logo

TOPONIMIK MANBALARNING O’LKA TARIXINI O’RGANISHDAGI AHAMIYATI

Yuklangan vaqt:

10.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

737.4638671875 KB
TOPONIMIK MANBALARNING O’LKA 
TARIXINI   O’RGANISHDAGI  AHAMIYATI
1. Toponimika tushunchasi va uning maqsadi. Geografik joy nomlarini 
o’rganishda toponimikaning o’rni.
2. Toponimikaning fan sifatida shakllanishi. Toponimikaga oid asosiy 
ilmiy terminlar mazmuni. Toponimikaning ikki qismga: mikro va makro 
toponimlarga bo’linishi. Ularning farqli xususiyatlari.
3. O’zbekiston toponimi	
 ka	 siga oid atamalarning yozma manbalarda qayd 
etilishi. O’zbekistonda toponimik tadqiqotlar tarixi.       
1917 yilga qadar toponimika mustaqil fan sifatida o’rganilmay, uning vazifasini 
tarixiy geografiya fani bajarib kelardi.Toponimika  geografik nomlar , kishi ismlarini 
o’rganadigan fan sifatida maydonga keldi. Toponimikani «zamin tili», ya’ni yer tili 
deb atashadi. Toponimika atamsi lotin tilidan olingan bo’lib, «topos» - joy, «onom» 
- nom, umuman joy nomini o’rganadigan fan degan ma’noni bildiradi. Geografiy 
nomlar va zamin qarida o’rganilayotgan nomlar insonlarga qo’yiladigan ismlar 
toponimikaning manbai hisoblanadi. Toponimika ikki ob’yektdan: mikro va makro 
toponimlaridan iborat bo’lib, makrotoponimika - grammatik jihatda mayda 
ob’yektlarni - turdosh otlarni, mikrotoponimika esa atoqli otlar, ya’ni yirik 
ob’yektlarning nomlarini tadbiq qiladi.

Joy nomlari insoniyat tarixi va taqdirida alohida o’ringa ega. Ularsiz kishilar 
qayerga borishini ham, qanday borishini ham, qayerdan qanday kelishini ham 
bilmasdilar. Shuning uchun qadimgi joy nomlariga maxsus, alohida to’xtalish 
hollari bo’lmasa hamki yozilgan ilmiy-amaliy qiymatga ega bo’lgan asarlarda u 
yoki bu darajada to’xtalganligini tarixiy va geografik asarlardan bilishimiz mumkin.

Atrofimizdagi turli-tuman joylarni ularga berilgan nomlar asosidagina tushunamiz, 
anglaymiz va eslab qolamiz, chunki toponimlar (joy nomlari) o’ziga xos tarix, 
o’ziga xos xotira hamda o’ziga xos madaniy-ma’naviy yodgorliklardan biri 
sanaladi.        Shuning uchun ham joy nomlari davlat ahamiyatiga 
molik masala ekanligi qator rasmiy hujjatlarda qayd 
qilingan. O’zbekiston toponimikasi fani asrimizning 30-
yillaridan boshlab rivojlangan. Uning rivojlanishiga 
toponimist olim H. Hasanovning xizmatlari katta.
Vatanimiz joy nomlariga oid toponimik ma’lumotlar esa 
tarixiy ilmiy kitoblardan qadim-qadimdan beri naql 
qilinib kelmoqda. Shu sababli joy nomlari bo’yicha olib 
borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlarida ancha qadimiy 
bo’lgan qo’lyozma manbalardagi materiallar ham 
e’tiborga olinmoqda. Bu holni hozirgi vaqtda amalga 
oshirilayotgan ilmay tadqiqot ishlarida aniq ko’rish 
mumkin.
O’zbekiston toponimikasi fani Ona Vatanimiz 
hududidagi joy nomlarini yig’ish, to’plash, ma’lum bir 
ilmiy-nazariy tizimga solish bilan birga, ularga har 
tomonlama izohlashga ham harakat qiladi.        
Mamlakatimiz  hududida Toshkent shahar , Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, 
Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo, Buxoro, Xorazm, Navoiy, 
Namangan, Andijon, Farg’ona viloyatlari va Qoraqalpog’iston respublikasi 
joylashgan. Yuqorida sanab o’tilgan shahar, viloyatlar, respublikasiga 
ma’lumotlarni bu fan yig’ib to’plash jamlab beradi.

