logo

HOZIRGI ZAMON PSIXOLOGIYA FANINING TUZILISHI VA METODLARI

Yuklangan vaqt:

15.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

2639.736328125 KB
HOZIRGI ZAMON PSIXOLOGIYA 
FANINING TUZILISHI VA METODLARI.
1 Hozirgi zamon psixologiyasining tuzilishi?
2 Hozirgi zamon psixologiya fanining metodlari?
3 Psixologiya fanining asosiy prinsiplari?  HOZIRGI ZAMON PSIXOLOGIYA 
FANINING TUZILISHI.
•
Hozirgi zamon psixologiya fani amaliyotning turli sohalari bilan bog’langan, g’oyat tarmoqlanib ketgan fanlar 
tizimidan iborat. Psixologiya fanining barcha sohalarini quyidagi asoslar bo`yicha klassifikatsiya qilish mumkin:
1) konkret faoliyatning psixologik tomoni;
2) taraqqiyotning psixologik tomoni;
3) insonning (taraqqiyot va faoliyat sub’ekti sifatida) jamiyatga bo`lgan munosabatining psixologik tomoni.
Konkret faoliyatning psixologik tomoni bo`yicha psixologiya fanining bir qator sohalarini ajratib ko`rsatish 
mumkin. MEHNAT PSIXOLOGIYASI .
  Mehnat psixologiyasi inson mehnat faoliyatining psixologik xususiyatlarini, 
mehnatni ilmiy asosda tashqil qilishning psixologik asoslarini o`rganadi. 
Odamning kasb uchun muhim ahamiyatga ega xususiyatlarini, mehnat 
malakalarining shakllanishi va taraqqiyoti qonuniyatlarini o`rganish, ishlab 
chiqarish vositalarining turli xususiyatlari (rangi, mosligi, joylashishi) ish joyi 
kabilarning kishiga (mehnatkashga) ta’sirini o`rganish mehnat psixologiyasining 
vazifasiga kiradi.  
           INJENERLIK PSIXOLOGIYAS.
. Injenerlik psixologiyasi inson va mashina o`rtasidagi vazifalarni taqsimlash, 
ularning vazifalarini muvofiqlashtirish kabi muammolarni o`rganadi. 
Psixologiyaning bu sohasi asosan avtomatlashtirilgan tizimlarni boshqaruvchi 
operatorlarning faoliyatini o`rganadi. Keyingi yillarda mehnat va injenerlik 
psixologiyasi tarkibidan avval aviatsiya, keyinchalik kosmik psixologiya ajralib 
chiqdi.
PEDAGOGIK PSIXOLOGIYANING.
  predmeti ta’lim va tarbiya jarayonlarining qonuniyatlarini o`rganishdan iborat. 
Bu soha o`quvchilarda tafakkurning tarkib topishini, intellektual faoliyat 
malakalari va usullarini o`zlashtirishni boshqarish muammolari, ta’lim 
samaradorligiga ta’sir qiluvchi psixologik omillarni, pedagoglar va o`quvchilar 
orasidagi munosabatlarni, o`quvchilardagi individual tafovutlar va ularni hisobga 
olishni, psixik taraqqiyotdan orqada qolgan bolalarga ta’lim va tarbiya berish kabi 
muammolarni o`rganadi. Pedagogik psixologiyaning ta’lim psixologiyasi, tarbiya 
psixologiyasi, pedagogik faoliyat psixologiyasi, anamol rivojlangan bolalarga 
ta’lim va tarbiya berish psixologiyasi kabi ko`plab tarmoqlari mavjud.                       
                         
                      YURIDIK PSIXOLOGIYA
 - huquq tizimida turli tadbirlarni amalga oshirish 
mobaynida yuzaga keladigan ko`plab masalalarni ko`rib 
chiqadi. Uning tarmoqlari: sud ishi psixologiyasi, kriminal 
psixologiya, penitentsiar yoki axloq tuzatish mehnati 
psixologiyasi.
