O`zbekiston mustaqillikka erishish arafasidagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar
O` zbek ist on must aqillik k a erishish arafasidagi ijt imoiy- siyosiy jaray onlar
Reja: 1.XX asrning 80-yillari oxirlarida O’zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli. 2. “Paxta ishi”, “O’zbeklar ishi”ning yuzaga kelishi va uning oqibatlari. 3. Farg’ona voqealarini kelib chiqishining sabablari va oqibatlari.
1.X X asrni 80-yillari oxirlarida O’zbek ist onning ijt imoiy-iqt isodiy ahvoli. Sovet davrida O‘zbekiston xom- ashyo y etkazib beruvchi hududligicha qolib ketdi. Ishlab chiqarishga e’tibor qaratilmadi. Pax ta yakkahokimligi o‘rnatildi. . Masalan, 1985-yilda paxta maydonlari 1989,8 ming gegtarni tashkil qilgan bo`lsa,1986-yil bu ko`rsatgich 2054,0 gegtarga yetkazildi. G`alla maydonlari muttasil ravishda kamaytirilib borildi. Markazning paxtachlikni jadal rivojlantirish siyosati oqibatida ko`plab suv omborlari qurilishi, sug’oriladigan yer hajmining kengayib suv isrofgarchiligiga yo`l qo`yilishi natijasida ekogologik vaziyat keskinlashdi. Amudaryo, Sirdaryo daryolaridan Orol dengiziga qo`yiladigan suv nihoyatda kamayib ketdi.Orol fojiasi ro`y berdi. Oqibatda dengiz 1969- yildagi holatiga nisbatan 1990-yilda 14,5 metrga pasaydi, suvning hajmi 54%ga qisqarib, dengiz 743 km kub suv yo’qotdi.1989-yilga kelib uning zaminida ikkita bir biridan ajralgan ko`l paydo bo`lgan.
Orol dengizi o`zining Respublika xalq xo`jaligida baliq mahsulotlar yetishtirishdagi yetakchi o`rinini yo`qotdi. Mutaxassislarning ma`lumotlariga qaraganda dengiz atrofidan buronlar ko`tarilishi natijasida yiliga 50-70 ming tonnagacha chang va tuz ko`tarilgan. Zaharli tuzlar nafaqat Orol havzasida balki Yevropa hamda Osiyoning turli mamlakatlariga tarqalgani kuzatilgan. O`tgan asrning 80-yillariga kelib faqat xom-ashyo yetkazib berishga asoslangan, qoloq va mo`rt iqtisodiyotga ega bo`lgan O`zbekiston asosiy iqtisodiy va ijtimoiy ko`rsatkichlar bo`yicha sobiq ittifoqdagi o`rtacha ko`satgichdan ancha orqada bo`lib, mamlakatda oxirgi o`rinlarga tushib qolgan edi. Jumladan, aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulot ishlab chiqarish ittifoqdosh respublikalar orasida 12-o`rinni, daromad darajasi hamda asosiy turdagi mahsulotlarni iste`mol qilish jihatidan 2,5 borabar, qishloq xo`jaligida esa 2 borabar, orqada edi.