limdagi   roli   to’g’risida   shunday   fikrlarni   bildirgan   edi.
Taqqoslash   har   qanday   tushunishning   va   har   qanday   tafakkurning   asosidir.
Olamdagi   narsalarning   hammasini   taqqoslab   ko’rish   yo’li   bilan   bila   olmasak,
boshqa   yo’l   bilan   bila   olmaymiz,   agar   biz   hech   narsa   bilan   solishtirishimiz   va
farqini   bilib   olishimiz   mumkin   bo’lmagan   biron   bir   narsaga   duch   kelganimizda
edi, u holda biz shu narsa to’g’risida hech qanday fikr qila olmagan bo’lar edik.
Taqqoslash   operasiyasi   ikki   xil   yo’l   bilan   amalga   oshishi   mumkin:   amaliy
aniq narsalarni bevosita solishtirish va nazariy tasavvur qilinayotgan obrazlarni va narsalarni   ongda   fikran   taqqoslash.   Agar   odam   ikki   boylam   yukni   qo’l   bilan
ko’tarib,   bir   necha   xil   taom   mazasini   qiyoslasa   yoki   ikki   paykal   paxtazor
hosildorligini   taqqoslasa,   bu   amaliy   taqqoslash   bo’ladi.   Shuningdek,   o’quvchilar
ikki  qalam   yoki  ikki   sterjenning uchini   yog’ochga  yoki   qog’ozga  solishtirsalar,  u
analogik   holatga   misol   bo’la   oladi.   Bundan   tashqari   metr   bilan   masofani,   tarozi
bilan   og’irlikni,   termometr   bilan   haroratni,   teleskop   bilan   osmon   jismlarini
o’lchash paytida ham taqqoslash jarayoni vujudga keladi.
Inson   tevarak-atrofdagi   narsa   va   hodisalarning   barchasini   bevosita   aks
ettirish,   qo’l   bilan   paypaslash   imkoniyatiga   ega   emas.   Shu  boisdan   to’planadigan
bilimlarning aksariyati qo’l bilan ushlash, ko’z bilan kuzatish evaziga emas, balki
fikr yuritish orqali, mantiq yordamida anglaniladi. Ular o’rtasida o’xshash va farqli
alomat   hamda   belgilar   nazariy   taqqoslash   asosida   ajratiladi.   Demak,   inson
olayotgan keng ko’lamdagi axborotlar farqini fikran taqqoslash yordamida anglab
yetadi.   Jumladan,   o’quvchilar   dilda   o’ylayotgan   narsalarni   fikran   solishtirib
ko’radilar. Ba'zan turli yoshdagi kishilar o’z tengdoshlari xarakterida, qiziqishida,
yurish   turishida,   muomalasida   va   boshqa   xususiyatida   o’xshashlik   va   tafovut
borligini topadilar.
Abstraksiya   -   shunday   fikr   tafakkur   operasiyasidirki,   bu   operasiya   yordami
bilan moddiy dunyodagi narsa va hodisalarning muhim xususiyatlarini farqlab olib,
ana shu xususiyatlardan narsa va hodisalarning muhim bo’lmagan ikkinchi darajali
xususiyatlarini fikran ajratib tashlaymiz.
Abstraksiya   jarayonida   obyektdan   ajratib   olingan   belgi,   alomatning   o’zi
tafakkurning   mustaqil   obyekti   bo’lib   qoladi.   Abstraksiya   operasiyasi   tahlil
natijasida   vujudga   keladi.   Masalan,   sinf   devorini   tahlil   qilish   jarayonida   uning
faqat bir belgisini, ya'ni oqligini ajratib olish mumkin va oq devor to’g’risida emas,
balki   devorning   oqligi   to’g’risida,   keyin   esa   umuman   oqlik   haqida   fikr   yuritish
mumkin.  Kishilar   quyosh,  oy,  yulduz,  elektr,  olov  ba'zi  planetalar,  ayrim   tosh  va
hokazolarning   ko’z   o’ngilarida   yoritishni   kuzata   turib   ularning   bitta   umumiy
belgisini, ya'ni yoritishni fikran ajratib olib, umuman yoritish to’g’risida mulohaza
yuritiladi. Buyumlarni narsa va hodisalarni jism va predmetlarni bir-biri bilan taqqoslash
paytida ham abstraksiyalash jarayoni yuzaga keladi. Bunda narsa va hodisalarning
mavjud   belgilariga,   masalan   tusiga,   shakliga,   tezligiga,   og’irligiga,   qiymatiga   va
shu kabi o’xshash sifatlarga qarab taqqoslanadi. 
Abstraksiya   operasiyasi   bilan   insonni   qurollantirish   intellektual   jihatdan
intensiv   rivojlanishiga   olib   keladi,   shuningdek   mustaqil   bilim   olish   faoliyatini
takomillashtiradi.
Umumlashtirish   -   tafakkurda   aks   etgan   bir   turkum   narsalarning,   o’xshash
muhim   belgilarning   shu   narsalar   to’g’risidagi   bitta   tushuncha   qilib,   fikrda
birlashtirish demakdir. Psixologiyada umumlashtirish muammosi bo’yicha yagona
yo’nalishdagi   nazariya   mavjud   emas.   Shuning   uchun   psixologlar   bu   jarayonni
turlicha   talqin   qiladilar,   goho   uni   guruhlarga   bo’lib   o’rganadilar.   Shuningdek,
maktab   ta'limini   qaysi   umumlashtirish   usuli   asosida   amalga   oshirish   to’g’risida
olimlar   turlicha   nuqtai   nazardan   yondashadilar.   S.L.Rubinshteyn,   V.V.Davidov
tomonidan   ta'limda   nazariy   jihatdan   umumlashtirish   usulini   yoqlab   chiqsalar,
N.A.Menchinskaya,   D.N.Bogoyavlenskiylar   ham   nazariy,   ham   amaliy   usulni
qo’llashni   tavsiya   etmoqdalar.   Ammo   o’quv   faoliyatining   turli-tumanligi   dars
jarayonida har xil umumlashtirish usullaridan foydalanish kerakligini taqazo qiladi.
Psixologiyada umumlashtirishning keng qo’llaniladigan ikki turi: tushunchali
umumlashtirish   va   hisssiy-konkret   umumlashtirish   yuzasidan   ko’proq   fikr
yuritiladi. Tushunchali umumlashtirishda predmetlar obyektiv muhim belgi asosida
umumlashtiriladi.   hissiy-konkret   umumlashtirishda   esa   predmetlar   topshiriq
talabiga   binoan   tashqi   belgi   bilan   umumlashtiriladi.   Psixologlar   noto’g’ri
umumlashtirishning   hissiy-konkret   umumlashtirishdan   tafovuti   borligini   hamisha
ta'kidlab   kelmoqdalar.   O’quvchi   va   o`quvchi   ba'zan   predmetlarni   muhim
bo’lmagan   belgisiga   asoslanib   noto’g’ri   umumlashtiradilar,   vaholanki,   topshiriq
shartida   bu   talab   ular   oldiga   mutlaqo   qo’yilmaydi.   Lekin   bu   nazariyaning
himoyachilari noto’g’ri umumlashtirishni alohida tur deb hisoblaydilar. 
Umumlashtirish,   abstraksiyalash   operasiyasidan   ajralgan   holda   sodir
bo’lmaydi,   har   qanday   umumlashtirish   asosida   abstraksiyalash   jarayoni   yotadi. Umumlashtirish   jarayoni   abstraksiyasiz   mavjud   bo’lishi   mumkin,   lekin
abstraksiyasiz   umumlashtirishning   yuzaga   kelishi   mumkin   emas.   Agar
abstraksiyalash faoliyatida narsa va hodisalarning o’xshash hamda muhim belgilari
tasodif   belgilardan   fikran   ajratib   olinsa,   umumlashtirishda   esa   ajratib   olingan
o’xshash,   umumiy   va   muhim   belgilarga   suyangan   holda   narsa   va   hodisalar
birlashtiriladi.
