logo

Leksik-semantik munosabatlar

Yuklangan vaqt:

15.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

2716.0859375 KB
LEKSIK-SEMANTIK 
MUNOSABATLAR       Leksik  birliklar  lisonda  turli 
semantik  munosabat  asosida 
har  xil  paradigma  hosil  qilgan 
holda  mavjud  bo’ladi. 
Sinonimik,  antonimik, 
graduonimik,  partonimik, 
giponimik munosabatlardir. Sinonimiya.
          Shaklan  har  xil,  ammo  bir 
tushunchani  turli  bo’yoq  va  ottenka 
bilan  ifodalaydigan  leksemalar 
sinonim   deyiladi.  Sinonim  leksema 
orasidagi  munosabat  sinonimiya  yoki 
sinonimik munosabat deb yuritiladi.
Sinonim  leksema 
sememalaridagi  atash  va  vazifa 
semasi  aynan  bir  xil  bo’lib,  ifoda 
semasi  farqlanadi.  Masalan:  [ yuz ]-
[ bet ]-[ aft ]-[ bashara ]-[ turq ].  Ma’nodoshlik qatoridagi leksemalarning 
ifoda semasi turli-tuman. Ulardan ayrimlari 
quyidagilar:
1) ijobiy yoki salbiy 
baho yoxud 
munosabat sema;  2) leksemaning 
qo’llanish davrini 
ko’rsatuvchi sema: 
«eskirgan», 
«yangi», «o’ta 
yangi», «arxaik», 
«tarixiy». 3) leksemaning 
qo’llanilish 
doirasini 
ko’rsatuvchi sema: 
«shevaga xos», 
«so’zlashuvga 
xos», «kitobiy», 
«ko’tarinkilik» va 
h.                  Ma’nodoshlik  qatoridagi  leksemaning  bittasi 
dominanta  (bosh)  leksema  bo’lib,  boshqalari  shu 
leksema  atrofida  birlashadi,  ma’nodoshlik  qurshovi 
hosil  qiladi.  Dominanta  leksemaning  yuqorida 
sanalgan  barcha  ifoda  semasi  neytral,  betaraf. 
Masalan,  [ katta ]-[ ulkan ]-[ bahaybat ]  sinonimik  qatori 
«kitobiylik»,  «ko’tarinkilik»  ifoda  semalari  asosida 
tashkil  topgan.  Qatordagi  katta  leksemasida  bu  sema 
belgilanmagan  (neytral) ,  [ ulkan ]   va  [ katta ] 
leksemalarida ifodalangan Ma’nodoshlik qatoridagi dominanta 
leksemaning bir qancha o’ziga xos 
xususiyati bor:
1) dominanta leksemaning mazmuni 
boshqa leksemalarnikiga nisbatan 
«kambag’alroq» bo’ladi. Qiyoslang: 
[ chiroyli ] ,  [ go’zal ]   va [ suluv ] .  Qatordagi  
[ chiroyli ]   leksemasida [ go’zal ]   va 
[ suluv ] leksemasidagi ko’tarinkilik 
bo’yog’i yo’q; 
2) dominanta leksemaning qo’llanish doirasi 
va miqdori boshqa ma’nodoshlarnikiga 
nisbatan keng va ko’p bo’ladi; 3) dominanta leksema 
belgilanmagan ifoda semasiga 
ega bo’lganligi bois istalgan 
vaqtda o’z ma’nodoshlarini 
almashtira oladi;
4) ma’nodoshlik qatori mansub bo’lgan katta 
tizimga faqat dominanta leksema kiradi. 
Masalan, «kishi tanasi a’zolari» lug’aviy 
ma’noviy guruhiga [ yuz ]   dominanta leksemasi 
kirib, [ quloq ] ,  [ burun ] ,  [ lab ] ,  [ qosh ] ,  [ peshona ]  
leksemalari bilan paradigma hosil qiladi.       Ma’nodoshlik  paradigmasi  doimo 
ochiq.  Jamiyat,  davr  talabi  asosida 
keraksizi  iste’moldan  chiqib,  qator 
yangilari  bilan  boyib  boraveradi. 
Nutqda  ma’nodoshlik  qatorlari 
nutqning  atash  birliklari,  iboralar, 
mustaqil  leksema  sememalarining 
turi,  yasama  so’z,  so’z  birikmasi, 
nutqiy  ko’chma  so’z  bilan  to’lib, 
kengayib  boradi.  Bular  kontekstual 
sinonim  sifatida  nutqning  go’zalligi 
va  boyligini  ta’minlovchi  vosita 
sanaladi. Omonimiya  
•
Omonimlar shakli bir xil, ma’nolari har xil (o‘zaro 
bog‘lanmagan) leksemalardir. YA’ni, leksemalarning ifoda 
planidagi (talaffuzi va yozilishidagi) tenglik hodisasi. Masalan, 
o‘t  («olov») - o‘t  («maysa»),  kamar  («qayish, ko‘ndan ishlangan 
belbog‘»)– kamar  («daryo, tog‘larda suv o‘yib ketgan chuqur 
joy») kabi. 
•
Omonimlar turli so‘z turkumlariga mansub bo‘lishi ham 
mumkin. Masalan,  tabiiy  (sifat) va  tabiiy  (modal so‘z): 1)  U 
tabiiy fanlarga ko‘proq qiziqadi . (Bu gapda  tabiiy -  sifat, 
aniqlovchi); 2)  Co‘zamol, badavlat qori tog‘aning birdan ko‘z 
yumib sukutga botishining sababini, tabiiy, Yo‘lchi tushunmadi  
(Bu gapda  tabiiy  – modal so‘z, kirish so‘z). Antonimiya
       Antonimiya  leksemalar orasidagi zidlik munosabatidir: 
[ katta ] - [ kichik ] ,  [ yosh ] - [ qari ] ,  [ mitti ] - [ ulkan ] ,  [ oq ] - [ qora ]  va 
hokazo.  Antonim  leksemalarning  umumiy,  birlashtiruvchi 
semasi  bilan  bir  qatorda,  qarama-qarshi  semasi  ham 
bo’lishi  lozim.  Masalan,  [ katta ]   va  [ kichik ]   leksemalari 
umumiy  -  «sifat»,  «ko’lam»  semasi  bilan  birga,  qarama-
qarshi  -  «nisbatan  ortiq»  ([ katta ])  va  «nisbatan  katta 
bo’lmagan»  ([ kichik ])  semasiga  ham  ega.  Yoki  [ qish ]  - 
«yilning  eng  sovuq  fasli»,  [ yoz ]  -  «yilning  eng  issiq  fasli», 
