Tuproqni xaritaga tushiruvchi guruhlarning tarkibi
Tuproqni xaritaga tushiruvchi guruhlarning tarkibi Reja: 1. Tuproqni xaritaga tushuruvchi ishchi guruhlarni tuzish qoidalari 2. Topografik xarita 3. Tuproqlarni xaritaga tushirishda qo‘llaniladigan asbob uskunalar 4. Dalada tuproq tekshiruv ishlarini olib borish tartibi
Tuproqni o‘rganish guruhini tashkil qilish va uning shtatini tuzish tuproqni dalada o‘rganish uchun tuproq, agrotuproq, tuproq melioratsiya guruhlari yoki otryadlari tuziladi. Ularning tarkibi shtatlari qo‘yilgan maqsadga, ishlarning hajmiga, bajarilish vaqtiga qarab belgilanadi. Tuproq guruhlarining soni va ularning mutaxassisliklari bo‘yicha tarkibi ishning hajmiga va mikrozonaning yoki o‘rganiladigan hududning alohida sharoitiga qarab belgilanadi. Tuproq guruhining taxminiy (soni) tarkibi: Tuproq guruhi boshlig‘i-1; Texnik xaritashunos-1; Tuproqshunoslar-3-5; Kimyogar-analitik-1; Yer tuzuvchi-1; Ishchilar-6-10; Texnik tuproqshunoslar yoki yuqori kurslarning talabalari 3-5. Katta hajmdagi ishlarni bajarish uchun bir necha tuproq guruhlari tuzuladi va bu guruhlarning tarkibiga tuproqshunoslik mutaxassislari kiradi. Mutaxassis-meliorator (meliorativ va botqoqlarning quritish ishlarini talab qiladigan yerlar katta maydonlarni egallaganda) O‘zbekiston Respublikasi tuproq ekspedisiyasida ayrim ishlar 3-5 ta guruhlari ishlagan har qaysi guruh 3-5 tagacha xaritaga tushurish otryadlarini va 1 tadan tuproqning fizik xossalarini o‘rganadigan otryadni o‘z ichiga oladi. Tuproq otryadi 6-7 nafar tuproqshunosdan iborat: ulardan bittasi guruh boshlig‘i hisoblanadi. Guruh tarkibida tuproqshunoslardan tashqari bitta agronom, texnik tuproqshunos va boshqalar bo‘ladi (bajariladigan ishning mazmuniga qarab). Tuproq guruhidagi mutaxassislarning (guruh boshlig‘ining) vazifalari : a) o‘zining guruhidagi tashkiliy va ilmiy ishlab chiqarish ishlariga tuproqni dalada o‘rganish va xaritaga tushurishiga rahbarlik qiladi va bu ishlarni o‘z vaqtida sifatli bajarilishiga javob berish;
b) tuproqni o‘rganish ishlari bilan bog‘liq bo‘lgan har xil tashkiliy masalalarini tuman, viloyat, hokimliklar, qishloq xo‘jalik tashkilotlari bilan kelishib hal qilib beradi; c) tuproqni o‘rganib xaritaga tushuruvchi guruhlarning va tuproqni fizik xossalarini o‘rganuvchi guruhlarning ishlari ustidan nazorat qilib turadi va ulardan ish qabul qilib oladi; d) tuproq guruhlarining tuproq namunalarini tahlil qilish uchun tuzgan talabnomalarini tasdiqlaydi va umumiy talabnoma tuzadi; e) xo‘jaliklarga topshiriladigan hamma ma’lumotlarga hammuallif bo‘ladi; f) guruhning bajargan ishlari to‘g‘risida hisobot tuzadi va kerakli hujjatlarni rasmiylashtiradi. g) kerakli asbob uskunalar bilan ta’minlash. Tuproqni dalada o‘rganib xaritasini tuzish uchun qilinadigan ishning mazmuniga, tuproq qoplamining alohida xususiyatiga va tuziladigan tuproq xaritaning vazifasiga bog‘liq holda alohida asbob-uskunalar tanlab, tayyorlash shart. Topografik xarita. Tuproqni xaritaga tushurishda asosan 1:10000, 1:25000, 1:50000 masshtabli gorizontlari bor topografik xaritalardan foydalaniladi. Topografik xaritalar tanlanganda shunga alohida e’tibor berish kerakki, ularda aniq, yetarli darajada to‘liq tavsilotlar–relyef, sug‘orish tarmoqlari, yo‘llar, o‘rmon palasalari, aholi yashaydigan joylar va boshqalar ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak. Uchta nusxada topografik xarita bo‘lish tavsiya qilinadi. Shulardan bittasi dala sharoitida foydalanish uchun; ikkinchisi oxirgi marotaba xaritaga ma’lumotlarni tushurish uchun; uchunchisi rezerf uchun. Bir nusxa 1:100000; 1:200000 masshtabli kartalardan butun tekshiriladigan tuman uchun bo‘lsa ayni maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bunday xaritalar ayniqsa boshlang‘ich hudud bilan tanishish davrida va tuproq qoplamida umumiy qonuniyatni o‘rganish davrida juda zarur. Tuproq xaritasining mazmunini to‘liq tushunish uchun katta masshtabli topografik asoslardan foydalanish shart, hech qachon tuziladigan tuproq
