logo

SHO‘RXOQ VA SHO‘RXOQLI, SHO‘RTOB VA SHO‘RTOBLI, TAQIRLI TUPROQLAR VA QUMLIKLARNI O‘ZLASHTIRISH

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

43.8193359375 KB
MAVZU:   SHO‘RXOQ VA SHO‘RXOQLI, SHO‘RTOB VA SHO‘RTOBLI,
TAQIRLI TUPROQLAR VA QUMLIKLARNI O‘ZLASHTIRISH
Reja:
1. SHo‘rxok va sho‘rxoksimon tuproqlarni o‘zlashtirish.
2. SHo‘rtob va sho‘rtobli tuproqlarni o‘zlashtirish.
3.   SHo‘rlangan   tuproqlarni   o‘zlashtirilgandan   keyin   ulardan   foydalanish
yo‘llari.
4. Qum va qumloq tuproqlarning tarqalishi ularning meliorativ xolati.
5. YAylovlar barpo qilish uchun o‘zlashtirish.
6. Dexqonchilik maqsadida o‘zlashtirish (lalmikor va sug‘oriladigan).
7. Melioratsiya jihat og‘ir tuproqlarni meliorativ holati.
  1. SHo‘rxok va sho‘rxoksimon tuproqlarni o‘zlashtirish.
SHo‘rxok va sho‘rxoksimon tuproqlar  O‘zbekiston Respublikasining tekislik
mintaqasida   ya’ni   Mirzacho‘l   Jizzax,   SHyerabod,   Qarshi,   YOzyovon   cho‘llarida
Buxoro   Xorazm   viloyatlarida   Qoraqalpog‘iston   Respublikasida   keng   tarqalgan.
Bunday   tuproqlar   och   tusli   bo‘z,   taqir   va   taqirli,   o‘tloqi,   o‘tloqi   botqoq
tuproqlarning   tarkibida   bo‘lib   sho‘rlanish   darajalari,   sho‘rlanish   tiplari   va   tuproq
tarkibida tuzli qatlamlarning joylashish chuqurligi bilan bir-biridan farqlanadi.
SHo‘rxoksimon   tuproqlarning   tarkibida   0,3-2,0%   gacha   suvda   yeriydigan
tuzlar bo‘ladi va tuzli qatlam yer yuzasidan 30-50 sm dan 70-150 sm gacha bo‘lgan
chuqurlikdan boshlanadi.
SHo‘rxok tuproqlarning tarkibida 2-3 % dan ko‘p miqdorda tuzlar bo‘lib, ular
yerning   yuzasidan   sizot   suvlarigacha   bo‘lgan   qatlamlarda   tarqalgan   bo‘ladi.
SHo‘rqoksimon   va   sho‘rxok   tuproqlar   tuzilishi,   suv-fizik   xossalari   va   boshqa
xususiyatlari   bilan   bir-biridan   katta   farq   qiladi.   SHuning   uchun   xam   sho‘rxok   va
sho‘rxoksimon tuproqlarni o‘zlashtirishda o‘ziga xos xususiyatlarini xisobga olish
kyerak.   Bunday   xususiyatlarga   sho‘rxok   va   sho‘rxoksimon   tuproqlar   tarqalgan
joyning   iqlim,   relьef,   tuproq,   sizot   suvlar   rejimi   ularning   minyerallashganligi,
oqimli va oqimsiz bosimli-bosimsizligi kiradi.
Har   qanday   sharoitda   ham   sho‘rxok   va   sho‘rxoksimon   tuproqlarni
o‘zlashtirish uchun bir qancha tadqiqot ishlari o‘tkaziladi. O‘tkazilgan tadqiqotlar
asosida   yerlar   meliorativ   mintaqa,   meliorativ   mintaqachalar   va   gidromodulь
rayonlarga   bo‘lib   chiqiladi,   hamda   ularning   xar   biri   uchun   alohida   o‘zlashtirish
tadbirlari   ishlab   chiqiladi.   O‘zlashtirish   tadbirlari   “Gidrotexnik”   va
“Agromelirativ” tadbirlar majmuyasidan iborat bo‘ladi.
Gidromelioratsiya   tadbirlari   o‘zlashtirilayotgan   yerlarni   zovurlashtirish   va
sug‘orish   tarmoqlarini   barpo   etish   uchun   tadqiqot   ishlarini   o‘tkazish,   gidrotexnik
inshootlarni   loi h alashtirish   va   qurilish,   yer   tuzish   ishlarini   amalga   oshirish
kabilarni o‘z ichiga oladi.
Agromeliorativ   tadbirlar   esa   yerga   ishlov   byerish,   chuqur   yumshatish   va
tilmalash,   sho‘r   yuvish,   tuproq   unumdorligini   oshirish,   dastlabki   o‘zlashtirish ekinlarni tanlash va joylashtirish, ularni etishtirish texn o logiyalarini ishlab chiqish
hamda   amalga   oshirish,   maxsus   meliorativ   almashlab   ekish   tizimini   qo‘llash
tadbirlaridan iborat bo‘ladi.
Ma’lumki,   sug‘oriladigan   sho‘r   yerlarda   zovurlarning   vazifasi   tuproq-grunt
tarkibidagi ortiqcha tuzlarni va sizot suvlarni tortib olish hamda ularni dalalardan
tashqariga chiqarib yuborishdir.
Buning uchun yerning relьefi, g e ologik, gidrog e ologik, litologik  sharo itlari va
tuproq   gruntining   mexanik   tarkibi,   sho‘rlanish   darajasi,   tipi,   tuzli   qatlamlarning
joylashish chuqurligi hisobga olingan holda zovurlarning turi, chuqurligi, zovurlar
orasidagi masofa tanlab joylashtiriladi. 
