Tuproqni xaritalash. Tuproqni er yuzasida tarqalish qonuniyatlari
Tuproqni xaritalash . Tuproqni er yuzasida tarqalish qonuniyatlari REJA 1.Tuproqni xaritalash fani, uning rivojlanish tarixi va usullari 2. Tuproqning yer yuzasida tarqalish qonuniyatlari. 3.Xaritalash davrlari
Mamlakatimizning mustaqilligini mustahkamlash, xalq xo‘jaligi tarmoqlarining rivojlanishini taraqqiy etgan davlatlar darajasiga yetgazish yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash va ularning ilmiy, amaliy potensiyalidan keng foydalanishni davr taqozo etadi. Ma’lumki, mamlakatimizda dehqonchilik qadimiy tarixga ega, bu katta tarixiy davr ichida tuproqlarda jiddiy o‘zgarishlar bo‘ldi. Tabiiy tuproq o‘z o‘rnini o‘ziga xos butun ichki va tashqi belgilari bilan birgalikda insonning dehqonchilik faoliyati ta’sirida ro‘yobga kelgan yangi tuproq avlodiga berdi. Tuproqdan ilmiy asosda to‘g‘ri foydalanish uchun tuproqning xossasini, xususiyatini, ularning tavsifini, agronomik ko‘rsatkichlarini, tabiiy unumdorligini va ma’lum tabiiy sharoitini hisobga olish kerak. Tuproqlarni xaritaga ma’lum masshtabda tushirishda tuproqning hamma xususiyatlari haqida ma’lumot beriladi va morfologik belgilari ifodalanadi. Tuproqni xaritalashning asosiy usuli V.V. Dokuchayev tomonidan ishlab chiqilgan tuproq geografiyasi usulidir. Tuproqni tabiatda va laboratoriya sharoitida birgalikda o‘rganish tuproq hosil bo‘lishi, rivojlanishi, tarqalishi va unumdorligini aniqlash kabi juda murakkab masalalarni hal etishga yordam berdi. Tuproqni xaritalashning zamonaviy usullari haqida xorijiy davlatlarning darsliklarida ham e’lon qilingan. S.I. Gribov Pochvеnnaya kartografiya (M-vo sеl. xoz-va Ros. F е d е ratsii, Alt. gos. agrar. un-t. - Barnaul: Izd-vo AGAU, 2005). J.G.Xlud е nsov Krupnomasshtabno е kartografirovani е pochv Altayskogo kraya (El е ktronniy r е surs) : m е todich е ski е ukazaniya k praktich е skim zanyatiyam - Barnaul: Izd-vo AGAU, 2011). Informatsionno е ob е sp е ch е ni е upravl е niya z е m е lnimi r е sursami: (Uch е bno е posobi е Pod r е d. L.I.Koshkina. – M.: Visshaya shkola, 2002). A.E. Hartemink, · A. McBratney, M.L. Mendonca-Santoslarning fikriga ko‘ra tuproq haqidagi ma’lumotlar miqdoriy ko‘rsatkichlar yordamida ifodalanishi lozim. Oksvord universiteti professori Elizabet Guk Yer ro‘yxatini tuzish juda muhim masala ekanliginini ta’kidlab, uni o‘tkazishda tuproq xaritalaridan foydalanish lozimligini ko‘rsatib o‘tgan. Uning fikricha, yerlarning ro‘yxatini
tuzish yerdan foydalanuvchilarning huquqlarini himoya qiladi. M.L. Mendonca Santosa, , C. Guenatb, M. Bouzelboudjens, F. Golaylar tuproq xaritalarini tuzishda GIS texnologiyalarining ahamiyatini yoritib berishgan. Ushbu texnologiyalardan foydalanish o‘ta aniqlikda tuproq xaritalarini tuzish imkoniyatini beradi. M.L.Manchanda, M.Kudrat, A.K.Tivarilarning fikriga ko‘ra, masofaviy modellari yordamida tuproq tadqiqotlarini va xaritalash ishlarini o‘tkazish imkoniyati yaratiladi. A.B. McBratney, M.L. Mendonca Santos, B. Minasnilar tuproqni xaritalash ishlarining asosiy bosqichlari haqida ma’lumotlar keltirgan. Tuproq xaritalari tuzishda tuproq haqidagi ma’lumotlar asosiy ko‘rsatkich bo‘lib hisoblanadi. Flesearch Branch. A soil mapping system for Canada: Revised. Research Branch Agriculture. 