O’zbek antroponimlarining o’z va o’zlashgan qatlami bo’yicha misollar topish
![Mavzu: O’zbek antroponimlarining o’z va o’zlashgan qatlami
bo’yicha misollar topish.
Reja:
1. Arab tilidan o’zlashgan antroponimlar.
2. O’zbekcha ismlar qatlami.
3. Fors-tojik tilidan o’zlashgan antroponimlar.
4. O’zbekcha-hindcha ismlar qatlami.
5. Mo’g’ul tilidan o’zlashgan antroponimlar.
6. Forscha-qadimiy yahudiycha ismlar qatlami.
7. O’zbekcha-xitoycha ismlar qatlami.
Arab tilidan o’zlashgan antroponimlar.
Tabassum — hayotidan shod, xursand bo’lib yursin yoki
tabassumli, ochiq, chehrali, kulib turuvchi qiz.
Tabdil — almashtirilgan, almashib olingan bola.
Tabdila — almashib olingan qiz.
Tabiba — emlovchi, shifokor, davolovchi.
Tabibulla — Alloh, shifo beruvchi, najotkoryoki Alloh, ato
qilgan sog’lom bola.
Tabila — umri uzoq, uzoq yashovchi qiz.
Tabiya — qalʼa; himoya qilingan, mahkam, mustahkam.
Tabrika — qutlovga, olqish, tabrikka sazovor qiz.
Tavakkal — hayoti tavakkal qilingan, taqdiri Allohning
ixtiyoriga topshirilgan bola, Allohdan umid qilgan
bola.
Tavakkala — hayoti tavakkal qilingan, taqdiri Alloh ixtiyoriga
topshirilgan qiz.
Tavallo — Allohdan so’rab, iltijolar qilib, olingan bola yoki
suyukli, qadrli, do’st tutilgan bola.
Tavarik — intizor bo’lib kutilgan, aziz, tabarruk bola.
Tavbaxon — tavba qiluvchi, itoatkor, Alloh yo’liga bo’ysinuvchi
qiz.
Tavziha — ravshan, aniq, oshkor.
Tavila — uzun bo’yli qiz yoki uzoq umrli qiz.](/data/documents/27fb098a-a835-4171-8755-7153d8880f8e/page_1.png)
![Tavfiq , Tavfiqjon — baxtli, omadli, iqbolli, yoki yomon
odatlardan o’zini saqlaydigan, pokiza, avliyo bola.
Tavhid — birlik, yagonalik; sufilikda xudoning yagonaligiga
eʼtiqod qilish darajasi; yagona Allohga sig’inuvchi.
Tavhiddin — yagona din (islomga) amal qiluvchi, sig’inuvchi,
musulmon.
Tavhir — ehtirom, hurmatga munosib, sazovor bola.
Tadbir — chorasini Allohning o’zi topsin, umri uzoq, bo’lsin yoki
tadbirli, mohir, ustamon bola.
Tajallo — jonlanish, namoyon bo’lish; mavjud bo’lish, yashash.
Tazarruv — yalinib, yolvorib yurib topilgan bola.
Tazkira — yodgor bo’lib qolgan qiz yoki o’git-nasihat.
Tazkiya — sadaqa, qurbonlik qilingan qiz yoki sof, pokiza,
maʼsuma yohud maqtovga, madh kilishga sazovor.
Tayyor — chaqqon, epchil, tez, jadal.
Tayfura — o’ynovchi, sakrovchi; quvnoq, shodon.
Takmil — mukammal, benuqson; yetuk.
Takmila — vafot etgan farzandlar o’rnini to’ldirish uchun
berilgan bola yoki mukammal, yetuk.
Tal — aynan: baxt, taqdir, yaʼni yuksak, baland; tolei baland,
iqbolli.
Talhak — kakra, achchiq; yomon bola. Go’dakni yomon
ko’zlardan asrash uchun beriladigan ism.
Tamal — asos, to’ngich bola yoki tamalluq yalinib, yolvorib
yurib erishilgan bola.
Tamanno — iltimos; iltijo qilib topilgan qiz; orzu, armon
qilingan qiz yoki nozli, karashmali, dilkash qiz.
Tanzila — Allohning yo’l-yo’rig’i, ko’rsatmalari, Allohning
irodasi yoki suyukli, muloyim qiz.
Tanzilat — Allohning payg’ambarga yuboriluvchi ko’rsatmalari,
xabarlari; Allohning xoxish, irodasi.
Tanzim — tartiblangan, bezangan, orasta.
Tanziya — pokiza, orasta.
Tansiq — nodir, noyob, kamyob yoki tansuq — tuhfa, hadya,
inʼom. Shakllari: Tansiqboy, Tansiqjon.](/data/documents/27fb098a-a835-4171-8755-7153d8880f8e/page_2.png)
![Tansiqa — nodir, kamyob, tengsiz, orzu qilingan qiz yoki
Allohning tuhfasi, inʼomi. Shakllari: Tansiqoy,
Tansiqjon.
Tantiboy — saxiy, saxovatli, qo’li ochiq.
Tanho — yakka, yagona; tengsiz, bebaho.
Tarbiya — odobli, xushxulq, tarbiyali qiz.
Tarjiha — ustun turuvchi, afzal.
Tarif — aslzoda, zodagon; oqsuyak; oliynasab avlodga mansub.
Tarifa — oliynasab qiz; aslzoda qiz.
Tariq — yo’sin, yo’l-yo’riq, yoki tunda, oqshomda tug’ilgan
bola.
Tariqboy — tariq — ozod, erkin; dehqon bola.
Tarovat — poklik, so’limlik; malohat; go’zal, sohibjamol.
Tarfiya — shodlik, xursandlik.
Tasalli — ko’nglimizni xushnud, xotirjam qilgan bola, tasalli
topdirgan bola.
Taskin — ko’nglimizni tinchlantirgan, ko’ngilga hotirjamlik
bergan; shukronamiz boisi bo’lgan bola.
Taskina — ko’nglimiz osoyishtaligi, taskini bo’lgan bola.
Taslim — o’lim (xavf) taslim bo’lsin, chekinsin yoki yuvvosh,
muloyim bola yoxud izzat-ikromga loyiq munosib
bola.
Tasliya — ko’ngilga dalda, tasalli beruvchi qiz yoki g’am-
g’ussadan yiroq, baxtiyor, quvnoq qiz.
Tasmila — tinch, osoyishta; yuvvosh, beozor bola.
Tasmiya — qo’shilgan, qavatlangan; ko’paygan. Oilada tug’ilgan
ikkinchi qiz shunday nomlangan.
Tasfiya — poklangan, begunoh; ozoda, pokiza qiz.
Tasqara — tasqaradek xunuk, ko’rimsiz, yoqimsiz bola.
Chaqaloqni ofatlardan, ko’z tegishdan asrash uchun
shunday ism beriladi.
