logo

Tokzorlar uchun agrokimyoviy xaritanoma tuzish va o’g’itlarni tabaqalashtirib qo’llashning o’ziga xos jihatlari

Yuklangan vaqt:

10.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

1989.966796875 KB
Mavzu: Tokzorlar uchun agrokimyoviy xaritanoma tuzish va 
o’g’itlarni tabaqalashtirib qo’llashning o’ziga xos jihatlari
                                                     Reja:
1. Tokzorlarda agrokimyoviy tekshirish o’tkazishni mazmuni va 
maqsadi.
2. Tokzor tuproqlarida yirik masshtabli tekshirish xususiyatlari.
3. Dala ishlariga tayorgarlik.
4. Dala ishlari.
5. Xaritanoma tuzish va shakllantirish.                  1. Tok xosildorligi, uzum sifati nafaqat nav bilan, balki uning ekologik o’sish
sharoiti bilan aniqlanadi. Bu yerda joyning mikroiklimi va tuproq birinchi darajali
axamiyatga ega.shuning uchun xam xar bir massivda o’g’itlarni qo’llash nafaqat
xosildorlikni opshrishga, balki xosildan foydalanishning ko’zda tutilgan yo’nalishiga
mos keladigan (xuraki, vinobop, mayiz uchun va xakoza) sifatlarini rezavor mevalariga
berishga yo’nalgan bo’lishi kerak.  
   Uzum ko’p yillik o’simlik. Shuning uchun o’g’itlarni qo’llash bo’yicha
 tavsiyanomalar ishlab chiqilganda O’simliklar holatini hisobga olish kerak. O’simliklar
holati tokzor tarixiga ya’ni tuproqni o’ziga xosligiga, tuproqni ekishga tayyorlanganlik
darajasiga, ko’chat sifatiga, ekish uslubiga, oldingi yillar agrotexnikasiga va boshqa
faktorlarga bog’liq. Tokzorlarning ko’pchillik qismi tog’ va tog’ oldi zonasida
jiylashgan. Boshqa zonalarda ham tokzorlar nishab yerlarda va daryo vaxolarida barpo
etilgan. Ma’lumki bunday sharoitlarda tuproq qatlami katta rang baranglikka va 
olabo’lalikka ega. Shuning uchun ham tokchilikda interpolyatsiya uslubini qo’llash juda
ham kiyin. Xar xil tuproq iklim sharoitida o’g’itlarni sinash bo’yicha dala tajribalari
o’tkazib, olingan natijalarni usha sharoitga qo’llab bo’lmaydi. Bu tavsiyanomalar faqat
orientr tavsifga ega. Shuning uchun dala tuproqlarini tekshirish o’g’it dozasini aniqlashda
muxim ahamiyatga ega.                                  Mevaga kirgan tokzorlarda o’g’itlarni samaradorligi ko’p omillarga, birinchi
navbatda o’simlik holatiga nam bilan ta’minlanganlik darajasiga, tuproq unumdorligiga
bog’liq. Bundan tashqari navning biologik xususiyati, tokzor yoshi, tok kesish texnikasi,
tupni shakllantirish uslubiga, uchastkaning ifloslanganlik darajasiga, kasallik va
zararkunandalarning rivojlanishiga bog’liq.
2. Tokzor tuproqlarida agrokimyoviy tekshirish o’tkazishda tok o’simligining
quyidagi xususiyatlarini va ustirish uslublarini xisobga olish kerak.
Uzum tipi plantatsiyada ma’lum bir sistema bo’yicha joylashtiriladi: ular
rivojlangan ildiz sistemasiga ega, bu esa tokni tuproqni xar-xil gorizontlaridan oziq
moddalarni o’zlashtirib olishga imkon beradi. Faol ildizlarning asosiy qismi 20-70 sm
qatlamda bo’ladi.
Tokzor barpo kilishga tuproqni tayyorlashda plantaj xaydash hisobiga tuproqni
tabiiy tuzilishi bo’ziladi. Keyinchalik traktor bilan ishlov berilganda qator orasini
tuproqni notekis zichlashishi yuzaga keladi, uning ta’sirida esa tuproqni fizik xossalari,
namlik va tuproqni biologik xossalari o’zgaradi.
