Iqtisodiy protsessda prokurorning ishtiroki
Mavzu:Iqtisodiy protsess da prokurorning ishtiroki
RE JA: 1. IQTISODI Y SUD I SHLARI NI Y URI TI SH I SHTIROKCHILARI 2. I shda isht irok et uv chi shaxslar huquq v a majburiy at lari 3.I qt isodiy sud ishlarini y urit ish isht irok chilarining asosiy
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar Taraflar, uchinchi shaxslar, prokuror, davlat organlari va boshqa shaxslar o‘z zimmalariga yuklatilgan vakolatlarga ko‘ra, shuningdek ushbu Kodeksda nazarda tutilgan alohida toifadagi ishlar bo‘yicha arizachilar hamda boshqa manfaatdor shaxslar ishda ishtirok etuvchi shaxslar deb e’tirof etiladi.
Ishda prokurorning ishtiroki Tumanlararo, tuman, shahar iqtisodiy sudlariga da’vo arizasini (arizani) — Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar (shaharlar) prokurorlari va ularga tenglashtirilgan prokurorlar yoki ularning o‘rinbosarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudiga, viloyatlar va Toshkent shahar sudlariga esa — Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar prokurorlari yoki ularning o‘rinbosarlari taqdim etadi. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori yoki uning o‘rinbosari O‘zbekiston Respublikasining barcha iqtisodiy sudlariga da’vo arizasi (ariza) taqdim etishga haqli. Prokuror o‘zining da’vo arizasi (arizasi) asosida qo‘zg‘atilgan ishlarda, shuningdek davlatning qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish maqsadida yerga oid huquqiy munosabatlar, davlat mulki bilan bog‘liq ishlarda, atrof-muhitni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish, davlat budjetidan undiruvlar, o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratga bo‘lgan mulk huquqini e’tirof etish, xususiy mulk sifatida egalik qilish va undan foydalanish faktini aniqlash, bojxona to‘lovlarini undirish bilan bog‘liq ishlarda ishtirok etishi mumkin.
Prokuror boshqa shaxslarning arizasi bilan qo‘zg‘atilgan ishning muhokamasida o‘z tashabbusi bilan ishtirok etishi mumkin emas, bundan ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan ishlar mustasno. Ishda ishtirok etuvchi prokuror ishning mazmuni bo‘yicha fikrini bayon etadi, bundan uning boshqa shaxslarning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilishga doir da’vo arizasi (arizasi) bo‘yicha qo‘zg‘atilgan ishlar mustasno. Fuqaroning, yuridik shaxsning va davlatning manfaatlarini ko‘zlab da’vo arizasi (ariza) taqdim etgan prokuror da’vogarning huquqlaridan foydalanadi va uning majburiyatlarini o‘z zimmasiga oladi, bundan kelishuv bitimi yoki mediativ kelishuv tuzish huquqi mustasno. Prokurorning o‘z da’vo arizasidan (arizasidan) voz kechishi da’vogarni (arizachini) ishni mazmunan ko‘rib chiqishni talab qilish huquqidan mahrum etmaydi. Prokuror tomonidan da’vogarning huquqini himoya qilish maqsadida taqdim etilgan da’vodan da’vogarning voz kechishi da’vo arizasini (arizani) ko‘rmasdan qoldirishga olib keladi.