logo

Turli lug’atlardan sodda, birikmali va murakkab toponimlarga misollar topish.

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

21.8447265625 KB
10- mustaqil ta’lim.
Mavzu: Turli lug’atlardan sodda, birikmali va murakkab 
toponimlarga misollar topish.
                                          Reja:
1.  Toponimlarning tuzilishiga ko’ra turlari haqida umumiy 
ma’lumot.
2.  “U” tovushi bilan boshlanuvchi sodda toponimlar.
3.  “U” tovushi bilan boshlanuvchi qo’shma toponimlar.
          O‘zbekiston geografik nomlari grammatik tuzilishiga ko‘ra 
sodda  va  qo'shma  toponimlarga bo'linadi. 
Sodda toponimlar  o‘z navbatida,  qo'shimchasiz  toponimlarga 
va   qo'shimchali  toponimlarga ajratiladi. 
Qo‘shimchasiz , affikssiz toponimlar deganda birgina otdan 
iborat, boshqa biron unsur qo'shilmagan geografik nomlar 
tushuniladi. 
Bunday topnimlar bir necha xil bo‘ladi: 
a) oddiy geografik yoki ijtimoiy-iqtisodiy atamalar shaklidagi  
toponimlar: Anhor, Asbob (Aspop shaklida ham uchraydi — 
«ko‘chmas mulk»), Gaza (tog’ qirrasi), Yom (pochta stantsiyasi), 
Ко‘I, Orol, Reg, Supa, Taqir, Uchma, Chim, Sharshara, Quduq 
kabi. 
b) urug‘-aymoq, el-elat nomlari bilan ataladigan geografik 
nomlar (etnonimlar): Arab, Bayot, Do‘rmon, Mang'it, Misit, 
Nukus, Sayot, Turk, Chandir. 
v) kishilarning ism-familiyalari, laqablaridan iborat toponimlar:  
Abdulla, Avaz, Karim, Mustafa, Navoiy, Nazar, Tursun; 
g) o'simlik va hayvon nomlaridan kelib chiqqan geografik 
nomlar:  Bodom, Do ‘Ita (adabiy tilda sirtlon deyiladigan 
badbashara o‘limtikxo‘r hayvon), Yong‘oq, So‘kso‘k (saksovul), 
Terak, Chinor, Yantoq; 
Qo'shimchali  toponimlar deganda, otga qandaydir qo‘shimcha 
— affiks qo'shib yasalgan geografik nomlar tushuniladi. 
Quyidagi qo'shimchalar joy nomlari tarkibida ko'proq uchraydi: 
-goh  — Janggoh Gang maydoni), Namozgoh (hayitda va juma   kunlari namoz o'qiladigan katta hovlisi bor masjid), Sayilgoh, 
Shamolgoh, Korizgoh (koriz ko‘p joy);
-zor  — Bedazor, Bodomzor, Kavarzor, Olmazor, Regzor 
(qumloq), Sangzor (Toshloq), Terakzor, Chilonzor; 
-iston  — Bolutiston («bolut — dub ko‘p joy»), Bog‘iston (bogiar 
oikasi), Sebiston (olmazor), Turkiston (turk qabilasi vakillari 
yashaydigan qishloq), Sho ‘riston;
-iya  — Mingiya («ming qabilasi vakillari yashaydigan qishloq»),  
Yuziya (yuz qabilasi nomidan, Yuzuya deb yozish to‘gri emas»),  
Shohruhiya (Shohruh — buyuk olim Ulug‘bekning otasi), 
Qodiriya (Qodir — kishi ismi); 
-kor  — Lalmikor, Paxtakor, Sabzikor; 
-lar  — Arablar, Beklar, Boylar, Zargarlar, Shayxlar, Shag‘allar 
(shag‘al urug‘i yashaydigan qishloq), Echkilar (Echki urug‘i 
vakillari qishlog‘i), Qarg‘alar (qarg‘a urug‘i vakillari yashaydigan 
qishloq); 
-li  — Alamli, Anjirli, Burganli, Olmali, Piyozli (yowoyi piyoz 