                       HARBIY PSIXOLOGIYA
 -  
jangovor harakatlar sharoitidagi odamning xulq-atvori, 
boshliqlar va ularning qo`l ostidagilarning o`zaro 
munosabatlarining psixologik tomonlari, "psixologik 
urush" olib borish va unga qarshi kurash kabi masalalarni 
o`rganadi.
                      SPORT PSIXOLOGIYASI
 
- sportchi va uning shaxsiy xususiyatlari, ularni 
psixologik jihatdan tayyorlash shart-sharoitlari va 
vositalari, sport musobaqalarini tashqil qilish va o`tkazish 
kabi masalalarni o`rgandi.        SAVDO PSIXOLOGIYASI -  xaridorlar psixologiyasini, talablarini, ularning 
individual xususiyatlarini hisobga olish, xizmat ko`rsatishning psixologik omillari, 
reklamalarni tayyorlash, ularning xaridorga ta’siri kabi masalalarni o`rganadi.
       YOSH DAVRLARI PSIXOLOGIYASI  	
- psixik xususiyatlarning yosh 
davomidagi dinamikasini, psixik taraqqiyot qonuniyatlarini o`rganadi. Yosh 
davrlari psixologiyasi quyidagi tarmoqlarga ega: bolalar psixologiyasi, o`smirlar 
psixologiyasi, o`spirin yoshlar psixologiyasi, katta yoshli kishilar psixologiyasi, 
gerantopsixologiya (qariyalar psixologiyasi).
       SOSIAL PSIXOLOGIYA  	
(ijtimoiy psixologiya ham deb yuritiladi)  kishilar 
orasidagi munosabatlar jarayonida yuzaga keladigan psixik hodisalarni o`rganadi. 
Uning predmeti turli xildagi uyushgan va uyushmagan, rasmiy va norasmiy 
birlashmalardagi shaxslararo munosabatlarni o`rganish. Sotsial psixologiya 
ijtimoiy kayfiyatni, taqlid qilish hodisasini, "psixologik yukish"ni, guruhlarda 
tabaqalanish va liderlik hodisalarini o`rganadi.
      Shu tartibda psixologiya fanining boshqa sohalarini ham ko`rib chikish 
mumkin. Biz ulardan ba’zilarni sanab o`tish bilan cheklanamiz xalos. Bularga 
differentsial psixologiya, siyosiy psixologiya, iqtisod psixologiyasi, boshqaruv 
psixologiyasi, anomal taraqqiyot psixologiyasi va uning tarmoqlari, qiyosiy 
psixologiya (zoopsixologiya ham deb yuritiladi) va boshqalar.  PSIXOLOGIYA FANINING ASOSIY 
PRINSIPLARI.
     Hozirgi zamon psixologiya fanining quyidagi printsiplari ko`rsatib o`tish mumkin: 
determinizm printsipi, ong va faoliyat birligi printsipi, psixikaning faoliyatda rivojlanishi 
printsipi.
    Determinizm printsipiga ko`ra, psixika yashash sharoiti bilan belgilanadi va yashash 
sharoiti o`zgarishi bilan o`zgaradi. Agar hayvon psixikasi haqida gapiradigan bo`lsak, 
uning taraqqiyoti biologik qonuniyatlar asosida ruy beradi. Inson psixikasining 
taraqqiyotiga esa ishlab chiqarish usullari, ijtimoiy tarixiy omillar ta’sir qiladi.
`      Ong va faoliyat birligi - ong va faoliyat bir-biriga qarama-qarshi emas, ular bir butunlikni tashqil 
qiladilar. Ong faoliyatning ichki rejasini, uning dasturini tashqil etadi.
