logo

Hayvonlarda yirtqich-o’lja va parazit-xo’jayin munosabatlarining ekalogik ahamiyati

Yuklangan vaqt:

15.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

2007.1103515625 KB
Hayvonlarda yirtqich-
o’lja va parazit-xo’jayin 
munosabatlarining 
ekalogik ahamiyati Reja 
•
Yirtqich-o’lja va parazit-xo’jayin munosabatlari 
•
Yirtqich-o’lja va parazit-xo’jayin munosabatlarining 
ahamiyati •
Tabiatdagi biotik munosabatlar xilma-xil bo’lib, ularning 
eng muhimlari yirtqich-o’lja, parazit-xo’jayin, tekinxo’rlik, 
o’zaro foydali, qarama-qarshi aloqalar, betaraflik, o’simlik 
va hayvonlar o’rtasidagi o’zaro aloqalar, sig’indilik, uya 
parazitizmi va boshqalar hisoblanadi. Bularning barchasi 
uyg’unlikda biotik omillarni tashkil etadi. 
•
Y irt qich-o’lja v a parazit -xo’jay in munosabat lari 
organizmlar o’rtasidagi ozuqa orqali bo’ladigan 
munosabatlardir. Chunki, geterotroflar boshqa geterotrof 
yoki avtotroflar hisobiga yashaydi. Ma’lumki, yirtqichlar 
o’ljasini ushlab jonsizlantirib, so’ng eydi. Shuning uchun 
yirtqichlarda o’ziga xos fe’l-atvor (aktiv reaktsiya, tez 
harakat va boshqalar) shakllangan bo’ladi. 
Mushuksimonlar oilasiga mansub bo’lgan gepardlar o’lja 
ketidan quvlaganda, bir sekundda 20 metr yo’lni bosadi, 
soatiga 110 hatto 140 km tezlikda chopa oladi.   •
Yirtqichlar o’z o’ljasini ta’qib qilish va ularni ushlash paytida 
muayyan energiya sarf etadi va ma’lum qarshilikka ham uchraydi. 
Bu esa, yirtqich o’ljada o’ziga xos ekologik moslanishning 
shakllanishi va ayni organizmlar guruhining progressiv 
evolyutsiyalanishiga sabab bo’ladi. Shu bilan birga, o’ljada passiv 
himoya vositalari – bilintirmay qo’yadigan aks-soya, chalg’ituvchi va 
ogohlantiruvchi rang, narsalarga va boshqalarga tahdid qilish, 
himoya qalqoni, tikanlar va boshqalar vujudga kelgan. Bularning 
barchasi tabiiy tanlashning natijasi hisoblanadi. 
•
Yirtqichlarda o’ziga xos moslanishning belgisi – ularning keng 
ozuqa spektriga ega ekanligidir. Buning asosida yirtqichlar alohida 
bir o’ljaga bog’lanib qolmasdan, sharoitga qarab osonlikcha bir 
o’ljadan ikkinchisiga o’ta oladi. Tabiatda yirtqichlar ovqatlanishi 
uchun imkoni boricha kam energiya sarf etishga harakat qiladi.   •
Shuning uchun ham bular son jihatdan ko’proq bo’lgan va oson 
ovqatlanadigan, lekin biologik to’la qiymatli o’lja bilan oziqlanadi. Oq 
ayiqlar xilma-xil jonivorlar bilan oziqlanadi: tyulenlar, baliqlar, lemminglar 
(sichqonlar oilasiga mansub tur), oq tulki va boshqalarni ovlaydi. Lekin 
bularning ichida u tyulenlar go’shtini xush ko’radi, ilvirslar esa echkilarni 
bir necha soatlab poylab yotadi. 
•
Yaqin vaqtlarga qadar yirtqichlarga zararli hayvonlar hisobida qaralar edi. 
Buning natijasida qator yirtqich hayvonlar shavqatsiz qirib tashlanib, 
tabiatga katta zarar etkazildi. Chunki, ular o’lja bo’lgan kasal zaif 
individlarni populyatsiya tarkibidan tozalab katta foyda keltiradi va sanitar 
vazifani bajaradi. Jumladan, hatto bo’rilarni shimol bug’ulari podalarining 
tez ko’payishi va yashovchanligining ortishiga yordam berishi aniqlangan. 
•
Yirtqichlar tabiiy tanlanishning borishini tezlashtiruvchi omillardan biridir. 
•
Yirtqichlardan farqliroq parazitizm turning xo’jayinligi tor ma’nodagi 
maxsus moslashganligidir. Masalan, odam askaridasi faqat odam ingichka 
ichagida yashasa, ot askaridasi esa faqat otlardagina parazitlik qiladi. 
Chunki parazitlar o’z xo’jayinidan faqat ozuqa manbai sifatidagina emas, 
balki undan vaqtincha yoki doimiy yashash muhiti sifatida ham 
foydalanadi.   •
Parazitlar xo’jayin tanasida xavf-xatardan to’liq himoyalangan parazitlik 
hayotiga moslashuv tufayli, ularda qator organlar reduktsiyalangan, morfo-
fiziologik soddalashishga sabab bo’lgan. Masalan, tasmasimon 
chuvalchanglarda ovqat hazm qilish sistemasi butunlay qisqarib ketgan, nerv 
sistemasi ham reduktsiyaga uchragan. Shiralar o’simliklarning bargi, novdasi 
va ildiz qismida parazitlik qilishi bilan birga, ular faoliyati natijasida ozuqa 
o’simligining turli qismlarida hosil bo’lgan turli-xil gallar ichida ham hayot 
kechirishga moslashgan. Bunday gallarning bahorda teraklar, qayrag’och bargi 
va novdalarida ko’plab uchratish mumkin. Gallar ichidagi shiralar ancha sodda 
tuzilgan, mo’ylablari 4 bo’g’imli, ko’zlari 3 fasetkali, kam harakatli bo’ladi. 
Ularning hayoti uchun muhim sanalgan dum va shira naychalari bo’lmasligi 
mumkin. 
•
Tabiatda parazit-xo’jayn munosabati stabillashmagan taqdirda parazitlar 
faoliyati juda xavfli bo’ladi. Tripanasomalar, antilopalar qonida yashaganda, bu 
hayvonlarga umuman zarar keltirmaydi, lekin ular antilopalardan tse-tse 
pashshalari orqali odamlarga o’tgach, ya’ni transmissiya sodir bo’lgach o’ta 
xavfli, o’lim bilan tugallanuvchi uyqu kasalligini yuzaga chiqaradi.  •
Y irt qich-o’lja, parazit -xo’jay in m unosabat i  tabiatda 
moddalar almashinuvida va turlar sonining 
boshqarilishida muhim rol o’ynaydi. Paxta dalalari va 
bog’larda zararkunanda hasharotlar sonini kamaytirib, 
boshqarib turuvchi asosiy omillardan biri yirtqich va 
parazit organizmlarning faoliyatidan boshqalari qulaygina 
foydalanishi mumkin. Bu organizmlar o’rtasida 
kommensalizm  – bir tomonlama foydali munosabat bo’lib, 
ikkinchi organizmga umuman zarar etmaydi. Yirik 
yirtqichlarning o’lja qoldiqlari bilan o’limtikxo’r 
qushlarning ovqatlanishi bunga misol bo’ladi. Keyinchalik 
chumchuqsimonlar o’txo’r hayvonlar chiqindilaridan to’liq 
hazm bo’lmagan donlarni topib eydi.  E’t iboringiz 
uchun 
rahmat !!!