YUqorida   ko‘rsatilgan   me’yorlarda   va   muddatlarida   sh o‘ r   yuvilganda   sho‘r
yuvishdan   keyingi   yerni   ekinga   tayyorlash   tadbirlarini   o‘z   vaqtida   sifatli   qilib
o‘tkazish  imkoniyati   bo‘ladi  hamda   tuproqda  tuzlarning  qayta  to‘planish  jarayoni
susayadi.
1 .94 -jadval
Kuchsiz va o‘rtacha sho‘rlangan yerlarni zovurlashtirilgan sharoitda
kuzgi-qishki sho‘r yuvish yo‘li bilan o‘zlashtirish tadbirlari
№ Tadbirlar O‘tkazish muddati Izoh
1 Yer tekislash Mart-may
2 Sug‘orish va kollektor 
tarmoqlarini qurish Mart-oktyabr
3 SHudgor  Oktyabr-noyabr 30-40 t gektariga go‘ng, 
fosforli o‘g‘itlarning 70 % 
(yillik me’yorga nisbatan) 
solinadi
4 Joriy tekislash Oktyabr-noyabr
5 CHek yoki egat olish Noyabr
6 Vaqtinchalik sug‘orish 
tarmoqlarini olish Noyabr SHo‘rlanish darajalari 
bo‘yicha ekin turlarini 
tanlash 7 SHo‘r yuvish Noyabr-dekabr
8 Joriy tekislash Mart
9 Minyeral va organik 
o‘g‘itlarni solish Mart
10 CHizellash, boronalash 1-10 aprel
11 Ekish  1-10 aprel
SHo‘r   yuvilgan   yerlarda   yerta   bahorda   tuproq   namligi   etilishi   bilan
(70% ga etganda tuproqning chegaraviy nam sig‘imiga nisbatan) ekin ekish uchun
yerga ishlov byerish tadbirlari o‘tkaziladi.
YAngi   o‘zlashtirilgan   kuchsiz   va   o‘rta   sho‘rlangan   yerlarni   sho‘ri
yuvilgandan keyin ularga dastlabki o‘zlashtirish ekinlari ekiladi. Bunda ekinlar tuz
ta’siriga   chidamli   tuproq   unumdorligiga   kam   talabchan,   tuproqdan   suvni   fizik
bug‘lantirishni kamaytiradigan va tuz to‘planishini oldini oladigan ekinlar ekilishi
kyerak. Bunday ekinlarga g‘o‘za, beda, dukkakli   don va g‘alla   donli ekinlar kiradi.
SHo‘rxok   va   sho‘rxoksimon   tuproqlarni   qisqa   muddatda   sho‘rini   yuvish   va
qishloq   xo‘jalik   oborotiga   kiritish   uchun   uch   usuldan   foydalanish   maqsadga
muvofiqdir.
1.Zovurlashtirilgan sharoitda kuzgi-qishgi sho‘r yuvish.
2.Zovurlashtirilgan sharoitda yozda sholi ekib sho‘rini yuvish.
3.Jadal zovurlashtirilib sho‘rini yuvish.
YUqorida   ko‘rsatilgan   xar   bir   o‘zlashtirish   usulida   qo‘llaniladigan   sho‘r
yuvishda  tuproqning  tuzlardan  tozalanish  muddati,  umumiy  suv   sarfi,  qilinadigan
melioratsiya xarajatlari va ularni qoplash muddatlari turlicha bo‘ladi.
YAngi   o‘zlashtirilgan   sho‘rxok   va   sho‘rxoksimon   tuproqlardan   samarali
foydalanish uchun ularni meliorativ holatini yaxshi saqlash, unumdorligini uzliksiz
oshirib   borish,   dastlabki   o‘zlashtirish   ekinlarni   ekish   maxsus   almashlab   ekish
majmuyasini   joriy   qilish   kabi   tadbirlar   o‘tkaziladi.   Bular-dan   tashqari   yangi
o‘zlashtirilgan   yerlarda   etishtiriladigan   qishloq   xo‘jalik   ekinlarining   ilmiy
asoslangan agrotexnik tadbirlarini ishlab chiqish va ularga rioya qilish xam muxim
masala xisoblanadi. Ma’lumki sho‘r yerlarda etishtiriladigan ekinlari texnologiyasi sho‘rlanmagan   yerlarda   etishtiriladi-gan   ekinlar   texnologiyasidan   tubdan   farq
qiladi.   Jumladan   sho‘r   yerlarda   tuz   ta’siriga   chidamli   ekinlarni   turi   va   navi
bo‘yicha tanlash, joriy sho‘r yuvish texnikasi  va texnologiyasi, mavjud kollektor-
zovur   tarmoqlaridan   foydalanish,   ekinlarni   sug‘orish,   minyeral   oziqlantirish   va
boshqa tadbirlar bilan farqlanadi.
2. SHo‘rtob va sho‘rtobli tuproqlarni o‘zlashtirish.
SHo‘rtob   va   sho‘rtobli   tuproqlar   asosan   namgarchilik   ko‘p   bo‘ladigan
mintaqalarda   tarqalgan.   Lekin   O‘zbekiston   xududida   ham   kam   miqdorda   uchrab
turadi.   Bunday   tuproqlar   Qarshi,   SHyerobod,   cho‘llarida,   Buxoro   viloyatida   va
Qoraqalpog‘istonda bor.
