logo

Ko`chmanchi chorvador qabilalarning dehqonchilik vohalariga kirib kelishi

Yuklangan vaqt:

23.11.2024

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

5195.578125 KB
Reja:

1.  Qabila - e tnogenez va etnik tarix.

2 .  О‘zbek  xal q ining shakllanish bos q ichlari

3 .  Dehqonchilik vohalarning  umumiy tavsifi.Ko`chmanchi chorvador qabilalarning 
dehqonchilik vohalariga kirib kelishi      
Etnogenez (yunoncha ethnos - 
xalq va genesis - tug`ilishi, kelib 
chiqish; ingl.- etnogenesis; nem. - 
Ethnogenose) — etnosning kelib 
chiqishidir. 

Tarix fanidagi mavjud ilmiy 
metodologik ishlanmaga ko’ra 
etnogenez deb ilgaridan mavjud 
bo`lgan bir necha etnik 
komponentlar asosida yangi etnos  
elatning vujudga kelishiga 
aytiladi. 

«Etnogenez» tushunchasini fanga 
ilk ma	
 ro	  taba XX asrning                 
          20-yillarida N.Ya.Marri  
tomonidan kiritilgan.     
  Xalqlarning urug‘-aymoq, 
qabila, qabila ittifoqi, qavm va 
elat holatidan xalq bо‘lib 
shakllanguniga qadar davom 
etgan etnomadaniy jarayonlar 
etnogenez hisoblanadi

Etnogenez va etnik tarix xalq 
tarixining ma’lum bosqichlarida 
vujudga kelib, ma’lum bir 
etnosning elat, xalq bo`lib 
shakllanguniga qadar davom 
etadigan tarixiy va etnomadaniy 
jarayondir .     
    K ishilarning til, hudud, iq t isodiy va madaniy jihatdan tarixan tarkib 
topgan birligi. Elatga kо‘p jihatdan bir-biriga yaqin qabilalar birlashadi.

     Elat  millat shakllanishining uchinchi bos qi chi, belgisi. Qadimda 
kishilarning  e lat bо‘lib, bir hudud d a yashashlari ular orasida umumiy 
manfaatdorlik, qon-qarindoshlik his-tuyg‘ularini kuchaytirgan.      
Akademik  olim  K.Shoniyozovning  mulohazalariga 
ko’ra,  etnogenez  jarayonida  etnosni  belgilovchi 
hududiy,  til  va  etnomadaniy  birlik,  ijtimoiy-iqtisodiy  va 
xo`jalik,  etnik  nom(etnonim)  hamda  o`zlikni  anglash 
birligi,    siyosiy  uyushma  birligi,  din  umumiyligi   va 
boshqa  qator  etnik  alomatlar  muhim  ahamiyat  kasb 
etadi.  Ushbu  etnik  alomatlar  va  belgilarning  barchasi 
sodir  bo`lgandagina  etnos-xalq  shakllanadi,  ya’ni 
etnogenez jarayoni yakunlanadi.     
   Xalq tarixining etnogenez qismi uning elat, xalq bo`lib 
shakllanishuviga qadar bo`lgan davrni o`z ichiga oladi. 
        Xalq etnogenezi juda uzoq davom etadigan tarixiy va 
etnomadaniy jarayon. Uning ibtidosi qabila va qabila ittifoqidan 
boshlanadi. Qachonkim, aynan o`rganilayatgon  xalqning 
etnogenezi yakunlangach uning etnik tarixi boshlanadi     
O`rta Osiyo xalqalri tarixini bilimdoni prof. S.P. Toltov shunday 
degan edi “ Hozirgi zamon O`rta Osiyo xalqlarining birontasi xam 
qadimgi etnik guruhlarga  bevosita borib taqalmaydi. Aksincha 
ularning shakllanishida     yerli xalqlar  va tevarak atrofdan ko`chib  
kelgan xalqlar har xil nisbatta  o`z aksini topgan. 
     Bundan  O`zbek xalqi xam mustasno 
emas. Shunday ekan, Movarounnahr va 
qadimgi Xorazm  hudularida ikki til 
turkiy va eroniy tillar turkumidagi 
qabila va elatlar bo`lib ularni  uzoq 
yillar davomida aralashuvi, qorishuvi 
jarayonida o`zbek xalq bo`lib 
shakllandi     
Dastlab o‘zbek etnogenezining boshlang‘ich nuqtasi  turk xoqonligidan  
boshlandi, degan tezis paydo bo‘ldi (akademik A.YU.Y a kubovskiy g‘oyasi). 