Umumlashtirish   jarayoni   so’z   ta'sirida   vujudga   kelgan   ikkinchi   signallar
tizimiga   asoslanadi.   Akademik   I.P.Pavlov   fikricha,   nutq   signallari   tufayli   nerv
faoliyatining   yangi   tamoyili   abstraksiyalash   va   shu   bilan   birga   oldingi   tizimning
behisob   signallarini   umumlashtirish   vujudga   keladiki,   bunda   ham   o’z   navbatida
ana shu umumlashtirilgan yangi signallar tag’in analiz va sintez qilinaveradi. Fikr
yuritishning   umumlashtirish   operasiyasi   har   xil   asoslarga   ko’ra   turlarga   bo’lib
o’rganiladi.   Umumlashtirishni   mazmuniga   ko’ra   tushunchali   umumlashtirish   va
yaqqol-ko’rgazmali   yoki   elementar   umumlashtirish   turiga   ajratish   qabul   qilingan.
Tushunchali   umumlashtirish   orqali   obyektiv   qonuniyatlarni   muhim   belgilari
bo’yicha   birlashtirish   amalga   oshiriladi.   Bunda   muhim   belgilar   umumlashtirilib,
obyektiv   qonuniyatlarni   ochish   mumkin   bo’ladi.   Yaqqol-ko’rgazmali
umumlashtirishda   narsa   va   hodisalar   tashqi   hamda   yaqqol   belgilar   bo’yicha
umumlashtiriladi.
Konkretlashtirish   -   hodisalarni   ichki   bog’lanish   va   munosabatlardan   qat'iy
nazar bir tomonlama ta'kidlashdan iborat fikr yuritish operasiyasidir.
Umumiy   mavhum   belgi   va   xususiyatlarni   yakka   yolg’iz   obyektlarga   tadbiq
qilish bilan ifodalanadigan fikr yuritish operasiyasi insonning barcha faoliyatlarida
faol   ishtirok   etadi.   Voqelik   qanchalik   yaqqol   shaklda   ifodalansa,   inson   uni
shunchalik oson  anglab yetadi. Insonlar  dastavval  tevarak atrofni  aniq belgilariga
asoslanib,   aniq   holda   aks   ettirganlar,   yaqqol   obrazlarga   suyanib   tasavvur   qilish
imkoniyatiga ega bo’lganlar, shu boisdan to hozirgi kunga qadar aniqlik belgisi har
qanday inson zoti uchun eng yaqin belgi bo’lib isoblanadi.
Psixologlar tadqiqotlarining ko’rsatishiga qaraganda konkretlashtirish odamda
ikki xil vazifani bajaradi. Birinchidan, umumiy abstrakt belgining yakka obyektga tadbiq etish amalga oshiriladi. Masalan, biz "oq" deganimizda ko’z oldimizga qor,
qog’oz,   paxta   va   shu   kabilar   kelishi   mumkin.   Ikkinchidan,   konkretlashtirish
umumiy   va   yakka   belgilar   kamroq   bo’lgan   umumiylikni   ochishda   ifodalanadi.
Masalan,   biz   olma,   olxo’ri,   uzumni   mevalar   qatoriga   stol-stul,   divan   va   shu
kabilarni mebellar qatoriga qo’shamiz. Umumiy fikrlarni bayon qilish va izohlash
chog’ida odatda keltiriladigan misollarning hammasi konkretlashtirishning o’zidir.
Klassifikasiyalash   -   bir   turkum   ichidagi   narsalarning   bir-biriga
o’xshashligiga   va   boshqa   turkumdagi   narsalardan   farq   qilishiga   qarab   narsalarni
turkumlarga   ajratish   tizimidir.   D.I.Mendelevni   "Elementlarning   davriy   tizimi"
jadvali   bunga   yorqin   misoldir.   Bunda   olim   elementlarni   atom   og’irligi   ortib
borishiga, kimyoviy sifatlarning bir tipligiga va boshqa belgi va alomatlariga qarab
tartib   bilan   joylashtirib   chiqqan.   O’rganish   uchun   qulaylik   tug’dirish   maqsadida,
shuningdek,   amaliy   maqsadlarda   ko’pchilik   narsalarni   guruhlarga,   turkumlarga
bo’lishga   to’g’ri   keladi.   Ko’pchilik   narsalarni   hodisalarni   guruhlarga   bo’lish
klassifikasiyalash   yoki   turkumlarga   bo’lish   deb   ataladi.   Masalan,   kutubxonada
kitoblar   muqovasiga,   farmoyishning   mazmuniga   va   shu   kabi   belgilariga   qarab
turkumlariga   bo’lish   mumkin.   O’quvchilarning   odatda   yoshi   yoki   jinsiy   belgilari
bo’yicha va shu kabilarga qarab turkumlarga bo’ladilar.
Sistemalashtirish   -   tizimga   solish   shundan   iboratki,   bunda   ayrim   narsalar,
faktlar,   hodisa   va   fikrlar   muayyan   tartibda   makondagi,   vaqtdagi   tutgan   o’rniga
yoki mantiqiy tartibda joylashtiriladi. Shu sababli makon, xronologiya va mantiqiy
belgilar   asosida   tizimga   solish   turlariga   ajratiladi.   Mebelning   xonadagi
joylashtirilishi,   daraxtning   boqqa   o’tkazilishi,   makoniy   tizimga   namuna   bo’la
oladi.   O’tmishda   bo’lib   o’tgan   voqealarning   vaqtga   qarab   tizimga   solishning
namunasi   bo’la   oladi.   Matematikaga,   falsafaga,   mantiqqa   doir   darsliklarda   ilmiy
materiallarning joylashtirilishi mantiqiy tizimga solishning namunasidir.
Maktab ta'limida o’zlashtirilgan bilimlarni tizimga solish muhim ahamiyatga
ega   bo’lib,   bu   ish   bir   necha   bosqichda   amalga   oshiriladi.   Bilimlar   dastlab
predmetlarning   boblari,   qismlari   bo’yicha,   so’ng   yaxlit   holda   o’quvchi   ongida
tizimlashadi.   Tizimlashtirishning   ikkinchi   bosqichida   bir-biriga   o’xshash predmetlarga   oid   bilimlar   fikran   tartibga   solinadi.   Uchinchi   bosqichda   bir   necha
predmetlar   yuzasidan   to’plangan   bilimlar   ma'lum   tartibga   tushadi,   ularning
o’xshash   va   farqli   tomonlari   ajratiladi.   Tizimga   solishning   to’rtinchi   bosqichida
darsdan   va   maktabdan   tashqari   mashg’ulotlarda   egallangan   bilimlarni
tizimlashtirish nazarda tutiladi.
Demak,   insonning   bilish   faoliyatida   mavzulararo,   predmetlararo   bilimlarni
tizimlashtirish   yuzaga   keladi.   Binobarin   bilimlarning   tizimga   solinishi   aqliy
rivojlanishning dastlabki pog’onasi hisoblanadi.
Insonning   barcha   mavjudotlardan   yuksak   jihati   -   bu   uning   fikrlash
qobiliyatidir.   Zotan,   insonlar   bir-birlari   bilan   o‘ziga   xos   o‘y-hayollari,
mushohadalari, fikr yuritishlari, mustaqil fikrlash qobiliyatlari bilan ajralib turadi.
Shuning   uchun   ham   inson   fikrini   tarbiya   qilish   muhim   sanaladi.   Abdulla
Avloniyning   asarlarida   fikr   tarbiyasiga   oid   quyidagicha   talqin   berilgan:   «Fikr
tarbiyasi eng kerakli, ko‘p zamonlardan beri taqdir qilinub kelgan, muallimlarning
diqqatlariga   suyalgan,   vijdonlariga   yuklangan   muqaddas   bir   vazifadur.   Fikr
insonning   sharofatlik,   g‘ayratlik   bo‘lishiga   sabab   bo‘ladur.   Bu   tarbiya
muallimlaming   yordamiga   so‘ng   daraja   muhtojdurki,   fikrning   quvvati,   ziynati,
kengligi muallimning tarbiyasiga bog‘liqdir».
