logo

Jamoada shaxsni tarbiyalash

Yuklangan vaqt:

15.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

2738.5 KB
  
1.Jamoa haqida umumiy tushuncha.

2.Jamoani   shakllantirish   bosqichlari   va 
shakllari.

3.Jamoaning   o‘ziga   xos   xususiyatlarini  
o‘rganish.

4.Jamoani tashkil qilishga qo‘yilgan 
talablar  
  Umumiy o‘rta ta’lim hamda yangi turdagi ta’lim 
muassasalarida jamoani shakllantirish ma’suliyatli vazifa 
sanaladi. 

Maktab jamoasi tarkibida eng barqaror butun-bu sinflar 
jamoalari sanaladi. Sinf jamoasida o‘quvchilarning asosiy 
faoliyati o‘qishdir. Aynan sinf jamoasida o‘quvchilar o‘rtasida 
mustahkam shaxslararo aloqa va munosabatlar tarkib topadi. 
Bu bilan sinf jamoasi o‘z negizida maktab jamoasining 
shakllanishi uchun o‘ziga xos poydevor vazifasini bajaradi. 
Maktab jamoasi tarkibida o‘quvchilar jamoasi asosiy qismni 
tashkil etadi. O‘quvchilar jamoasi bu, ijtimoiy ahamiyatni 
tashkil etish, shuningdek umumiy saylov organlari va umumiy 
javobgarlik, barcha a’zolarning huquq va burchlari tengligi 
asosidagi o‘zaro birlikka ega o‘quvchilar guruhidir.  
Sinf  rahbari  ishida  o‘quvchilar  jamoasini 
shakllantirish  asosiy  vazifa  hisoblanadi,  chunki 
jamoada  shaxsni  tarbiyalash  –  tarbiyaning  yetakchi 
tamoyilidir.  Bolalar  jamoasini  shakllantirish 
metodikasi  hozirgi  kunda  ancha  to‘liq  va  mukammal 
ishlab  chiqilgan.  Bu  metodikaning  umumiy  asoslari 
pedagogika  kursida  bayon  etaman,  jamoa  va  jamoada 
shaxsni tarbiyalash nazariyasiga tayanadi.   
Jamoa nazariyasi qoidalariga muvofiq uni 
yaratish metodikasi ishlab chiqilgan. Uning 
umumiy asoslari quyidagilardan iborat: 

  - talablar qo‘yish; 

- faollarni aniqlash, 

- o‘quv mehnat, 

- ijtimoiy siyosiy va ommaviy madaniy 
faoliyatdagi istiqbollarni tashkil etish; 

- sog‘lom jamoatchilik fikrini shakllantirish 

-  ijobiy an’analarni yaratish   va ko‘paytirish. 
   
Sinf  rahbari  ishining  o‘ziga  xos 
xususiyati  shundan  iboratki,  u  oddiy 
bolalar  jamoasini  emas,  balki 
o‘quvchilar  jamoasini  shakllantiradi. 
O‘quvchilarning  asosiy  vazifasi 
o‘qishdan iborat. S h uning uchun sinf 
rahbari  dastavval  bolalarning 
o‘qishga  qanday  munosabatda 
ekanliklarni,  o‘zlarini  darsda  qanday 
tutishlarni, uy vazifalarni sidqidildan 
bajarishlarni  yoki  bajarmasliklarni 
aniqlaydi  v a  nihoyat  eng  muhimi  – 
ularning  o‘qishdagi  muljallari 
ijtimoiy  mohiyatga  molik  yoki 
molik emasligi hisoblanadi.   
Jamoada shaxsni tarbiyalashda yakka tartibdagi yondashuvning 
mohiyati alohida o‘quvchini jamoa faoliyatigan jalb etishdan 
jamoani esa mazkur o‘quvchi bilan qiziqtirib qo‘yishdan ham 
iboratdir. Har qanday jamoada tarbiyasi qiyin bolalar bo‘ladi, 
lekin «ajratib qo‘yilgan» bolalar bo‘lmaydi. O‘quvchilarning xulq 
atvori, o‘quvchining muntazam o‘rganishni o‘z oldiga maxsus 
maqsad qilib qo‘ymasa uning uchun sezilmagan tarzda o‘zgarishi 
mumkin. Bunday o‘rganish yakka tartibda ishni tashkil etishning 
hal qiluvchi sharti hisoblanadi. Jamoani shaklantirish, yuzasidan 
olib boriladigan ish albatta ayrim o‘quvchilarning rivojlanishga 
ta’sir etadi va shuning uchun ham bu jarayon stixiyali emas, balki 
maqsadga qaratilgan va boshqariladigan bo‘lishi kerak.  Tadbirlar
Kechalar
To’garak lar
Olimpiadalar
Ek sk ursiy alarShaxsni 
jamoda 
t arbiy alash  
Jamoa qanday bosqichda turmasin, uning oldida 
bir vaqtqning o’zida ya q in, o’rta va uzo q  
istiqbollar bo’lishi kerak. 