Keyinroq, turkiy etnik guruhlar bu zaminga ancha avvalroq, antik davrida kirib 
kelgan,  shuning uchun o‘zbek etnogenez tarixini  antik davridan  boshlash kerak, 
degan tezis paydo bo‘ldi (akademik S.P.Tolstov g‘oyasi). 

Qadimgi yozma va moddiy madaniyat manbalarining qiyosiy o‘rganish 
natijasida akad. A.Asqarov o‘zbek etnogenezining boshlang‘ich nuqtasi  so‘ng g i  
bronza davriga  borib taqalishini asoslaydi.       
О‘zbekiston hududlari va 
uning tevarak-atrof 
rayonlarida deyarli ikki ming 
yil davom etgan etnogenetik 
jarayonlar natijasida, ya’ni 
sug‘diylar, xorazmiylar, 
toh ariylar va saklarning shu 
zaminda bronza davridan 
boshlab, ular bilan yonma-
yon yashab kelayotgan turkiy 
zabon qabila va qavmlari 
bilan aralashuvi, qorishuvi 
natijasida о‘zbek xalqi XI 
asrda tо‘la-tо‘kis, XII asrda 
esa  uzil-kesil shakllandi.      
Arxeologik tadqiqot natijalariga qaraganda 
bepoyon Qipchoq cho‘lining tub aholisi 
ushbu zaminning tabiiy-geografik 
sharoitiga ko‘ra, bronza davridan boshlab 
ko‘chmanchi chorvachilikka o‘ta 
boshlagan.  Ularga tegishli yodgorliklar 
G‘arbiy Qozog‘istondan  shimolda to Orol 
daryosigacha bo‘lgan dashtlarda, janubda 
Sirdaryoning o‘rta havzasigacha, sharqda 
Boyqalgacha yoyilgan bo‘lib,  shu 
geografik kenglikning Markaziy va 
S h arqiy Qozog‘iston, Tog‘li Oltoy, Ob, 
Tobol, Enisey daryolari havzalarida, butun 
Janubiy Sibir hududlarida keng tarqalgan. 
Qadimgi Xitoy yozma manbalariga ko‘ra, 
mana shu hududlarda miloddan oldingi         
        III-II ming yilliklarda turkiy qabilalari 
yashagan.     
Movarounnahr va Xorazmda  
turkiy etnosni birinchi bor paydo 
bo‘lishi mavjud tasavvurlarga 
ko‘ra, Turk xoqonligi yoki antik 
davridan emas, balki ancha avval, 
bronza davri ga borib taqaladi. 
S h unday qilib, agar turkiy 
qabilalarning Movarounnahrga 
kirib kelishini birinchi yirik 
to‘lqini so‘ngi bronza davri bilan 
xarakterlansa, bu jarayonlar bilan 
bog‘liq ikkinchi yirik etnik to‘lqin 
antik davrida, ya’ni Da-yuechji 
qabilalari va hunnlarning bu 
zaminda paydo bo‘lishi bilan 
bog‘liq edi     
Mill. avv. III asrda  O‘rta 
Osiyoning shimolida, 
Sirdaryoning o‘rta va quyi 