Taʼzima — hurmat, eʼzozni biluvchi, taʼzimkor, aqlli, odobli qiz.
Taʼlim — taʼlim beruvchi, o’rgatuvchi, bilimdon.
Taʼlima — o’rgatuvchi, taʼlim beruvchi; o’imishli, bilimdon.
Taʼrifa — taʼriflashga loyiq, maqtovga sazovor.](/data/documents/27fb098a-a835-4171-8755-7153d8880f8e/page_3.png)
![Tashrifjon , Tashrif — ulug’langan, yuksak ko’tarilgan; oilaning
yangi mehmoni.
Tashrifa — ulug’langan, eʼzozlangan, hurmatga munosib qiz
yoki oilaning yangi mehmoni.
Taqdim — Alloh ato qilgan bola. Allohning tuhfasi, ehsoni.
Taqdima — Alloh ato qilgan qiz, Allohning tuhfasi.
Taqdir , Taqdirboy — nasib qilgan, taqdir qilgan bola.
Taqdirali — Alining tuhfasi, ehsoni yoki Alloh ato qilgan bolani
Ali o’z panohida asrasin.
Taqdisa — pokiza, begunoh, maʼsuma; muqaddas qiz.
Tahmina — kuchli, qudratli; jasur. "Shohnoma" qaxramoni
Suxrob onasining ismi.
Tojira — savdogar, tijoratchi qiz yoki otasi tijorat qilib ketganda
tug’ilgan qiz.
Toyib, Toib — tavba qiluvchi, sig’inuvchi; dindor, xudojo’y.
Toyiba, Toiba — tavba qiluvchi, sig’inuvchi; xudojo’y,
musulmon qiz.
Toimbek — taʼmin etilgan, nasibasi but, umri uzoq bola.
Toir — parvoz qiluvchi, yuksakka ko’tariluvchi; ozod,hur; iqboli
baland bola.
Toleʼ, Tole — baxtli, omadli; taqdir yulduzi porlagan.
Tolib — bilim istovchi, qumsovchi; bilim ixlosmandi; o’kuvchi,
shogird yoki talab, iltimos qilib olingan bola.
Shakllari: Tolibbek, Tolibjon.
Toliba — bilim istovchi qiz, o’quvchi qiz.
Tolibiddin — dinning qumsovchi, dinga tashna, din muxlisi.
Toliha — cho’l (sahro) o’simligi tolihdek achchiq, yomon,
yaramas qiz yoki Toli / / Tole / / Toliya / / Tolih —
baxtli, iqboli baland qiz.
Tohir — pokiza, dog’siz, nuqsonsiz; begunoh. Bu nom
Muhammad (s.a.v) o’g’lining nomi bo’lgan.
Tohira — pokiza, ozoda, maʼsuma qiz.
Tohirqul — aynan: Tohirning quli yoki Allohning pokiza,
begunoh bandasi.](/data/documents/27fb098a-a835-4171-8755-7153d8880f8e/page_4.png)
![Tibiniso — jannat daraxti tubi (tubo, tubi)dek kelishgan, go’zal
qomatli qiz.
Turbat — xok, tuproq; mozor, qabr (avliyo)ning xoki yoki turbat
savlatli, kelishgan, baquvvat
Turobiddin — xoksor, dinning oddiy, sodda farzandi.
Tusmat — asl, aslzoda uni Muhammad(s.a.v) o’panohida
asrasin.
Tusnazar — Allohning nazari, muruvvati tufayli erishilgan, asl,
aslzoda bola
Tuhfa — sovg’a, ehson, tortiq; marhamat. Asli: Tuhfatulla,
Tuhfaniso. Shakllari: Tuhfajon, Tuhfaxon, Tuhfaoy, Tuhfabuvi.
Tuhfaniso — Alloh ato qilgan tuxfa.
Tuhfatulla — Allohning tuhfasi, ehsoni, muruvvati.
O’zbekcha ismlar.
Tavur — yaxshi, durust, ko’ngilga yaqin, yoqimtoy.
Tay, Tayjon — yurish, kezish, yo’l bosish yoki tay// toy — ona
tomonidan qarindosh bo’lganlarning uyida tug’ilgan bola.
Takash — taka so’zi bilan boshlangan ismlarning shakli yoki
katta shokosa, yaʼni rizq-ro’zli, nasibali bo’lsin.
Tangir — farosatli, qobiliyatli; xotirasi o’tkir, aqlli, ziyrak.
Tangribergan — Alloh bergan, ato qilgan bola Allohning
tuhfasi, sovg’asi.
Tangriberdi — Alloh, ato qildi, berdi. Allohning hadyasi,
sovg’asi.
Tayanch , Tayanchboy — ota-onasining suyanchig’i,
ko’makchisi.
Taqaboy — taqadek tuzimli, chidamli va mahkam.
Tegin - shohzola, aslzoda. Turkiy tillarda avlod ma’nosida
keladi.
Tegina , Tegina - malika, shoh avlodiga mansub, aslzoda qiz.
Tektur - tinch, osoyishta turgin, yaʼni o’lmasin, umri uzoq
bo’lsin.
Telli —bezangan, orolangan; chiroyli, sohibjamol.](/data/documents/27fb098a-a835-4171-8755-7153d8880f8e/page_5.png)
![Temir — temirdek mustahkam, mahkam, yaʼni balo-qazolarga
bardoshli, umri uzoq bola. Shakllari: Temirtiy, Temirjon,
Temirxon.
Temira - temirdek mahkam, mustahkam qiz, yaʼni yashaydigan,
umri uzoq qiz.
Temirbek - beklar avlodiga mansub bo’lgan temirdek mahkam
bola.
Temirberdi - Alloh temirdek mustahkam o’g’il berdi.
Temirtosh - temirdek na toshdek mustahkam, yaʼni o’lim va
ofatlarga bardoshli.
Temirturdi - temirdek mustahkam va turadigan o’lmaydigan.
Temirxon — temirdek mustahkam va nomdor, ulug’ martabalar
egasi bo’lsin.
Temirqul — Allohning temirdek mustahkam, yaʼni umri uzoq,
bandasi.
Temirqutlug’ — temirdek mustahkam va baxtli, tolei baland
bola.
Temirgo'zi — temirdek mustaxkam, irodali va suyukli, erkatoy
bola.
Tengdosh — oiladagi farzandlar yoki qarindoshlarning
bolalariga yo’ldosh, tengdosh bo’lib yursin.
Tengli — boshqa bolalarga baravarlashib, teng kelib yursin. Bu
ism ikkinchi bo’lib tug’ilgan bolaga qo’yiladi.
Tenglash — boshqa bolalarga baravarlashib, teng kelib yursin,
yaʼni sof bo’lsin.
Tesha, Teshaboy — tesha kabi mustahkam va o’tkir bo’lib
o’ssin, balo-qazolarga chidamli bo’lsin.
