O`ZBEK TILINING PSIXOLINGVISTIK TADQIQI MUAMMOLARI
MAVZU : O`ZBEK TILINING PSIXOLINGVISTIK TADQIQI MUAMMOLARI Reja: 1. Tilshunoslikda psixolingvistik yo‘nalishning yuzaga kelishi . 2. Psixolingvistikaning vazifaviy-struktur aspekti . 3. Psixologik komponentlar va uning til da aks etishi .
Psixolingvistika - nutqning hosil bo ` lishi, shuningdek, nutqni idrok etish va shakllantirish jarayonlarini ularning til tizimi bilan o ` zaro bog`lanishi holatida o`rganuvchi fan; psixologiya va lingvistikannng sintezidan paydo bo`lgan. Psixolingvistika inson nutqiy faoliyati modelini va psixofiziologik nutqiy shakllanishini ishlab chiqib, ularni psixologik eksperimentlar yo`li bilan tekshiradi. Tadqiqot manba y i bo`yicha tilshunoslikka yaqin bo`lgan psixolingvistika o`z tekshirish usullari bo`yicha psixologiyaga yaqin turadi. Unda o`zaro bog`lanishli eksperiment, "semantik differensial" kabi va boshqa eksperimental usullar qo`llanadi. Psixolingvistika bir qator amaliy masalalar [ona tili, ayniqsa, xorijiy tilni o`rgatish; maktabgacha yoshdagi bolalarning nutqiy tarbiyasi va logopediya masalalari; miyadagi nut q iy markazlar kasalliklari klinikasi; nutqiy tasir ko`rsatish muammolari (xususan ommaviy axborot vositalari faoliyatida va targ`ibot ishlarida); sud psixologiyasi va kriminalistika (mas, kishilarni ularning nutq xususiyatiga qarab tanib olish, aniqlash); mashina tarjimasi hamda nutqiy axborotni EHMga kiritish muammolari va boshqa]ni nazariy jihatdan tushuntirish zarurati tufayli o`tgan a sr ning 60-yillarida paydo bo`lgan. " Psixolingvistika " termini o`tgan a s rning 60-yillari o`rtalarida amerikalik olimlar tomonidan amaliyotga kiritilgan. 0`zbekistonda ushbu sohada bir q ancha ishlar bajarilgan bo`lsada, haqiqiy ma ’ nodagi psixolingvistik tadqiqotlar endigina boshlanmoqda.
P ixolingvistika a soschisi nemis tilshunos o limG.S h teyntal (1823-1899) hisoblanadi. Uning eng muhim asarla ri sifatida «Tillarni t asnif etish va ularning taraqqiyot qonuniyatlarining maqsadi» deb nomlangan bo‘lib, 1850 yilda yozilgan. Undan keyin 1851 - yilda yozgan «Tillarning kelib chiqishi», 1855 - yilda yozilgan «Grammatika, logika va psixologiya», 1860 - yilda yozgan«Muhim tipdagi tillarning tuzilishi xarakteristikasi»asarlarini sanab o‘tish lozim. S h uni alohida ta’kidlamoq joizki, lingvistik biologizmning o‘ziga xos xususiyatlari S h leyxer ta’limotida o‘z ifodasini topgan bo‘lsa, logikgrammatizm Bekker ta’limotida jonlantirildi. S h teytal esa o‘z ijodiy o‘qishlarida bu jaryoning xatti-harakati va xalq psixologiyasi taraqqiyotiga tayanib o‘rganadi.ʻ
S h teyn talilmiy qarashlariga Potebnya va Paul, Boduende Kurtene ham Sossyur, Sepira va S h erbalar e’tibor qaratadi. Biroq psixolingvistika bir xalq misolida rivoj topgan emas.Potebnya va Paul qarashlarida psixologik asosi gapning semantik qurilishi, garmmatik kategoriyalari, tilning leksik ma’nolari uchun xizmat qiladi. Psixologik tushunchalar til aloqasining shaxs va xalqqa bog‘liqligini, shuningdek, tilning tarixiy-madaniy faktor ekanligini ifoda etadi. Boduende Kurteneva F.Sossyur n utqiy ijodiy yondashuvning ij timoiy xarakter kasb etishini alohida ta’kidlashadi. Bu konsepsiya turli xil individual-leksik birliklarning paydo bo‘lish omillarini, ijtimoiy-grammatik assotsiatsiyasining esa uzviy aloqadorligini anglatadi. Psixologik maktab XIX asrning birinch i yarmi va XX asr boshlarida vujudga kelgan bo‘lib, til va nutq muammosiga doir tilning funksional (vazifaviy) belgilarini, shuningdek, til qurilishini va nutqiy-ijodiy yondashuvni o‘rgangan edi.
V azifaviy-struktur yo‘nalish psixolingvistika, ya’ni lingvistik psixologiya uchun muhimdir. A.Marti o‘z ishlarida, jumladan, 1908 - yilda yozgan«Umumiy grammatika va falsafiy tilni tekshirishning isbotlanganligi», A.Gardineraning 1932 - yilda yozgan«Til va nutqning nazariyasi», K.Byuleraning 1934 - yilda yozgan «Til nazariyasi»asarida aynan vazifaviy-struktur yo‘nalish masalasida ilmiy izlanishlar olib borishgan. Ta’kidlash joizki, psixologik idealar lingvistik yo‘nalishlar uchun muhim bo‘lib, psixologizm va nutqiy faoliyatni tushunishni i drok etishda simvolik alomat kasb etadi. Buni logik-ma’noviy tahlilda lingvistik yo‘l bilan amalga oshiriladi.