uchraydigan joy), Tolli, Chayonli;
-lik  —  (- liq)  — mahalla, qishloq ahlining asli qayerdan 
ekanligini bildiradi (andijonlik, jizzaxlik, qo‘qonlik), bu aholi 
punktida kimlar yashashini ko‘rsatadi (Attorlik, Zargarlik — 
«zargarlar mahallasi», Boyliq — «boylar mahallasi», Xo‘jaliq — 
«xo‘jalar mahallasi»), relef shaklini bildiradi (Soyliq, Tepalik); 
-loq (lox)  — Gurlox (mozor), Sangloq (toshloq), Toshloq, 
Qumloq; 
-on  — Arabon (Aravon shakli ham bor — «arablar»), Mang‘iton 
(mang‘it qabilasi vakillari), Kosagaron (kosa ustalari mahallasi),  
Mington (ming qabilasi vakillari), Namatgaron («kigizchilar»),  
Sayidon («sayyidlar mahallasi»), Xudoyon («xokimlar», islom 
dinidan oldin xudo deganda «hokim», «hukmron» tushunilgan);
-ot  — Bog‘ot («bog‘lar»), Rabotot («rabotlar»), Qishloqot 
(«qishloqlar»); 
-cha  — kichkiraytirish belgisi: Buloqcha, Deycha (tojikcha deh —
«qishloq»), Rabotcha, Qo‘rg‘oncha\ eski qishloq yonida yana 
shu nomda   qishloq paydo bo’lganini bildiradi; Bahrincha  «Ikkinchi Bahrin», Do‘rmoncha «Ikkinchi Do‘rmon», Naymancha
«Ikkinchi Nayman»; sifatdan ot — toponim yasovchi affiks 
sifatida: Oqcha, Saricha, Yangicha, Qizilcha;
-chi  — kasb egasini bildiradi: Aravachi, Bo ‘yrachi, Temirchi, 
Tuyachi, Etikchi, Qo’shiqchi. Aholi qayerdan kelganini bildiradi 
va -lik qo’shimchasi  funktsiyasini bajaradi: Zominchi, 
Farg'onachi, Oloychi.
Qo‘shma toponimlar  ikki va undan ortiq tarkibiy qismlardan 
iborat. Bunday geografik nomlar ham grammatik jihatdan bir 
necha turga bo'linadi: 
a) ot — ot.  Ko'pchilik hollarda toponimning ikkinchi tarkibiy  
qismi geografik atamadan iborat bo'ladi: Yozyovon, Yorqishloq, 
Kuyganjar, Maydonqum, Moybuloq, Toshravot, Toshquduq; 
kishilaming laqablari, kasblaridan nom olgan toponimlar: 
Abdukarimdivon, Qurbonmirob, Mamatyasovul,  O‘rozbaxshi. 
Toponim antroponimdan, bir yoki  ikkala komponenti ham 
urug‘ — aymoq nomlaridan iborat bo‘ladi: Arabqiyot, 
Murotbag‘ish, Mirzamitan, Esonshix, Bo‘ribatosh;
b) sifat — ot . Ikkinchi tarkibiy qismi geografik atamadan iborat  
bo‘ladi: Yomonovul, Kattako‘rpa, Ko'korol, Oqdaryo, Oqsuv, 
Oqtog‘, Pastqishloq, Uzunorol, Qoradaryo, Qorasuv, Qoraqum, 
Qizilqum, Qizilqiya, Qizilzov. Ikkinchi tarkibiy qismi urug‘-aymoq
nomidan tarkib topgan:  Yomonqang’li, Kattako‘rpa, 
Maydaqang’li, Parchayuz;
d)   ot — sifat . Juidam, Juinav, Oxunboboyuqori, Sulduzbolo, 
Sulduzpoyon, Talisafed; 
e) son — ot:  Beshariq, Yettikechuv, Mingchuqur, Oltiariq, 
Sakkiztom, To ‘qsonkoriz, Qirqqiz, Biroq Mingqishloq, 
Yuzqishloq, Qirqqishloq toponimlari shaklan son — ot tipiga 
o‘xshasa ham, ular ot — ot  modelida (ming, yuz. qirq o‘zbek 
qabila nomlari);
f) fe’l — ot:  Keldixayot, Uyg‘antosh, Uchganjar, Qolgandaryo, 
Qaynarbuloq. 