Ma’lumki sho‘rtob va sho‘rtobli tuproqlarning singdiruvchi kompleksida juda
ko‘p   miqdorda   natriy   bo‘ladi   (kam   sho‘rtobli   -   0-10%,   sho‘rtobli-10-20%,
sho‘rtob-   20%   dan   ko‘p).   SHuning   uchun   bunday   tuproqlar   bir   qancha   noqulay
xossalardan   iborat:   tuproq   yeritmasi   ishqoriy   reaksiya   byeradi,   zichligi   yuqori,
suvni   juda   kam   o‘tkazadi,   tarkibida   suvda   yeriydigan   tuzlar   ko‘p,   shudgor
qilinganda palaxsa hosil bo‘ladi.
SHo‘rtob   va   sho‘rtobli   tuproqlarni   o‘zlashtirishda   xam   yuqorida
ko‘rsatilganidek   gidrotexnik   va   agromeliorativ   tadbirlar   majmuasidan
foydalaniladi.   Lekin   sho‘rtob   va   sho‘rtobli   tuproqlarni   o‘zlashtirishda   dastlab
tuproqning singdiruvchi kompleksidagi ortiqcha natriyni chiqarishga mo‘ljallangan
kimyoviy   tadbirlar   o‘tkaziladi.   Kimyoviy   melioratsiyada   yerga   gips   yoki   ohak
solinadi.   Bunda   tuproqning   singdiruvchi   kompleksidagi   Na   bilan   Sa   o‘zaro
almashinish   reaksiyasiga   kirishadi,   natijada   kalьsiy   karbonat   va   natriy   sulьfat
tuzlari hosil bo‘ladi. Bu tuzlar sho‘r yuvish ta’sirida osongina tuproqdan yuviladi.
SHo‘rtobli   tuproqlarni   o‘z   tarkibidagi   kalьsiy   zahiralari   hisobiga   ham
o‘zlashtirish mumkin. Bunday sho‘rtobli qatlam ostida joylashgan kalьsiy karbonat
yoki   kalьsiy   sulьfat   (gips)   qatlamlari   maxsus   qurollar   bilan   (chuqur   ag‘darilib)
ag‘darilib   aralashtiriladi   natijada   kalьsiy   natriy   bilan   aralashib   ularning   suv-fizik
xossalari yaxshilanadi.
3. SHo‘rlangan tuproqlarni o‘zlashtirilgandan keyin ulardan foydalanish yo‘llari. 3. SHo‘rlangan tuproqlarni o‘zlashtirilgandan keyin ulardan foydalanish
yo‘llari
Kuchsiz   sho‘rlangan   yerlarga  o‘zlashtirishning  birinchi   yilidan   boshlab  beda
ekish   va   uch   yillik   bedadan   keyin   esa   4-5   yil   davomida   g‘o‘za   va   g‘alla   donli
ekinlarni ekish mumkin.
Ikkinchi   variantda   bahorda   don   uchun   soya   ekish   mumkin.   Ma’lumki   soya
dukkaklidon ekinlar tarkibiga kirib syerhosil (30-40ss/ga don, 350- 450ss/ga ko‘k
massa)  biologik azot  to‘plovchi ekindir. Soya qator oralig‘iga ishlov byeriladigan
ekin   bo‘lganligi   tufayli   yozda   ekiladigan   beda   uchun   yaxshi   sharoit   vujudga
keltiradi va bedadan to‘liq ko‘chat olinib 3 yil davomida mo‘l xosil byeradi.
YUqorida   keltirilgan   birinchi   va   ikkinchi   guru h   ekinlarida   almashlab   ekish
tizimi 3:5 ya’ni 8 dalani bo‘lib bir dalada 3 yil beda va 5 yil g‘ o‘ za ekiladi.
Uchinchi guruxda esa yerdan jadal foydalanib bir yil davomida 2-ma r ta hosil
olish   va   tuproq   unumdorligini   takroriy   bir   yillik   dukkaklidon   ekinlar   hisobiga
oshirish ko‘zda tutiladi.
Bunda   qisqa   rotatsiali   1:2   tizimli   3   dalali   ya’ni   bir   dalada   bir   yil   davomida
g‘alla   ekinlari   va   dukkaklidon   ekinlari   qolgan   ikki   dalada   esa
2 yil g‘o‘za ekish ko‘zda tutiladi.
O‘rtacha   sho‘rlangan   yerlarda   sho‘r   yuvish   me’yori   katta   bo‘lishi,   bedaga
ozuqa   moddalarning   ko‘proq   yuvilishi,   xaydama   qatlam   ostining   ko‘proq
zichlanishi   hamda   tabiiy   tuz   to‘planish   jarayonining   yuqoriligi   tufayli   dastlabki
o‘zlashtirish   ekinlari   g‘o‘za   yoki   bahorgi   g‘alla   ekinlar   bo‘lgani   ma ’ qul.   CHunki
bu ekinlar dukkakli ekinlarga nisbatan tuz ta’siriga ancha chidamli.  SHuning uchun
o‘zlashtirishning 1, 2 yillarida sho‘rga chidamli ekinlar 3 va undan keyingi yillarda
esa   dukkakli   ekinlarni   ekish   mumkin.   Bundan   tashqari   tuproq   unumdorligini
uzluksiz oshirib borish maqsadida qisqa rotatsiyali 3:4 beda g‘o‘za va g‘alla-donli,
dukkakli-donli ekinlar ishtirok etadigan 1:2 tizimli almashlab ekishlar qo‘llaniladi 
Kuchsiz   va   o‘rtacha   sho‘rlangan   yerlardagi   yuqorida   ko‘rsatilgan   almashlab
ekish   tizimlaridagi   ekinlarga   qo‘shimcha   sabzabot,   poliz,   em   xashak   ekinlarini ham kiritish mumkin. Lekin ekinlar tarkibining 30-40 % ni dukkakli ekinlar tashkil
qilgan ma’qul.
