Sharq tillari va eski oʻzbek yozuvi
Sharq tillari va eski oʻzbek yozuvi
Mav zu: • Izofali predloglar • Murakkab predloglar
Reja: 1. Matn ustida ishlash 2. Yangi lugʻatlarni oʻrganish 3. Husnixat mashqlari 4. Savol-javoblar
Fors tilida mustaqil ma’noga ega bo‘lgan ba’zi bir ot va ravishlar predlog vazifasida ham kelishi mumkin. Bu so‘zlar predlog bo‘lib kelganda, o‘zlarining mustaqil ma’nolarini yo‘qotib, ko‘makchi so‘z anglatgan grammatik ma’noni bajaradilar va doimo o‘zidan keyin kelgan so‘zga izofa orqali birikib keladilar.
Izofali predloglar fors tilida 20 dan ortiq bo‘lib, gapda asosiy predloglar orqali ifodalangan ma’nolarni konkretlash, ular orasidagi munosabatni yana ham aniqroq ko‘rsatish uchun xizmat qiladilar.