Hozirgi zamon ekologik xamkorlik yo’nalishlari
Mavzu:Hozirgi zamon ekologik xamkorlik yo’nalishlari. Reja: 1.X al q aro ekologik h amkorlikning shakllari. 2. Davlatlararo tuzilgan ekologik bitimlar. 3.Chet ellarda tabiatni muhofaza qilish.
1. X al q aro ekologik h amkorlikning shakllari. Yer sayyorasi insoniyatning umumiy yashash joyi, yagona uyi hisoblanishi va Yer yuzida ekologik halokatni bartaraf qilish mavjud 200 dan ortiq davlatlar, 6 mlrd.ga ortiq insonlarning umumiy vazifasidir. Tabiatni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish halqaro kelishuv asosida umumjahon miqyosida amalga oshirilgandagina o'z samarasini berishi mumkin. Davlatlararo hamkorliklarning sayyoramizda biosferaning yagonaligidan va insonlarning ta'siri hech qanday davlat chegaralari bilan cheklanmasligidan kelib chiqadi. Oxirgi yillarda insoniyatni tashvishga solayotgan ko'plab mintaqaviy va umumsayyoraviy ekologik muammolar faqatgina davlatlararo hamkorlik yo'li bilan hal qilinishi mumkinligi ma'lum bo'lib qoldi.
Hozirgi vaqtda tabiatni muhofaza qilish sohasida hamkorlikning ikki asosiy shakli ajratiladi: 1. Atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslarda oqlona foydalanishga qaratilgan ikki tomonlama va ko'p tomonlama shartnoma va konvensiyalar; 2. Xalqaro tabiatni muhofaza qilish tashkilotlari.
2. Davlatlararo tuzilgan ekologik bitimlar. Turli davlatlarning tabiatni muhofaza qilish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish uchun davlatlaraor shartnomalar va konvensiyalar keng qo'llaniladi. Badiiy hamkorlik dastlab XIX asr ohirida hayvonot dunyosidan foydalanishni tartibga solish yo'nalishida vujudga kelgan. Ayniqsa ko'chib yuruvchi hayvonlarni muhofaza qilish katta e'tibor berilgan. Faqatgina baliq, kit va boshqa okean hayvonlarini ovlashni tartibga solish haqida 70 dan ortiq shartnomalar, konvensiyalar mavjud. Kitlarni ovlashni cheklashga oid birinchi halqaro konvensiya 1931 yilda tuzilib, unda Antarktida atrofidagi suvlardan har yili 15 mingdan ortiq kit ovlamaslik ko'rsatilgan edi.