logo

O’qituvchi Psixologiyasi

Yuklangan vaqt:

10.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

66.05859375 KB
O’qituvchi Psixologiyasi                 Reja

Jamiyatda o‘qituvchining tutgan o‘rni va 
vazifalari. O‘qituvchiga qo‘yiladigan 
talablar.

O‘qituvchining kasbiga xos xislatlari.

Pedagogik qobiliyatlar.

O‘qituvchining o‘z malakasini oshirib 
borishining muammolari.                 Hozirgi sharoitda jamiyatning maktab oldiga qo‘yayotgan talablari kun sayin ortib bormoqda va bu 
talablarni amalda to‘g‘ri hal qilish vazifasi o‘qituvchiga bog‘liqdir .  Zamonaviy maktab o‘qituvchisi 
qator vazifalarni bajaradi. O‘qituvchi  sinfdagi o‘quv jarayoni tashkilotchisidir. O‘qituvchi 
o‘quvchilar uchun dars paytida, qo‘shimcha darslarda va shu bilan birga darsdan tashqari 
holatlarda ham kerakli maslahatlar berishda bilimlar manbaidan biridir. Ko‘pchilik o‘qituvchilar 
sinf rahbari vazifasini bajarib, tarbiya jarayoni tashkilotchilari bo‘lib hisoblanadilar. Zamonaviy 
o‘qituvchi ijtimoiy psixolog bo‘lishi kerak va o‘quvchilar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni yo‘lga 
sola olishi, bolalar jamoasida ijtimoiy-psixologik mexanizmlardan foydalanishni bilishi zarurdir.
O‘qituvchi maktabning pedagog jamoa a’zosi sifatida maktab,hayoti faoliyatini uyushtirishda 
bevosita ishtirok etib, turli fan o‘qituvchilari va sinf rahbarlarining metodik birlashmalarida 
ishlaydi, topshiriqlarni bajaradi. Har bir o‘qituvchi, o‘quvchilarning ota-onalari va jamoatchilik 
oldida ma’ruzalar o‘qib, suhbatlar olib borar ekan, demak, u pedagogik bilimlar tag‘ribotchisi 
hamdir. Vazifalarning shu qadar ko‘pligi uchun ham jamiyatning o‘qituvchilar oldiga qo‘yadigan 
talablari tushunarlidir.
Ma’lumki, pedagogik faoliyat – kishi mehnatining eng murakkab sohalaridan biridir.
                                                                                                    1) O‘qituvchining shaxsiy xislatlari:

- bolalarni yaxshi ko‘rish, ularni sevish;

- amaliy-psixologik akl-farosatlilik;

- mehnatsevarlik;

- jamoat ishlarida faollik;

- mehribonlik;

- kamtarlik;

- odamiylik, dilkashlik;

- uddaburonlik, mustahkam xarakterga ega bo‘lish;

- o‘z bilimlarini oshirishga intilish.                 2) Kasbiga  xos bilimlari:

- ta’lim  va  tarbiya jarayoni mohiyati bilan uning maqsad va vazifalarini tushunishi;

- psixologiya asoslari, yosh psixologiyasi va pedagogik psixologiya asoslarini bilishi;

- etnopsixologik bilimlarni egallashi;

- hozirgi zamon pedagogikasi asoslarini bilishi;

- hozirgi   zamon   pedagogikasining   metodologik   asoslarini egallanganligi;

- maktab       yoshidagi        bolalarning       psixologik-pedagogik xususiyatlarini  
tushunishi;

- o‘z fanini  o‘qitish metodikasini bilishi;

- o‘quvchilarga   tarbiyaviy   ta’sir   etishning   samaradorligini
bilishi;

- ota-onalar va jamoatchilik bilan olib boriladigan tarbiyaviy
ishlarning mazmunini bilishi.                 3) O‘z kasbiga xos xislatlari:

milliy   qayta   qurish   mafkurasi    bilan   mustaqil   davlat mafkurasini 
tushunishi;

zamonaviy maktabda olib boriladigan o‘kuv-tarbiya jarayonida umuminsoniy   
boyliklar,   milliy   an’analar   va   urf-odatlarning ahamiyatini tushunishi;

o‘qituvchining kuzatuvchanligi;

o‘z diqqat-e’tiborini taqsimlay olishi;

pedagogik fantaziya (xayol)ning rivojlanishi;

o‘ziga tanqidiy munosabatda bo‘la olishi;

o‘zini qo‘lga ola bilishi, o‘zini tuta olishi;

pedagogik takt;

