logo

XI_XII_asrlarda_Xorazmda_muntazam_oltin,_kumush_va_mis_tangalarini

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

100 KB
Mavzu:XI-XII asrlarda Xorazmda muntazam oltin,
kumush va mis tangalarini zarb qilishning yo’lga
qo’yilishi.
Reja:
1. XI-XII asrlarda Xorazm.
2. Xorazmda muntazam oltin, kumush va mis 
tangalarini zarb
3. Xorazmdagi muntazam oltin tangalar
Xulosa. O’rta   asrlarda   Xorazmda   madaniy   hayot   va   uning   xorij   sayyohlari   asarlarida
aks   etishiXorazmshohlar   davrida   ilm-fan   va   san’at   rivojlandi.   Saljuqiylar
davridayoq imperiyaning muhim madaniy va siyosiy markazlarida ilm va adabiy
faoliyat jonlangan edi.1153 yilda sodir bo’lgan o’g’uzlar isyoni bu sohada biroz
turg’unlikka   olib   keldi.   1157   yilda   Sulton   Sanjar   vafot   etganlaridan   so’ng   to
Xorazmshohlar  1197 yilda Iroq saljuqiylari davlatini tugatgunlarigacha bo’lgan
davr   ichida   g’uriy   va   qoraxitoylarga   qarshi   olib   borgan   urushlari   Xuroson   va
Xorazm shaharlarining moddiy jihatdan zarar ko’rishlariga sabab bo’ldi. Biroq,
shunga   qaramay,   XII   asrning   ikkinchi   yarmida   ham   ilm-fan   va   adabiyot
rivojlandi.   Xususan,   Jaloliddin   davriga   qadar,   ya’ni   1220   yilgachayoq
Xorazmshohlar  poytaxti   Gurganj  moddiy jihatdan  nihoyatda  gullab-yashnagani
singari, ilm-fan va san’at markazi sifatida ham Xurosonning buyuk shaharlarini
ancha ortda qoldirib ketdi.
Sulton   Sanjarning   poytaxti   bo’lgani   uchun   gullab-yashnagan   Marv
Xorazmshohlar   davrida  ham   o’z   mavqeini   saqlab  qoldi.  Biroq,  mo’g’ul  istilosi
oqibatida bu shahar tanazzulga yuz tutib, orqada qoldi. Mo’g’ul istilosidan biroz
oldin   bu   erdan   chiqib   ketgan   Yoqut   Hamaviy   shaharda   o’sha   vaqtda   o’nta
kutubxona   bo’lganligi   to’g’risida   yozgan   edi.   Jome   masjidi   kutubxonasida   12
ming   jild   kitob   bo’lgan.   Shahardagi   barcha   kutubxonalardan   foydalangani   va
shu   tufayligina   asarlarini   yoza   olganini   e’tirof   etgan.   Yoqut   Marvda   lozim
bo’lgan   asar   nusxalari   ham   ko’p   bo’lganligini,   asosiy   e’tibori   bilan   dunyoning
biror shahridagi kutubxona Marv bilan bellasha olmasligini qayd qilgan edi. Bu
Xorazmshohlar   davrida   Mavrning   buyuk   bir   madaniyat   markaziga
aylanganligidan dalolat
beradi. Somoniylar davridan e’tiboran, Xurosonning eng katta shahriga aylangan
Nishopur   ham   Xorazmshohlar   davrida   o’z   mavqesini   saqlab   qoldi.   Karvon
yo’llari ustida joylashgan bu shahar ayni vaqtda hunarmandchilik markazi ham
edi. Xorazmshohlar poytaxti Gurganj XII asrda gullab-yashnab, dunyoning eng
muhim   madaniyat   markazlaridan   biriga   aylandi.   Xorazm   hukmdori   Otsiz   1142 yilda   Xuroson   yurishidan   qaytganda,   bu   erga   juda   ko’p   olimlarni   olib   kelgan
edi.   Sanjar   vafot   etgach   va   davlat   imperiya   sifatida   shakllanganidan   so’ng,
Gurganjga ko’plab olimu ulamolar ko’chib keldilar.
Xorazmshohlarning insho devoniga har doim davrning eng mashhur munshiylari
rahbarlik   qilgan.   Takish   davrida   bu   vazifada   mashhur   Bahouddin   Bog’dodiy
ishlagan   bo’lsa,   Jaloliddin   zamonida   Nasaviy   xizmat   qilgan.   Ulardan   tashqari,
Zamahshariy,   Rashididdin   Vatvot,   Faxriddin   Roziy   kabi   olim   va   shoirlar
Xorazmda yashab  ijod qilganlar. Ilmiy muassasalar  boy vaqflarga ega bo’lgan.
Bu   erda   olimlar   turli   sohalarda   tadqiqot   ishlarini   olib   borishgan.
Hukmdorlarning   katta   iltifotiga   sazovor   bo’lgan   bu   mashhur   olimlar   xalq
o’rtasida katta obro’ qozongan edilar. Faxriddin Roziy va Shihobiddin Xivaqiy
kabi   olimlar   sha’niga   yozilgan   qasidalar   buning   yorqin   dalilidir.   Xorazmdagi
kutubxonalar   haqida   Nasaviy   bergan   xabarni,   tarixchi   Ibn   Isfandiyorning
shaharda   kitob   tijorati   bilan   shug’ullangan   sahhoflarning   maxsus   bozori
bo’lganligi   to’g’risidagi   fikrini   e’tiborga   olsak,   poytaxtning   o’lkan   ilm-   fan   va
madaniyat markaziga aylanganligi ma’lum bo’ladi.
Xorazmshohlar   davrida   ilmiy,   adabiy   va   diniy   asarlar   arab   tilida   yozilgan.
Ma’lumki, o’sha vaqtda G’arbda lotin tili huddi shunday rolni o’ynayotgan edi.
Faqat   olimlargina   emas,   balki   o’sha   davrning   ziyolilari   ham   arabchani   yaxshi
bilgan. XII asrda ayrim ilm sohalarida ona tili turkiy yoki fors tili bo’lgan o’rta
sinf ziyolilari orasida biroz osonligi uchun fors tili ham qo’llanilgan.
Ayni chog’da asarlarining butun islom olamiga tarqalishini xohlagan olimlar o’z
asarlarini   arab   tilida   yozar   edilar.   Hatto,   ular   mahalliy   ehtiyojga   ko’ra   forscha
yozgan   asarlarini   arabchaga   tarjima   qilardilar.   Bu   asarda   har   ikki   tilni   bilgan
mualliflarning   ta’siri   ostida   ko’pgina   arab   kalimalari   forscha   kalimalar   o’rnini
egallagan,   arab   tiliga   xos   ba’zi   uslubiy   xususiyatlar   ham   forschaga   o’tgan.
O’zlari yashagan muhit taqozosiga ko’ra, arabchadan ko’ra forschani yaxshiroq
bilgan   Xorazmshohlar   o’z   buyurtmalariga   muvofiq   yozilgan   asarlar   forscha
bo’lishini istar edilar. Xuddi shuningdek, devon ishlarida ham davlatning rasmiy tili sifatida fors tili ishlatilgan, farmonlar shu tilda yozilgan. Arab va fors tillarini
birdek   yaxshi   bilgan   Nasaviy   Jaloliddinning   hayoti   to’g’risidagi   asarini   arab
tilida   bitgan.   Bundan   u   Jaloliddin   tarixini   butun   islom   olamiga   tanitish
maqsadini  ko’zlagan edi. Nasaviyning  asari  o’sha  davrdayoq forschaga  tarjima
qilingan.
Xorazmshohlar   davrida   fors   tili   ilm   tili   sifatida   arab   tilidan   ustunroq   mavqega
erishdi va bu ahvol XII asrda yanada kuchaydi. Avvallari arabcha yozilgan ilmiy
va tarixiy asarlar bu davrda forschaga o’girildi. Eron she’riyatining rivojida ham
o’zgarishlar   bo’lib,   qadimgi   Xuroson   maktabiga   xos   adabiy   an’analar
o’zgarishga uchradi. Iroq, Arron, Fors viloyatlarida etishgan buyuk shoirlarning
ta’siri ostida Iroq maktabi vujudga kela boshladi. Saljuqiylar davridagi adabiyot
taraqqiysi Xorazmshohlar davrida yanada yuqori darajaga ko’tarildi.
Xorazm   tili   so’zlashuv   yoki   yozuv   tili   sifatida   arab   va   fors   tili   qatorida   o’z
ahamiyatini   XIII   asr   oxirlarigacha   saqlab   qolgan.   A.A.Freymanning
ko’rsatishiga   qaraganda,   Xorazm   tili   XIII-XIV   asrlardan   keyin   tamomila
turklashadi.
XII-XIII   asrlarda   qo’shni   davlatlarni   o’ziga   birlashtirgan   Xorazm   o’ta   kuchli
imperiyaga   aylandi.   Natijada,   “Ma’mun   Akademiyasi”dan   100   yil   keyin
Qutbiddin Muhammad I ibn Anushtagin va uning o’g’li al-Malik Abu Muzaffar
Alouddin   Jaloliddin   Otsiz   tomonidan   “Ma’mun   Akademiyasi”ga   o’xshagan
Akademiya   tashkil   etildi.   Qutbiddin   Muhammad   va   Otsiz   hukmdorlik   qilgan
davrlarda   Xorazmga   Arabiston,   Hindiston,   Eron   va   boshqa   yurtlardan   yirik
olimlar   taklif   qilindi.   Ismoil   Jurjoniy,   Abu   Bakr   Abulqahr   ibn   Abdurahmon
Jurjoniy,   Hakim   Azrakiy,   Abdurahmon   Hasan   Alkutaniy   Marvaziy,   Abul
Mahasin,   Muhammad   ibn   Umar   al-Husayn,   Abu   Abdulla   Faxriddin   ar-Roziy,
Mahmud ibn Muhammad Umar al-Chag’miniy shular jumlasidandir.
“Ma’mun   Akademiyasi”   17   yil   faoliyat   ko’rsatgan   bo’lsa,   bu   Akademiyada
kamolga   etgan   olimlar   60   yil   fan   va   madaniyat   ravnaqiga   xizmat   qilishdi.
Sharqshunos   olim   V.V.   Bartoldning   fikricha,   Otsiz   hukmronlik   qilgan   davrda Xorazmning   nufuzi   Kaspiy   dengizdan   tortib,   Sirdaryoning   quyi   va   o’rta
qismlarigacha bo’lgan erlarga yoyilgan. O’sha  davrda Xorazmni  ziyorat  qilgan
arab sayyohi Abu Xomid al-G’arnotiy (1080-1169) o’zining “Tuhfat al-albob va
nuhbat   al-a’job”   (Oqillar   tuhfasi   va   ajoyibotlar   sarasi)   nomli   asarida   shunday
yozadi:   “...   Xorazmda   men   o’zim   ziyorat   qilgan   hech   bir   o’lkada   ko’rmagan
mevalar o’sadi. Uning ahli esa - fozil olimlaru shoirlar va olijanob kishilardir”.