Har bir hudud uchun toponimik qonuniyatlar takrorlanmas ko’rinishli 
holatga egaligini V.A.Juchkevich ham o’z monografiyasida alohida qayd qilib 
o’tganligini e’tiborga oladigan bo’lsak, har bir viloyat, har bir shahar, 
har bir voha , har bir tuman o’ziga xos toponimlar (majmui) jamiga - 
toponimiyasiga ega. Ularni o’rganish va ular to’g’risida maxsus maqola, 
monografiyalar va hatto, ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish zarur. Chunki 
vaqt o’tishi bilan joy nomlari unutilib borishlari yohud ba’zi zamonasoz 
rahbarlarning sayi-harakatlari bilan zamonaviylashtirilishi ham mumkin. 
Mana bunday holatlarning oldini olish uchun esa joy nomlarini xoh u 
makrotoponim bo’lsin, xoh u mikrotoponim bo’lsin, farqi yo’q. Ularni har 
tomonlama tadqiq etish vaqti, payti keldi.        
Toponimik ma’lumotlar to’plash uslublari.

Toponimikani o’rganish ma’lumot to’plashdan boshlanadi. Bu ish odatda 
o’lkashunoslik bo’yicha tadqiqot olib borilayotgan mikrorayon qishloq, 
ovul, kolxoz-sovxoz hududlarida, keyinchalik ma’muriy rayon hamda 
viloyat va nihoyat jonajon o’lka miqyosida amalga oshiriladi.