Teshaqul — Allohning teshadek mustahkam, yaʼni umri uzoq,
bandasi, quli.
Teshaqozi — teshadek mustahkam va qo’zidek suyimli, erkatoy
o’g’il.
Tilabberdi — Allohdan so’raganimiz (tilaganimiz) uchun
berilgan bola. Allohning tuhfasi, ehsoni.
Tilaboldi — Allohdan so’rab, tilab olingan bola. Allohning
sovg’asi.](/data/documents/27fb098a-a835-4171-8755-7153d8880f8e/page_6.png)
![Tilabqul — Allohning so’rab, iltimoslar qilib olingan bandasi.
Tilagan — tilab, iltimoslar qilib olingan bola.
Tilak — istagimiz, orzuimiz bo’lgan bola. Shakllari: Tilakboy,
Tilakjon.
Tilakberdi — Allohdan tilaganimiz, so’raganimiz uchun berilgan
bola.
Tilanboy, Tilan — tilanib, so’rab, iltijolar qilib
olingan bola.
Tillabeka — tilladek qadrli va beklar avlodiga mansub qiz yoki
oltindek qimmatli va eʼzozli qiz.
Tillaberdi — Alloh oltindek aziz, qimmatli o’g’il berdi.
Tillaniso — ayollarning eng sarasi, noyob, benazir qiz.
Tilovbek — tilab, orzu qilib yetishilgan bola.
Tilovbeka — tilab, orzu qilib yetishilgan qiz.
Tilovbergan — tilab, orzu qilib yetishilgan bola.
Tilovberdi — orzu, armon qilib topilgan bola.
Tilovoldi — tilab, orzu qilib olingan, erishilgan bola.
Tilovxo - tilab olingan qadrli, eʼzozli qiz.
Tindixon - tinchigan, osuda, yaʼni yashaydigan qiz.
Tinichboy , Tinich — tinch, osoyishta, osuda yoki xohlangan,
orzu qilingan.
Tiniq — pokiza, musaffo yoki tinch, osoyishta, xavfsiz.
Tinchar — endi bolalarimiz o’lmas, deb umid qilamiz; endi,
balo-qazolar tinchar, to’xtar.
Tinchir — endi bu bola to’xtar; sog’u-salomat ulg’ayar deb umid
qilamiz.
Tinchit — tinch, osoyishta bo’lsin, umri uzoq bulsin.
Tinchlik — tinch, bexatar ulg’aysin, o’ssin.
Tirakboy, Tirak — ulg’ayib ota-onasiga suyanchiq,tirak bo’lib
yursin.
Tirikjon, Tirik — yashaydigan, umri uzoq bola.
Tirishbek — tirishqoq,, harakatchan, mehnatkash.
Tirishqul — Allohning tirishqoqj, harakatchan bandasi.
Tirka, Tirkaboy — oldingi farzandlarga ulansin, qo’shilsin,
tirkalsin; o’lmasin, yashasin.](/data/documents/27fb098a-a835-4171-8755-7153d8880f8e/page_7.png)
![Tirkash — oldingi farzandlarga ulansin, yaʼni o’lmasin, yashasin.
Shakllari: Tirkashboy, Tirkashjon, Tirkashxon.
Tirmasb — tirishqoq, tirmashuvchan, irodali bo’lsin, yaʼni
yashovchan, o’lmaydigan bo’lsin.
Tirsak , Tirsakboy - ota-onasiga tayanch, suyanchiq, yaʼni tirsak
bo’lsin.
Tishi — qiz, ayol, zaifa.
Tov, Tovboy - tog’dek buyuk, ulug’ martabali bo’lsin; toshdek
salobatli, baquvvat bo’lsin yoki tog’da tug’ilgan bola.
Tovliboy - tog’lik, tog’da tugilgan bola.
Tovshan - quyondek ziyrak, chaqqon bola.
Tovqora - tog’dek yuksak, qudratli bola.
Toy — toy, toychoq yoki bobosi (onasining otasi) ismini olgan
bola yohud oiladagi ikkinchi farzand.
Toybek — beklar avlodiga mansub bola toy, toychoqdek yayrab
o’ssin. .
Toybeka — buvisining ismi qo’yilgan obro’li, eʼzozli qiz.
Toybola — toy, toychoqdek yayrab o’ssin yoki bobosining
ismini olgan bola yohud oiladagi ikkinchi farzand.
Toyboqar — yilqilari mo’l, badavlat bo’lsin.
Toyli — yilqilari, toylari mo’l, badavlat bo’lsin yoki oiladagi
ikkinchi o’g’il.
Toyloq — toyloq, bo’taloqdek yayrab o’ssin yoki qadrli erkatoy
o’g’il yohud toyloq urug’iga mansub bola, toyloq farzandi.
Toymas — qaytmas, qo’rqmas, jasur bola yoki umr yo’lidan
toymaydigan (yashaydigan, o’lmaydigan) bola.
Toycha — toycha, toyloqdek yayrab o’ssin.
Toycham — eʼzozlim, erkatoyim, qimmatlim.
Toychopar — sog’-salomat ulg’ayib toylarga minib, chopib
yursin.
Toychoq — eʼzozli, erkatoy; kenjatoy bola.
Toyo‘roz — yoqimli o’g’il baxtli, tolei baland bo’lsin.
Toyqo‘zi — suyukli, erkatoy o’gil toydek yayrab yursin.
Tolim — serkokil, suluv sochli kiz.](/data/documents/27fb098a-a835-4171-8755-7153d8880f8e/page_8.png)
![Tolli — totli, yaʼni yoqimtoy, shirin, suykimli, qadrli bola.
Shakllari: Tolliboy, Tollioy.
Tollitosh — yoqimtoy, suyukli qiz toshdek mustahkam bo’lsin,
yaʼni yashasin, o’lmasin.
Tolma — tolmasin, irodasi mustahkam bo’lsin, yaʼni umri uzoq
bo’lsin.
Tolmas — baquvvat, mustahkam, sog’lom yoki g’ayratli,
tirishqoq, mehnatkash.
Tong, Tongboy — tong, sadar paytida tug’ilgan bola.
Tongkeldi — sahar payti tug’ilgan bola yoki tolei baland bola.
Tongmas — o’z so’zida turuvchi; irodali, mard.
Tongoy — sahar payti tugilgan oydek suluv qiz.
Tongotar — saharda, tong otayotganda tug’ilgan bola.
Tongsuluv — tong payti tug’ilgan go’zal qiz yoki tongdek
musaffo, yoqimli qiz.
Tongcho‘lpon — tong yulduzi Cho’lpondek ko’rkam qiz.
Tongyulduz — tongda tug’ilgan yulduz (qiz) yoki tong
yulduzidek go’zal qiz.
Topgan — topib olgan, topilgan, o’zga bola. Chaqaloqning
"dushman"larini chalg’ituvchi ism.