Xorazmshohlarning hammasi bilimli kishi sifatida shuhrat qozonishgan, ilm-fan
va   madaniyat   taraqqiyotini   ta’minlaganlar.   Qutbiddin   Muhammad   otasi
Anushtagin davrida Xuroson poytaxti Marvda yaxshi ma’rifat olgan adab va din
ilmlarini   o’rgangan   edi.   U   Xorazm   hukmdori   bo’lgach,   qobiliyatli   rahbar
sifatida   ulomalarga   va   din   arboblariga   homiylik   qildi.   U   har   tomonlama
iste’dodli odam edi. Olimlar va din arboblari uni yaxshi ko’rishar, u ham ularni
izzat-hurmat qilar edi. (Qutbiddin Muhammad) fuqarolariga adolatli bo’lib, ular
ham uni yaxshi ko’rib, uning nomini aziz tutar edilar.
Ular ham dunyoviy, ham diniy bilimlarni egallaganlar. Masalan, Otsiz qasidalar,
ruboiylar yozgan, ko’plab nazm namunalarini yoddan aytib bera olgan, san’at va
ilmga katta ixlos bilan qaragan. Ayrim ma’lumotlarga ko’ra, ud musiqa asbobini
chalishda o’z davrida shoh Alouddin Takishga teng keladigan kishi bo’lmagan.
Shu   bilan   birga   u   iqtidorli   adib   bo’lib,   arab   va   fors   tillarda   ijod   ham   qilgan.
Xorazmda   al-Hanafiya   mazhabidagi   ilm   toliblari   uchun   madrasa   qurdirgani
uning   ma’rifatparvarligiga   ishonchli   bir   dalildir.   Alouddin   Takish   hukmdorlik
qilgan davrda ilm-fan va adabiyot shu tariqa ravnaq topadi.
Takishning   ilm   toliblarini   bilimli   va   ma’rifatli   qilish   maqsadida   ko’plab
madrasalar,   masjidlar,   kutubxona   (dor   ul-kutub)lar   va   jamoat   binolari
qurdirgani,   hatto   ba’zi   madrasa   talabalarini   pul   va   oziq-ovqat,   kiyim-kechak
bilan   ham   ta’minlab   turgani   tarixdan   ma’lumdir.   O’sha   davrda   yirik   ilmiy   va
madaniy   markazlardan   biriga   aylangan   Gurganj   va   Katda   ma’naviyatning
bunday   rivojida   mahalliy   olimu-adiblar,   shoirlar   bilan   bir   qatorda   xorijiy yurtlardan   Xorazmga   kelib   yashab,   ijod   qilgan   olimu   fozillar   va   shoirlarning
ham hissasi katta bo’lgan, albatta.
Andaluziyalik olim va sayyoh Abu Hamid al-G’arnotiy (1080 - 1168) Ibn Aniyn
nomi   bilan   tanilgan   shomlik   mashhur   shoir   Sharafiddin   Muhammad   ibn   Nasr
(1144-1232),   shuningdek,   1153   yilda   Xorazmga   kelgan   jandlik   shoir   al-qozi
Yoqub   ibn   al-Jandiy,   Xurosonning   Niso   shahridan   kelgan   Muhammad   ibn
Ahmad ibn Ali ibn Ahmad an-Nasaviy, al-Qassob nomi bilan mashhur Sariy’ ul-
Kaas laqabli nishopurlik adib Muhammad ibn al-Husayn, mashhur balxlik shoir
va   adib,   mashhur   kotib   Muhammad   ibn   Abdujalil   al-Umariy   Rashididdin   al-
Vatvot   kabi   o’nlab   olimu   fozillar   til   va   adabiyot,   falsafa,   mantiq   falakiyot,
fizika,   ximiya,   tabobat,   jo’g’rofiya,   tarix   va   boshqa   fanlarni   rivojlantirishga
munosib hissa qo’shganlar.
Xorazm   madrasalariga   mudarrislar   va   imomlar   bevosita   Sultonning   yoki
hokimning   maxsus   ko’rsatmasi   bilan   tayinlangan.   Xorazmshohlar   davlatida
ko’zga   ko’ringan   mashhur   davlat   arbobi,   ma’rifatparvar   mudarris   Sulton
Alouddin   Muhammadning   eng   yaqin   maslahatchisi   Shihobiddin   Abu   Sa’d   ibn
Imron   al-Xivaqiy   beshta   madrasada   fiqhdan   dars   bergan.   Mufti   Shihobiddin
Xorazmda   birinchi   bo’lib,   masjid   qoshida   kutubxona   qurdirgan.   Bu   kutubxona
juda ham nodir kitoblar bilan boyitilgan.
Yoqut   al-Hamaviy   ta’kidlashicha,   Abu   Madar   Mahmud   Sharif   al-   Isfaxoniy
tilshunoslik sohasida, ayniqsa nahvu sarfda beqiyos nom qozongan. Uning ilmiy
qobiliyati   va   fazilatlari   haqida   xalq   orasida   turli   xil   afsonalar,   rivoyatlar
tarqalgan.   Al-Isfaxoniy   teran   bilimi   va   zakovati,   nufuzi   kattaligi   tufayli
mu’taziliy mazhabini xorazmliklar o’rtasida keng yoyishga erishadi.
bo’ladi.
Hukmdorlar,   ayniqsa,   Xorazmshoh   Otsiz   olimu,   shoirlar   va   adiblarga   hurmat
bilan   qarar,   o’zi   ham   iste’dodli   ma’rifatparvar,   adabiyotga   qiziqqan   shaxs   edi. Uning   davrida   ilm-fan   taraqqiyoti   yo’lida   bir   qancha   xayrli   ishlar   amalga
oshirilgan.
Obodonchilik   va   madaniyat   rivojiga   e’tiborni   so’nggi   Xorazmshoh   Jaloliddin
Manguberdi  faoliyatida ham  kuzatish  mumkin. U hayotining keyingi  o’n yilini
ona   Vatanidan   uzoqda,   turli   yurtlarda   o’tkazgan   va   boz   ustiga   biror   joyda
uzoqroq   muddat   yashab   qolmagan   bo’lishiga   qaramay,   shahar   va   qo’rg’onlar
obodonchiligi 
otabegi   Sa’d   ibn   Zangiy   va   uning   o’g’li   Abu   Bakrga   atab   qasidalar   yozdi.
Keyinchalik   Kamoliddin   mashhur   shayx   avliyo   Shihobiddin   Umar   ibn
Muhammad Suhravardiyning ta’siriga tushib, tasavvufiy ruhida she’rlar yozadi.
Mo’g’ullar   Isfaxonga   bosib   kelganida   (1237   yil   21   dekabr)   bir   mo’g’ul   xazina
izlab,   shoirni   o’ldiradi.   U   so’nggi   ruboiysini   o’z   qoni   bilan   yozdi.   (Bu   paytda
sulton   Jaloliddin   vafot   etgan,   mo’g’ullar   zulmi   avjiga   chiqqan   edi).   Molikul   -
kalom   Hoja   Zahiriddin   Tohir   ibn   Muhammad   Faryobiy   (1160-1202)   iste’dodli
shoir,   Asiriddin,   Abul   Fazl   Muhammad   ibn   Tohir   Ahsikatiy   (vaf.   1184)   -
Xorazmshohlar zamonidagi atoqli shoir va ulamolardan biri “Sulton ul - fuzalo”
(“Fozillar sultoni”), Farg’ona viloyatining Ahsikat shahridan edi.
Xorazmshohlardan   sulton   Takish   va   El-Arslon   zamonlarida   Buxoroda   yashab
ijod qilgan.  Malik ash-shuaro  va malik al-fuzalo mavlono Sayfiddin Isfarangiy
ham   Ahsikatiyga   ergashib,   g’azallar   va   qasidalar   yozgan.   Mavlono
Sayfiddinning   devoni   12   ming   baytdan   iborat.   U   lafzgo’ylikda   Badriddin
Shoshiyga   ergashgan...   Xorazmshohlar   zamonidagi   atoqli   shoirlardan   yana   biri
G’iyosiddin   Abul-Majid   Muhammad   ibn   Hasan   ibn   Ibrohim   al-Jandiy   edi.
Xorazmning   o’sha   zamondagi   mashhur   shoir   va   adiblaridan   yana   Faxrul-
mashoyix   Abul   Qosim   Ali   ibn   Muhammad   ibn   Ali   Adib   al-Xorazmiy   (vafot
1165),   Faxrul-afozal   Abu   Hafz   Umar   ibn   Muhammad   ibn   Umar   Xorazmiy,
Kamoliddin   Abul-Faraj   Yusuf   ibn   Mahmud   ibn   Ahmad   Samarqandiy,
Muayyanud   -   din   Abu   Sa’d   Ibrohim   ibn   Foris   ibn   Rustam   Xorazmiy   va
boshqalarning nomlarini keltiramiz. Xorazmshohlar davlatida bundan tashqari, fan va madaniyat, ijtimoiy va siyosiy
hayotda   yorqin   iz   qoldirgan   buyuk   allomalar   yashagani   manbalardan   ma’lum.
Shulardan ba’zilarini eslatib o’tamiz:
1.   Al-Hakim   Ali   ibn   Muhammad   al-Hijoziy   al-Qo’iniy   atoqli   shifokor,   tibbiy
ilmlarning   bilimdoni.   Uning   tib   ilmi   va   amaliga   oid   nomalari   bor   (rasoil)   eng
buyuk Sulton Sanjar  sharafiga u “Kitob mafoxir  ul-atrok”, (“Turklarning faxrli
ishlari haqida kitob”) yozgan. Hakim Ali Hijoziy “Kitob fi-l-hikmat” asarini 
hayotini   shogirdlariga   dars   berish   va   ilmiy   asarlar   yaratishga   bag’ishladi.   Az-
Zamaxshariy   Makka   shahridan   vatani   Xorazmga   qaytib   kelib   bir   necha   yil
yashaydi va hijriy 538 yili Arafa kechasi (1144 y. 14 aprel)da vafot etadi.
