Adliya soxasini boshqarish
M A V Z U : A D L I Y A S O X A S I N I B O S H Q A R I S H
R E J A 1 ) V A Z I R L I K T U Z U L M A S I 2 ) A D L I Y A V A Z I R L I G I N I N G A S O S I Y V A Z I F A L A R I 3 ) V A Z I R L I K R A X B A R I Y A T I 4 ) V A Z I R L I K N I N G H I S O B D O R L I G I
V A Z I R L I K T U Z U L M A S I Vazirlik tizimiga quyidagilar kiradi: Vazirlik markaziy apparati; Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari, tumanlar (shaharlar) adliya bo‘limlari, yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari, davlat xizmatlari markazlari va FXDYo organlari;
X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi; “ Adolat” milliy huquqiy axborot markazi” davlat muassasasi; “ Adliya organlari va muassasalarida axborot- kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi” davlat muassasasi; “ Davlat xizmatlarini rivojlantirish markazi” davlat muassasasi; “ Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi; davlat notarial idoralari va arxivlari; Yuristlar malakasini oshirish markazi; Toshkent davlat yuridik universiteti; yuridik texnikumlar; Akademik litsey. Adliya organlari va muassasalari mahalliy davlat hokimiyati organlaridan mustaqildir va bevosita Vazirlikka bo‘ysunadilar.
ADLIYA VAZIRLIGINING ASOSIY VAZIFALARI Quyidagilar Vazirlikning asosiy vazifalari hisoblanadi: huquq ijodkorligi sohasida yagona davlat siyosatini yuritish; normativ-huquqiy hujjatlar va ular loyihalarining tartibga solish ta’sirini baholash hamda korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish faoliyatni muvofiqlashtirish; huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta’minlash; huquqiy targ‘ibotni amalga oshirish hamda davlat organlari va tashkilotlarining huquqiy targ‘ibot sohasidagi ishlarini muvofiqlashtirish;