xaritasining masshtabidan topografik asosli masshtabi mayda bo‘lmasligi kerak. Tuproqshunosning qo‘lida yaxshi topografik asosi bo‘lishi ishni ancha yengillashtiradi va tuproq xaritasining sifatini yaxshilaydi. Tuproqlarni xaritaga tushirishda quydagi asbob uskunalar qo‘llaniladi : 1. Ayadrianov tizimidagi kompasi. 2. Oddiy geologiya razvedka tizimidagi kompas. 3. Brandis ekliometri yoki oddiy transportir- qiyaliklari nishabligini o‘lchash uchun; 4. Kurvimetr- xaritada masofani o‘lchash uchun ayniqsa, bu asbob yordamida yollarni, qiyshiq-qing‘ir yo‘llarni, egri-bugri masofalarini o‘lchash uchun qulay; 5. Vizer chizig‘-xarita bilan ishlaganda yo‘nalishni vizirlash va chizish uchun, tuproq kesmalarini biron joyga bog‘lashni aniqlash uchun; 6. Dala sirkuli- xaritada masofani o‘lchash uchun; 7. Kompasli planshet papkasi -ko‘z bilan chamalab xaritaga tushirish uchun; 8. Har-xil binokl (durbin) ; 9. Fotoapparat va rasmga tushirish uchun har-xil foto materillar; 10. Tuproq kundaliklari etiketikalarni, xaritalarni, qalamlarni, xlorid kislotani, pichoq, lupa, taxlanadigan metrni va boshqa mayda narsalarni, tuproqni xaritaga tushirish vaqtida kerakli narsalarni solib ko‘tarib yurish uchun charmdan qilingan sumka. Tuproq kesmalarini kovlash, parmalash va monolit olish maqsadlari uchun kerakli asboblar: belkuraklar, lomlar va kirkalar, tuproq burlari. Amaliyotda har xil konstruksiyadagi parmalardan foydalanishga to‘g‘ri keladi. Aytib o‘tilgan parmalar o‘zining qadr qimmatiga va kamchiligiga ega, shuning uchun o‘rganish maqsadidagi, tuproq-guruhlarini xarakteriga qarab u yoki bu tuzilishdagi turlarini tanlash kerak. Parmalarni, pichoqlarni, belkurak, ketmon, va boshqa asbob uskunalarni qayrash uchun chegaralangan sonda egovdan olish kerak.
Dala davridagi qilinadigan ishlar. Tuproqni xaritalashdagi V.V.Dokuchayevning geografik usuli va uning ahamiyati. Tekshirilayotgan joyni yayov yurib aylanib chiqish-rekognosirovka va tuproq paydo qiluvchi sharoitlarni aniqlash, topografik asosdagi yoki aerofotosuradagi tavsilotlarni mos tushmaslik yoki o‘zgarishlarni ishchi xaritasiga tushirish va shu bilan bir qatorda ekin maydonlaridagi qishloq xo‘jalik ekinlarining holati, zovurlarning holati va oqova suvlarining mavjudligi haqidagi ma’lumotlar ishchi xaritasiga tushirib boriladi. O‘rganilayotgan joydagi tuproqning agronomik ko‘rsatkichlari bo‘yicha ma’lumot to‘planadi, bunda yerlarni sug‘orish davri, tarixi, agronomik tadbirlari har-xil tuproqlarda qo‘llanilishi, meliorativ tadbirlar, o‘g‘itlash, eroziyaga qarshi kurash choralari, qishloq xo‘jaligi ekinlari bo‘yicha hosili 3-5 yil bo‘yicha to‘planadi. Dalada tuproq tekshiruv ishlarini olib borish tartibi quydagilardan iborat: 1. Tekshirilayotgan maydonni o‘ziga xos xususiyatiga asoslanib yo‘nalishini belgilab olish, tuproq chuqurlari turlari va ularning vazifalariga qarab joylashtirish va ularni topografik asosga tushirish. 2. Asosiy tekshiruv va chuqurlarni kerakli joylarga tushirish; 3. Tuproq chuqurlari tushgan joylarning tabiiy sharoitdagi o‘zgarmas tafsilotlarga nisbatan joylashishini masshtabda belgilab topishga osonlashtirib xaritaga tushirish. 4. Tuproq turlarining chegaralarini ajratish, ularni bog‘lash va xaritaga tushirish. 5. Qo‘shni yerdan foydalanayotgan xo‘jalik xaritalariga tuproq chegaralarini mos tushishini ta’minlash. Tuproqlarni chegaralashda to‘g‘ri kelmaydigan ko‘rsatkichlarning me’yori, har bir masshtab turida har xilligini aniqlash. Bundan tashqari quyidagilarga ham e’tibor qaratish lozim. Tabiiy tuproq turlarini tarqalishi, xaritalash masshtabiga qarab eng kichkina konturdagi tuproq turini belgilash va xaritaga tushirish asoslari. Ko‘p xilli tuproq turlarini xaritaga tushirishdagi xaritalashni o‘ziga xosligi. Dala kundaligini tuzish: bog‘lash, relyefni