Olim   arab   tili   grammatikasi,   lug’atshunoslik,   adabiyot,   aruz   ilmi,   jug’rofiya,
tarix, tafsir, hadis va fiqxga doir 50 dan ortiq asarlar yaratgan, ularning ba’zilari
bizgacha   etib   kelgan.   Jumladan,   arab   tili   grammatikasini   o’rganishda   yirik
qo’llanma   hisoblangan   “Al-Mufassal”,   “Sharh   tobiat   kitob   Sibavayh”   –
“Sibavayhning   (taniqli   arab   tilshunosi)   kitobiga   yozilgan   mukammal   sharh”,
Xorazmshoh   Alouddavla   Abul   Muzaffar   Otsizga   bag’ishlab   yozilgan
“Muqaddimat   ul-adab”,   jug’rofiyaga   oid   “Kitob   al-jibal   va   –l-   amakin   va   –   l-
miyax”   (“Tog’lar,   joylar   va   suvlar   haqida   kitob”),   “Asos   al-balog’at”,   “Al-
Qustos fil aruz”, musulmon olamida mashhur bo’lgan “Al-Kashshof an-haqoiq it
– tanzil va uyin fi vujuh it-ta’vil” (“Qur’on haqiqatlari va ularni sharhlash orqali
so’zlar ko’zini ochish”) va boshqa ko’plab asarlari mavjud.
Shuningdek,   Abul   –   Muayyid   Muvaffaq   ibn   Ahmad   al-Makkiy   shoir   va   adib,
Abu   Mador   ad-Dabbiy   Xorazmiy,   Malik   Nusratiddin   Hamza   ibn   Muhammad
ibn   Umar   ibn   Hamza   an-Nasaviy   -   Niso   shahri   hokimi,   shoir,   bashoratchi,
Sirojiddin Ya’qub Sakkokiy - falakshunos, shoir, ilm- fanning barcha sohalarida
asarlar yozgan, Abdul-Karim ibn Muhammad ibn Mansur Abu Sa’id ibn Abul -
Muzaffar   al-Marvoziy   as-Sam’oniy   (vaf.1167)   -   Marvning   mashhur   ulamosi,
adib   va   tarixchi,   Shamsiddin   Muhammad   ibn   Qays   ar-Roziy   -   adib   va   olim,
Zahiriddin   Muhammad   ibn   Umar   ibn   Muhammad   Buxoriy-Nujobodiy   - ilohiyotchi   olim,   Taho   ibn   Ibrohim   ibn   Ahmad   ibn   Ishoq   shayx   yoki   Faqihul-
a’lam   imom   Zayniddin   Abu   Bakr   al-Buxoriy   (vaf.1252)   faqih   va   adabiyotchi
olim, Qosim Abu Muhammad Buxoriy (1160 yilda tug’ilgan), Majiddin Nasaviy
-   olim   va   shoir,   Shihobiddin   Nasaviy   -   shoir,   tarixchi,   davlat   arbobi.
Xorazmshoh   sulton   Jaloliddin   devonida   munshiylik   vazifasida   xizmat   qilgan.
Ba’zi paytlarda elchilik ham qilgan, Muhammad ibn Najib Bakron - jug’rofiyun
olim va boshqa olimu shoirlar xorazmshohlar davrida ijod qilganlar.
Sulton   Alouddin   Muhammad   davridagi   xorazmshohlar   davlatining   atoqli
arboblaridan   Shihobiddin   Abu   Sa’d   ibn   Imron   al-Xevaqiy   mashhur   faqih,
shofi’iya mazhabining muftiysi edi.
Eng   zukko   va   ziyrak   odamlar   ham   unga   xizmatkorlikka   yarar   edi.   Sulton   juda
muhim ishlarda u bilan maslahatlashardi. Uning ostonasida podsholar, vazirlar,
amirlar,   navbat   kutib   turishar,   ul   zot   esa   o’sha   paytda   imomlarga   ta’lim   berar
edi.   Shihobiddin   Xorazmning   beshta   madrasasida   dars   o’qir,   faqat   darslari
tamom   bo’lganidan   keyin   u   Sultonning   hojiblari   bilan   turli   ishlar   haqida
gaplashar   edi.   U   Xorazmdagi   Shofi’iya   masjidi   qoshida   shunday   ajoyib
kutubxona ochganki, avval ham keyin ham unga teng keladigani bo’lmagan.
  (Ko’zalar va shamdonlar ham tilladan bo’lgan).  Muqarrabiddin Isfaxonga borib,
madrasa qurilishini boshladi. “Kamina (Shihobiddin Nasaviy) to’rt oydan keyin
Isfaxonga borganimda madrasa devorlari odam bo’yi ko’tarilgan ekan”.
Xorazmshohlar   davrida   Buxoroning   Dehqon   tumanida   Xizonatul-kutub   Dorul-
fuqaro - xalq kutubxonasi ochilgan bo’lib, bu erda nodir qo’lyozmalar saqlanar
edi.
Tarixiy   manbalar   va   olib   borilgan   tadqiqot   ishlarining   shohidlik   berishicha,
dashtdan   kelgan   ko’chmanchilar   Xorazm   va   Xuroson   mintaqalarida   avvaldan
yashab   kelayotgan   turkiy   unsurni   yanada   kuchaytirdi.   Natijada  ko’chmanchilar
o’troqlashib,   shahar   va   qishloqlarda   yashay   boshladilar.   Shuni   ta’kidlash
kerakki,   XII   asrning   ikkinchi   yarmida   qangli-qipchoqlar   harbiy   kuch   sifatida davlat hayotida yanada kuchliroq rol o’ynaydilar. Hukmron sulola bilan yuqori
tabaqa   turkiy   urug’   zadogonlari   o’rtasida   quda-   andachilik   munosabatlari
o’rnatildi.   Buning   natijasi   o’laroq,   ijtimoiy   hayotda   turkiy   an’analar   yanada
rivojlandi. Eski turkiy unvonlarning rasmiy laqabi sifatida qo’llanishi, armiyada
qadimgi   an’anaviy   rutbalar   (xon   kabi)   joriy   etilishi,   sulola   a’zolariga   turkiy
ismlar   berilishi   (Manguberdi   kabi),   urug’   tashkilotida   mavjud   an’anaga   ko’ra,
qo’shinning   o’ng   va   so’l   qanotga   bo’linishi   qo’mondonlarni   urushga   chorlash
uchun   qizil   o’q   yuborilishi   ham   ana   shunday   dalillardandir.   Bu   urug’chilik
an’analarining  ko’pchiligi   avvalgi  xorazmshohlardan  avvalgi   turkiy  davlatlarda
ham,   ulardan   keyingi   davlatlarda   ham   mavjud   bo’lgan.   Bu   hodisalar,
shuningdek,   turkiy   til   va   adabiyotning   XII   asrdan   beri   islom   ma’naviyati
doirasida   ravnaq   topgani   e’tiborga   olinsa,   bu   jarayon   Xorazmshohlar   davrida
ham davom etgani tabiiy bir holdir. Biroq, g’aznaviylar va saljuqiylar davridagi
kabi,   Xorazmshohlar   zamonida   ham   turkiy   til   saroy   va   armiya   tili   sifatida
qo’llanilgani, uning mavqei va taraqqiyot darajasi  manbalarning kamligi uchun
etarli   darajada   yoritilmagan.   XII   asrda   Qoraxoniylar   mamlakatida   yaratilgan
“Hibat   ul-   haqoyiq”   asari   bir   qator   o’ziga   xos   xususiyatlariga   ko’ra   Qashqar
davriga   oiddir.   Bu   e’tiborga   olinmagan   taqdirda   ham,   Ahmad   Yassaviy   va
izdoshlarining   XII   asrda   yaratgan   tasavvuf   adabiyoti   bevosita   Xorazmshohlar
davrining   mahsulidir.   Bu   adabiyot   ko’chmanchi   qabilalar   orasida   darvishlik,
tasavvuf   g’oyalarini   targ’ib   qilgan.   Shu   boisdan   ham   u   ko’proq   qishloq
she’riyati   an’analariga   bog’liq   edi.   Bundan   tashqari,   Xorazm   va   Xuroson
shaharlarida   mumtoz   fors   she’riyati   namunalari   uslubiyoti   asosida   turkiycha
she’rlar   yozilgan,   arabcha   va   forscha   asarlar   turkiychaga   tarjima   qilingan.   Bu
jarayon   mo’g’ul   istilosidan   so’ng   ham   davom   etdi.   Ozarbayjon,   Arron   va
Onado’liga   ham   o’z   ta’sirini   o’tkazdi.   Xorazmshohlar   zamonida   turkiy   til
muhim   rol   o’ynaganiga   oid   boshqa   bir   misol   ham   bor.   Muhammad   ibn   Qays
ismli   bir   muallif   “Tibyan   lug’at   at-turki   alo   lison   al-qangli”   nomli   asar   yozib,
Jaloliddin Xorazmshohga tuhfa qilgan. Afsuski, bu asar bizgacha etib kelmagan.
XIV asrda yashab o’tgan adiblardan Ibn Muqanna bu asar to’g’risida ma’lumot bergan.   Professor   Fuod   Ko’prulu   mazkur   kitobning   qangli-forscha   lug’at
bo’lganligini,   unda   grammatikadan   tashqari   tarixiy   va   etnografik   ma’lumotlar
ham bo’lganligini aytib o’tadi. Fuod Ko’pruluning qayd qilishicha, “Al-Mu’jam
fi ma’oyir ash’or al-Ajam” nomli muhim bir asar ham o’sha muallif tomonidan
bitilgan”.
Ma’mun   akademiyasiga   jalb   etilgan   al-Beruniy,   ibn   Sino,   al-   Chag’miniy,   al-
Jurjoniy kabi allomalar Xorazm maqomlarini “Duvazdax maqom”, ya’ni o’n iki
maqom   shaklida   rivojlantirib,   yilning   har   bir   oyiga,   har   bir   kunu-tuniga
bag’ishlab   kuy   bastaladilar.   Buni   IX-XIII   asrlarda   Xorazmga   kelgan   arab
sayyohlari Yoqut Xamaviy, Maqdisiy, ibn Rusta, ibn al- Xaysamiy va boshqalar
ham   qayd   etganlar.   “Jurjoniya   eli,   -   deb   yozadi   Yoqut   Hamaviy   o’zining
“Mu’jam   al-buldon”   nomli   asarida,   -   o’z   maqomlarini   behad   qadrlaydi,
mamlakat   poytaxti   Gurganjda   musiqa   asboblari   yasab   tirikchilik   qiladigan
mahallalarni o’z ko’zim bilan ko’rdim”. Haqiqatan ham Xorazm maqomlarining
ovozasi etti iqlimga tarqalgan edi, bu maqomlarni o’z yurtini tark etgan hofiz va
mashshoqlar Buxoro va Samarqand, Shosh va Shirvon, Iroq va Damashq, Rum
va Oltin O’rdada, Qrim va Sharqiy Turkiston o’lkalarida ijro etib yurdilar. Ulug’
shoir   Alisher   Navoiy   “Xamsa”siga   kirgan   mashhur   “Sab’ai   sayyor”   dostonida
musofir sozanda tilidan Xorazm o’lkasining musiqa san’atida “ilmi advor” fani
beqiyos rivojlanganligini quyidagi misralarda yanada ravshanroq ochib beradi:
Shoir   aytganday,   Xorazm   maqomlari   faqatgina   mafkuraviy   yo’sinda   bo’lmay,
o’z   vatanidan   uzoq-uzoqlarda,   podshoh   saroylarida,   to’y   va   bazmlarda   sayl   va
diralishmalarda   qayta-qayta   ijro   etildi.   Xorazm   xalq   musiqasi   tarixidan   bunga
juda   ko’plab   misollar   keltirish   mumkin.   Darvoqe,   Xorazmning   qadimiy   shahri
Hozaraspdan topilgan ulkan musiqa arxivi – ko’hna Xorazm notalarida bitilgan
ilk manbalar fikrimizning tasdig’idir. Bu “Xorazm musiqa hayoti”, ya’ni notasi
chizig’i XII asr boshlarida Xorazmshohlar mamlakatida yaratilgan ekan.
