Tuproq chuquri tushiriladigan joyni tanlash, belgilarni yozish, na’munani olish, xaritaga tushirish. Tuproq tarqalish chegarasini aniqlash
Tuproq chuquri tushiriladigan joyni tanlash, belgilarni yozish, na’munani olish, xaritaga tushirish. Tuproq tarqalish chegarasini aniqlash Reja; 1. Tuproqning joylashish sharoitlari va rekosksirovkalash. 2. Tuproq namunalarini olish yo’llari. 3. Tuproqning morfologik belgilari.
Tuproqning joylashish sharoitlari va uning profili maxsus tuproq kundalik daftarda tasvirlanadi. Chuqurchalarning ma’lumotlari qisqartirilgan holatda oldingi chuqur tasvirlangan blankaga kiritiladi. Chuqur tushirladigan joy shunday tanlanadiki, u iloji boricha kattaroq joyni xarakterlasin. Demak, joy tipik bo‘lsin. Bunda, reylefning, o‘simlikning xarakterini va tuproqning yuzini hisobga olish kerak. Chuqurlar, yo‘llar, kanallar, zaxkashlar, suv havzalarining chekkalariga tushirish mumkin emas. Tekshiriladigan joyni chuqurlar bilan qoplanish qalinligi kartaga tushirish masshtabiga, joyning murakkabligi kategoryasiga va xo‘jalikning tayinlanishiga bog‘liq. Chuqurlar, yarim chuqurlar, chuqurchalar topografik asoslarga tushuriladi va plandagi holatlarning elementlariga bog‘lanadi. Asosiy chuqurdan qisman yarim chuqurdan kameral davrida ko‘rib chiqish va laboratoriyada tekshirish uchun tuproq namunalari olinadi. Tuproq namunalarini olish yo‘llari tuproqlarning xossalari va shu bilan bog‘liq mo‘ljallangan analizlariga bog‘liq. Tuproq namunalari genetik gorizontlardan olinadi Tuproq namunalarining genetik gorizontlarining qalinligidan oshib ketmasligi kerak. Masalan: tipik qo‘riq, bo‘z tuproqning chimlichirindili 8 sm bo‘lsa, namuna ham shu (0-8 sm) qatlamidan olinishi kerak. Haydalgan tuproqlardan –namunalar haydalgan va haydalmagan qatlam ostidan ya’ni, haydalma qatlam ostki gorizontidan olinadi. Sho‘rlangan tuproqlarning ham namunalari genetik gorizontlardan olinadi, lekin qo‘ymasdan olinadi, chunki ma’lum chuqurlikdagi gruntning tuzlarini foizini va zaxirasini hisoblab chiqish uchun namunalarning qalinligi 20-30 sm dan oshmasligi kerak. Qat-qat guruntlardan bir tuproq namunasiga har xil mexanik tarkibdagi qavatlarni qo‘shib yuborish mumkin emas. Tuproq namunasini olishdan oldin kesmaning oldingi devorini qirib yangilash kerak. Namunani albatta oldin pastgi gorizontlardan olmoq kerak, keyin yuqori gorizontlardan, chunki pastki gorizontlarning ustiga, tushib ifloslantirmasligi uchun eng pastki namunani kesmani tasvirlamasdan oldin olish kerak. Har qaysi tuproq na’munasi og‘irligi 0,5-0,7 kg bo‘lishi kerak asosiy kesmalardan 1-1,5 kg gacha olish kerak.
Chuqurlar va yarim chuqurlar qabul qilingan tartib bo‘yicha kundalik daftari tasvirlanadi. Grafa “Tuproqnoma” kesmani (chuqurini) tasvirlab bo‘lgandan keyin to‘ldiriladi. Bunda tuproqning genetik mansubligi, sho‘rlanish xarakteri, mexanik tartibi va yuvilish darajasi ko‘rsatiladi. Masalan, sug‘oriladigan qalin agroirrigatsion gorizontli, sho‘rlanmagan, o‘rtacha qumoqli tipik bo‘z tuproq yoki taqirli kuchli sho‘rlangan soz tuproq va h.k. Grafa “Punkt” (Joy) viloyat, tuman, fermer yoki boshqa turdagi xo‘jalikning nomi yoziladi. Keyin kesma chuqur ko‘rsatilgan holatlarning elementlariga – qishloq, balandlik, quduq, kontur raqamiga va hokazoga bog‘lanadi hamda konturdagi holati ko‘rsatiladi. Masalan, Andijon viloyati Xo‘jabod tumani markaziy stadionidan 1 km sharqda raqami 100 konturning o‘rtasida joylashgan. Grafa “Landshaft” joyining umumiy fizik –geografik xarakteristikasini saqlashi kerak: botanik (geografik), geomorfologik va relyefining tasvirini ko‘rsatish kerak. Masalan: lyossli adirlardagi efimer cho‘llar, “balandlik relyefi” yoki tog‘ osti nishabli baland pastli quruq soylar bilan kesilgan, yarim butazorli tekislik. Qiyaligi janubiy sharq tomon 2°, Buxoro vohasi, Zarafshon daryosining o‘ng qirg‘og‘idagi ikkinchi terrasa, tekis relyefli, qiyaligi ozgina. Grafa “Kesmaning relyefiga