Darhaqiqat,   fikr   ustida   buyuk   daholar   so‘z   yuritishib,   muayyan   ta’limotlar
yaratishgan.   Fikrlashda   qalb,   ong   va   sezgilarning   uyg‘unligi   haqida   Arastu
ta’limoti,   fikrning   ezgulikka   yo‘naltirilishi   haqida   Abu   Nasr   Forobiy,
insonparvarlikka   yo‘naltirilishi   haqida   -   Alisher   Navoiy,   fikrning   mantiqiyligi
haqida   -   Umar   Hayyom,   fikrlashda   signal   tizimi   haqida   LP.Pavlov,   fikrning
bosqichma-bosqich   shakllanishi   nazariyasini   yaratgan   P.Ya.Galperin,   fikrlashda
umumlashtirish haqida - R. Davidov ta’limotlari mavjud.
Bugungi   kunda   tanqidiy   fikrlash   -   XXI   asrda   ijtimoiy-siyosiy   sohada   sodir
bohayotgan   hodisalami   yanada   chuqurroq   anglashga   yordam   beravchi   ko‘nikma
sifatida   qaralmoqda.   Tanqidiy   fikrlashga   o‘rgatish   O‘zbekiston   Respublikasining
«Kadrlar   tayyorlash   milliy   dasturi»da   bayon   etilgan   yuqori   kasbiy   madaniyatli, ijodiy   va   ijtimoiy   faol   hayotda   o‘z   o‘rnini   topa   oladigan   malakali   kadrlami
shakllantirish vazifasini hal qilishga ham mo s  keladi.
Tanqidiy   fikrlashning   asosiy   belgilari   olim   I.Resnik   fikricha   quyidagilardan
iborat:   1)   O‘quvchilar   o‘z   bilimlarini   muayyan   masalalarni   yechishda   tatbiq   eta
olsalargina   ularda   bilim   va   ijodiy   fikrlash   rivojlanadi;   2 )   Tanqidiy   fikrlash   ta’lim
jarayoniga   jo‘shqinlik   baxsh   etadi,   mashg‘ulotlarni   o‘qituvchi   va   o‘quvchi   uchun
o‘zaro   hamkorlik   faoliyatiga   aylantiradi.   Shu   nuqtai   nazardan   olganda,
o‘quvchilarida   tanqidiy   fikrlashni   shakllantirish   ularda   bilim   olishga   ishtiyoqni
kuchaytiradi   hamda   ta’lim   jarayonida   “o‘qituvchi,  o‘quvchilar   va   o‘quv   materiali
o‘rtasidagi o‘zaro didaktik ta’simi yuzaga keltiradi”.
J.Dyuining   fikricha:   «O`quvchilar   muayyan   muammo   bilan   shug‘ullana
boshlasalargina,   ularda   tanqidiy   fikrlash   paydo   bo‘ladi.   Shu   sababli,   o‘quv
jarayonining boshlang‘ich nuqtasi hisoblangan, biror vaziyat yoki hodisaga tegishli
bo‘lgan   eng   muhim   savol   bu   hodisa   qanday   muammoni   vujudga   keltirishini
anglatadigan   savoldir.   Faqatgina   muayyan   muammo   bilan   kurashib,   murakkab
vaziyatdan   chiqish   uchun   o‘zining   shaxsiy   yo‘lini   izlagandagina,   o‘quvchi
haqiqatan   ham   fikrlaydi».   Darhaqiqat,   rejali   va   maqsadli   o‘qitish   va   tarbiyalash
jarayonida   o‘quvchilaming   intellekt   darajasini   aniqlash   zaruriyati   tanqidiy
fikrlashni   shakllantirishni   vujudga   keltirgan.   O‘z   ibtidosida   bu   natijalar   oddly
pedagogik metodlar orqali aniqlangan.
O‘quvchilaming   tanqidiy   fikrlash   darajalari   bir   qator   pedagogik   metodlar
orqali   aniqlanadi.   Masalan,   Ya.Yirasek,   A.Kemlar   tomonidan   ishlab   chiqilgan
yoshlarning   bilim   olishga   moyilliklarini   aniqlovchi   testlar,   D.B.Elkoninning
«Grafik   diktant»lar,   A.L.Vengerning   «Nuqtalar   bo‘ylab   chizish»,   I.Shvansanning
«Aqliy rivojlanishni diagnostika qilish» kabi metodikalari mashhurdir.
«Tanqidiy   fikrlash»   atamasi   ilk   bor   XX   asrning   ikkinchi   yarmida   vujudga
kelgan.   Mazkur   tushuncha   haqida   tafsilot   berishdan   oldin,   muayyan   fikrlash
ko‘nikmalari   ustida   to‘xtalish   maqsadga   muvofiqdir.   Chunki   bu   ko‘nikmalar
o‘quvchilarda tanqidiy fikrlashni tarkib toptirish uchun nihoyatda zarurdir. O‘zbek
olimasi   Sh.A.Abdullayeva   “O‘quvchilarda   refleksiv   mushohada   qilish ko‘nikmalarini   shakllantirish”   asarida:   “Tanqidiy   fikrlash   -   fikr   yuritishning
shunday   ko‘rinishiki,   unda   aqliy   operatsiyalar   (analiz,   sintez,   induksiya,
deduksiyajning   barchasi   ishtirok   etadi»,-   deb   yozadi.   Demak,   o‘quvchi   taqdim
qilinayotgan   o‘quv   materialini   o‘zlashtirishi   uchun   bilish   jarayonining   induktiv
(ayrim, xususiy tajribalarni umumlashtirib xulosa chiqarishga fikran harakat qilish)
va deduktiv (umumiydan ayrimlikka yuksalish)pog‘onalaridan o‘tadi.
O‘quvchilarda tanqidiy fikrlashni shakllantirish uchun ularni nekbinlilkka
o‘rgatish   muhimdir.   Nekbin   shaxs-har   narsani   yaxshi   tomondan   ko‘ruvchi,
kelajakka ishonuvchi; optimist insondir .
Tanqidiy fikrlash   deganda o’rganilayotgan bilimning turli tomonlari haqida
mulohaza yuritish nazarda tutiladi. Tanqidiy fikrlashni  mulohazali fikrlash deyish
ham   mumkin.   Tanqidiy   fikrlash   ma’lumotni   hech   qanday   mulohaza   yuritmay
passiv   qabul   qilib   qarama-qarshi   qo’yiladi.   Ta’lim   jarayonida   o’quvchi
o’rganilayotgan   materialni   analiz   va   sintez   qilish   taqqoslash,   umumlashtirish,
abstraksiyalash   hukm   va   xulosa   chiqarish   kabi   fikr   yuritish   operasiyalarini   bilish
kerak.   Sabab   o’tilgan   fikr   yuritish   sohalari   logika   fanining   muammolari
hisoblangan. Hozirgi  vaqtda logika fani  e’tibordan chetda qolgan. Shuning uchun
fikr   yuritish   operasiyalari   har   bir  fan  o’qituvchi  o`quvchilarga  tushuntirish  kerak.
Tanqidiy   fikrlar   shakllanishi   uchun   o`quvchi   o’zi   ish   o’rganayotgan   sohasini
chuqur egallashi, ko’p o’qishi, bilim to’plashi zarur. Tanqidiy fikrlash tafakkurning
yuksak   darajada   shakllanganligini   ifodalaydi.   Ta’lim   jarayoni   o`quvchining
mustaqil   fikrlash   darajasiga   ko’tarilgandagina   samarador   bo’ladi.   Ta’lim
texnologiyasining   asosiy   maqsadi   va   mohiyati   tanqidiy   fikrlashni   o’stirish,
fikrlashga   o’rgatishdir.   Chunki   faqat   mustaqil   o’qib,   fikrlab   o’zlashtirilgan   bilim
mustahkam   bo’ladi   va   bilim   egasi   uni   turli   sharoitlarda   qo’llashi   mumkin.
