logo

Algoritmlarning berilish usullari

Yuklangan vaqt:

16.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

115.3681640625 KB
   
  Algorit mlarning berilish usullari.     
   Reja:
1.Algorim nima?
2.Algorit m t urlari.
3.Masalani y echish bosqichilari.                 Algorit m v a uning xossalari
Elektron hisoblash mashinalarining vujudga 
kelishiga qadar algoritmga har xil ta’rif berib kelindi. 
Lekin ularning barchasi ma’no jihatdan bir-biriga 
juda yaqin bo‘lib, bu ta’rif hozirgi kunda quyidagicha 
talqin qilinadi.
Ta’rif .  Algoritm deb, qo‘yilgan masalani echish 
uchun ma’lum qoidaga binoan bajariladigan 
amallarning chekli qadamlar ketma-ketligiga 
aytiladi.
Har qanday algoritm ma’lum ko‘rsatmalarga binoan 
bajariladi va bu ko‘rsatmalarga buyruq deyiladi.  Aniqlik  v a t ushunarlilik  - deganda algoritmda 
ijrochiga berilayotgan ko‘rsatmalar aniq 
mazmunda bo‘lishi tushuniladi.
Ommav iy lik  - deganda har bir algoritm 
mazmuniga ko‘ra bir turdagi masalalarning 
barchasi uchun ham o‘rinli bo‘lishi tushuniladi.
N at ijav iy lik  - deganda algoritmda chekli 
qadamlardan so‘ng albatta natija bo‘lishi 
tushuniladi.
Disk ret lik  - deganda algoritmlarni chekli 
qadamlardan tashkil qilib bo‘laklash imkoniyati 
tushuniladi.  .Al gori t m t urlari
Algoritmning uchta turi bor: chiziqli, tarmoqlanuvchi va takrorlanuvchi.
CHiziql i algori t m   - deb hech qanday shartsiz faqat ketma-ket 
bajariladigan jarayonlarga aytiladi.
          Tarmoqlanuv chi algorit m  - deb ma’lum shartlarga muvofiq 
bajariladigan ko‘rsatmalardan tuzilgan algoritmga aytiladi.  
Tak rorlanuv chi algori t m  - deb biron bir shart tekshirilishi yoki biron 
parametrning har xil qiymatlari asosida algoritmda takrorlanish yuz 
beradigan jarayonlarga aytiladi.
Algoritmlarni turli usullarda tasvirlash mumkin. Masalan: so‘z bilan 
ifodalash; formulalarda berish; blok-sxemalarda tasvirlash; dastur 
shaklida ifodalash va boshqalar.
Algoritmlarni blok-sxema ko‘rinishda tasvirlash qulay va tushunarli 
bo‘lgani uchun ko‘p ishlatiladi. Bunda algoritmdagi har bir ko‘rsatma o‘z 
shakliga ega. Masalan: parallelogramm ko‘rinishdagi belgi 
ma’lumotlarni kiritish va chiqarish; to‘g‘ri to‘rtburchak belgisi hisoblash 
jarayonini; romb belgisi shartlarning tekshirilishini  bildiradi.  
Hayotimizda algoritmlarni turli sohalarda ba’zan bilgan holda ba’zan 
esa bilmagan holda ishlatamiz. Algoritmlar faqat matematik xarakterga 
ega bo‘lmasdan ularni oddiy hayotiy turmushimizda ham ko‘p 
qo‘llaymiz. Masalan, ovqat tayyorlash, choy damlash, biror berilgan 
ishni bajarish va boshqa. Bu ishlarni bajarishda ma’lum bo‘lgan aniq 
ko‘rsatmalarni ketma ket bajaramiz. Agar bu ko‘rsatmalar aniq bir 
ketma ketlik tartibida bajarilmasa kerakli natijani olaolmaymiz. Misol 
tariqasida matematik xarakterga ega bo‘lmagan butelbrod tayyorlash 
algoritmini ko‘rib chiqaylik. Bunda boshlang‘ich berilganlar: non, 
kolbasa va pishloq. Natija: butelbrod. Butelbrod tayyorlash algoritmi:
  1. non bo‘lagini kesib olish;
  2. kolbasa va pishloq bo‘lagini kesib olish;
  3. kolbasa va pishloq bo‘lagini non bo‘lagi orasiga qo‘yish.
  Agar bu jarayonning ketma ketlik o‘rinlari almashsa yoki biror bir 
bosqich amalga oshirilmasa natija bo‘lmaydi.    Algorit mik  t illar
