O`zbek etnosining antropologik tipi va u dastlab tarkib topgan zamon va makon
O` ZBEK ETN OSIN IN G A N TROPOLOGIK TI PI VA U DASTLA B TA RKI B TOPGA N ZAMON VA MA KON .
RE J A: 1. O`rta Osiyo qadimgi aholisining tipi. «O`rta er dengizi tipi». Antropologik atamasi-dolixosefallar, O`rta Osiyoning shimoliy- sharqiy tomonlaridan bronza davridan e’tiboran kirib kelgan chorvador aholi tipi-«protoevropalilar tipi»-Braxokefal tipi va bu ikki tip qarishuvidan tashkil topgan yangi tip haqida. 2. O`zbeklarining jismoniy qiyofasiga xos “O`rta Osiyo ikki daryo oralig’i tipi” uni dastlab qaerda, qachon tarkib topgani haqida arxeologik va antropologik ma’lumotlar, 3. T.K. Xujaevning «O`rta Osiyo ikki daryo oraligi tipi»ni fan olamiga olib kirishdagi xizmatlari, Sug‘d, tohariston, Ustrushona, Choch, Eloq, Farg‘ona va Xorazm aholisi antropologik xususiyatlarining shakllanishi
DARS MAQSADI Turkiy qabilalarning ilk Vatani va Oriylar muammosi, O‘zbek etnosining antropolgik tipi, So‘g‘diyona, Farg’ona va Ustrushona, Janubiy Orol bo‘yi va Shimoliy Baqtriyaning qadimgi aholisining antropolgik tipini o’rganish
Antik davr turkiy etnik guruhlari to‘g‘risida arxeologik materiallar guvohlik beradi. Qang‘ar elati-mahalliy so‘g‘diylar va turkiy qabilalari qorishuvidan tarkib topdi. Ular tarkibiga xunnlarning kelishi turkiy etnosning qalinlashivuga olib keldi (Qovunchi madaniyati. Qovunchitepa, Chordara, Qanqa, Kovardan va boshqa yodgorliklar). Bu madaniyatni Yu.F.Buryakov miloddan avvalgi 2 – milodiy 6 asr boshlarigacha bo‘lganligini etirof etdi. K. Shoniyozov yangi etnos Qong‘ar elati tashkil topganligini ilmiy asosladi
Akademik A.A. Asqarov Sirdaryo o‘rta oqimi mintaqasida turkiy etnik qatlam aynan Qovunchi madaniyatidan boshlab jonlana boshlashi, turkiy etnosning sezilarli izlari Qovunchi madaniyati yodgorliklarida yaqqol ko‘zga tashlanishini ta’kidlab, uning sabablarini quyidagicha izohlaydi. Birinchidan, aholisi ikki xil til sohiblari bo‘lgan Qang‘ davla tining markazi, yadrosi Sirdaryoning o‘rta havzasi bo‘lsa; ik k inchidan , bu mintaqa qadimdan so‘g‘diy va turkiy tilli qabilalarning muntazam aloqa zonasi bo‘lib kelgan; uchinchidan, yunon mualliflari e’tirof etganlaridek, Sirdaryoning quyi xavzalari ikki til sohiblarining chegara joyi edi. Bularning barchasi Qang‘ davlati tarkib topgach, o‘z mevasini bera boshladi, ya’ni turkiy etnosning tobora ortib borishiga olib keldi