logo

Empirik tadqiqot usullari

Yuklangan vaqt:

15.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

2228.462890625 KB
MAVZU: EMPIRIK 
TADQIQOT USULLARI RE JA:
•
  Empirik tadqiqot usuli haqida 
•
  Empirik tadqiqot usuli turlari 
•
  Metrologiya 
•
  Metrologiya asosiy vazifalari KIRISH
•
  Fanda  ilmiy  yutuq  va  samaradorlikka  erishishni 
muhim  shartini  tadqiqot  usulini  ishlab  chiqish  va 
tatbiq  qilish,  fan  va  texnologiya  taraqqiyotiga 
javoban  usul  va  uslubiy  yondashuvlarni  yangilash 
tashkil qiladi.
•
Tadqiqot  usuli  fanda  o’ziga  xos  richag  (pishang) 
rolini  o’ynaydi,  obyektni  yangi  xislatlari  va 
qonuniyatlarini  ochish,  olingan  ma’lumotlarni 
tavsiflash,  tahlil  qilish,  gipoteza,  g’oya  va 
nazariyalar  ishlab  chiqish  imkoniyatini  beradi.  Shu 
bois  tadqiqot  usuli  masalalarini  qo’yish,  ularni 
ishlab  chiqish,  samaradorligini  ko’tarish  fanda 
ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi.   •
Tadqiqot oldiga qo’yiladigan 
maqsadlardan biri izlanish 
obyektidagi xossa va 
qonuniyatlarini ochish, ularni 
tushuntiradigan nazariyani 
ishlab chiqishdir. Lekin 
izlanish obyekti bo’lgan 
xossalar, qonuniyatlar va 
funksional munosabatlar 
«yashiringan» bo’ladi, ularni
bevosita mushohada qilib 
bo’lmaydi. SAVOL                      
•
Arximed qonuni ko’rinadimi 
yoki biron-bir asbob yordamida 
qayd qilsa bo’ladimi? Yo’q 
albatta. Yoki  A.Eynshteynning 
•
Ye =M.S2 formulasida 
ifodalangan massa, energiya va 
harakat tezligi o’rtasidagi 
bog’lanish qonuniyatini 
bevosita mushohada qilish 
mumkinmi?  
•
Kashf etiladigan xossalar, qonuniyatlar va 
funksiyalar aslida hodisalar, belgilar va qiymatlar 
ortida «yashiringan»bo’ladi. Hodisalar va xossalar 
qayd etilgan faktlar bayoni berilgandan keyin ular 
tahlil qilinadi, umumlashtiriladi. Umumlashtirish 
jarayonida qonun va qonuniyatlar ochiladi, g’oya, 
nazariya ishlab chiqiladi. A.Eynshteyn o’zini 
mashhur formulasini ishlab chiqishdan oldin fizika 
fanida qo’lga kiritilgan ko’plab empirik va 
eksperimental tadqiqot natijalarini o’rgandi, 
faktlarni shakllanayotgan yangi fizik tamoyillar 
asosida tahlil qildi. Demak, har qanday nazariy 
kashfiyot, umumlashma va xulosani «tomiri» 
empirik tadqiqotlarga borib taqaladi.  •
Tadqiqotni boshida turgan, 
izlanish dasturi va rejasida 
birilganlardan bo’lib 
foydalanish ko’zda tutilgan 
empirik tadqiqot usullari 
obyektga oid dastlabki 
ma’lumotlarni olish va 
birlamchi qayta ishlash 
amallarini bajarish 
imkoniyatini beradi.   
•
  TADQIQOTDA 4 XIL O’LCHOV 
SHKALALARIDAN 
FOYDALANADILAR.•
   