Topdi, Topdiboy — topib olingan, turmagan farzandlar o’rniga
kelgan bola.
Topdiq — topib olingan bola, yaʼni bu bizning bolamiz emas,
boshqa bola. Chaqaloqni o’limdan asrash uchun shunday ism
beriladi.
Topiboldi — topib olingan, o’zga bola. Chaqaloqning
"dushman"larini chalg’ituvchi ism.
Topilgan — topib olingan o’zga bola yoki oldin vafot etgan,
turmagan farzandlar o’rniga berilgan bola.
Topqir — tadbirli, tadbirkor, epchil, hozirjavob.
Torim, Torimboy — bo’taloq, olti oydek bo’taloqdek go’zal
bola.
Tortiqjon , Tortiq — (Alloh, bergan) tuhfa, sovg’a inʼom.
Totli — shirin, yoqimtoy, suyukli bola.
Totlibu — shirin, yoqimtoy, suyukli qiz.](/data/documents/27fb098a-a835-4171-8755-7153d8880f8e/page_9.png)
![Totliq — yoqimtoy, shirin, suyukli bola.
Totliqosh — chiroyli qoshli, yoqimtoy qiz.
Totuv — hayoti tinch, osoyishta, totuvli bo’lsin, yaʼni o’lmasin.
Shakllari: Totuvbek, Totuvboy, Totuvxon.
Tosh — joni toshdek mustahkam bulsin, yaʼni yashasin, tursin.
Shakllari: Toshboy, Tashbek, Toshxon. Toshtoy
Toshbek — beklar naslidan bo’lgan toshdek mustahkam bola.
Toshbeka — beklar avlodiga mansub toshdek mahkam qiz.
Toshberdi — Alloh, toshdek mustahkam, umri uzoq, bola berdi.
Toshbolta — toshdek va boltadek mahkam bola.
Toshbotir — toshdek mustahkam va dovyurak yigit bo’lsin.
Toshbosh — boshi toshdan bo’lsin, yaʼni o’lmasin, yashasin.
Toshbu, Toshbuvi — joni toshdek qattiq, yashovchi qiz.
Toshbo‘l — toshdek mahkam bo’l, yaʼni umring uzoq, bo’lsin.
Toshjigit — toshdek mustahkam, umri uzoq yigit bo’lsin.
Toshim — "tosh" so’zi bilan boshlangan qo’shma ismlarning
qisqargan shakli
Toshkumush — toshdek mustahkam va kumushdek qimmatli,
zebo qiz.
Toshli — toshdek mustahkam bola.
Toshlon — toshsimon, toshdek mahkam. Shakllari: Toshlonboy,
Toshlonoy, Toshlonxon.
Toshloq — toshloqdek mahkam, yaʼni yashovchi bola.
Toshmetin — tosh va metindek mustahkam, yaʼni umri uzoq
bola.
Toshmiya — boshi toshdan bo’lib, o’lmasin, uzoq;yashasin.
Toshmomo — toshdek mustahkam qiz yoki buvisining ismi
berilgan qiz.
Toshoy — toshdek mustahkam va oydek suluv qiz.
Toshtemir — toshdek va temirdek mustahkam bola.
Toshtoy — toshdek mustaxkam, erkatoy, suyukli bola.
Toshturdi — toshdek mustahkam va turuvchi, umri uzoq, bola.
Toshtursun — toshdek mustahkam bo’lib tursin, yashasin.
Toshto‘l — toshdek mustahkam bo’lsin, yashasin va oldin
turmagan bolalar o’rnini to’ldirsin.](/data/documents/27fb098a-a835-4171-8755-7153d8880f8e/page_10.png)
![Toshto‘xta — toshdek mustahkam bo’lsin va to’xtasin,
o’lmasin.
Toshto‘g‘on — toshdek va to’g’ondek mustahkam
bola yoki toshdek mahkam va to’g’on qushdek ziyrak, jasur
bola.
Toshxon — toshdek mahkam hamda qadrli, eʼzozli.
Toshqiz — toshdek mahkam, chidamli qiz.
Toshqin — suv bosqini, toshqin paytida tug’ilgan qiz yoki
jo’shqin, shaddod qiz.
Toshqol — toshdek mahkam bo’lib bo’lsin, yashasin.
Toshqora — toshdek mustahkam va jasur, qudratli bola.
Toshqul — Allohning toshdek mustahkam bandasi (quli).
Toshqo‘zi — toshdek mustahkam va suyukli, erkatoy bola.
Tog‘aytemir — tog’asi uyida tug’ilgan yoki tog’asining ismi
berilgan temirdek mustahkam bola.
Tog'ayqiz — tog’asining uyida tug’ilgan qiz.
Tog'ayqo’z i — tog’asi uyida tug’ilgan aziz, suyukli bola.
Tog‘boy — ulg’ayib tog’dek yuksak, yaʼni martabasi baland
bo’lsin yoki tog’da tug’ilgan bola.
Tuvadoq — kenja bola, oiladagi eng kichik farzand.
Tuvoq — pardali bulib tugilgan bola.
Tuvalboy — tugal, to’liq qopib berilgan bola yoki gavdali, kuchli,
baquvvat.
Tuvoqberdi — Alloh bergan va pardali bo’lib tug’ilgan bola.
Tuvoqturdi — pardali bo’lib tug’ilgan bola yashasin.
Tuvoqqul — Alloxnhing pardali bo’lib tug’ilgan bandasi (quli).
Tugal — to’liaq mukammal qilib berilgan, yaʼni umri uzoq,
yashaydigan bola yoki tug’ilish tugasin, bolaga qonikdik
maʼnosida.
Tugalmacha — qiz tug’ilishi tugasin yoki farzand yetarli bo’ldi,
qoniqdik maʼnosida.
Tugmaboy, Tugma — badanida ortiqcha belgisi (tugmadek
belgi) bilan tug’ilgan bola yoki oilaga tugmadek ilinib, qadalib
qolsin, yaʼni umri uzoq bo’lsin.
Tuyoq — tuyog’i, yaʼni moli (charvasi) ko’p, badavlat bulsin.](/data/documents/27fb098a-a835-4171-8755-7153d8880f8e/page_11.png)
![Tuzal — biror bir kasallikdan sog’ayib, tuzalib ketsin, degan
maʼnoda berilgan nom.
Tuzan — tinch, xotirjam, osoyishta bo’lsin.
Tuzboy, Tuzbek — to’g’ri, rost; turg’un, sobitqadam; ishonchli,
so’zida turuvchi.
Tuyg‘un — qarchig’aydek sezgir, ziyrak, xushyor bo’lsin.
Tuyguna — sezgir, xushyor, ziyrak, tezfahm qiz.
Tuyg‘unoy — ziyrak, xushyor hamda oydek suluv
Tulakboy, Tulak — tinch, osoyishta, xotirjam.