Melioratsiya   ji h atdan   og‘ir   tuproqlarni   jadal   zovurlashtirish,   (chuqur   doimiy
va   soyoz   muvaqqat   zovur)   chuqur   yumshatish   va   tilmalash,   kimyoviy   hamda
organik   moddalar   solish   yo‘li   bilan   birgalikda   sho‘rini   yuvish   natijasida   tuproq
tarkibidagi   tuzlar   qisqa   vaqt   ichida   (1-1,5   oy)   sho‘rxok   va   kuchli   sho‘rlanish
darajasidan   (o‘zlashtirishdan   oldin)   o‘rtacha   va   sho‘rlanish   darajasigacha
kamayishi (sho‘r yuvilgandan keyin) mumkin. Ularni to‘liq massiv yoki ayrim dala
bo‘yicha   kuchsiz   sho‘rlanish   darajagacha   kamaytirish   uchun   3-4   oy   davomida
yuvish talab qilinadi. CHunki tuproq tarkibidagi Ca SO
4    2H
2 O ,  SaCO
3  , Na
2  SO
4  ,
MgS O
4   tuzlarining   yerish   xususiyatlari   juda   pastdir,   shuningdek   bunday   yerlarda
kuchli   minyerallashgan   sizot   suvlarining   doimo   yer   yuzasiga   yaqin(1,5-2   m)
joylashishi tufayli qayta sho‘rlanishga o‘ta moyildir.
SHuning   uchun   bunday   yerlardan   o‘zlashtirishning   birinchi   yilidayoq   ekin
ekib foydalanish uzoq muddat sho‘rini yuvishga nisbatan ancha afzalliklarga ega.
Masalan,   tuz   ta’siriga   chidamli   bo‘lgan   jo‘xori,   kungaboqar,   ekinlari   o‘rtacha
sho‘rlangan   tabiiy   unumdorligi   kam   bo‘lgan   yerlarda   talab   qilingan   agrotexnik
tadbirlar   (nav   va   urug‘   tanlash,   sug‘orish,   minyeral   va   organik   moddalar   bilan
oziqlantirish,   kulьtivatsiya   kabi)   o‘z   vaqtida   sifatli   qilib   o‘tkazilganda   mo‘l   hosil
olish   mumkin   (kungaboqar-236   –   370ss/ga ,   jo‘xori-
285-385ss/ga).   SHuningdek   ularni   sug‘orish   natijasida   tuzlarning   yuvilishi,   ildiz
massasi   va   yer   usti   qismlarining   tuproqda   qolishi   tufayli   tuproq   unumdorligini
oshib   borishi   juda   ko‘p   ilmiy   tadqiqotlar   bilan   isbotlangan   (CH.Rabochev,
N.Bespalov,   O.Ramazanov,   A.Morozov,   G.Reshetov,   I.Kiseleva,   V.Kabaev,
K.Abdurazaqov,   U.Norqulov).   N.F.Bespalov   va   uning   shogirdlari   Mirzacho‘lda
o‘tkazilgan   tajribalarga   asoslanib   ( 1 3. 2-j adval)   melioratsiya   jihatidan   og‘ir
tuproqlarni   asosiy   sho‘ri   yuvilgandan   keyin   birinchi   yili   bahorda   kungaboqar,
jo‘xori   ekinlarini,   kuzda   tritikale,   pyerko,   javdar,   ikkinchi   yil   tritikale,   pyerko,
bahorda   esa   takroriy   ekin   sifatida   makkajo‘xori,   uchinchi   yilda   esa   g‘o‘za   ekish
yuqori samara byerishligini ko‘rsatdi. 1 .95-jadval
Melioratsiya ji h atdan og‘ir tuproqlarni sho‘ri yuvilgandan   keyin tavsiya
qilinadigan dastlabki ekin turlari va keyingi almashlab ekish tizimlari
№ Dastlabki ekinlar Keyingi
almashla
b   ekish
tizimlari1-yil 2-yil 3-yil 4-yil 5-yil
1 Jo‘xori,
+pyerko
kuzgi
ekinlar) pyerko+ma
k-kajo‘xori
(takroriy
ekinlar) G‘o‘za G‘o‘za G‘o‘z
a 3:3
1:2
2 Kungaboqar
+
Tritikale
(kuzgi ekin) Tritikale   +
makkajo‘xo
ri
  (takroriy
ekin) G‘o‘za G‘o‘za G‘o‘z
a 3:3
1:2
3 Jo‘xori,
+pyerko
yoki
raps( kuzgi) +pyerko
yoki   raps+
jo‘xori
(bahorgi)
kuzgi
bug‘doy kuzgi
bug‘doy+ma
k-kajo‘xori
(takroriy
ekin) G‘o‘za G‘o‘z
a 3:3
1:2
4 Jo‘xori   yoki
Kungaboqar
pyerko   yoki
raps Qashqarbed
a (1 yil) Qashqarbeda
(1 yil)+
kuzgi
bug‘doy kuzgi
bug‘doy+ma
k-kajo‘xori
(takroriy
ekin) G‘o‘z
a 3:3
1:2
Bunda   zararli   tuzlarning   3   yil   davomida   0,282-0,298%   dan
0,216-0,223%   gacha   kamayganligi,ekinlarning   hosildorligi   yildan-yilga   oshib borishi   va   3   yilda   esa   ushbu   ekinlardan   keyin   ekilgan   g‘o‘zaning   hosildorligi
g‘o‘za   monokulьturasiga   nisbatan   4,2-6,1ss/ga   yuqori   bo‘lishligini   shuningdek
g‘o‘za   monokulьturasida   har   yilgi   joriy   sho‘r   yuvish   tadbirini   o‘tkazilishiga
qaramasdan   (3000   m3/ga)   kuzda   bahorgi   holatiga   nisbatan   tuz   to‘planishi
kuzatilgan.