3. Tokzorlarda foydalaniladigan o’g’itlarni qo’llashning ochag (uchok) - lenta
usuli tuproqda oziq moddalarning miqdori ko’paygan markazlarivi yaratadi. U qator
orasida bo’lib, lekii qatordan har xil uzoqlikda va har xil chuqurlikda joylashgan. Bayon
etilgan tok o’simligining va agrotexnikasining uziga xos xususiyatlari urganish uchun,
namuna olish uchun tuproq qatlami kalinligi aniqlanayotganda hisobga olinishi kerak.                                    Dala ishlariga tayyorgarlik .  Zonal agrokimyoviy laboratoriya (ZAL)
agrokimyoviy xaritalash bo’yicha va o’g’itlar bilan dala tajribalir o’tkazish bo’yicha har
yili ishlab chiqarish rejasi tuzadi. ZAL mudiri tokzorlarning agro-kimyoviy tekshirish
bo’yicha ishlarni hajmli, obektlari va ketma-ketligini aniqlaydi, kerakli tashkilotlarga
kartografik materiallar: tuproq xaritasi, agrokimyoviy xaritanoma, yerdan foydalanish
rejasi uchun buyurtma beradi. Kerak bo’lsa topografik asos va aerofotosur’atga ham
buyutma beradi.                   Dala ishlarini o’tkazish uchun kerak bo’ladigan predmetlar: -xo’jalikning
xaritografik asosi.masshtab 1:5000,1:10000 -aralash namunalar olish uchun burgu -latta
yeki polietilen xaltachalar, korton karobkalar -katta haltalar yoki yog’och yashik, bu
tuproq namunalarini joylashtirish va quritish uchun asosiy joyga olib borishga kerak
bo’ladi.
- belkurak kesma qazish uchun va individual namunalar olish uchun.
- lenta yoki po’lat metr
- pichoq
- o’ragich qog’oz va shpagat
- dala jurnali, kerakli miqdorda etiketkalar, namunalar uchun kaydnomalar va
boshqa xujjatlar va shakllar.                         
      Yurtboshimizning tokzorlarga tashrifidan lavha                 ZAL operativ guruxi ishchilari quyidagi ishlarni xo’jalikda bajaradi. Xo’jalik
agronomi bilan birgalikda tokzorlarni ularni joylashishi bilan, holati, ifloslanganlik
darajasi. Relefning ifodalanganligi va tuproqni eroziyaga uchraganligi bilan tanishish
uchun rekognosik kuzdan kechiradi.
Topografik asosdan foydalanib xo’jalik tokzorlari elementar uchastkalarga
bo’linadi elementar uchaskalarni maydoni 2 gektardan oshmasligi kerak. Agar kvartal
kengligi 100 metr bo’lsa, elementar uchastkaning uzunligi 200 metr, agar eni 50 metr
bo’lsa elementar uchastkaning uzunligi 400 metr bo’ladi.
Agar uchaskani relefi juda ham notekis bo’lsa elementar uchastka ulchami 0,5-1,0
gektarni tashkil etishi kerak. Bunda tokzorni eni 100 metr bo’lsa, elementar uchastka
uzunligi ham 50-100 metr bo’ladi, agar eni 50 metr bo’lsa elementar uchastka uzunligi
100-200 metr bo’ladi.
Tokzorlarda tuproq namunalarini olish dala ekinlaridagiga mos kelishi keladi.
Tuproqni agrokimyoviy tavsiflash uchun tuproq iamunalari 0-25 va 25-50 sm gorizontlar
olinadi. Tokzorlarda namuna olish juda ham javobgarli va mexnati ko’p ish hisoblanadi.