nutqning emotsional ifodalanishi;                4) SHaxsiy - pedagogik uddaburonligi:

dars mashg‘ulotlari uchun zarur materiallarni tanlay bilishi;

o‘quvchilarning bilish faoliyatini boshqara olishi;

ta’lim va tarbiya jarayonida o‘quvchilar ongining taraqqiy etib borishini 
istiqbolli ravishda rejalashtira olishi;

pedagogik vazifalarni shakllantirish va  tarbiyaviy ishlarni rejalashtirishni 
bilishi;

bolalar    jamoasiga    rahbarlik    qilishda    o‘z    faoliyatini rejalashtira 
bilishi;

o‘quv maqsadlarini rejalashtira olishi;

o‘zini    talim-tarbiya   ishlariga     tayyorlash    tizimni rejalashtira olishi.                 5) Tashkilotchilik malakalari:

- bolalar jamoasini uyushtira bilishi;

- turli  sharoit va vaziyatlarda bolalar jamoasini boshqara 
olishi;

- bolalarni   biror  narsaga  qiziqtirib,   ularni  faollashtira 
olishi;

- amaliy    masalalarni    hal     etishda    o‘zining    bilim    
va tajribalarini  ustalik bilan  tez ko‘llay olishi.                 6)  Kommunikativ malakalari:

- bolalarii o‘ziga jalb etishni bilishi;

- bolalar   va   ota-onalar   bilan   maqsadga   muvofiq   
pedagogik
munosabatlarni  tiklashni bilishi;

- bolalarning  jamoalararo va jamoa ichida o‘zaro 
munosabatlarini
tartibga solishni bilishi;

- bolalar   va   ota-onalar   bilan   tashqaridan   aloqa   bog‘lashni
bilishi.                 7) Gnostik malakalari:

- bolalarning   asab-psixik   taraqqiyoti   darajasini   aniqlay
bilishi;

- o‘zining tajribasi va pedagogik faoliyati natijalarini tankidiy 
tahlil kila olishi;

- boshka shkituvchilarning tajribalarini o‘rganib, undan nazariy va 
amaliy tomondan to‘g‘ri xulosa chikara olishi;

- psixologik va pedagogik adabiyotlardan foydalanishni bilishi;

- o‘quvchilarni to‘g‘ri tushunib, ularning xulk-atvor sabablarini 
tushuntirishni bilishi.                 8)Ijodiy xislatlari:

- pedagogik mahoratini takomillashtirishga intilishi;

- o‘quvchilarni tarbiyalash dasturini ishlab chikish va uni amalga oshirish qobiliyati;

- o‘zini o‘quvchi o‘rniga ko‘yib, bo‘lib o‘tgan hodisalarga uning nazari bilan karay olishi;

- o‘zining o‘quvchiga pedagogik ta’siri natijalarini oldindan ko‘ra bilishga intilish;

SHunday kilib, ko‘rsatib o‘tilgan modelning asosiy tuzilishi tarikasida quyidagilar keltiriladi:

-shaxsning jamoatchilik va kasbiy yo‘nalishi;

-pedagogik mahorat va qobiliyati;

-xarakterining psixologik xususiyatlari;

-bilish faoliyati;

-o‘kituvchi shaxsining bolalarni kasbga tayyorlash ishlari darajasidagi umumiy tarakkiyoti.                 Pedagogik qobiliyatlar
Qobiliyat –  bu kishining biror faoliyatga yaroqliligi va shu 
faoliyatni muvaffaqiyatli amalga oshirishdir. 
                                                                                          