Toponimik ma’lumot yig’ish ishini boshlashdan avval ma’lumotlarni 
qanday va qayerlardan to’plash hamda kimlar bilan qanday mavzuda 
suhbatlar o’tkazishning hech bo’lmaganda taxminan ish rejasi va 
dasturi ishlab chiqilishi shart. Mana shu reja va dastur asosida puxta 
tayyorgarlik ishlari olib boriladi, so’ng dala tadqiqot ishlariga o’quvchi va 
studentlar jalb qilinadi. Dalada tadqiqot ishlarini amalga oshirish 
jarayonida aholidan eshitgan hikoya, afsona va o’tmish haqidagi 
suhbatlarni hamda boshqa materiallarni muntazam yozib boradigan 
maxsus daftar bo’lishi shart. Mamlakatimizdagi viloyatlar hamda Qoraqalpog’iston 
respublikasidagi tumanlarni birma-bir hisoblamasak, hali ham 
ko’p tumanlarimiz hududlaridagi joy nomlari o’rganilmagan. 
O’zbekiston toponimikasidagi bunday ketma-ketlikni tugatish 
vaqti keldi.        Shundan so’ng surishtirish va suhbat natijasida olingan ma’lumotlarni tadqiq 
qilishda toponimik toifalar bo’yicha maxsus kartotekalar tuziladi. Keyin shu 
asosda lug’atlar tuziladi. Keyinchalik tadqiqotchilarning fikrini hisobga 
olgan
 holda bir tipdagi ommaviy toponimlarni sinchiklab o’rganish katta aholisiga 
ega. Tadqiq qilingan va to’plangan toponimik ma’lumotlar o’lkashunoslik 
muzeylarida aniqlanadi. Shuningdek, bu ma’lumotlar maxsus 
kutubxonalarda alohida bo’lim qilib saqlanadi. Toponimik ma’lumotlar 
to’plash ko’pincha shu o’lka tarixini o’rganish ishi bilan parallel holda olib 
boriladi. Turistik  sayohatlarda va poxodlarda , ilmiy safarlarda qatnashgan, 
shuningdek, muzeylar, arxeologik yodgorliklar, tarixiy obidalar va 
arxitektura yodgorliklariga borgan o’lkashunoslar arxeologik, etnografik 
ma’lumotlar bilan bir qatorda toponimik ma’lumot ham to’playdilar.        O’zbekiston toponimikasida quyidagilar toponimik ob’yektlarga bo’linadi:
1) gidronimlar; 2) oykonimlar; 3) agroonimlar; 4) muqaddaslashtirilgan joy nomlari; 5) oronimlar; 
6) drononimlar; 7) tarixiy  yodgorliklarning nomlari ; 8) paragonimlar (tashkilot, idora, 
muassasalarning nomlari); 9) g’orlarning hamda yerosti ko’llarning nomlari.
T.Nafasovning «Janubiy O’zbekiston toponimiyasining etnolingvistik analizi» (Toshkent, 1985,
  84-bet) nomli monografiyasida mamlakatimiz janubidagi joy nomlari etnolingvistik jihatidan 
tahlili berilgan. Z.Do’simov
  «Xorazm toponimlari» (Toshkent, «Fan», 1985, 104-bet) deb nomlangan monografiyasida 
alohida voha hisoblangan Xorazm hududi joy nomlariga xos eng xarakterli xususiyatlar birma-bir 
bayon qilingan.
N. Oxunovning «Til va joy nomlari» (Toshkent, «O’zbekiston», 1988), «Antrotoponimlar nima?» 
(Toshkent, «Fan», 1989) nomli kichik-kichik kitoblarida toponimikaga oid nazariy masalalar 
bo’lgan joy nomlari, antroponimlar va toponimlarning nomlanish xususiyatlari kabilari atroflicha 
yoritilgan. L.Karimovning «O’zbek tilida toponimlarning o’rganilishi» nomli monografiyasida joy 
nomlarini o’rganish metodlari, ularning lingvistik xususiyatlari, semaktik tasnifi, etimologik taxlili 
kabi ilmiy ahamiyat muammolar shimoliy o’zbek shevalaridagi toponimlar misolida bayon 
qilingan. S.Qorayevning «Toponomiya Uzbekistana» monografik tadqiqotida yurtimizdagi joy 
nomlariga oid bo’lgan xususiyatlarga e’tibor qaratilgan (bu monografiyalar adabiyotlar ro’yxatida 
to’liq berilgandir).        
Shuning uchun toponimlar tadqiqiga oid har bir tadqiqot ishlariga 
oldingilaridan farqlanadigan xususiyatga ega bo’lishi kerak. Shundagina 
bunday tadqiqotlar ilmiy ishlar sifatida ilmiy jamoatchilik tomonidan tan 
olinadi. Joy nomlari to’g’risida amalga oshirilgan ilmiy tadqiqotlarni 
ko’zdan kechirgan holda O’zbekiston toponomikasining kelajagi oldiga 
quyidagi eng muhim masalalarni qo’yish mumkin.

1. O’zbekiston Respublikasi joy nomlarining toponomik kartotekasini 
tuzishga tayyorgarlik ko’rish hamda uni tuzishni boshlab yuborish.

2. Ona Vatanimiz toponimlarini faqat izohlabgina qolmasdan, endi 
ularning etimologik taxlilini ham boshlash onlari keldi.