Xorazmshohlar   davrida   bugungi   musiqamizning   asosini   tashkil   etgan
mukammal bir musiqa bo’lganligi muharrardir. Taniqli   musiqashunos   marhum   Xusayn   Sadaddin   Oral   1940   yillarda   yaratgan
tadqiqotlari   natijasida   bugungi   turk   musiqasining   O’rta   Osiyodan   kelib
chiqqanligini   isbot   etdi.   Bundan   tashqari,   u   turkiy   musiqa   arab,   Eron   va
Vizantiyadan   olinmaganini,   balki   aksincha   turkiy   musiqa   Misr   va   Eron
musiqasiga va boshqa xalqlar musiqasiga katta ta’sir o’tkazganini ham isbotlab
berdi. U klassik  va xalq musiqalarining ildizi birligi, maqomlarda farq yo’qligi
to’g’risidagi fikrni o’rtaga tashlagan edi.
Garchi,   XI   asrdan   oldin   bitilgan   nazariy   kitoblar   mavjud   bo’lsa-da,   turkiy
musiqa   haqida   yozilgan   va   bizgacha   etib   kelgan   bu   davrlarga   oid   biron   asar
yo’q. Bu nazariy kitoblarda turkiy musiqa alohida tadqiq etilmagan, balki turkiy
musiqaga   asoslangan   islom   musiqasining   tarannum   xususiyatlari   o’rganilgan.
Sharq   musiqasi   haqida   ilk   ilmiy   tadqiqot   mashhur   olim   Forobiy   tomonidan
bitilgan. Faqat u ham qadimgi yunon musiqa nazariyasini Sharqqa tadbiq etgan.
Turkiy   musiqa   nazariyasiga   oid   ilk   asar   Jaloliddin   Xorazmshoh   davlati   barpo
etilgan,   Ozarbayjonda   yaratildi.   1224   yilda   u   Tabrizni   poytaxt   qilib,   o’z
davlatini barpo etgan vaqtlarda Urmiyada tug’ilgan Safiuddin (1293 yilda vafot
etgan). “Sharafiya” nomli  bir  kitob yozgan.  1247 yilda yozilgan bu asar  turkiy
musiqa haqida bugungacha yozilgan asarlar orasida eng mukammalidir. U baron
D’   Erlanger   tomonidan   frantsuzchaga   tarjima   qilingan.   1975   yilda   doktor
Ahmad   Bijan   Erjilasin   tomonidan   Til   va   Tarix-geografiya   fakultetining
qo’lyozma   kitoblar   bo’limida   mazkur   asarning   yangi   bir   nusxasi   topildi   va
Murod   Bardaqchi   tomonidan   taqdimoti   o’tkazildi.   “Sharafiya”da   hatto   bugun
hal   etilishi   qiyin   bo’lgan   masalalarning   bundan   700   yil   oldin   echib   berilgani
diqqatni   tortadi.   Shunga   ko’ra,   Safiuddinning   asariga   g’arb   musiqashunoslari
“Tushunishi   ham   tushunilmaydigan   muazzam   bir   asar”,   deb   ta’rif   berganlar.
Kitobning   birinchi   sahifasidagi:   “Bu   erda   yunon   olimlari   tilga   olmagan
ma’lumotlar   haqida   gap   boradi”,   -   degan   jumla   diqqatni   jalb   qiladi.   Bundan
ma’lum   bo’ladiki,   Safiuddin   Forobiyning   asaridan   bexabar   bo’lgan.   U   turkiy
musiqaning boshqacha bir texnikasi bo’lganligini asarining boshida ta’kidlagan.
Safiuddinning asari singari nihoyatda qimmatli bir kitobning bitilgani bu sohada undan   oldin   ham   musiqaga   oid   kitoblar   yozilgani   va   ulardan   foydalanilganini
ko’rsatadi.   Afsuski,  bu  kitoblar   yo’qolib  ketgan.  Yuqorida  aytilganlardan  kelib
chiqib,   Xorazmshohlar   davrida,   hatto   undan   oldingi   saljuqiylar   imperiyasi
vaqtlarida turkiy musiqa mukammal bir darajaga ko’tarilgan deb aytish mumkin
va bu hech kanday mubolag’ali emasdir.
Xorazm   ekspeditsiyasi   er   ustida   yaxshi   saqlanib   qolgan   mashhur   obidalardan
To’rabekxonim   maqbarasi   va   unga   yaqin   turgan   ajoyib   Urganch   minorasi   (XI
asr),   hashamatli   Takish   va   Faxriddin   Roziy   maqbaralari   (XII-XIII   asrlar)ning
janubida joylashgan Toshqal’a nomli istehkom  xarobalarini qazib tekshirdi. Bu
istehkomlarning   sharqiy   qismida   devorlari   mayda   xom   g’ishtdan   ishlangan
Oqqal’a   xarobalari   saqlanib   kelgan.   Taxminan,   Toshqal’adan   1,5   km   G’arbda
katta paxsa devor bilan o’ralgan Xorazmbog’ nomli obida kishi diqqatini tortadi.
“Karvonsaroy   darvozasi”   joylashgan   erda   katta   ko’cha   bo’yida   o’rnashgan
shahar   mahallasining   xarobalari   qazib   tekshirilgan.   Karvonsaroy   oldidagi
Chorsuda   juda   ko’p   hunarmandlarning   ko’cha   tomon   qarab   turgan   do’konlari,
bir   burchakda   joylashgan   choyxona,   oshxona   va   baliqxona   borligi   ma’lum
bo’lgan. Oshxona oldida katta qozon uchun qazilgan o’choqlarning izlari bo’lib,
“Choyxona”   xarobalaridan   juda   ko’p   choynak   siniqlari   va   kichik   xaltachada
mayda  chaqalar  topilgan.  Bu  erda  katta  tandirli   nonvoyxona, temirchi  do’koni,
hammom va unga o’xshash qurilishlarning borligi aniqlangan.
Ilk   o’rta   asrga   oid   minora   xarobalarini   qazib   tekshirish   ham   muhim
ma’lumotlarni   beradi.   Minora   xarobalari   yonida   1900   yil   topilgan   toshga
yozilgan xatga qaraganda, bu minora 1011 yili, ya’ni Ma’mun akademiyasida
Abu Ali ibn Sino va Beruniy xizmat qilayotgan davrda paydo bo’lgan. Lekin, bu
yodgorlik   mo’g’ul   istilosi   davrida   shaharning   boshqa   yodgorliklari   bilan   bir
vaqtda   yiqilgan.   Minora   qaytadan   XIV   asrda   tiklangan   bo’lib,   Ko’hna
Urganchning   hozirgacha   saqlanib   kelgan   minorasi,   To’rabekxonim   va   shu
davrda   qurilgan   boshqa   yodgorliklar   bilan   tengdosh,   deb   hisoblash   mumkin. Minoraga   qo’shilgan   XI   asrga   oid   juda   katta   hashamatli   masjid   xarobalari
diqqatga sazovordir.
Umuman   olganda,   Anushtaginlar   –   Xorazmshohlar   saltanatida   boy   madaniy
meros   tarkib   topganligini   ko’ramiz.   Uning   salmoqli   qismini   ismlari   yuqorida
sanab   o’tilgan   olimlar   yozib   qoldirgan   yozma   meros   tashkil   etadi.   Afsuski,
mo’g’ullar   bosqini   yillarida   bu   madaniy   yodgorliklarning   katta   qismi   yo’q
qilindi.   Lekin,   uning   saqlanib   qolgan   qismi   ham   keyingi   asrlarda   fan   va
madaniyat rivoji uchun muhim omil bo’lganligi ma’lum.
Chunonchi,   Chag’miniy   astrnomiyasi,   Najib   Bakron   geografiyasi,   Faxriddin
Attorning   tasavvufga   oid   asarlari   va   tazkirasining   keyingi   davr   allomalari
ijodida alohida o’rni bor.
Anushtagin   –   Xorazmshohlar   davri   madaniy   yodgorliklari   jumladan,   yozma
merosining bir qismi bizning zamonamizgacha ham etib kelgan.
Fanda   "kumush   inqirozi "   deb   atalgan   bu   xodisa   XI   asrda   butun   musulmon
sharqida   kayd   qilingan.   Qoraxoniylar   davlatida   "ku mush   inqirozi"ni   sodir
bo’lishiga   o’zaro   kurashlar   sabab   bo’lgan.   undagi   ko’plab   xarajatlar   sifatsiz
dirxamlarni chiqarishga sabab bo’lgan, tanga zarb qilishdagi bunday firibgarlik,
axolini   kumush   va   mis   tangalarga   bo’lgan   ishonchini   yo’qotgan.
SHuning   uchun,   X1   asr   oxiri   va   XII   asrda   Qoraxoniylar   davlatining   shimoliy
viloyatlarida tanga  umuman zarb qilinmadi. Movorounnaxrda tanga  zarb qilish
ozayib   ketdi.   Savdo   bitimlarida   boshqa   sulolalardan   keltirilgan   dinorlar   -   oltin
tangalardan   foydalanganlar.
Movorounnaxrda zarb qilingan tangalarda faqat  Qoraxoniy lar  nomi  yozilibgina
qolmay,   saljuqiylar   sulolasiga   mansub   bo’lgan   sultonlarning   nomlari   xam
bitilgan.   Tangalar   asosan   Samarqand ,   Buxoro,   O’zgan   zarbxonalarida
chiqarilgan.   XII   asrning   60-yillariga   kelib,   tanga   zarb   etish   ishlari   butunlay
o’zgardi.   O’zgan   va   Samarqandda   kumush   suvi   yugurtirilgan   dirxamlarni ko’plab zarb kila boshlashiga yo’l qo’yiladi. By bilan bir qatorda Samarqand va
Buxoroda   oltin   dinorlar   zarb   etila   boshlandi.   Kumush   suvi   yugurtirilgan
dirxamlar   kundalik   savdoga   bo’lgan   talabni   kondiradigan   bo’lsa,   oltin
tangalardan savdo bitimida xalqaro savdoda xam foydalanilgan.Xaqiqiy kumush
tangalar   bo’lmaganligi   oltin   tangalar.   yirik   pul   xisoblanganligi   uchun   ularni
mayda-mayda   bo’laklarga   bo’lib   savdo   qilishgan.
