Yozma manbalarning asosiy xillari
Yozma manbalarning asosiy xillari
Re ja: 1. Yozma manbalarning ahamyati. 2. Eng qadimgi yozma manbalar. 3. Davlat hukumatlari va me’mor asarlar. Asosiy manbalar 4. Davriy matbuot materiallari statistik manbalar
Yozma manbalar tarixiy manbalarning muxim va asosiy turidir. Insoning ijtimoiy faoliyati kishlarning o`zaro munosabati natijasi o`laroq yaratilgan va o`sha zamonlarda sodir bo`lgan ishtimoiy siyosiy voqealarning o`zida aks ettirgan manba sifatida etirof etiladi. Yozma manbalarning ahamiyati shundaki bizga eng qadimgi bitik va hujjatlar, qadimgi asarlar, davlatlar o`rtasidagi muhim siyosiy yozishma hujjatlar to`g`risida muhim va aniq ma`lumotlar beradi.
Misol uchun avesto kitobi, behustun yozuvlari, ko`k turk bitiklari buyuk alloma faylasuflarning qoldirilgan asarlari qadimgi manba sifatida foydalaniladi. Bu manbalar yurtimizda qadimda bo`lgan ijtimoiy siyosiy voqealarning yoritib beradi. Qadimgi yozma manbalar bizga o`tmishni o`rganishda muhim manbalar hisoblanadi.
Bir guruh olimlar – Fransuz J Darmsteter, Ozorboyjon olimi I Aliyev, “Avesto” Midiya hozirgi Eronning shimoliy g`arbiy qismi va Azarbayjonda yozilgan, desa, ko`pchilik – V.V. Struve. S.P Tolstov, F.Althaym va boshqalar Amudaryo bo`yida joylashgan viloyatlarda, Balh va Xorazm oralig`ida yaratilgan deb hisoblaydilarEng qadimgi yozma manbadan Avesto – zardushtiylarning muqaddas kitobi bo`lib yurtimiz haqida juda ko`p ma’lumotlar beradi. Bu kitob miloddan avvalgi VI asr milodning VI asrlarida yozilgan Eron hamda O`rta Osiyo halqlarining qadimgi madaniyati, etiqodi, tili, adabiyoti va qisman tarixini o`rganishda asosiy manba hisoblanadi. Asrning yozilgan joyi haqida turlicha fikrlar mavjud.