3. Mavjud tarixiy tadrijilikni buzmagan holda yangi shakllanayotgan 
joylarga ham qo’yishning ilmiy-nazariy prinsip hamda me’yorlarini ishlab 
chiqish va amalda qo’llash. O’zbekiston toponomikasining kelajagi yangi davri o’tmish va 
hozirdan boshlanadi. Chunki erta, albatta, bundan boshlanganligi 
kabi mamlakatimiz toponimlariga oid yangi-yangi ilmiy tadqiqot 
ishlariga zamin so’zsiz bugundan qo’yilgan bo’lishi darkor.          Buxoro - qadimiy, tarixiy yodgorliklarga boy shahar. Narshahiy 
Buxoroning Numijkat, Bumiskat, Madikat us-sufriya, «Mis shahar», 
Madinat ut-tujjor, ya’ni «Savdogarlar shahri» degan nomlari borligini 
aytadi. Xalqda Buxoro-Bog’ora degan rivoyat ham bor. Buxoro 
so’zining etimologiyasi aniq emas. Buxoro - sanksritcha «vixara» 
so’zidan olingan bo’lib, «ibodatxona»ma’nosini  bildiradi , degan fikr 
bor.
Buxorodagi toponimlar izohi.
Yangi bozor - Buxoro viloyati Buxoro rayonidagi qishloq. Bu nomni 
o’rganishda o’sha joyda yashab xizmat qilayotgan o’qituvchilarga, 
keksalarga va arxiv hujjatlariga murojaat qilinadi. Qishloqni nima 
uchun Yangi bozor deb atashgan? Bunga sabab, Yangi bozor 
qishlog’idagi bir oz naridagi qishloqda boshqa kichik bir bozor 
bo’lgan, bu bozordagi turli tomondan kishilar kelib savdo-sotiq 
qilganlar. Bozor kengayib borgan, eski bozor bilan birgalikda yangi 
bozor ham rivojlangan. Shundan boshlab qishloq Yangi bozor deb atala
boshlagan.        Sarikunda - Romiton rayonidan 15 km naridagi qishloq. Urganch cho’li etaklarida 
joylashgan. Keksalarning aytishlaricha, o’rta asrlarda qishloq nihoyatda obod bo’lgan. 
Maydoni keng, bog’-chorbog’i ko’p bo’lgan. Shu yerda kunda boshi, ya’ni suv boshi 
bo’lgani uchun ham qishloqning nomini shunday deb ataganlar. «Sari» - tojikcha, 
«kunda» - suv, suv taqsimlanadigan to’g’on boshi demakdir.
Vaqt o’tishi bilan xususiy boylik uchun olib borilgan kurashlar natijasida qishloq 
harobaga aylangan. 1920 yilda qishloqda jami 6 xo’jalik istiqomat qilgan. 
Qishloq aholisining ko’pchiligi tojiklar. Keyingi yillarda qishloq tanib bo’lmas 
darajada o’zgardi. Dastlab 10 gektar maydonda omoch bilan dehqonchilik qilgan 
sarikundaliklar bugungi kunda 300 gektardan ortiq yerga ekin ekib, farovon hayot 
kechirmoqdalar.
Tarob - Buxoro viloyati hududida joylashgan. Tarixiy manbalarda Tarob qishlog’i 
Buxorodan ham oldin paydo bo’lgan deyiladi. Bu qishloq dastlab Narshahiyning 
«Buxoro tarixi»da tilga olingan. Bu qishloq ahli 1238 yilda mo’g’illarga, 
keyinroq esa mahalliy boylarga, ruhoniylarga qarshi ko’targan qo’zg’olonlari 
bilan mashhurdir. Tarob so’zining etimologiyasi ma’lum emas. Mahmud Torobiy 
ham shu qishloqdan chiqqan.        Toqi  sarrofon  -  Buxoro  shahridagi  bozor.  Toq  so’zi  qadimiy  me’morchilik 
atamalaridan  biri  bo’lib,  «arkli  bino»  ma’nosini  anglatadi.  Buxoro  xonligida  usti 
yopilgan  bozor  toq  deyilgan.  Masalan,  toqi  telpakfurushon  -  telpak  sotuvchilar,  toqi
  saroffon  ham  shunday  bozorlardan  biridir.  Sarrof  -  pul  «maydalovchi»  demakdir. 
O’rta  asrlarda  Buxoroning  Kesh  (Shahrisabz)  darvozasi  yaqinidagi  bir  mahalla 
Rasattoq  (arabcha  «ark  boshi»)  deb  atalgan.  Bu  mahalla  qadimda  ana  shu  yerda 
bo’lgan gumbazli bozor nomi bilan atalgan bo’lsa kerak deydi tarixchi O.I.Smernova.
Shohrud - shahar arig’i, Buxoro shahrini suv bilan ta’minlaydigan ariq. Dastlab 
Rudi zar deb atalgan. Arab geograflari asarlarida «Nauri zar» shaklida qayd 
qilingan. Shayx Bonarziyning vaqf hujjatlarida «Rudi shao’ri Buxoro» deb atalgan. 
Keyingi asarlarida Shohrud bo’lib ketgan. Eronda ham Shohrud degan ariq bor. 
Peshku - Buxoro viloyati Fijduvon rayonidagi qishloq. Poza tojikcha - omochning 
uchiga kiydiriladigan cho’yak tish, pozagar omoch tishi quyuvchi usta degan 
ma’noni anglatadi.        
Qarshi Qashqadaryo viloyatining ma’muriy markazi. Qarshi O’zbekistonning eng 
ko’hna shaharlaridan biri. U grek - Baqtriya davlati davridan beri mavjud. Shahar 
XIV asrgacha Nahshab deb atalgan. Arablar  bu mahalliy nomni buzib , Nasaf deb 
ishlatgan bo’lsa kerak. Hozirgi Qarshi XIV asrning birinchi yarmida Voqa 
o’rtasida Samarqand, Buxoro, Afg’oniston, Hindiston va Sharqdagi boshqa 
qo’shni 