havzalari, Ettisuvdan to     
shimoliy-g‘arbiy O‘rolgacha 
cho‘zilgan keng mintaqada yarim 
o‘troq, yarim ko‘chmanchi Qang‘ 
davlatini tashkil top di . Bu davlat 
fuqarolarining aksariyat 
ko‘pchilligini turkiy qavmlar 
tashkil etsada, mamlakat aholisi 
ikki tilda so‘zlashganlar. Ammo, 
davlat ijtimoiy-siyosiy hayotida 
turkchilikning mavqei 
ustunligidan, uning ta’sir doirasi 
Amudaryogacha bo‘lgan 
hududlariga borib etdi.      
Arablarning O‘rta  Osiyoga kirib 
kelishi turkiy qabila  va qavmlarni  
mintaqa ichki rayonlariga jadal kirib 
kelishini vaqtincha to‘xtatdi. Natijada 
ungacha  bu erga kelib,  o‘rnashib 
qolgan  turkiy qavmlaring erli aholi 
bilan aralashib, qorishib  ketish 
jarayoni tezlashadi. Ayniqsa bu 
jarayon Movarounnahrning shimoliy 
va sharqiy rayonlarida yaqqol ko‘zga 
tashlanadi. Bu zonada  VIII-IX 
asrlarda  turkiy nomdagi shaharlar 
barpo etiladi. Masalan, Angren 
daryosi havzasida Abrlik, Namudlik 
kabi kon sanoati shaharlari qad 
ko‘taradi.      
IX asrning 40 yillarida 
Movarounnahrdan shimoliy-sharqda  
Qarluqlar davlatining tashkil topishi 
o‘zbek xalqi etnogenezida muhim bir 
voqea edi. Qarluq turklari atrofiga 
o‘troq, yarim o‘troq va chorvador 
turkiy qabilalar birlashib, kuchli 
siyosiy davlat uyushmasi tarkib topdi. 
Qarluqlar milodiy VI-VII asrlardayoq 
O‘rta Osiyoning shimoliy va shimoliy-
sharqiy hududlarining katta qismini  
egallagan edilar. Ular boshqa turkiy 
qabilalar bilan birgalikda  Janubiy 
Qozog‘iston, Toshkent vohasi, 
Zarafshon havzalarigacha, ularning 
ayrim guruhlari Toxaristongacha kirib 
borgan edilar.       
X asr o‘rtalarida bu hududda Qarluqlar 
davlatining davomi sifatida Qoraxoniylar 
sulolasi hokimiyat tepasiga keldi. X asrning 
oxiri-XI asrning boshlariga kelib esa 
Movarounnahrning barcha hududlarida 
Qoraxoniylar hukmronligi o‘rnatildi. 
Endilikda, Qashqardan Amudaryogacha, 
SHarqiy Turkistonning bir qismi, Ettisuv, 
Toshkent vohasi, Qadimgi Farg‘ona, 
Qadimgi Sug‘d va Baqtriya-Toxaristonni 
o‘z ichiga olgan hududiy geografik 
kenglikda Qoraxoniylar davlatini tashkil 
topishi o‘zbeklarning xalq sifatida uzil-kesil 
shakllanganligini ko‘rsatuvchi etnik belgi 
edi. 