     Psixikaning faoliyatda rivojlanishi printsipiga ko`ra psixika taraqqiyot mahsuli, faoliyat natijasi deb 
qaraladi. Faoliyat jarayonida (o`qish, o`yin, mehnat) odam ijtimoiy tajribani o`zlashtiradi, bu esa psixik 
taraqqiyotning faqat insongagina xos shaklini tarkib toptiradi. HOZIRGI ZAMON PSIXOLOGIYA 
FANINING METODLARI
    Barcha fanlar kabi psixologiya fani ham o`zining tadqiqot ob’ektiga va o`z tadqiqot metodlariga 
ega. Psixologiyaning tadqiqot metodlari juda turli-tuman bo`lishiga qaramay ularning barchasi 
umumiy talablarga va qoidalarga bo`ysunadi. Bular tadqiqotning dialektik metod bilan, ob’ektiv 
ravishda olib borilishi va genetik printsipga amal qilishdir.
    DIALEKTIK METODga ko`ra barcha psixik hodisalarni o`zgarishda va shu psixik hodisa bilan 
bog’liq bo`lgan boshqa narsa va hodisalarga bog’lab o`rganilishi shart.
    Ilmiy psixologik metodlarning OB’EKTIVLIGI. Psixikani o`rganishda psixik hodisalar paydo 
bo`lishining ob’ektiv shart-sharoitlari va ob’ektiv nomoyon bo`lishlari tekshiriladi. Bu talab 
bajarilmasa maxsus tayyorgarlikka ega psixolog ham ilmiy jihatdan asosli ma’lumotlar to`play 
olmaydi.
           Eksperiment  - kishini maxsus jihozlangan laboratoriya sharoitlarida 
o`rganish. Psixologik eksperiment psixologik faktni aniq nomoyon qilishga 
yordam beradigan sharoitni yuzaga keltirish maqsadida tadqiqotchining 
tekshiriluvchi faoliyatiga aralashishini taqoza qiladi. eksperimentning ustunlik 
tomonlaridan biri, eksperimentator tajriba davomida eksperimentning borishini 
nazorat qiladi va boshqarishi, bir necha marta takrorlashi mumkin.
eksperiment metodining ikkita asosiy turi farqlanadi: laboratoriya eksperimenti 
va tabiiy eksperiment.
      Laboratoriya eksperimenti laboratoriya sharoitida maxsus psixologik 
jihozlar yordamida o`tkaziladi. Tekshiriluvchi kishining nima qilishlari 
lozimligi ularga oldindan ogoxlantirib kuyiladi      FAOLIYAT NATIJALARINI PSIXOLOGIK TAHLIL QILISH  - psixologik metodlarning bir ko`rinishidir. 
Faoliyat natijalarini tahlil qilish jarayonida natijaning o`zi emas, balki shu natijani hosil qilish bilan bog’liq faoliyat 
psixologik jihatdan baholanadi. Bu metod, ayniqsa, bolalar psixologiyasida keng qo`llaniladi. Bolalarning chizgan 
rasmlarini o`rganish orqali ularning psixikasi va taraqqiyoti haqida ma’lumotlar olinadi.
     Yuqorida ko`rsatilgan metodlar asosan tadqiqot maqsadida qo`llaniladi. Bundan tashqari ba’zi psixologik metodlar 
sinash maqsadida ham qo`llaniladi. Bunda maqsad psixologiya faniga, ilmiy bilimlarga biror yangilik kiritish, 
qonuniyat ochish emas. Bu metodlarning o`rganilayotgan shaxsda biror xususiyatning mavjudligi, uning taraqqiyot 
darajasi, turli meyorlarga mos kelishi darajasini aniqlashdir. Shunday metodlarning barchasi umumiy nom bilan 
TEST deb yuritiladi.
    TEST - qisqa muddat ichida bajariladigan, standart vazifalardan iborat. Ularning natijalarini sifat va miqdor 
jihatdan tahlil qilish orqali kishida o`rganilayotgan psixik funktsiya va xususiyatlarning nechoglik takomillashganligi 
va rivojlanganlik darajasi baholanadi. Testlar yordamida kishining biror kasbga layoqatliligi, aqliy rivojlanish 
darajasi, bilim darajasi o`rganiladi. Testlarning samaradorligi ularni tuzish uchun asoslanilgan metodologiya, test 
tuzilishining ko`plab talablarga javob berishi, o`tkazish sharoiti va talablarning adekvatligi bilan aniqlanadi.