g) ot — fe’l : Jarко ‘chgan, Selkeldi, Suvyorgan, Qumbosdi, 
Qatiqto‘kildi, Borsakelmas, Gadoytopmas.           “U” tovushi bilan boshlanuvchi sodda toponimlar.
Qo’shimchasiz sodda toponimlar:
Urgut  - Samarqand viloyatining tumani. Toponimning tarixiy 
manbalarda Arqut shakli uchraydi. Xorazm, Farg’ona hududida 
ham Urgut nomli joylar mavjud. Shunday ekan toponimni Arg’u 
qabilasi bilan bog’lash mumkin. 
Urganch  - Xorazim viloyatining markazi. Turkiy aholi tilida 
Gurganj, Gurganch; arab manbalarida Jurjoniya formalarida 
qayd qilinadi. Xalq orasida nomning kelib chiqishi haqida turli 
afsonalar saqlangan. Jumladan: Hur ismli qiz va Ganj nomli yigit 
muhabbati sharafiga shunday atalgan. Yoki Urganch - Hur - 
quyosh (yoki baxt) Ganj - “xazina”, ya’ni “Baxt xazinasi” degan 
ma’noni bildiradi.
Ulus  - Samarqand viloyatining Pastdarg’om tumanida. Toponim 
“qishloq” degan ma’noni anglatadi. M.Qoshg’ariy ulus chigillar 
tilida “qishloq”, arg’ularda “shahar” ma’nosini bildiradi deydi.
Ulach  - Shahrisabz tumani qishloq. Qadimgi turkiy tilda 
ulush/ulash/uluch/ulach - qishloq, shaharcha, qo’rg’on.
Uvada  - Chiroqchi tumqni qishloq. Turkiy, mo’g’ul, tungus-
manjur tillarida uva/o’va/uba/o’ba (balandlik, tepa, do’nglik) 
ata (orol; kichik do’nglik) - qo’rg’on xarobasidan hosil bo’lgan 
yoki qo’lda tuproq uyib yasalgan tepalik atrofidagi qishloq.
Uyaz  -  Zomin, Baxmal tumani. O’zbek xalqi tarkibidagi 
uyaz/uyas (qoramol, qo’tos) urug;I jamoasining qishlog’I.
Uyrat  - Rishton, Kasbi tumani. Qadimiy turkiy uyrat 
(mo’g’ulchasi oyrod)qabilasi avlodlarining qishlog’i.
Uzun  - Qo’ng’irot, saroy va boshqa qabilalarning uzun urug’I 
vakillari bunyod qilgan aholi maskani.
Uzunnova  - Koson tumani. Nova (f-t yog’och, metall yoki quvur 
ariq, tarnov; ariq) ko’lami uzun bo’lgan joyda tashkil qilingan 
qishloq.
Qo’shimchali sodda toponimlar:
Udaychi  - Buxoro, Andijon hududlarida. Bek yoki dodhoh 
darajasidagi mansabdor, xon bilan arzchilar orasidagi 
munosabatlarni boshqaradigan kishi- udaychi/hudaychi. Shu  laqab, mansabdagi kishiga qarashli yerda tashkil bo’lgan 
qishloq.