mamlakatlardan keladigan yo’llar ustida ko’rilgan. Chig’atoy nasmidan bo’lgan 
Kepakjon Qashqadaryo vodiysiga o’xshagan eski Nahshabdan ikki farsax narida 
o’ziga saroy qurgan. Saroy mug’ul tilida Qarshi deb ataladi. Qarshi «Shoh qal’asi» 
degan ma’noni ham anglatadi, deyishadi.

Yakkabog’ - Qashqadaryo viloyati Yakkabog’ rayonidagi shu nomdagi aholisi 
yashaydigan joy nomi. Aytishlaricha, dastlabki vaqtlarda hozirgi Yakkabog’ rayoni 
o’rnida aholi kam bo’lgan. Bularning ham ko’pchiligi ko’chmanchi xalq bo’lib, 
chorvachilik bilan shug’ullangan. Yakkabog’ hududi ekin ekishga qulay bo’lgan. U 
Hisor tog’iga yaqin bo’lib, chashma va mayda soy suvlari Yakkabog’dan o’tadi. 
Suvning bu jihatdan qulayligi bog’-rog’ barpo etishiga olib kelgan. Bu joyda oldin 
yakka bog’ barpo qilingan. Yakkabog’ rayoni hududida bir necha qishloq mavjud.	
         
Bulardan biri Nug’alidir. Nug’aylilar haqida aytilgan ayrim gaplar hozir ham xalq 
o’rtasida mavjud. Ikkinchi qishloq - Qatag’on (quvilganlar), uchinchi qishloq 
Uchtepa.Surxondaryo - tojik tilidan olingan bo’lib, «surx» - qizil, ya’ni Qizil daryo 
demakdir. Surxondaryo bosh oladigan tog’ tizmalari, daralar, tog’ jinslarida qizil 
ranglar mavjud. Suv bu jinslarni o’zi bilan oqizib kelganligi sababli qizil tusli

  tuyuladi. Shuning uchun yerli xalq - qizil daryoni tojik tilida «Surxondaryo» deb 
atashgan.Sariosiyo - bunday deb atalishiga sabab, kishilarning aytishlariga 
qaraganda, bir vaqtlar shu yerda bir kishi tegirmon qurgan (o’rniga) va uning 
atrofiga kelib, uy-joy qurib o’rnasha boshlaganlar. Asta-sekin bu yer qishloqqa 
aylangan, aholisining ko’pchiligi tojiklardan iborat bo’lganligi sababli ular o’z 
qishloqlarini «tegirmon boshi», ya’ni tojikcha «Sariosiyo» deb atalganlar. Sariosiyo 
keyingi davrda o’sib rivojlandi. Qishloq shaharga - rayon markaziga aylanib qoldi. 
Hozir ham Sariosiyo rayon markazidir. Qarsagan - Sho’rchi rayonidagi qishloq 
nomi. Aslida Qarsakgan yoki Qarsaknon bo’lishi kerak. Mahalliy xalq tulkining bir 
turini Qarsak deb atashgan. Qadimgi tilda Mahmud Qoshg’ariyning «Devonu 
lug’otit turk» asarida qarsak tulkilar jinsidan bo’lgan bir hayvon uning o’siq 
terisidan po’stin qilinadi, deb aytilgan. Agar bu so’zni «Qarasagan» tarzida 
oladigan bo’lsak, «Qarsak»  tulkiningn bir turi ,  «Gan» tojikcha ko’plik affiksidir.        
Samarqand.