Tanqidiy   fikrlash   bilim   olishning   barcha   bosqichida   amalga   oshiriladi.   Ayniqsa,
muammoli-izlanuvchan   bosqich   tanqidiy   fikrlashga   asoslaniladi.   Bu   bosqichda
o`quvchining   mustaqilligiga   keng   yo’l   beriladi   va   u   ta’lim   jarayonida   o’z
kashfiyoti   (izlanishi)   asosida   yangi   bilimlarni   o’rganadi.   Bu   “Kashfiyot   orqali
bilim” deb yuritiladi. Bu texnologik jihatdan quyidagicha amalga   oshiriladi:  o`quvchi uchun ahamiyatli bo’lgan muammoni   yaratish;
 o’rganilayotgan   mavzuda   (obyektda)   qarama-qarshilikni   va   o`quvchiga
tushuntirish (o`quvchi nomutanosiblik  muammo  ekanini tushunishi   kerak);
 shu muammodan kelib chiqadigan ijodiy natijani ifodalab   berish.
O`quvchi   bilimlarni   o’zlashtirish   bilan   birga,   uni   o’zining   ijodiy   kashfiyoti
sifatida   his   etishi   kerak.   Tanqidiy   fikrlashga   mo’ljallangan   ta’lim   an’anaviy
usuldan   tubdan   farq   qiladi.   Chunki   an’anaviy   usulda   faqat   o’qituvchining
ma`lumot   manbai   bo’lib   qolishi,   o`quvchiga   bilim   berishda   uning   qiziqishi,
bilimga munosabati va shu vaqtgacha o`quvchi egallagan bilimni hisobga olmaslik
hozirgi kunda ta’limdagi qiyinchilikni keltirib chiqarmoqda. Didaktikadagi asosiy
muammolardan   biri   ta’limda   o`quvchining   yetuklik   darajasini   hisobga   olib
ishlashdir.   An’anaviy   ta’limda   dars   o’tilganda   o’quvchilarga   ma’lumot   berish   va
uni   mustahkamlash   asosiy   vazifa   hisoblangan.   Pedagogik   texnologiya   bilim
berishga   shu   bilimga   o’quvchilarni   qiziqtirishga,   yangi   bilimni   bilishi   avvalgi
bilimlariga,   hayotiy   tajribasiga   bog’lashga   e’tibor   qaratmoqda.   Bolada   yangi
informasiyaga qiziqish va kutish hosil bo’lishi kerak.
К reativlik –   ( lot .,   “create”- yaratish ,   “creative”- yaratuvchi ,   ijodkor )
individning   yangi   g’oyalarni   ishlab   chiqarishga   tayyorgarlikni   tavsiflovchi   va
mustaqil omil sifatida iqtidorlilikning tarkibiga kiruvchi ijodiy qobiliyati ma’nosini
ifodalaydi.
К reativ   tafakkur   esa   tafakkurning   ijod   jarayonini   tashkil   etish   va   ijod
natijalari   (mahsullari)ni   bashoratlashni   ifodalovchitushuncha   sanaladi.   Kreativ
fikrlash   o’qituvchi   faoliyatida   yaqqol   ko’rinib   turishi   lozim.   Shu   ma’noda
o’qituvchining   ijodkorligi   kasbiy   faoliyatiga   ijodiy   (kreativ)   yondashuvida   aks
etadi.   Kreativlik   pedagogning   an’anaviy   pdagogik   ikrlashidan   farqli   ravishda
ta’lim va tarbiya jarayonining samaradorligini ta’minlashga xizmat qiluvchi yangi
g’oyalarni   yaratish,   shuningdek,   mavjud   pedagogic   muammolarni   ijobiy   hal
qilishga bo’lgan tayyorgarligini tavsiflovchi xususiyatidir. Кreativlik –bu   ijodiy   qobiliyatlilik   darajasi,   shaxsning   barqaror   sifati
hisoblanadigan   ijod   qilishga   bo’lgan   qobiliyati   bo’lib,   u   kreativ   tafakkur   bilan
bog’liq. 
Кreativ tafakkur  – bu shaxsning o’z oldida turgan vazifalarini nostandart hal
etish   hamda   o’z   maqsadlariga   erishishning   yangi,   yanada   samaraliroq   yo’llarini
topish   qobiliyatidir.   Ya’ni   kreativlik   asosan   boshqalarga   o’xshamagan   g’oyalarni
o’ylab   toppish,   an’ana   tusiga   kirib   qolgan   fikrlashdan   qochish   hamda   muammoli
vaziyatlarni   tez   hamda   samarali   hal   etish   yo’llarini   bilish   hisoblanadi.   Kreativlik
insondagi ijodkorlik qobiliyatini shakllantirish va rivojlantirishga asos yaratadigan
individual sifatlarning hamda fikrlash qobiliyatlarining birligidan iborat.
Кreativlik   termini   Angliya-Amerika   psixologiyasida   60-yillarda   paydo
bo’lgan   bo’lib,   bunda   kreativlikning   intellekt   bilan   bog’liqligi   masalalari   hamda
kreativlikning   psixologik   jihatlari   va   uning   har   bir   shaxsning   masalalari   hamda
kreativlikning psixologik jihatlari va uning har bir shaxsning individual o’ziga xos
xususiyatlariga bog’liqligi  o’rganilgan. Masalan, 1950 yillarda J.Gilford va uning
tarafdorlari   tomonidan   intelliktual   omillarni   ta’limiy   yo’nalishlarda   qo’llash,
kreativlik xususiyatlarni o’rganish hamda baholash masalalari tahlil etilib, natijada
16   gipotetik   intelliktual   qobiliyatlarni   ajratib   ko’rsatgan.   M.N.Gnatko   esa
kreativlikning mexanizmi bo’yicha izlanishlar olib brogan va ularni quyidagi ikkita
turga ajratgan:
  -   potensial   kreativlik   –   bu   kreativlikning   zaruriy   sharti   bo’lib,   qanday
sharoit   bo’lmasin   insonning   kreativlikka   tayyor   turishi,   shuning   natijasida   o’z
g’oyalarini amalga oshirishidir.
- faoliyatdagi kreativlik –bu muayyan bir sohadagi kreativlik hisoblanadi.
J.Gilford   kreativlikning   belgilarini   aniqlagan   bo’lsa,   M.N. Gnatko   esa
kreativlikning komponentlarini umumlashtiradi.
К reativlikning belgilari   ( J.Gilford )
 fikrning aniqligi  ( muayyan vaqt oralig’idagi g’oyalarning hajmi) ;    fikrning   o’ziga   xosligi   ( bir   g’oyaning   ikkinchisiga   ko’chishi )
originalligi ,   ya’ni   umumiy   qabul   qilingan   qarashlardan   ajralib   turuvchi   g’oyani
yaratish qobiliyati ;
 qiziquvchanlik, egiluvchanlik ;
 farazni ilgari sura olishlik, muammoni qo’ya bilishlik qobiliyati ;  
 hayol   sura   olish,   fantaziya   qilish,   nostandart   muammolarni   hal   eta
olish va h.k.
К reativlikning komponentlari (M.N.Gnatko).
 shaxsning o’ziga xos xususiyatlari (intelliktual, individual) ;
 ijodkorlik imkoniyatlari ;
 ijodkorlik bilan fikrlash ;
 ijodkorlik bilan qarash ;
 bilimlilik ;
 yechim topa bilish ;
 tashkil etuvchanlik ;
 muammolarni mustaqil yechish .
2. Tanqidiy  va kreativ tafakkurning  xususiyatlari. 
Tanqidiy fikrlash quyidagi xususiyatlarga egadir: 
Birinchidan,   tanqidiy   fikrlash-   bu   mustaqil   fikrlashdir.   Mashg`ulot   tanqidiy
fikrlash   tamoyillari   bo`yicha   yaratilar   ekan,   har   bir   ishtirokchi   boshqalarnikidan
mustasno   holda   o`zining   g`oyasi,   qadriyatlarni   baholashi   va   ishonchiga   ega
bo`ladi. Demak, fikrlash yakka tartibli xarakterga ega bo`lgandagina, uni tanqidiy
fikrlash   deb   atash   mumkin.   O`quvchilar   o`z   aqli,   fikrlashi   va   eng   murakkab
savollarga   ham   o`zlari   javob   topa   olish   erkinligiga   ega   bo`lishi   kerak.   Qanday
fikrlash   zarurligini   har   bir   o`quvchi   o`zi   uchun   o`zi   hal   qiladi.   Shunday   qilib,
mustaqillik tanqidiy fikrlashning eng muhim jihatlaridan biridir.