Uychi  - Qadimgi turkiy uy/ud (qo’tos, ho’kiz, qoramol)-chi  
qabilasi jamoasinining qishlog’I. Qoramolni totem deb bilgan, 
tug’ida tasviri tushirilgan qabila- uychi.
         “U” tovushi bilan boshlanuvchi qo’shma toponimlar.
Sifat - ot:
Uzunqir  - Kitob tumani. Yassi cho’ziq balandlik yonidagi ovul.
Uzunquduq  - Suvi ancha chuqurlikdan chiqqan quduqli qishloq.
Ullibog’  - Urganch tumani. Ulug’ (katta)bog’ yonidagi qishloq.
Ulug’nor  - Andijon viloyati. En ko’lami katta va suvining miqdori
ko’p bo’lgan katta anhor.
Son - ot:
Uchko’prik  -  Farg‘ona viloyati. Yonma-yon yaqin masofada 
uchta ko‘prikli anhor bo‘yida tashkil bo'lgan qishloq.
Uchqahramon  -  Zafarobod tumani. O‘zbek xalqi tarkibidagi 
qaraman urug'ining chet (adoq) qishlog’i. 
Uchqiz  -  Koson tumani. Yonma-yon joylashgan uchta tepa.
Uchqizil  -  Termiz tumani. Qizil tuproqli uchta yonma-yon 
joylashgan tepa bo'lgan balandlik. 
Uchquduq  -  Navoiy viloyati shaharchasi. Yonma-yon joylashgan
uchta quduq atrofidagi aholi maskani yoki eng chekka joydagi 
uch quduqli qo'rg'on. 
Uchquloch  -  Jizzax viloyati. Suv olish uchun qazilgan quduqning
yer yuza sathidan chuqurligi uch quloch (4-5 metr) o‘lchovida 
bo'lganligi uchun shunday atalgan. 
Uchqum  -  Navoiy viloyatil. Uchta qum uyumi (qumtepa) 
mavjud bo'lgan cho'l. 
Uchqo’rg’on  -  Quva tumani. Yonma-yon uchta qo‘rg‘on 
yonidagi qishloq. 
Uchtepa  - Yonma-yon yoki tutash joylashgan uchta  
tepalik atrofidagi qishloq.
                        Foydalanilgan adabiyotlar:
1.  Qorayev S. Toponimika. -T: O’zbekiston faylasuflari milliy 
jamiyati, 2006. -B. 93-95. 2.  Do’simov Z. , Egamov X. Joy nomlarining qisqacha izohli 
lug’ati. -T: O’qituvchi, 1997. -B. 135-138.
3.  Nafasov To’ra, Nafasova Vazira. O’zbek tili 
toponimlarining o’quv izohli lug’ati. -T: Yngi asr avlodi, 2007. 
-B. 65-67.

10- mustaqil ta’lim. Mavzu: Turli lug’atlardan sodda, birikmali va murakkab toponimlarga misollar topish. Reja: 1. Toponimlarning tuzilishiga ko’ra turlari haqida umumiy ma’lumot. 2. “U” tovushi bilan boshlanuvchi sodda toponimlar. 