XII asrning ikkinchi yarmi va XIII asrdagi Qoraxoniylar sulolasi tomonidan zarb
qilingan tangalar, X asr oxiri va XI asrda zarb kidingan tangalardan tubdan farq
qiladi.Birinchidan  bu  tangalar   vaqt   o’tishi   bilan   yiriklashib   borgan.  Agar  X-XI
asr tangalarining diametri 2 - 2,5 sm. bo’lsa.XII asrning 60-70 yillarida kumush
suvi yuritib zarb qilingan dirxamlarning diametri Zsm.. XI asr boshlarida esa 4
sm.   bo’lgan.   Tan galardagi   yozuvlarning   joylashtirilishi,   o’rni   va   ularning
ma`nosi   xam   o’zgardi.O’zbekiston   xududida   XI-XII   asrlarda   muomalada
bo’lgan   tan galarni   asosiy   qismi   Qoraxoniylar   davrida   zarb   qilingan   tanga larni
tashkil   qiladi.   Lekin   O’zbekistonning   ba`zi   janubiy   tumanlari,   ya`ni   Termiz
g’aznaviylar,   keyinchalik   Temuriylar   davlati   tarkibiga   kirgan.   bu   erlarda
g’aznaviylar   va   Temuriylar   tomoni dan   zarb   qilingan   tangalar   muomalada
bo’lgan.
Xorazmda   anushteginiylar   sulolasi   vakili   Muxammad   ibn   Tekesh   davridan
muntazam   ravishda   tangalar   zarb   qilingan.   Sulton   faqat   Xorazmda   tanga   zarb
qilmay,   balki   Samarqand,   Buxoro,   O’zgan   va   Marv   shaxarlarida,   shuningdek
Movorounnaxrdan   tashqarida   xam   mis   kumush   suvi   yugurtirilgan   kumush   va
oltin   tangalar   zarb   qildirgan.
Jaxon  tarixidan  ma`lumki,  XIII  asr   boshlarida  Turkiston  mo’g’ullar   tomonidan
istilo qilindi. keyinchalik bu   imperiya aloxida davlatlarga , uluslarga parchalanib
ketdi.   Jumladan   Tur kiston   bu   davrda   CHig’atoy   ulusi   tarkibiga   kirdi.   Xorazm
Jo’jilarga.   Janubiy   Turkiston   Xulagularga   bo’yinsundi.
Mo’g’ullar   O’rta   Osiyoni   zabt   etgach.   uzaro   savdo   muomalasida   oldingi sulolalar davrida zarb qilingan tangalar ishlatiddi. Ammo tez orada CHingizxon
xamda   xalifa   Nosirning   ismidan   boshqa   xech   qanday   xokimning   ismi
yozilmagan   tangalar   Samarqand   va   Buxoroda   zarb   qilina   boshlagan.   Xar   ikki
shaxarda xam kumush va kumush suvi yuritilgan dirxamlar, Samarqandda vaqti
-   vaqti   bilan   dinorlar   zarb   qilingan,   Agar   dinorlar   keng   muomala   uchun   zarb
qilingan   bulsa.   dirxamlar   esa   usha   tanga   chiqarilgan   viloyat   axolisi   uchun
mo’ljallangan   edi.   Bu   xol   usha   tangalarga   bitilgan   yozuvlardan   ayon   bo’ladi.
XIII   asr   oxirlarida   CHig’atoylar   davlatida   yuqori   probali   kumush   tangalar
muntazam   chiqarila   boshlandi,   bu   bilan   kumush   inqiroziga   chek   qo’yildi.
XIV   asr   boshlarida   CHig’atoy   tanga   turkumi   shakllanib,   u   mo’g’ullar   istilosi
arafasida   tangalardan   tubdan   farq   qilgan.   Tanganing   old   tomoniga   islomiy
e`tiqod ramzining ikkala qismi  yozilgan  va xalifalar;  Abu Bakr. Umar. Usmon
va   Alining   nomlari   yozilgan.   Tanganing   orqa   tomonida   podshox   nomi,
zarbxonalar nomi va sanasi, odatda rakamlar bilan tushirilgan. XIII-XIV asrdagi
tanga   yozuvlarida   avvalgidek   arab   tili   xukmronlik   qilgan,   ba`zan   uygur
yozuvidagi   mugul   matnlari   berilgan.Samarqandning   XIII   asr   dirxamlarida,
forsiy va onda-sonda turkiy matnlar arabyozuvida berilgan.1
XIII   asr   Buxoro   Tangalarining   noyob   nusxalarida   xatto   Xitoy   ierogliflar
uchraydi,   bir   vaqt   Buxoro   noibi   xitoy   bo’lgan.
Boshqa   bir   xitoyning   maslaxati   bilan   qo’shni   Xulagular   davlatida   XIII   asr
oxirida pul isloxoti o’tkazilib. unga ko’ra oltin va kumush tangalar zarb etish va
muomalada   yuritish   man   qilingan.   Uning   o’rniga   "CHao"   -   qog’oz   pul
chiqarilgan.   Xitoyda   qog’oz   pul   bir   necha   asrdan   buen   mavjud   edi.   Xulagular
davlatida esa qog’oz pul muomalada bo’lmagan. SHuning uchun axoli "CHao"ni
kat`iy   qabul   qilmadi.   Savdo-sotiq   tuxtab   qoldi.   xo’jalik   faoliyati   izdan   chiqdi ,
natijada   xukumat   tez   orada   tanga   zarb   ettirishga   majbur   bo’ldi.   O’ylamay o’tkazilgan   isloxot   inqirozga   yuz   tutdi.
Lekin   1225   yili   Samarqandda   zarb   qilingan   dirxamlar   diqqatga   sazovordir.
Mugullar istilosidan keyin oradan besh yil o’tgan bo’lsa xam dirxamlarning turi
uziga   xos   xususiyatlarini   yo’qotmadi.   Birinchidan.   xech   qaerda   diniy   akidalar
bayoni   kursatilmagan.   gorizontal   yoauvlar.   xoshiyalar   yo’q,   old   tomonida
"Samarqand" so’zi  bitilgan. Qolgan  xamma  yozuvlar  to’g’ri  turtburchak  ichiga
joylashtirilgan.   Tanga   zarb   qilingan   vaqti   uch   marta   kayta   yozilgan.   Birinchi
marta tanganing old tomonida va ikki marta orqa tomonida tanga zarb qilingan
sana   ko’rsatilgan.   Ammo   yozuvlardan   biri   ajablanarlidir.   Unda   "Bu   tanga
Samarqand   va   uning   viloyatlarida   utadi"   deb   yozilgan.
Samarqandda   zarb   qilingan   kumush   suvi   yugurtirilgan   mis   dirxamlarda   tojik
tilida yozilgan so’zlar kishini yana xayratga soladi. "Kimda - kim Samarqand va
uning   chekkalarida   ushbu   tangani   olmasa,   u   jinoyatchi   xisoblanadi"   deb
yozilgan. Sababi SHundaki avvalgi xukmdorlar davrida bo’lganidek, mo’g’ullar
istilosidan   keyin   xam   dirxamlarni   uz   qiymatidan   ortikroq   yurgizishga   majbur
qilganlar. Axoli   kumush suvi yugurtirilgan mis dirxamlarni olish dan bosh tortar
edilar. SHuning uchun xam Samarqandda tezlikda xaqiqiy kumush tangalar zarb
qilindi.   Buxoroda   xam   axvol   shunday   tarzda   edi.
Movorounnaxrning boshqa viloyatlarida mo’g’ullar xukmronligining biriichi un
yilligida   umuman   tangalar   zarb   kilinmadi.   Bunday   axvol   uzoqqa   chuzilishi
mumkin   emas   edi.   Savdo-sotiq   ishlari   mugullar   bosib   olgan   vaqtdagi   darajaga
etmasada,   muomala   vositalariga   juda   muxtoj   edi.
XIII   asr   o’rtadarida   oltin   tanga   dinor   zarb   qilinib   og’ir   axvoldan   qutulishga
urinib   ko’rildi.   Dinoplapni   Buxoro,   Samarqand,   Xo’jand,   O’tror,   Damashq
zarbxonalarida   chiqara   boshlandi.   Dinorlar   turli   kattaliklarda   bo’lgani   uchun
savdo   vaqida   ularni   kichik   -   kichik   bo’laklarga   bo’lishga   to’g’ri   kelardi. Kumush   suvi   yugurtirilgan   mis   dirxamlarni   zarb   qilish   xam   yo’lga   qo’yildi.
Ularni   Samarqand   va   Buxorodan   tashqari   Xujand   va   O’tror   zarbxonalarida
chiqara   boshlandi.
1317 yili CHigatoy ulusi savdo talablariga javob beradigan darajada pul isloxoti
o’tkazildi.   Kumush   suvi   yugurtirilgan   mis   dirxamlarni   ishlatish   man   qilindi.
oshirishda   ruhoniylar,   savdogarlar,   hunarmandlarga   suyandi.   U
Movarounnahrning   yagona   hukmdori   bo’lib   olgach,   o’z   davlatini   siyosiy   va
iqtisodiy   jihatdan   mustahkamlashga   kirishadi.   Feodal   tarqoqlik   tugatilib,
markazlashgan   davlat   tuzilganligi   ijobiy   hollarga   olib   keldi.   Ayni   vaqtda
jrshshtsht   asosi   bo’lgan   dehqonchilikda   ham   muayyan   siljishlar   ro’y   berdi.
Xunarshndchilik   va   savdo   rivojlanadi ,   fan   va   madaniyat   ravnaq   topdi.   Savdo
munosabatlarining   davlat   va   jamiyat   hayotida,   tashqi   siyosatda   tutgan   muhim
o’rnini   yaxshi   anglagan   Amir   Temur   bu   borada   qator   tadbirlarni   amalga
oshirgan.   Bozorlar   qurish,   eskilarini   kengaytirish,   ta’mirlash   ishlarini   jadal
amalga   oshirgan.   Vuning   isbotini   birgina   Samarqand   bozorining   bino   etilishi
orqali  ko’rish mumkin. Amir  Temur  buyrug’i  bilan shaharning temir  darvozasi
qismidan   boshlanib,   janubiy   g’arbiy   yo’nalishda   katta   ko’cha   quriladi.   Uning
ikki tomonida esa ikki  qavatli, chorak tim shaklida qurilgan do’konlar, rastalar
qad   ko’taradi.   Ko’cha   usti   boshdan   oxir   gumbaz   shaklida   ishlangan   toq   bilan
yopiladi.   YOrug’lik   tushib   turish   uchun   har   yerdan   darchalar   qoldirilgan.
