Sho‘rlangan tuproqlar xaritasini tuzish
Sho‘rlangan tuproqlar xaritasini tuzish Reja 1. Sho‘rlangan tuproqlar тш xaritasini tuzish zaruriyati 2. Sho‘rlangan tuproqlarni xaritalash va operativ baho berishning an’anaviy uslubi 3. Ko‘p zonali kosmik fotosyomkalar ma’lumotlari asosida tuproq sho‘rlanishini aniqlash asoslari 4. "Tuproqning sho‘rlanishi" xarita-chizmasini yaratish texnologiyasi
O‘rta Osiyoning, jumladan, O‘zbekistonning sug‘orish sistemasini samarali funksiyalashni aniqlovchi muhim omillardan biri sho‘rlanish hisoblanadi. Bu sug‘oriladigan hududlarda vaqt o‘tishi bilan joylarda va tuproq qoplamining profili bo‘yicha tez o‘zgaradigan tuproqning dinamik jarayonlaridan biridir. Tuproq sho‘rlanishining darajasiga bog‘liq holda uning fizikaviy, agrokimyoviy, biologic xususiyatlari yomonlashadi va qishloq xo‘jalik madaniy ekinlarining hosildorligini pasayishiga olib keladi. Bugungi kunga qadar O‘zbekiston va boshqa Markaziy Osiyo respublikalarining sug‘oriladigan yerlaridagi tuproq sho‘rlanishining soni, sifati va xarakteri haqidagi asosiy axborot "O‘zdaverloyiha" instituti tomonidan bajarilgan tuproq tekshiruvlariga oid katta masshtabli ma’lumotlar hisoblanadi. Biroq 10-15 yilda bir marta bajariladigan bu ishlar sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini operativ ravishda nazorat qilib borish masalalarini yechishda yetarli emas (Shukshin, Shulyak, Zeman, Tojiyev, Vaksman va boshqalar, 1990). Keyingi yillarda kosmik fanning rivojlanishi bilan masofaviy uslublar, jumladan, ko‘p zonali kosmik foto syomkalari borgan sari kengroq tarqalmoqda. Masalan, V.V.Dokuchayev nomidagi Tuproqshunoslik instituti tomonidan tayyorlangan aero va kosmik fotosyomkalarning ma’lumotlaridan foydalanish uslubiyatlari mavjud. Katta masshtabli aerofoto tasvirlarni meliorativ qurilmalari ustida tadqiqot olib borishda konturlarni aniq belgilash uchun foydalanish ko‘rib chiqilgan. Mirzacho‘l yerlardagi sho‘rlangan tuproqlarning tahlili belgilash belgilari to‘g‘risidagi ma’lumotlar yig‘ish uslubi hamda har bir joyning detal kartinasini tuzish ishlari olib borilgan. VNIIGIM uslubida aerokosmik tasvirlar va ularni ishlab chiqishning asosiy bosqichlari detalma-detal ko‘rib chiqilgan. O‘zbekistonning Farg‘ona va Buxoro viloyatlaridagi sug‘oriladigan yerlardagi tuproqlarning sho‘rlanishini o‘rganish asosida aerokosmik syomkalar ma’lumotlaridan foydalanish maqsadli effekti ko‘rsatilgan. Mazkur bobda 1:100000 masshtabli ko‘p zonali kosmik fotosyomkalarning vizual instrumental ishlab chiqish ma’lumotlarining texnologiyasi bayon etilgan bo‘lib, bu sug‘oriladigan yerlarda «Sho‘rlangan tuproqlar» xarita chizmasini
operativ ravishda korrektirovka qilish uchun mo‘ljallangan, qiyosiy belgilashning zaruriy andazaviy kataloglari va ularni xaritalash ishlari olib borilgan. Respublikaning sug‘oriladigan yerlarida tuproq sho‘rlanishi holati va dinamikasini operativ ravishda nazorat qilish gidrologiya-meliorativ ekspeditsiya tomonidan ilmiy tadqiqot va loyihalash tashkilotlarini zarurat tug‘ilganda jalb etish bilan amalga oshiriladi. Sho‘rlangan tuproqlarning obyektiv bahosi va hisob kitobi sug‘oriladigan yerlarni meliorativ holatini nazorat qilishning masalalaridan biridir. Shuning uchun ham mualliflar sug‘oriladigan yerlarda tuproq sho‘rlanishini xaritalash va hisobkitobini qilishning operativ baho berishdagi an’anaviy uslublarini qayta tahlil qilib chiqdilar, ko‘p zonali kosmik foto tasvirlarni qiyosiy belgilashning fizikaviy asoslarini qisqa bayon etdilar, kosmik tasvirlarni ishlab chiqish texnologiyalarini kiritdilar. Sho‘rlangan tuproqlarni xaritalash va operativ baho berishning an’anaviy uslubi O‘zbekiston Respublikasinining sug‘oriladigan yerlarida tuproqning sho‘rlanishi odatda "O‘zdaverloyiha" Davlat loyihalash instituti tomonidan amalga oshirilgan sho‘rlangan tuproqlar syomkalarining ma’lumotlari bo‘yicha aniqlanadi. Sho‘rlangan tuproqlarning rekognossirovkali tadqiqotlari yiliga bir marta vegetatsion davrining oxirida (avgust oxiri-oktabr boshi) tuproqning o‘simlik ildiz bilan qoplangan (metrli) qatlamlarida yuqori darajada tuzlarning to‘planish davrida olib boriladi. Sho‘rlanishning asosiy manbai-tuproqning o‘simlik ildiz bilan qoplangan qatlami-yer yuzasida yaqin joylashgan minerallashgan sizot suvlari hisoblanadi. Tuproqning sho‘rlanishi ta’sirida uning ko‘rinishi va kimyoviyligi darajasiga bog‘liq holda tuproqning fizikaviy, kimyoviy va agrokimyoviy xususiyatlari yomonlashadi, natijada sezilarli darajada qishloq xo‘jaligi madaniy ekinlarning hosildorligi pasayadi.
