logo

O‘ZBEK MAROSIM FOLKLORLARI

Yuklangan vaqt:

10.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

79.0361328125 KB
O‘ZBEK MAROSIM FOLKLORLARI
Reja:
1. Marosim folklori va uning 
turlari.
2. Mavsumiy marosimlar.                  
         3. Oilaviy marosimlar .       Marosim folklori namunalari folklorning eng 
qadimiy janrlari sirasiga kiradi. Folklorshunoslikda 
marosim folklori janrlarini ikki katta guruhga ajratish 
an’anasi mavjud. Bu turlar quyidagi ko‘rinishga ega : 
1) mavsumiy marosimlar folklori. 2) oilaviy 
marosimlar folklori.
Mavsumiy marosimlar yil mavsumlarining 
almashinuvi avvali va oxiri, ma’lum bir xo‘jalik 
turlarining boshlanib yakun topishi, ob-havo bilan 
bog‘liq mavsumiy marosimlarni o‘z ichiga oladi. 
Mavsumiy marosimlarning aniq vaqti, belgilangan 
o‘tish muddatlari mavjud va ular bir oila yoki 
jamoaga tegishli bo‘lmay butun xalq ommasiga 
tegishlidir.     «Mavsum» deganda, asosan, yil fasllari nazarda 
tutiladi. Binobarin, mavsum qo‘shiqlari qish, bahor, 
yoz, kuz fasllari bilan bog‘liq bo‘ladi. Marosim esa 
diniy yoki an’anaviy urf-odatlar munosabati bilan 
o‘tkaziladigan tadbir, yig‘in demakdir. U bayram 
umumxalq shodiyonasi, tantana kun ma’nosini 
ifodalaydi. Ma’lum bo‘ladiki, «marosim» tushunchasi 
«bayram» so‘zi ifodalagan ma’nodan kengligi bilan 
farq qilar ekan. Chunki marosim bir shaxs hayotidagi 
muhim voqea bilan bog‘lanishi mumkin. Bu tadbir 
oila chegarasi bilan cheklanadi. Bayramda esa 
umumxalq ishtiroki bo‘lishi lozim. To‘g‘ri, biz 
ko‘pincha «bayram marosimi» birikmasini 
qo‘llashimiz mumkin, ammo bu holatda gap oilaviy 
marosim haqida emasligi ta’kidlanadi.     Dunyoda bironta xalq yo‘qki, turli munosabatlar 
bilan ommaviy bayramlarni nishonlamasin. 
Bayramlar butun xalq tayyorgarligi bilan 
o‘tkaziladi. Katta shodiyonalar rejalashtiriladi. 
Maxsus taomlar pishiriladi, bayram liboslari 
tikiladi, o‘yin-kulgilar, sayillar, tomoshalar, 
musobaqalar uyushtiriladi. Shuning uchun milliy 
bayramlar tizimida xalq tarixi, milliy xususiyatlar 
haqida tasavvur hosil qilish mumkin. Bu 
tasavvurlarni oilaviy, muayyan hudud aholisi 
o‘rtasidagi marosimlar, qolaversa, milliy urf-
odatlar to‘ldiradi, mukammallashtiradi.
Oilaviy marosimlar esa aksincha bir oila va oila 
a’zolari hayotidagi barcha mavsumlar 
o‘zgarishlarni o‘z ichiga qamraydi. Oilaviy 
marosimlar mazmuni tug‘ilish, to‘y va motam 
marosimlaridan iborat va bu marosimlarda ijro 
etiluvchi folklor namunalari oilaviy marosimlar 
tarkibiy qismini tashkil etadi.     2. Mavsumiy marosimlar. O‘zbek mavsumiy marosim 
folklori o‘z ichiga quyidagi janrlarni qamrab oladi:
1) yil fasllari bilan bog‘liq marosim folklori janrlari:
a) Qishki marosimlar folklori janrlari: «Sherda», «Qor 
xat». Xalqimizning qadimiy an’anasiga ko‘ra, yil bo‘yi 
mehnat qilib, kuzda dala ishlarini nihoyasiga 
yetkazgan dehqon va bog‘bonlar, shuningdek, o‘z 
suruvini qishlovga qaytarib kelgan chorvadorlar 