Hayvonlarda yirtqich- o’lja va parazit-xo’jayin munosabatlarining ekalogik ahamiyati

Reja • Yirtqich-o’lja va parazit-xo’jayin munosabatlari • Yirtqich-o’lja va parazit-xo’jayin munosabatlarining ahamiyati

• Tabiatdagi biotik munosabatlar xilma-xil bo’lib, ularning eng muhimlari yirtqich-o’lja, parazit-xo’jayin, tekinxo’rlik, o’zaro foydali, qarama-qarshi aloqalar, betaraflik, o’simlik va hayvonlar o’rtasidagi o’zaro aloqalar, sig’indilik, uya parazitizmi va boshqalar hisoblanadi. Bularning barchasi uyg’unlikda biotik omillarni tashkil etadi. • Y irt qich-o’lja v a parazit -xo’jay in munosabat lari organizmlar o’rtasidagi ozuqa orqali bo’ladigan munosabatlardir. Chunki, geterotroflar boshqa geterotrof yoki avtotroflar hisobiga yashaydi. Ma’lumki, yirtqichlar o’ljasini ushlab jonsizlantirib, so’ng eydi. Shuning uchun yirtqichlarda o’ziga xos fe’l-atvor (aktiv reaktsiya, tez harakat va boshqalar) shakllangan bo’ladi. Mushuksimonlar oilasiga mansub bo’lgan gepardlar o’lja ketidan quvlaganda, bir sekundda 20 metr yo’lni bosadi, soatiga 110 hatto 140 km tezlikda chopa oladi.

• Yirtqichlar o’z o’ljasini ta’qib qilish va ularni ushlash paytida muayyan energiya sarf etadi va ma’lum qarshilikka ham uchraydi. Bu esa, yirtqich o’ljada o’ziga xos ekologik moslanishning shakllanishi va ayni organizmlar guruhining progressiv evolyutsiyalanishiga sabab bo’ladi. Shu bilan birga, o’ljada passiv himoya vositalari – bilintirmay qo’yadigan aks-soya, chalg’ituvchi va ogohlantiruvchi rang, narsalarga va boshqalarga tahdid qilish, himoya qalqoni, tikanlar va boshqalar vujudga kelgan. Bularning barchasi tabiiy tanlashning natijasi hisoblanadi. • Yirtqichlarda o’ziga xos moslanishning belgisi – ularning keng ozuqa spektriga ega ekanligidir. Buning asosida yirtqichlar alohida bir o’ljaga bog’lanib qolmasdan, sharoitga qarab osonlikcha bir o’ljadan ikkinchisiga o’ta oladi. Tabiatda yirtqichlar ovqatlanishi uchun imkoni boricha kam energiya sarf etishga harakat qiladi.