„XAMSA“ DOSTONLARIDA MAJOZIY ISHQ HAQIDAGI SHOIR MULOHAZALARI
„XAMSA“ DOSTONLARIDA MAJOZIY ISHQ HAQIDAGI SHOIR MULOHAZALARI Reja: I. Kirish. II. Asosiy qism: 1. Majoziy ishq haqida A.Navoiydan oldingi allomalarning qarashlari. 2. Majoziy ishq haqida A.Navoiy fikrlari. 3. A.Navoiy „Xamsa“ida majoziy ishq talqini. 4. „Farhod va Shirin“ dostonida ishq talqini. III. Xulosa. IV. Foydalanilgan adabiyotlar ro ‘yxati.
Kirish „O‘z tarixini bilmaydigan, kechagi kunini unutgan millatning kelajagi yo‘q. Bizning qadimiy va go‘zal diyorimiz nafaqat Sharq, balki jahon svilizatsiyasi beshiklaridan biri bo‘lganini xalqaro jamoatchilik tan olmoqda va e’tirof etmoqda. Bu tabarruk zamindan ne-ne buyuk zotlar, olim-u ulamolar, siyosatchi va sarkardalar yetishib chiqqani, umumbashariy svilizatsiya va madaniyatning uzviy qismiga aylanib ketgan dunyoviy va diniy ilmlarning, ayniqsa, islom dini bilan bog‘liq bilimlarning tarixan eng yuqori bosqichga ko‘tarilishida ona yurtimizda tug‘ilib kamolga yetgan ulug‘ allomalarning xizmatlari beqiyos ekani bizga ulkan g ‘urur va iftixor bag‘ishlaydi“. 1 Alisher Navoiyning bebaho merosi nafaqat turkiy xalqlar, balki butun bashariyat uchun bamisoli obihayot manbai, barhayot ma'naviy sarchashmalardan biri hisoblanadi. Olti asrga yaqin muddatda turkiy tafakkur karvoniga sarbonlik qilib kelayotgan ushbu mutafakkir shoir va benazir shaxsning hayot maslagi, tengsiz tafakkur dahosi va har bir satri oltinga teng bo‘lgan asarlari odamiylikning oliy sabog‘idir. Alisher Navoiyning bebaho merosi nafaqat turkiy xalqlar, balki butun bashariyat uchun bamisoli obihayot manbai, barhayot ma’naviy sarchashmalardan biri hisoblanadi. Olti asrga yaqin muddatda turkiy tafakkur karvoniga sarbonlik qilib kelayotgan ushbu mutafakkir shoir va benazir shaxsning hayot maslagi, tengsiz tafakkur dahosi va har bir satri oltinga teng bo‘lgan asarlari odamiylikning oliy sabog‘idir. Shoir asarlaridagi umuminsoniy va barhayot g‘oyalar ushbu badiiy ijod namunalarini talqin va tadqiq etish barcha zamonlar uchun dolzarbligini ko‘rsatadi. Joriy 2020-yilning 19 oktyabr kuni - Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan „Buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida“gi qarorning O‘zbek tili bayrami arafasida 1 Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch.-Toshkent .: Ma’naviyat, 2008.
e’lon qilinganida ajib bir ramziylikni ko‘raman. Bu ramziylik mumtoz o‘zbek adabiy tilida ulug‘ ijodiy kashfiyotlar qilgan, turkiy xalqlar adabiyotining bosh manbai bo‘lgan Hazrat Navoiyga ehtirom, eng avvalo, o‘zbek tiliga, o‘zbek madaniyatiga ehtirom ekanida namoyon bo ‘ladi. Qarorda buyuk shoirning abadiyatga daxldor asarlarini o‘rganish, ularning mukammal nashrini tayyorlash masalalari bilan birgalikda navoiyshunoslik ilmining keyingi rivojlanish bosqichlariga ham tizimli va ilmiy jihatdan asoslangan holda yondashilgan. SHuningdek, Alisher Navoiyning ijodiy merosini chuqur o‘rganish va ommalashtirishga ulkan hissa qo‘shgan mahalliy va xorijiy davlatlar fuqarolarini hamda ilmiy ijodiy muassasalarni taqdirlash maqsadida Alisher Navoiy ordenini ta'sis etish yuzasidan taklif kiritilishi navoiyshunos olimlar uchun ham muhim rag‘bat namunasi bo‘ldi. Jahon tajribasiga ko‘ra, orden va medallar davlatchilik tarixida muhim o ‘rin egallagan sarkardalar, davlat arboblari nomi bilan ta’sis etiladi. Alisher Navoiy ordenining ta’sis etilishi yangi O‘zbekiston o‘z davlatchilik taraqqiyotini ilm-ma’rifat va ma’naviy yuksalish bilan chambarchas belgilayotganining yorqin ifodasidir. SHu bilan birga, xorijiy davlatlarda saqlanayotgan, Alisher Navoiy qalamiga mansub va u yashagan davrga oid qo‘lyozmalarning faksimile nusxalarini mamlakatimizga olib kelish choralari ko‘rilishi navoiyshunoslar oldida ulkan mas’uliyat turganini ham eslatadi. CHunki yangi nusxalarni o‘rganish, talqin va tadqiq etish ishlari adabiyotshunoslikning yangi-yangi ufqlari ochilishiga imkon yaratadi.