Bundan   tashqari   ma’lum   masofada   favvoralar   otilib,   omborxonalar   qad
ko’targan. Bu davrdagi pul muomalasiga to’xtasak, Amir Temur zamonida 6 gr.
og’irlikdagi kumush tangalar va uning to’rtdan biriga teng 1,5 gr. lik katta pullar
zarb qilinganligi ma’lum. 1,5 grammlik kumush pullar amiriy deyilgan. Mazkur
nom   Sohibqironning   Amir   unvoni   bilan   bog’liq1.
SHuningdek   muomalada   mis   pullar,   chaqalar   ham   bo’lgan.   Tangalar Samarqand,   Buxoro,   Astrobod,   Darband,   Damg’on,   Tabriz,   Sabzavor,   SHeroz
va boshqa qator shaharlarda zarb qilingan. Bundan tashqari Amir Temur harbiy
o’rdasining   maxsus   zarbxonasi   bo’lgan.
Temuriylar   davrida   ham   ikki   xshj   qiymatda   qumush   tanga   zarb   qilish   davom
etdi.   Yirik   mis   tangalar   "tanga",   to’dalari   “amiri"(Temur   unvoni   "amir"ning
qisqa   shakli)   deyilgan.
Ulug’bek   davridan   ko’pgina   mis   tangalar   bizgacha   yetib   kelgan.   Uning   mis
tangalarndan   biri   diqqatga   sazovor.   Aksi,   Samarqand,   Buxoro,   SHahrisabz   va
Termiz   tangalarida   sher   orasidan   esa   quyosh   chiqib   kelayotgani   tasvirlangan.
Hijriy   832   yil   (milodiy   1428-1429)   larda   Ulug’bek   ikki   bosqichda   muqim   pul
islohoti   o’tkazdi.   Birinchi   bosqichda   bir   xil   mis   tangalar   bir   qancha   zarb
shaharlarda   Andijon,   SHohruhiya,   Samarqand,   Buxoro   va   SHahrisabz,   Qarshi,
Termizda   chiqarilgan.
Ikkinchi   bosqichda   isloh   qilingan   tangalar   ishab   chiqarish   Buxoroda
markazlashgirildi   va   nusxasi   hamda   sanasi   o’zgartirilmagan   holda   Ulug’bek
o’limiga qadar, undan keyin ham zarb etilgan. Ulug’bekning pul islohoti hazina
va   aholi   manfaatlarini   ma’lum   tarzda   uyg’unlashtirdi.   Temur   va   Temuriylar
davrida zarb qilingan tangalar qator xususiyatlar bilan boshqa davr tangalaridan
farq   qiladi.   Zarb   etilgan   tangalarga   maxsus   tamg’a   bosish   ana   shunday
xususgatlardan biri edi. Bunday naqshlar CHig’atoy davri tangalarida XIII asrda
solinib,   XU   asrga   kelganda   keng   qo’llanila   boshladi.   Ular   dumaloq,
to’rtburchak,   gulga   o’xshash   va   hokazo   shakllarda   bo’lgan.
Xorazm  o’ng qirg’og’i  bilan CHig’atoy ulusi  tarkibiga kirsa-da, chap qirg’og’i
Urganch  bilan  birgalikda  Jo’ji  ulusi  tarkibiga kirgan  bo’lib, Oltin  Urda  xonlari
tomonidan   boshqarilar   edi.   XIV   asrning   ikkinchi   yarmida   1360-1380   yillarda
taxt uchun 25 xon urush olib bordi, markaziy hokimiyatning zaiflashganligidan qo’ng’irotlar qabnlasining mahalliy "so’fiylar" sulolasi ustalik bilan foydalandi.
Ular   taxminan   1360   yillardan   Xorazmni   mustaqil   idora   qila   boshladilar.   Hatto
Zarafshonning   o’ng   qirg’oq   yerlarini   qo’shib   oldilar.
1372   yshsh   Temur   Xorazmga   yurish   qilib   o’ziga   tobe   qiladi.   CHunki   YUsuf
So’fiy bir safar Amir Temurni tan olsa, bir safar Oltin O’rda xoni To’xtamishni
tan   olar   edi.   SHuning   uchun   Amir   Temur   Xorazmga   bir   necha   marta   yurish
qilgan,   1388   yil   Urganchni   egallaydi.   Amir   Temur   vafotidan   so’ng   Xorazmda
yana   Oltin   O’rda   xonlari   xukmronlik   qildi.
1412   yili   Amir   Temurning   o’g’li   SHohruh   Xorazmni   qayta   qo’lga   kiritadi.
Mug’ullar   istibdodidan   so’ng   Xorazmda   zarb   qilingan   tangalar   bizgacha   yetib
kelmagan.   Temur   hukmronligi   davrida   kichik   oltin   tangalar   ham   zarb   etilgan.
Xorazmda   CHig’atoylar   dinoriga   o’xshash   yirik   kumush   tangalar   bo’lmagan.
Xorazmni   dirhamlari   Movorounnahr   CHig’atoy   dirhamlaridan   farq   qilgan.
Birinchidan ularning qiymati turlicha bo’lib u asta-sekin kamayib borgan. XI11
asr   oxirlariga   kelib   hamma   kumush   tangalarning   og’irligi   2,3   gramm
bo’lsa,X1U asr boshlarida 1,9 gramm, XV asrning boshlarida esa 1,1 grammni
tashkil   qilgan.   Bu   davrda   turli   og’irlikdagi   oltin   tangalar   ham   muomalada
bo’lgan.
XIII   asrga   doir   Xorazmning   birinchi   dirhamlarida   o’sha   davr   hokimiyatini
boshqarayotgan hukmdor nomi aks etgan . Tanganing bir tomonida diniy oyatlar
yoki   qur’ondan   olingan   kalima ,   ikkinchi   to-monida   tanga   chiqarilgan   sana,   joy
zarb   qilingan.   Tangalardagi   yozuvlarda   xatolar   ham   bo’lgan,   harflar   tushib
qolgan yoki  qo’shilib   ketgan.
Temurning   kumush   tangalari   uning   nomidan   soxta   mo’g’ul   xonlari
Suyurg’atmish   va   Sulton   Mahmud   nomlari   bilan   Movorounnahr,   Xuroson.,
Eron,   Ozarbayjon,   Iroqning   40   dan   ortiq   shaharlarida   zarb   etilgan.
Movarounnahr   va   Hurosonning   bosh   hukmdori   sifatida   SHohruh   Mirzo
Astrobod,   Vuxoro,   Damg’on,   Isfaxon,   Kirman,   Qum,   Nishopur,   Marv, Samarqand, Sabzavor, Sultoniya, Tabriz, Xorazm, Hirot  va boshqa shaharlarda
o’z nomi bilan kumush tangalar zarb qilib, pul zarbi va savdosini tartibga soldi.
Bu   davrda   ichki   chakana   savdoda   keng   ko’lamda   muomalada   bo’lgan   mayda
mis chaqa "fulus"lar ko’proq mahalliy hokimlar tomonidan  zarb   qilinar
 edi. 1428   yili   Ulug’bek   tomonidan   o’tkazilgan   fulusiy   pullar1   islohoti
katta ahamiyat  kasb  etdi.  Aholining ichki   savdo  munosa-batlariga ko’proq jalb
etish   maqsadida   Ulug’bek   yengil   vaznda   zarb   etilgan   va   muomalada   yurgan
barcha   chaqa   pullarni   bekor   qildi.   Ichki   savdoni   mayda   mis   pullarga   bo’lgan
talabini   qondirish   uchun   bir   vaqtning   o’zida   Buxoro,   Samarqand,   Qarshi,
Termiz,   Toshkent ,   SHohruhiya   va   Andjon   shaharlarida   zarbxonalar   tashkil
qilinib   bir   xil   vazndagi   fuluslar   zarb   qilinib   muomalaga   chnqarilgan.   Mis
pullarni zarbini markazlashtirish maqsadida boshqa shaharlardagi zarbxonalarga
barham berilib, Buxoro zarbxonasi saqlab qolingan. Xalq orasida "Fulusi adliya"
ya’ni,   "adolatli   chaqa”   nomi   bilan   shuhrat   topgan   bu   yangi   mis   fuluslar
Movorounnahrning   barcha   shahar   va   qishloqlarida   keng   muomalaga   kirib
davlatning   ichki   savdosini   naqd   pul   bilan   ta’minlagan.
Ulug’bekning   bunday   islohoti   mamlakatda   hunarmandchilik   mahsulotlarining
ichki   chakana   savdosi   uchun   keng   yo’l   ochib   bergan   edi.
1428-29   yillardagi   islohot   pul   momalasini   yaxshilash,   mis   tangalar   qadrini
oshirish maqsadida amalga oshirilgan edi. Natijada u bir qancha samaralar berdi.
Unga ko’ra 1420 yili zarb etilgan mis tangalar zarbxonalarga topshirib, ularning
o’rniga   og’irligi   1,5-2   barobar   ko’p   bo’lgan   tangalar   zarb   etilgan.   Qulaylik
uchun   zarbxonalar   Buxorodan   tashqari   Andijon,   Qarshi,   Samarqand,   Termiz,
SHohruhiyada   ham   tashkil   qilingan.   Natijada   pulning   qadri
ko’tarilgan.   (ilovalarga   karang)
3.   BOB.   XONLIKLAR   DAVRIDA   NUMIZMATIKA
O’rta Osiyo xonliklarida zarb qilingan tangalar
XVIII   asrda   O’rta   Osiyoda   o’zbek   qabilalaridan   chikkan   kishilar   xukmronlik
qilgan   uchta   mustaqil   xonlik   tarkib   topdi:   Qo’qon   xonligi,   Buxoro   xonligi   va
Xiva   xonligi.   Uchchala   davlatda   (ashrafiy   yoki   tilla),   kumush   (tanga).   misdan pul   tayyorlandi.   Qo’qon   xonligida   1876   yili   pul   chiqarish   tuxtatilgan.
Xorazshoxlar   va   Xiva   xonligi   davrida   uzining   xaqiqiy   qiymatiga   ega   bo’lgan
oltin. kumush va mis muomalada  ishlatilgan. Xiva   xonligida   uch   xil   pullar
muomalada   bo’lgan:
1.   "Tilla"   -   oltin   pul   bo’lib.   ikki   xil   shaklda   va   og’irlik   miqdorida   bo’lar   edi.
O’sha davr pul miqdorida 1 so’m 80 tiyinga teng, ikkinchisi 3 so’m 60 tiyin deb
belgilanganedi.2.   "Tanga"   -   kumushdan   ipshanib,   bir   tanga   usha   davr   pul
birligida   30   pul   birligi   yoki   20   tiyin   deb   belgilangan.
3.   "Pul"   -   misdan   ishlanadi.   U   pulga   va   tiyinga   bo’linar   edi.   Kumushdan
ishlangan tanga   "oq tanga" deb,   misdan ishlangan pul        "qora tanga" deb yuritilar
edi."qora   tanga"   o’zining   qiymati   jixatidan   ok   tanganiig   60   %ga   teng   edi.