Didaktik qobiliyatlar – bu bolalarga o‘quv materiallarni anik 
va ravshan tushuntirib,oson kilib etkazib berish, bolalarda 
fanga kizikish uyg‘otib, ularda mustakil, faol fikrlashni 
uyg‘ota oladigan qobiliyatlardir.                  Akademik qobiliyatlar  
M atematika, fizika, biologiya, ona tili,   adabiyot,   tarix   va   boshqa   shu   kabi   fanlar   
sohasiga   xos qobiliyatlardir.
Qobiliyatli o‘qituvchi o‘z fanini faqat hajmidagina emas, balki atroflicha, keng, chuqur bilib, 
bu sohada erishilgan yutuqlar va kashfiyotlarni doimiy ravishda kuzata borib, o‘quv materialini 
mutlaqo erkin egallab, unga katta qiziqish bilan qaraydi hamda ozgina bo‘lsada tadqiqot 
ishlarini olib boradi.
Ko‘pchilik tajribali pedagoglarning aytishlaricha, o‘qituvchi o‘z fani bo‘yicha bunday yuksak 
bilim, saviyasiga erishish, boshqalarni qoyil qilib hayratda qoldirish, o‘quvchilarda katta 
qiziqish uyg‘ota olish uchun u yuksak madaniyatli, har tomonlama mazmunli, keng eruditsiyali 
(bilimdon) odam bo‘lmog‘i lozim.
Bunday o‘qituvchilar haqida o‘quvchilar: «Mahmud aka xuddi professorning o‘zginasi-ya. Biz 
uning bilmagan birorta sohasi bormikin deb tez-tez o‘ylab turamiz. Darslarga u butun vujudi 
bilan kirishib ketadi» deydilar. Ba’zan o‘quvchilar o‘z o‘qituvchisi xaqida «Baqir-chaqir qiladi-
yu, ammo zarracha bilimi yo‘q» deb butunlay teskarisini aytsalar, juda alam qiladi.

O’qituvchi Psixologiyasi

Reja  Jamiyatda o‘qituvchining tutgan o‘rni va vazifalari. O‘qituvchiga qo‘yiladigan talablar.  O‘qituvchining kasbiga xos xislatlari.  Pedagogik qobiliyatlar.  O‘qituvchining o‘z malakasini oshirib borishining muammolari.

Hozirgi sharoitda jamiyatning maktab oldiga qo‘yayotgan talablari kun sayin ortib bormoqda va bu talablarni amalda to‘g‘ri hal qilish vazifasi o‘qituvchiga bog‘liqdir . Zamonaviy maktab o‘qituvchisi qator vazifalarni bajaradi. O‘qituvchi sinfdagi o‘quv jarayoni tashkilotchisidir. O‘qituvchi o‘quvchilar uchun dars paytida, qo‘shimcha darslarda va shu bilan birga darsdan tashqari holatlarda ham kerakli maslahatlar berishda bilimlar manbaidan biridir. Ko‘pchilik o‘qituvchilar sinf rahbari vazifasini bajarib, tarbiya jarayoni tashkilotchilari bo‘lib hisoblanadilar. Zamonaviy o‘qituvchi ijtimoiy psixolog bo‘lishi kerak va o‘quvchilar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni yo‘lga sola olishi, bolalar jamoasida ijtimoiy-psixologik mexanizmlardan foydalanishni bilishi zarurdir. O‘qituvchi maktabning pedagog jamoa a’zosi sifatida maktab,hayoti faoliyatini uyushtirishda bevosita ishtirok etib, turli fan o‘qituvchilari va sinf rahbarlarining metodik birlashmalarida ishlaydi, topshiriqlarni bajaradi. Har bir o‘qituvchi, o‘quvchilarning ota-onalari va jamoatchilik oldida ma’ruzalar o‘qib, suhbatlar olib borar ekan, demak, u pedagogik bilimlar tag‘ribotchisi hamdir. Vazifalarning shu qadar ko‘pligi uchun ham jamiyatning o‘qituvchilar oldiga qo‘yadigan talablari tushunarlidir. Ma’lumki, pedagogik faoliyat – kishi mehnatining eng murakkab sohalaridan biridir.

1) O‘qituvchining shaxsiy xislatlari:  - bolalarni yaxshi ko‘rish, ularni sevish;  - amaliy-psixologik akl-farosatlilik;  - mehnatsevarlik;  - jamoat ishlarida faollik;  - mehribonlik;  - kamtarlik;  - odamiylik, dilkashlik;  - uddaburonlik, mustahkam xarakterga ega bo‘lish;  - o‘z bilimlarini oshirishga intilish.

2) Kasbiga xos bilimlari:  - ta’lim va tarbiya jarayoni mohiyati bilan uning maqsad va vazifalarini tushunishi;  - psixologiya asoslari, yosh psixologiyasi va pedagogik psixologiya asoslarini bilishi;  - etnopsixologik bilimlarni egallashi;  - hozirgi zamon pedagogikasi asoslarini bilishi;  - hozirgi zamon pedagogikasining metodologik asoslarini egallanganligi;  - maktab yoshidagi bolalarning psixologik-pedagogik xususiyatlarini tushunishi;  - o‘z fanini o‘qitish metodikasini bilishi;  - o‘quvchilarga tarbiyaviy ta’sir etishning samaradorligini bilishi;  - ota-onalar va jamoatchilik bilan olib boriladigan tarbiyaviy ishlarning mazmunini bilishi.