Topografiya kartografiya va GES fanining rivojllanish tarixi
Topografiya kartografiya va GES fanining rivojllanish tarixi
Reja 1 Topogirafiya fanining rivojlanish tarixi 2 Kartagirafiya fanining rivojlanish tarixi 3 GIS fanining rivojlanish tarixi
Topografi ya (yun. topos — joy va ...grafim) — Yer sirti (qurukGʻshk tabiiy sirti elementlari va unda joylashgan inson faoliyatiga bogʻliq obʼyektlar)ni geometrik jihatdan oʻrganish, ularni plan va xaritalarda tasvirlash bilan shugʻullanadigan ilmiy-texnik fan. T. yirik masshtabli topografik xaritalarni tuzish bilan bogʻliq dala oʻlchash va hisobchizma ishlarini; joyda sʼyomka bazasi tarmogʻini qurish; oddiy asbob va usullarda bajariladigan sʼyomka ishlarini, aerofototopografik usulda bajariladigan sʼyomka ishlarini tashkil qilish va amalga oshirish; topografik xaritalar tuzishning hamma bosqichlarida tahririy ishlarni taʼminlash; topografik xaritalar uchun shartli belgilarni ishlab chiqish va ularni mukammallashtirish kabi masalalar bilan shugʻullanadi.
Yer tabiiy sirtini oʻrganishda T. tabiiy va iqtisodiy geografiyaga asoslanadi; Yer sirtining tasvirini qogʻoz (tekislik)da hosil qilish (topografik xaritani yaratish)da esa u geodeziya va xaritagrafiya maʼlumotlaridan foydalanadi.Bizga malumki joy-yer yuzasining kichik bir bo‘lagidan barcha past balandliklar va undagi jamiki ob'ektlar yig‘indisidir.Joy tarkibi oz turiga ko‘ra ikki yirik guruhga ajratiladi:relef va joyning mahalliy elementlari.Topografik xarita-relef va mahalliy jismlar aniq,tushunarli va ko‘rgazmali ravishda tasvirlangan joyning asosiy chizmali hujjatidir.Topografik xaritalarda mahalliy jismlar umumiy qabul qilingan shartli belgilar bilan,relef esa balandlik nuqtalari ko‘rsatilgan egri chiziqlar (jigar ranggida)bilan tasvirlanadi.