   Bulardan tashqari psixologiya fanida ANKETA, SUHBAT, BIOGRAFIK metodlar keng qo`llaniladi. PSIXOLOGIK TADQIQOT O`TKAZISHNING ASOSIY BOSQICHLARI
     Har qanday tadqiqot va o`rganishlar o`z maqsadiga, yo`nalishiga, qo`llanilayotgan vositalarning xususiyatiga, amaliy yoki 
nazariy ahamiyatiga ko`ra turlicha o`tkaziladi. Shu bilan birga ularning umumiy tomonlari ham mavjud. Masalan, har qanday 
tadqiqot to`rt bosqichda o`tkaziladi.
     Birinchi bosqich -  tayyorgarlik  	bosqichi. Bu bosqichda material turli vositalar bilan o`rganiladi, o`rganilayotgan hodisalar haqida 
dastlabki materiallar to`planadi. To`plangan materiallar tahlil qilinadi. Bu bosqichda tadqiqotchida ma’lum gipoteza (faraz) paydo 
bo`la boshlaydi. Bu faraz tadqiqot jarayonida yoki tasdiqlanadi yoki inkor qilinadi. Har qanday tadqiqotning samadorligi, to`g’ri 
tadqiqot yo`lini tanlash ko`p jihatdan tayyorgarlik bosqichiga bog’liq.
      Ikkinchi bosqich - bevosita	
  tadqiqot  	o`tkazish bosqichi. Bunda tadqiqotning konkret metodikalari ishga solinadi. Bu bosqichda 
tadqiqotchi o`z tadqiqotlar maqsadidan kelib chiqqan holda bir yoki bir necha konkret metodikalardan (eksperimentlardan) 
foydalanadi. Tekshirish (eksperiment) o`tkazilib zaruriy tadqiqot (eksperimental) ma’lumotlar yig’iladi.
      Uchinchi bosqich tadqiqot davomida to`plangan ma’lumotlarni miqdor  	
jihatdan ishlab	  chiqish. Psixologiya fanida, bu 
bosqichda ko`plab samarali matematik metodlardan, statistik usullardan foydalaniladi.
      Tadqiqotning to`rtinchi bosqichi	
  olingan natijalarni tushuntirib berish dan iborat. Bu bosqichda to`plangan va matematik 
metodlar yordamida ishlab chiqilgan ma’lumotlar psixologik nuqtai-nazardan izohlanadi va tadqiqot gipotezasining to`g’ri yoki 
noto`g’riligi uzil kesil hal qilinadi.             Psixikaning  taraqqiyoti  uning  harakati,  o`zgarishidir.Qadimgi  filosoflar  ruhiy  hodisalarning 
rivojlanishini  turlicha  talqin  etib  keldilar,  uni  ilohiy  kuchga  bog`lab  tushuntirishga  harakat  qiladilar. 
Masalan,  grek  filosofi  Fales  (eradan  avvalgi  624-547  yillar)  odamning  ruhiy  hayotini  bug`  shaklida 
tasavvur  qilgan  va  uning  asosida  suv  yotadi  degan.  Anaksimen  esa  (eradan  avvalgi  588-525  yillar) 
ruhiy  hayotning  manbai  havodir  deb  ta’lim  bergan.  Geraklit  (eradan  avvalgi  544-488  yillar)  ruhiy 
hayotning manbaini olov deb targ`ib qilgan.
        Qadimgi  filosofiyaning  mashhur  namoyandalari  Sokrat  (eradan  avvalgi  469-399)  va  Platon 
(eradan  avvalgi  427-347  yillar)  ham  inson  psixikasi,  ruhiy  hayoti  haqida  butunlay  boshqacha 
nazariyani  olg`a  surganlar.  Ularning  fikricha,  tana  va  jon  boshqa-boshqa  qismlardir.  Guyoki  jon 
inson  tanasiga  “ideal”  dunyodan  kiradi-yu,  ma’lum  vaqtdan  so`ng  yana  o`sha  dunyoga  qaytib 
ketadi.