1981. Kanadada tuproq kartografiya ishlari asosan geodeziyachilar tomonidan olib boriladi. Tuproq tadqiqot ishlari ekspert komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqiladi. Tuproq xaritalari tuzishda aerofototasvirlardan foydalanish ishning aniqligini oshiradi. Tuproq va o‘g‘itdan samarali foydalanish yo‘llarini to‘la ilmiy asoslab berish uchun bajariladigan xaritaviy ishlar natijasida quyidagilar tuziladi. Tuproq xaritalari, agrotuproq rayonlashtirish xaritalari, tuproqlarni va fermer xo‘jaligiga yer-suvlarini sifat jihatidan baholash xaritalari, tuproqlarni agronomik ishlab chiqarish tavsifnomasi va har xil xaritagrammalar (harakatchan fosfor, kaliy va h. k.) tuziladi. Ijara, dehqon va fermer xo‘jalik tuproq xaritalari va tuproq tavsifi quyidagi ishlar uchun zarur: 1. Dehqon va fermer xo‘jaliklarida agrotexnik, meliorativ, tuproq eroziyasiga qarshi va boshqa tadbirlarni ishlab chiqishda hamda tuproq unumdorligini oshirishda qo‘llaniladigan progressiv usullarini qo‘llashda. 2. Davlat yer fondini hisoblashda va yangi yerlarni o‘zlashtirishda. 3. Xo‘jaliklar ichida yer tuzishda va almashlab ekishni to‘gri joriy qilishda. 4. Tuman, viloyat va respublika tuproq xaritalarni tuzishda.
5. Qishloq xo‘jaligini ixtisoslashtirish hamda ko‘plab qishloq xojaligi tajribalarini o‘tkazish uchun. Qishloq xo‘jaligi zamini-ya’ni tuproqqa asoslangan eng qiyin ishlab chiqarish turidir. Chunki tuproqqa tushgan bir chigitni unib chiqishi uchun muayyan sharoit kerakki, bu sharoit har joyda har-xildir. Bir tuproqda sho‘rlanish, ikkinchi joyda eroziya, uchinchi joyda tuproqning zichlik darajasi yuqori, boshqa yerda suv yetishmasligi va hokazo kamchiliklar qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. Tuproqdan ilmiy asosda to‘g‘ri foydalanish uchun tuproqning xossasini, xususiyatlarini, ularning tavsifini, agronomik ko‘rsatkichlarini, tabiiy unumdorligini va ma’lum tabiiy sharoitini hisobga olish kerak. Tuproqlarni xaritalashda, ma’lum masshtabga tushirishda tuproqning hamma xususiyatlari haqida ma’lumot beriladi va morfologik belgilari ifodalanadi. Tuproq xaritashunosligining fan sifatida rivojlanishi tuproqshunoslik fanininig va qishloq xo‘jaligining rivojlanishi tarixi bilan chambarchas bog‘liq. Bizga ma’lumki, tuproq xaritasi ma’lum masshtabda tuziladi. Masshtabiga ko‘ra shartli ravishda quyidagicha nomlanadi: 1. Maxsus aniq-1:200 dan 1:2000 gacha; 2. Yirik masshtabli 1:10000 dan 1:30000 gacha; 3. Mayda masshtabli 1:30000 dan 1:1000000 gacha; 4. Umumiy tasvir beruvchi masshtabli 1:1000000 dan mayda. O‘tgan asrning ikkinshi yarmidan keyin tuproqni yer yuzasida tarqalishi qonuniyatlari va xususiyatlari bo‘yicha tuzilgan xaritaviy ma’lumotlarga e’tibor oshib bordi. Bunga sabab yerga bo‘lgan soliq va xarajatlarni belgilashda tuproq unumdorligining xususiyatlarini hisobga olishdir. Geolog olim V.V.Dokuchayevga 1877-1881 yillarda erkin iqtisod birlashmasi buyurtmasiga asosan Rossiya qora tuproqlarini o‘rganib xaritaga tushirish vazifasi beriladi. Bu tekshirishlar natijasida sxematik (1 sm da 25 km) tuproq xaritasi tuziladi. 1882 yildan boshlab V.V.Dokuchayev shogirdlari N.M.Sibirsev va boshqalar bilan hozirgi Nijniy Novgorod oblasti tuproqlarini, tuproq hosil qiluvchi omillarni o‘rganib 1:4200000 masshtabli xaritasini tuzadi.