Bu tuproq qatlami unumdorligining notekisligi bilan bog’liq. Tuproq geterogenligi
nafaqat uni genetik xususiyatlari bilan, balkim ularni har-xil madaniylashtirilganligi,
o’g’itlar qo’llashni xar xil intensivligi, boshqa agrotexnik tadbirlarni notekisligi bilan
tushuntiriladi. Tuproq qoplamining bu xususiyatlari tuproq namunalari olinishida
hisobga olinishi kerak.                  Aralash namuna tarkibiga genezisi va o’g’itlanganlik darajasi
bo’yicha xar xil maydonlardan olingan individual namunalar tushib kolishiga yul
kuymaslik kerak. Noto’g’ri olingan tuproq namunalari analiz natijalarini qadrsizlanishiga
olib keladi. Agrokimyoviy xaritanomalar va ushbu ma’lumotlar asosida tuzilgan
o’g’itlarni qo’llash bo’yicha tavsiyanomalar uz ahamiyatini yukotadi.
Tokzorlarda tuproq namunalarini olish uslubi va chastotasi bir biri bilan o’zaro
bog’liq bo’lgan element hisoblanadi. Ular o’g’it qo’llanilmaganyoki sochma usulda
qo’llanilgan tokzorlar va o’g’itlar yuqori dozada chuqur va lenta usulida qo’llanilgan
tokzorlarda har xil bo’lishi kerak.
O’g’itlanmagan tokzorlarda individual namunalar burgu bilan olinadi.                                    Aralash namuna 0-25 sm gorizont uchun ham 25-50 sm gorizont uchun ham 18 ta
individual namunadan tashkil etiladi.
Individual namunalarni elementar uchastka maydoni bo’yicha bir me’yorda
joylashtirish uchun tokzorda mavjud bo’lgan setkadan-xar bir qatordagi tok qatori va
shpaler stumlardan foydalaniladi. Masalan elementar uchastka maydoni 2 ga bo’lsa, eni
100 m, uzunligi 200 m teng bo’lsa, qator orasi 2,5 m bo’lganda, 80 ta qator mavjud bo’lsa
xar bir qator orasidan (7, 20, 33, 46, 60, 73 qator oraligi) 3 tadan individual namuna
olnadi. Bunda geterogenlikni namunalar uz ichiga olishi uchun bir joydan olingan uchta
namunani birinchisi qatordan, ikkinchisi 50-60 sm uzoqlikdan (bu yer eng zich yer
hisoblanadi chunki traktor gildiraklari yuradi), uchinchisi qator orasining o’rtasidan
olinadi (bu yerda tuproq eng yumshok xolda bo’ladi).
Agar elementar uchastkani maydoni 1 gektar bo’lsa, eni va uzunligi 100 metrdan
bo’lsa 7, 20 va 33 qator oraliklaridan 6 tadan ikkala Qatlam bo’yicha namunalar olinadi.
O’g’itlar lenta usulida chuqur kilib berilganda individual namunalar tuproq
kesmalaridan olinishi kerak. Chukurligi 55-60 sm bo’lgan tuporok kesmasi shunday
joylashtirilishi kerakkki uning devori tokzor qatorlariga peripendikulyar bo’lishi kerak.
Kesma devori eni tok qatoridan to qator orasi ur tasigacha bo’lgan masofani uz ichiga
olishi kerak. Qator orasi 2,5 m bo’lganda tuproq kesmasi eni 1,25 metrga teng bo’lishi
kerak. Kesmadan individual namunalar gorizontlar bo’yicha olinadi namunalar devor
enining hamma joydan bir xil me’yorda 5 sm kalinlikda olinishi kerak. Xar bir elementar
uchastkadan 8 ta kesma olinadi. (10,30,50 va 70 qator oralaridan).
Agar elementar uchastka chegarasida turli xil tuproq farqlari bo’lsa, tuproq
kesmasi ko’p tarkalgan tuproq farqidan olinadi                 Tokzorlar uchun 0-25 va 25-50 sm gorizintlarga harakatchan fosfor va
almashinuvchan kaliyga xaritanoma tuziladi. Bu xaritanomalarni tuzish uchun
lo’rsatilgan gorizontlardan olingan tuproq namunalari ommaviy analiz ma’lumotlaridan
foydalaniladi. Bunda 25-50 sm gorizonti bo’yicha tuzilgan kartogramma o’g’itlarni
rejalashtirish va qo’llashda asosiy xarita hisoblanadi.
