Samarqand shahri “Chashma” arig’i florasining taksanomiyasi va ekologik xususiyatlari
Mavzu: Samarqand shahri “Chashma” arig’i florasining taksanomiyasi va ekologik xususiyatlari.
Dissertatsiya Mavzuning Dolzarbligi Mutaxassislarning ma’lumotiga ko‘ra, inson organizmining mo‘tadil rivojlanishi uchun uni o‘rab turgan atrof-muhitda kislorod miqdori 21 % dan kam bo‘lmasligi, karbonad angidrid esa 0,04 % dan oshmasligi zarur. Muvozanatning saqlanishi ob-havoning musaffoligiga bog‘liq. Havoga chiqariladigan chang-g‘uborlarni, sanoat korxonalari, transport vositalaridan ajralayotgan zararli gaz va chiqindilarni tozalab, inson uchun qulay yashash muhitini vujudga keltirishda o‘simlik olamining o‘rni beqiyos. Antropogen va texnogen ifloslanishlar tufayli suv havzalaridagi tabiiy indikatorlar sifatidagi , ekologik muhitni yaxshilashdagi o’simliklarni o’rnini belgilash va ishlab chiqarishga joriy etish hozirgi kundagi muammoli vaziyatlarni keltirib chiqarmoqda
TADQIQOTNING MAQSADI. Samarqand shahridagi “Chashma” arig‘I florasini va ekologiyasini o'rganish.
TADQIQOTNING VAZIFALARI. - Tadqiqot ishlari oldiga qo’yilgan maqsadga erishish uchun quydagi vazifalarni amalga oshirish rejalashtirildi: -Chashma arig’i to’g’risida adabiy manbalar asosida ma’lumotlar to’plash va ularni tahlil qilish; - Samarqand shahar»Chashma» arig'i ichidagi va atrofidagi o'simliklar sistematik holati va tarqalishini o’rganish; -Ayrim o'simlik namunalaridan gerbariylar tayyorlandi. Terilgan turlarni aniqlagichlar yordamida aniqlash . -Chashma arig’i suvining kimyoviy tarkibini aniqlash. -O’rganilayotgan mavzu bo’yicha olingan dalillar asosida xulosalar chiqarish.
* Samarqand shahri “Chashma”arig’da tarqalgan o’simliklarni aniqlashda A. Ҳамидов, М. Набиев, Т. Одилов «Ўзбекистон ўсимликлари аниқагичи»[50]. dan foydalanildi Fenologik kuzatishlar Beydeman uslubidan foydalanildi. O’simliklarning fenologiyasi, o’sishi va rivojlanishi I.D.Yurkevich va boshqalar metodikasi bo’yicha o’rganildi. Unib chiqqan maysalarni tavsiflashda I.T.Vasilichenko metodidan foydalanildi. Biologik xususiyatlarini o’rganishdagi Metodlarni ham liriting?........