Jo‘xori,   kungaboqar,   tritikale,   pyerko,   makkajo‘xori   ekinlari   navbat   bilan
ekilganda  tuproq  tarkibidagi   tuzlarning  kamayishiga  asosiy   sabab,  birinchidan  yil
davomida   yerning   o‘simlik   qoplamiga   ega   bo‘lishi   tufayli   suvning   fizik
bug‘lanishni   kamayishi,   ikkinchidan   tuproqqa   ishlov   byerish   va   oziqlantirish
natijasida   donador   strukturani   vujudga   kelishi   hamda   chirindi   miqdorini   oshib
borishi, uchinchidan vegetatsiya va novegetatsiya davrlaridagi sug‘orishlaridir.
4. Qum va qumloq tuproqlarning tarqalishi ularning meliorativ holati.
O‘zbekistonda   qum   va   qumloq   tuproqlarning   maydoni   17,5   mil.   ga   bo‘lib,
ular   Amudaryoning   o‘rta   va   quyi   oqimida,   Buxoro,   Qorako‘l,   To‘rtkul,   Ellikqala
massivlarida,   Jizzax   viloyatining   Arnasoy,   Navoiy   viloyatining   Nurota,   Tomdi,
Baxoriston  tumanlarida  keng  tarqalgan.  Bulardan  tashqari   qumliklar  vodiylarning
ichida ochiq massivlar tarzida xam uchraydi. Masalan Sandiqli qum (Amudaryo va
Qashqadaryo   o‘rtasida)   Katta   qum   (Surxondaryo   viloyati)   Tol   quduq,   YOzyovon
qumliklari (Farg‘ona viloyati)
Qum   va   qumloq   tuproqlarni   suv-fizik   xossalari   melioratsiya   jihatdan   o‘ta
noqulay   chunki   ular   g‘ovaklardan   iborat   bo‘lganligi   uchun   suv   o‘tkazuvchanligi
juda yuqori, nam sig‘imi va suvni ko‘tarish qobiliyatlari juda past, tabiiy unimsiz,
chirindi va oziqa moddalar bilan tabiiy ta’minlanmagan.
Bu   tuproqlar   sahro   va   yarim   cho‘l   mintaqalarida   tarqalganligi   uchun   iqlimi
quruq, yog‘ingarchilik miqdori juda kam (40-140 mm/yil), shu tufayli o‘simliklar
qoplami   ham   siyrakdir.   SHamol   faoliyati   yuqori   bo‘lganligi   uchun   qum   va
qumliklar   ko‘chib   turishi   bilan   xarakatlanadi   va   relьefi   doimo   o‘zgarib   turadi
xamda yeroziyaga uchraydi. Qum va qumloq tuproqlarni meliorativ xolatini noqulay bo‘lishining keyingi
sabablari ularning sho‘rlanganligi va botqoqlanishga moilligadadir.
5. YAylovlar barpo qilish uchun o‘zlashtirish.
O‘zbekiston   Respublikasida   qumliklardan   samarali   foydalanish   uchun
yaylovlar   barpo   qilish   maqsadida   o‘zlashtirishni   katta   amaliy   ahamiyati   bor.
YAylovlar barpo qilish uchun dastlab qumliklarni ko‘chishini oldini olish choralari
(qumli yaylovlarda chorva mollarini tartib bo‘yicha boqish, yaylovlardagi mavjud
butazorlar   va   saksavullarni   asrash,   yaylovlarni   shudgor   qilmaslik)   ko‘riladi.
Qumliklarni   ko‘chishiga   qarshi   kurashish   uchun   esa   mexanik   (tik   va   to‘shama
to‘siqlar)   himoya   vositalari   qo‘llaniladi.   To‘siqlar   o‘simliklar   va   butalardan   turli
o‘lchamda tayyorlanadi.
To‘siqlar   orasidagi   masofa,   balandligi   va   joylashtirish   tartiblari   qumliklarni
ko‘chish   sharoitiga,   shamolning   yo‘nalishiga   va   kuchiga   qarab   turlicha   bo‘ladi.
Qumliklar   mustahkamlangandan   keyin   to‘siqlar   orasiga   qum   o‘simliklarini
urug‘lari maxsus texnologiya asosida ekib chiqiladi.
6. Dexqonchilik maqsadida o‘zlashtirish (lalmikor va sug‘oriladigan).
Qumliklarni   dexqonchilik   qilish   maqsadida   o‘zlashtirishning   o‘ziga   xos
xususiyatlari   bor.   Bunday   o‘zlatirish   uchun   gidrotexnik,   agromeliorativ   o‘rmon
melioratsiya va kimyoviy tadbirlar majmuasidan foydalaniladi. Lekin o‘zlashtirish
tadbirlari lalmkor va sug‘oriladigan sharoitlarga bog‘liq xolda o‘zgaradi. 
Masalan   qumliklarda   sug‘orib   dexqonchilik   qilish   uchun   sug‘orish   va
kollektor   -   zovur   tarmoqlarini   bo‘lishi   zaruriydir.   SHu   bilan   birga   sug‘oriladigan
qumliklarda   etishtiriladigan   ekinlar   almashlab   ekish,   sug‘orish   tartibi,   ekinlarni
oziqlantirish,   yerga   ishlov   byerish,   tuproq   unumdorligini   oshirish   tadbirlari   ham
o‘ziga xosdir.