Jom qishlog’i - Samarqand viloyatining Nurobod tumanidagi qishloqning nomi. 
Bu so’z fors tilidan olingan bo’lib, qadah metalldan yoki sopoldan yasalgan idish 
demakdir. Chunki qishloqning hamma tomoni tog’ bilan o’ralgan bo’lib, huddi 
jomga, ya’ni kosaga o’xshaydi. Jom deyildashining boisi ham ana shu 
o’xshashliklar kelib chiqqan.

Hilboshi - Samarqand viloyati Xatirchi tumanidagi qishloq nomi «Xil» so’zining 
bir necha ma’nosi bor: nav, tur, zot va hokazo. Bu so’z avlod, toifa, urug’, irsiyat 
ma’nolarida ham qo’llaniladi. Masalan, qabristonda bir ajdoddan tarqalgan 
kishilar dafn qilinadi. Joy xilxona deyiladi. Tojik, fors, pushtu tillaridan xil so’zi 
xil shaklida talaffuz qilinadi. Xilboshi yoki xeylboshi ham bo’lishi mumkin. 
Chunki Nizomulmulkning «Siyosatnoma» asarida ham bu so’z Heylboshi sifatida 
yozilgan bo’lib, avlodning boshi, urug’ boshlig’i demakdir. Qishloq nomi shu 
so’zdan kelib chiqqan.

Qoraguzar - Samarqand viloyatidagi dovon. Suvdan o’tiladigan joy - kichik, guzar 
deyiladi, tog’dan oshib o’tiladigan joy-dovon ham ba’zi joylarda guzar deb 
ataladi. Aniqrog’i tog’dan oshib o’tiladigan joy dovon deyiladi. Qorong’i joydan 
tog’ darasidan o’tilgan joyni Qoraguzar deb ataganlar.        
Farg’ona.

Chuvalachi - Farg’ona viloyati Bog’dod rayonidagi qishloq. Toshkent shahridagi ko’cha 
nomi. Tojikcha «Katta qon» ma’nosidagi juvol so’zidan kelib chiqqan degan fikr bor.

Qaqir - Andijon viloyati Xunsaobod rayonidagi hamda Farg’ona viloyati Quva 
rayonidagi qishloqlar nomi. Qaqir suv yetib bormaydigan, qahrab yotgan yer degan 
ma’noni bildiradi.

Qo’sh ko’pir - rayoni Xorazm viloyatining yirik rayonlaridan biri. Hozirgi kunda 
rayonda 9ta qishloq bo’lib, bu qishloqlar nomlarining kelib chiqishi juda qiziq. Quyida 
biz bu haqda fikr yuritamiz.

Kenagas - bu qishloq mahalliy xalq orasida Kanayas deb yuritiladi, chunki hududdan 
Kanayas arig’i oqib o’tadi. Qishloqning markaziy qismiga Karaman qal’asi deyishadi. 
Karaman Xorazmda o’suvchi ulkan daraxt. Qariyalarning so’zlariga qaraganda, bu yerda 
Xiva xonligi davrida mudofaa vazifasini bajaruvchi kichik, o’ziga xos qal’acha bo’lgan. 
Kenagas degan qabila ham bo’lgan.