•
1. Nominal, ya’ni, nomlar, 
ifodalar shkalasi. Bu shkala 
bir-birini kesib 
o’tmaydigan guruhlarni 
ifodalaydi. Masalan, jins va 
millati, ma’lumot bo’yicha 
mutaxassis, qaysi rangni 
afzal ko’rish va boshqalar.   •
2. Tartib shkalasi. Bu shkala 
nafaqat obyektlarni sinflarga 
(turlarga) bo’lish, balki 
ulardgi belgilarni o’sishi yoki 
kamayishiga qarab 
tartiblashtirish, 
aniqlanilayotgan xislat qaysi 
obyektlarda ko’p yoki oz 
miqyosda xos ekanligini qayd 
qilish imkoniyatini beradi.  
•
3. Interval (oraliq) shkalasi. 
O’lchanadigan hodisani 
qiymati yoki miqdori nol 
raqami bilan boshlanadigan, 
keyingi darajalar o’sish yoki 
kamayish sonlari bilan 
belgilaydigan o’lchagichlar 
(termometr, spektrofotometr 
va boshqalar) yordamida 
aniqlanadi.   •
4. Munosabat shkalasi. 
Bunda munosabatlar 
darajasi miqdor shkalalari 
yordamida belgilanib, bir 
obyektdagi xislatlar qiymati 
boshqasidagidan qanchalik 
ko’p yoki oz ekanligi 
raqamlarda ifodalanadi.   
•
Ilmiy tadqiqotda kompyuterdan foydalanish o’lchash 
usuliga inqilobiy xarakterga ega bo’lgan tub o’zgartirish 
kiritmoqda. Izlanish sohasida kompyuter 
texnologiyasini tatbiq qilish shunday holatga olib 
keladiki, bunda o’lchashni amalga oshirishda subyektni 
bo’lishi shart emas. Axborot tizimi kompyuterga ulanib, 
undagi maxsus dastur olinayotgan ma’lumotlarni 
mustaqil qayta ishlab chiqishi mumkin.   
•
Empirik tadqiqotda amalga 
oshirilgan kuzatish va 
o’lchash natijalari 
taqqoslash va tavsiflash 
usullari yordamida qayta 
ishlanadi. Buning oqibatida 
obyekt haqidagi tasavvur 
yanada konkretlashadi.  •
Predmetni tavsiflash – bu obyektning 
belgilari va xossalariga doir axborot va 
faktlarni ma’lum qoidalar asosida matnda 
qayd qilib, u haqda to’la yoki to’liqsiz 
tasavvur hosil qilishdir. To’liq tasavvur 
obyektning xossalari va qonuniyatlarini 
tushuntirish uchun zamin bo’lsa, to’liqsiz 
tasavvur uni tushuntirish yoki tushunishga 
yordam beradigan g’oyani, gipotezani 
ishlab chiqishga xizmat qiladi. XULOSA 
•
Xususan, biologik, sosiologik, madaniyatshunoslik,  psixologik 
tadqiqotlarda  sifatiy  va  va  miqdoriy,  strukturaviy  va  funksional, 
morfologik va genetik, to’la va to’liqsiz, empirik va nazariy tavsiflash 
amalga oshiriladi.
•
Tavsiflash  nazariyaga  olib  boradigan,  unga  muqaddima  bo’ladigan 
izlanish  faoliyatidir.  Tavsiflash  tarkibiga  hodisa  sababini 
ko’rsatadigan bayonni kiritish uni nazariyaga yaqinlashtiradi.
•
Tavsif har qanday tadqiqotning muhim bosqichi va bo’g’ini sifatida 
o’z ahamiyatini har doim saqlab qoladi.  •
Tavsiflash predmetni ta’riflash 
emas, u tushuntirishni ham 
o’rnini bosmaydi. Tavsiflashni 
uslubiy funksiyasi obyektning 
xolisona va mumkin qadar to’la 
tasvirini berishdir. Bu bilan 
tavsiflash ta’rif va tushuntirishni 
to’ldiradi.   E’TIBORIZ UCHUN RAHMAT

MAVZU: EMPIRIK TADQIQOT USULLARI

RE JA: • Empirik tadqiqot usuli haqida • Empirik tadqiqot usuli turlari • Metrologiya • Metrologiya asosiy vazifalari

KIRISH • Fanda ilmiy yutuq va samaradorlikka erishishni muhim shartini tadqiqot usulini ishlab chiqish va tatbiq qilish, fan va texnologiya taraqqiyotiga javoban usul va uslubiy yondashuvlarni yangilash tashkil qiladi. • Tadqiqot usuli fanda o’ziga xos richag (pishang) rolini o’ynaydi, obyektni yangi xislatlari va qonuniyatlarini ochish, olingan ma’lumotlarni tavsiflash, tahlil qilish, gipoteza, g’oya va nazariyalar ishlab chiqish imkoniyatini beradi. Shu bois tadqiqot usuli masalalarini qo’yish, ularni ishlab chiqish, samaradorligini ko’tarish fanda ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi.

• Tadqiqot oldiga qo’yiladigan maqsadlardan biri izlanish obyektidagi xossa va qonuniyatlarini ochish, ularni tushuntiradigan nazariyani ishlab chiqishdir. Lekin izlanish obyekti bo’lgan xossalar, qonuniyatlar va funksional munosabatlar «yashiringan» bo’ladi, ularni bevosita mushohada qilib bo’lmaydi.

SAVOL • Arximed qonuni ko’rinadimi yoki biron-bir asbob yordamida qayd qilsa bo’ladimi? Yo’q albatta. Yoki A.Eynshteynning • Ye =M.S2 formulasida ifodalangan massa, energiya va harakat tezligi o’rtasidagi bog’lanish qonuniyatini bevosita mushohada qilish mumkinmi?