MARKAZIY OSIYO DAVLATLARI BILAN HAMKORLIK – O‘ZBEKISTON GEOSIYOSATINING OBYEKTI SIFATIDA.
MA RKAZI Y OSIYO DAV LATLARI BI LA N HAMKORLI K – O‘ZBEKI STON GE O SI YOSATI N IN G OBY EKTI SI FATI DA .
O’zbekiston tashqi siyosatining ustuvor yo’nalishlaridan biri Markaziy Osiyodagi yangi mustaqil davlatlar – Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikiston, Turkmaniston bilan hamkorliq do’stlik aloqalarini mustahkamlashga qaratilgan. O’zbekiston Respublikasining tashqi aloqalarida, Markaziy Osiyo davlatlari bilan hamkorlikni yo’lga qo’yishida Markaziy Osiyo Hamkorlik (MOH) tashkiloti muhim ahamiyat kasb etadi. Bu tashkilot 1994 yil iyul oyi boshida O’zbekiston, Qozog’iston, Qirg’iziston Prezidentlarining Almati shahrida bo’lib o’tgan uchrashuvi asosida tashkil topgan Markaziy Osiyo Iqtisodiy . Hamjamiyati (MOIH) zaminida 2002 yil 28-fevralda tashkil topgan. 2002 yil 28-fevral kuni Almati shahrida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining uchrashuvi bo’lib o’tadi. Muzokaralarning yakunlari bo’yicha prezidentlar Markaziy Osiyo Hamkorlik (MOH) tashkilotini ta’sis etish to’g’risidagi shartnomani imzolaydilar. Tashkilotning raisi etib I.A.Karimov saylanadi. Bu tashkilot endi iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirish bilan birga siyosiy-ijtimoiy, madaniy texnikaviy va boshqa aloqa turlarini kengaytirish masalalari bilan shug’ullanadigan bo’ldi. MOH tashkilotining tashkil etilishi, uning a’zolari bo’lgan O’zbekiston, Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikiston o’rtasidagi o’zaro manfaatli aloqalarni yanada kuchayishida muhim ahamiyat kasb etdi.
Reja: • • • •O‘zbek ist on-Qozog‘ist on . O’zbek ist on - Qirg’izist on . O‘zbek ist on - Tojik ist on . O’zbek ist on v a Turk manist on .
O‘zbek ist on-Qozog‘ist on . • •Respublikasi aloqalariga to‘xtalsak, o‘zbek va qozoq xalki azaldan bir-biriga yaqin qardosh, asrlar davomida sinalgan sheriklardir. Ikki davlat o‘rtasidagi diplomatik munosabatlar 1992 yil 23 noyabr kuni o‘rnatilgan. O‘zbekiston-Qozog‘iston xamkorligining butun tarixi davomida tomonlar ijtimoiy-siyosiy, savdo-iqdisodiy va madaniy-gumanitar soxalardagi ikki va ko‘p tomonlama xamkorlikning namunali modelini namoish etib, butun Markaziy Osiyo mintaqasining yanada rivojlanishini kafolatlaydigan mustaxkam poydevorni shakllantirdi.
O‘zbek ist on-Qozog‘ist on . • • •O’zbekiston va Qozog’iston Prezidentlarining 2000 yil 20-21-aprelda Toshkentda ikki davlat chegaralarini aniq belgilashga bag’ishlangan uchrashuvi bo’ldi. Uchrashuv yakunida “O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov va Qozog’iston Respublikasi Prezidenti N.Nazarboyevning qo’shma bayonoti” imzolandi. 2001 yil 17 noyabr kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov rasmiy tashrif bilan Qozog’istonda bo’ldi. Ikki davlat Prezidentlari O’zbekiston-Qozog’iston davlat chegarasi to’g’risida shartnomani imzoladilar. 2440 km uzunlikdagi chegaraning 96 foizi belgilab olindi.Qolgan qismi kelishuv asosida belgilashga kelishildi. 2002 yil 9-sentyabrda Prezidentlar N.Nazarboyev va I.A.Karimovlar Ostona shahridagi uchrashuvida “O’zbekiston-Qozog’iston davlat chegaralarining alohida uchastkalari to’g’risida bitim” imzolandi. Ikki davlat o’rtasidagi chegaraga oid masalaar huquqiy jihatdan o’z yechimini topdi.