Ekskursiya, madaniy yurish, shahar tashqarisiga 
sayrdan xursandchilik yetkazadigan qiziqarli 
ishlar tanlanadi, bu kichik tadbirlarni tayyorlash 
to`quvchining faol pedagogik yordam ostida 
muayyan kuch-g’ayrat sarflashlarini va 
tashkilotchilik fazilatlarini namoyon etishlarini 
talab qiladi. Bunday jamoa tadbirlarini o’tkazish 
chog’ida faol o`quvchilar aniqlanadi.  
Jamoa  hayotining  birinchi  bos q ichida  jamoa 
faoliyatining  paydo  bo’lishi  ushbu  davr  uchun 
xarakterli  hodisadir.  Faoliyatning  tarkib  topishi 
demakdir.  Jamoa  faoli  (aktiv)  muayyan  guruhning 
shunday  a’zolariki,  ular  jamoa  manfaatiga  muvofiq 
tarzda harakat qiladilar va pedagog faoliyati va talabiga 
nisbatan  hayrixohlik  bilan  munosabatda  bo’ladilar. 
Faol   p edagogning  ya q in  yordamchilari  sifatida  ish  olib 
boradilar  
Jamoa  rivojlanishining  ikkinchi  bo sq ichi .  Ushbu  bos q ich  jamoa  fao l lining 
pedagog  talabini  qo’llab-quvvatlashi  hamda  o’z  navbatida  uning  o’zi  bu 
talablarini  jamoa  a’zolari  zimmasiga  qo’yishi  bilan  tavsiflanadi.  Endilikda 
pedagog  jamoada  paydo  bo’lgan  va  u  bilan  bog’liq  muammo,  masalalarni 
yolg’iz  o’zlari  hal  qilmaydi.  Jamoa  faoli  bilan  maxsus  tarbiyaviy  ish  olib 
borish  or q ali  bu  ishga  uni  jalb  etadilar.  Jamoa  hayotini  tashkil  qilish  usuli 
murakkablashib boradi, ya’ni jamoa o’z-o’zini boshqarishga o’tadi. 

Tarbiyalanuvchilar  amaliy  faoliyatning  doimiy  ravishda  murakkablashib 
borishi  mazku r   davrining  muhim  xususiyati  sanaladi.  Ikkinchi  bosqichda 
jamoaning  muhim  ishlarini  o’quvchilar  tomonidan  mustaqil 
rejalashtirilishi,  tadbirlarni  o’tkazishga  tayyorgarlik,  uni  o’tkazish  hamda 
faoliyat  natijalarini  muhokama  qilish  jamoa  faoliyatining  ijodiy 
xususiyatini ko’rsatuvchi omillar sanaladi.   
Jamoa  rivojlanishining  uchinchi  bosqichi  jamoa  faoliyatida  bu 
bosqich anchagina sermahsul hisoblanadi. 

A.S.Makorenkoning  aniqlashicha,  bu  davrda  butun  jamoa  «ayrim 
o`zini chetga olib qoluvchi, injiq shaxs»larga talab qo’ya boshlaydi. 