     Mashhur filosof  Demokrit  esa  (eradan avvalgi  460-370 yillar)  inson organizmi  atomlardan tashkil 
topgan, uning ruhi mayda atomlardan iborat degan fikrni olga suradi.
Psixologiya  tarixida  psixika  va  uning  taraqqiyoti  haqida  turli-tuman  fikrlar  yuqoridagilardan 
tashqari ham juda ko`p.
Psixik  hodisalarni  materialistik  nuqtai  nazardan  talqin  etishda  mashhur  grek  filosofi 
Aristotelning(eradan avvalgi 384-322 yillar) xizmati kattadir.
          Aristotel  qadimgi  filosoflardan  birinchi  bo`lib  psixologiyani  alohida  fan  sifatida  qaradi,  psixik 
hodisalarga  materialistik  nuqtai  nazardan  yondashdi.  Mashhur  filosofning  “Etika”,  “Ritorika”, 
“Metafizika”,  “Hayvonlar  tarixi”  kabi  asarlarida  turli  psixik  hodisalarga  oid  fikrlar  juda  ko`p.  Buyuk 
olimning “Jon haqida” nomli asari psixologiya tarixida birinchi sof psixologik asardir.             “ Ideal  shahar  aholisining  fikrlari”  asarida  ruhiy  jarayonlar  to`g`risidagi  ta’limotni  asoslab  -  insonda  tug`ilganidan 
oziqlantiruvchi  birinchi  quvvat  paydo  bo`lib,  uning  yordamida  inson  ovqatlanadi,  ikkinchidan,  sezish  quvvati  paydo  bo`lib,  bu 
quvvat yordamida inson issiq, sovuq kabilarni sezadi, uchinchi xayol quvvati bo`lib, hissiy qabul etilgan timsollarning tartibda 
kombinatsiya qilish funktsiyasini bajaradi, to`rtinchi - aqliy quvvat vujudga kelib, uning yordamida inson ongli va abstrakt fikr 
yuritadi, san’at va fan  haqida bilimga  ega  bo`ladi, aqli yetadigan narsalar bilan  shug`ullanadi, go`zallikni xunuklikdan ajratish 
qobiliyatiga ega bo`ladi, deydi.
      Forobiy  inson  ruhiy  quvvatlarini  ikkiga  ajratadi;  tashqi  va  ichki  quvvatlar.  Bularning  turlarini  ko`rsatadi  va  ularga  tavsif 
beradi.
Tashqi quvvatni;
1. Teri sezgisi.
2. Ta’m bilish sezgisi.
3. Hid bilish sezgisi.
4. Eshitish sezgisi.
5.  Ko`rish  sezgisi  kabi  besh  turga  bo`lib,  ularning  bevosita  tashqi  ta’sir  natijasida  sezgi  organlari  orqali  vujudga  kelishini 
ta’kidlaydi. Bularning insonga ham, yuqori tashkil topgan hayvonlarga ham xos ekanligini ko`rsatib o`tadi.
    Ichki quvvatlar quyidagilardan iboratdir;
1. Xotira - tasavvur quvvati.
2. Xayol quvvati.
3. Tuyg`u – emotsiyaquvvati.
4. Nutq quvvati.
5. Mantiqiy fikrlash quvvati.
    “ Xayol qilish va so`zlash,  fikr   yuritish , aql quvvatini Forobiy faqat insongagina xos deb to`g`ri tushunadi. Inson o`zinang shu 
quvvatlari, qobiliyatlari bilan hayvonot olamidan tubdan farq qiladi.

HOZIRGI ZAMON PSIXOLOGIYA FANINING TUZILISHI VA METODLARI. 1 Hozirgi zamon psixologiyasining tuzilishi? 2 Hozirgi zamon psixologiya fanining metodlari? 3 Psixologiya fanining asosiy prinsiplari?