Sho‘rlanish darajasiga qarab tuproqlarning bo‘linish belgilari rekognossirovkali tadqiqotlarda vegetatsion davridan so‘ng quyidagicha ifodalanadi. Sho‘rlanmagan tuproqlar. Qishloq xo‘jaligi madaniy ekinlari normal o‘sadi va rivojlanadi. Tuproqlarning yuza qismi ranglari bo‘yicha quruqlikdagi kabi nam holatda ham bir xil. Tuproq yuza qismida tuzlarning rangi o‘chishi kuzatilmaydi. Kam sho‘rlangan tuproqlar. O‘simliklarning kam darajada ezilishi, fragmentli yoki butunlayicha seziladi. Qirrali joylarning baland qismi pastlikka nisbatan namlangan holatda; quruq holatdagi qirrali joylarda tuzlarning rangi kam o‘chganligi seziladi. O‘rtacha sho‘rlangan tuproqlar. Madaniy ekinlarni o‘rtacha ezilishi dala konturlarining katta qismida seziladi. Unchalik katta bo‘lmagan bir necha o‘n kvadrat metrlargacha bo‘lgan yerlarda o‘simliklarga dog‘ tushishi mumkin. Qirralar va qatorning yon tomoni qisman rangi o‘chgan tuzlarning katta dog‘lari bilan qoplangan. Kuchli sho‘rlangan tuproqlar. Yetishtiriladigan qishloq xo‘jalik madaniy ekinlarining kuchli ezilishi seziladi. Dala konturlarining butun bo‘yi bo‘ylab madaniy ekinlarga turlicha o‘lchovdagi (10 dan 100 km gacha) rangi o‘chgan tuzlar bilan qoplangan katta, ba’zan butun dog‘larning rivojlanishishi kuzatiladi. Qishloq xo‘jalik ekinlari maydonlaridagi qatorlarda ham shunday rangi o‘chgan tuzlarning katta dog‘lari rivojlangan. Yovvoyi o‘tlar tarkibida galofitlarning maysali ko‘rinishlar mavjud. Yotib qolgan maydonlarga esa galofitli butalar (yulg‘unlar, sho‘rhoklar va boshqalar) ham uchraydi.
Sho‘rxoklar. Qishloq xo‘jalik madaniy ekinlari butunlay nobud bo‘ladi. Tuproqning yuza qismi tuz bilan to‘ydirilgan qobiq bilan qoplangan. Sodali sho‘rlangan tuproq yuza qismi intensiv qora rangga ega. Bunday maydonlarda galofitli o‘simliklar o‘sadi (sho‘r o‘simliklar, yulg‘unlar va boshqalar). Tuproqlarning bo‘linish belgilari ularning qay darajada sho‘rlanishiga qarab, rekognossirovka tadqiqotlarida butun dala yoki fragmentli, alohida maydonlar bo‘yicha paxta hosildorligining foizli ko‘rsatkichlari orqali ham ifodalanishi mumkin (8-jadval). 8-jadval Tuproqlarning sho‘rlanish darajasi bo‘yicha paxta hosildorligining Kamayishi Tuproqning sho‘rlanish darajasi Paxtaning kam hosilligi, % Sho‘rlanmagan - Kam sho‘rlangan 20-50 O‘rtacha sho‘rlangan 50-70 Kuchli sho‘rlangan 70-90 Sho‘rhoklar 90-100 Tuproqlar sho‘rlanishining vizual kuzatuv natijalari yerdan foydalanish rejalarida 1:10000 masshtabli xaritalarda qayd qilinadi. Bajarilgan ishlarning sifat bahosi maxsus aktlar bilan rasmiylashtiriladi. Rekognossirovka tadqiqotlarining ma’lumotlari bo‘yicha sug‘oriladigan yerlar va tuprog‘i o‘rganiladigan boshqa tashkilotlar-"O‘zdaverloyiha" institutining tuproq sho‘rlanishi haqidagi ma’lumotlari korrektirovka etiladi (tuzatiladi). Buning uchun sho‘rlangan