Jamoa  shunga  endilikda  fa q at  faolligini  emas,  balki  un i ng  butun 
a’zolari   q izi q adi.  Jamoa  hayotidagi  uchinchi  bosqich,  ijtimoiy  fikr 
mavjudligi bilan ifodalanadi. Pedagog mazkur yo’nalishda maqsadga 
muvofiq  va  izchil  ish  olib  borgan  sharoitdagina  –harakatini  jamoa 
bo’lib  muhokama  qilinadi:  turli  mavzularda  suhbatlar  va  ma’ruzalar 
uyushtiriladi,  o’quvchilar  o’rtasida  samarali  axborot  vositalari 
yordamida  ijtimoiy-g’oyaviy,  axloqiy,  estetik,  ekologik,  huquqiy, 
iqtisodiy va boshqa bilimlar targ’iboti tashkil etiladi.  
Jamoa  rivojlanishining  to’rtinchi  bosqichi ,  bu  bosqich 
uning  barcha  a’zolari  jamoa  oldida  turgan  talablar 
asosida  o’z-o’zlariga  talablar  qo’ya  olishlari  bilan 
tavsiflanadi. 

Xuddi  shu  jihatdan  to’rtinch i   bosqich  jamoa 
a’zolarining o’z ishiga nisbatan yuksak axloqiy talablar 
qo’ya olishlari bilan ahamiyatlidir.   
  Bola tarbiyasining ham o‘ziga xos muhim qonun-qoidalari 
borki, ularga amal qilish tarbiya ishining samarali bo‘lishini 
ta’minlaydi, 

- tarbiyaning bir maqsadga qaratilganligi; 

- tarbiyaning hayot, mehnat bilan, O‘zbekistonimizning 
mustaqilligi, gullab yashnashi yo‘lida qilinayotgan fidoiy 
ishlar bilan bog‘lanishi; 

- o‘quvchini jamoada, jamoa orqali tarbiyalash;

- tarbiyada bola shaxsini hurmat qilish va unga talabchanlik;

- tarbiyaviy ishlarning izchilligi, muntazamligi hamda birligi;

- tarbiyada o‘quvchilarning yoshi va o‘ziga xos 
xususiyatlarini hisobga olish.  
Do‘stlik – inson axloqining bebaho go‘zalligi, 
ijobiy fazilatlar gavhari. Insondagi barcha 
go‘zal fazilatlar bir marvarid shodasi bo‘lsa, 
uning dur-gavhari chin insoniy muhabbatga 
asoslangan do‘stlikdir, Do‘stlik tufayli 
xonadonimiz obod, dunyoda tinchlik va 
dasturxonimizda to‘kinlik hukmron. SHuning 
uchun ham dono kishilar hamma jamiyatda 
ham do‘stlikni ulug‘lab, qadrlab kelganlar va 
odamlarni do‘st bo‘lib yashashga, ko‘proq 
do‘st orttirishga undaganlar .  
«Qora kuningda do‘sting yaraydi».

«Do‘st achitib, dushman kuldirib gapirar».

«Qoqilganingda do‘sting suyab qoladi». 

«O‘zini siylamagan, o‘rtoqlarini ham siylamas».

«O‘zingni qurbon qilib bo‘lsa ham, o‘rtoqlaringni saqlab 
qol». 

«Kuning quvnoq o‘tishini istasang, o‘rtoqlaring bilan 
bo‘l».

«Ulfat qancha ko‘p bo‘lsa, kulfat shuncha oz bo‘ladi».

«Aqli ko‘pni dov olmas, do‘sti ko‘pni yov olmas».