HOZIRGI ZAMON PSIXOLOGIYA FANINING TUZILISHI. • Hozirgi zamon psixologiya fani amaliyotning turli sohalari bilan bog’langan, g’oyat tarmoqlanib ketgan fanlar tizimidan iborat. Psixologiya fanining barcha sohalarini quyidagi asoslar bo`yicha klassifikatsiya qilish mumkin: 1) konkret faoliyatning psixologik tomoni; 2) taraqqiyotning psixologik tomoni; 3) insonning (taraqqiyot va faoliyat sub’ekti sifatida) jamiyatga bo`lgan munosabatining psixologik tomoni. Konkret faoliyatning psixologik tomoni bo`yicha psixologiya fanining bir qator sohalarini ajratib ko`rsatish mumkin.

MEHNAT PSIXOLOGIYASI . Mehnat psixologiyasi inson mehnat faoliyatining psixologik xususiyatlarini, mehnatni ilmiy asosda tashqil qilishning psixologik asoslarini o`rganadi. Odamning kasb uchun muhim ahamiyatga ega xususiyatlarini, mehnat malakalarining shakllanishi va taraqqiyoti qonuniyatlarini o`rganish, ishlab chiqarish vositalarining turli xususiyatlari (rangi, mosligi, joylashishi) ish joyi kabilarning kishiga (mehnatkashga) ta’sirini o`rganish mehnat psixologiyasining vazifasiga kiradi. INJENERLIK PSIXOLOGIYAS. . Injenerlik psixologiyasi inson va mashina o`rtasidagi vazifalarni taqsimlash, ularning vazifalarini muvofiqlashtirish kabi muammolarni o`rganadi. Psixologiyaning bu sohasi asosan avtomatlashtirilgan tizimlarni boshqaruvchi operatorlarning faoliyatini o`rganadi. Keyingi yillarda mehnat va injenerlik psixologiyasi tarkibidan avval aviatsiya, keyinchalik kosmik psixologiya ajralib chiqdi. PEDAGOGIK PSIXOLOGIYANING. predmeti ta’lim va tarbiya jarayonlarining qonuniyatlarini o`rganishdan iborat. Bu soha o`quvchilarda tafakkurning tarkib topishini, intellektual faoliyat malakalari va usullarini o`zlashtirishni boshqarish muammolari, ta’lim samaradorligiga ta’sir qiluvchi psixologik omillarni, pedagoglar va o`quvchilar orasidagi munosabatlarni, o`quvchilardagi individual tafovutlar va ularni hisobga olishni, psixik taraqqiyotdan orqada qolgan bolalarga ta’lim va tarbiya berish kabi muammolarni o`rganadi. Pedagogik psixologiyaning ta’lim psixologiyasi, tarbiya psixologiyasi, pedagogik faoliyat psixologiyasi, anamol rivojlangan bolalarga ta’lim va tarbiya berish psixologiyasi kabi ko`plab tarmoqlari mavjud.

YURIDIK PSIXOLOGIYA - huquq tizimida turli tadbirlarni amalga oshirish mobaynida yuzaga keladigan ko`plab masalalarni ko`rib chiqadi. Uning tarmoqlari: sud ishi psixologiyasi, kriminal psixologiya, penitentsiar yoki axloq tuzatish mehnati psixologiyasi. HARBIY PSIXOLOGIYA - jangovor harakatlar sharoitidagi odamning xulq-atvori, boshliqlar va ularning qo`l ostidagilarning o`zaro munosabatlarining psixologik tomonlari, "psixologik urush" olib borish va unga qarshi kurash kabi masalalarni o`rganadi. SPORT PSIXOLOGIYASI - sportchi va uning shaxsiy xususiyatlari, ularni psixologik jihatdan tayyorlash shart-sharoitlari va vositalari, sport musobaqalarini tashqil qilish va o`tkazish kabi masalalarni o`rgandi.