Zamonaviy ta’lim sinergetik tizim sifatida. Ta’limning sinergetik qonuniyatlari
Zamonaviy ta’lim sinergetik tizim sifatida. Ta’limning sinergetik qonuniyatlari 1. Ta lim tizimida sinergetik qonuniyatlarning namoyon bo‘lishi.ʼ 2. Ta lim jarayonida gomeostaz qonuniyati. ʼ 3. Ta limda o‘z-o‘zini tashkillashtirish qonuniyati. ʼ 4. Ta lim jarayonida nochiziqlik qonuniyati. ʼ 5. Ta limda ochiqlik qonuniyati. ʼ 6. Ta lim tizimida beqarorlik qonuniyati. ʼ
Sinergetika ta limoti XX asrning so‘nggi choragida vujudga keldi.ʼ Sinergetik ta limot vujudga kelishi natijasida olamga ko‘p tomonlama ʼ yondashuv shakllandi. Faylasuflar, tabiatshunoslar, turli fan sohasi vakillari olam, borliq, tabiat va jamiyat, inson va uning muammolari, shuningdek, fan va ta lim xususida yangicha tafakkur yurita boshlashdi. Chunki bugun ʼ dunyoda shiddat bilan kechayotgan global jarayonlar dinamikasi zamonaviy ta limning mohiyatiga ham sezilarli ta sir etib, har bir ta lim sohasi vakilidan ʼ ʼ ʼ yangicha konstruktiv tafakkur tarziga ega bo‘lishni talab etmoqda. Bu esa, ta lim jarayonini tadqiqot obyekti sifatida har tomonlama zamonaviy ʼ metodologik tamoyillar orqali tizimli tahlil etish zaruriyatini keltirib chiqaradi. Bugungi kunda yildan-yilga ta lim tizimi imkoniyatlari, ko‘lami, qamrovi, ʼ darajasi o‘zgarib bormoqda. Ta lim tizimiga kiruvchi elementlar ham juda tez ʼ sur atlarda o‘z mazmuni va mohiyatini yangilab bormoqda. Ayniqsa, oliy ʼ ta lim sistemasidagi o‘quv jarayoni, ta lim sifati, qabul imkoniyatlari, o‘quv ʼ ʼ reja va o‘quv dasturlarining tubdan o‘zgarishi bunga misoldir. Ushbu o‘zgarishlar ta lim jarayoni subyektlari tomonidan qabul qilinishi murakkab, ʼ tartibsiz kechayotgan bo‘lsada, qisqa fursatlarda bu fluktatsion jarayonlardan tartibot shakllanmoqda. Bu jarayon takrorlanuvchi xususiyatga ega bo‘lib, zamon talabiga monand tartibsizlikdan tartibotga, tartibotdan esa tartibsizlikka o‘tib turilishi tabiiy jarayon sifatida qaralmoqda. Ammo bu kabi holatlarni tabiiy fenomen sifatida qabul qilish uchun nochiziqli tafakkur tarzi zarur ekanligini ta kidlash o‘rinlidir. Chiziqli tafakkur orqali ʼ tartibsizlikdagi tartibotni, muvozanatsizlikdagi muvozanatni anglab bo‘lmaydi. Shuning uchun ham sinergetik metodologiya orqali nochiziqli tafakkur tarzini shakllantirish hamda ta lim jarayoni orqali bunga erishish ʼ bugungi davrning dolzarb masalalaridan biri deb hisoblaymiz.
Sinergetika o‘z-o‘zini tashkillashtirish nazariyasi, murakkab dinamik tizimlar taraqqiyotining nomuntazam davrlarda holati keskin o‘zgarishi mumkin bo‘lgan universal qonuniyatlar to‘g‘risidagi ta limotdir. Sinergetikʼ metodologiyaning shakllanishi falsafiy qarashlar rivojlanishiga sabab bo‘ldi. Sinergetika o‘z-o‘zini tashkil qilish nazariyasi sifatida xaos va tartibning holatini chegaralash zaruratini belgilaydi. Xaotik sistemalarda elementlar erkin holatda bo‘lib, ularning o‘zaro harakati tasodifga asoslanadi. Lekin, binarizm tamoyiliga asoslangan dialektikadan farqli o‘laroq sinergetikada tasodif konstruktiv ahamiyatga ega bo‘lgan hodisa sifatida baholanadi. Ta lim tizimida ham tasodiflarning ʼ konstruktiv ahamiyati ko‘p kuzatilishi mumkin. Ayniqsa, ta limning inson ʼ omili bilan bog‘liqlikda kechadigan jarayonlarida tasodifiy holatlardan konstruktiv natijalar kelib chiqadi. Misol uchun, tasodifiy tarzda, kutilmaganda inson hayotiga xavf soluvchi kasalliklar, turli ekologik vaziyatlar, seysmografik o‘zgarishlar yoki kutilmagan siyosiy inqiloblar vaqtida tezkorlik bilan yechim topish lozim bo‘ladiki, bunda fan va ta lim ʼ ko‘p hollarda yangicha yo‘nalishdagi konstruktiv mohiyatga ega bo‘lgan xulosalarni taqdim etadi. Bu kabi vaziyatlarda butun bir ta lim tizimining ʼ barcha sohalari imkoniyatlari ishga solinadi. Sinergetikada xaosning qaysidir bo‘lagi – bu yomonlik emas deb ko‘rsatiladi. Bu yondashuvda “fluktuatsiya orqali tartib”, murakkab tizimlarda jarayonlarning qaytarilmasligi alohida ko‘rsatiladi. Ularning determinlashish muammosi boshqacha qo‘yiladi. Bifurkatsiya nuqtasi yaqinida yuzaga keladigan “xaos” tartib yo‘q bo‘lib ketishini anglatmaydi. Zamonaviy ta lim tizimini sinergetik tizim deb, hisoblash mumkin. Aslida ʼ azaldan ta lim jarayoni sinergetik tizim bo‘lib kelgan. Faqatgina bugungi ʼ kunga kelib, ayniqsa, insoniyat turli global muammolar qurshovida qolganda, turli tasodifiy jarayonlar kelib chiqqanda, fan va ta limning juda ko‘p ʼ
