“Devoni lug’atit turk” asarida keltirilgan urug’,qabila ,elat,xalq, va millat nomlari haqida
Mav zu: “Devoni lug’atit turk” asarida keltirilgan urug’,qabila ,elat,xalq, va millat nomlari haqida
Mahmud Koshg‘ariyning bu nodir asari bebaho bir qomuski, undan har bir mutaxassis o‘ziga kerakli material topa oladi. «Devon»ni ayni vaqtda qimmatli toponimik asar ham deyish mumkin. Chunki bundan uch yuz-to‘rt yuz yil oldin yozib olingan' nomlar ham hozirgi talaffuzdan ko‘ra qadimgi toponimiyaning dastlabki shakliga ancha yaqin bo‘ladi. «Devonu lug'otit turk» esa bundan qariyib 10 asr oldin yozib qoldirilgan. Shuni aytish kerakki, toponim qanchalik ilgari yozib olingan bo'lsa, shunchalik qimmatli sanaladi.
«Devon»dagi toponimik ma’Iumotlarni bir necha turga bo'lish mumkin: 1. «Devon»da tilga olingan joy nomlari. 2. Etnonimlar, ya’ni turli xalq, elat, qabila, urug‘ nomlari. 3. Antroponimlar, ya’ni kishi ismlari. 4. Geografik atamalar, o‘simlik hamda hayvon nomlari. 5. So‘zlarning fonetik va grammatik tuzilishiga doir fikrlar.
« Dev on» da qay d qilib o‘t ilgan t oponimlar haqida. Ma’Iumk i, « Dev on» ga doira deb at algan xarit a ilov a qilingan. Bundan t ashqari, mat nda ham bir qancha joy nomlari izohlab o‘t ilgan. Bizning hiso- bimizga k o‘ra « Dev onu lug'ot it t urk » da jami 160 dan ort iq t oponim t ilga olingan. Shu o‘rinda ay t ish joizk i, asarda ay rim joy, ba’zi o'simlik lar, hay v onlar nomlari at amalar t ak roran berilgan. Bunday qay t ariqlar hisobga k irmay di, albat t a.
«Devon»dagi nomlaming asosiy qismi 0 ‘rta Osiyoga oid turkiy nomlardir. Bu toponimlarning bir qanchalari hamma uchun tushunarlidir. Chunonchi, Oqsoy, Oqterak kabi nomiarni hozir ham uchratish mumkin. Buxoro, Farg‘ona, Samarqand, Xo‘jand, Xorazm, Talas, Tarim, Sayram, Manqishloq, Issiqko‘l kabi toponimlar deyarli o‘zgarishsiz yetib kelgan. Ila, Qorayalg‘a, Ala, Ertish kabinomlar fonetik jihatdan biroz o'zgarib ketgan va hozir Ili, Qorajilg‘a, Olay, Irtish shaklida yoziladi. Beshbaliq, Yangibaliq, Tunkand, Yankand, 0 ‘zkand kabi shahar nomlari, Badalart, Buqachart, Zanbiat, Qavaqart, Yafg‘uart kabi dovonlar, Ikkio‘kuz, Qoraqosh 0 ‘kuz, 0 ‘rungqosho‘kuz kabi daryolar etimologiyasiga «Devon»ning o‘zidan javob topish mumkin.