SHuningdek xonlikda   "shoyi", "Abbos shoyi". "yarim shoyi"   deb nomlangan pul
birliklari   xam   ishlatilgan.   Ularning   qiymati   10   tiyindan   40   tiyingacha   o’zgarib
turgan.   Bu   pullarda   odam   rasmi   tasvirlanmasdan   arab   imlosida   qaysi   xonlik
tomonidan   nechanchi   yillarda   zarb   qilingani   yozilar   edi.
Xiva   oltinlari   pullari   maxalliy   va   chet   eldan   keltirilgan   oltinlarga   bo’linar   edi.
Xiva   oltinlari   o’zining   yaltiroqligi,   mustaxkamligi   jixatidan   ajralib   turgan.
Muomalada   ko’p   ishla tilgan   kumush   pullarni   metallari   Quyi   Novgoroddan
keltirilgan.
Xozirgi   kunda   Xiva   xonligida   zarb   qilingan   oltin,   kumush,   mis   pullar   va
ularning   qoliplari   dunyoni   ko’pgina   mamlakatlari   muzeylarida   saqlanmokda.
Mas.:   Moskva,   Sankt-Pterburg,   ayniqsa   Xiva   xonligi   Rossiya   tomonidan   eabt
etilgach   uning   qimmatbaxo   buyumlarini   birinchi   navbatda   oltin,   kumush
pullarini talash. Rossiya jug’rofiya jamiyati vakili sharqshunos   olim P.I.Perx va
A.P.   Kun   raxbarligida   ilmiy   jixatdan   tashkil   qilindi.   Vasilevskiy   yordamida
Peterburgdagi   ermitajda   tashkil   qilingan   numizmatika   va   boshqa   fondlar   O’rta
Osiyodan. jumladan Xiva, Qo’qon va Buxoro amirligidan kelgan oltin, kumush,
mis,   atlas   va   boshqa   pullar   xisobiga   boyili.   1883   yili   ermitajga   junatilgan
buyumlar   ichida   1168   ta   qadimiy   oltin-kumush   tangalar   edi .   Bundan   tashqari
o’ljalar ichida tanga zarb qiladigan qoliplar, oltin va kumushdan ishlangan. 25 ta xon muxri, 200 dan ortik qadimiy tangalar mavjud edi. Bularning xammasi Xiva
xonligi   davrida   zarb   qilingan   pullarning   namunalaridir.   Rossiya   Xivani   bosib
olishi   bilanok   pul   sistemasini   Rossiya   pul   sistemasiga   o’tkazishni   taklif   etgan.
lekin   amalga   oshmagan.Xonlikda   ko’pincha   kumushdan   bo’lgan   tanga   pullar
qulayligi  uchun  ko’p  ishlatilgan.  XIX  asrning  oxirlarigacha  xar  yili  bir  mil lion
so’mlik kumush  tanga  pullar   xivalik maxalliy  ustalar   tomo nidan zarb  qilingan.
Rossiya   bosib   olinganidan   keyin   Ekaterina   II   podsholigi   davridan   buyon   pul
sifatida   muomalaga   kiritilgan   qog’oz,   kumush   pullar   xonlik   xududida
qo’llanilmagan.   qo’llanilganda   xam   uz   kursidan   past   narxda   qo’llar   edi.   Pul
muomalasida   qiyinchilik   vujudga   kelishi   natijasida   sarroflar   faoliyati
aktivlashadi. Xatto rus savdogarlari tangalar va tillalarni yig’ishtirib olib qog’oz
pullar   tarkatishni   taklif   qiladilar.   1893   yil   Rossiya   moliya   vazirligining
tashabbusi   bilan   rus   savdogarlarining   iltimosi   muxokama   qilindi   va   Xiva   xoni
tanga   pullarini   faqat   rus   podshosining   ruxsati   bilan   zarb   qilish   majburiyati
yuklatildi.
Natijada   XX   asrning   birinchi   o’n   yilligida   rus   qog’oz   pullari   ishlatilayotgan
tanga   pullarga   nisbatan   ikki   barobar   ko’payib   ketdi.   Xiva   xoni   Muxammad
Raximxon   II   o’z   umrining   oxirlarida   Xiva   xonligida   muomala   uchun
ishlatilayotgan pul miqdorining etishmayotganligi, shuningdek musulmon sharq
olamida   podsholar   nomidan   pul   chiqarib   turilmasa   unga   xalq   itoat   etmasligini
tushuntirib iltimos qilib zo’rg’a tanga chiqarish imkoniyatiga ega bo’ldi. Uning
vafotidan   keyin   Xivada   pul   bosib   chiqarish   deyarli   to’xtatildi.   Rus   podshosi
pullari   muomalada   ishlatiladigan   bo’ldi.
1914   yildan   boshlab   Rossiya   rus   savdogarlari   Xivada   zarb   qilingan   tangalarni
olmay qo’yadi. mavjud bo’lgan tilla va kumush pullar xalq qo’lida muomalada
ishlatilib kelindi.Asfandiyorxon   xokimiyatga   kelgach.   rus   podshosi   va
amaldorlari  Xiva  xonligida  bir   kancha  isloxotlar  o’tkazish,  Xivada   muomalada
bo’lgan   yuritilayotgan   barcha   tanga   va   pullarni   yig’ib   olib   butunlay   pul
sistemasini   o’tkazishni   xam   taklif   qildilar.   lekin   amalga   oshirilmadi.   1918-20
yillar   xonlikda   ikki   xonlik   davri   bo’ldi.   Bu   davrdagi   Sayd   Abdudloxon qo’g’irchok   xon   edi.   Aslida   xokimiyatni   Junaidxon   boshqarar   edi.   U   uz
xokimligini   xalqqa   ma`lum   qilish   uchun   pul   xam   bostirib   chiqardi.   Uning   puli
atlasga   ishlangan   bo’lib   "turma   qog’oz"   nomi   bilan   yuritilgan.   Keyinchalik
Junaidxon nomi bilan qog’oz pullar xam bosib chiqargan.
1920   yili   2   fevralda   xokimiyat   sovetlar   tomonidan   egallanganidan   keyin   1920
yil   11   aprel’   qaroriga   asosan   Xiva   pul   birligi   kursi   belgilandi.
Xivaning   qog’oz   pul birligi kurs rus podsholari davridan ishlatib kelinayotgan 1
so’m   "krenka"   puli   4   so’mlik   Xorazmning   uchun   sovet   puliga   va   1   so’m
"Turkiston   boni"   puli,   Xorazmning   5   so’mlik   umumsovet   puliga   teng   deb
belgilanadi.   1920   yilning   aprelidan   boshlab   Xivada   yangi   pul   birligi   bosib
chiqarish   boshlandi.   Uning   old   tomonida   qishloq   xo’jalik   ishchi   va
dexkonlarning   ittifokini   bildiruvchi   o’roq.   jo’xori   poyasi   belgisi   tasviri   gerb
tarzida  tasvirlangan  edi.1921 yil 1 yanvardan RSFSRning 1919 yilda
bosib   chiqargan   pul   birligi   ishlatila   boshlandi.   Bu   uz   qiymatiga   ko’ra   SHu
davrda   yurib   turgan   Rossiya   "Krenka"   puliga   teng   bo’lib   va   "Turkbon"
nominasiga   nisbatan   10   barobar   qimmat   edi.
Xorazmda  1920 yil  may oyidan 1921 yil  may oyigacha 489 million, 549 so’m
Xorazm   puli   bosib   chiqarilgan,   Rossiyadan   225   million   so’m   qog’oz   pul
olingan.   Junaidxon   davrida   bosib   chiqarilgan   3   million   so’m   pul   xam
muomalada bo’lib. jami Xorazmda 717 million so’mdai ortiqroq pul mavjud edi.
SHunday   xolatda   pul   muomalasini   tartibga   sola   olindi.   Xorazm   pulini   qiymati
tusha boshladi. 100 mlrd so’mlik Xorazm puli bosib chiqarildi. Bir milliard 100
million   so’m   RSFSR   puli   xam   ishlatila   boshlandi,   lekin   qadrsizlanishini   oldini
ola olmadi.1923   yil   31   mayda   va   9   iyulda   Xorazm   Xalk,   Respublikasi   MK
ijroiya komitetida respublika pul birligi kursi kurib chiqildi. Xoraem pul birligi
bir so’mlik Rossiya pul birligi bilan almashtirishga qaror qilindi va 1923 yili 10
iyuddan   10   avgustgacha-muddatga   deb   belgilandi.1924   yil   14   fevraldan
muomala   uchun   zarur   bo’lgan   pullar   bosib   bo’lingach.   SSSR   pul   birliklarini
bosib   chiqarish   tuxtatildi.   Ularni   o’rnini   qoplash   uchun   1924   yilda   kazna chey
biletlar.   kumush   va   mis   pullar   bosib   chiqarildi.   Iyun’   oyila   SSSRni   barcha xududlarida   pul   birliklarini   almashtirish   yakunlandi.   Qadrsizlangan   xamma
pullar   yig’ib   olindi.
1922-24   yillar   davomida   amalga   oshirilgan   pul   isloxoti   Xorazmda   Sovet
xokimiyati yillarida amalga oshirilgan birinchi pul isloxoti edi. Oltin. kumush va
mis   pullar   bundan   keyin   xam   axoli   qo’lida   ishyaatilib   kelindi.
Ikkinchi   pul   isloxoti   1947   yili.   uchinchisi   1961   yilda   amalga   oshirildi.   By
isloxot xam muomaladagi 10 so’mlik pullar 1 so’m qiymatiga keltirildi. YAngi
pul   birliklariga   o’tildi.
1991  yil   yanvar’  oyila  SSSR  davlat  bankining  1961  yil  nusxasidagi  50  va  100
so’mlik   pul   belgilari   to’lov   uchun   qabul   qilish   to’xtatildi.   o’rniga   yangi   50   va
100 so’mlik pullar bosib chiqarildi.

Mavzu:XI-XII asrlarda Xorazmda muntazam oltin, kumush va mis tangalarini zarb qilishning yo’lga qo’yilishi. Reja: 1. XI-XII asrlarda Xorazm. 2. Xorazmda muntazam oltin, kumush va mis tangalarini zarb 3. Xorazmdagi muntazam oltin tangalar Xulosa.