qishi bilan turli-tuman marosimlar orqali vaqtning 
ko‘ngilli o‘tishini ta’minlaganlar. Yoshi teng bo‘lgan 
kishilar, ya’ni hamteng, jo‘ra, do‘st- yorlar «teng-
tengi» bilan yig‘ilishib, «Gap-gashtak», «Dangana», 
«To‘kma», «Sherda», «Harfona» («Xalpana»), 
«O‘tirishma», «Ziyofat», «Tashkil», «Gurung» kabi turli 
xil marosimlarni tashkil etishgan. Ana shu xildagi 
o‘tirishlar xalq orasida keng ommalashgan bo‘lib, 
odatda, o‘ziga xos marosim tarzida o‘tkazilgan.     Qish fasli bilan bog‘liq mavsumiy marosim 
folklorining o‘ziga xos qo‘shiqlar silsilasini jonli ijro 
holatida XX asrning 80-yillariga qadar saqlab 
kelgan qadimiy janrlaridan biri «Sherda» deb 
atalgan.
Xalqimiz orasida «Sherda» atamasining bir necha 
xil talqinlari bor. Samarqand viloyati cho‘ponlari 
shevasida «Sherda» so‘zi «pishirilgan bir butun 
mol go‘shtini teng bo‘laklarga bo‘lib olish» degan 
ma’noda qo‘llaniladi. Qashqadaryo viloyatining 
Qamashi tumanidagi Eski Qamay qishlog‘ida 
yashovchi Hazratqul baxshi Xudoyberdi o‘g‘lining 
aytishicha, «sherda deganimiz masalan, 20 kishi 
birlashib bir qo‘yni bozor kuni so‘yib bir yarim yoki 
ikki kg.dan bo‘lib olish odati.     Ular yanagi haftada men, undan keyingi haftada siz deb navbat 
tuzib, dastlab sherda boshlaganda qanchadan go‘sht bo‘lib 
olingan bo‘lsa, ana shu davom etib, yigirmasi ham bittadan qo‘y 
so‘yib bo‘lib beradi».
«Sherda» marosimining to‘liq tavsifi 1928-yilda etnograf olim 
M.F. Gavrilov tomonidan Zomin va Shahriston tumanlarida 
istiqomat qiluvchi «qirq», «ming», «yuz», «qarapchi», 
«parchayuz» urug‘laridan yozib olingan. An’anaga ko‘ra, 
«Sherda» marosimi ikki xil yo‘l bilan, ya’ni o‘tirish uchun zarur 
bo‘ladigan masalliqlarni birgalikda, qo‘shilishib xarid qilish yoki 
«to‘kma» usulida (shuning uchun ham M.F. Gavrilov bu marosim 
Toshkent atrofidagi qishloqlarda «to‘kma» deb ataladi deb 
yozgan edi) hamda marosim ishtirokchilarining har biri galma-
gal xarajat qilishi yo‘li bilan tashkil etilgan. «Sherda» qish bo‘yi 
o‘tkazilishi ko‘zda tutilganligi sababli bu marosimda ishtirok 
etadigan jo‘ralar, ulfatlar yoki tengdoshlar o‘zlarining ichidan bir 
kishini «bek» qilib saylaganlar. Bek esa o‘ziga yordam beradigan 
«o‘ng otaliq» va «chap otaliq»ni tayinlagan.     biror sabab bilan bek «Sherda»da qatnashmay qolsa, uning vazifasini 
bajaruvchi o‘rinbosar hisoblanishgan.
Odatda qish kirishi bilan o‘tkazilgan birinchi «Sherda»da «bek» saylangan. 
Jizzax viloyatining Forish tumanidagi Forish davlat xo‘jaligining 2-bo‘limida 
yashovchi 70 yashar Ortiqvoy Risbekovning aytishicha, bu udum «bek 
ko‘tarish» deyilgan. Bunda «Sherda»ga yig‘ilgan yigitlar o‘zlarining eng 
obro‘-e’tiborli jo‘rasini «bek» qilib ko‘tarishgach, hammalari qur to‘kib 
o‘tirishgan va ulardan biri kosagulning qo‘lidan bo‘za quyilgan piyolani 
olib quyidagi qo‘shiqni ijro etgan:
Ey begim, beklikkinangga yona bo‘l, Majlisa kirgan yigitlar dono bo‘l!
Do‘st kelib, dushman ketar kundir bugun, Ey begim, qo‘sh otaliq, mardona 