Masalani echish algoritmi ishlab chiqilgandan so‘ng dastur tuziladi.  Dast ur  - bu berilgan 
algoritmga asoslangan biror bir algoritmik tilda yozilgan ko‘rsatmalar, ya’ni buyruqlar yoki 
operatorlar to‘plamidir.  Dast urlash  -  esa bu dastur tuzish jarayoni bo‘lib, u quyidagi 
bosqichlardan iboratdir:
  1.dasturga bo‘lgan talablar;
  2.qo‘yilgan masala algoritmini tanlash yoki ishlab chiqish;
  3.dastur kodlarini (matnlari, buyruqlarni) yozish;
  4.dasturni to‘g‘rilash va test o‘tkazish.
  Hozirgi kunda juda ko‘plab algoritmik tillar mavjud. Ularga dasturlash tillari deb ataymiz. 
Algoritmik  til - algoritmlarni bir xil va aniq yozish uchun ishlatiladigan belgilashlar va qoidalar 
tizimidir. Algoritmik til oddiy tilga yaqin bo‘lib u matematik belgilarni o‘z ichiga oladi. Tuzilgan 
algoritmlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri mashinaga berib bo‘lmaydi, shu sababli yozilgan algoritmni 
biror bir algoritmik tilga o‘tkazish zarur. Har qanday algoritmik til o‘z qo‘llanilish sohasiga ega. 
Masalan, muxandislik hisob ishlarini bajarishda Paskal, Beysik va Fortran. Iqtisod masalalarini 
echishda Paskal va Kobol. Mantiqiy dasturlash uchun Prolog va boshqalar. O‘quv jarayonlari  
uchun Beysik, Paskal va boshqalar.
Paskal, Fortran va Kobol tillari universal tillardan hisoblanadi. Assembler tili mashina tiliga 
ancha yaqin til bo‘lib o‘rta darajadagi tildir. Algoritmik til inson tillariga qancha yaqin bo‘lsa, u 
tilga yuqori darajali til deyiladi. Mashina tili esa eng pastki darajali tildir.  
Masalalarni echish bosqichlari
Kompyuterda masalani echish bosqichlari quyidagilar:
1.Masalani qo‘yish va uning matematik modelini ishlab chiqish. Ushbu bosqichda boshlang‘ich 
malumotlar tarkibi aniqlanadi. Masalani qo‘yish odatda echiladigan masalaning asosiy 
xususiyatlarini og‘zaki tavsiflash bilan tugallanadi va so‘ngra, masala matematik modeli yoziladi.
2.Echish usulini tanlash. Masala matematik ifodalanib bo‘lgandan so‘ng uni echish usuli 
tanlanadi. Bunda izlanayotgan natijalarning boshlang‘ich ma’lumotlarga bog‘liqligini aniqlaydi. 
Hozirgi zamon hisoblash matematikasi fan va texnikaga oid turli masalalarni echish uchun 
ko‘plab sonli usullarga ega.         
3.Masalani  echish  algoritmini  ishlab chiqish. Bu bosqichda komp ь yuterda masalani echish 
uchun bajariladigan amallar (buyruqlar) ketma-ketligi tavsiflanadi. Biz buni algoritmlash deb 
ataymiz.
4.Dasturlash. Bunda algoritm biror algoritmik tilga ko‘chiriladi.
5.Dasturni kiritish va xatolarini tuzatish.
6.Masalani bevosita komp ь yuterda echish va natijalarni tahlil qilish. Bunda  dasturda kerakli 
boshlang‘ich qiymatlar berilib komp ь yuterda natija olinadi va tahlil qilinadi. Bu bosqichda agar 
kerak bo‘lsa algoritm va dastur modernizatsiya qilinishi ham mumkin. YAngi olingan 
ma’lumotlar asosida kerakli xulosalar ishlab chiqiladi. Bu ma’lumotlar qo‘yilgan masalani 
turlicha tahlil qilishga, murakkab jarayonlarni tushunishga, olamshumul yangiliklarning 
ochilishiga, yangi nazariyalarning, texnika mo‘‘jizalarining yaratilishiga xizmat qiladi. Umuman 
olganda «Model-algoritm-dastur» uchligi modellashtirishning intelektual mag‘zini tashkil etadi, 
bunday uchliksiz kompyuterda murakkab masalalarni echishda muvaffaqiyatga erishib 
bo‘lmaydi.  
E’tiboringiz uchun 