Tulkiboy — tulki (tulkichi) urug’iga (qo’ng’irot qabilasining
kichik urug’i, qatag’on qabilasining shaxobchasi)mansub bola.
Tulum, Tulumboy - sochlari uzun (tolim) bo’lib tug’ilgan bola.
Tuma, Tumaboy — tuma urug’iga mansub bola.
Tumanoy — tuman payti tug’ilgan oydek suluv qiz.
Turaq — mustahkam, sobit turuvchi, turg’un, yaʼni
yashaydigan, umri uzoq, bola.
Turaqol — turaqolgin, ya’ni yashagin. O’lmagin, umring uzoq,
bo’lsin.
Turbek — Arabistondagi Turtog’ nomiga nisbat berilgan yoki
turgin, yashagin.
Turgan, Turgon — epchil, chaqqon, tezkor; uquvli, mohir.
Turdi — to’xtaydi, yashaydi, so’g’ bo’ladi. Shakllari:
Turdiboy, Turdibek, Turdigul, Turdixon, Turdioy.
Turdibek — beklar avlodiga mansub bola yashaydi, o’lmaydi.
Turdibek — sog’ , omon bo’ladigan yuksak martabali, eʼzozli
qiz.
Turishboy — nordon; achchiq, dag’al, yaʼni yomon bola. Bolani
yomon ko’zlardan asrash, yovuz kuchlarni chalg’itish uchun
beriladigan ism.
Turyigit — sog’, omon bo’lib ulkan yigit bulsin.
Turkboy — kuchli, qudratli yoki chiroyli, go’zal yohud turk
qabilasiga mansub bola, turk farzandi.
Turkiston — Turkiston shahri nomiga nisbat berilgan, Turkiston
shahrida tug’ilgan bola yoki Turkistonni ziyorat qilgach,
tug’ilgan bola.](/data/documents/27fb098a-a835-4171-8755-7153d8880f8e/page_12.png)
![Turkman — o’zbeklarning turkman qabilasiga mansub bola,
turkman farzandi.
Turkqiz — turk qabilasiga mansub qiz yoki chiroyli go’zal qiz.
Turna — turnalar kelgandatug’ilgan qiz. Shakllari: Turnaoy,
Turnaxon.
Turnaoy — turnalar kelganda tug’ilgan oydek, suluv qiz.
Turobqul — Allohning oddiy, xoksor bandasi, quli.
Turoy — oydek suluv qiz tursin, yashasin, o’lmasin.
Turonboy — Turon zaminining farzandi, Turon farzandi.
Turonbibi, Turonqul — Turon kqizi, Turon zamini farzandi.
Turor — turadigan, yashaydigan, umri uzoq, bola.
Turoq — turg’un, sobit, yaʼni yashaydigan, umri uzoq bola.
Shakllari: Turoqoy, Turoqjon, Turoqqul, Turoqmirza.
Turog‘ol — tura qolgin, yaʼni yashagin, sog’ bo’lgin.
Turog'on — turuvchi, yashaydigan bola.
Tursun — yashasin, omon, sog’ bo’lsin. Shakllari: Tursunbek,
Tursunoy, Tursunjon, Tursunqul, Tursunxon.
Fors-tojikcha tildan o’zlashgan antroponimlar.
Tabar — bolta; boltadek mustahkam, baquvvat bo’lsin.
Tavon, Tavonboy — kuchli, baquvvat, chidamli, bardam,
sog’lom bola.
Tavona — kuchli, baquvvat; bardam, sog’lom qiz.
Tavongar, Tavongir — kuchli, qudratli, boy-badavlat.
Tavsan — sho’x, o’ynoqi, asov ot; arg’umoq, to’bichoq.
Tamiza — toza, pok, pokiza yoki ziyrak, fahm-farosatli yohud
shamsiya yili hisobining beshinchi oyi (saraton-iyul)da tug’ilgan
qiz.
Tani, Taniboy — mahkam, mustahkam yoki o’g’il bola.
Tanovar — tanovar kuyidek yoqimtoy qiz, raqqosa qiz yoki
tanovardek tuzimli, mahkam, mustahkam bo’lsin.
Tarnoz — tozalik, soflik; sog’lom, pokiza, jozibali.
Tarona — aynan; qo’shiq, kuy; hayoti quvnoq, baxtiyor bo’lsin.
Taxamtan — gavdali, jussador; baquvvat, paxlavon.
Tehron — Eron mamlakasining poytaxti Tehron shahri nomiga
nisbat berilgan ism.](/data/documents/27fb098a-a835-4171-8755-7153d8880f8e/page_13.png)
![Tilla — oltindek qimmatli, qadrli bola yoki boy-badavlat bo’lsin.
Shakllari: Tiliaboy, Tillajon, Tillaxon.
Tillagul — oltindek qimmatli va guldek go’zal qiz.
Tillamirza — oltindek qadrli hamda o’qimishli, bilimdon yigit
bo’lsin.
Tillapo’lat - oltindek aziz, bebaho bola po’latdek mustahkam
bo’lsin.
Tillaxo‘ja - xo’jalar avlodiga mansub bo’lgan tilladek qimmatli
bola yoki xo’jalarning eng aʼlosi.
Tir, Tirboy — tengdosh, esh, o’rtoq, yoki Merkuriy sayyorasi
nomidan.
Tirdod — Tir (Sirius) sayyorasining tuhfasi, ehsoni.
Tovon, Tovonboy - oldingi turmagan, vafot etgan
bolalar evaziga berilgan o’g’il.
Tojbaxsh - toji, xoli bilan tug’ilgan bola.
Tojvor - tojli, xolli bola.
Tojianor - qizil xolli, qizil xol (belgi) bilan tug’ilgan qiz.
Tojibor - xolli qiz, toj bilan tug’ilgan qiz.
Tojigul — guldek chiroyli xolli qiz yoki
xol bilan tug’ilgan guldek go’zal qiz.
Tojiyor — xol (toj) bilan tug’ilgan bola.
Tojik, Tojikboy — tojiklar orasida tug’ilgan bola yoki savdogar,
tijoratchi.
Tojiman — xolli, tojli bola.
Tojimirza — xol (toj) bilan tug’ilgan o’gil ulg’ayib o’qimishli,
mirza yigit bo’lsin.
Tojiniyoz — Allohdan o’tinib, so’rab olingan
xoldor bola.
Tojinor — qizil xol (belgi) bilan tug’ilgan bola yoki badanida
ham xoli (qora xoli), ham nori (qizil xoli) bor bo’lgan bola.
Tojitilla — xol bilan tug’ilgan oltindek qimmatli, aziz qiz yoki
xosiyatli, qimmatli xolli qiz.
Tojixol — badanida ham toji (qizil xol, dog’), ham xoli bo’lgan
qiz.
Tojixurram — xolli bola ulg’ayib baxtiyor yashasin.](/data/documents/27fb098a-a835-4171-8755-7153d8880f8e/page_14.png)
![Tojixo‘ja — xo’jalar avlodiga mansub xoldor bola.