o‘zbek xalqi XI asrda to‘la-to‘kis, XII asrda 
esa  uzil-kesil shakllandi.     16Tarixiy manbalarning umumiy tavsifi

  Tarixiy manba-deganda  o`tmishdan qolgan hamda jamiyat 
hayotining ayrim bosqichi yoki tomonlarini o`zida 
mujassamlashtirgan moddiy va ma`naviy yodgorliklarni tushunamiz. 
Tarixiy manbalar qatoriga qadimgi odamlarning manzilgoxlari, 
qadimgi shaharlar, qal`alar va ularning harobalari, sug’orish 
inshootlari qoldiqlari, ajdodlarimizning mehnat qurollari, uy-
ro`zg’or buyumlari, zeb-ziynatlar, tangalar, qoyatosh sur`atlari, 
petrogliflar, yozma hujjatlar va boshqalar kiradi.     17
        Ashyoviy manbalarga 
qadimgi odamlarning 
manzilgohlari, binolar, turli 
inshootlar, mehnat qurollari 
va turli buyumlar kiradi. 
Ashyoviy manbalarni qidirib 
topish va o’rganish bilan 
asosan arxeologiya fani 
shug’ullanadi. 1. ASHYOVIY 
MANBALAR :     18
Xalqlarning kelib chiqishi, 
turmush tarzi, ma`naviy 
hayotini, sodir bo`lgan va 
bo`layotgan etnik 
jarayonlarni o`zida aks 
ettirgan materiallar 
etnografik manbalar 
guruhiga kiradi. Bu 
manbalarni ko`makchi tarix 
fanlari - “Etnologiya” fani 
o’rganadi. Etnografik 
manbalar ayrim hollarda 
uzoq o`tmishini qayta 
tiklashda g’oyat muhim rol 
o`ynaydi.      19
   Xalq uzoq asrlar 
davomida o`zi 
ortirgan tarixiy 
bilimlarni og’zaki 
ijod orqali 
avloddan-avlodga 
etkazib keldi. 
Turli rivoyatlar, 
asotirlar, xalq 
dostonlari va 
maqollarda 
tarixning u yoki 
bu tomonlari o`z 
aksini topdi.      20
O`zbek tili va boshqa 
tillarning leksik tarkibida 
mavjud bo`lgan va hozir ham 
mavjud atamalar va 
toponimlar (joy nomlari)ni 
tadqiq etish jarayonida 
qimmatli tarixiy materiallar 
qo`lga kiritilishi mumkin. 
Atamalar va topilmalarning 
kelib chiqishi va mazmunini 
aniqash bilan lingvistika  
(tilshunoslik) fani 
shug’ullanadi. Bunday 
ma`lumotlar lingvistik 
manbalar deb ataladi.

Reja:  1. Qabila - e tnogenez va etnik tarix.  2 . О‘zbek xal q ining shakllanish bos q ichlari  3 . Dehqonchilik vohalarning umumiy tavsifi.Ko`chmanchi chorvador qabilalarning dehqonchilik vohalariga kirib kelishi

 Etnogenez (yunoncha ethnos - xalq va genesis - tug`ilishi, kelib chiqish; ingl.- etnogenesis; nem. - Ethnogenose) — etnosning kelib chiqishidir.  Tarix fanidagi mavjud ilmiy metodologik ishlanmaga ko’ra etnogenez deb ilgaridan mavjud bo`lgan bir necha etnik komponentlar asosida yangi etnos elatning vujudga kelishiga aytiladi.  «Etnogenez» tushunchasini fanga ilk ma ro taba XX asrning 20-yillarida N.Ya.Marri tomonidan kiritilgan.

 Xalqlarning urug‘-aymoq, qabila, qabila ittifoqi, qavm va elat holatidan xalq bо‘lib shakllanguniga qadar davom etgan etnomadaniy jarayonlar etnogenez hisoblanadi  Etnogenez va etnik tarix xalq tarixining ma’lum bosqichlarida vujudga kelib, ma’lum bir etnosning elat, xalq bo`lib shakllanguniga qadar davom etadigan tarixiy va etnomadaniy jarayondir .

 K ishilarning til, hudud, iq t isodiy va madaniy jihatdan tarixan tarkib topgan birligi. Elatga kо‘p jihatdan bir-biriga yaqin qabilalar birlashadi.  Elat millat shakllanishining uchinchi bos qi chi, belgisi. Qadimda kishilarning e lat bо‘lib, bir hudud d a yashashlari ular orasida umumiy manfaatdorlik, qon-qarindoshlik his-tuyg‘ularini kuchaytirgan.

 Akademik olim K.Shoniyozovning mulohazalariga ko’ra, etnogenez jarayonida etnosni belgilovchi hududiy, til va etnomadaniy birlik, ijtimoiy-iqtisodiy va xo`jalik, etnik nom(etnonim) hamda o`zlikni anglash birligi, siyosiy uyushma birligi, din umumiyligi va boshqa qator etnik alomatlar muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu etnik alomatlar va belgilarning barchasi sodir bo`lgandagina etnos-xalq shakllanadi, ya’ni etnogenez jarayoni yakunlanadi.