Xadra - Qo’sh ko’pir tumanidagi ikkinchi qishloqning nomi. Xadra so’zining ma’nosi 
qal’a yoki shaharning cheti demakdir. Xadra qishlog’i Xiva qal’asining shimol tomonida 
joylashgani uchun ham Xadra nomini olgan bo’lishi mumkin.        
Do’rmon - Do’rmon, Do’rmoncha, Yuqori Do’rmon degan nomlar Toshkent 
vohasida juda ko’p uchraydi. Bu so’z mug’ul urug’laridan birining nomi bo’lib, 
ma’nosi mug’ul tilida «to’rt» demakdir. Bu so’zni ba’zi kishilarning, olimlarning 
afsonaviy qahramon Do’rmon Bahodir nomidan olingan deyishlari to’g’ri emasdir .

Birchimulla  -  Toshkent viloyati , Bo’stonliq tumanidagi qishloq. Ba’zi birovlar 
Ko’ksuv bilan Chotqol suvlari qo’shilgan burchakda bir mulla o’tirgan ekan, 
shuning uchun ham Burchimulla, ya’ni mullaning burchi deb atalgan, deyishadi. 
Aslida bu nomning «mulla» so’ziga hech qanday aloqasi yo’q. Ikkala so’z - mulla, 
burch so’zlari ham minora degan ma’noni anglatadi.

Iskandar - bu Chirchiqdan birinchi suv oluvchi kanalning nomi, 1889 yilda bu 
kanal o’rnida kichik bir «sart» arig’i bo’lgan. Bu ariqni podshoh Aleksandrning 
qarindoshi Konstantin Romanov qayta qurdirib, unga «Oq podsho» Aleksandr 
nomini qo’ydiradi. U joy obodonlashtirilib, aholi yashaydigan joyga aylantiriladi 
va yarim xalq odatiga ko’ra Aleksandrni Iskandar deb yurita boshlaydilar. Hozirgi 
kunga qadar ham shu nom bilan yuritilib kelinmoqda.

TOPONIMIK MANBALARNING O’LKA TARIXINI O’RGANISHDAGI AHAMIYATI 1. Toponimika tushunchasi va uning maqsadi. Geografik joy nomlarini o’rganishda toponimikaning o’rni. 2. Toponimikaning fan sifatida shakllanishi. Toponimikaga oid asosiy ilmiy terminlar mazmuni. Toponimikaning ikki qismga: mikro va makro toponimlarga bo’linishi. Ularning farqli xususiyatlari. 3. O’zbekiston toponimi ka siga oid atamalarning yozma manbalarda qayd etilishi. O’zbekistonda toponimik tadqiqotlar tarixi.

 1917 yilga qadar toponimika mustaqil fan sifatida o’rganilmay, uning vazifasini tarixiy geografiya fani bajarib kelardi.Toponimika geografik nomlar , kishi ismlarini o’rganadigan fan sifatida maydonga keldi. Toponimikani «zamin tili», ya’ni yer tili deb atashadi. Toponimika atamsi lotin tilidan olingan bo’lib, «topos» - joy, «onom» - nom, umuman joy nomini o’rganadigan fan degan ma’noni bildiradi. Geografiy nomlar va zamin qarida o’rganilayotgan nomlar insonlarga qo’yiladigan ismlar toponimikaning manbai hisoblanadi. Toponimika ikki ob’yektdan: mikro va makro toponimlaridan iborat bo’lib, makrotoponimika - grammatik jihatda mayda ob’yektlarni - turdosh otlarni, mikrotoponimika esa atoqli otlar, ya’ni yirik ob’yektlarning nomlarini tadbiq qiladi.  Joy nomlari insoniyat tarixi va taqdirida alohida o’ringa ega. Ularsiz kishilar qayerga borishini ham, qanday borishini ham, qayerdan qanday kelishini ham bilmasdilar. Shuning uchun qadimgi joy nomlariga maxsus, alohida to’xtalish hollari bo’lmasa hamki yozilgan ilmiy-amaliy qiymatga ega bo’lgan asarlarda u yoki bu darajada to’xtalganligini tarixiy va geografik asarlardan bilishimiz mumkin.  Atrofimizdagi turli-tuman joylarni ularga berilgan nomlar asosidagina tushunamiz, anglaymiz va eslab qolamiz, chunki toponimlar (joy nomlari) o’ziga xos tarix, o’ziga xos xotira hamda o’ziga xos madaniy-ma’naviy yodgorliklardan biri sanaladi.

