O’lkamizda ilk o’rta asrlar davrishaharlari me’moriy obidalari
O’lkamizda ilk o’rta asrlar davrishaharlari me’moriy obidalari.
“ Arxeologiya” suzi lotin tilidan olingan bulib “arxeos” qadimgi, “logos”- fan ya`ni qadimgi fan degan ma`noni bilidiradi. Arxeologiya o`lkashunoslikning va tarix fanlarining asosiy manbalaridan biridir. Arxeologiya – tarix fanining mustaqil yo`nalishi bo`lib, o`zining tadqiqot obyekti, shuningdek, ularni ochib o`rganishda maxsus uslublardan foydalaniladi. Ya`ni zamonaviy tushunchada arxeologiya ibtidoiy, antik, o`rta asrlarga oid yodgorliklarni o`rganish va qayta tiklash ishlarini olib borish tushuniladi. Arxeologiya va tarixni bir-biridan ajratib bo`lmaydi, ikkala fanning ham maqsadi bir xil, ya`ni insoniyat tarixini o`rganishdan iborat. Mazkur sohada faoliyat yuritayotgan kishilar tarixchi va arxeolog deb yuritiladi.
Xuddi shunga o`xshash iborani yunon yozuvchisi Diodor Sitsiliyskiy (mil. avv. 80-29 yy.) ham qayd etgan. Ya`ni Troya urushigacha bolgan davr ellinlar nazarida “Ellinlar arxeologiyasi” hisoblangan. Diodor Sitsiliyskiyning zamondoshi Dionisiy Galikarnasskiy Rim tarixini Puni urushigacha bo`lgan davrini “Rim arxeologiyasi” deb atagan. “Arxeologiya” atamasini shuningek Strabon va boshqa yunon muarrixlari ham ishlatib, ularning nazarida bu atama nafaqat qadimgi, balki ibtidoiy davrni ham qamrab olgan. Rim imperiyasining lotin mualliflari “qadimiyat” – a n t i q u i t a t e s - atamasini qo`llaganlar. O`rta asrlarda “arxeologiya” atamasi “qadimiyat” atamasi tomonidan siqib chiqarilib, ancha vaqtgacha (XIX asrgacha) yodga olinmaydi. Rim imperiyasida shuningdek “a n t i q u a r i e u s” – antikvariy, ya`ni qadimiyatga qiziquvchi atamasi ham qo`llanilgan. O`rta asrlarda antikvariylar jumlasiga turli qadimiy qo`lyozmalarni yig`uvchi kishilar kirgan bo`lsa, Uyg`onish davriga kelib asosan klassik madaniyat namunalarini yig`uvchilarni, ya`ni antik davr madaniyatiga qiziquvchilarni shunday ataganlar .