Agrokimyoviy xaritanoma tuzishda zonal ishchi instruktsiyalarda keltirilgan
tuproq guruhlaridan foydalanish kerak. Bu instruktsiyalar ZAL uchun tuproqni yirik
masshtabli agrokimyoviy tekshirish o’tkazish, o’g’itlar bilan dala tajribasi o’tkazish va
o’g’itlarni qo’llash bo’yicha tavsiyanoma tuzish bo’yicha yozilgan.
Agrokimyoviy xaritanomani muallifiy orginallarini tuzish uchun elementar
uchastkalar setkasi tushirilgan xo’jalikning yerdan foydalanish rejasidan foydalaniladi.
Rejani o’rtasiga elementar uchastika nomeri yoziladi, uning pastiga tush bilan
agrokimyoviy ko’rsatkichlar, fosfor xaritanomaga - P2O5, almashinuvchan kaliy uchun
xaritanomaga - K2O va xokazolar yoziladi. Keyin, tuproq guruhlari eksplekatsiyasidan
foydalanib elementar uchastikalar buyaladi va uxshash uchastikalar bitta konturga
birlashtiriladi. 2-3 ta elementar uchastika mustaqil konturga biriktiriladi. Agar bitta
konturga boshqa guruhga mansub tuproq bo’lsa, u ham asosiy guruh rangiga buyaladi.
Agar bunday ogishlar bittadan ko’p bo’lsa muallifiy orginal xaritanomada ko’p aylanaga
olinadi, xo’jalik xaritanomasida asosiy guruh rangiga buyaladi.                 Agrokimyoviy xaritanomani muallifiy orignalini tuproq namunasi olgan
tuproqshunos-agrokimyogar tuzadi. Xaritanoma kopiyasini xaritagraflar shakllantiradi.
Konturlar, guruhlar va xo’jalik bo’yicha azot, fosfor va kaliy miqdori har xil
bo’lgan tuproq maydonlari (ga) va ulushi (%) xari-tanomaning muallifiy nusxasidan
paletka yoki planimetr yordamida hisoblanadi. Bu ma’lumotlar xaritanoma
eksplikatsiyasida keltiriladi. Bundan tashqari xar bir konturda uning maydoni gektarda
ko’rsatiladi.  
Xar bir agrokimyoviy xaritanoma ikki nusxada taxlanadi: bittasi xo’jalikka,
ikkinchi ZAL ga saqlash uchun beriladi.
Xaritanomada yozuvlar bo’lishi kerak. Kartush(nomi,sarlavxa) tepada o’rtadan
yoki chetda joylashtiriladi. Unda xaritanomani nomi, xo’jalik nomi, tuman va viloyat
nomi, tuzilgan yili, masshtab ko’rsatiladi. Sarlavxa ustida ZAL nomi ko’rsatiladi.
Xaritanoma ostida qabul kilingan shaklda eksplikatsiya joylashtiriladi. Pastki ung
burchagida imzo quyiladi.
Agrokimyoviy xaritanoma xo’jalikka agrokimyoviy tavsiyanoma bilan birgalikda
topshiriladi. Tavsiyanomada xaritanoma tuzish aniq va kiska bayon kilinadi, o’g’itlarni
qo’llash rejasi ishlab chiqilayotgandi ulardan foydalanish koidalari batafsil yoziladi.
Tadqiqot materiallari xo’jalikning kengaytirilgan yigilishida agronom, brigadir,
pudratchi, fermerlar ishtirokida topshiriladi                                           E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!

Mavzu: Tokzorlar uchun agrokimyoviy xaritanoma tuzish va o’g’itlarni tabaqalashtirib qo’llashning o’ziga xos jihatlari Reja: 1. Tokzorlarda agrokimyoviy tekshirish o’tkazishni mazmuni va maqsadi. 2. Tokzor tuproqlarida yirik masshtabli tekshirish xususiyatlari. 3. Dala ishlariga tayorgarlik. 4. Dala ishlari. 5. Xaritanoma tuzish va shakllantirish.