3. “U” tovushi bilan boshlanuvchi qo’shma toponimlar. O‘zbekiston geografik nomlari grammatik tuzilishiga ko‘ra sodda va qo'shma toponimlarga bo'linadi. Sodda toponimlar o‘z navbatida, qo'shimchasiz toponimlarga va qo'shimchali toponimlarga ajratiladi. Qo‘shimchasiz , affikssiz toponimlar deganda birgina otdan iborat, boshqa biron unsur qo'shilmagan geografik nomlar tushuniladi. Bunday topnimlar bir necha xil bo‘ladi: a) oddiy geografik yoki ijtimoiy-iqtisodiy atamalar shaklidagi toponimlar: Anhor, Asbob (Aspop shaklida ham uchraydi — «ko‘chmas mulk»), Gaza (tog’ qirrasi), Yom (pochta stantsiyasi), Ко‘I, Orol, Reg, Supa, Taqir, Uchma, Chim, Sharshara, Quduq kabi. b) urug‘-aymoq, el-elat nomlari bilan ataladigan geografik nomlar (etnonimlar): Arab, Bayot, Do‘rmon, Mang'it, Misit, Nukus, Sayot, Turk, Chandir. v) kishilarning ism-familiyalari, laqablaridan iborat toponimlar: Abdulla, Avaz, Karim, Mustafa, Navoiy, Nazar, Tursun; g) o'simlik va hayvon nomlaridan kelib chiqqan geografik nomlar: Bodom, Do ‘Ita (adabiy tilda sirtlon deyiladigan badbashara o‘limtikxo‘r hayvon), Yong‘oq, So‘kso‘k (saksovul), Terak, Chinor, Yantoq; Qo'shimchali toponimlar deganda, otga qandaydir qo‘shimcha — affiks qo'shib yasalgan geografik nomlar tushuniladi. Quyidagi qo'shimchalar joy nomlari tarkibida ko'proq uchraydi: -goh — Janggoh Gang maydoni), Namozgoh (hayitda va juma

kunlari namoz o'qiladigan katta hovlisi bor masjid), Sayilgoh, Shamolgoh, Korizgoh (koriz ko‘p joy); -zor — Bedazor, Bodomzor, Kavarzor, Olmazor, Regzor (qumloq), Sangzor (Toshloq), Terakzor, Chilonzor; -iston — Bolutiston («bolut — dub ko‘p joy»), Bog‘iston (bogiar oikasi), Sebiston (olmazor), Turkiston (turk qabilasi vakillari yashaydigan qishloq), Sho ‘riston; -iya — Mingiya («ming qabilasi vakillari yashaydigan qishloq»), Yuziya (yuz qabilasi nomidan, Yuzuya deb yozish to‘gri emas»), Shohruhiya (Shohruh — buyuk olim Ulug‘bekning otasi), Qodiriya (Qodir — kishi ismi); -kor — Lalmikor, Paxtakor, Sabzikor; -lar — Arablar, Beklar, Boylar, Zargarlar, Shayxlar, Shag‘allar (shag‘al urug‘i yashaydigan qishloq), Echkilar (Echki urug‘i vakillari qishlog‘i), Qarg‘alar (qarg‘a urug‘i vakillari yashaydigan qishloq); -li — Alamli, Anjirli, Burganli, Olmali, Piyozli (yowoyi piyoz uchraydigan joy), Tolli, Chayonli; -lik — (- liq) — mahalla, qishloq ahlining asli qayerdan ekanligini bildiradi (andijonlik, jizzaxlik, qo‘qonlik), bu aholi punktida kimlar yashashini ko‘rsatadi (Attorlik, Zargarlik — «zargarlar mahallasi», Boyliq — «boylar mahallasi», Xo‘jaliq — «xo‘jalar mahallasi»), relef shaklini bildiradi (Soyliq, Tepalik); -loq (lox) — Gurlox (mozor), Sangloq (toshloq), Toshloq, Qumloq; -on — Arabon (Aravon shakli ham bor — «arablar»), Mang‘iton (mang‘it qabilasi vakillari), Kosagaron (kosa ustalari mahallasi), Mington (ming qabilasi vakillari), Namatgaron («kigizchilar»), Sayidon («sayyidlar mahallasi»), Xudoyon («xokimlar», islom dinidan oldin xudo deganda «hokim», «hukmron» tushunilgan); -ot — Bog‘ot («bog‘lar»), Rabotot («rabotlar»), Qishloqot («qishloqlar»); -cha — kichkiraytirish belgisi: Buloqcha, Deycha (tojikcha deh — «qishloq»), Rabotcha, Qo‘rg‘oncha\ eski qishloq yonida yana shu nomda qishloq paydo bo’lganini bildiradi; Bahrincha

«Ikkinchi Bahrin», Do‘rmoncha «Ikkinchi Do‘rmon», Naymancha «Ikkinchi Nayman»; sifatdan ot — toponim yasovchi affiks sifatida: Oqcha, Saricha, Yangicha, Qizilcha; -chi — kasb egasini bildiradi: Aravachi, Bo ‘yrachi, Temirchi, Tuyachi, Etikchi, Qo’shiqchi. Aholi qayerdan kelganini bildiradi va -lik qo’shimchasi funktsiyasini bajaradi: Zominchi, Farg'onachi, Oloychi. Qo‘shma toponimlar ikki va undan ortiq tarkibiy qismlardan iborat. Bunday geografik nomlar ham grammatik jihatdan bir necha turga bo'linadi: a) ot — ot. Ko'pchilik hollarda toponimning ikkinchi tarkibiy qismi geografik atamadan iborat bo'ladi: Yozyovon, Yorqishloq, Kuyganjar, Maydonqum, Moybuloq, Toshravot, Toshquduq; kishilaming laqablari, kasblaridan nom olgan toponimlar: Abdukarimdivon, Qurbonmirob, Mamatyasovul, O‘rozbaxshi. Toponim antroponimdan, bir yoki ikkala komponenti ham urug‘ — aymoq nomlaridan iborat bo‘ladi: Arabqiyot, Murotbag‘ish, Mirzamitan, Esonshix, Bo‘ribatosh; b) sifat — ot . Ikkinchi tarkibiy qismi geografik atamadan iborat bo‘ladi: Yomonovul, Kattako‘rpa, Ko'korol, Oqdaryo, Oqsuv, Oqtog‘, Pastqishloq, Uzunorol, Qoradaryo, Qorasuv, Qoraqum, Qizilqum, Qizilqiya, Qizilzov. Ikkinchi tarkibiy qismi urug‘-aymoq nomidan tarkib topgan: Yomonqang’li, Kattako‘rpa, Maydaqang’li, Parchayuz; d) ot — sifat . Juidam, Juinav, Oxunboboyuqori, Sulduzbolo, Sulduzpoyon, Talisafed; e) son — ot: Beshariq, Yettikechuv, Mingchuqur, Oltiariq, Sakkiztom, To ‘qsonkoriz, Qirqqiz, Biroq Mingqishloq, Yuzqishloq, Qirqqishloq toponimlari shaklan son — ot tipiga o‘xshasa ham, ular ot — ot modelida (ming, yuz. qirq o‘zbek qabila nomlari); f) fe’l — ot: Keldixayot, Uyg‘antosh, Uchganjar, Qolgandaryo, Qaynarbuloq. g) ot — fe’l : Jarко ‘chgan, Selkeldi, Suvyorgan, Qumbosdi, Qatiqto‘kildi, Borsakelmas, Gadoytopmas.