[ kirmoq ]  -  «ichkariga  harakatlanmoq»,  [ chiqmoq ]  - 
«tashqariga harakatlanmoq». Antonim leksemalar asosida 
borliqdagi  qarama-qarshi  hodisaning  in’ikosi  bo’lgan 
qarama-qarshi  tushuncha  yotadi.  Antonim  leksemalar  bir 
turga  kiruvchi  giponim  leksemalar:  [ issiq ] - [ sovuq ] 
(harakat),  [ katta ] - [ kichik ]  (hajm),  [ erkak ] - [ ayol ]  (jins)  va 
hokazolar. Antonimlarning mantiqiy 
asosini ikki tur qarama-
qarshilik tashkil etadi
b)komplementar 
qarama-qarshilik.a) kontrar qarama-
qarshilik  Graduonimiya. 
Lug’aviy  birliklar  o’zaro  ma’noviy 
munosabatiga  ko’ra  ma’lum  bir  darajalanish 
qatorini  hosil  etishi  fanga  qadimdan  ma’lum  va 
uning  eng  yorqin  namunasi  -  [ o’rta ]  so’zini  o’z 
ichiga olgan so’zlar qatori. Masalan:
[ Katta ]-[ o’rta ]-[ kichik ]
[ Yosh ]-[ o’rta ]-[ qari ]
[ Uzoq ]-[ o’rta ]-[ yaqin ]
[ Baland ] –[ o’rta ]-[ past ]
[ Uzun ]-[ o’rta ]-[ qisqa ]. Ma’lumki  [ o’rta ]  so’zi  bilan 
ifodalangan  belgi-xususiyat  tom  ma’noda 
o’rtalik, oraliq, ya’ni ikki bir-biriga zid belgi 
oralig’idagi  holatni  ko’rsatadi.  [O’ rta ] 
leksemasi  antonimlar  oralig’idan  o’rin  olsa, 
( katta-o’rta-kichik )  darajalanishi  kam 
seziladi.  Lekin  [ o’rta ]  leksemali  birliklarni 
zid  belgi  asosida  emas,  ma’lum  bir 
belgining  kamayishi  yoki  o’sishi  asosida 
idrok  etilsa,  ma’noviy  darajalanish  yaqqol 
anglashiladi. Graduonimik lug’aviy 
qatorni ajratishning 
lisoniy omili 
quyidagilar a) ma’noviy 
omil
b) so’zlararo 
paradigmatik 
munosabat           Graduonimik  qatorni  ajratishdagi  ma’noviy 
omilning  mohiyati  shundaki,  bir  qator  leksemalar 
sememasida ma’lum bir belgining oz-ko’pligi, turli xil 
darajalariga  ishora  mavjud.  Masalan,  darcha-eshik-
darvoza  leksemasining «O’zbek tili izohli lug’ati»dagi 
izohini quyidagicha:
1.  Darcha   -  ilgari  vaqtlarda  deraza 
vazifasini  o’tagan  bir  yoki  qo’sh  tavaqali,  eshik  yoki 
devorga o’rnatilgan  kichkina eshikcha  (O’TIL, I, 212.) 
2.  Eshik   -  uy,  xona,  bino  yoki  hovlining 
kiraverishida  o’rnatilgan  ochib-yopib  turiladigan 
moslama (O’TIL, II, 457).
3. Darvoza   - hovli, qo’rg’on, qal’a, zavod va 
shu  kabilarga  kiriladigan,  ochib-yopiladigan  katta  
eshik, qopqa (O’TIL I, 209.)
Ajratilgan  so’zlar  miqdoriy  ko’rsatkichlarni 
ifodalovchi  leksemalardir.  Bu  [ darcha ]  leksemasi 
izohidagi  ( kichkina )   va   ( eshikcha )  so’zlari,  [ darvoza ]  
leksemasi izohidagi [ katta ]   so’zi .   Giponimiya .
                      Leksemalararo  semantik  munosabatning  yana  bir  turi 
giponimiya (gipo-giperonimiya), ya’ni tur-jins munosabati.
Giponimik  munosabatda  giperonim  (jins)  va  giponim 
farqlanadi.
Giperonim  jins  belgisini  bildirgan  predmetning  nomini 
ifodalovchi  ko’pgina  ma’noni  semantik  jihatdan 
umumlashtiruvchi  mikrotizimning  markaziy  leksemasi, 
dominantasi  sifatida  namoyon  bo’luvchi  lug’aviy  birlik. 
Giponim  esa  ma’lum  jins  turining  nomini  hamda  o’zining 
semantik  tarkibida    implisit  tarzda  jins  ma’nosini  ham 
ifodalovchi,  semantik  jihatdan  giperonimga  nisbatan  boy 
bo’lgan lug’aviy birlik.            Giponim  va  giperonim  orasidagi  aloqa 
mantiqiy  asosga  ega.  Bu  esa  obyektiv  borliqdagi 
umumiylik  tushunchasi  bilan  bog’liq.  Masalan, 
[ daraxt ]   giperonimi  jins  ma’nosini  ifodalovchi 
leksema  sifatida  daraxtning  barcha  turini 
ifodalovchi  leksemalarni  leksik-semantik 
munosabat  asosida  birlashtirib,  leksik-semantik 
guruh  hosil  qiladi.  Shu  boisdan  [ daraxt ] 
leksemasi  giperonim  sifatida  giponimi  bilan 
leksik-semantik  aloqaga  kirisha  oladi.  Masalan, 
[ daraxt ] - [ qayin ] ,  [ daraxt ] - [ terak ] ,  [ daraxt ] - [ dub ] , 
[ daraxt ] - [  archa ].           Giponimlar  teng  huquqli  bo’lib,  giperonimga 
munosabati  bir  xil.  O’z  navbatida,  bu  munosabat 
polisemiya  va  omonimiya  hodisasi  bilan  ham 
bog’lanadi. Masalan, o’zbek tilidagi [ daraxt ] nomi 
dastlab  ikki  guruhga  bo’linadi:  mevali  daraxt  va 
manzarali  daraxt.  Mevali  daraxt  o’z  mevasining 
nomi  bilan  ataladi.  Shuning  uchun  bu  leksema 
ko’p  ma’noli  bo’lganligi  bois  bir  tomondan 
[ meva ],  ikkinchi  tomondan  [ daraxt ]  giperonimi 
bilan semantik munosabatga kirishadi: 
[ Meva ] :  [ olma ] - [ o’rik ] - [ shaftoli ] - [ behi ] . 
[ Daraxt ] :  [ olma ] - [ o’rik ] - [ shaftoli ] - [ behi ] .   E’tiboringiz uchun 
rahmat!