rahmat

Algorit mlarning berilish usullari.

Reja: 1.Algorim nima? 2.Algorit m t urlari. 3.Masalani y echish bosqichilari.

Algorit m v a uning xossalari Elektron hisoblash mashinalarining vujudga kelishiga qadar algoritmga har xil ta’rif berib kelindi. Lekin ularning barchasi ma’no jihatdan bir-biriga juda yaqin bo‘lib, bu ta’rif hozirgi kunda quyidagicha talqin qilinadi. Ta’rif . Algoritm deb, qo‘yilgan masalani echish uchun ma’lum qoidaga binoan bajariladigan amallarning chekli qadamlar ketma-ketligiga aytiladi. Har qanday algoritm ma’lum ko‘rsatmalarga binoan bajariladi va bu ko‘rsatmalarga buyruq deyiladi.

Aniqlik v a t ushunarlilik  - deganda algoritmda ijrochiga berilayotgan ko‘rsatmalar aniq mazmunda bo‘lishi tushuniladi. Ommav iy lik  - deganda har bir algoritm mazmuniga ko‘ra bir turdagi masalalarning barchasi uchun ham o‘rinli bo‘lishi tushuniladi. N at ijav iy lik  - deganda algoritmda chekli qadamlardan so‘ng albatta natija bo‘lishi tushuniladi. Disk ret lik  - deganda algoritmlarni chekli qadamlardan tashkil qilib bo‘laklash imkoniyati tushuniladi.

.Al gori t m t urlari Algoritmning uchta turi bor: chiziqli, tarmoqlanuvchi va takrorlanuvchi. CHiziql i algori t m   - deb hech qanday shartsiz faqat ketma-ket bajariladigan jarayonlarga aytiladi.          Tarmoqlanuv chi algorit m  - deb ma’lum shartlarga muvofiq bajariladigan ko‘rsatmalardan tuzilgan algoritmga aytiladi.   Tak rorlanuv chi algori t m  - deb biron bir shart tekshirilishi yoki biron parametrning har xil qiymatlari asosida algoritmda takrorlanish yuz beradigan jarayonlarga aytiladi. Algoritmlarni turli usullarda tasvirlash mumkin. Masalan: so‘z bilan ifodalash; formulalarda berish; blok-sxemalarda tasvirlash; dastur shaklida ifodalash va boshqalar. Algoritmlarni blok-sxema ko‘rinishda tasvirlash qulay va tushunarli bo‘lgani uchun ko‘p ishlatiladi. Bunda algoritmdagi har bir ko‘rsatma o‘z shakliga ega. Masalan: parallelogramm ko‘rinishdagi belgi ma’lumotlarni kiritish va chiqarish; to‘g‘ri to‘rtburchak belgisi hisoblash jarayonini; romb belgisi shartlarning tekshirilishini  bildiradi.