«YAxshilar bo‘lsa o‘rtoq, kunda bo‘lurlar qo‘noq».   D o‘stlikni mustahkamlovchi quyidagi omillarni vujudga keltirdi:

1) o‘zaro hurmat va ishonch;

2) do‘stga sodiqliq;

3) zarur paytda bir-biridan moddiy va ma’naviy yordamini 
ayamaslik;

4) kamchiligini yotig‘i bilan o‘ziga aytib tuzatish;

5) do‘st sirini saqlay olish;

6) do‘stning shodligidan quvonish, tashvishiga sherik bulish;

7) maqsad birligi;

8) o‘zaro (munosabatda samimiylik, ziyraklik, rostgo‘ylik, 
to‘g‘rilik;

9) bir-birini yurakdan quvontirishga intilish.  •
Foydalanilgan adabiyotlar r o’ yxati 
O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi qonuni. T, 
1997.
O’zbekiston Respublikasi “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” 
T,1997.
I.Karimov. “Donishmand xalqimizning mustahkam irodasiga 
ishonaman”.T, 2000
I.Karimov. “Barkamol-avlod O’zbekiston taraqqiyoti poydevori 
“.T,1997
Pedagogika.(qo’llanma.A.Munavvarov tahriri ostida)T,1996.
Pedagogika (qo’llanma. Prof A.Ilina tahriri ostida ) M,1984. 
Karimov I.A.  @ Y u ksak ma’naviyat-engilmas kuch»    
Ma’naviyat nashriyoti.Toshkent 2008yil.
ZununovA. Badiiy asar tahlili :Adabiyot  o’ qituvchilari uchun 
q o’ llanma.- Toshkent. 1989y. 
•
R.Ishmuxammedov,M.Mirsolieva O‘quv jarayonida innovatsion 
ta’lim texnologiyalari. Metodik qo‘llanma.2014y. 
   E	’t	i	b	o	r	i	n	g	i	z	 	u	c	h	u	n	 	r	a	x	m	
a	t	!

 1.Jamoa haqida umumiy tushuncha.  2.Jamoani shakllantirish bosqichlari va shakllari.  3.Jamoaning o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganish.  4.Jamoani tashkil qilishga qo‘yilgan talablar

 Umumiy o‘rta ta’lim hamda yangi turdagi ta’lim muassasalarida jamoani shakllantirish ma’suliyatli vazifa sanaladi.  Maktab jamoasi tarkibida eng barqaror butun-bu sinflar jamoalari sanaladi. Sinf jamoasida o‘quvchilarning asosiy faoliyati o‘qishdir. Aynan sinf jamoasida o‘quvchilar o‘rtasida mustahkam shaxslararo aloqa va munosabatlar tarkib topadi. Bu bilan sinf jamoasi o‘z negizida maktab jamoasining shakllanishi uchun o‘ziga xos poydevor vazifasini bajaradi. Maktab jamoasi tarkibida o‘quvchilar jamoasi asosiy qismni tashkil etadi. O‘quvchilar jamoasi bu, ijtimoiy ahamiyatni tashkil etish, shuningdek umumiy saylov organlari va umumiy javobgarlik, barcha a’zolarning huquq va burchlari tengligi asosidagi o‘zaro birlikka ega o‘quvchilar guruhidir.

 Sinf rahbari ishida o‘quvchilar jamoasini shakllantirish asosiy vazifa hisoblanadi, chunki jamoada shaxsni tarbiyalash – tarbiyaning yetakchi tamoyilidir. Bolalar jamoasini shakllantirish metodikasi hozirgi kunda ancha to‘liq va mukammal ishlab chiqilgan. Bu metodikaning umumiy asoslari pedagogika kursida bayon etaman, jamoa va jamoada shaxsni tarbiyalash nazariyasiga tayanadi.

 Jamoa nazariyasi qoidalariga muvofiq uni yaratish metodikasi ishlab chiqilgan. Uning umumiy asoslari quyidagilardan iborat:  - talablar qo‘yish;  - faollarni aniqlash,  - o‘quv mehnat,  - ijtimoiy siyosiy va ommaviy madaniy faoliyatdagi istiqbollarni tashkil etish;  - sog‘lom jamoatchilik fikrini shakllantirish  - ijobiy an’analarni yaratish va ko‘paytirish.