Arxeologiya va etnologiya


Arxeologiya va etnologiya
Madaniyat va uning etnik funksiyasi • Reja: • 1.Madaniyat va uning etnik funksiyasi. • 2.Etnik madaniyat. • 3.Zamonaviy dunyo madaniyati va etnik madaniyat. • 4.Milliy madaniyat. An’ana urf-odat va marosimlar. • 5.O'zbek milliy mentaliteti. • 6.Xulosa.
Madaniyat va uning etnik funksiyasi • Madaniyat — jamiyat, inson ijodiy kuch va qobiliyatlari tarixiy taraqqiyotining muayyan darajasi. Kishilar hayoti va faoliyatining turli ko rinishlarida, ʻ shuningdek, ular yaratadigan moddiy va ma naviy boyliklarda ifodalanadi. «M.» ʼ tushunchasi muayyan tarixiy davr (antik M.), konkret jamiyat, elat va millat (o zbek M.i), shuningdek, inson faoliyati ʻ yoki turmushining o ziga xos sohalari (mas, ʻ mehnat M.i, badiiy M., turmush M.i)ni izoxlash uchun qo llaniladi. Tor ma noda ʻ ʼ «M.» atamasi kishilarning faqat ma naviy ʼ hayoti sohasiga nisbatan ishlatiladi.
Madaniyat tushunchasi Yevropada «M.» deyilganda dastlab insonning tabiatga ko rsatadigan maqsadga muvofiq ta siri, shuningdek, ʻ ʼ insonga ta limtarbiya berish tushunilgan (lot. ʼ C ultura — yerni ishlash, parvarishlash; ruschadagi «kultura» so zi ham shundan olingan). M. ʻ F aqat mavjud norma va urf-odatlarga rioya qilish qobiliyatini rivojlantirishni emas, balki ularga rioya qilish istagini rag batlantirishni ham o z ichiga olgan. M.ga bunday ʻ ʻ ikki yoqlama yondashuv har qanday jamiyatga xos (mas, Qad. Xitoyda jen, Hindistonda dharma). Ellinlar «madaniyatsiz» varvarlardan o zlarining asosiy farqini ʻ «paydey», ya ni «tarbiyalanganlik»da deb bilganlar. ʼ Qad. Rimning so nggi davrlarida «M.» tushunchasi ʻ ijtimoiy hayotning shahar turmush tarzini ifodalovchi mazmunlar bilan ham boyigan va o rta asrlarga kelib ʻ keng tarqalgan. Bu tushuncha keyinchalik kelib chiqqan sivilizatsiya tushunchasiga yaqin turadi.