Ikkinchidan,   axborot   tanqidiy   fikrlashning   natijasi   emas,   balki   uning
boshlanishidir.   Bilim   o`quvchini   tanqidiy   fikrlashga   undovchi   motiv   bo`lib hisoblanadi.   Murakkab   fikrni   yaratish   uchun   anchagina   «xom   ashyo»-dalillar,
g`oyalar, matnlar, nazariyalar, ma’lumotlar, konsepsiyalami qayta ishlash zarur.
Uzluksiz   ta’lim   tizimida   tahsil   olayotgan   har   qanday   yoshdagilar   ham
tanqidiy fikrlash qobiliyatiga ega bo’lishadi, hatto birinchi sinf o`quvchilarida ham
hayotiy   tajriba   va   bilimlar   mavjud   bo`ladi.   Bolalarning   fikrlash   qobiliyatlari
o`qitish   natijasida   yanada   takomillashib   boradi.   Hatto   juda   yosh   bolalar   ham
tanqidiy   fikrlash   va   butunlay   mustaqil   fikrlash   qobiliyatiga   ega.   Aynan   tanqidiy
fikrlash tufayli odatdagi bilish jarayoni alohidalik va anglashuvchanlik, uzviylik va
samaradorlik kasb etadi.
Uchinchidan,   tanqidiy   fikrlash,   savolning   qo`yilishi   va   hal   qilinishi   zarur
bo`lgan   muammoni   aniqlashdan   boshlanadi.   Insoniyat   o`z   tabiatiga   ko`ra
qiziquvchandir.   Biz   biron-bir   yangilikni   sezar   ekanmiz,   albatta   uning   mohiyatini
bilishni   xohlaymiz.   Qandaydir   tarixiy   obidani   ko`rar   ekanmiz,   bizda   uning
ichkarisiga   kirish   istagi   paydo   bo`ladi.   «Barcha   hayvonot   olamida,-   deb   yozadi
kimyogar   va   faylasuf   Mikael   Poloniy,-uning   eng   sodda   shakli   bo`lgan
chuvalchangdan,   ehtimol   hatto   amyobadan   boshlab,   biz   abadiy   ehtiyotkorlik
harakatini,   ehtiyojni   bevosita   qondirishga   bog`liq   bo`lmagan   izlanuvchanlik
faoliyatini:   har   qanday   jonli   mavjudotni   o`z   atrofini   aql-zakovat   bilan   nazorat
qilishga   intilishini   kuzatamiz».   Qiziquvchanlik   har   qanday   tirik   mavjudotning
ajralmas xususiyatidir. Bu xususiyat yosh bolalarda ayniqsa quchli bo`ladi. Biroq,
har   qanday   bosqichdagi   haqiqiy   bilish   jarayoni   o`quvchining   muammoni   hal
qilishi,   o`zining   shaxsiy   qiziqishlari   va   ehtiyojlaridan   paydo   bofigan   savollarga
javob izlashi bilan belgilanadi.
Bundan xulosa qilish mumkinki, O`qituvchi darsga tayyorgarlik ko`rar ekan,
o`quvchilar to`qnashishi  mumkin bo`lgan muammolar doirasini aniqlashi, so`ngra
esa,   o`quvchilarni   bu   muammolarni   o`zlari   mustaqil   ravishda   shakllantirishlariga
tayyorlashi   zarur.   Tanqidiy   fikrlash   tufayli   o`qitish   aniq   maqsadga   yo`nalgan,
mazmunli   faoliyatga   aylanishi   hamda   bu   faoliyat   davomida   o`quvchilar   haqiqiy
aqliy ish bajarib, hayotiy muammolarni hal qilishga qodir bofiishlari lozim. Ularni
dalillar   asosida   matnlami   tahlil   qilishga,   teng   kuchli   nuqtai-nazarlami   taqqoslab hamda jamoa imlconiyatlaridan foydalanib, o`zlarini qiziqtirgan savollariga javob
topishga undash ta’limni texnologik yondashuvlar asosida qurishga zamin yaratadi.
To`rtinchidan.,   tanqidiy   fikrlash   ishonchli   dalillarga   intiladi.   Tanqidiy
fikrlovchi kishi muammoning o`z shaxsiy yechimini topadi va bu qarorni oqilona,
asosli   dalillar   bilan   mustahkamlaydi.   O`quvchi   boshqa   qarorlar   bo`lishi
mumkinligini   ham   tan   olishi   mumkin,   lekin   o`zi   tanlagan   qaror   boshqalarnikiga
nisbatan   eng   mantiqiy   va   oqilona   ekanligini   isbotlashga   harakat   qilishi   ta’lim
jarayonining samaradorligini oshiradi.
Har qanday ishonchli  dalil uch asosiy  qismdan  iborat  bo`lib, tasdiqlash-dalil
markazi,   uning   mazmuni   bo`lib   hisoblanadi   (ba’zan   u   tezis,   asosiy   g`oya   yoki
qoida deb yuritiladi). Tasdiqlash bir necha dalillar bilan mustahkamlanadi.
Dalillarning   har   biri   o`z   navbatida   isbotlar   bilan   mustahkamlanadi.   Statistik
ma’lumotlar,   matn   parchasi,   shaxsiy   tajriba,   umuman   olganda,   ushbu   ishonchli
dalillarni   isbotlashga   yordam   beruvchi   va   muhokamaning   boshqa   ishtirokchilari
tomonidan   tan   olinishi   mumkin   bo`lgan   barcha   g`oyalardan   isbotlovchi   sifatida
foydalanish mumkin. Ishonchli dalillarning yuqorida qayd qilingan barcha qismlari
tasdiq, dalil va isbotlash negizida, uning to`rtinchi qismi bo`lgan asos turadi. Asos-
bu   muayyan   yo`naltiruvchi   boshlang`ich   nuqta   bo`lib,   u   notiq   uchun   ham,   yoki
yozuvchi va uning muxlislari uchun umumiy hisoblanadi.
Ishonchli   dalillar,   unga   qarama-qarshi   dalillarni   mavjud   bo`lishi,   ularni
giperbolik   tarzda   (oshirib   ko'rsatilishi),   yoki   qabul   qilinishi   mumkinligini   ham
hisobga olgandagina o`z samarasini ko`rsatadi. Boshqacha nuqtai nazarlarning tan
olinishi   ishonchli   dalillarning   ta’sir   kuchini   yanada   oshiradi.   Odatda   ta’sirchan
dalillar bilan qurollangan tanqidiy fikrlovchi kishi, hatto katta obro`ga ega bo`lgan
fikrga   ham   qarshi   tura   oladi,   amaliyotda   bunday   kishining   fikrini   o`zgatirish
mumkin emas.
Beshinchidan ,   tanqidiy   fikrlash-   ijtimoiy   bo`lib   hisoblanadi   (har   bir   inson
ijtimoiy   organizmdir).   Har   qanday   fikr,   agar   u   boshqalar   bilan
o`rtoqlashilgandagina o`tkirlashadi yoki faylasuf Xanna Arendt yozganidek: «...kimningdir   huzurimda   bo`lishi,   meni   barkamollikka   erishtiradi».
Bahslashuvda,   o`qiganimizda,   muhokamada   ishtirok   etganimizda,   e’tiroz
bildirganimizda, boshqalar bilan fikr almashganimizda, biz o`z nuqtai nazarimizni
aniqlashtiramiz   va   uni   chuqurlashtiramiz,   shuning   uchun   ham   o`quvchilarda
tanqidiy   fikrlashni   shakllantirishni   mo`ljallagan   o`qituvchi   o`z   mashg`ulotlarida
juftlikda   yod   guruhlarda   ishlashning   turli   shakllaridan   samarali   foydalanishga
intiladilar.   Umuman   olganda,   tanqidiy   fikrlashni   shakllantirish   jarayoni   o`quvchi
shaxsini   konstruksiyalashga   nisbatan   anchagina   keng   ma’nodagi   vazifalarni   hal
qiladi. Tanqidiy fikrlash yozma ishda yaqqolroq namoyon bo`ladi. “Yozuvda,-deb
ta’kidlaydi   S.S.G`ulomov   fikrlash   jarayonini   kuzatish   mumkin   bo`ladi   va   bu
o`qituvchi uchun ham qulaylik yaratadi. Yozayotgan o`quvchi doimo faol bo’ladi.