“U” tovushi bilan boshlanuvchi sodda toponimlar. Qo’shimchasiz sodda toponimlar: Urgut - Samarqand viloyatining tumani. Toponimning tarixiy manbalarda Arqut shakli uchraydi. Xorazm, Farg’ona hududida ham Urgut nomli joylar mavjud. Shunday ekan toponimni Arg’u qabilasi bilan bog’lash mumkin. Urganch - Xorazim viloyatining markazi. Turkiy aholi tilida Gurganj, Gurganch; arab manbalarida Jurjoniya formalarida qayd qilinadi. Xalq orasida nomning kelib chiqishi haqida turli afsonalar saqlangan. Jumladan: Hur ismli qiz va Ganj nomli yigit muhabbati sharafiga shunday atalgan. Yoki Urganch - Hur - quyosh (yoki baxt) Ganj - “xazina”, ya’ni “Baxt xazinasi” degan ma’noni bildiradi. Ulus - Samarqand viloyatining Pastdarg’om tumanida. Toponim “qishloq” degan ma’noni anglatadi. M.Qoshg’ariy ulus chigillar tilida “qishloq”, arg’ularda “shahar” ma’nosini bildiradi deydi. Ulach - Shahrisabz tumani qishloq. Qadimgi turkiy tilda ulush/ulash/uluch/ulach - qishloq, shaharcha, qo’rg’on. Uvada - Chiroqchi tumqni qishloq. Turkiy, mo’g’ul, tungus- manjur tillarida uva/o’va/uba/o’ba (balandlik, tepa, do’nglik) ata (orol; kichik do’nglik) - qo’rg’on xarobasidan hosil bo’lgan yoki qo’lda tuproq uyib yasalgan tepalik atrofidagi qishloq. Uyaz - Zomin, Baxmal tumani. O’zbek xalqi tarkibidagi uyaz/uyas (qoramol, qo’tos) urug;I jamoasining qishlog’I. Uyrat - Rishton, Kasbi tumani. Qadimiy turkiy uyrat (mo’g’ulchasi oyrod)qabilasi avlodlarining qishlog’i. Uzun - Qo’ng’irot, saroy va boshqa qabilalarning uzun urug’I vakillari bunyod qilgan aholi maskani. Uzunnova - Koson tumani. Nova (f-t yog’och, metall yoki quvur ariq, tarnov; ariq) ko’lami uzun bo’lgan joyda tashkil qilingan qishloq. Qo’shimchali sodda toponimlar: Udaychi - Buxoro, Andijon hududlarida. Bek yoki dodhoh darajasidagi mansabdor, xon bilan arzchilar orasidagi munosabatlarni boshqaradigan kishi- udaychi/hudaychi. Shu

laqab, mansabdagi kishiga qarashli yerda tashkil bo’lgan qishloq. Uychi - Qadimgi turkiy uy/ud (qo’tos, ho’kiz, qoramol)-chi qabilasi jamoasinining qishlog’I. Qoramolni totem deb bilgan, tug’ida tasviri tushirilgan qabila- uychi. “U” tovushi bilan boshlanuvchi qo’shma toponimlar. Sifat - ot: Uzunqir - Kitob tumani. Yassi cho’ziq balandlik yonidagi ovul. Uzunquduq - Suvi ancha chuqurlikdan chiqqan quduqli qishloq. Ullibog’ - Urganch tumani. Ulug’ (katta)bog’ yonidagi qishloq. Ulug’nor - Andijon viloyati. En ko’lami katta va suvining miqdori ko’p bo’lgan katta anhor. Son - ot: Uchko’prik - Farg‘ona viloyati. Yonma-yon yaqin masofada uchta ko‘prikli anhor bo‘yida tashkil bo'lgan qishloq. Uchqahramon - Zafarobod tumani. O‘zbek xalqi tarkibidagi qaraman urug'ining chet (adoq) qishlog’i. Uchqiz - Koson tumani. Yonma-yon joylashgan uchta tepa. Uchqizil - Termiz tumani. Qizil tuproqli uchta yonma-yon joylashgan tepa bo'lgan balandlik. Uchquduq - Navoiy viloyati shaharchasi. Yonma-yon joylashgan uchta quduq atrofidagi aholi maskani yoki eng chekka joydagi uch quduqli qo'rg'on. Uchquloch - Jizzax viloyati. Suv olish uchun qazilgan quduqning yer yuza sathidan chuqurligi uch quloch (4-5 metr) o‘lchovida bo'lganligi uchun shunday atalgan. Uchqum - Navoiy viloyatil. Uchta qum uyumi (qumtepa) mavjud bo'lgan cho'l. Uchqo’rg’on - Quva tumani. Yonma-yon uchta qo‘rg‘on yonidagi qishloq. Uchtepa - Yonma-yon yoki tutash joylashgan uchta tepalik atrofidagi qishloq. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Qorayev S. Toponimika. -T: O’zbekiston faylasuflari milliy jamiyati, 2006. -B. 93-95.