Joyning balandligi
Joyning balandligi
• Joydagi nisbiy va mutlaq balandliklar. Yer yuzidagi biror nuqtaning boshqa nuqtadan tik balandligiga nisbiy balandlik deb ataladi. Masalan, tepalikning atrofdagi tekislikdan balandligi uning nisbiy balandligi bo‘ladi. Nisbiy balandlikni nivelir yordamida ham aniqlash mumkin. Qo‘lbola nivelir ikkita taxtachadan yasaladi. Unga shovun bog‘lab qo‘yiladi, Shovun bilan nivelirning tik o‘rnatilgani aniqlanadi.
Nivelir
• Yer yuzidagi quruqliklar turli qismlarining balandligi har xil bo‘ladi. Quruqliklarning okean sathidan va okeanlar bilan tutashgan dengizlar sathidan tik balandligi mutlaq balandlik deyiladi. O‘zbekistondagi barcha mutlaq balandliklar Atlantika okeanining Boltiq dengizi sathidan hisoblanadi. Masalan, Toshkent shahrining o‘rtacha mutlaq balandligi 400 m, Qamchiq dovoniniki 2267 m. O‘zbekistondagi eng baland nuqta Hazrati Sulton tog‘i – 4425 m.