bo‘l, Begim allayor, allayor,
Begim allayor, allayor!
Ey begim, nechada bordir yoshingiz, Hamisha davlatda bo‘lsin boshingiz, 
Do‘st kelib, dushman ketar kundir bugun, Hamisha Xizr bo‘lsin 
yo‘ldoshingiz, Begim allayor, allayor,
Begim allayor, allayor!
Qor yog‘mayin ola bo‘lgan tog‘lar-a, G‘unchasinda xazon bo‘lgan bog‘lar-a, 
Kuyistonda kuyib o‘tgan bedilxon, Ustida qag‘illab o‘tgan g‘ozlar-a, Begim 
allayor, allayor,
Begim allayor, allayor!     Xalqimiz orasida sumalak pishirish bilan aloqador g‘oyat qiziqarli 
an’ana va udumlar, e’tiqod va inonchlar bo‘lgan. Ana shunday 
qadimiy an’analardan biri sumalak pishirish bilan aloqador 
«Ashshadarozi» marosimidir. Amudaryo sohillariga xos bu 
qadimiy marosim va u bilan bog‘liq o‘yin Xorazm xalq teatri 
an’analarini o‘rgangan san’atshunos T.Qilichev tomonidan 
aniqlangan. Olim 1974-yilning 10-noyabrida To‘rtko‘l tumanidagi 
«Qirqqizobod» jamoa xo‘jaligida yashovchi 70 yashar Bibi momo 
Qoziyevadan sumalak pishirish paytida o‘ynaladigan 
«Ashshadarozi» nomli xalq o‘yinining etnografik tavsifi va 
qo‘shiqlarini yozib olgan.
Ma’lum bo‘lishicha, «Ashshadarozi» marosimi (Bu o‘yinning 
etnofolkloristik tavsifi T.Qilichevning «Xorazm xalq teatri» (Toshkent, 
Adabiyot va san’at nashriyoti, 1988, 70-75-betlar) kitobidagi 
ma’lumotlar asosida bayon qilindi) sumalak pishirilayotganda tashkil 
etilgan. Buning uchun ikki yarim - uch metrlar chamasi uzunlikdagi 
tayoqning uchidan yarim metrlar pastrog‘idan ko‘ndalang qilib 
kichikroq bir tayoqcha bog‘langan. Tepa qismida qo‘l shakli hosil 
qilingan ana shu tayoqqa uzun bo‘yli bir ayolning ko‘ylagini 
kiygizishgan va uning uchiga bir ro‘molni ham tang‘ib, odam boshiga 
o‘xshatib qo‘yganlar       Uzun bo‘yli yog‘och qo‘g‘irchoqning boshiga xorazmcha duziy do‘ppi 
kiygizib, ustidan oq ipak ro‘mol tashlaganlar. Uzun ko‘ylakli bu 
qo‘g‘irchoq «Ashshadarozi» deb atalgan. Ayollardan biri qo‘g‘irchoqqa 
kiygizilgan uzun ko‘ylakning ichiga kirib olib, Ashshadarozini ko‘tarib, 
sumalak pishirilayotgan joyga olib borgan.
Odatda, so‘zga chechan, xalq qo‘shiqlarini mahorat bilan ijro eta 
oladigan ayolga Ashshadarozi roli topshiriladi. U uzun ko‘ylakli 
sarvqomat qo‘g‘irchoq – kelinchakni
ko‘targancha davraga kirib borar ekan, sumalak sayliga yig‘ilgan 
ayollardan biri erkakcha kiyinib o‘rtaga chiqadi- da, shunday qo‘shiq 
boshlaydi:
Ashshadarozi mevaram,
Vaqti namozi bevaram,
O‘n barmog‘ini o‘ynatib,
Boqqan onangga bir salom!
Shunda Ashshadarozi, avval, sumalak sayliga bosh
- qosh bo‘lib turgan tabarruk momolarga, katxudo - kayvonilarga, 
so‘ngra barcha davra ahliga ta’zim qilib, salom soladi. Qiz-juvonlar 
uning tavoze bilan egilib salom berishini zo‘r xursandchilik bilan 
olqishlaydilar. Erkakcha kiyingan xotin bilan Ashshadarozi rolini 
bajarayotgan ayol o‘rtasidagi aytishuv esa davom ettiriladi. Keltirilgan 
barcha marosimlar mag‘zida xalqimizning qadim qish va yoz haqidagi 
dunyoqarashlari, mifologik tasavvurlar tizimi turadi.