O’rta asrlarda Xorazmda madaniy hayot va uning xorij sayyohlari asarlarida aks etishiXorazmshohlar davrida ilm-fan va san’at rivojlandi. Saljuqiylar davridayoq imperiyaning muhim madaniy va siyosiy markazlarida ilm va adabiy faoliyat jonlangan edi.1153 yilda sodir bo’lgan o’g’uzlar isyoni bu sohada biroz turg’unlikka olib keldi. 1157 yilda Sulton Sanjar vafot etganlaridan so’ng to Xorazmshohlar 1197 yilda Iroq saljuqiylari davlatini tugatgunlarigacha bo’lgan davr ichida g’uriy va qoraxitoylarga qarshi olib borgan urushlari Xuroson va Xorazm shaharlarining moddiy jihatdan zarar ko’rishlariga sabab bo’ldi. Biroq, shunga qaramay, XII asrning ikkinchi yarmida ham ilm-fan va adabiyot rivojlandi. Xususan, Jaloliddin davriga qadar, ya’ni 1220 yilgachayoq Xorazmshohlar poytaxti Gurganj moddiy jihatdan nihoyatda gullab-yashnagani singari, ilm-fan va san’at markazi sifatida ham Xurosonning buyuk shaharlarini ancha ortda qoldirib ketdi. Sulton Sanjarning poytaxti bo’lgani uchun gullab-yashnagan Marv Xorazmshohlar davrida ham o’z mavqeini saqlab qoldi. Biroq, mo’g’ul istilosi oqibatida bu shahar tanazzulga yuz tutib, orqada qoldi. Mo’g’ul istilosidan biroz oldin bu erdan chiqib ketgan Yoqut Hamaviy shaharda o’sha vaqtda o’nta kutubxona bo’lganligi to’g’risida yozgan edi. Jome masjidi kutubxonasida 12 ming jild kitob bo’lgan. Shahardagi barcha kutubxonalardan foydalangani va shu tufayligina asarlarini yoza olganini e’tirof etgan. Yoqut Marvda lozim bo’lgan asar nusxalari ham ko’p bo’lganligini, asosiy e’tibori bilan dunyoning biror shahridagi kutubxona Marv bilan bellasha olmasligini qayd qilgan edi. Bu Xorazmshohlar davrida Mavrning buyuk bir madaniyat markaziga aylanganligidan dalolat beradi. Somoniylar davridan e’tiboran, Xurosonning eng katta shahriga aylangan Nishopur ham Xorazmshohlar davrida o’z mavqesini saqlab qoldi. Karvon yo’llari ustida joylashgan bu shahar ayni vaqtda hunarmandchilik markazi ham edi. Xorazmshohlar poytaxti Gurganj XII asrda gullab-yashnab, dunyoning eng muhim madaniyat markazlaridan biriga aylandi. Xorazm hukmdori Otsiz 1142

yilda Xuroson yurishidan qaytganda, bu erga juda ko’p olimlarni olib kelgan edi. Sanjar vafot etgach va davlat imperiya sifatida shakllanganidan so’ng, Gurganjga ko’plab olimu ulamolar ko’chib keldilar. Xorazmshohlarning insho devoniga har doim davrning eng mashhur munshiylari rahbarlik qilgan. Takish davrida bu vazifada mashhur Bahouddin Bog’dodiy ishlagan bo’lsa, Jaloliddin zamonida Nasaviy xizmat qilgan. Ulardan tashqari, Zamahshariy, Rashididdin Vatvot, Faxriddin Roziy kabi olim va shoirlar Xorazmda yashab ijod qilganlar. Ilmiy muassasalar boy vaqflarga ega bo’lgan. Bu erda olimlar turli sohalarda tadqiqot ishlarini olib borishgan. Hukmdorlarning katta iltifotiga sazovor bo’lgan bu mashhur olimlar xalq o’rtasida katta obro’ qozongan edilar. Faxriddin Roziy va Shihobiddin Xivaqiy kabi olimlar sha’niga yozilgan qasidalar buning yorqin dalilidir. Xorazmdagi kutubxonalar haqida Nasaviy bergan xabarni, tarixchi Ibn Isfandiyorning shaharda kitob tijorati bilan shug’ullangan sahhoflarning maxsus bozori bo’lganligi to’g’risidagi fikrini e’tiborga olsak, poytaxtning o’lkan ilm- fan va madaniyat markaziga aylanganligi ma’lum bo’ladi. Xorazmshohlar davrida ilmiy, adabiy va diniy asarlar arab tilida yozilgan. Ma’lumki, o’sha vaqtda G’arbda lotin tili huddi shunday rolni o’ynayotgan edi. Faqat olimlargina emas, balki o’sha davrning ziyolilari ham arabchani yaxshi bilgan. XII asrda ayrim ilm sohalarida ona tili turkiy yoki fors tili bo’lgan o’rta sinf ziyolilari orasida biroz osonligi uchun fors tili ham qo’llanilgan. Ayni chog’da asarlarining butun islom olamiga tarqalishini xohlagan olimlar o’z asarlarini arab tilida yozar edilar. Hatto, ular mahalliy ehtiyojga ko’ra forscha yozgan asarlarini arabchaga tarjima qilardilar. Bu asarda har ikki tilni bilgan mualliflarning ta’siri ostida ko’pgina arab kalimalari forscha kalimalar o’rnini egallagan, arab tiliga xos ba’zi uslubiy xususiyatlar ham forschaga o’tgan. O’zlari yashagan muhit taqozosiga ko’ra, arabchadan ko’ra forschani yaxshiroq bilgan Xorazmshohlar o’z buyurtmalariga muvofiq yozilgan asarlar forscha bo’lishini istar edilar. Xuddi shuningdek, devon ishlarida ham davlatning rasmiy

tili sifatida fors tili ishlatilgan, farmonlar shu tilda yozilgan. Arab va fors tillarini birdek yaxshi bilgan Nasaviy Jaloliddinning hayoti to’g’risidagi asarini arab tilida bitgan. Bundan u Jaloliddin tarixini butun islom olamiga tanitish maqsadini ko’zlagan edi. Nasaviyning asari o’sha davrdayoq forschaga tarjima qilingan. Xorazmshohlar davrida fors tili ilm tili sifatida arab tilidan ustunroq mavqega erishdi va bu ahvol XII asrda yanada kuchaydi. Avvallari arabcha yozilgan ilmiy va tarixiy asarlar bu davrda forschaga o’girildi. Eron she’riyatining rivojida ham o’zgarishlar bo’lib, qadimgi Xuroson maktabiga xos adabiy an’analar o’zgarishga uchradi. Iroq, Arron, Fors viloyatlarida etishgan buyuk shoirlarning ta’siri ostida Iroq maktabi vujudga kela boshladi. Saljuqiylar davridagi adabiyot taraqqiysi Xorazmshohlar davrida yanada yuqori darajaga ko’tarildi. Xorazm tili so’zlashuv yoki yozuv tili sifatida arab va fors tili qatorida o’z ahamiyatini XIII asr oxirlarigacha saqlab qolgan. A.A.Freymanning ko’rsatishiga qaraganda, Xorazm tili XIII-XIV asrlardan keyin tamomila turklashadi. XII-XIII asrlarda qo’shni davlatlarni o’ziga birlashtirgan Xorazm o’ta kuchli imperiyaga aylandi. Natijada, “Ma’mun Akademiyasi”dan 100 yil keyin Qutbiddin Muhammad I ibn Anushtagin va uning o’g’li al-Malik Abu Muzaffar Alouddin Jaloliddin Otsiz tomonidan “Ma’mun Akademiyasi”ga o’xshagan Akademiya tashkil etildi. Qutbiddin Muhammad va Otsiz hukmdorlik qilgan davrlarda Xorazmga Arabiston, Hindiston, Eron va boshqa yurtlardan yirik olimlar taklif qilindi. Ismoil Jurjoniy, Abu Bakr Abulqahr ibn Abdurahmon Jurjoniy, Hakim Azrakiy, Abdurahmon Hasan Alkutaniy Marvaziy, Abul Mahasin, Muhammad ibn Umar al-Husayn, Abu Abdulla Faxriddin ar-Roziy, Mahmud ibn Muhammad Umar al-Chag’miniy shular jumlasidandir. “Ma’mun Akademiyasi” 17 yil faoliyat ko’rsatgan bo’lsa, bu Akademiyada kamolga etgan olimlar 60 yil fan va madaniyat ravnaqiga xizmat qilishdi. Sharqshunos olim V.V. Bartoldning fikricha, Otsiz hukmronlik qilgan davrda

Xorazmning nufuzi Kaspiy dengizdan tortib, Sirdaryoning quyi va o’rta qismlarigacha bo’lgan erlarga yoyilgan. O’sha davrda Xorazmni ziyorat qilgan arab sayyohi Abu Xomid al-G’arnotiy (1080-1169) o’zining “Tuhfat al-albob va nuhbat al-a’job” (Oqillar tuhfasi va ajoyibotlar sarasi) nomli asarida shunday yozadi: “... Xorazmda men o’zim ziyorat qilgan hech bir o’lkada ko’rmagan mevalar o’sadi. Uning ahli esa - fozil olimlaru shoirlar va olijanob kishilardir”. Xorazmshohlarning hammasi bilimli kishi sifatida shuhrat qozonishgan, ilm-fan va madaniyat taraqqiyotini ta’minlaganlar. Qutbiddin Muhammad otasi Anushtagin davrida Xuroson poytaxti Marvda yaxshi ma’rifat olgan adab va din ilmlarini o’rgangan edi. U Xorazm hukmdori bo’lgach, qobiliyatli rahbar sifatida ulomalarga va din arboblariga homiylik qildi. U har tomonlama iste’dodli odam edi. Olimlar va din arboblari uni yaxshi ko’rishar, u ham ularni izzat-hurmat qilar edi. (Qutbiddin Muhammad) fuqarolariga adolatli bo’lib, ular ham uni yaxshi ko’rib, uning nomini aziz tutar edilar. Ular ham dunyoviy, ham diniy bilimlarni egallaganlar. Masalan, Otsiz qasidalar, ruboiylar yozgan, ko’plab nazm namunalarini yoddan aytib bera olgan, san’at va ilmga katta ixlos bilan qaragan. Ayrim ma’lumotlarga ko’ra, ud musiqa asbobini chalishda o’z davrida shoh Alouddin Takishga teng keladigan kishi bo’lmagan. Shu bilan birga u iqtidorli adib bo’lib, arab va fors tillarda ijod ham qilgan. Xorazmda al-Hanafiya mazhabidagi ilm toliblari uchun madrasa qurdirgani uning ma’rifatparvarligiga ishonchli bir dalildir. Alouddin Takish hukmdorlik qilgan davrda ilm-fan va adabiyot shu tariqa ravnaq topadi. Takishning ilm toliblarini bilimli va ma’rifatli qilish maqsadida ko’plab madrasalar, masjidlar, kutubxona (dor ul-kutub)lar va jamoat binolari qurdirgani, hatto ba’zi madrasa talabalarini pul va oziq-ovqat, kiyim-kechak bilan ham ta’minlab turgani tarixdan ma’lumdir. O’sha davrda yirik ilmiy va madaniy markazlardan biriga aylangan Gurganj va Katda ma’naviyatning bunday rivojida mahalliy olimu-adiblar, shoirlar bilan bir qatorda xorijiy