LEKSIK-SEMANTIK MUNOSABATLAR

Leksik birliklar lisonda turli semantik munosabat asosida har xil paradigma hosil qilgan holda mavjud bo’ladi. Sinonimik, antonimik, graduonimik, partonimik, giponimik munosabatlardir.

Sinonimiya. Shaklan har xil, ammo bir tushunchani turli bo’yoq va ottenka bilan ifodalaydigan leksemalar sinonim deyiladi. Sinonim leksema orasidagi munosabat sinonimiya yoki sinonimik munosabat deb yuritiladi. Sinonim leksema sememalaridagi atash va vazifa semasi aynan bir xil bo’lib, ifoda semasi farqlanadi. Masalan: [ yuz ]- [ bet ]-[ aft ]-[ bashara ]-[ turq ].

Ma’nodoshlik qatoridagi leksemalarning ifoda semasi turli-tuman. Ulardan ayrimlari quyidagilar: 1) ijobiy yoki salbiy baho yoxud munosabat sema; 2) leksemaning qo’llanish davrini ko’rsatuvchi sema: «eskirgan», «yangi», «o’ta yangi», «arxaik», «tarixiy». 3) leksemaning qo’llanilish doirasini ko’rsatuvchi sema: «shevaga xos», «so’zlashuvga xos», «kitobiy», «ko’tarinkilik» va h.

Ma’nodoshlik qatoridagi leksemaning bittasi dominanta (bosh) leksema bo’lib, boshqalari shu leksema atrofida birlashadi, ma’nodoshlik qurshovi hosil qiladi. Dominanta leksemaning yuqorida sanalgan barcha ifoda semasi neytral, betaraf. Masalan, [ katta ]-[ ulkan ]-[ bahaybat ] sinonimik qatori «kitobiylik», «ko’tarinkilik» ifoda semalari asosida tashkil topgan. Qatordagi katta leksemasida bu sema belgilanmagan (neytral) , [ ulkan ] va [ katta ] leksemalarida ifodalangan