Qumliklarda   sug‘orib   dexqonchilik   qilishning   yana   bir   avzallik   tomoni
shundaki, ular sahro mintaqasida tarqalganligi uchun ekinlarning o‘suv davri juda
uzoq   davom   etadi   va   bu   yerlarda   foydali   harorat   yig‘indisi   5200-5500 0
S   gacha boradi.   Bunday   harorat   va   uzun   kunlik   bir   yil   davomida   2-3   marta   hosil   olish
imkoniyatini byeradi (Baxorgi ekinlar + takroriy ekinlar + oraliq ekinlari).
7. Melioratsiya jihat og‘ir tuproqlarni meliorativ holati.
Melioratsiya   jihatdan   og‘ir   tuproqlar   tarkibiga   sho‘rxok,   taqir,   taqir   gipsli,
karbonatli tuproqlar kiradi.
Bu tuproqlarning umumiy xususiyatlari shundan iboratki ularda asosan tuproq
gruntining   litalogik   tuzilishi   turlicha   mexanik   tarkibi   og‘ir,   juda   zichlashgan
(tuproqning   hajmiy   massasi   1,60-1,85   t/m 3
)   suv-fizik   xossalari   o‘ta   noqulay
(filьtratsiya   koeffitsenti   Kf  0,01m/sut   dan   kichik)   sizot   suvlari   tabiiy   oqimsiz,
juda   kuchli   minyerallashgan   (20-50g/l),   gipsli   va   karbonatli   tuproqlar   tarkibida
gips karbonat miqdori 10-40%, gipsli, karbonatli qatlamning joylashish chuqurligi
20-200 sm, qatlam qalinligi 20-100 sm, gips va karbonat zarrachalarining kattaligi
0,1-100   mm   dan   iborat   bo‘ladi.   Gipsli   va   karbonatli   qatlamlar   yumshoq   yoki
jipslashgan   o‘ta   zichlashgandir.   SHuning   uchun   bunday   qatlamga   ega   bo‘lgan
tuproqlarda suvning filьtrlanishi juda pastdir.
Melioratsiya   jihatidan   og‘ir   tuproqlarni   o‘zlashtirishda   ham   yuqorida
ko‘rsatilgan   gidromeliorativ   (yerning   asosiy   tekislash   zovurlashtirish,   sug‘orish
tarmoqlarini   barpo   qilish   va   suv   ta’minoti   va   agromeliorativ   (yerni
shudgorlashtirish sho‘r yuvish, dastlabki ekinlar ekish va maxsus almashlab ekish
tizimlarini joriy etish) tadbirlari o‘tkaziladi.
Lekin, bunday tuproqlarning o‘ziga xos xususiyatlari mavjud.
Masalan   melioratsiya   jihatdan   og‘ir   tuproqlarda   doimiy   zovurlarning   hajmi
ko‘paytiriladi. 
YOpiq   doimiy   zovurlar   orasidagi   masofa   70-100   m,   ularning   chuqurligi
3-3,5   m   ni   tashkil   qiladi.   SHuningdek   bunday   yerlarni   o‘zlashtirishda   doimiy
chuqur zovurlarga qo‘shimcha muvaqqat (vaqtinchalik) sayoz zovurlar ham barpo
qilinadi. Foydalanilgan adabiyotlar:
1.   Chandrasekaran   B.,   Annadurai   K.,   Somasundaram   E.   A   textbook   of
Agronomy. New Delhi. 2010. New a ge Intyernational (p) Limited, Publi-shyers.
                        2 .   Crop   Rotation   on   Organic   Farms:   A   Planning   Manual,   NRAES   177
Charles L. Mohlyer and Sue Ellen Johnson, editors Published by NRAES, July 2009.
3.   Azimboev   S.A.   Dehqonchilik,   tuproqshunoslik   va   agrokimyo   asoslari.
(Darslik). T. Iqtisodiyot-moliya 2006. – 180 b.
4. Mo‘minov K., Azimboev A., Sanaqulov A., Byerdiboev E., Kenjaev YU
Dehqonchilik ilmiy izlanish asoslari bilan. (O‘quv qo‘llanma) – T.: “Turon-iqbol”,
2014. – 240 b.
5.   Artukmetov   Z.A.,   SHyeraliev   X.SH.   Ekinlarni   sug‘orish   asoslari.
(Darslik). T.: O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati. 2007.-312 b. 
6. Norkulov U., SHyeraliev X. Qishloq xo‘jalik melioratsiyasi. (Darslik). T.:
ToshDAU tahr.-nashr. bo‘limi, 2003. – 214 b.
7. To‘xtashev B., Azimboev S., Qarabaeva T., Byerdiboev E., Nurmatov B.
Qishloq   xo‘jalik   melioratsiyasi   va   yer   tuzish   fanidan   amaliy   va   tajribaviy
mashg‘ulotlar.   (O‘quv   qo‘llanma).   -   T.:   “ToshDAU   nashr-tahririyat   bo‘limi”,
2012. – 187 bet.

MAVZU: SHO‘RXOQ VA SHO‘RXOQLI, SHO‘RTOB VA SHO‘RTOBLI, TAQIRLI TUPROQLAR VA QUMLIKLARNI O‘ZLASHTIRISH Reja: 1. SHo‘rxok va sho‘rxoksimon tuproqlarni o‘zlashtirish. 2. SHo‘rtob va sho‘rtobli tuproqlarni o‘zlashtirish. 3. SHo‘rlangan tuproqlarni o‘zlashtirilgandan keyin ulardan foydalanish yo‘llari. 4. Qum va qumloq tuproqlarning tarqalishi ularning meliorativ xolati. 5. YAylovlar barpo qilish uchun o‘zlashtirish. 6. Dexqonchilik maqsadida o‘zlashtirish (lalmikor va sug‘oriladigan). 7. Melioratsiya jihat og‘ir tuproqlarni meliorativ holati.