Tojnabot — xol bilan tug’ilgan shirin, yoqimtoy qiz.
Tozagul — musaffo, beg’ubor guldek ko’rkam qiz
Tumanoy — tuman payti tug’ilgan oydek suluv qiz.
Tumor — bolaga balo-qazolar yaqinlashmasin degan niyatda
qo’yiladigan ism. Shakllari: Tumorboy, Tumorgul, Tumorjon,
Tumoroy, Tumorxon.
Tung, Tungboy — mis idish, mis suvdondek mustahkam bo’lsin.
Tungigul — oqshom gulidek suluv qiz.
O’zbekcha-hindcha antroponimlar.
Tursunbibi - sogʻ tursin, yashasin va baland martabali qiz
boʻlsin.
Turgʼunbini - baland martabali qizning umri uzoq boʻlsin
Toʻybibi - toʻy kuni tugʻilgan qiz.
Toʻlabibi - umri toʻla qilib berilgan barhayot qiz.
Toʻtibibi - shirinsuxan, biyron tilli va guldek chiroyli qiz yoki
onasi yoxud opasining ismini olgan qiz.
Toʻrabibi - baland martabali, aslzoda qiz
Tuproqbibi - tuproqdek, arzimas, yomon bola. Chaqaloqni
bevaqt oʻlim va koʻz tegishidan asrash uchun shunday ism
beriladi.
Turdibibi - turadigan, oʻlmas va baland martabali qiz
Moʻgʻul tilidan o’zlashgan antroponimlar.
Tarxon - ozod, hur; turli majburiyatlardan ozod qilingan.
Tarxonlar avlodiga mansub bola.
Tulu - oyna, koʻzgu; goʻzal, zebo.
Tuman - oʻn ming, yaʼni koʻpaysin, unsin, oʻssin yoki tuman
paytida tugʻilgan bola. Shakllari: Tumanboy, Tumanmirza,
Tumanoy.
Forscha-qadimiy yahudiycha antroponimlar.
Tojiyaʼqub - Yaʼqub paygʻambar ismi berilgan xolli bola yoki q.
Toji va Yaʼqub.
Tojiyoqub - Toji va Yoqub.
O’zbekcha-xitoycha antroponimlar.](/data/documents/27fb098a-a835-4171-8755-7153d8880f8e/page_15.png)
![Tangri - Alloh, Xudo: koʻk, osmon. Asli: Tangriberdi, Tangriqul.
Shakllari: Tangriboy, Tangribek, Tengri.
Xulosa qilib aytganda, Ernest Begmatovning “O’zbek ismlari
izohi” lug’atidagi T tovushi bilan boshlanuvchi ismlarda son
jihatidan birinchi o’rinda o’z qatlamdagi ya’ni o’zbekcha ismlar,
so’ngra arabcha ismlar, keyingi o’rinlarda fors-tojikcha va
boshqa o’zlashma qatlamdagi ismlar turadi. Mo’g’ul tilidan to’la
o’zlashgan ismlar ham mavjud. -bibi komponenti orqali
qo’llaniladigan o’zbekcha-hindcha antroponimlar ham uchraydi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Begmatov E. O’zbek ismlari izohi. —Toshkent: O’zbekiston
milliy ensiklopediyasi, 2016. —B. 402-440.
Sharof Rashidov nomidagi
Samarqand davlat universiteti
Filologiya fakulteti 201-guruh talabasi
Rustamova Nigoraning
O’zbek nomshunosligi fanidan
tayyorlagan mustaqil ishi.
5- mustaqil ta’lim.
Mavzu: Turli lug’atlarda sodda, birikmali va murakkab
antroponimlar topish.
Reja:
Sodda antroponimlar.](/data/documents/27fb098a-a835-4171-8755-7153d8880f8e/page_16.png)
![Birikmali antroponimlar.
Murakkab antroponimlar.
Antroponimlarning tuzilish qoliplari, bir tomondan, antroponim
uchun asos bo‘lgan apellyativning xususiyatiga, ikkinchi
tomondan, antroponimlarning o‘ziga xos xususiyatlariga
asoslanadi.
Hozirgi davrda oʻzbek tilidagi ismlarni lisoniy tuzilishiga ko‘ra
uch guruhga ajratish mumkin:
1. Sodda tuzilmali antroponimlar.
2. Yasama tuzilmali antroponimlar.
3. Qo‘shma tuzilmali antroponimlar.
Sodda tuzilmali antroponimlar. Sodda antroponimlar ular
uchun asos bo‘lgan leksemaning tuzilishiga moss keladi va
mohiyatan tub nomlardir. Masalan: Toʻxta, Boʻta, Kumush,
Anvar, Lola, Go‘zal va b.
Yasalma tuzilmali antroponimlar. Ismlar tildagi avvaldan mavjud
leksemalarga tayangani uchun onomastika, jumladan,
antroponimika doirasida yasalish haqida gapirish ba’zilarga
g‘ayritabiiy tuyulishi mumkin. Aslida, unday emas. Masalan,
oʻzbek tilida “to‘y” leksemasi mavjud, ammo “To‘ychi” ismi bor,
“to‘yli” leksemasi yo‘q, ammo “To‘yli” ismi mavjud. Oʻzbek
tilida “tilash, tilamoq” fe’li mavjud, ammo ular “Tilov”
(Tilovberdi) shaklli ismdir. Shuningdek, “sotmoq” fe’lidan hosil
qilingan “sotqin” (sotgin) leksemasi xoin yoki sotib bergin
ma’nosida ishlatiladi. Sotqin ismi esa bolani “sotib olish”
udumiga bog‘lanadi.
Apellyativ leksikaning ism vazifasiga o’tishi bir necha usullarda
amalga oshadi:
1. Fonetik-orfoepik usul.
2. Leksik-semantik usul.
3. Affiksatsiya usuli.
4. Sintaktik (kompozitsiya) usul.
Sodda tuzilmali antroponimlar.
Tavakkal Tadbir Turob
Tal Tansiq Turna](/data/documents/27fb098a-a835-4171-8755-7153d8880f8e/page_17.png)
![Tanho Taskin Turbat
Taslim Taʼlim Tulu
Taqdim Temir Tugal
Tilak Tiniq Tosh
Tishi Toy Tojira
Tolim Totuv Toza
Tuvoq Tuzal Tovus
Tabar Tavsan Tarxon
Tanovar Tilla Tumor
Yasama tuzilmali antroponimlar .