U   doim   mustaqil   fikrlaydi   va   bunda   u   o`zida   mavjud   bo`lgan   barcha   bilimlardan
foydalanadi.   U   o`z   fikrini   mustahkamlash   uchun   yetarli   darajadagi   ishonchli
dalillarni   qatorlashtirib   tashlaydi.   Bundan   tashqari   u   o`z   tabiati   jihatidan   ijtimoiy
xarakterga ega bo`ladi. Chunki, xat yozuvchi, uni o`qiydiganga mo’ljallab yozadi.
O`quvchi   uchun   eng   qimmatlisi   -   o`qituvchining   uning   ishiga   qiziqishi   va   unga
hurmat bilan qarashi, o`z fikrlari to`g`risida sinfdoshlari, boshqa o`qituvchilar, ota-
onalar   va   hatto   notanish   kishilar   bilan   o`rtoqlashish   imkoniyatiga   ega
bo`lganligidir”. Shunday ekan, yozishni  tanqidiy fikrlashning eng muhim  vositasi
deb hisoblash mumkin. 
Yangi   axborotlarga   duch   kelar   ekan,   talabalar   uni   mustaqil   ravishda
baholashi, unga turli xil nuqtai-nazardan qarashi, undan o`z ehtiyoj va maqsadlari
yo`lida foydalana olish imkoniyati to`g`risida xulosa yasay olishlari zarur. Haqiqiy
tanqidiy   fikrlaydigan   odam   bo`lib   yetishish   uchun   talabalar   ijodiy   fikrlab,   o`zini
sinab ko`rishi va bunga oid malakalarni egallashlari zarur.
Tanqidiy   fikrlash   muloqot   madaniyatini   o`stiradi   va   guruh   bilan   ishlash
malakalarini rivojlantiradi.
O`quvchilaming   tanqidiy   fikrlashini   shakllantirish   natijasida   har   bir   rejali
o`quv   jarayonining   didaktik   ta’minoti   e’tiborga   olinadi,   tahsil   oluvchi   o`quv
materialini qanday o`zlashtirayotganing doimiy monitoringi ishlab chiqiladi, ta`lim jarayonidagi muammolarning yechimini topishga harakat qilinadi. Mohir pedagog
o`quv   jarayonida   tug`iladigan   qiyinchiliklarni   boshqalardan   ko`ra   yaxshiroq
tushunadi.
Pedagogning   vazifasi   tanqidiy   fikrlashni   rag`batlantirib   turuvchi   muhitni
yaratishdangina iborat bo`ladi.
Tanqidiy fikrlashni paydo qilish uchun quyidagilarga e’tiborni qaratish lozim:
 o`quvchida o`ziga xos nuqtai-nazarni paydo qilish;
 bir fikrdan boshqasining afzalligini asoslash mahorati;
 murakkab muammolarni yechish mahorati;
 dalillarga asoslangan holda bahslashishga odatlantirish;
 yagona   fikrni   ishlab   chiqish   uchun   o`zaro   hamkorlikda   ishlash
mahorati;
 o`quvchilarda   mavjud   bo`lgan   bilimlar   tanqidiy   fikrlash
ko`nikmalarini shakllantirishga qay darajada xizmat qilishini aniqlash.
O`quvchilarni   faol   o`ylash   jarayoniga   kiritish,   muammoli   vaziyatni   yechish,
mantiqiy   jarayonlarni   oqilona   hal   etishga   o`rgatish   bilim   o`zlashtirishda   ijobiy
natijalarga olib kelishi muqarrar.
Tanqidiy   fikrlashni   rivojlantirish   oson   ish   emas.   Bu   muayyan   yosh   davrida
tugallanishi  va  unutilishi  mumkin  bo`lgan  masala   ham   emas.   Tanqidiy  fikrlashga
olib   boradigan   aniq-ravshan   yo`llar   yo`q.   Biroq,   o`qitish   shartlarining   muayyan
to`plami   borki,   uning   yordamida   tanqidiy   fikrlovchilarni   tarbiyalash   mumkin.
Jumladan, quyidagi shartlarga alohida e’tibor berish zarur:
1. Tanqidiy fikrlash tajribasini orttirishga vaqt va imkoniyat berish;
2. O`quvchilarga fikrlash imkoniyatini berish;
3. Turli g`oya va fikrlarni qabul qilish;
4. O`quv jarayonida o`quvchilarning faol qatnashishlariga imkon berish;
5. O`quvchilarni tanqidiy mulohaza yuritishga qodir ekanligiga ishontirish.
Shu bilan birga, o`quvchilar:
1. O`z-o`ziga   ishonchni   rivojlantirib,   o`z   g`oya   va   fikrlarining   qimmatini
tushunishlari kerak; 2. Ta`lim jarayonida faol qatnashishlari lozim;
3. Turli fikrlarni hurmat bilan eshitishlari kerak;
4. O`z   mulohazalarini   shakllantirishga   tayyor   bo`lishlari   yoki   undan   o`zlarini
tiyishlari lozim.
4. O`quvchilarda  tanqidiy tafakkurni shakllantirishning  bosqichlari
Tanqidiy fikrlash strategiyasi ta’limda quyidagi uch bosqichli modeli mavjud.
Bular:   
 Д а ’vat ;
 А nglash ;
 Fikrlash
Quyidagi jadvalda tanqidiy fikrlasning shakllantirish bosqichlari hamda ushbu
bosqichlarning mazmuni berilgan.  
1 - jadvak
№ Bosqichning
nomi Ма qsadi Ма zmuni
1 Da’vat   1.Aniqlashtirish ;
2.Faollashtirish ;
3.Motivatsiya .  O’quvchiga   mavzu   bayon   etiladi   va   shu
sohadagi   uning   bilimlari   aniqlanadi.   Ayrim
tushunchalarga   izoh   beriladi.   Ma’lum
informatsiya,   qoidalar   eslatiladi.   Mavzuni
o’rganish   asosida   qanday   natijaga   erishish
ma’lum qilinadi.
2 Anglash        1.Solishtirish ;
2.Taqqoslash;
3.Tushunish ;  O’rganiladigan material ustida faol ishlanadi.
O’quvchilarda   bilim,   ko’nikma,   va   malakalar
hosil   bo’ladi.   O’quvchilar   bilan   individual,
juftliklardagi   va   guruhdagi   ishlar   amalga
oshiriladi.   O’quvchilarga   aniq   vazifalar
beriladi.   Ular   faol   ishlab   maqsadga
erishishlari kerak.
3 Fikrlash        1.Tahlil qilish ; Erishilgan   natija   avvaliga   bilimlar   bilan 2.Umumlashtirish ;
3.Xulosalash .  taqqoslanadi.   Yangi   o’zlashtirilgan   bilim
ifodalanadi.   O`quvchi   o’qish   natijasida
erishgan   darajasi   baholanadi.   O’rganilgan
o’quv   materialni   umumlashtirish   va   yozma
ish, chizma, xulosa fikr va boshqa ko’rinishda
ifodalanadi.   Bu   bosqichda   o’quvchi   ta’lim
jarayonida   qo’yilgan   maqsadga   erishishi
kerak
Т a’lim   jarayoni   da’vat,   anglash   va   fikrlash   bosqichlariga   asoslanib   o’tilsa,
o’quvchining yuqori darajada faolligi ta’minlanadi. O’qituvchi tanqidiy tafakkurga
asoslanib   dars   o’tishda   o’quvchi   tomonidan   ma’lum   bilimlar   tizimini
o’zlashtirishga   erishish   bilan   birga,   bilimlarni   o’zlashtirish   jarayonida
o’quvchining mustaqil faoliytiga e’tiborni qaratish kerak.  
