Sart atamasi taxlili masalasi
Mavzu: Sart atamasi taxlili masalasi
Sart" atamasi bilan yuritilgan turkiy tilli o'zbek etnik qatlamining kelib chiqish ildizlari ilk o'rta asrlarga borib taaqaladi, ya'ni arablar bosqini davrida O'rta Osiyoga istilochi Arab qo'shini bilan birga yana ikki toifa arablar kirib kelishgan. Ularning birinchisi payg'ambar avlodlari-saidlar bo'lsa (bular asosan aholi orasida Islom dinini tashviqot-targ'ibot qilish bilan shug'ullangan), ikkinchisi-tazik nomi bilan kirib kelgan Arab savdogarlari bo'lgan.
Sart Markaziy Osiyo sart aholisi tomonidan qoʻllaniladigan turkiy til, yoki til edi. Sovetlar hukumatidan oldingi Markaziy Osiyoda mavjud boʻlgan etnik oʻzlik masalasi oʻta bahsli boʻlsada, sartlar mintaqa boʻylab sochilib ketgan turli aholi maskanlarida oʻtroqlashgan turkiylar, degan umumiy tushuncha mavjud.
Ularning kelib chiqishi forslarga taqaladi deb hisoblangan boʻlsa ham, Britaniya Kutubxonasi toʻplamlari ichida saqlanayotgan ikki material sartlarning koʻproq turkiyzabon boʻlganligiga ishora qiladi. Ushbu materiallar 19 asr oxirida rus rasmiylari va sayohatchilari tomonidan yozib olingan xotiralarga asoslangan. Bu tadqiqot ishlari sartlar Pomir tizmalarida istiqomat qilib kelgan tojiklardan alohida etnik birlikdir,
Shunday qilib, o'sha kezlarda, ya'ni ilk o'rta asrlarda savdo bilan shug'ullanuchi toifaning etnik kelib chiqishidan qatiy nazar "taziklar" deb atalgan. Mahmud Qashg'ariyning "Devoni lug'atit turk" asarida "sart" savdogar ma'nosini anglatadi, deyilgan. "Sart" atamasi dastlab Arab va Sug'd savdogarlariga nisbatan ishlatilsa, X-XI asrlardan boshlab, umuman savdo bilan shug'ullanuvchi aholi qatlamiga nisbatan ishlatildi, ya'ni savdo bilan shug'ullanuvchi turklar ham sart deb atala boshlandi.