Boburning nutq madaniyati to’g’risidagi qarashlari
Boburning nutq madaniyati to’g’risidagi qarashlari
Reja: 1. Z.M.Bobur asarlarida odob-ahloq va hulqiy fazilatlar. 2. Uning ta’lim to’g’risida yuritgan g’oyalari. 3. Bobur asarlarida vatanga bo’lgan cheksiz muhabbat.
Zahriddin Muhammad Boburning ma’naviy-ma’rifiy qarashlari Zahiriddin Muhammad Bobur ajoyib sarkardaligi bilan birga ma’rifatparvar shoh va nozik didli shoir ham bo’lgan. U o’z asarlarida go’zallikni kuylagan, insonlarni yaxshilik qilishga, hunar, ilm-fanni o’rganishga da’vat etgan. Bobur asarlarining mavzusi rang-barang bo’lib, ularda insonning ma’naviy qiyofasi, ilm-fanning foydasi, muhabbat, yaxshilik va yomonlik tasvirlangan. U yaratgan “Xatti Boburiy” asari arab yozuvini osonlashtirishga qaratilgan. Bobur arab harflarining osti va ustiga qo’yiladigan diakritik belgilar zol-zabar o’rniga harflar kiritishni taklif qilgan. Buyuk adib xalqni osonroq savodli qilish yo’lini izlab yaratgan mazkur alifbo amalga oshmadi. CHunki uni islomga shak kelitrish bilan barobar deb hisoblandi.
“ Boburnoma” asosan Hindistonda Boburiylar saltanatini barpo etgan shoh Boburning tarjimai holi bo’lib, unda muallif oddiy va jonli til bilan o’zining yoo’l qo’ygan xatolarini, qozongan g’alabalarini, yuksak orzu-umidlarini, tushkunlik holatlarini hikoya qilgan. Asar Avliyo Avgustino va Russoning kashfiyotlari, Gibbon va Nyutonning yodnomalari qatoridan o’rin olgan. Mazkur kitob umri davomida ko’pdan-ko’p yuksalishlar va tanazzullarni boshidan kechirgan insonning ibratli tarixidirki, uning yuksalishlari qanchalik sarbaland bo’lsa, tanazzullari shunchalik tubsizdir. Bobur qirq yetti yilu o’n oy umr ko’rgan bo’lsa, “Boburnoma” uning hayotidan atigi o’n sakkiz yilini qamragan. Kitob Boburning o’z qo’li bilan turkiy tilda yozilgan. Unda Bobur ijodiyotida ta’lim-tarbiya, odob-axloq masalalari keng o’rin olgan. Bir asarida: Xulqingni rost qilg’il har sorig’aki borsang, Axsanta der bari el gar yaxshi ot chiqarsang, deb yozgan Boburning o’zi umr bo’yi ana shu gapiga rioya qilgan.