Temirali Temirniyoz
Temirxo’ja Tuhfatulla
Temirqul Tengli
Tengdosh To’ybegim
Teshaali Teshaxo’ja
Tilagan To’yzoda
Tillabeka Tillamirza
Tilovbeka To’yindiq
Tilovxo’ja Tindixon
Tinchar To’yli
Tinchlik Tovliboy
Tojbaxsh To’ychi
Tojim Toybeka
Toyloq To’yg’on
Toymas Toycha
Toychoq To’lagan
Tolli Tolma
Tongchi To’lash
Topgan Topdi
Topildiq To’lantoy
Totli Totliq
Toshim To’ldi
Toshli To’pchi
Toshloq To’qli
Toshlon To’qmon](/data/documents/27fb098a-a835-4171-8755-7153d8880f8e/page_18.png)
![Toshoy To’ytirak
Toshtoy To’ylon
Tog’boy To’yim
Tugalmacha To’xtalar
Tuyg’una To’rabeka
Turdiyor To’xtamish
Turkboy To’xtash
Tursuncha To’xtar
Turg’on To’g’oncha
Qo’shma tuzilmali antroponimlar .
Talabmirza Tangribergan
Tekpo’lat Temirsulton
Teshagul Tilaboldi
Temirqutlug’ Tillago’zal
Tillajamol Tillaqo’zi
Tiniqgul Tojianor
Tojigo’zal Tojinur
Tojiniso Tojitilla
Tojkeldi Tozagul
Toymulla Toymurod
Tolibberdi Tonggul
Tongkeldi Tongotar
Tongsuluv Tongcho’lpon
Totlisuluv To’qsonsharif
Turg’unpo’lat To’xtatosh
Tursunqul To’qmulla
Tursuntoy To’qberdi
Tursuntoj To’xtaqilich
Tursuntilla To’xtamomo
Tursunpo’lat To’xtamomo
Tursunmuhammad To’xtagul
Turyigit To’timomo
Turdiqul To’raqobil
Turdisaid To’ramuhammad
Toshquvvat To’ranazar](/data/documents/27fb098a-a835-4171-8755-7153d8880f8e/page_19.png)
![Toshto’xta To’pchigul
Toshpo’lat To’labbergan
Toshparda To’ysuluv
Toshmurod To’ymurod
Toshkumush To’ybo’ldi
Toshjamol To’ybozor
Toshberdi To’yberdi
Totliqush Tuhfaniso
Tongchiroq Turg’untosh
Xulosa qilib aytganda, izohli lug’atdagi T tovushi bilan
boshlanadigan ismlarning ko’p qismi qo’shma tuzilmali
ismlardir.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Begmatov E. Oʻzbek tili antroponimikasi. – Toshkent: Fan,
2013. -B. 217-227.
2. Begmatov E. Oʻzbek ismlari izohi. – Toshkent: Oʻzbekiston
milliy ensiklopediyasi, 2016. -B. 174-176 .](/data/documents/27fb098a-a835-4171-8755-7153d8880f8e/page_20.png)
Mavzu: O’zbek antroponimlarining o’z va o’zlashgan qatlami bo’yicha misollar topish. Reja: 1. Arab tilidan o’zlashgan antroponimlar. 2. O’zbekcha ismlar qatlami. 3. Fors-tojik tilidan o’zlashgan antroponimlar. 4. O’zbekcha-hindcha ismlar qatlami. 5. Mo’g’ul tilidan o’zlashgan antroponimlar. 6. Forscha-qadimiy yahudiycha ismlar qatlami. 7. O’zbekcha-xitoycha ismlar qatlami. Arab tilidan o’zlashgan antroponimlar. Tabassum — hayotidan shod, xursand bo’lib yursin yoki tabassumli, ochiq, chehrali, kulib turuvchi qiz. Tabdil — almashtirilgan, almashib olingan bola. Tabdila — almashib olingan qiz. Tabiba — emlovchi, shifokor, davolovchi. Tabibulla — Alloh, shifo beruvchi, najotkoryoki Alloh, ato qilgan sog’lom bola. Tabila — umri uzoq, uzoq yashovchi qiz. Tabiya — qalʼa; himoya qilingan, mahkam, mustahkam. Tabrika — qutlovga, olqish, tabrikka sazovor qiz. Tavakkal — hayoti tavakkal qilingan, taqdiri Allohning ixtiyoriga topshirilgan bola, Allohdan umid qilgan bola. Tavakkala — hayoti tavakkal qilingan, taqdiri Alloh ixtiyoriga topshirilgan qiz. Tavallo — Allohdan so’rab, iltijolar qilib, olingan bola yoki suyukli, qadrli, do’st tutilgan bola. Tavarik — intizor bo’lib kutilgan, aziz, tabarruk bola. Tavbaxon — tavba qiluvchi, itoatkor, Alloh yo’liga bo’ysinuvchi qiz. Tavziha — ravshan, aniq, oshkor. Tavila — uzun bo’yli qiz yoki uzoq umrli qiz.
Tavfiq , Tavfiqjon — baxtli, omadli, iqbolli, yoki yomon odatlardan o’zini saqlaydigan, pokiza, avliyo bola. Tavhid — birlik, yagonalik; sufilikda xudoning yagonaligiga eʼtiqod qilish darajasi; yagona Allohga sig’inuvchi. Tavhiddin — yagona din (islomga) amal qiluvchi, sig’inuvchi, musulmon. Tavhir — ehtirom, hurmatga munosib, sazovor bola. Tadbir — chorasini Allohning o’zi topsin, umri uzoq, bo’lsin yoki tadbirli, mohir, ustamon bola. Tajallo — jonlanish, namoyon bo’lish; mavjud bo’lish, yashash. Tazarruv — yalinib, yolvorib yurib topilgan bola. Tazkira — yodgor bo’lib qolgan qiz yoki o’git-nasihat. Tazkiya — sadaqa, qurbonlik qilingan qiz yoki sof, pokiza, maʼsuma yohud maqtovga, madh kilishga sazovor. Tayyor — chaqqon, epchil, tez, jadal. Tayfura — o’ynovchi, sakrovchi; quvnoq, shodon. Takmil — mukammal, benuqson; yetuk. Takmila — vafot etgan farzandlar o’rnini to’ldirish uchun berilgan bola yoki mukammal, yetuk. Tal — aynan: baxt, taqdir, yaʼni yuksak, baland; tolei baland, iqbolli. Talhak — kakra, achchiq; yomon bola. Go’dakni yomon ko’zlardan asrash uchun beriladigan ism. Tamal — asos, to’ngich bola yoki tamalluq yalinib, yolvorib yurib erishilgan bola. Tamanno — iltimos; iltijo qilib topilgan qiz; orzu, armon qilingan qiz yoki nozli, karashmali, dilkash qiz. Tanzila — Allohning yo’l-yo’rig’i, ko’rsatmalari, Allohning irodasi yoki suyukli, muloyim qiz. Tanzilat — Allohning payg’ambarga yuboriluvchi ko’rsatmalari, xabarlari; Allohning xoxish, irodasi. Tanzim — tartiblangan, bezangan, orasta. Tanziya — pokiza, orasta. Tansiq — nodir, noyob, kamyob yoki tansuq — tuhfa, hadya, inʼom. Shakllari: Tansiqboy, Tansiqjon.