1. SHo‘rxok va sho‘rxoksimon tuproqlarni o‘zlashtirish. SHo‘rxok va sho‘rxoksimon tuproqlar O‘zbekiston Respublikasining tekislik mintaqasida ya’ni Mirzacho‘l Jizzax, SHyerabod, Qarshi, YOzyovon cho‘llarida Buxoro Xorazm viloyatlarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida keng tarqalgan. Bunday tuproqlar och tusli bo‘z, taqir va taqirli, o‘tloqi, o‘tloqi botqoq tuproqlarning tarkibida bo‘lib sho‘rlanish darajalari, sho‘rlanish tiplari va tuproq tarkibida tuzli qatlamlarning joylashish chuqurligi bilan bir-biridan farqlanadi. SHo‘rxoksimon tuproqlarning tarkibida 0,3-2,0% gacha suvda yeriydigan tuzlar bo‘ladi va tuzli qatlam yer yuzasidan 30-50 sm dan 70-150 sm gacha bo‘lgan chuqurlikdan boshlanadi. SHo‘rxok tuproqlarning tarkibida 2-3 % dan ko‘p miqdorda tuzlar bo‘lib, ular yerning yuzasidan sizot suvlarigacha bo‘lgan qatlamlarda tarqalgan bo‘ladi. SHo‘rqoksimon va sho‘rxok tuproqlar tuzilishi, suv-fizik xossalari va boshqa xususiyatlari bilan bir-biridan katta farq qiladi. SHuning uchun xam sho‘rxok va sho‘rxoksimon tuproqlarni o‘zlashtirishda o‘ziga xos xususiyatlarini xisobga olish kyerak. Bunday xususiyatlarga sho‘rxok va sho‘rxoksimon tuproqlar tarqalgan joyning iqlim, relьef, tuproq, sizot suvlar rejimi ularning minyerallashganligi, oqimli va oqimsiz bosimli-bosimsizligi kiradi. Har qanday sharoitda ham sho‘rxok va sho‘rxoksimon tuproqlarni o‘zlashtirish uchun bir qancha tadqiqot ishlari o‘tkaziladi. O‘tkazilgan tadqiqotlar asosida yerlar meliorativ mintaqa, meliorativ mintaqachalar va gidromodulь rayonlarga bo‘lib chiqiladi, hamda ularning xar biri uchun alohida o‘zlashtirish tadbirlari ishlab chiqiladi. O‘zlashtirish tadbirlari “Gidrotexnik” va “Agromelirativ” tadbirlar majmuyasidan iborat bo‘ladi. Gidromelioratsiya tadbirlari o‘zlashtirilayotgan yerlarni zovurlashtirish va sug‘orish tarmoqlarini barpo etish uchun tadqiqot ishlarini o‘tkazish, gidrotexnik inshootlarni loi h alashtirish va qurilish, yer tuzish ishlarini amalga oshirish kabilarni o‘z ichiga oladi. Agromeliorativ tadbirlar esa yerga ishlov byerish, chuqur yumshatish va tilmalash, sho‘r yuvish, tuproq unumdorligini oshirish, dastlabki o‘zlashtirish

ekinlarni tanlash va joylashtirish, ularni etishtirish texn o logiyalarini ishlab chiqish hamda amalga oshirish, maxsus meliorativ almashlab ekish tizimini qo‘llash tadbirlaridan iborat bo‘ladi. Ma’lumki, sug‘oriladigan sho‘r yerlarda zovurlarning vazifasi tuproq-grunt tarkibidagi ortiqcha tuzlarni va sizot suvlarni tortib olish hamda ularni dalalardan tashqariga chiqarib yuborishdir. Buning uchun yerning relьefi, g e ologik, gidrog e ologik, litologik sharo itlari va tuproq gruntining mexanik tarkibi, sho‘rlanish darajasi, tipi, tuzli qatlamlarning joylashish chuqurligi hisobga olingan holda zovurlarning turi, chuqurligi, zovurlar orasidagi masofa tanlab joylashtiriladi. YUqorida ko‘rsatilgan me’yorlarda va muddatlarida sh o‘ r yuvilganda sho‘r yuvishdan keyingi yerni ekinga tayyorlash tadbirlarini o‘z vaqtida sifatli qilib o‘tkazish imkoniyati bo‘ladi hamda tuproqda tuzlarning qayta to‘planish jarayoni susayadi. 1 .94 -jadval Kuchsiz va o‘rtacha sho‘rlangan yerlarni zovurlashtirilgan sharoitda kuzgi-qishki sho‘r yuvish yo‘li bilan o‘zlashtirish tadbirlari № Tadbirlar O‘tkazish muddati Izoh 1 Yer tekislash Mart-may 2 Sug‘orish va kollektor tarmoqlarini qurish Mart-oktyabr 3 SHudgor Oktyabr-noyabr 30-40 t gektariga go‘ng, fosforli o‘g‘itlarning 70 % (yillik me’yorga nisbatan) solinadi 4 Joriy tekislash Oktyabr-noyabr 5 CHek yoki egat olish Noyabr 6 Vaqtinchalik sug‘orish tarmoqlarini olish Noyabr SHo‘rlanish darajalari bo‘yicha ekin turlarini tanlash

