Sharqda qo’llanilgan quyosh kalеndarlari 2
S h arqda qo’llanilgan quyosh kalеndarlari
Qadimgi Hind kalendari. Hindistonda yaqin vaqtlargacha turli xil kalendarlar, ya’ni Quyosh. Oy, Oy-quyosh kalendarlari ishlatilgan. Hindiston qadimgi sivilizatsiyaning o‘chog‘i sifatida kalendarlar tarixi bir necha ming yillarni o‘z ichiga oladi. Hindistonda eng ko‘p tarqalgan kalendarlardan biri samvat kalendaridir .
U Hindistonning Shimoliy va Markaziy viloyatlarida ishlatilgan. Bu Oy-quyosh kalendari bolib, tropik yil va Oy oylari asosida tuzilgan. Kalendarda har uch yilda embolistik yil joriy qilingan. Uni hindlar «adikmas» 1 - deb ataganlar. Shuningdek, kalendarda qo‘shimcha kunlar (burjiy kalendar asosida) joriy etilgan va ular «titxi» deb atalgan. Bu kalendar erasi eramizdan avvalgi 57 -yildan hisoblangan. Hindistonda tarqalgan yana bir kalendar «Saka kalendari»dir. Saka kalendari Hindistonning janubiy viloyatlarida qo‘llanilgan. Saka kalendari Quvosh kalendari hisoblanadi. Saka kalendarida bir yil dastlab olti fasl va har biri 29, 32 kundan tashkil topgan o‘n ikki oydan iborat bolgan.
Kalendar 365 (kabisa 366) kun, 12 oydan iborat. Ovlar 30-31 kundan, oddiy yilda birinchi olti oy 30 kundan, qolgan oltitasi 31 kundan iborat. Kalendar quyidagi jadvalda berilgan.