nisbatan holati”. Bunda kesma tushirilgan relyefning elementi ko‘rsatiladi; tekislik, balandlik , pastlik, yonbag‘irlik. Grafa “yer-suv”. O‘simlik qoplami yoki madaniy o‘simliklar taxminan shunday to‘ldiriladi. Tuproqshunoslik fanidan nazariy bilim va ko’nikmalar hosil qilingandan so’ng har bir mavzu bo’yicha to’liq tushunchaga ega bo’lish va amaliy ko’nikma hosil qilish uchun tuproqni dala sharoitida tabiiy holatini ko’rib, ularning xossalarini o’rganish uchun namunalar olish muhim amaliy ahamiyatga ega. Tuproqning xossa va xususiyatlarini o’rganish uchun eng avvalo ma’lum tuproq uchun xarakterli bo’lgan joyidan tuproq chuquri (kesmasi) uchun joy tanlash lozim. Tuproq chuquri uchun joy tanlash juda muhim ahamiyatga ega bo’lib, tuproq tipi haqida to’g’ri xulosaga ega bo’lishda asos bo’lib xizmat qiladi. Tuproq
chuquri uchun tanlangan joy drenaj, kanal, ko’l, trubaprovod o’tgan joylardan uzoqda, dalaning chekka qismlariga, ariqlarning o’rniga, tekislash olib borilgan joylarga to’g’ri kelmasligi lozim. Dalaning relfi tekis bo’lsa uning o’rtasidan chuqur uchun joy tanlanadi. Dalaning chet qismlarida sug’orish ariqlarining bo’lishi, haydov va ishlov berish mexanizmlari tuproqni zichlashtirib tuproq bir xilligini ta’minlashga salbiy ta’sir qiladi. Tuproq chuquri tanlanayotganda dalaning relfi qiya bo’lsa, tuproq chuquri dalaning yuqori, o’rta va quyi qismlaridan kovlanadi. Tabiiy holati buzilmagan landshaftlardagi tuproq chuqurlarini tanlashda relfi va landshaftlar ko’rinishi va .... bir xilligiga alohida e’tibor berish lozim. Tuproq chuqurini kovlashdan oldin kovlanadigan joy belgilab olinadi. Chuqurning uzunligi taxminan 200 sm atrofida kengligi esa uning ichiga tushganda namuna olish va boshqa ishlarni bajarish uchun qulay bo’lgan kenglikda bo’lishi lozim (taxminan 80-100 sm). Tuproq turiga bog’liq holda, chuqur tuproqning ona jinsigacha yoki yer osti suvi va shag’alli qatlamgacha chuqrlikda kovlanadi. Tuproq chuqurini kovlashda kesma (devori) ning yuzasini quyosh radiasiyasi yaxshi yoritib turishilozimligini e’tiborga olish kerak. Kesmaning yuzasi tik va silliq qilib tekislanadi. Kesmaning qarama-qarshi tomonidan chuqurga tushishi uchun zinapoyalar yasaladi. Chuqurning kesma tomoniga tuproq tushmasligi uchun tuproqning chirindili (haydalma) gorizonti chuqurning bir tomoniga qolgan qismi ikkinchi tomonga chiqariladi. Chuqur tuprog’ini chiqarishda ularni shunday joylashtirish kerakki, chuqurni ko’mishda har qaysi gorizont tuprog’i o’zining asl joyiga tushishi kerak. Aslda bu masala ancha murakkab lekin hozirgi texnika va texnologiya imkoniyatlaridan foydalanib, har
-rasm. Tuproq chuquri (kesmasi) qaysi gorizont tuproqlarini chuqurdan chiqarishda alohida-alohida ajratib qo’yish mumkin. Tuproqning kesma tomonining tabiiy holatini saqqlashga alohida e’tibor qaratish kerak. Shuni ta’kidlash lozimki, tuproq turlari maqsad va vazifasiga ko’ra asosan chuqurdan tashqari yarim chuqur va chuqurcha shaklida ham kovlanadi. Yarim chuqur tuproqning tarqalish chegaralarini aniqlash va tuproqning nisbatan bo’lgan xossalarini dala bo’ylab tarqalishini belgilash uchun foydalaniladi. Yarim chuqur tuproqning barcha genetik gorizontlarni ochib berishi kerak. Shuning uchun uning chuqurligi genetik gorizontlarning joylashuviga bog’liq. Ko’pchilik holatlarda 75-100 sm bo’ladi. Chuqurcha asosan tuproq tipiga xos bo’lgan tipchalarni (xillarini) chegeralarini aniqlash va tuproq ayrim xossalarining o’zgarishini aniqlash uchun qaziladi. Odatda chuqurcha 40-75 sm chuqurlikda kovlanadi. Tuproqning asosiy chuqurini ta’riflash uchun eng avvalo uning qayerda joylashganligi relfi (qiyaligi gorizont tomonlariga nisbatan makrorelf, mezorelf, mikrorelf) ayniqsa mikrorelfga alohida e’tibor berish lozim. Tuproqqa ta’rif berishda o’simliklar dunyosi muhim ahamiyatga ega. Tabiiy holdagi tuproqlar uchun o’simliklarning turlari, bo’yi, qalinligi va.h.k yoziladi. O’simliklar dunyosi