7 SHo‘r yuvish Noyabr-dekabr 8 Joriy tekislash Mart 9 Minyeral va organik o‘g‘itlarni solish Mart 10 CHizellash, boronalash 1-10 aprel 11 Ekish 1-10 aprel SHo‘r yuvilgan yerlarda yerta bahorda tuproq namligi etilishi bilan (70% ga etganda tuproqning chegaraviy nam sig‘imiga nisbatan) ekin ekish uchun yerga ishlov byerish tadbirlari o‘tkaziladi. YAngi o‘zlashtirilgan kuchsiz va o‘rta sho‘rlangan yerlarni sho‘ri yuvilgandan keyin ularga dastlabki o‘zlashtirish ekinlari ekiladi. Bunda ekinlar tuz ta’siriga chidamli tuproq unumdorligiga kam talabchan, tuproqdan suvni fizik bug‘lantirishni kamaytiradigan va tuz to‘planishini oldini oladigan ekinlar ekilishi kyerak. Bunday ekinlarga g‘o‘za, beda, dukkakli don va g‘alla donli ekinlar kiradi. SHo‘rxok va sho‘rxoksimon tuproqlarni qisqa muddatda sho‘rini yuvish va qishloq xo‘jalik oborotiga kiritish uchun uch usuldan foydalanish maqsadga muvofiqdir. 1.Zovurlashtirilgan sharoitda kuzgi-qishgi sho‘r yuvish. 2.Zovurlashtirilgan sharoitda yozda sholi ekib sho‘rini yuvish. 3.Jadal zovurlashtirilib sho‘rini yuvish. YUqorida ko‘rsatilgan xar bir o‘zlashtirish usulida qo‘llaniladigan sho‘r yuvishda tuproqning tuzlardan tozalanish muddati, umumiy suv sarfi, qilinadigan melioratsiya xarajatlari va ularni qoplash muddatlari turlicha bo‘ladi. YAngi o‘zlashtirilgan sho‘rxok va sho‘rxoksimon tuproqlardan samarali foydalanish uchun ularni meliorativ holatini yaxshi saqlash, unumdorligini uzliksiz oshirib borish, dastlabki o‘zlashtirish ekinlarni ekish maxsus almashlab ekish majmuyasini joriy qilish kabi tadbirlar o‘tkaziladi. Bular-dan tashqari yangi o‘zlashtirilgan yerlarda etishtiriladigan qishloq xo‘jalik ekinlarining ilmiy asoslangan agrotexnik tadbirlarini ishlab chiqish va ularga rioya qilish xam muxim masala xisoblanadi. Ma’lumki sho‘r yerlarda etishtiriladigan ekinlari texnologiyasi

sho‘rlanmagan yerlarda etishtiriladi-gan ekinlar texnologiyasidan tubdan farq qiladi. Jumladan sho‘r yerlarda tuz ta’siriga chidamli ekinlarni turi va navi bo‘yicha tanlash, joriy sho‘r yuvish texnikasi va texnologiyasi, mavjud kollektor- zovur tarmoqlaridan foydalanish, ekinlarni sug‘orish, minyeral oziqlantirish va boshqa tadbirlar bilan farqlanadi. 2. SHo‘rtob va sho‘rtobli tuproqlarni o‘zlashtirish. SHo‘rtob va sho‘rtobli tuproqlar asosan namgarchilik ko‘p bo‘ladigan mintaqalarda tarqalgan. Lekin O‘zbekiston xududida ham kam miqdorda uchrab turadi. Bunday tuproqlar Qarshi, SHyerobod, cho‘llarida, Buxoro viloyatida va Qoraqalpog‘istonda bor. Ma’lumki sho‘rtob va sho‘rtobli tuproqlarning singdiruvchi kompleksida juda ko‘p miqdorda natriy bo‘ladi (kam sho‘rtobli - 0-10%, sho‘rtobli-10-20%, sho‘rtob- 20% dan ko‘p). SHuning uchun bunday tuproqlar bir qancha noqulay xossalardan iborat: tuproq yeritmasi ishqoriy reaksiya byeradi, zichligi yuqori, suvni juda kam o‘tkazadi, tarkibida suvda yeriydigan tuzlar ko‘p, shudgor qilinganda palaxsa hosil bo‘ladi. SHo‘rtob va sho‘rtobli tuproqlarni o‘zlashtirishda xam yuqorida ko‘rsatilganidek gidrotexnik va agromeliorativ tadbirlar majmuasidan foydalaniladi. Lekin sho‘rtob va sho‘rtobli tuproqlarni o‘zlashtirishda dastlab tuproqning singdiruvchi kompleksidagi ortiqcha natriyni chiqarishga mo‘ljallangan kimyoviy tadbirlar o‘tkaziladi. Kimyoviy melioratsiyada yerga gips yoki ohak solinadi. Bunda tuproqning singdiruvchi kompleksidagi Na bilan Sa o‘zaro almashinish reaksiyasiga kirishadi, natijada kalьsiy karbonat va natriy sulьfat tuzlari hosil bo‘ladi. Bu tuzlar sho‘r yuvish ta’sirida osongina tuproqdan yuviladi. SHo‘rtobli tuproqlarni o‘z tarkibidagi kalьsiy zahiralari hisobiga ham o‘zlashtirish mumkin. Bunday sho‘rtobli qatlam ostida joylashgan kalьsiy karbonat yoki kalьsiy sulьfat (gips) qatlamlari maxsus qurollar bilan (chuqur ag‘darilib) ag‘darilib aralashtiriladi natijada kalьsiy natriy bilan aralashib ularning suv-fizik xossalari yaxshilanadi. 3. SHo‘rlangan tuproqlarni o‘zlashtirilgandan keyin ulardan foydalanish yo‘llari.