O‘ZBEK MAROSIM FOLKLORLARI Reja: 1. Marosim folklori va uning turlari. 2. Mavsumiy marosimlar. 3. Oilaviy marosimlar .

Marosim folklori namunalari folklorning eng qadimiy janrlari sirasiga kiradi. Folklorshunoslikda marosim folklori janrlarini ikki katta guruhga ajratish an’anasi mavjud. Bu turlar quyidagi ko‘rinishga ega : 1) mavsumiy marosimlar folklori. 2) oilaviy marosimlar folklori. Mavsumiy marosimlar yil mavsumlarining almashinuvi avvali va oxiri, ma’lum bir xo‘jalik turlarining boshlanib yakun topishi, ob-havo bilan bog‘liq mavsumiy marosimlarni o‘z ichiga oladi. Mavsumiy marosimlarning aniq vaqti, belgilangan o‘tish muddatlari mavjud va ular bir oila yoki jamoaga tegishli bo‘lmay butun xalq ommasiga tegishlidir.

«Mavsum» deganda, asosan, yil fasllari nazarda tutiladi. Binobarin, mavsum qo‘shiqlari qish, bahor, yoz, kuz fasllari bilan bog‘liq bo‘ladi. Marosim esa diniy yoki an’anaviy urf-odatlar munosabati bilan o‘tkaziladigan tadbir, yig‘in demakdir. U bayram umumxalq shodiyonasi, tantana kun ma’nosini ifodalaydi. Ma’lum bo‘ladiki, «marosim» tushunchasi «bayram» so‘zi ifodalagan ma’nodan kengligi bilan farq qilar ekan. Chunki marosim bir shaxs hayotidagi muhim voqea bilan bog‘lanishi mumkin. Bu tadbir oila chegarasi bilan cheklanadi. Bayramda esa umumxalq ishtiroki bo‘lishi lozim. To‘g‘ri, biz ko‘pincha «bayram marosimi» birikmasini qo‘llashimiz mumkin, ammo bu holatda gap oilaviy marosim haqida emasligi ta’kidlanadi.

Dunyoda bironta xalq yo‘qki, turli munosabatlar bilan ommaviy bayramlarni nishonlamasin. Bayramlar butun xalq tayyorgarligi bilan o‘tkaziladi. Katta shodiyonalar rejalashtiriladi. Maxsus taomlar pishiriladi, bayram liboslari tikiladi, o‘yin-kulgilar, sayillar, tomoshalar, musobaqalar uyushtiriladi. Shuning uchun milliy bayramlar tizimida xalq tarixi, milliy xususiyatlar haqida tasavvur hosil qilish mumkin. Bu tasavvurlarni oilaviy, muayyan hudud aholisi o‘rtasidagi marosimlar, qolaversa, milliy urf- odatlar to‘ldiradi, mukammallashtiradi. Oilaviy marosimlar esa aksincha bir oila va oila a’zolari hayotidagi barcha mavsumlar o‘zgarishlarni o‘z ichiga qamraydi. Oilaviy marosimlar mazmuni tug‘ilish, to‘y va motam marosimlaridan iborat va bu marosimlarda ijro etiluvchi folklor namunalari oilaviy marosimlar tarkibiy qismini tashkil etadi.

2. Mavsumiy marosimlar. O‘zbek mavsumiy marosim folklori o‘z ichiga quyidagi janrlarni qamrab oladi: 1) yil fasllari bilan bog‘liq marosim folklori janrlari: a) Qishki marosimlar folklori janrlari: «Sherda», «Qor xat». Xalqimizning qadimiy an’anasiga ko‘ra, yil bo‘yi mehnat qilib, kuzda dala ishlarini nihoyasiga yetkazgan dehqon va bog‘bonlar, shuningdek, o‘z suruvini qishlovga qaytarib kelgan chorvadorlar qishi bilan turli-tuman marosimlar orqali vaqtning ko‘ngilli o‘tishini ta’minlaganlar. Yoshi teng bo‘lgan kishilar, ya’ni hamteng, jo‘ra, do‘st- yorlar «teng- tengi» bilan yig‘ilishib, «Gap-gashtak», «Dangana», «To‘kma», «Sherda», «Harfona» («Xalpana»), «O‘tirishma», «Ziyofat», «Tashkil», «Gurung» kabi turli xil marosimlarni tashkil etishgan. Ana shu xildagi o‘tirishlar xalq orasida keng ommalashgan bo‘lib, odatda, o‘ziga xos marosim tarzida o‘tkazilgan.