O’qituvchi   o’z   savollari   orqali   Ўқитувчи   ўз   саволлари   орқали
o`quvchi larning   bilish   faoliyatini   boshqarib   boradi.   Savollarni   to’g’ri   qo’ya   olish
o`q it uvchi ning   pedagogic   mahoratiga   bog’liq.   Quyida   o’qituvchining
o’quvchilarda   tanqidiy   tafakkurni   o’stirishga   mo’ljallangan   savollar   namunasini
keltiramiz : 
2 - jadval O’quvchi   o’qituvchi   bilan   birgalikda   faoliyat   ko’rsatib,   bilimlarni
o’zlashtirish   bilan   birga,   uni   o’zining   ijodiy   kashfiyoti   sifatida   his   etadi.   Bunda
o’qish   faoliyati   shaxsiy   yutuq   sifatida   his   etiladi,   bilish   motivatsiyasi   o’sadi,
o’qishga qiziqish kelib chiadi.
Таnqidiy   fikrlash   bosqichlari   o’qituvchiga   shunday   sharoitlar   yaratadiki,
natijada ta’lim jarayonida quyidagilarga erishiladi: 
 o’quvchilarning fikrlashi faollashtiriladi; Д а ъ в а т   б о с қ и ч и :
“ Ў р г а н и л а ё т г а н   м а в з у г а  
а с о с   б ў л а д и г а н  
м а ъ л у м о т л а р н и  
б и л а с и з м и ? ”
“ У л а р н и   б и л и ш и   н и м а  
у ч у н   з а р у р ? ”
“ Н и м а н и   а н г л а м о қ ч и  
э д и н г и з ,   л е к и н   а н и қ л а й  
о л м а д и н г и з ? ”
“ Б у   н и м а   у ч у н   м у ҳ и м ? ” А н г л а ш   б о с қ и ч и :
“ Б у   м а т е р и а л д а н   қ а н д а й  
я н г и л и к н и   б и л и б  
о л д и н г и з ? ”
“ С и з   б у   ҳ а қ и д а   қ а н д а й  
ф и к р д а с и з ? ”
“ Б у н и н г   а ҳ а м и я т и  
н и м а д а ? ”
“ С и з г а   н и м а   к у ч л и  
т а ъ с и р   э т д и ? ”
“ Б и л и б   о л г а н и н г и з  
с и з н и н г   т а ж р и б а н г и з г а  
м о с м и ? ”
“ Б у   я х ш и м и   ё к и  
ё м о н м и ? ”
“ М у а м м о н и   я х л и т   ҳ о л д а  
қ а н д а й   т а с а в в у р  
э т а с и з ? ” Ф и к р л а ш   б о с қ и ч и :
“ В о қ е а н и н г   к е й и н г и  
р и в о ж и   ҳ а қ и д а   қ а н д а й  
ф и к р д а с и з ? ” .
“ Б у   ҳ а қ и д а   қ а н д а й  
ф и к р д а с и з ? ”
“ Б у   и н ф о р м а ц и я  
с и з д а г и   б и л и м л а р г а  
қ а н ч а л и к   м о с   к е л а д и ? ” .        ta’li maqsadi anglanadi; 
 фaol munozaralarga imkoniyat yaratadi; 
 o’qishga qiziqishni oshiradi; 
 faol o’quv faoliyatini ta’minlaydi; 
 o’zgarishlarni va fikr yuritishni rag’batlantiradi;
 o’quvchilarga turli xil fikrlarni tinglashga imkoniyat beradi; 
 o’quvchilarga o’z savollarini berishda yordam beradi; 
 o’quvchiga o’z-o’zini ro’yobga chiqarishga imkon beradi; 
 o’quvchilar tomonidan axborotlar qayta ishlanishini ta’minlaydi;
 o’quvchilarda tanqidiy fikrlashga imkoniyat yaratadi. Adabiyotlar:
Rahbariy adabiyotlar:
1. O‘zbekiston   Respublikasining   Konstitutsiyasi.   –Toshkent,
O‘zbekiston, 2011.
2. O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi  Qonun . 2020
3. Karimov   I.A.   Yuksak   ma’naviyat-yengilmas   kuch.   –T.:   Ma’naiyat,   -
2008.
Asosiy adabiyotlar.
1. Mavlonova   R.   va   boshqalar.   “Pedagogika”,   -Toshkent,   “ Fan   va
texnologiya ”,  2018.
2. Devid   Kluster.   Tanqidiy   fikrlash   nima?   K.Ishmatov   tarjimasi.   «Tanqidiy
fikrlash asoslari» dasturi.
3. Dayana Xalperi. Психология критического мышления. Сант -Петербург,
2000.
4. Ильин   Е.П.   Психология   творчества,   креативносити,   одарённости.
Питер. 
5. Мahmudov М.Ta’limni didaktik loyihalash. T., 1999.
6. Хуторской   А.В.   Дидактическая   эвристика.   Теория   ва   технология
креативного обечения. Москва. 2003.

TANQIDIY VA KREATIV TAFAKKURNING MOHIYATI, ILMIY- NAZARIY TAVSIFI REJA : 1. Tafakkur, tanqidiy va kreativ tafakkurning mohiyati . 2. Tanqidiy va kreativ tafakkurning xususiyatlari. 3. Tanqidiy va kreativ tafakkurning funksiyalari . 4. O`quvchilarda tanqidiy tafakkurni shakllantirishning bosqichlari .

1. Tafakkur, tanqidiy va kreativ tafakkurning mohiyati . Tafakkur inson aqliy faoliyatining yuksak shaklidir. Tafakkur orqali biz sezgi a'zolarimiz bilan bevosita aks ettirib bo’lmaydigan narsa va hodisalarni ongimizda aks ettiramiz. Umuman olganda tashqi muhitdagi narsa va hodisalar o’rtasida ko’z bilan ko’rib, quloq bilan eshitib bo’lmaydigan ichki munosabatlar hamda qonuniyatlar mavjud. Ana shu ichki bog’lanish hamda qonuniyatlarni biz tafakkur orqali bilib olamiz. Demak, tafakkur deb narsa va hodisalar o’rtasidagi eng muhim bog’lanishlar va munosabatlarning ongimizda aks ettirilishiga aytiladi. Aynan tafakur orqali biz moddiy olamdagi narsa va hodisalarning mohiyatini bilish imkoniga ega bo’lamiz. Shu bois dunyoni bilishda bevosita sezish, idrok, tasavvur va bevosita tafakkur muhim rol o’ynaydi. Tafakkur tushunchasining mazmun mohiyati psixologiya darsliklarida olimlar tomonidan turlicha talqin qilinadi. Jumladan, umumiy psixologiya darsliklarida tafakkurga berilgan ta'riflar turlicha bo’lib uning ikkita yoki uchta muhim xususiyati ta'kidlab o’tiladi, xolos. Jumladan, P.I.Ivanovning darsligida "Tafakkur insonning shunday aqliy faoliyatidirki, bu faoliyat voqelikni eng aniq, to’liq, chuqur va umumlashtirib aks ettirishga (bilishga), insonni yana ham oqilona amaliy faoliyat bilan shug’ullanishiga imkon beradi" deb ta'riflanadi. Ushbu ta'rifda tafakkurning to’la, aniq va umumlashtirilgan holda aks ettirishi ta'kidlab o’tiladi, xolos, lekin uning xarakterli xususiyatlari bevosita so’z yordami bilan ifodalanishi muallifning diqqat markazidan chetda qolgan. M.V.Gamezo tomonidan "Tafakkur voqelikning umumlashgan holda va so’z hamda o’tmish tajriba vositalarida aks ettirilishi" ekanligi bayon qiladi. U tafakkurning umumlashgan so’z vositasida va vositali atrof- muhit hodisalarini aks ettira olishni ta'kidlaydi. A.V.Petrovskiy tahriri ostidagi darslikda tafakkurga quyidagicha ta'rif keltiriladi: "Tafakkur - ijtimoiy sababiy, nutq bilan chambarchas bog’liq muhim bir yangilik qidirish va ochishdan iborat psixik jarayondir, boshqacha qilib aytganda, tafakkur voqelikni analiz va sintez qilish, uni bevosita va umumlashtirib aks ettirish jarayonidir".