1. Tok xosildorligi, uzum sifati nafaqat nav bilan, balki uning ekologik o’sish sharoiti bilan aniqlanadi. Bu yerda joyning mikroiklimi va tuproq birinchi darajali axamiyatga ega.shuning uchun xam xar bir massivda o’g’itlarni qo’llash nafaqat xosildorlikni opshrishga, balki xosildan foydalanishning ko’zda tutilgan yo’nalishiga mos keladigan (xuraki, vinobop, mayiz uchun va xakoza) sifatlarini rezavor mevalariga berishga yo’nalgan bo’lishi kerak. Uzum ko’p yillik o’simlik. Shuning uchun o’g’itlarni qo’llash bo’yicha tavsiyanomalar ishlab chiqilganda O’simliklar holatini hisobga olish kerak. O’simliklar holati tokzor tarixiga ya’ni tuproqni o’ziga xosligiga, tuproqni ekishga tayyorlanganlik darajasiga, ko’chat sifatiga, ekish uslubiga, oldingi yillar agrotexnikasiga va boshqa faktorlarga bog’liq. Tokzorlarning ko’pchillik qismi tog’ va tog’ oldi zonasida jiylashgan. Boshqa zonalarda ham tokzorlar nishab yerlarda va daryo vaxolarida barpo etilgan. Ma’lumki bunday sharoitlarda tuproq qatlami katta rang baranglikka va olabo’lalikka ega. Shuning uchun ham tokchilikda interpolyatsiya uslubini qo’llash juda ham kiyin. Xar xil tuproq iklim sharoitida o’g’itlarni sinash bo’yicha dala tajribalari o’tkazib, olingan natijalarni usha sharoitga qo’llab bo’lmaydi. Bu tavsiyanomalar faqat orientr tavsifga ega. Shuning uchun dala tuproqlarini tekshirish o’g’it dozasini aniqlashda muxim ahamiyatga ega.

Mevaga kirgan tokzorlarda o’g’itlarni samaradorligi ko’p omillarga, birinchi navbatda o’simlik holatiga nam bilan ta’minlanganlik darajasiga, tuproq unumdorligiga bog’liq. Bundan tashqari navning biologik xususiyati, tokzor yoshi, tok kesish texnikasi, tupni shakllantirish uslubiga, uchastkaning ifloslanganlik darajasiga, kasallik va zararkunandalarning rivojlanishiga bog’liq. 2. Tokzor tuproqlarida agrokimyoviy tekshirish o’tkazishda tok o’simligining quyidagi xususiyatlarini va ustirish uslublarini xisobga olish kerak. Uzum tipi plantatsiyada ma’lum bir sistema bo’yicha joylashtiriladi: ular rivojlangan ildiz sistemasiga ega, bu esa tokni tuproqni xar-xil gorizontlaridan oziq moddalarni o’zlashtirib olishga imkon beradi. Faol ildizlarning asosiy qismi 20-70 sm qatlamda bo’ladi. Tokzor barpo kilishga tuproqni tayyorlashda plantaj xaydash hisobiga tuproqni tabiiy tuzilishi bo’ziladi. Keyinchalik traktor bilan ishlov berilganda qator orasini tuproqni notekis zichlashishi yuzaga keladi, uning ta’sirida esa tuproqni fizik xossalari, namlik va tuproqni biologik xossalari o’zgaradi. 3. Tokzorlarda foydalaniladigan o’g’itlarni qo’llashning ochag (uchok) - lenta usuli tuproqda oziq moddalarning miqdori ko’paygan markazlarivi yaratadi. U qator orasida bo’lib, lekii qatordan har xil uzoqlikda va har xil chuqurlikda joylashgan. Bayon etilgan tok o’simligining va agrotexnikasining uziga xos xususiyatlari urganish uchun, namuna olish uchun tuproq qatlami kalinligi aniqlanayotganda hisobga olinishi kerak.