logo

”Shajarai Turk” asarining tarkibiy taxlili

Yuklangan vaqt:

15.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

2074.4033203125 KB
MAVZU:”SHA JARAI TURK” 
ASARINING TARKIBIY 
TAXLILI       SHAJARAYI TURK", "Shajarai turk va moʻgʻul" ("Turkiy xalklar va moʻgʻullar 
shajarasi") — tarixiy asar, muallifi  Abulgʻoziy   Bahodirxon . Eski oʻzbek tilida 
yozilgan. "SH.t." 13— 17-asrlardagi moʻgʻul va turk hukmdorlari haqidagi 
maʼlumotlarni, xususan, Markaziy Osiyo xonliklari, jumladan, Xiva 
xonligining muallif yashagan davrgacha boʻlgan tarixini oʻz ichiga olgan. 
"SH.t." Abulgʻoziy Bahrdirxonning oʻlimi tufayli nihoyasiga yetkazilmay 
qolgan boʻlsada, uning oʻgʻli Anusha Muhammadxon (1663—87) 
topshirigʻiga muvofiq, urganchlik tarixchi Maxmud ibn Mulla Muhammad 
Zamon Urganjiy tomonidan baʼzi maʼlumotlar bilan toʻldirilgan. "SH.t."ning 
yozilish sababi muallif tomonidan quyidagicha izohlangan: "Ammo bizning 
otaaqalarimizning beparvoliqi va Xorazm xalqining bevuqufliqi, bu ikki 
sababdin, bizning jamoatimizning Abdullaxonning (Abdullaxon II) otalari 
birlan bizning otalarimizning ayrilgan yeridin to bizga kelguncha tarixlarini 
bitmay erdilar. Bu tarixni bir kishiga taklif qilali teb fikr qilduk, hech munosib 
kishi topmaduk, zarur boʻldi (va) ul sababdin oʻzimiz aytduk". Asar moʻʼjaz 
muqaddima va 9 bobdan tashkil topgan.       “ Shajarai turk"ning 7, 8 va 9boblari (1644-yilgacha kechgan voqealar) 
Abulgʻozixon tomonidan yozilgan. 1, 6boblar va 9bobning davomi 
(1644—64) Mahmud ibn Mulla Muhammad Zamon Urganjiy tarafidan 
bitilgan. "SH.t."da koʻplab etnografik hamda Xorazmning 
ijtimoiyiqtisodiy ahvoliga doyr maʼlumotlar bor. Asarning bizgacha 
yettidan ortiq qoʻlyozma nusxasi yetib kelgan, ular Toshkent, 
Ashxobod, Sankt-Peterburgdagi fondlarda saqlanmoqda.
  “ Shajarai turk" omma tushunadigan tilda va ommabop usulda 
yozilganligi bilan ajralib turadi. Hodisalar bayonidagi ixchamlik, 
ifodaning izchilligi, voqealarni latifa va rivoyat uslubida sodda, ravon 
tasvirlash asarning muhim tomoni hisoblanadi. Manba grammatik 
qurilishi, lugʻat tarkibi nuqtai nazaridan xalq soʻzlashuv tiliga yaqin 
turadi. Abulgʻozixon "SH.t."ni yozishda ilgari bitilgan bir nechta tarixiy 
asarlar, xususan, Rashiduddinning "Jomeʼ uttavorix", Sharafuddin Ali 
Yazdiyning "Muqaddimayi Zafarnoma"sidan kerakli oʻrinlarda unumli 
foydalangan. Mazkur asar rus, fransuz va nemis tillarida nashr etilgan.

MAVZU:”SHA JARAI TURK” ASARINING TARKIBIY TAXLILI