Ushbu bob avvalida biz islom mintaqa adabiyotining rivoji haqida gapirar ekanmiz, dunyoni idrok etish va uni ijodiy akslantirish nuqtai nazaridan ham adabiyot taraqqiy etib borganiga ishonch hosil qildik. Alisher Navoiyning nazariy kuzatishlari bilan adabiy jarayonining borishini qiyoslab xulosa qilish mumkinki, bu taraqqiyot ikki katta davrga bo ‘linadi. Birinchisi, VII-XI asrlar bo‘lib, bu davrning eng yuksak namunasi Firdavsiy „Shohnoma“si deyish to‘g‘ri bo ‘ladi. Ushbu bobning birinchi faslida bu davrni qisqacha tavsiflab o‘tdik. Alisher Navoiyning badiiy ijod tariqiga oid mulohazalari bu davrga daxl etmaydi. Ikkinchisi, yirik davr XII-XV asrlar bo‘lib, Alisher Navoiy yuqorida ko‘rib o‘tilgan mintaqa adabiyotiga oid nazariy mulohazalarida ayni shu davr shoirlariga e’tibor qaratadi. Nega? Ma’lumki, adabiyot mavzularining markazida inson, uning ruhiyat dunyosi yotadi. Insonning kechinmalari esa, asosan, ikki yo‘nalishda kechadi: biri insonning Oliy haqiqatga, Haqqa, Borliqning mohiyatiga, sodda qilib aytsak, maxluqning Xoliqqa munosabati, nisbati masalasi; ikkinchisi insonning o‘zi singari maxluqlarga, ya’ni o‘zga insonlarga, atrof-voqelik, mavjud jamiyatga munosabati. Birinchi yo‘nalish Insonni o‘z ko‘ngli bilan suhbatga chaqiradi, ruhiyatning ichki teran qatlamlariga yo‘nalgan bo ‘ladi. Ikkinchi yo‘nalishda ijtimoiy munosabatlar tizimida har bir insonning o‘rni masalasiga ko‘proq e’tibor qaratiladi. Sanoiy ijodida har ikki yo‘nalish aralash tadqiq etilgan, Navoiy iborasi bilan aytsak: „haqiqat asroriga majoz tariqi maxlut“ etilgan. Bu ulug‘ mutafakkir shoirning mintaqa she’riyatida mavqei shu qadar balandki, „haqiqat tariqining suxanvari“ Farididdin Attor ijodi ham, xamsanavislik an’anasi boshida turgan Nizomiy Ganjaviy dostonchiligi ham uning „Hadiqa“sidan sarchashma oladi. Jaloliddin Rumiy yozgan edi: Attor ruh budu Sanoiy du chashmi o‘,
Mo az pai Sanoiyu Attor omadem. 2 (Attor ruh edi, Sanoiy uning ikki ko‘zi, Biz Sanoiy va Attor izidan keldik.) Buyuklarning biror so‘zi behikmat bo‘lmaydi. Nega Mavlono Jaloliddin Attorni „ruh“ga Sanoiyni esa „ikki ko‘z“ga qiyos etadi? „Hadoyiq ul-haqiqa“ asarini Yevropa sharqshunoslari uzoq vaqt „tasavvuf qomusi“ deb talqin etdilar. Lekin bu asarni diqqat bilan o‘rgangan Ye.E. Bertelsning guvohlik berishiga ko‘ra, unda na „tariqat“ iborasi uchraydi, na „Haq vasli“ haqida so‘z boradi. „Hadoyiq“10 bobdan iborat bo‘lib, ularning birinchisi „tavhid“, ikkinchisi „na’t“ (payg‘ambar madhi), uchinchisi aql va to‘rtinchisi ilm haqida, beshinchisi ishq haqida bo‘lib, Sanoiy Abu Ali ibn Sinoni tanqid qiladi va ishqni aqldan ustun qo‘yadi. Oltinchi bob „nafsi kull“ haqida bo‘lib, uni shoir piri murshid qiyofasida tasvirlaydi. Yettinchi bob ilmi nujumga bag‘ishlangan. To‘qqizinchi bob do‘stlik va dushmanlik haqidagi hikoyatlarni o‘z ichiga olsa, oxirgi o‘ninchi bobda Sanoiy o‘z tarjimai holidan so‘zlab, bu dunyoga etak siltab, zohidlikni ixtiyor etganligi sabablarini bayon qiladi. Shoir faxr bilan aytadi: Yek suxan z-in-u olami donish, Hamchu Qur’oni porsi donash. 3 (Bunda har so‘z - bir olam bilim, Xuddi fors tilidagi Qur’on deb bilgudek) Shoir bu dostonda so‘z kamolini eng yuksak darajaga olib chiqqanini ta’kidlab, o‘zini hazrati Muhammad (S.A.V.) ga qiyosan „Shoirlar xotami“(oxirgi yakunlovchi shoir) deb ataydi: Xotami anbiyo Muhammad bud, Xotami shoiron manam, hama sud. (Payg‘ambarlar oxirgisi Muhammad edi, 2 Bertels. B.E. Ibranniye trudi. Nizami i Fuzuli. M.: «Nauka», 1962. -S.174. 3 O ‘sha asar. -S.177.