imkoniyatlari, zamonaviy shakllari hamda kelajakni oldindan ko‘ra olish xususiyati yana-da keng namoyon bo‘lganda bu masala hozirgi zamon fanida o‘rganilishi lozim bo‘lgan masalalar sifatida qaralmoqda. Ta lim doimoʼ taraqqiy etadigan, o‘zgarib boradigan, davr nuqtai nazaridan yondashiladigan, bir nuqtada qotib qolmaydigan murakkab tizim bo‘lganligi uchun ham sinergetik metodologiyaning o‘rganish obyekti bo‘la oladi. Ta limda bu ʼ o‘zgarishlar hamisha davom etadigan jarayondir. Qachonki, ta limda o‘zgarishlar to‘xtasa, jamiyatda turg‘unlik holati kelib chiqadi, ʼ taraqqiyot, rivojlanish, modernizatsion, innovatsion jarayon ham to‘xtaydi. Hozirgi davrda ijtimoiy fan metodologiyalarining asosiy e tiborini ʼ sinergetika g‘oyalari va u bilan bog‘liq xaos nazariyasi tobora ko‘proq o‘ziga jalb etmoqda. Sinergetikaning asosiy nazariyalari paydo bo‘lishi Ilya Prigojin – kimyoviy fizika sohasidagi Nobel mukofoti laureati, belgiyalik olimning ilmiy faoliyati bilan bog‘liqdir. Nomuvozanatli tizimlar fizikasini o‘rganar ekan, u o‘zining “Xaosdan kelib chiqqan tartib” nomli kitobida aks etgan yangi g‘oyalarini kashf etdi. Tadqiqotning asosiy maqsadidan kelib chiqib ushbu bobda ta lim ʼ jarayonining sinergetik qonuniyatlarini ochib berishga harakat qilamiz. Avvalo, qonun tushunchasining mohiyatiga e tibor qaratish maqsadga ʼ muvofiqdir. “Qonun (falsafada) – narsa va xodisalar o‘rtasidagi muhim, zaruriy, barqaror, takrorlanuvchi munosabat. Bu munosabat obyektiv voqelikka mansub bo‘lsa, u voqelik qonunlari deb yuritiladi. Voqelik qonunlarining inson tomonidan o‘rganilib, muayyan nazariy tilga ko‘chirilishi fan qonunlari deyiladi. Shu jihatdan fan qonunlari voqelik qonunlarining tafakkurda in ikos etilishidir” ʼ 1 . Ushbu ta rifdan kelib chiqib ʼ mulohaza yuritsak, tabiat va jamiyatda ko‘p hollarda qonuniylikni ifodalaydigan jarayon va hodisalarda zaruriylik, barqarorlik va takrorlanuvchanlik kuzatiladi. Jumladan, dialektik metodologiyada ham
qonun tushunchasi shu ma noda ifodalanadi. Sinergetika qonunlari esa,ʼ zaruriylikka nisbatan tasodifiylikka, barqarorlikka nisbatan beqarorlikka, takrorlanuvchanlikka emas, balki takrorlanmaslikka asoslanadi. Ya ni ʼ sinergetik tizimlarda amal qiladigan qonuniyatlar tasodifiy, dinamik (o‘zgaruvchan) qonuniyatlar sanaladi. Bunday qonuniyatlar amal qiladigan tizimlarda tasodiflar konstruktiv mohiyatga ega bo‘ladi. Vaholanki, tabiat va jamiyatda tasodifiy hodisalar, jarayonlar ham ko‘p kuzatiladi. Ularni tahlil etuvchi metodologiyaga ehtiyoj mavjuddir va bu ehtiyojni sinergetik metodologiya imkoniyatlari orqali qondirish mumkin. Shu o‘rinda dialektik metodologiya qonunlarining imkoniyatlarini ham e tirof etgan holda, ʼ sinergetik metodologiyaning imkoniyatlari yana-da kengroq ekanligini aytib o‘tishimiz lozim. Chunki, bugungi zamon kundan-kunga turli tasodifiy jarayonlarga, nochiziq o‘zgarishlarga, xaotik hodisalarga uchramoqdaki, ularning yechimi sinergetik metodologiya orqali amalga oshishi mumkin. Dialektika qonunlari chiziqli tizimlarda samarali bo‘lsa, sinergetika qonunlari nochiziq tizimlarda muhim sanaladi. Sinergetik qonuniyatlar ta lim ʼ tizimidagi xaotik o‘zgarishlarga, tasodifiy og‘ishlarga, bifurkatsiya nuqtasidan keyingi yo‘nalishlarni tanlashda ham muhim ahamiyat kasb etadi. Sinergetik tashkillashish qonuniyatlari: - Gomeostazis (nostabillik, muvozanatni saqlashga intilish, kelajagining noaniqligi ya ni bashorat qila olmaslik, kutilmagan o‘zgarishlar); ʼ - O‘z-o‘zini tashkillashtirish; - Nochiziqlik va chiziqlilik; - Ochiqlik va yopiqlik; - Beqarorlik va barqarorlik; - Tartibsizlik va tartib; - Ierarxiklik (binarlik, xolizm) va noiyerarxiklik (bo‘ysunishning buzilishi) Ta lim tizimida sinergetik qonuniyatlarning namoyon bo‘lishi ʼ