Tafakkur operasiyalari Tafakkur jarayoni insonning bilishga bo’lgan ehtiyojlari, tevarak-atrofdagi olam va turmush to’g’risidagi o’z bilimlarini kengaytirishga va chuqurlashtirishga intilish sababli vujudga keladi. Fikr qiluvchi kishining tafakkuri-obyektni anglashi, bilishi tafakkur jarayonining xarakterli xususiyatidir. Odam o’zi idrok qilayotgan narsalar to’g’risida fikr qiladi. Shuning uchun tushunchalar narsalarning butun bir sinfi, turkumi to’g’risida fikr qiladi, ya'ni bular tafakkurning obyekti bo’ladi. Bir narsaga tayanmagan quruqdan quruq tafakkur bo’lishi mumkin emas. Analiz, sintez, taqqoslash, abstraksiyalash va umumlashtirish, tasniflash va tizimga solish aqliy operasiyalarning asosiy turlaridir. Analiz - shunday bir tafakkur operasiyasidirki uning yordami bilan biz narsa va hodisalarni fikran yoki amaliy jihatdan xususiyatlarini tahlil qilamiz. Analiz jarayonida butunning uning qismlariga va elementlariga bo’lgan munosabati aniqlanadi. Tahlil obyektlari amalda ajratib bo’lmaydigan elementlarga yoki belgilarga bo’lishda ifodalanishi mumkin. Allomalarimizning ta'kidlashicha, maymunning yong’oqni chaqishining o’ziyoq boshlang’ich, oddiy analizdir. O’quvchi va o`quvchi yoshlar turmushda va va dars jarayonida analiz yordami bilan ko’pgina ishlarni amalga oshiradilar, topshiriqlar, misol va masalalarni yechadilar. Demak, tabiat va jamiyatdagi bilim va tajribalarni inson tomonidan o’zlashtirib olish analizdan boshlanadi. Masalan, buni quyidagi sxemada ko’rish mumkin. Muammoli vaziyatlarni yechish usullari Dars jarayoni vaqtida tafakkurning analiz qilish faoliyati katta o’rin tutadi. Chunonchi, savodga o’rgatish nutqni tahlil qilishdan, gapni so’zlarga, so’zlarni bo’g’inlarga, bo’g’inlarni tovushlarga ajratishdan boshlanadi. Matematik masalani yechish tahlil qilishdan, dastlab bir qancha ma'lum sonlarni topishdan boshlanadi. Agarda inson oldiga avtomashina motorining tuzilishini bilish vazifasi qo’yilsa, u holda bu topshiriqni hal qilish u motorni ayrim qismlarga ajratib, har bir qismni o’z navbatida alohida olib tekshirish lozim bo’ladi va hokazo. Sintez - shunday bir tafakkur operasiyasidirki, biz narsa va hodisalarning analizda bo’lingan, ajratilgan ayrim qismlarini, bo’laklarini sintez yordami bilan

fikran va amaliy ravishda birlashtirib, butun holiga keltiramiz. Sintez elementlarning, narsa va hodisalarning qismlari va bo’laklarini bir butun qilib qo’shishdan iborat aqliy faoliyat ekanligi ta'rifdan ko’rinib turibdi. Analiz aqliy bo’lgani kabi sintez ham amaliy xarakter kasb etadi. Masalan, birinchi sinf bolasi o’z harf xaltasidagi keltirilgan harflardan foydalanib, bo’g’in, bo’g’inlardan so’z, so’zlardan gap, gaplardan qisqa axborot, undan esa hikoya tuzadi. Analiz va sintez o’zaro bevosita mustahkam bog’langan yagona jarayonning ikki tomonidir. Agar narsa va hodisalar analiz qilinmagan bo’lsa, uni sintez qilib bo’lmaydi, har qanday analiz predmetlarni narsalarni bir butun holda bilish asosida amalga oshirilishi lozim. Taqqoslash - shunday bir tafakkur operasiyasidirki, bu operasiya vositasi bilan obyektiv dunyodagi narsa va hodisalarning bir-biriga o’xshashligi va bir- biridan farqi aniqlanadi. XIX-XX asrlarda yashagan olim K.D.Ushinskiy taqqoslash jarayoni borasida quyidagilarni ta'kidlagan: "Agar siz tabiatni bir narsasini ravshan tushunib olishni istasangiz, uning o’ziga juda o’xshash bo’lgan narsalardan tafovutini topingiz va uning o’zida juda uzoq bo’lgan narsalar bilan o’xshashligini topingiz. Ana shunda siz shu narsaning eng muhim belgilarini payqab olasiz, demak shu narsani tushunib olasiz". Narsa va hodisalar o’rtasidagi o’xshashlik yoki farqni, teng yoki tengsizliklarni, ayniyat yoki ziddiyatlarni aniqlashdan iborat bo’lgan fikr yuritish operasiyasi, bilishning dastlabki va zarur vositasi bo’lib hisoblanadi. Ajdodlarimiz taqqoslashning ta'limdagi roli to’g’risida shunday fikrlarni bildirgan edi. Taqqoslash har qanday tushunishning va har qanday tafakkurning asosidir. Olamdagi narsalarning hammasini taqqoslab ko’rish yo’li bilan bila olmasak, boshqa yo’l bilan bila olmaymiz, agar biz hech narsa bilan solishtirishimiz va farqini bilib olishimiz mumkin bo’lmagan biron bir narsaga duch kelganimizda edi, u holda biz shu narsa to’g’risida hech qanday fikr qila olmagan bo’lar edik. Taqqoslash operasiyasi ikki xil yo’l bilan amalga oshishi mumkin: amaliy aniq narsalarni bevosita solishtirish va nazariy tasavvur qilinayotgan obrazlarni va

narsalarni ongda fikran taqqoslash. Agar odam ikki boylam yukni qo’l bilan ko’tarib, bir necha xil taom mazasini qiyoslasa yoki ikki paykal paxtazor hosildorligini taqqoslasa, bu amaliy taqqoslash bo’ladi. Shuningdek, o’quvchilar ikki qalam yoki ikki sterjenning uchini yog’ochga yoki qog’ozga solishtirsalar, u analogik holatga misol bo’la oladi. Bundan tashqari metr bilan masofani, tarozi bilan og’irlikni, termometr bilan haroratni, teleskop bilan osmon jismlarini o’lchash paytida ham taqqoslash jarayoni vujudga keladi. Inson tevarak-atrofdagi narsa va hodisalarning barchasini bevosita aks ettirish, qo’l bilan paypaslash imkoniyatiga ega emas. Shu boisdan to’planadigan bilimlarning aksariyati qo’l bilan ushlash, ko’z bilan kuzatish evaziga emas, balki fikr yuritish orqali, mantiq yordamida anglaniladi. Ular o’rtasida o’xshash va farqli alomat hamda belgilar nazariy taqqoslash asosida ajratiladi. Demak, inson olayotgan keng ko’lamdagi axborotlar farqini fikran taqqoslash yordamida anglab yetadi. Jumladan, o’quvchilar dilda o’ylayotgan narsalarni fikran solishtirib ko’radilar. Ba'zan turli yoshdagi kishilar o’z tengdoshlari xarakterida, qiziqishida, yurish turishida, muomalasida va boshqa xususiyatida o’xshashlik va tafovut borligini topadilar. Abstraksiya - shunday fikr tafakkur operasiyasidirki, bu operasiya yordami bilan moddiy dunyodagi narsa va hodisalarning muhim xususiyatlarini farqlab olib, ana shu xususiyatlardan narsa va hodisalarning muhim bo’lmagan ikkinchi darajali xususiyatlarini fikran ajratib tashlaymiz. Abstraksiya jarayonida obyektdan ajratib olingan belgi, alomatning o’zi tafakkurning mustaqil obyekti bo’lib qoladi. Abstraksiya operasiyasi tahlil natijasida vujudga keladi. Masalan, sinf devorini tahlil qilish jarayonida uning faqat bir belgisini, ya'ni oqligini ajratib olish mumkin va oq devor to’g’risida emas, balki devorning oqligi to’g’risida, keyin esa umuman oqlik haqida fikr yuritish mumkin. Kishilar quyosh, oy, yulduz, elektr, olov ba'zi planetalar, ayrim tosh va hokazolarning ko’z o’ngilarida yoritishni kuzata turib ularning bitta umumiy belgisini, ya'ni yoritishni fikran ajratib olib, umuman yoritish to’g’risida mulohaza yuritiladi.