Shuning uchun ham joy nomlari davlat ahamiyatiga molik masala ekanligi qator rasmiy hujjatlarda qayd qilingan. O’zbekiston toponimikasi fani asrimizning 30- yillaridan boshlab rivojlangan. Uning rivojlanishiga toponimist olim H. Hasanovning xizmatlari katta. Vatanimiz joy nomlariga oid toponimik ma’lumotlar esa tarixiy ilmiy kitoblardan qadim-qadimdan beri naql qilinib kelmoqda. Shu sababli joy nomlari bo’yicha olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlarida ancha qadimiy bo’lgan qo’lyozma manbalardagi materiallar ham e’tiborga olinmoqda. Bu holni hozirgi vaqtda amalga oshirilayotgan ilmay tadqiqot ishlarida aniq ko’rish mumkin. O’zbekiston toponimikasi fani Ona Vatanimiz hududidagi joy nomlarini yig’ish, to’plash, ma’lum bir ilmiy-nazariy tizimga solish bilan birga, ularga har tomonlama izohlashga ham harakat qiladi.

 Mamlakatimiz  hududida Toshkent shahar , Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo, Buxoro, Xorazm, Navoiy, Namangan, Andijon, Farg’ona viloyatlari va Qoraqalpog’iston respublikasi joylashgan. Yuqorida sanab o’tilgan shahar, viloyatlar, respublikasiga ma’lumotlarni bu fan yig’ib to’plash jamlab beradi.  Har bir hudud uchun toponimik qonuniyatlar takrorlanmas ko’rinishli holatga egaligini V.A.Juchkevich ham o’z monografiyasida alohida qayd qilib o’tganligini e’tiborga oladigan bo’lsak, har bir viloyat, har bir shahar,  har bir voha , har bir tuman o’ziga xos toponimlar (majmui) jamiga - toponimiyasiga ega. Ularni o’rganish va ular to’g’risida maxsus maqola, monografiyalar va hatto, ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish zarur. Chunki vaqt o’tishi bilan joy nomlari unutilib borishlari yohud ba’zi zamonasoz rahbarlarning sayi-harakatlari bilan zamonaviylashtirilishi ham mumkin. Mana bunday holatlarning oldini olish uchun esa joy nomlarini xoh u makrotoponim bo’lsin, xoh u mikrotoponim bo’lsin, farqi yo’q. Ularni har tomonlama tadqiq etish vaqti, payti keldi.

 Toponimik ma’lumotlar to’plash uslublari.  Toponimikani o’rganish ma’lumot to’plashdan boshlanadi. Bu ish odatda o’lkashunoslik bo’yicha tadqiqot olib borilayotgan mikrorayon qishloq, ovul, kolxoz-sovxoz hududlarida, keyinchalik ma’muriy rayon hamda viloyat va nihoyat jonajon o’lka miqyosida amalga oshiriladi.  Toponimik ma’lumot yig’ish ishini boshlashdan avval ma’lumotlarni qanday va qayerlardan to’plash hamda kimlar bilan qanday mavzuda suhbatlar o’tkazishning hech bo’lmaganda taxminan ish rejasi va dasturi ishlab chiqilishi shart. Mana shu reja va dastur asosida puxta tayyorgarlik ishlari olib boriladi, so’ng dala tadqiqot ishlariga o’quvchi va studentlar jalb qilinadi. Dalada tadqiqot ishlarini amalga oshirish jarayonida aholidan eshitgan hikoya, afsona va o’tmish haqidagi suhbatlarni hamda boshqa materiallarni muntazam yozib boradigan maxsus daftar bo’lishi shart. Mamlakatimizdagi viloyatlar hamda Qoraqalpog’iston respublikasidagi tumanlarni birma-bir hisoblamasak, hali ham ko’p tumanlarimiz hududlaridagi joy nomlari o’rganilmagan. O’zbekiston toponimikasidagi bunday ketma-ketlikni tugatish vaqti keldi.