Keyinchalik 1888-1894 yillar boshqa viloyatlar o‘rganilib V.V.Dokuchayev olgan ma’lumotlarni umumlashtirib, tabiiy fanlar ichidan tuproqshunoslik fanini ajratib chiqaradi va shu bilan tuproqlarni xaritalash faniga asos soladi. Tuproq xaritasi nazariy tomonlarini rivojlantirishda katta hissa qo‘shgan N.M.Sibirsev, V.V.Dokuchayev rahbarligida Rossiyani “tuproq xarita” sini tuzishdi. V.V.Dokuchayevdan keyin Kuchin boshqarmasining buyurtmasiga asosan Rossiyaning Osiyo qismida K.D.Glinka (1908-1915 yillar) 3 mln km2 maydonda tuproq xaritasini tuzadi. Hozirgacha shu xaritalardan foydalanib kelinmoqda. O‘zbekistonda turli zona tuproqlarini asosiy xossalari va sifatini bilmay turib, uning unumdorligini muttasil oshirish, mineral o‘g‘itlar, suv va yerdan to‘g‘ri foydalanishni tashkil etish qiyin. Shuning uchun ham hozirgi vaqtda tuproqni o‘rganish va uning unumdorligini oshirish tuproq xaritalarini tuzish yetuk mutaxassislar, olimlar ilmiy izlanishlar o‘tgazganlar va o‘tgazmoqdalar (M.A. Pankov, M.B. Bahodirov, A.M. Rasulov, E.G. Kruglova, X.M. Maxsudov, L.T. Tursunov va boshqalar.) Tuproq xaritalari agrokimyo va meliorativ ko‘rsatkichlar hisobiga yangi mazmun bilan boyitildi. Bunda akademik L.I.Prosalov va uning shogirdlari katta ishlarni amalga oshirdi. S.S.Neustruyev tuproq hosil bo‘lishida relyefning rolini, qiyaliklarda issiqlik, suv taqsimoti har xil bo‘lishini va eroziyaga moyilligini hisobga olib vertikal zonalik tushunchasiga asos soldi, avtomorf va gidromorf tushunchalarini kiritdi va shu ko‘rsatkichlarni tuproq xaritasiga tushurishni taklif etdi. U birinchi bo‘lib tuproq geografiyasi bo‘yicha o‘rganish taklifini kiritdi. L.I Prosolov birinchi bo‘lib mintaqaviy tuproq xaritasini tuzdi va hozirgi zamon xaritalariga asos soldi. Hozirgi kunda ham tuproq turlarini xaritalashda V.V.Dokuchayev uslubidan foydalanilib morfogenetik belgilari asosida tuzilmoqda. Tuproqning yer yuzasida tarqalish qonuniyatlari. xaritalash davrlari