Tansiqa — nodir, kamyob, tengsiz, orzu qilingan qiz yoki Allohning tuhfasi, inʼomi. Shakllari: Tansiqoy, Tansiqjon. Tantiboy — saxiy, saxovatli, qo’li ochiq. Tanho — yakka, yagona; tengsiz, bebaho. Tarbiya — odobli, xushxulq, tarbiyali qiz. Tarjiha — ustun turuvchi, afzal. Tarif — aslzoda, zodagon; oqsuyak; oliynasab avlodga mansub. Tarifa — oliynasab qiz; aslzoda qiz. Tariq — yo’sin, yo’l-yo’riq, yoki tunda, oqshomda tug’ilgan bola. Tariqboy — tariq — ozod, erkin; dehqon bola. Tarovat — poklik, so’limlik; malohat; go’zal, sohibjamol. Tarfiya — shodlik, xursandlik. Tasalli — ko’nglimizni xushnud, xotirjam qilgan bola, tasalli topdirgan bola. Taskin — ko’nglimizni tinchlantirgan, ko’ngilga hotirjamlik bergan; shukronamiz boisi bo’lgan bola. Taskina — ko’nglimiz osoyishtaligi, taskini bo’lgan bola. Taslim — o’lim (xavf) taslim bo’lsin, chekinsin yoki yuvvosh, muloyim bola yoxud izzat-ikromga loyiq munosib bola. Tasliya — ko’ngilga dalda, tasalli beruvchi qiz yoki g’am- g’ussadan yiroq, baxtiyor, quvnoq qiz. Tasmila — tinch, osoyishta; yuvvosh, beozor bola. Tasmiya — qo’shilgan, qavatlangan; ko’paygan. Oilada tug’ilgan ikkinchi qiz shunday nomlangan. Tasfiya — poklangan, begunoh; ozoda, pokiza qiz. Tasqara — tasqaradek xunuk, ko’rimsiz, yoqimsiz bola. Chaqaloqni ofatlardan, ko’z tegishdan asrash uchun shunday ism beriladi. Taʼzima — hurmat, eʼzozni biluvchi, taʼzimkor, aqlli, odobli qiz. Taʼlim — taʼlim beruvchi, o’rgatuvchi, bilimdon. Taʼlima — o’rgatuvchi, taʼlim beruvchi; o’imishli, bilimdon. Taʼrifa — taʼriflashga loyiq, maqtovga sazovor.
Tashrifjon , Tashrif — ulug’langan, yuksak ko’tarilgan; oilaning yangi mehmoni. Tashrifa — ulug’langan, eʼzozlangan, hurmatga munosib qiz yoki oilaning yangi mehmoni. Taqdim — Alloh ato qilgan bola. Allohning tuhfasi, ehsoni. Taqdima — Alloh ato qilgan qiz, Allohning tuhfasi. Taqdir , Taqdirboy — nasib qilgan, taqdir qilgan bola. Taqdirali — Alining tuhfasi, ehsoni yoki Alloh ato qilgan bolani Ali o’z panohida asrasin. Taqdisa — pokiza, begunoh, maʼsuma; muqaddas qiz. Tahmina — kuchli, qudratli; jasur. "Shohnoma" qaxramoni Suxrob onasining ismi. Tojira — savdogar, tijoratchi qiz yoki otasi tijorat qilib ketganda tug’ilgan qiz. Toyib, Toib — tavba qiluvchi, sig’inuvchi; dindor, xudojo’y. Toyiba, Toiba — tavba qiluvchi, sig’inuvchi; xudojo’y, musulmon qiz. Toimbek — taʼmin etilgan, nasibasi but, umri uzoq bola. Toir — parvoz qiluvchi, yuksakka ko’tariluvchi; ozod,hur; iqboli baland bola. Toleʼ, Tole — baxtli, omadli; taqdir yulduzi porlagan. Tolib — bilim istovchi, qumsovchi; bilim ixlosmandi; o’kuvchi, shogird yoki talab, iltimos qilib olingan bola. Shakllari: Tolibbek, Tolibjon. Toliba — bilim istovchi qiz, o’quvchi qiz. Tolibiddin — dinning qumsovchi, dinga tashna, din muxlisi. Toliha — cho’l (sahro) o’simligi tolihdek achchiq, yomon, yaramas qiz yoki Toli / / Tole / / Toliya / / Tolih — baxtli, iqboli baland qiz. Tohir — pokiza, dog’siz, nuqsonsiz; begunoh. Bu nom Muhammad (s.a.v) o’g’lining nomi bo’lgan. Tohira — pokiza, ozoda, maʼsuma qiz. Tohirqul — aynan: Tohirning quli yoki Allohning pokiza, begunoh bandasi.
Tibiniso — jannat daraxti tubi (tubo, tubi)dek kelishgan, go’zal qomatli qiz. Turbat — xok, tuproq; mozor, qabr (avliyo)ning xoki yoki turbat savlatli, kelishgan, baquvvat Turobiddin — xoksor, dinning oddiy, sodda farzandi. Tusmat — asl, aslzoda uni Muhammad(s.a.v) o’panohida asrasin. Tusnazar — Allohning nazari, muruvvati tufayli erishilgan, asl, aslzoda bola Tuhfa — sovg’a, ehson, tortiq; marhamat. Asli: Tuhfatulla, Tuhfaniso. Shakllari: Tuhfajon, Tuhfaxon, Tuhfaoy, Tuhfabuvi. Tuhfaniso — Alloh ato qilgan tuxfa. Tuhfatulla — Allohning tuhfasi, ehsoni, muruvvati. O’zbekcha ismlar. Tavur — yaxshi, durust, ko’ngilga yaqin, yoqimtoy. Tay, Tayjon — yurish, kezish, yo’l bosish yoki tay// toy — ona tomonidan qarindosh bo’lganlarning uyida tug’ilgan bola. Takash — taka so’zi bilan boshlangan ismlarning shakli yoki katta shokosa, yaʼni rizq-ro’zli, nasibali bo’lsin. Tangir — farosatli, qobiliyatli; xotirasi o’tkir, aqlli, ziyrak. Tangribergan — Alloh bergan, ato qilgan bola Allohning tuhfasi, sovg’asi. Tangriberdi — Alloh, ato qildi, berdi. Allohning hadyasi, sovg’asi. Tayanch , Tayanchboy — ota-onasining suyanchig’i, ko’makchisi. Taqaboy — taqadek tuzimli, chidamli va mahkam. Tegin - shohzola, aslzoda. Turkiy tillarda avlod ma’nosida keladi. Tegina , Tegina - malika, shoh avlodiga mansub, aslzoda qiz. Tektur - tinch, osoyishta turgin, yaʼni o’lmasin, umri uzoq bo’lsin. Telli —bezangan, orolangan; chiroyli, sohibjamol.